MMaviza
Qalb va tarbiyaTekshirilgan6 daq

Baxtsizlikning eng katta sabablaridan biri bu..!

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
6:01
O'zgarishlar tarixi

Endi yoshlar mavzusiga biroz diqqat e'tiborni qaratsakda. Yoshlarni mana bizni afsuski, afsuski, aksar yoshlarimiz bugun telefonga mubtalo bo'lgan. Jumladan o'zimiz ham. Ijtimoiy tarmoqlar deymiz, u tarmoqlar masalan, Instagramdir, Facebookdir, boshqadir. Bu aksar vaqtimizni olib qo'yiladigan bir nima bo'lib qoldi da, mashg'ul bo'lib qoldir. Shu bilan mashg'ul qilib qo'ydi va anchayin anchayin bir o'zini vazifasi bor bo'lgan yoshlar, kitob o'qish, masalan, kundalik kitoblari o'qishga yoki boshqa bir foydali ish qilish kerak bo'lgan yasharlar ana shunga ketadigan vaqtini telefon bilan nima qilib qo'yilyapti va bu siz ta'lim olib kelgan yurtlarda bu borada ahvol qanday? Va buning muolajasi qanday bo'ladi? Shu haqida ham bir gapirsangiz. Ha, albatta, bu o'sha har bir asrni o'zini eng katta bir, agar sinov imtihoni bir bo'ladigan bo'lsa, bu bizni asrimizdagi eng katta sinov imtihon bu mana shu texnologiyalar bo'lib qoldi. Bu o'sha har xil playstation degan o'yinlar bo'lsin, yoki boshqa internet o'yinlari bo'lsin, yo ijtimoiy tarmoq bo'lsin. Va buni balosi, buni o'sha odamlar ustiga demak olib kelayotgan fitnalari judayam judayam jiddiy. Afsuski, buni muolaja qilishga yetarli e'tibor qaratilmayapti. Mana shulardan bittasini masalan misol keltirib aytmoqchi edim.

Odamzodni agar odamzod ruhiyatini o'rgansangiz yoki umuman odamzod holatini tarixdan tahlil qilib ko'rsangiz, aksar holda odamning baxtsizligiga sabab o'zini boshqalar bilan taqqoslashi bo'ladi. Qiyoslashi bo'lsin. Aksar holda. Masalan, hozir bitta o'rtacha odam, hozir biz eshitib turgan bitta odam o'zi o'ylasa. Unda bor masalan mashina yoki o'zini mashinasi bo'lmasa jamoat transporti, uni uyida bor masalan yotadigan joyi, yostig'i, masalan deylik konditsioneri, o'sha havo sovutgichi yoki shunga o'xshagan sharoitlar. Shular masalan Fir'avnda bo'lganmi? Bo'lmagan. Yoki undagi ovqatlar, taomlar, agar qarasangiz hozir bitta odam o'sha bir bundan besh yuz yil yoki ming yil oldingi yoki ikki ming yil oldin bir podshohni hayotini yashaydi hozir o'rtacha odam. Lekin nimaga o'sha odam baxtsiz? Nimaga o'sha adamga o'sha narsalar yetmaydi? Sababi u o'zini holatini boshqalarga taqqoslaydi. O'zini holati ming yil oldingi Fir'avnga taqqoslamaydi, lekin hozirgi kunimizdagi boylarga, boshqalarga qiyoslaydi da, mana bunga nisbatan men bunaqa romman deydi masalan, tushunyapsizmi? Ya'ni birovga taqqoslab. O'sha taqqoslash odamni ko'pincha baxtsizligiga sabab bo'ladi. Bu narsa uchun dinimiz to'g'ri o'gitlar beradi. Ya'ni dunyoviy ishlarda masalan, sizdan ko'ra savobli ishlarni o'zib ketayotgan odamlarga o'zingizni taqqoslashingizni o'rgatadi. Qur'on va sariy ruv deb ila mag'firot, umirobiku jannat deganda, Allohni jannatiga va mag'firotiga qarab sariy degani o'sha musorra qiling, ya'ni go'yoki musobaqa qiling, boshqalar bilan o'zingizni mana shu ishlarda taqqoslang degan narsani Qur'on bizga o'rgatad.

