MMaviza
Islom moliyasi va savdoTekshirilgan7 daq

Zaklad berish joizmi?

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
6:46
O'zgarishlar tarixi

Zakolat haqida ma'lumot bersangiz. Ya'ni biror narsani yoki mulkni sotib olaman deb zakolat beriladi. Agar sotib olmasa, zakolat sotuvchida qoladi. Aksincha, agar sotuvchi boshqa odamga sotuv yuborsa yoki sotmaydigan bo'lib qolsa, zakolatni ikki barobar qilib qaytarish kerak deyishadi. Shu to'g'rimi? Ya'ni sotmay qolsa ikki barobar qilib ha, agar masalan sotuvchi aynib qolsa, sotmaydigan bo'lib yoki boshqa odamga sotib yuboradigan bo'lsa, u zakolatni bergan berilgan zakolatni ikki barobar olib qaytarishi kerak ekan, shu to'g'rimi? Ha, bu yoqda ikkita narsa so'ralgan. Birinchisi o'sha zakolat deyotgani shariatda o'sha orbon orbul masalasi jumhur ulamolar, hanafiylar, shofiylar, moliykilar nazdida joiz emas. Lekin hanbalilar joiz degan muassir ulamolar, ayniqsa shu me'yorlar sohiblari shu qovulni olgan. Shu qovul bo'yicha fatvo berishadi. Lekin biz o'zimiz masalan birovga tavsiya qilganimizda ham iloji boricha aytamizki, o'sha jumhur ulamolarni qovuli bilan qovurish kerak deymiz. Orbul masalasi o'sha demak, Umar odilullohnixuni Makkadan uy olishlari bilan bog'liq hadis rivoyat bilan shariatda bu narsa kelgan. Ya'ni masalan siz bir mahsulotni olmoqchisiz, bir mahsulot olmoqchisangiz, deylik masalan o'n ming dollarga bir mahsulot olmaysiz. Siz aytasizki, men shu mahsulotni oldim deysiz, mana shu ming dollar hozir sizda pul qoldiraman deysiz masalan.

Shu rubon bo'lib qolsin deysiz. Men to'qqiz ming ni masalan falonchi kungacha olib kelsam, mana shu m bilan birga o'n ming bo'lib, o'sha narsa meniki deysiz. Agar olib kela olmay qolsam, shu ming sizga qoladi deysiz. O'sha ming o'shanda orbun deyiladi shariatimizda, arbun, orbun, orbun bir nechta nomlari bor. Va buni aytganimizdek, biz imomimiz imom oxunif rohimahulloh va imomolik imom shofiy jumhur ulamolar joiz emas degan. Sababi o'sha mingni nima uchun oladi degan masala chiqadi da. Evaziy yo'q uchun. Ha, ha, evaziy yo'quv uchun. Va voqelikda ham ko'rasiz, subhanalloh, agar voqelikda kuzatsangiz, aksar odam shundan rozi bo'lmaydi. O'sha mingdan olib qolgandan keyin, eng kamida, mayli, kelishgandim, shunga olib qolyapsan deydi yu, keyin qaytib o'sha odam bilan ko'chada ko'rsa ham gaplashmaydigan bo'ladi. Tushunyapsizmi? Vaholanki shariatda, fiqhul muomalada biz asosiy e'tibor beramizki, ahkomlarni hammasi nizo bo'lmasligiga qaratiladi. Odam o'rtasida nizo bo'l masligi. O'shanga ba'zi ulamolar buni chiroyli muolaja qilishga harakat qiladi. Ma'sul ulamolar aytadiki, o'sha urg'un sifatida mingni olib qolmasin da deydi.

Undan ko'ra deydi, zararni olib qolsin o'sha mingni ichidan deydi. Bu asli hamma aylanib qovul emas da. Lekin hamma aylanibni qovuli bilan jumhurni qovulini go'yoki bir jamlagan o'xshagan qovul. Aytadiki, masalan deylik, shu odam sizga o'n ming dollarga shu narsani sotmoqchi edi. Siz ming dollar berib qo'yuvdingiz o'sha paytda orbon qilib, ya'ni siz zaklad deganingiz o'sha pulni, ming dollar berib quvdingiz. Keyin to'qqiz ming aytilgan vaqtda olib kelolmadingiz. Endi bu odam buni bozorga olib chiqib sotdi da, to'qqiz million besh yuz ga sotdi. Vaholanki sizga o'n millionga sotmoqchi yu. O'sha payt o'n ming ga boshqasiga ham sotsa bo'lardi masalan. Xullas bu odam o'sha paytlar bir besh yuz zarar ko'rdi masalan deylik. Shu besh yuz ni deydi, shu bundan chiqarib olsin deganga o'xshagan bir fikr aytadi.

Ya'ni bu har qalay o'rtadagi bir o'rtadagiroq qovul, lekin biz aytamizki, o'sha iloji boricha jumbo'rlik qovuli bilan qolib, mana shu pulni olmagani yaxshiroq. Agar mabodo oladigan bo'lsa, hech bo'lmasa shu voqeiy o'zi ko'rgan zarari hisoblab turib, qancha zarar ko'rdi mana shu aqid bekor bo'lish oqibatida, o'shani olish kerak. Ba'zida zarar ko'rmaydi chunki. Ba'zida o'sha ko'chaga olib chiqadi, o'n bir mingga sotib yuboradi. Ham zarar ko'rmadi, aksincha foyda ham ko'rib oldi. Ham uni masalan, uriburni yedi. Endi u odam subhanalloh qiyomatda qanaqa javob beradi? Nima uchun u oldi birodarini pulini? Bu masalan birinchi tomoni. Endi ikkinchi tomoni, agar sen boshqasiga sotib yuborsang, menga o'sha bergan ming, ikki ming qilib qaytarib berasan degani bu albatta harom. Bunaqa shart mutlaqo qo'yib bo'lmaydi. Lekin aytsa bo'ladi, masalan, agar men sizga sotaman deb va'da bergan bo'lsa, o'sha va'daga ko'ra bu odam nimadir ish qilib qo'ygan bo'lsa. Deylik masalan, ha, shu masalan sizga sotaman dedi, bir oydan keyin masalan bir narsani olishga kelishdi. O'sha bir oy ichida masalan bu odam nimadur ijaraga oldi, boshqa qildi, shunga ishonib shu. Shu voqeiy bir zarar ko'rgan bo'lsa, shu zararni qoplab berasan desa bo'ladi. Lekin bunda ham hammasida bu masalan savol hozir bu yoqda juda mavhum da. Buni o'tirib muhokama qilish kerak. O'zi aslida bay o'sha kelishgan paytda tamom bo'ldimi yoki u va'da shaklida qoldimi? Ha. Bu birinchi nuqta. Bay tamom bo'ldi mi va'da shakli. Chunki agar bay tamom bo'lgan bo'lsa, u zaklad orbon deyiladi sharoitda. Agar hali bay tamom bo'lsin va'da shaklda bo'lsa, unda u hamishil jiddiy deyiladi.

U hamishil jidiyani o'zini hukmi bor. Urg'undan boshqa hukmi bor. Shunga bilish kerak. Va umuman men har bitta o'sha bu bunaqa masalani so'raydigan odamlarga aytamanki, bitta shart aqidni harom qilib yuborishi mumkin. O'shanacha bo'lmasligi uchun aqidni iloji boricha qanaqa qilib halolligini kafolatlaysiz, ayniqsa bunacha haligi zamonaviy aqidlar tuzayotgan bo'lsangiz. Oddiy musulmoncha bu pulni olib, mana buni ber deydigan bo'lsangiz, alhamdulillah oson. Lekin siz bir shartlar qo'yib, bir narsa qilib, murakkabroq aqid qilmoqchi bo'lsangiz, buni halolligini ta'minlash eng yaxshi yo'li men aytamanki, oldin yozish kerak. Ikkala tomon ham hamma shartlarni yozadi. O'shanda hamma narsa qog'ozga tushgandan keyin, buni fahmlash oson bo'ladi. Keyin shuni olib borib bir ahli ilmga ko'rsatish kerak. Va o'sha ahli ilm bilan muhokama qilib, har bitta shartni bittalab o'rganib chiqib, qaysiki shart shariatda to'g'ri kelmaydigan bo'lsa, o'sha shartni olib tashlab, keyin aql tuzish kerak. O'shanda inshaalloh halollik ta'minlangan bo'ladi. Va men shu joyda aytib ketmoqchi edim. Inshaalloh shunga biz niyat qildik. Yaqinda fiqh darslarini boshlaymiz. Mana fiqhga muqaddima darslarni biz tugatdik, inshaalloh e'lon qilinadi. U darslardan keyin biz fiqh ilmiy asar qilib, oldin bitta fiqhga yengil kirish dars boshlaymiz va bu dars har qanaqa eshituvchi uchun mo'ljallangan bo'ladi. O'zbek tilida bo'ladi. Maydalab, sharhlab, soddalashtirib tushuntirishga harakat qilamiz. Fiqhda ibodat qismi va muomalalar qismi bo'ladi, inshaalloh. Va bu darslar tugagandan keyin, biz darslarni ikkita qismga bo'lmoqchimiz.

Birinchi qism bundan buyog'iga tadarroch qilib fiqh o'rganmoqchi bo'lgan tolib ilmlarga, u qism endi arab tilida bo'ladi. Demak, birinchi fiqh universitetlari yengil fiqhni o'zbek tilida tugatganimizdan keyin, endi buyog'iga men faqih bo'lmoqchiman degan odamga shu arab tilida fiqh darslari qilamiz. Va ikkinchi, inshaalloh, ikkinchi qismi aynan muomalalarga oid bo'ladi va buni iloji boricha o'zbek tilidan qilib, o'zbek tilidada o'sha fikr muomaladan darslar qilib chiqamiz inshaalloh. Birinchi oddiyroq bir yengil muomalalar, shariy asoslarda. Keyin sal murakkabroq zamonaviy tranzaksiyalar va ularni hukmlari va keyin o'sha shariy me'yorlar shu uchta bosqichda qilamiz. Inshaalloh buni hammasiga reja tuzdik. Alloh taolodan tavfiq so'ragan holda, inshaalloh yaqinda shunaqa darslarni qilamiz. Shu ayniqsa o'sha muomalot masalalarini o'zbekcha qilinsa yaxshi bo'lardi, chunki odamlar kitob o'qishga erinib qolgan hozirgi zamonda, shu ko'rib, hech bo'lmasa ko'rsatuvini bilib, kuzatib, ma'lumot olishadi va ishlarni, tijoratlarni mana halol shar'iy asosga ko'ra qurishadi da, inshaalloh. Shunga katta bir yordam bo'lardi. Inshaalloh va va ta'kidlayman, iloji boricha, ya'ni bu darslarni hammasini iloji boricha chiroyli, sifatli yozib, odamlarga taqdim qilamiz va hammasi inshaalloh bepul bo'ladi va hammasi inshaallah hatto biz reklama ham qo'ymaslikka harakat qilamiz. Iloji boricha har bitta odam hech qanaqa reklamalarda, boshqalardan demak, ozor ko'rmagan holda bepulga shu ilmlarni bemalol olish uchun sharoit yaratamiz inshaalloh.

Alloh taolo qodir qilgincha.

Bilimni sinash

4 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish