MMaviza
Fiqh asoslari va mazhablarTekshirilgan18 daq

2- dars. Fiqh nima? Fiqh ilmining turlari | Fiqh ilmiga muqaddima

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
17:54
O'zgarishlar tarixi

Fiqh so'zi arab tilida faqihaya fuqaxo so'zidan olingan bo'lib, fahmlash degan. Agar arablar biror narsani chuqurroq tushunish, talab qiladigan narsani tushunib yetsa, o'shani fiqh deydi. Faqih tu'lmas ala degani shu fiqhni tushunib yetdi, shu masalani tushunib yetdim degan. Tushundim emas da, tushunib yettim, ya'ni harakat qildim, tushunib etdim chuqurroq, fahm bilan degan. Xo'p, Qur'onda sunnatda fiqh so'zi kelganda, masalan, sunnatda, masalan deylik, men yurdiylahul behi xoyroni faqih hufiy din deydi. Kim kimga Alloh Taolo yaxshiligini xohlasa, uni dinda faqih qilib qo'yadi deydi. Yoki xoyruqum fil jahlil youtu xoyruqum fili islam ila faquhu deydi. Kim johiliyati yaxshilar, islomda ham yaxshilar, agar faqih bo'lsalar deydi. Shundagi fiqh so'zni yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam allohumma faqih u fiddin va alik mutta uil deb duo qiladilar. O'shanda Allohim buni faqih qilib qo'ygin degandagi o'sha faqih so'zi, faqih qil, faqih yu, ya'ni faqih qilib quygin degan duodagi fiqh so'zi, bu biz hozir o'rganmoqchi bo'lgan ilmni bildirmaydi. Bu umuman shariatni fahmlashni bildiradi. Tushunarli ekan. O'shanga kimda kim agar farzandini Rasululloh yo'llari bilan duo qilmoqchi bo'lsa, Allohimni faqih bo'ladigan din desangiz, mana shu o'g'limni dinni faqih qilgin desangiz, o'g'limi fiqh sohasida mutaxassis qilgin demayapsiz, lekin Qur'onni ham, sunnatni ham, aqidani ham, bu fiqh barcha shariatdagi hamma masalalarni tushunadigan qilib qo'ygani, Allohning dinini idrok qilib yeta oladigan qilib qoygan demoqchi bo'lyapsiz.

Hadisning, ya'ni hadisdagi duoning ma'nosi shu. Shu ma'noda Qur'onda sunnatda fiqh so'zi kelganda, odatda umuman shariatni tushunish, bilish ta'nosini bildiradi. Lekin ulamolar, shar'iy ilmlarni qarab ko'rganda, shu ilmlardan bittasi boshqalardan ko'ra chuqurroq o'ylashni, chuqurroq bir idrok qilishga harakat qilishni, chuqurrok tahlilni talab qilgani uchun, o'sha ilmni keyinchalik fiqh deb atashni boshlagan. Oldinchalik bunaqa, oldinroq bunaqa atash bo'lmagani sababli, masalan, imomimiz Imom Abu Hanifa roziyallohu anhuning kitoblari al fiqhul akbar deydi. Ya'ni katta fiqh go'yoki, katta fiqh bu usul. Usul, usuli din, ya'ni aqida. Aqidani ham fiqh deb atashgan. Fiqh akbar katta fiqh. Keyin fiqh asg'or, masalan, fiqhiy masalani kichkina fiqh degan ma'noda. Keyinchalik fiqh so'zida mana shu fiqh asg'dor, ya'ni kichkina masalalarga oid fiqh ilmiga nom sifatida qolgan va dinda kichkina masala bo'lmaydi. Dinni har bitta masalasi katta deydilar imomalik rodiyallohu anhub. Demak, shu ma'noda fiqh nima degani desanglar, fiqh bu mo'min musulmon odamlarni amallarini, amallarini tartibga solish uchun Qur'on va sunnatdan istisno qilingan shar'iy hukmlarning majmuasini o'rganadigan ilm, fiqh deyiladi. Mana biz bu yerda bir nechta shartlar aytdik.