Lekin shu bilan birgalikda mana shu ijtimoiy tarmoqlar odamlarda mana shu yolg'on bir dunyoni yaratib, o'sha bir yolg'on dunyoga o'zini taqqoslash baxtsizligini paydo qiladi. Mana men buni ikkita nuqtada ko'rsatib ketmoqchi edim va bu juda ham muhim deb o'ylayman bizning asrimizda. Birinchi nuqtasi shuki, masalan ijtimoiy tomonga bitta odam o'zini rasmini qo'yadi, u uni tabiiy rasmi bo'lmaydi. U qanaqadir filtrlardan bir narsani olib o'zini rasmi qo'yadi. Keyin u o'zini hayotini bir chiroyli ko'rsatmoqchi bo'ladi, o'zi asli unaqa baxtli bo'lmaydi, lekin masalan xafa bo'lib turgan paytda bitta masalan xunuk bo'lsa ham ishlaydi da, keyin uni rasmga oladi da, qo'yadi. Keyin u ikkinchi odam ko'rib, voy qara bu qandoq baxtliman, uyimda qandoq baxtsizman deydi. Tushunyapsizmi? Vaholanki u anavi birinchisi ham baxtsiz o'zi aslida. Va hamma o'zi qanaqadir bir baxtni, bir yolg'on bir baxtni bir subhanalloh vahmini yaratadi da. Shu vahmga hamma havas qilib yashaveradi. Natijada haqiqiy baxtlik, hayotdagi haqiqiy bahtli bo'lish degan imkoniyat kamayib boraveradi. Nimaga? Chunki masalan, tasavvur qiling, bir erkak kishi doim internetni ochsada, ijtimoiy tarmoqda faqat o'sha chiroyli ayollarni ko'raversa. U ayollar farzand ko'rmasa, u ayollar turmush qurmasa, u oyollarni ishi faqat o'shani o'zini chiroyli ko'rsatib, rasmga olib, u rasmni ham ming xil o'zgartirib keyin qo'yish bo'lsa. Tabiiyki, haligi erkak kishiga o'zini ayolini chiroyli ko'tarmay qo'yadi ko'ziga. Xuddi shunga o'xshab ayollarga erkaklar shunaqa bo'lishni boshlaydi.

Ya'ni go'zallik standartlari oshib ketib qoladi. Oila va baxt standartlari oishib ketib qolad. Internetda bitta chiroyli qilib rasmga olib qo'yilgan bir videoga chaqaloqni ko'rsa, bir bolani ko'rsa, o'zini farzandi ko'ziga yoqimli ko'rinmay qolishi mumkin. Ya'ni bu o'sha internetda paydo qilingan yolg'on hayot, odamni o'zini hayotini o'sha hayotga taqqoslashiga sabab bo'ladi va mana shu taqqoslanish odamni baxtsizligiga sabab bo'lar. Biz aytyapmizki, odamni o'sini bor real narsaga, haqiqiy voqeiy narsaga taqqoslashi baxtsizligi sabab bo'lsa, qanday qilib voqea bo'lmagan yolg'ondan yaratilgani va chiroyli qilib ziynatlab qo'yilgan narsaga taqqoslash baxtsizligiga sabab bo'lmasdi. Va bundan ham yana ikkinchi nuqtasi, bundan ham achinarli nuqta, bu odamlarni o'zlaridan yaratgan yolg'on imijlariga, ko'rinishlariga o'zlarini taqqoslashi. Hm. Endi shunaqa bo'ladi, shunaqa bo'lladiki, ayniqsa bu yoshlarda hozir ko'payib ketgan, Instagram boshqa degan narsalarda va ba'zida subhanalloh yoshi katta odamlarda bu belgilarni ko'rasiz. Masalan telefonni oladi da, qanaqadir filtrlarni qo'yib turib, o'sha filtrlar bilan o'zidan videoga oladi.

Olgandan keyin u videodagi o'zini rasmi o'zidan voqelik hayotdagi oynaga qaraganda ko'radigan rasmdan ko'ra chiroyliroq bo'ladi. Keyin o'sha rasmga o'zini qiyoslab siqilib yuraveradi. Nimaga? Chunki endi u bunaqa bo'lishini xohlayapti. Tushunyapsizmi? O'zini bunaqa deb tasavvur qiladi, bunaqa deb eslashni boshlaydi. Shunaqa deb jamiyatga taqdim qilishni boshlaydi va voqeligidan rozi bo'lmaslik boshlanadi. Bu borgan sari odamzotni baxtsizligiga ko'mib boraveradi va bu masalalar juda jiddiy masalalar va men o'ylaymanki, fuqaholar, islom olimlari o'tirib bu narsalarni o'rganib chiqish kerak. Masalan, erkak kishiga ayol kishi yuziga surtadigan, pardoz qiladigan boshqa narsalarni surish mumkin emas ekan, vodomiki, o'sha filtrlardan foydalanish erkak kishiga mumkin emas bo'lishi kerak. Mana bu masalalarni fiqhiy tomonlari. Erkak kishiga yoshini yoshartirish uchun oqargan, masalan, soqol, sochlarni qop qora qilib bo'yab olish, shariatda bu narsa makruh qilingan, qaytarilgan. Ba'zi ulamolar harom degan, lekin ulamolar makruh degan, qaytarililgan bu narsadan. Endi mana shu narsa hozir filtrlar orqali agar qilinayotgan bo'lsa, endi shu narsalarni men o'ylaymanki, bu fiqhni o'ylab ko'rish kerak va bu narsani moliya qilishga harakat qilish kerak deb o'ylayman. Bu faqat muammoni bir nuqtasiga ham manfaat, hozir e'tibor qaratdim. O'zi aslida agar muammoni yana chuqurroq o'rganadigan bo'lsangiz, bu subhanalloh juda ham jiddiy muammo. O'ylaymanki, inshaalloh bunga ham e'tibor ko'rsatiladi bizning jamiyatimizda, inshaalloh. Inshaalloh.

Bilimni sinash

3 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish