Va foydali ilm olishda ikkita muhim, uchta muhim nuqta bor. Birinchi foydali ilmdagi muhim nuqta, qayski ilm sizni to'g'ridan to'g'ri amalga boshlasa, o'sha ilm foydali ilm bo'ladi. Mana bu birinchi muhim nuqta. Qayski ilm, sizni foydali ilm, qachonki qaysiki ilm sizni amalga boshlasa. Mana shu darsni o'tdingizmi? Orqasidan amal qilishni boshladingiz. Shu darsni qildingizmi? Shu kitobni o'qidingizmi? Masalan, ortidan bitta amal qilishini boshladingiz, bilingki o'sha demak foydali ilm. Demak foydali ilmning birinchi xususiyati va birinchi belgisi, bu o'sha ilm sizni amalga boshlaydi. Sizni odam sifatida yuksaltiradi. Amaldagi nafaqat qo'l bilan amal emas, qalb amallari, til bilan bog'liq amallar, qo'llar javarixlar bilan, qo'l oyoq bilan bog'liqi amallar, lekin muhimi o'sha ilmni sizni oldiga boshlaydi va sizni yaxshiroq odam qiladi. Ana o'sha ilm foydali ilm, bu birinchi belgis. Ikkinchi muhim belgi shundaki, ilm olishdagi eng muhim narsalardan biri bu tarkiyingiz. Foydali ilm olmoqchi bo'lsangiz ham, ilmlarning ko'plari foydali. Lekin siz muhim bittasini ushlab olib, o'shani mustahkam, o'shanga chalg'imasdan, boshqasiga chalg'imasdan o'shani ushlab olishingiz muhim. Agar shu ishni qilmaydigan bo'lsangiz, unda ilmingizda foyda kam bo'ladi. Odamzod birorta ilmni o'rganmoqchi bo'lsa, o'sha ilmga o'zini bag'ishlash kerak. Va o'sha ilmni ko'proq vaqt ajratish kerak. O'shanga bir odam masalan, agar aytsaki, dushanba siyratdan dars qilaman, seshanba nahudan dars qilaman chorshanba.
Masalan, fiqhdan, payshanba usuldan, juma qovaydi fiqhiyadan, shanba kalomdan, masalan yakshanba tafsirdan, ya'ni dushanba masalan siyratdan qilib chiqaman desa, Alloh hali ham u odamga juda kam ilm oladi. Nimaga? Chunki hammasini o'rgana olmaysiz. Ya'ni agar lekin bitta ilmni, ikkita ilmni ushlab olib, mana shunga hayotimni sarflayman, bir yil, ikki yil shundan chalg'imasdan o'rganaman desa, ana o'sha odam sekin ilmida baraka bo'lishni boshlaydi. Sekin sekin masalalar qo'lda jamlanishni boshlaydi. Shunga foydali ilmni olishning birinchisi u sizni amalga boshlasin. Ikkinchisi siz unga diqqat qiling, tarkiz qiling, ya'ni boshqa narsalarga chalg'imang. Bir o'shani ushlashga harakat qiling ku, o'shani yakunlang, oxiriga yetkazing. Va uchinchi foydali ilmning uchinchi muhim nuqtasi, foydali ilm u sizni bahslashga boshlamaydi. Agar siz bahslash bilan band bo'ladigan bo'lsa, bilingki u foydali ilm olmayapsiz. Ya'ni ilm o'zi foydali bo'lishi mumkin, lekin siz uchun u foydali bo'lmadi. O'shanga bilingki, bahslashish, tortishish uchun ilm olayotgan odam albatta ilmini ham, vaqtini ham, o'zini ham yo'qotadi. Albatta mag'lub bo'ladi. Shuning uchun foydali ilmning eng muhim xususiyatlaridan biri ilmni bahslash, tortishishlarga boshlanmasligi. Balki nimaga? Balki o'sha birinchi nuqta. Amalga boshlash kerak. Amalga sizni o'zingiz bilan band qilish kerak. Boshqalar bilan emas. Agar bir ilm o'rgansangiz da, keyin qani endi bir odamlarga qaraychi, qanchalik bular adashgan ekan desangiz, masalan, bilingki u foydali ilm emas.
Lekin bir ilm o'qib turib, mana shu masalan bir munofiqlar haqida hadis o'qiyapsizmi? Agar munofiqlar vaqtida hadis o'qiqayotgan paytda birinchi hayolingizga ammangizni qizi yoki amakingiz o'g'li kelayotgan bo'lsa, bilingki, u foydali ilm emas siz uchun. Birinchi bo'lib hayolingizga o'zingiz kelayotgan bo'msangiz, ana o'sha foydali ilm. Birinchi bo'm o'zingiz haqingizda o'ylab, mana shunga tushib qolyapman a deyotgan bo'msingiz, ana o'shanaqa foydali ilm bo'ladi. O'shaning uchun foydali ilmni mana shunda ko'rasiz.