Agar deyapti qavm bitta odamning imomligini yoqtirmasa, o'sha odamni xohlamasa imom bo'lishini. Va buning sababi o'sha odamdagi fasad bo'lsa, shu odam imomlikka o'tishi makruh deyapti. Lekin agar qavm bir odamning imom ligini xohlamasa yu, lekin uni o'zida fasad bo'lmasa, unda bu u odamning imomlikka o'chishi makruh emas deyapti. Mana shu oldin o'lib hayotingizga tatbiq qiling. Agar sizni odamlar yomon ko'rsa, agar siz atrofingizdagi odamlar yomon ko'rsa, a bu desa masalan, falonchi juda bir badbaxt desa. Va yomon ko'rishi uchun sizdagi birorta fasad bunga sabab bo'lsa, sizdagi birorta axloqizlik bunga sabab bo'sa, sizdagi bironta harom noto'g'ri ishlar bunga sabab bo'masa, unda o'zingizni oqlamang.
Unda o'zingizi oqlamang. Chunki o'zining kamchiligini himoya qilgan odam go'yoki shayton bilan birlashib o'ziga qarshi kurashayotgan odamga o'xshaydi. Go'yoki unga kamchilikni shayton kirgizdi va kamchilik o'zi aslida bu shayton. Chunki shayton o'sha kamchilikni ushlab turibdi sizni ichingizda. Siz nima qilyapsiz? Shaytonga qarshi kurashib, o'sha kamchiligini o'zidan tozalash o'rniga, shayton bilan gruppa bo'lib turib, birgalashib olib turib, o'zingizga qarshi kurashyapsiz. Va agar birov kelib sizdan o'sha kamchilikni tozalayman deb kelsa, shayton bilan birlasha olib, u odamga qarshi kurasha yapsiz endi. Endi bu bu juda katta aqilsizlik bo'ladi. O'sha ma'noda agar odamlar sizdan norozi bo'lsa, agar odamlar seni yoqtirmasa va buning sababi sizdagi birorta fasod bo'lsa, sizdagi birorta kamchilik bo'lsa, unda o'sha odamlar bilan birlashish kerak.
Shayton bilan emas, o'sha odam bilan birlashishish kerak. O'sha odamlar bilan birga aytish kerak, menga rostdan ko'rsat shu xatoyimni. Shu xatoyingni sen menga eslatib turgin, kel shu xatoyi birga to'g'irlaymiz. Kel menga yordam bergin deyish kerak. Peshonasidan o'pish kerak u odam, agar sizga shunaqa ko'rsatib bersa. Lekin aksi bo'ladi ba'zida. Aksi bo'lada. Masalan birozga hasad qilib, sizni yomon ko'radi. Ba'zida biroz sizni yomon ko'tarib, yomon ko'rad endi, nima deydi, siz ba'zida yoqmaysiz degani unga, yomon ko'rar sizni. Lekin sizni fasadiy sababli emas. Agar mana shunaqa holat bo'ladigan bo'lsa, unda unga e'tibor bermaslik kerak. Chunki odamlarni abadiy rozi qila olmaysiz. Hayot shunaqa. Bizni sheyximiz shu Sheyx Said Bekrash aytadi da. Qara deydi, Qur'onni deydi, boshi hamti bilan boshlandi deydi. Allohga deydi. Chunki Alloh Taolo deydi, barcha maqtovlar hamtlarini egasi deydi. Va oxiri Nas bilan tugadi deydi. Odamlar degan bilan tugadi, odamlardan panoh so'rash bilan tugadi deydi. Ya'ni odamlarning shaytonlari o'shalardan panoh so'rayman deb tugadi. Odamlar bilan tugadi deydida. Nimaga? Chunki odamlar hech qachon sendan rozi bo'lmaydi deydi. Shu Qur'onni boshi bilan oxirida unutmasang deydi, qolgan o'rtasi shunga qarab tushunib olasan deydi. Prosta til ham shunaqa da, ya'ni odamlarni subhanalloh nima qilsangiz sizga qarshi bir narsa o'ylab topaveradi. Insoniyat shunaqa, ya'ni odamzod subhanalloh bir biriga dushman bo'lib qoldi da, shunaqa qilib yaratilgan. Musulmonlar ham hatto shunaqa. O'shanga o'sha mashhur hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq qolib ketdilar, dedi namozlarida.
Namozlarda, bir nimada rivoyatda, sajdilarda, bir rivoyatda namozlarda uzoq qolb ketdilar. Sahobalar orqada kutib, kutib, kutilib turishdi. Namozlaridan bo'shaganlaridan keyin vahiy keldimi dedilar. Chunki vahiy kelsa, shunaqa uzoq qolib ketardilar. Vahiy nozil bo'ldimi deyishdi. Shunday aytdilarki, yo'q dedilar. Alloh taolodan uchta narsadan qavmim uchun o'sha panoh so'radim. Ya'ni qavmim uchtadan narsani saqlagin deb Alloh'dan so'radim dedilar. Boshlaridan tushadigan balodan, ya'ni bir balo boshqa tushib, butun qavm yo'q bo'lib ketishdan, panoh so'radimi? Bir toifalarni boshiga tushib turadi. Bir sel keladi, bir boshqa keladi, bir yong'in keladi. Lekin butun ummatni boshiga bir yomg'ir kelib yoki bir balo kelib osmondan yo'q bo'lib ketishidan panoh so'radim. Alloh taolo uni menga berdi deydilar. Oyoqlar ostidan yerdan chiqadigan bir balolardan panoh so'radimi? Alloh taolo uni ham menga berdi. Zilzilalar, boshqalar, ya'ni butun qavm ummatni yo'q bo'ib ketishi ma'nosida bu yoqqa. Lekin ba'zi toifalarda bo'lib turadi. Undan ham menga panoh berdi deydilar, keyin uchinchisi, bir birini o'sha bir biriga balo bo'lib, bir birini go'shtini yeb, bir birini qirib, shunaqa qilishidan men panoh so'radim, uni menga bermadi dedilar. Buni tadabbur qilib ko'rish kerak bu narsani. U o'sha paytdan yoki o'zi Qur'onda Alloh Taolo aytib turibdi. Vala ya jalollohu lil kayfiriyni ala ila mu'mina sabi'ila deyapti.
Ya'ni Alloh Taolo kofirlarga, musulmonlar ustidan bir g'alaba bermaydi deyapti Alloh Taolo. Ya'ni kofirlar bir toifa musulmonlar ustida bir paytda g'alaba qozonishi mumkin. Lekin mutloq g'ayridinlar, mutloq musulmonlar ustdan g'alaba qosonishi mumkin emas. Bermaydi deyapsizlar. Illo bir birini mag'lub qiladi. Qachonki, qaysi davrda, tarixni qaysi qismida, qaysi zamonda, qaysi makonda musulmonlar mag'lub bo'lgan bo'lsa, ko'ring, chunki bir birini yegan bo'ladi. Tashqari dushman yegan bo'lmaydi, dushman urishgan bo'ladi, yengilgan bo'ladi. Urishgan bo'ladida, yengilgan biladi. Keyin bir birini yegan bo'ladi va shu bilan dushman shu fursatdan foydalangan bo'ladi. Qayerda, qachon? Men sizga aytaman, hozirdan o'tirib tadabbur qilib ko'ring da. U mo'g'ul bosqini bo'lsin, u solibeklar bosqini bo'lsin, undan oldingi bosqinlar bo'lsin, undan keyingi bosqinlar bosqin, mana shu oxirgi o'n to'qqiz, o'n sakkizinchi asr, oxirgi o'ninchi asr boshlarida bo'lgan mustamlakalar bo'lsin. Hammasida holat bir xil. Bir birini go'shtini yeydi va o'sha sababli mag'lub bo'ladi. O'sha ma'noda modomiki shunaqa ekan, biling. Ikkita narsani, birinchidan, demak, siz majbursiz, siz hayotingizda shunaqa, sizni yomon ko'radigan, sizni chalmoqchi bo'lgan odamlar bo'ladi. Musulmonlar ichidan bo'ladi. Bu birinchi nuqta. Va ikkinchi nuqta, siz o'zingiz shunaqa bo'lib qolishingiz mumkin. Odam ba'zida o'ylaydi, haligi yomonlikdan men istisno olaman deb o'ylaydi da, men faqat bechoraman deb o'ylaysiz. Yo'q, aslida siz o'zingiz ba'zida zolim bo'lishingiz mumkin. O'shanga birinchi o'rinda o'zingiz bundan tiyiling, ikkinchi o'rinda boshqalar sizga shunaqa qiladigan bo'lsa, o'shandan, ya'ni iloji boricha Alloh Taolo aytadi, hududulla afu va amr bila orfi va aridani jahling deydi.
Ya'ni ulardan bera olganini oling, hududullaafua degani, afu degani odamning o'z hojatidan orttirgan narsasi degan. Xudil afuavani o'sha orttirib sizga bera olgancha muomalani berdi yu, shu shuni berishi shu sizga berishi. Shuni oling bo'ldi. Va amr bil orif va yaxshilikka chaqiring shu odamlarni. Va agar chaqirishingiz olmasa yaxshilikni, va arit danil jahlin. Ya'ni unda unda yuz o'g'irlik chiroyli shakllanadi. Assalomu alaykum deng, bo'ldi yuz o'girik. Shu bilan Alloh Taolo sizga shuni formulasini berdi. Mana shu holda bo'lsangiz, inshaalloh, odamlarni yomonligidan ham o'zingizni himoya qilgan bo'lasiz, o'zingiz birovlarga yomonlik qilmagan bo'lasiz. Va o'sha aytganimdek, agar odamlar sizni yomon ko'rishi, sizdagi kamchilik sababli bo'ladigan bo'lsa, unda ular bilan sherik tutirib, o'sha kamchilikka qarshi kurashing. Agar boshqa sabab bilan bo'ladigan bo'sa, o'sha boshqa sababi bilan ekanligi aniq bo'ladigan bo'masa, unda unga e'tibor bermaslik kerak. Odamlar sizni maqtasa, e'tibor bermang. Nimaga? Chunki o'zingiz ahvolingizni bilasiz. Odamlar siz yomonlasa, e'tibor berma, chunki ahvolingizni o'zingiz bilasiz. Allohu a'lam. Endi mavzudan ozroq chiqdik, lekin men xohladim shu fiqh kitoblarini o'qigan paytda shunaqa tadbir qilishinglarni. Ya'ni faqat Xudo xohlasa sizlarga berayotgan narsalarni tadbir qilishinglar. Agar yo'q, masalan, fiqh kitobdan tashqari mana shu narsalarni yaxshiroq tushunaman desanglar, unda men sizlarga tavsiya qilaman, o'sha Hia'ul umiddin degan kitob bor, G'azoliyning kitoblari. U kitobga Zabiydi degan bir olim, hanafiy olim, sharh yozgan.
Juda ham juda ham chiroyli sharh. Katta sharhni men sizlarga tashlab qo'yaman gruppanglarga. O'sha o'shani olib bir inshaalloh o'qisanglar ko'p foyda topasizlar hayotinglarda. Toyib. Va assalomu alaykum va alaykum va alamuhammadin va alixiy va aslombek ajmang'in. Hammanglarga rahmat. Inshaalloh yaxshi kunlarda yana darslarimizni davom ettiraylik. Alloh taolo yaxshi ishlarni davomli qilsin. Kamchiliklar uchun barchamizni kechirsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohiym.