Rasululloh asraslan aytdilar, innahu layyaz ta'g'ufiruli alil alimiy kul ushay'in. Hattal hiy tanuf i jav fil bahr, dedilar. Ya'ni olim uchun va boshqa bir rivoyatda inna tolibal ilmiy deb keladi. Tolibi ilm uchun, ya'ni ilm talab qilayotgan odam uchun layyaz ta'ag'ufirulahum manfis samavati va manfil art. U uchun osmondagilar ham, yerdagilarni ham barchasi istiqror etadi. Osmondagilar, ya'ni farishtalar. Yerdagilar bu barcha jamiykiy jonzotlar. Hatto xitanu filma, to hatto suvdagi baliqlar ham. Suvda bir baliqni ko'rasiz, o'sha baliq shu bandasi uchun Alloh Taoloning mana shu ilm talab qilayotgan bandasi uchun istig'for etayotgan bo'ladi. Ya'ni Alloh shu bandani kechirgin, shu bandani gunohlarini kechirgin deb istig'for etib turgan bo'ladi va bu mas'uliyatni, bu amaliyotni tushunish kerak. Va buni ta'mul qilib ko'rsangiz bo'ladi. Nimaga u istig'for aytadi? Mana hayvonlar yoki masalan, eee, Yer sharidagi, yerdagi barcha narsalar, hatto suvdagi narsalar toliblarga istig'for aitadi degan. Nimaga istig'for aitar? Nimaga istig'far aitar? Ulamolar ikkita muhim sababga ishora qilishadi. Birinchi sabab shundaki, agar jamiyatda fasod ko'paysa, jamiyatga balo keladi.
Balo kelgan paytda o'rmonga yong'in kelsa xo'li quruq barobar yonadi. Mana Nuh alayhissalomning qavmiga kelgan baloni tadabbur qilib ko'ring. Nuh alayhissa nomning qavmiga balo kelgan paytida, balo kimga keldi? Faqat o'sha Nuh alayhisa nom qavmidagi kofirlarga keldimi yoki barcha narsaga keldimi? E'tibor bering, Nuh alayhissalom o'zining kemalariga ikkita ikkitadan hamma jonzotlardan demak kemalarga yukladilar. Va o'shalar bilan o'sha o'zlari omon qoldilar. Xo'p, qolgan hayvonlarchi? Qolgan jonzotlarchi? Ular hammasi o'sha mushriklar, o'sha zolim qavm bilan birgalikda halok bo'ldi. Shuning uchun ham odamzod jinoyatlar sababli dunyoda halokatlar bo'ladi. E'tibor bering. Agar ta'min qilib o'ylab ko'radigan bo'lsangiz, agar odamzod, agar ins va jin, agar odamizod va jin mana bu yer sharida fasod qilmasa, boshqasi fasod qilmaydi. Hayvonlar Alloh Taologa osiylik qilmaydi. Jonzotlar Alloh Taologga osiylik qil maydi. Farishtalar Alloh Taologa olsiylik qilmayda. Olsiylikni faqat inson qiladi. Dunyodagi hamma fasadiy inson qiladi. Agar yer sharining tarixini o'rganadigan bo'lsangiz, necha million yilmi deb mana hozir yer sharini tarixi bo'yicha ulamolar aytadi. Nechadir million yil yoki boshqa deydi tarixini.
O'sha million yillik tarixi bor deb aytadigan bo'lsak, mana shu tarix davomida ya'ni yer shara tuppa tuzuk holatda turgan. U odamzod mana shu yerda yashashni boshlaganiga nechchidir ming yil bo'lgan bo'lsa, mana shu yil davomida mana odamzod yerni fasodga to'ldirib yubordi. Hozirgi paytni o'zini qarang da. Hozir mana bir dengizga tushasiz, dengizga tushiib, bir kit nima, bir delfin nima topadigan bo'lsangiz, qanchadir tanasini ichiga qanchadir plastikni, haligi plastiklarni yutib yuborgan bo'ladi. Odamlarning isrof qilib o'sha plastikni keraksiz narsaga ham ishlatib ishlatib okeanga otadi. Mana hozir har safar uy povor axlat tashlaysiz da, bir hatto bir savatga tashlaysiz ham. U axlatni qancha olib borib turib keyin suvga to'kishadi. Va natijada u okeanlarga qo'shilib ketadi. Natijada hayvonlar undan zarar ko'radi. Bitta mana odamzodning fasodi sababli orol dengizining qurilishi natijasida qancha orol dengizida yashaydigan baliqlar zarar ko'rgan. U yoqdagi qancha necha million, necha minglab turdagi necha million jonzot halok bo'lgan. Kim qildi uni? Odamzod qildi uni. Va kim odamzodni mana shu narsadan to'xtatadi? Kim odamzodga isrof qilma deydi. Kim odamzodiga Allohda qo'rq deydi. Kim odamszodga rahm qil deydi. Kim odamtzodga hatto bir itga suv bersang chanqagan itga, mana shu suv sababli sen jannatga kirasan deydi. Olimlar aytadi. Va sizlar aytasizlar, mana ilm talab qilayotgan odamlar aytadi.
O'sha uchun ham o'sha hayvonlar, o'sha jonzotlar, barcha osmondagi u yerdagi barcha jamiykiy Allohning maxluqlari tolib ilmga istig'for etadi. Nimaga? Chunki shu tolib ilm, shu o'rgangan ilmiga amal qilishi natijasida, avvalo o'zini isloh qiladi, qolaversa jamiyatini isloh qildi va mana shu islohotlar natijasida dunyoda obodlik paydo bo'ladi. U dunyoda isrof kamayadi. U dunyoni vayron qilishdan odamzod sekinlashadi eng kamida yoki to'xtaydi. Natijada shu jonzotlarga ham tiriklik qaytadi. Shuning uchun ham jonzotlar birinchi o'rinda tolib ilmga istig'for aytadi. Va ikkinchi tolib ilmga instig'for aytishini sabablaridan biri, ikkinchi muhim sabablarida aytadiki ulamolar, agar tolib ilm ilm talab qiladigan bo'lsa, u ilm unga rahmni o'rgatadi. Natijada u hayvonlarga zulm qilmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak siy sizlar siyratlarini o'rgansangiz ko'rasiz mana. Oddiy bir tuyani aytdilar, mana bu tuyani egasi kim dedilar. Bu tuya menga hozir shikoyat qildi. Buni egasi buni ustiga og'ir yuklar yuklayotgan ekan. Kim buni egasi? Dedilar. Va o'sha egasi sekin nasihat qildi allohdan qo'rqin deb. Mana bu rahmat nabiysi bo'lgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning merosxo'ri bo'lgan kishilar ana o'sha rahmatni o'zlari avvalo amal qilib, qolaversa boshqalarga o'rgatadilar. Natijada hayvonlarga, natijada boshqa jonzotlarga, hamma jamiki borliqdagi barcha narsalarga rahm shafqat bilan muomala qilinadi.
Va mana shu rahm shafqatsa agar odamzodni olib qo'yla bo'ladigan bo'lsa, mana yaqin tariximizni ko'ring. Yaqin tarixingizni ko'ring, diniy yo'q odamlar qanchalik shafqatsiz bo'ladi? Yoki dinni noto'g'ri tushungani va unga to'g'ri amal qilmaydigan odamlar qanchali shafqatsiz boladi? Borib bir go'dakni o'ldiradi. Borib odamlarga qancha zulm qiladi? Necha ming odamlar halok bo'lyapti mana urushlarda, boshqalarda. Bu nimadan bo'ladi? Bu yo o'sha dinni o'rganmaslikdan ham va dinsizlikdan ham bo'ladi. Yoki dinni to'g'ri o'rganmasligidan bo'ladi va dinni xato tadbiq qilishdan bo'ladi. Va ikkalasidan ham odamzodni kim to'xtatadi? Kim odamzodni din o'rganmasdan din o'rganishga olib boradi? Va kim odamzodning dinni xato tadbir qilishdan to'g'ri tadbir qilishga boshlaydi? Albatta tolib ilm va albatta olimlar va albatta sizga o'xshagan kishilar, ilm o'rganishiga qiziqqan kishilar. O'shaning uchun biz aytdikki, osmondagi va yerdagi barcha jonzotlar tog'li boyligimga istig'for aytishini rasululloh sollallohu alayhi vasallam bashorat bergan ekanlar.