Rohim ismi bo'lsa, qiyomatda faqat mo'minlarga rahmati xos ekanligiga dalolat qiladi deydi. Sen Alloh Taolo senga chalg'igan paytda berayotgan suvni shu kuni ado qilaraman deb o'ylayapsanmi deydi. Va eslaysizki, sizga hozir berilayotgan ul hu kofirga ham berilyapti. Siz eslaysiz, bandi ekaningizni, u Allohning ma'bud ekanligini, Allohga iborat qilishingizni va mana shu ishingiz iborat bo'lishi kerakligini va rububiyatni tanitidan olim bo'lgan odamning shahodati deyapti. Nimaga? Chunki rububiyatni bilgan odamning shahloti rububiyatni anglab, tafakkur qilib ko'rmagan odamning shaholatiga aslo teng bo'lmaydi. Va quyoshning hajmi agar hozirgidan kattaroq bo'lsa, dunyo buzilib ketardi, kichkinaroq bo'lmasa, dunyo buzilab ketardi. Quyosh bizdan yaqinroq bo'lganda, dunyo yo'q bo'lib ketardi, bizni dunyoyimiz. Quyosh bizdan uzoqroq bo'lganda bizni borlig'imiz yo'q bo'lib ketgan bo'lardi. Bu narsaning hajmi, tarkibi agar sal boshqa yerni tarkibi boshqacharoq bo'lganday dunyo yo'q bo'lib ketgan bo'lardik. Osmonlarga qarang qanaqa yaratdi. Yerlarga qarang biz uni qanaqa tekislab qo'ydik deydi. Ya'ni yurishingiz uchun. Tog'larni qarang, qana qanaqa qilib biz o'rnatib qo'ydik yerlarga deydi. O'zingizga qarang deydi Alloh Taolo. O'zingizgaga qarang deydi.
Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir rohimin. Assalomu alayhi vas rohim. Alayhi vas rohim. Alhamdu liliyoh robbil alamin, vositelar ala ala saidina va nabina, Muhammad yuva ala alayhi vas sohibi ajma'in. Allohumma alina mayin, fa'una va fana bima'allam, ta'na va zidna ilma va amlaniya. Hamma rahmat. Men bitta niyat qildim, kimga dars o'tayotgan bo'lsam, har xil kunlarda, har xil guruhlarga, har xil darslarim bor. Darsni boshida o'n daqiqa, o'n besh daqiqa, e. Fitqon nafsga oid, odamni nafsini tarbiyasiga oid birorta bir kitobdan parcha ozgina o'qib beryapman.
Menga eng ma'qul bo'lganlardan bittasi, bu xiaolumi diniy sharhi, zabiydiy degan xanafiy olimni sharhi bor. Juda ajoyib sharhi, katta sharhi. Endi sizlarga men uni olmadim, chunki juda katta, juda chuqur kirib ketadi. Shunaqa kitoblardan bittasi mana risalatul mustarshiddin, xayrselmuhassibiyning kitobi. Xayrselmahassibiy imom ahmadning zamondoshi. Murod tug'ilgan yillari yuz oltmish beshinchi hijriy juda qadimiy udonvolardan ikki yuz qirq uchinchi hijriyda vafot qilganlar. Keyin harisul muhasidbek ahlisulimning buyuk imomlaridan va kitoblari juda ajoyib. Odamni tarbiyasini, nafsini tarbiyalaydi. Men to'g'risi, bu va boshqa shu kitoblarni mana o'sha ixya al umid dinidan darslarini qo'shib qo'ydim ba'zi yigitlarga. Yana ba'zilarga boshqa shunaqa fiqh nafs degan shixiyani kitoblari bor, undan qo'shib qoidim. Buni qilganimning sababi shundaki, buni qilganimda ham nazarda ham amaliy sabab bor. Amaliy sababi shundaki, men o'zim dars beradigan ba'zi talabalarda ba'zi axloqsizliklarni ko'rdim. Ba'zi nafsdagi kirliklarni ko'rdim. Bu narsa o'zimiz ham undan xoli emasmiz. Lekin o'sha narsani ko'rganimdan keyin men o'ylab qoldimki, agar hozir bu talabalarga zo'r shaklda ilm bersangiz ham, u ilmni olib borib nima qiladi keyin u? O'sha ilmdan to'g'ri shaklda foydalanadimi?
Ilm unga najot bo'ladimi? Alloh Taolo Qur'onda siz bergan ilm bu Qur'onni bir kichkina kichkina xizmatchisi xolos. A ilmlarning eng oliy so'yning munavvori Qur'on. Qur'onni o'zida Alloh Taoloni nima deyapti? Dalikal kitob o'lar ro'yba fiy yahudalil muttaqing deyapti. Bu kitob hech bir shubha yo'q unda. Bu kitob zarracha shubhasiz yoki ikkinchi tafsir bo'yicha. Xudan hidoyat bo'ladi kimga? Lil muttaqing deyapdi Alloh Taolo. Alloh Taolodan qo'rqqanlarga deyapti. Ya'ni kitobni o'qib Allohdan qo'rqasan demayapti Alloh Taolo. Allohdan qo'rqib keyin kitobni o'qiysan, keyin senga hidoyat bo'ladi u kitob deyapti. Oz ozdan, oz ozdan islomiy axloqlari va islomiy odoblari va nafsni poklashga oid narsalarni har zamonda o'qib turishinglar muhim. Toki siz o'rganayotgan ilm siz uchun barakot bo'lsa. Toki siz o o'rganaytgan ilm siz uchin sinov bo'lmasin. Chunki bu dunyoda iymon bilan o'lishdan boshqa, nimaki Alloh Taolo ne'mat bersa, barchasi ne'mat bo'lishi ham mumkin, niqmatov balo bo'lishi ham ham mumkin. Barchasi itloq bilan, Alloh Taolo sizga beradigan iymon bilan vafot etishdan boshqa barcha narsa sizga yaxshilik bo'lishi ham imkon. Yomonlik bo'lishi ham mukin. Hammasini sanab ko'ring, ko'z. Yaxshilik bo'shishi mumkin. Siz u bilan Qur'onni o'qishingiz mumkin, siz bilan salohiyatli ishlar qilishingiz mumkin, solih kishi bo'lishingiz mumkin, muzdek kishi bo'lib jamiyatni istoq qilishingiz mumki.
Yoki siz u bilan zino qilishingiz mumkino, omon ishlar qillishingiz mumkino. Ko'z. Shunga bir odamni ko'zi ojiz bo'ladi, u uchun ne'mat bo'ladi ko'zini yuvdi. Bir odamni kozi bo'ladi, ko'zi borligi unga balo bo'ladi. Boylik. Bir odam uchun boylik balo bo'ladi, boyligi sababli Jahannamni tubiga ketib qoladi. Boyligi sabablari tug'yon qiladi, zulm qiladi, haddidan oshadi, kibr qiladi. Boylikni Alloh Taolo unga imtihon, rodiroq berganini unutadi. Bir odam uchun u yaxshilik bo'ladi. Yaxshilik bo'ladiki, o'sha boylikni sarflab, qancha qancha xayrli ishlarga erisha oladi. Shunda sahobalarning faqirlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldiga shikoyat qilib kelishdi.
Vahaba ahlu dufur bil ujur deyishdi. Ya'ni boylik egalari hamma sovg'ani olib ketib qolishyapti. Yuz soat. Nu una komanda soli. Biz navoz o'qiymiz, ular ham navoz o'qiydi. Voyasun, buni komandasi sum. Biz ro'za tutamiz, ular ham ro'za tutadi. U yerda saddaxona, befodo ili ammu ali. Lekin bizdan ko'p boyliklar bor, o'sha boyliklarni satr qilishadi, bizdan o'tib ketishadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'sha faqir sahobalariga ulardan o'tib ketishlar uchun zikrlar o'rgatdilar. Subhanalloh degan bunaqa degan, bunaqa degan zikrlar. Shu zikrlar bilan endi savobdan o'tib ketsang bo'ladi.
Xursand ketishdi. Nimaga? Chunki ular yaxshilikda poyga qilishardi. Kim jannatda yuqoriroq bo'lish uchun poyga qilardi sahobalar. V dalek kafolat ta'nafasini, bu ta'nafasidan deydi Alloh Taolo. Mana shuning uchun musobaqalar qiladigan bo'lsak, va sarirov ila ila nima? Va sarirov il a mag'firot imen robbikum vajana. Va sarirov il la mag'firot immen robbikum vajanda oliy murod. Sarirov nima musor haqida poyga o'ynaydilar deydi Alloh Taolos. Ular poyga o'yinlar uchun ishladi. Boy shikoyat qilib kelishdi, boylar o'tib ketyapti bizda. Va Rasululloh ham ularga poyga o'tishlari uchun bir zikrlar o'rgatdilar. Lekin boylar zikrlarini qo'ymadi. Ular ham o'z zikrlarini o'rganib olib, ular ham o'sha zikrni qilishni boshlashdi.
Shundan keyin yana qaytib kelishdi. Endi ular ham o'zi zikrlarni qilyapti edi. Bu Allohni fazli dedilar asosan. Allohni fazli. Lekin o'sha aslida o'sha boylarni imtihoni ham shunga yarasha ko'proq bo'ladi. Imtihoni ham tushunga yarasha ko'mproq bo'lardi. Shunga aytamizki, dunyodagi barcha jamiki berilgan ne'matlar, u farzand ne'mati bo'lsin, ayol ne'mati bo'lsin, oila ne'mati bo'lasin, sa'd salomatlik ne'mati bo'lishsin. Barcha ne'matlar ne'mat bo'lishi mumkin, balo bo'lishi mumkindir, neqamat bo'lishi mumkinda boshingizga. Va qaysi biri bo'lishi nimaga bog'liq, sizga bog'liq. Siz o'shandan foydalanyapsizmi Allohga, Allohga sizni yaqinlashtirish uchun? Yoki siz undan foydalana olmayapsizmi, u Allohni sizdan, sizdan Allohda uzoqlashtiryapti. Mana shunga qarab o'sha ne'matning, ne'mat yoki ne'mat emasligini bilib olsangiz bo'ladi. Xo'sh, shu ne'matlardan biri ilm. Bir odam fiqh o'rganadi degani u jannatga tushadi degani emas. Bir odam fi q o'rganadi, degani u o'sha fiqh, uni jahannamni eng tubiga olib borishi mumkin. Bir odam ilm o'rganadi degani u odam najot topadi degani emass, o'sha ilm uni halokatga olib borishi mumkina. Shuning uchun hamma ne'mat qatori ilmni ham siz uchun ne'mat bo'lishi, o'zi uchun yaxshilik bo'lishi va Alloh sizni Allohga yaqinlashtirishi uchun o'sha ne'matdan to'g'ri foydalanish kerak bo'ladi. Shuning uchun men o'yladimki, o'n daqiqa, o'n besh daqiqa oz ozdan har safar kelib qolganinglardan mana shu kitobdan o'qib berib turaman sizlarga.
Ya'ni shoyadga shundan inshaalloh bir foyda topsanglar. Balki keyingi darslarda kitobga qiziqib qolsizlar. Harisul muhasad bu yoqda ko'proq gapirib beraman, kitoblar haqida. Bu odamni har bitta kitobini, bu imomni har bitta kitobi qo'ymasdan o'qishga. Kerak. Alloh taolo o'qishdan rozi bo'lsin. Lekin hozir o'qiyotgan kitobimiz spetsialniy mustarshiy dengi kitobini boshlayapti. Bismillahir rohmanir rohim. Men maydalab sharhlab o'tirmayman. Sababi, agar sharhlasak, hozir bismillarni o'ziga ikki soat sharhlab kirib ketib qolsak bo'ladi. Lekin xulosadan kitobdan bir narsa aytib o'tib ketaman. Mayli, bismillahni men sizlarga sharhlab beraman, bismillahdan bir foyda olishinglar uchun. Bismillahni chunki har doim aytasizlar. Nima degani bismillah degani? Biy bu yoqda, o'zbek tilida agar shunga yaqinroq so'z topmoqchi bo'lsangiz, bilan degan. Bismillah degan, Allohning ismi bilan degan. Xo'p, Allohning ismini bilan nima? Agar o'qiyotgan bo'lsangiz Bismillah deysiz, Allohning ismlarini o'qiyman deyapsiz. Agar dars o'tayotgan bo'lsakiz Bismillah deyapsiz, Allohning izmi bilan dars o'taman deyapsiz. A agar ovqat yeyotgan bo'lsiz Bismillah deydiysiz, Allohining ismi bilan shu ovqat yeyman deyapsiz, toki o'sha ismdan, o'sha ismni barakasidan, o'sha qilayotgan ishingiz siz uchun xayrli bo'lsin degan ma'noda. Chunki siz namoz aytib, tez eslab, aytib, barobar qilsin u dedingiz. Endi isming seni barakotlar manbayi dedingiz. Muborak bo'l o'zbekning isming dedingiz. O'sha barakotlar o'sha esimda bo'lgani uchun Alloh Taoloning ismi bilan boshlab Bismillah deb aytyapsiz.
Alloh Taoloning esimlari ko'p. To'qson to'qqiz tami? Ha? Yo'q, Ota Ona ismlar to'qson to'qqizta emas, Ota Ona ismlari ko'p. Lekin to'qson to to'qqiz tasi har xil hadislarda kelgan. Ulamolar jamlagan, ba'zi ulamolar undan ancha ko'proqini jamlagan. Lekin Alloh Taoloning ismlari, Ahl-i Sunan e'tiqodi bo'yicha to'qson to'qqizta emas. Balki adadi yo'q ma'noda juda ko'p. Leking tavqifiy, ya'ni nimaki qur'onda sunnatda kelgan bo'lsa, o'shani allohni ismi sifatida zikr qilamiz. O'sha ismlarni ichida eng eng oliylardan biri Alloh degan ism. Chunki Alloh ismi barcha boshqa ismlarni o'ziga jamlab boradi. Alloh ismini ikkita o'ziga xos xususiyatini bu joyda zikr qilsak bo'ladi. Birinchi xususiyat shundaki, Alloh Taoloning Alloh ismi uning barcha ismlarini o'ziga jamlanib, Alloh Taologa mutlaqo alam sifatida, Alloh Taologo mutlaqo ism sifatida ishlatiladi. Va bu ismni Alloh Taolodan boshqa biror bandir ishlatish mumkin emas. Va ikkinchi bu ismni o'ziga xosligi, bu ismni mohiyatidagi ma'nolarning birlamchilaridan biri bu Allohning iloh ekanligi. Shuning uchun ba'zi ulamolar alloh so'zi al ilah so'zidan olinganligi. Ba'zilar bunga rozi bo'lmaydi tabiiyki. Lekin ba'zi ulamolar Alloh so'zi Ilah so'zdan olingan. Ilah degani ma'bud degan. Ya'ni ibodat qilayning uchun degan. Shu ma'noda siz Bismillah deganda Alloh Taoloning cheksiz ismlaridan va sizda zikr qilingan o'sha yuz ga yaqin ismdan Alloh ismini Alloh Taolo tanlab sizga o'rgatdi.
Nimaga? Sababi mana shu ism bilan Alloh Taoloning ma'bud ekanini Alloh Taolo sizga eslatadi. Ya'ni ibodat qilinuvchi ekanligini sizga eslatadi . Keyin siz nima ish qilayotgan bo'lsangiz, o'sha ishingiz ibodat bo'lsin. O'shanga biz oldingi darslarda ham aytganmizki, niyat fuqarolarning tijorati bo'ladi. Faqih odam niyatni to'g'ri qilish bilan har bitta ishni ibodatga aylantirib yuboradi.
Kim eslaydi, biz Yahyabniy mayindan bir misol keltiruvdik. Yahyabniy majlisda o'tirsalar, birov ishini taqillatadi. Keyin birov borib turib ishini ochmoqchi bo'ladi majlisdagi birov. Qa ketyapsan deydilar. Ishingni ochgani ketyapti, mana shu yerda aql ochgani ketyapman. Aytadilar, Allohim men ellikta, oltmishta niyat qilmasdan turib ochmasdim deydilar. Kamida oldin o'sha niyat qilgan bo'lardim deydilar. Yetim bo'lsa boshini silayman, zolim, vazlom bo'lsa yordam beraman, zolim bo'lsa zulmdan to'xtataman, kofir bo'lsa Islomga da'vat qilaman, musulmon bo'lsa yaxshilikka chaqiraman, ota onasiga yaxshilik qilishga birovni chaqiraman deb niyat qilib borib eshikni ochardim. Birortasi bo'lmasa ham shular hammasiga sog' bo'lardim dedi.
Qarang, ya'ni faqih odam har bir ishini niyat bilan qiladi. Faqih bo'lmagan odam, masalan, oilasida nima qiladi, sabzi kerak ekan uyga deydi. Bo'pti deb sabzini olib borib ketaveradi. Faqih odam bo'lishini qilmaydi. O'tirib oldin niyat qiladi. Hozir men sabz olib boraman, toki o'sha quvvat bo'lsin, toki bular ibodat qilsin, toki bu narsa daqqa bo'lsin. Hamma niyatlarini qo'yib, keyin oladi. Toki o'sha qilayotgan ishi ibodat bo'ladi. A bismillah deyish sizga shuni eslatadi. Bismillah degan paytingizda, bismillah deb ovqatyapsizmi, bismillah deb biror narsa o'qiyapsizmi, farqi yo'q. Bismillah deganingiz Allohnin ila ekanligi, Allohnin ma'bud ekanligi deb eslaysiz va o'sha ishingizda keyin darrovga niyat qilib olasiz. Mana shuni ibodat deb. Oilangizda endi hamma ishingiz ibodat bo'lyapti. Uxlash, bismillah deb uxlaysiz, ibodat. Ibodat niyat qilib uxlaysiz. Hozir uxlayman. Toki tushunglar rasulullohni ko'ring, hozir uxlayman, yoki kuch to'plab uyg'onganda namoz o'qing. Hozir uxlamayman, toki o'sha uxlashim natijasida gunoh ishlardan tegli, qalam mendan ko'tarilsin. Va boshqa niyatlar. Tushuntira oldimmi? Uyg'onasiz, bismillah deb uyg'onasiz. Ovqatingiz, bismillah deysiz. Kiyim kiyasiz, bismillah, kiyib ichasiz, bismilloh. Har bittasini va har bittasini alloh uchun ibodatga aylantirasiz. Shu mana da allohning alloh ismi mana shu joyda sizga shu go'zal narsani eslatadi. Har bitta ishni bismillah deb aytganingizda. Undan keyin Allohni ko'p ismlaridan G'ofur, G'offar, Ja qohir, Ja bir ko'p ko'p Ja baribir boshqa ismlardan siz nimani tanladingiz?
Alloh Taolo sizga nimani tanladi? Ar rohim, ar rahmat. Ikkalasi ismi ham bitta ishtirokdan, rahmatdan olingan. Ikkalasi ismini ham mohiyatidan rahmat. Alloh taoloning bandalariga rahmatni ular mola aytadiki, alloh taoloningbandalariga ne'matlarni berishni istashdi deydi. O'sha bandilariga Alloh Taoloning rahmati. Bu bandilarga ne'matlar berishi, bandilarga fazli bilan marhamat qilishi va mana shu rahmatni rohim va rahman sifatlari bilan Alloh Taolo ismlari kelgan. Ulamolar aytadiki, rahman ismi Alloh Taoloning bu dunyoda barcha musulmon u, kofir u, hayvon u, boshqa u, hammasiga rahm qilishi va hammasiga ne'matlarini berishiga dalolat qiladi deydi. Rahman ismi. Rohim ismi bo'lsa, qiyomatda faqat mo'minlarga rahmati xos ekanligiga dal'at qiladi deydi. Farqi shunda demaydi. O'lamolar. Shunga ko'ra bismillahir rohman deb Alloh Taoloning Rohman ekanligini esladiz, mana shu nuqtada. Toki o'sha boshlayotgan ishingiz Alloh Taoloning ne'mati ekanligini esladiz. Uxlayapsizmi? Toki bismillahir rohman deganingizda o'sha uyqu Allohning bu dunyoda sizga bergan ne'mat ekanligini eslaysiz. Kitob o'qiyapsizmi? Masalan Qur'on o'qiyapsizmi? Johil odam nima deydi?
Men hozir Qur'on o'qiyapman, ibodat qilyapman, qanday yaxshi odamman deydi. Mo'min odam nima deydimi? Alloh Taolo menga rahm qilib, Qur'on o'qishga meni muyassar qildi deydi. Qanday yaxshiroqim bor deydi. O'shanga Bismillahir Rohmann deb Qur'onni boshlagan bo'lsangiz, o'sha rahmat sifati bilan Alloh Taolo shu Qur'onni sizga ne'mat qilib berganini eslaysiz, keyin Alloh Taolo Qur'onda buni aytdi sizga. Alloh sizlarga rahmat qilib, Qur'onni yuborganini eslaylar deb Qur'onda bir necha joylarda aytdi. O'shanga siz eslaysiz mana shu vahiy sizga ne'mat qilib, rahmat deb yuborilgan. Va uni sizga o'qishga muyassar bo'lganingizga yana bitta sizga rahmat. Shuni o'qiy olayotganingiz yana bitta rahmat. O'shanga rahmat sifatida yoki uxlamoqchi bo'lsangiz, yoki ovqat yemoqchi bo'lsa. Hasan Basayev rahima Alloh bir joyda bir bir yaxshi ovqat suzib, bir o'zini asxoblari bilan ovqat yeyman deb tursalar, bir zohir odam o'tib qoladi. Zohir odam jahotirroq bo'ladi. Kel ovqatga, biz bilan ovqating deb aytsalar, u aytadiki, yo'q deydi, men bu juda yaxshi ovqatl, men buni shukrini ado qilolmayman deydi. Chunki bunaqa yaxshi ov qat yemayman deydi. Sen Hasan Basraytlardan nechta johil deydi. Sen Alloh Taolo senga chalg'igan paytda berayotgan suvni shukrini adoqlay olaman deb o'ylayapsanmi deydi. Ado qila olmaysan. Alloh Taolo senga berayotgan ne'matlar ko'p.
Qaysi bir ado qilasan? Ado qila olmaysan, undan ko'ra he deydi da. Va o'sha narsani siz eslaysiz. Bismillahir rohman deganingizda va eslaysizki, sizga hozir berilayotgan urg'u kofirga ham berilyapti. Va bundan Alloh Taoloning rahmati qanchalik buyuk ekanini eslaysiz. Alloh Taolo o'sha rahmatni nafaqat musulmonga, xato kofirga, xato hayvonga, bir hayvonning o'zini bolasiga qanchalik mehribonligini qarang. Bir maymunni yoki bir itni o'zini farzandiga, o'zini o'sha bolasiga qanchallik mehribonlikini qarang. Mana shuni eslaysiz. Sizga berilayotgan har bitta ne'mat, kofirlarga yo, hayvonlarga yo, boshqalarga yo, hamma yoqqa berilganini eslaysiz. O'shanga Bismillahir rohman deganingizda mana shu nuqtada siz boshlayotgan ishingiz yoki qilmoqchi bo'lgan ishingizda Alloh Taoloning ne'matini idrok qilib turasiz. Va shu ne'matni idrok qilishni sizga eslatadi Bismillahir Rohmat. Keyin ar rohim sifatini shu joyda eslaysiz.
