Bugungi suhbatimizni rejalashtirganimizda yana bir muhim nuqta bor. Bu ham bo'lsa hozirgi kunda mana G'arb olamidan asosan kirib kelayotgan turli mafkuraviy bosimlar haqida va unga ularga munosabat, musulmonlarni munosabati qanday bo'lishi kerak? Mana shu mavzuda ham biroz suhbatlashsak. Bilasizmi shu, ba'zida biz shuni bir necha kun oldin biz men qattiq hurmat qiladigan jurnalist va birodarimiz Davron aka Tojaliev bilan o'tirib bir gaplashgandik shu mavzuda. Va u kishi ba'zi ismlarni aytdilar, falonchi falonchi odamlar mana shunaqa fikrdagi o'sha har xil o'sha nojinslar va boshqalarga oid Subhanalloh fikrdagi narsalarni o'zbek tiliga olib kirmoqchi deb, o'zbek odamlari ya'ni. Shu kabi odamlarni eshitsam, ya'ni o'zi o'zbek, o'zi bizni ya'ni millatimizdan chiqqan. Bizni ya'ni Subhanalloh musulmonlarni va o'zbeklarni qonidan bo'lib turib, o'sha G'arbdagi o'sha fikrlarni ozodlik orqali yoki boshqa orqali birorta bir narsani atashimiz shart emas. Shu platformalar orqali bizga olib kirmoqchi bo'lgan odamlarni ko'rsam, men o'sha Abu Urg'ul qissasini eslayman. Abu Urg'ul haqida eshitganmisiz? Yo'q, yo'q. Abu Urg'rul bu arablardan chiqqan birinchi xoin hisoblanadi.
O'sha Abraha o'ziga Ka'ba quradi, ibodatxona quradi. Toki odamlar shu Ka'batullohga bormasin, men ibodatxonamga kelsin deb. Hech kim kelmaydi uni ibodatxonasiga tabiiyki. Kelmaganidan keyin u Ka'batullohni borib buzmoqchi bo'ladi. Lekin hozirgi haligi GPSlar yo'q u paytda. Yo'llar yo'q, asfaltlar yo'q, oson emas, endi u Abrahanni turgan joyidan nima qilganiga yetib olish. Shunda bir arab xoin Abruxaga yordam berib, uni o'sha shu Makkani yo'llaridan boshlab olib keladi Makkaga. Shu odamni ismi Abu Ro'g'on bo'lgan. Shu Abu Ro'g'lli arablar shunchalik bu odamdan nafratlanishganki, shu qilgan ishiga. Uni qabri yaqin yaqingacha ham ma'lum bo'lgan. Ya'ni uch to'rt asr oldingi, ikki uch asr oldingi manbalarda ham uni qabri ma'lum bo'mgan. U arablar Akram Akamulloh qo'pol bo'lsa ham aytaman, hoji chiqarish uchun borishgan o'sha joyga. Arablarni hodisa chiqaradigan nima axlat to'kadigan joyi hisoblangan o'sha joy. Najosat to'kadigan joy bo'lgan shuni qabri. Butun arablar asrlar davomida islomdan oldin ham, islomdan keyin ham o'sha odamni la'natlagan. Men mana shu o'zbekda o'zbeklardan chiqib o'sha o'sha g'arbni shunaqa mafkuralarni bizga olib kirmoqchi bo'lgan odamlarni shu abu urg'onlar deb o'ylayman. Shu odamlar mana har bir davrda shunaqa xoinlar bo'lganda. Masalan, qanaqa qilib bu ruslar qodiriyni sud qilgan? Ruslar qodiriyingni tushunmagan ku. Kimdir ularga, kimdir ularga yetkazib bergan u.
Ha, xuddi shunga o'xshab, bizni jamiyatimizda hozir mana shu narsalarni bizga olib kirishga harakat qilib, mana shu mafkuralarni bizga ol olib kirishga ham harakat qilayotganlar bizni asrimizning abu g'oyalari. Va albatta tarix ularni la'natlaydi. Va albatta keyingi avlodlar, hatto o'zlarining avlodlari kelajakda ularni qanday xoin insonlar bo'lganini eslab qoladi. Lekin biz musulmonlar aytamizki, g'arbdan har qanaqa mafkura kirayotgan bo'lsa, o'sha mafkuraga qarshi biz o'zimizni dinimiz bilan javob bera olamiz. Nimaga musulmon odam feminist bo'lmaydi? Chunki musulmon odam musulmon bo'ladi. Musulmonlikni o'zi yetadi. Biz aytmaymiz, hozirgi paytdagi islomda ayollar huquqiga oid muammolar yo'q deb. Balki ta'kidlab aytamiz, muammolar ko'p. Biz ishlashimiz kerak bo'lgan muammolar ko'plar. Lekin biz o'sha muammolarni muolaja qilish uchun feminist doirasiga borib qo'shilmaymiz. Unga hojat yo'q da. Bizni hojatimiz yo'q. Biz o'zimizdagi bor manbalarni tiriltirib, o'sha manbalarni ustida ishlaymiz. O'shanda bizni muammoyimiz hal bo'ladi. Bir yevropadan bir odam madinaga kelib, meni uyimda mehmon bo'lgandi. Shu odam, shu yigit, tuproq yigitga o'xshaydi, musulmon. Mendan so'rayapti, siz deydi pro lifemisiz, pro choicemisiz deyapti. Ya'ni siz pro life, ya'ni hayot tomonidan bolalarni abort qilish masalasida. Men aytyapmanki, sen so'rayotgan masala shu qiyin masala. Men pro pro choice emasman. Odam shaxsiy fikr so'ramaydi. Men musulmonman. Sen mendan so'ra, fiqhda hukminiman buni deb. Men uni yo hukmini bilaman, yo hukmini borib haqiqatdan so'rayman deyapman.
Tushunyapsizmi? Endi biz shunaqa pro life, pro choice, chap, o'ng, feminist, konservator degan toifalar bo'lmaymiz. Biz mo'minmiz, biz musulmonmiz. Biz musulmonmimiz, o'zimizni bizni aqidamiz bor, o'zimizning fiqhimiz bor, Qur'on bor, sunnat bor. Mana shu narsa bizga kifoya. Mana shu narsadan biz hamma narsani javobini topamiz va mana shu narsa sizga yetadi. Biror bir toifaga borib qo'shilib, o'sha toifa bilan o'zimizni atamaymiz. Alhamdulillah. Va mana shu narsani juda ham qattiq ta'kidlagan bo'lardim. Iloji boricha bunaqa narsalarni iloji boricha o'sha chet zikr suraverish kerak musulmon odam. Zikr qilmaslik kerak, eslamaslik kerak va bular inshaalloh qanday paydo bo'lgan bo'lsa, shunday bo'lib ketadi, lekin kurashishdan to'xtamaslik kerak. Subhanalloh mana so'zingiz isboti, yaqinda bizni kitob do'konimiz bor, bizni nashriyotda, shunday bolalar bitta kitobni menga jo'natishdi rasmini. Mana shu kitobni sotishga olib kelishlik, sotaveradigan. O'zbekcha chiqqan kitob. Shu yerda o'sha boyagi nojinslarni nimasi shunday maroq bilan ta'riflangan u yerda da. Ifoda shunday bir haligi qilingan, tasvirlangan endi. Uni o'zbek tarjima qilib, uni sotyapti da. Buni buni meni bilishimcha, vallohu a'lam, uni o'sha bilib turib qilyapti buni. Qanday oqibatga olib kelishini, boshqasini, biz Bunga Xudo xohlasa alohida ko'rsatuv ham qilarmiz, lekin shu ma'noda mana shu fursatdan foydalanib, men bir aytib, insofga chaqirib qo'yardim. Mana domla ham aytdilar, buni orqasidan keladigan oqibatni hech bo'lmasa o'zi uchun tushunish kerak, to'g'rimi?
Uni uni oqibati qanaqa bo'ladi? Buni besh to'rt so'm moddiy qandaydir bir nima topar, foyda topar yoki shu qandaydir kimlardir buyrug'ini bajarayotgan bo'lsa, shu qandaydir bir natijaga erishar. Lekin bu o'sha oborug'onni singari butun xalqqa, Xudo xohlasa, nafratiga tez kunda mubtalo bo'ladi bu. Shuning uchun bunday tiyilishimiz kerak deb o'ylayman, insofga chaqirib qolaman.