Arab tilida biz o'zi fiqhni ta'rifi nima desa, biz aytamizki, ala ilmu bilahkami shar'iyatil far'iyatil mustambo totiy min adilat tafsililiya deymiz. Yoki adli tafsilini zikr qilmasak ham, ala ilmu, fiqh bu ilm. Shuning uchun birinchi ilm deymiz. Fiqh bu ilmi. Bilahkami shar'iya. Va unda shar'iy ahkomlar o'rganiladi. Fixda birinchi o'rinda hukmlar o'rganiladi. Hukmlar inshaalloh biz paytda ma'rufga kelganda tahlil qilarmiz. Hukmlar odatda yo harom, yo halol. Mana bajarish shart bo'lgan narsa, bajarish bajarmaslik shart bo'lkan narsa, qilmaslik kerak bo'lgan narsalar. Qilmaslik keraksiz, lekin ta'kidlanmagan, qilma bajarish kerak, lekin ta'kiidlanmagan, ya'ni sunnat, makruh. Yoki qilsa ham, qilinsa ham bo'laveradigan. Mana bu amallarni hukmlari. Shunga o'xshagan hukmlar bu shartli hukmlar deyiladi. Demak, al ilmu bil ahkamish shar'aiya degani, shar'iy hukmlarga oid ilm. Al far'aiya. Nimaga far'aiya? Chunki usuliy ahkomlar, Alloh Taoloni birligi, borligi, Alloh Taologagina ibodat qilish kerakligiga o'xshagan hukmlar, buni aqidada o'rganadi, fiqhda o'rganilmaydi. Biz o'rganmoqchi bo'lgan o'sha tor tushunchadagi o'sha fiqh ilmidan o'rganilaydi. Shu ma'noda al ilmu bil ahkamish shara'ai at il far'aiya al mustan bopo min al quran va sunnat deb. Agar shular to'xtasak ham tarix o'zi o'zi tushunarli bo'ladi.

Ya'ni Qur'on sunnatdan bu hukmlar chiqarilgani uchun, demak Qur'ondan va sunnatdan istisnbod qilib chiqarilgan va kishilarning fe'llariga fe'llarini tartibga soluvchi ahkomlarni o'ziga jamlagan ilm, bu fiqh ilmi deyiladi. Fiqh ilmiga soddaroq ta'rif qilib, Imom Abu Hanifar rohimahullohning chiroyli ta'riflari bor. Bu ilmni otalaridan go'yoki shu ilmni shu eng katta imomlardan bo'lgan imomimiz Abu Hanifar rahimahulloh aytadilarki al fiqh va ma'rifatul nafs ilm al ha'oma alayha deydilar. Bir odam o'ziga bo'lgan vazifalarni, o'zini bo'ynidagi burchlarini va o'zini huquqlarini bilishi shu fiqh deydi. Bu ancha osonroq ta'rif. Tabiiyki ta'rif juda keng, chunki bu ruslanishiga aqida ham kirib ketadi, boshqa ham kirib ketadi. Lekin agar juda haligi injiqlik qilmasdan shu ta'rifni olsak, bu ta'rif ham inshaalloh fiqh nimaligini bizga sodda qilib tushuntirib beradi. Yoki bitta hayotiy misol bilan agar tasvirlaydigan bo'lsak, fiqh degani bu odam bilan boshqalar o'rtasidagi munosabatni tartibga soluvchi hukmlar ilmi degan. Odam, mana masalan, men shaxs sifatida kimlar bilan munosabat qilaman? Birinchi o'rinda men shaxs sufatida robbim bilan munosabati bor. Allohni oldida meni burishlarim bor. Meni bajarishim kerak bo'lgan. Alloh taolo meni nima uchun yaradi?

