MMaviza
Islom moliyasi va savdoTekshirilgan6 daq

Islom moliyaviy fiqhi

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
5:31
O'zgarishlar tarixi

Siz hozir Madina Islom universitetiga ta'limingizdan tashqari, bundan tashqari Bahraynda mana Islom, Islom moliya, Islom moliyaviy muassasalariga demak, shariy standartlar bo'yicha bir tavsiyalar berish bo'yicha bir mutaxassislik ham, qo'shimcha mutaxassisligingiz ham bor ekan. Shu ma'noda o'zi Islom moliyasi tushunchasi nima? Shu haqida ham bir batafsilroq ma'lumot berib o'tsangiz, bu tushunchalarni uning ichidagi bir terminlar o'zi bu qanday tushuncha, qanday foydalaniladi? Bu bo'yicha mutaxassislar kimlar hisoblanadi? Shu haqida ham gapirib o'tsangiz. Bu albatta muhim mavzu. Islom moliyasi deganda, men o'ylaymanki, hozir oxirgi bir ikki yildan men kuzatishim bo'yicha, bizni yurtimizda qanaqadir Islom moliyasi iborasi mavhum bir ibora bo'lib qoldi. Sababi shundaki, Islom moliyasi sohasida mutaxassisman degan ba'zi bizni do'stlarimiz aslida buxgalteriya bo'yicha o'qigan, masalan hisob bo'yicha, buxgalteriya buxicha o'qigan yoki iqtisod bo'yicha oqiganda, keyin borib qayoqdadir Islom moliyasisi bo'yicha qaysidir bitta universitetda qanaqadir kurslarda qatnashgan yoki ilm olganda, keyin o'zini Islom moliyasa bo'yicha mutaxassisman dedi. Bu juda ham yaxshi va umuman iqtisodchilarni Islom moliyyasiga qiziqishini biz juda ham qadrlaymiz. Lekin muammo shundaki, undan keyin u keladi da, bu narsa joiz, bu narsa joz emas, bu halol, bu halol deb fattoh berishni boshlaydi.

Bu o'sha Islom moliyasi degan terminni qanaqadir juda ham mavhumlashib ketganiga dalolat qiladi. Shuning uchun men bir misol bilan buni tushuntirmoqchi edim. Mana bitta odam yuridik institutda o'qisa, huquqshunoslik institutida o'qisa, u iqtisod kodeksini o'rganadi. Bitta odam iqtisod universiteti o'qisa, o'qisa, iqtisod kodeksini uncha o'rganmaydi. Uni asosiy o'rganadigan subyekti, predmeti iqtisod kodeksi bo'lmaydi yoki iqtisodingizni o'zi bo'ladi. U qanaqa qilib pul topishni o'rganadi. A bu iqtisodkodeksida o'shanga oid normalarni, nima mumkin, nima mumkin emasligini o'rganadi yurist. Shartlik a? Xuddi shunga o'xshab islom moliyasi deganda biz bilib olishimiz kerak. Islom iqtisodi yoki islom moliyasiga, ya'ni qanaqa qilib islomiy yo'l bilan pul topish bu bitta tushuncha bo'lishi kerak, alohida tushuncha. Va pul topishda va moliyaviy munosabatlarda nimalar joiz va nimalar joiz emasligi va qanday shartlar qo'yilishi sharoiti to'g'ri va to'g'ri emasligi, bu alohida tushuncha bo'lishi kerak. Va alohida ilm. Ha, bu alohida ilm, bu ikkalasini birlashtirib yuborib turib, bitta islom moliyasi degan sarlavha ostiga birlashtirib turib, keyin shu men shu bo'yicha mutaxassisman deyishi odamni va o'zi buxgalter bo'lib turib masalan, yoki o'zi iqtisodchi bo'lib turib, keyin u fatvo berishni boshlashi bu judayam judayam xatarli yo'l. Bu islomda hech qachon ko'rilmagan, islomda hech qachon ko'rilishi kerak bo'lmagan va arab dunyosida bu bo'lmayotgan yo'l bu. Bu arab dunyosida mutaxassislar aniq.

Masalan o'sha mana biz men o'zim sertifikat qo'lga kiritgan va mendan oldin bir nechta iqtisod sohasidan mutaxassislar o'rgangan o'zbekistonda bir nechta yana boshqa iqtisod eee sohasidagi biz do'stlarimiz sertifikat qo'llab kiritgan o'sha iofi tashkiloti, xalqaro nufuzli eee islom moliyasi bo'yicha tashkilotni. Standartlarni o'qib chiqsangiz, shu standartlarda ham aytadi. Agar sen standartlar bo'yicha masalan birorta bankda shariat hay'at a'zosi bo'lib, shariat kengash a'zosi bo'lib, o'sha kengash a'zoni sifatida bankni faoliyatini islomiy islomiy emasligini tekshirib, nazorat qilib, shu bo'yicha fatvo bermoqchi bo'lsang, sen shariat sohasi bo'yicha mutaxassis bo'lishing kerak deydi. Sen deydi Qur'ondan, sunnatdan hukm chiqara olishing kerak, usul fiqhni bilishing kerak, qovaylik fiqhni billishing kerak, maqsadni shariyani bilishing kerak, ulamolarni, mazhablardagi qovullarni o'rganishing kerak. Faqat standartni bilishing o'zi kifoya demaydi. Yoki iqtisodchi bo'lishini o'zi kifoya demaydi. Shu ma'noda bilishimiz kerakki, islom moliyasi deganda, biz islom moliyasiga degan targ'ibot ostiga kiritayotgan masalani ba'zilari, bu islom fiqhida islom moliya fiqhi bo'ladi o'zi aslida. Islom fiqhining bir qismi va ba'zilari iqtisodning bir qismi va men juda ham xohlardimki, o'zbekistonda islom moliya sohasida ishlayotgan yoki shu sohada faoliyat olib borishni istayotgan odamlar birlashib, mana shu narsada oydinlik kiritib olishsa, bilishsaki, nimalar aslida fiqhga oid?

Va iqtisodchilar u narsalarga kirmasligi kerak o'zi aslida, fiqhning qoidalari bo'yicha ham. Va nimalar iqtisodga oid? Va iqtisodchilar u narsani yaxshiroq tushunadi va faqihlar iqtisodlarga bu sohada suyanish kerak. Agar shu narsa oydinlikka kiritib olinsa vaqtida, o'ylaymanki, ko'plab kelajakda bo'lishi mumkin bo'lgan muammolarni oldi olingan bo'lardi. Lekin bu uchun, bu bizda yana bitta undan ham muhimroq biz bundan oldin qo'yishimiz kerak bo'lgan qadam, bu O'zbekistonda faqihlar birinchi o'rinda bu sohaga qiziqishlari kerak. O'zbekistonda meni bilishimcha, masalan o'sha Bahrayndagi IOFI tashkilotini o'sha xalqaro umuman o'sha islom muassasalari, moliyaviy muassasalar uchun shar'iy maslahatchi va auditor degan o'sha sertifikatini men qo'lga kiritganman, xolos, shar'iy sohada. Iqtisod sohalarida buni qo'lga kiritgan ikkita uchta yaxshi mutaxassislar bor. Men ularni juda ham hurmat qilaman, qadrlayman. Lekin shar'iy sohada bu ko'proq odam kerak bizga. Mana men hozir ba'zi o'sha o'sha shar'iy sohadan O'zbekistonda islom universitetlarini bitirgan talabalar bilan ishlayapman, harakat qilyapman. O'sha ular bilan qanaqadir darslar tashkil qilib, ularga ham shu sertifikat imtihoniga tayyorlash uchun. Men xohlardimki, o'sha ko'proq fiqhlar, fiqh sohasida ishlaydigan faqihlar ko'proq shu sertifikatni qo'lga kiritsalar, ko'proq shar'iy standartlari va boshqa Malayziyadagi boshqa shaklda standartlarni o'rganib chiqib, ko'proq islom moliyasidagi fiqhiy normalarni o'rgatib chiqsalar, toki ko'proq mutaxassis shakllansa bizda va o'sha aytganimdek keyinchalik birlashib birgalikda bu muammoni o'sha ya'ni islom moliyasi nima va bu moliyada kim nima bilan shug'ullanadi va keyingi kelajakda

Nima qilamiz degan muammoni birgalikda hal qilishga urinsak, menimcha Allohlar juda ham yaxshi bo'lgan bo'lardi.

Bilimni sinash

3 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish