Talabalarni u yerda ta'minoti, o'zlarini o'zlari ta'minlashi, bir masalan yotoqxonasi masalasi bo'lishi mumkin, kitoblar, umuman u yerga u yerda borgandan keyin albatta yashash xarajatlari ham kelib chiqibdi. Bu borasida u yerda talabalarda qiyinchilik bo'lmaydi, masalan ishlashi mumkinmi yoki qanaqadir ta'minoti u yerda ta'mirlangan bo'ladimi, shu yerda. Talabalar rasman ishlashi mumkin emas. Norasmiy jihatda talabalar shu ya'ni taksistlik qilib, mashina olib yoki shu umraga hajga kelgan odamlarga, ziyoratga kelgan odamlarga xizmat qilib, pul topadigan talabalar bo'ladi. Lekin men buni tavsiya qilmayman. Chunki birinchidan u talaba bo'lib kelgan paytda unga shu shart qo'yiladi. Sen ishlamaysan, o'qiysan, biz seni ta'minlaymiz degan shart qo'yladi. Va o'sha ishlashi davomida o'sha shartga qaysidir ma'noda xiyonat qilgan bo'ladi. Va tabiiyki agar universitet rozi bo'lib ishlashiga rozi bo'lsa, u istisnoli holat bo'ladi. I ikkinchidan, tolib ilm agar ilm olish uchun bir joyga borsa, bu endi eng sharafli yo'lda bo'ladi. O'sha sharafli yo'llni tashlab qanaqadir masalan pul topishga, boshqaga kirib ketsa, u albatta o'zini Alloh Taolo unga bergan bir buyuk maqomiga xiyonat qilib qolgan bo'ladi, Xudo xohlasa. Endi ta'minotga keladigan bo'lsak, Saudiya universitetlari nisbatan boyroq, boshqa davlat universitetlariga nisbatan, u yoqda ta'minot ancha yaxshiroq. Stipendiyalar ko'p bo'lmaydi, ikki yuz ellik dollar, shunaqa stipendiya bo'ladi. Lekin ularga maxsus arzonlashtirilgan uch mahal ovqat beriladi talabalarga.
O'sha ma'noda talabalar ovqatga ehtiyoji bo'lmaydi. Qorni och qolmaydi, ya'ni yotoqxona beriladi, boshqa jihozlar beriladi. Undan tashqari, agar talaba o'zi iqtidorli talaba bo'ladigan bo'lsa, u yoqda turli o'sha maxsus talabalar uchun scholarship deymiz, o'sha minhalar, stipendiyalar, maxsus grantlar, stipendiyalar mavjud. Mana men o'zim rojahiy stipendiyasi sohasida o'qiganman, rojahiy minhas sohasida. Va rojahiy bizga o'sha tekinga uy bergan yashashga o'sha o'ttiz ming, yigirma ming qachar talabadan yigirmata, yigirma beshta talabani tanlab olgan. O'sha talabalarga o'sha uy bergan, o'sha kompyuter jihozlari bergan, maxsus stipendiya bergan, keyin boshqa ko'plab o'sha ya'ni yordam bilan qanaqa kitob kerak bo'lsa, kitoblar bilan ta'minlangan. Endi shunaqa ma'noda agar talaba yaxshi o'qiyman desa, talabaga ba'zi sharoitlar yaratib beriladi odatda.