Ar rohim sifati sizga ikkita narsani eslatadi. Birinchi eslatadigan narsasi ar rohim sifati sizga chiksiz, chiksiz, siz tasavvur qila olmaydigan, sizning tafakkuringizga sig'maydigan ne'matlaringiz sizga tayyorlab qo'yilganini eslatadi. Jannatda. Jannatda sizga tayyorlab qurilgan ne'matlar faqat cheksizligini eslatadi. O'sha bilan birgalikda bu birinchi eslatadigani narsa. Ikkinchi eslatadigan rosa mana shu ne'matlar mo'minlarga xos ekanini eslatadi. Va sizga iymoningizni ushlashni eslatadi. Eslatadi, aytadi ki, sizga iymoningizni saqla, chunki bu nimalar muammolarga xos.
O'shanga Bismillahir Rohmanir Rohim deb Rohim sifatini endi eslaganingizda, siz eslaysiz, demak, hozir Jannatda cheksiz ne'matlar bor. Bu hozir sizni oldida turgan ne'matlar hech narsa emas. Sizni uyqu ne'matingiz hech narsa emassiz, siz ovqat yeyotgan ovqatingiz hech narsasi emassiz. Eng zo'r ne'matlar bor, buni eslatadi va o'sha ne'matlar Mo'minlarga xos, hozir adashib qol. Mana shu qilayotgan ishingni xato qilib qo'ymagin, bilgin ki, iymoningda qolgin ki, o'sha ne'matlardan mahrum bo'lib qolma degan narsani eslatadi. O'shanga siz uch bosqichda Bismillahir rohmanir rohim bilan boshlayotgan ishingizni komil iymon va yaqin qalb bilan boshlaysiz. U har qanaqa ish bo'lsin, u ovqat yeyish bo'lsin, aytganimdek kiyim kiyish bo'lsin , kiyim yechish bo'lsin da, dars qilish bo'lsin. Bismillahir rohmani rohim deganingizda, siz eslaysiz, bandi ekaningizda, u Allohning ma'bud ekanligini, Allohga ibodat qilishingizni va mana shu ishingiz ibodat bo'lishi kerakligini. Siz eslaysiz mana shu ishingiziniz Alloh Taoloning rahmati ekanligini va Allohning rahmati barcha narsani qamrab olganini. Va Alloh Taolo barcha bandlariga, kofirga yu, Mo'minga yu, hayvonlarga yu, boshqa narsaga, hammasiga o'zini rahmatini yog'dirib qo'yganini va siz aytdingiz mana shu rahmatdan katta oliy rahmat borligini va u rahmat faqat Mo'minlarga xosligini. O'shalarni barchasini idrok qilgan holda, keyin ana ishingizni boshlaysiz. Shuning nihoyati Bismillahir rohmanir rohim. Biz faqat baraka uchun azgina sheyxni kitobidan o'qib qo'yamiz da, imomni kitobidan o'tib qo'yibmiz da, imom Xayrulla Mahasibin.
Keyin, lekin chuqur sharhlab o'tirmaymiz va o'zimizni darsimizga qaytamiz. Qoli Abu Abdullahl Xayr Asadul Muhasibi, Xayr Asadulla Mahasibi. Rahmatullohu alayh. Alhamdulillahil avvalin qodimil vohidin jalil lavelil alayhsalahusha behunvalan avv. Ahmadhu hamduliy vafiy ne'ma hu voyi bilug'u ma'da na'maihi. Na'maihini bu joyda ba'zilar e'tiroz bildirgan. Inshaalloh balki bir mavrinda kelganda sizlarga tushuntirib ketarman. Lekin hamd aytyaptilarki, alhamdulillah avvalin qodin. Avval qodir. Mayli, bu yoqda bir aqidaviy, boshqa bir chiroyli masalalar bor. Mayli, hozir unga kirmay turib qilamiz. Va ash hadavallohu alayhi la ilohi ilallohu vahidahuhu. Ash hadavallohi alayhi la ilahiyu la vohidahuhu la sharikalar. Shahadat al alamin bi rububiy yetixi va alifin bi vohidani yetixi. Men.
Avval al qodimni inshaalloh balki keyingi safar bir majlis qilib qolsak, bir mavridi kasallarga tushuntirib berarman. Alloh taoloni vaqtni isbot qilishda qilgan xatolar, o'sha adashgan toifalarni va Alloh taoloning avval al qodim sifati va u sifatning mazmuni va bu bilan bog'liq hukmlarini bayon qilib berarman. Hozir bir nuqtaga faqat e'tiborlarni qaratmoqchiman va shu bilan inshaalloh bu darsni tugatgan bo'lamizda, fil qilib o'tamiz.
Muallif Alloh taologa hamd etayotgan paytda, qanday ham odamning hamda ekanligini aytib turib, ajoyib bir gap aytyaptiki, vahshadu valloh ilohi illalloh va hidah ular sharikalla. Shahadatiman. Kimni shahadati? Shahadat al ilin bi rububiyat ilin. Ya'ni Alloh taoloning rububiyatini ilm bilan bilgan. Shu Alloh taoloning rububiyatida olim bo'lgan insonning shahodati bilan shahodat aytolmayapman. Rububiyat nima degani? Alloh taoloning rob sifati yoki rububiyati, Alloh taoloning rog ekanligi malik, ekanligi xoliq, ekanligi musovvir, ekanligi mudabbiy, ekanligi o'sha kabi sifatlarni o'z ichiga oladi. Alloh taoloning rabubiyati degani, Alloh taolo dunyoni yaratgan. Yo'qdan bor qilib, shunday mukammal sur'atni yaratgan. Va uni shunday mukammal suratda nizomga va tartibga tushuntirgan, tushirgan va uni shunday ajoyib holatda borliqni paydo qilgan va undan keyingi oxiratni yaratgan zot ekanligini bildiradi. Rububiyat. Va rububiyatni ta'tidan olim bo'lgan odamning shahodati deyapti. Nimaga? Chunki rububiyatni bilgan odamning shohodati rububiyatni anglab tafakkur qilib ko'rmagan odamning shahudatiga aslo teng bo'lmaydi.
Aslo teng bo'lmaydi. Bir odam biologiya o'qisa, biologiya o'qiisa, o'tirib ko'zni qanaqa ishlashini mukammal o'rganib chiqsa, bu ko'z qanaqa paydo bo'lganini yoki bir odam bir falak ilmini o'qisa, avtomobilni o'qisa. U quyoshning hajmi agar hozirgidan kattaroq bo'lsa dunyo buzilib ketardi, kichkinaroq bo'lmasa dunyo buzilib kelardi. Quyosh bizdan yaqinroq bo'lganda dunyo yo'q bo'lib ketardi bizni dunyoyimiz. Quyosh bizdan uzoqroq bo'lganida bizni borlig'imiz yo'q bo'p ketgan bo'lardi. Bu narsaning hajmi, tarkibi agar sal boshqa, yerni tarkibi boshqacharoq bo'lganday dunyo yo'qbo'lib ketgan bo'lard. Deganiga o'xshagan har bitta nizomni va tartibni o'rganib chiqqan odam nima deydi? La ilaha illalloh deydi. Bu o'zimiz paydo bo'lishi mumkin emas deydi. Alloh taolo buni bizga o'rgatadi Qur'onda. O'rgatib aytadiki, innifiy xolqi samavati va arduvahdili filayli va har yili ayatili ulil al baddiy. Aql egalariga osmonlarning va yerning yaratilishida va tunning va kunning almashib turishida, va tunning va kuning almashishi nima hisobiga bo'ladi? Shu yerning yaratilishi o'zi emas, yaratilgandan keyin buni harakatida. Demak, osmonning va yerning yamatilishida va uning harakatida bo'ladigan narsalarni aql egalari uchun deyapti, oyatlar bor deyapti addo tog'i. Mana shu narsalarni tadabbur qilgan odam nima deydi? Robba nima xohlasa adab daltelar deydi. Robba bu narsani o'zingni o'zing bekordan yaratmagansan deydi.
Buni nima javobgarligi bor, buni buni mas'uliyati bor. Shunday mukammal narsani yaratingmi? Shunday mukammallarni kim uchun yaratdi Alloh? Biz uchun yaratdik Saxon Latimullayev yonidan, ha dedi Alloh Taolo Qur'onda. Siz uchun biz yaratdik bu narsani dedi Alloh Taolo. A buni deydi, javobgarlig bor deydi. Buni hali men shukur, shunaqa qilishim kerak. Buni men hali ne'mati uchun men sal bemalol qilishim keraksiz deydi. Mana shu narsani anglab yetadi. Va mana shu narsaga muallif ishora qilib aytyaptiki, rububiyatni bilgan odamning shahodati bilan shahodat keltiraman deyapti. Chunki rububiyatni bildirgan odam. O'shanga avvalo Qur'ondan aytadi, tuyganlariga qarang, qanaqa yaratdik deydi. Osmonlarga qarang qanaqa yaradik, yerlarga qarang biz uni qanaqa tekislab qo'ydik deydi. Ya'ni yurishingiz uchun. Tog'larni qarang qanaqa qilib biz o'rnatib qo'ydik yerlariga deydi. O'zingizga qarang deydi alloh taolo, o'zingizgaqarang deydi. O'zizni o'rganing deydi. Rostdan bitta ko'zingizni, burnizni, sochingizni, tanangizdagi organlarni ishlashni o'rganay, a'zolarni ishlashini o'rganing. O'shani o'rganganingizda mana bu Allohning rububiyati, Allohning xoliq sifati. Shundan keyin Allohning rububiiyatini anglab yetganingizda, Alloh Taolo buni qanaqa yaratgan, anglab yetganingiza, sizni iymoningiz to'lib toshib ketadi. La ilaha illalloh. Men shu holatga mana shu holatga keltiraman deyapti muallif. Yo'q. Va o'ylaymanki, bu narsadan bugungi qisqacha suhbatimizdan oladigan foydalarimiz.
Nima sizlarga agar buni xullasasini aytib beradigan bo'lsam, bundan buyog'iga nima ish qilsangiz? Nima xayrli ish qilsangz bismillah bilan boshlang. Nimaga ishni bismillah bilan ham boshlay olmaysizmi? Bilingki o'sha ishda yaxshilik yo'q. Bir odam telefon o'yna turib, bismillah deb o'yna olmaydi da masala. Yo bir karta o'ynab, yoki bir qobiq bir musiqa eshitib, bismillah deb musiqa eshitmaydi, yoki bismilloh deb musiqa chalmaydi. Ilo agar qalbi qorayir bir bechora bo'lib ketgan bo'lsa, u qilaveradi. O'shandan bilasizki, o'sha ishlari harom. O'sha ishlarda yoki eng kamida bir makruh bo'lgan, qobiq bo'lgan ishlar. Shunga bismillahni o'ziga birinchidan filtr qiling, o'sha ishlarni ajratib olishingiz uchun. Qolaversa, bismillahni har bitta ishni boshida ayting, aytganingizda ma'nosini chuqur anglang. Bismillah deganda nima deyapsiz, o'zingizni anglang. Unda ham Allohning ismlaridan barakot olyapsiz, ham uning ma'bud ismini zikr qilyapsiz va u bilan o'sha ishning ibodat bo'lishi kerak ekanligini va sizning bandi ekanligingizni o'zingizga eslatyapsiz. Ham allohning rahmatli ekanligini va o'sha ish va uning atrofdagi barcha narsalarni va sizning turishingiz, yurishingiz va har bir ishingiz allohning ne'matikaligini eslayapsiz. Va Ro'him va undan yaxshiroq ne'matlaringizni tutib turgani va u ne'matlardan mana shu ishingiz va undan yangi ishlaringiz bilan mahrum bo'lib qolishingiz kerak emasligini o'zingizga eslatyapsiz. Mana shu bilan biz yurardik. Va qolaversa, bu yana bir bir foyda oldik o'zimiz chunki. Agar shahodatingiz mukammal shahodat bo'lishini xohlasangiz, Alloh Taoloning mahluqlarini, Alloh Taoloning rububiyat sifatining muxtazosi, ixtilosi bo'lgan atrofimizdagi borliqni o'rganing.
O'shanga bir rivoyatda keladi, sahobalar o'tirib suhbatlashib turishgan paytda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam oldilaridan o'tib qoladilar. Nima haqida gaplashyapsizlar deb so'raydilar. Robbimiz haqida, Holiq haqida deyishadi. Shunda Holiq haqidamas, xalq haqida, uning yaratgan narsalar haqida gaplashinglar deydilar. Chunki Alloh Taolo yaratgan narsalar haqida hozir mana ikkita odam o'tirib olib, Alloh Taoloning bir sifati haqida ikki soat tortishmoqchi bo'ladi. Undan ko'ra o'tirib, Alloh Taolo yoritgan maxluqlarni va o'sha maxluqlarda Alloh Taoloning sifatlari tajalli qilishini. Qanday qilib ko'rinishini tafakkur qilganday edi, uning iymoni oshgan bo'lardi. O'la iloh iloh iloh degan shahodatni haqiqiy Alloh Taoloning rububiyatidan olim bo'lgan odamni shahodati bilan aytgan bo'lardi da. Ha, Alloh Taolo bizni mana shunga muvaffaqiyat qilsin va o'sha boshlagan kitobimizni qachondir tugatishimizga va bizni xayrli bo'lishiga Alloh Taolo e e, yana o'zimga sarf qilsin va kitobning muallifi bo'lgan Imom Harisiddin Muhayasoviy roziyallohu anhu dan Allohdaan rozi bo'lsin. Bu kishini Jannatul Firdavslarda ko'rishgan makonlar berib, o'sha Jannatul Firdafslarda u kishi bilan majlis qurishimiz o'ziga nasib qilsin. Assalomu alaykum. Assalomu ala. Va alaykum assalom. Va alaykum va alaykum assalam. Va alaykum savolga ajron bo'ling.