Ibodat uchun yaratdi. Birinchi o'rinda, demak men ibodatim. Alloh taoloning oldidagi meni ibodatlarimni, men qilishim kerak bo'lgan ishlarni tartibga soladigan hukmlar ibodat fiqhi deyiladi. Fiqh al ibodat deyiladi va doim ibodat birinchi o'ringa va eng muhim bo'lgani va insonning yaratilishidan asosiy sabab bo'lgani sababli, fiqh kitoblarida ibodat bobidan boshlanadi. Ibodat masalalaridan boshlanadi . Demak, men bilan Alloh o'rtasidagi, meni Allohni oldidagi burchlarim, vazifalarim, demak bu ibodat. Men bilan oilam o'rtasidagi munosabatlarim bor. Oilamni meni oldidagi burchlari va mening oilam oldidagi burchlarni, farzandlarim, boshqa. Mana bu fiqhul ustroq yoki al ahval shaxsiya deb qo'yadi hozir zamonaviy istirohda. Ya'ni bu o'sha oila fiqhi. Oila fiqhi, men bilan jamiyat o'rtasidagiga munosabatlar. Men bilan jamiyyat o'rtasida munosabatlar agar moliyaviy bo'lsa, fiqhul muomalada. Moliyaviy munosabatlar bo'lsa. Men bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar agar xavfsizlik va boshqa va bir birimizga zarar yetkazmasligi haqidagi munosabatlarni o'zi jinoyat fiqhi. Men bilan rahbar o'rtasidagi munosabat, ya'ni bir oddiy bir mo'min odam bilan o'sha o'sha bir bir davlatning rahbari o'rtasidaga munosabat. Bu o'sha ahkamus sultoniya deyiladi. Al hkamus sultoniyeva, bu ham bitta fiqh, lekin fiqh kitoblari odatda buni alohida kitoblarda o'rganishadi. Ya'ni sultonning o'zining ro'yiyati, xalq o'rtasidagi vazifalar nimadan iborat?

Xalqning rahbar o'rtasidagi vazifalar nimadan ibora? Buni tartibga soladigan fiqh bor. Tushunarli ekan a? Demak, o'sha ma'noda fiqh degani bu bir shaxs bilan, har bir muammo bilan boshqa bitta balki aytsa bo'ladi, men bilan o'zim o'rtasidagiga, o'zimni o'rtamdagi munosabatlarni tartibga soladi degan. Ya'ni meni o'zimga muammolarim qanaqa bo'lishi kerak? Bu axloq. Bu va bu bu axloq masalalarida Hanafiylar boshqa mazhablardan ajrab turadi, inshaalloh hali bugun o'sha vaqtda gaplashamiz. O'sha bizda alohida bitta doimbop bo'ladi. Makruhatlarbobo yoki mazoratlarbobo deyiladi. O'sha yerda odoblari va boshqalari zikr qilinadi. Demak, shu ma'noda fiqh nima ekan desa, fiqh bu shaxsning boshqalar bilan bo'ladigan munosabatlaridagi harakatlari, fe'llarini tartibga soluvchi hukmlar. Ana shu hukmlar fiqh deyiladi. Tushunarli a? Demak bu inshaalloh tushunarli. Shu ma'noda biz ayta olamizki, agar arab tilida so'zlashmoqchi bo'lsangiz, arab tilida ana faqih tu desangiz, lug'aviy ma'noda aytsangiz, matematikani ham aytsangiz bo'ladi. Masalan sizga matematikada bitta misolni tushuntirib bersamda, faqih desam, desam, faqih tu deysiz. Faqihda desam, faqi tu deysiz. Shu ma'lumotda tushundim desangiz, arab tilini, lug'aviy manada har qanaqa narsani tushunish, faqih bo'laveradi. Lekin Qur'on sunnatiga kelgan o'sha shar'iy istirohdagi ma'nosi torroq bo'lib, islomni tushunish fiqh deyiladi va bizning o'rganayotgan fandagi ma'nosi yana ham torroq bo'lib, xos bo'lib, o'sha bu bandalarning, mo'min musulmon yoki boshqa bandalarning amallaridagiga oid ahkomlarni, far'iy ahkomlarni tushunish fi'h ilmi deyiladi.

Va biz inshaalloh mana shu uchinchi fiqh ilmi, o'sha torroq doiradagi fiqh ilmini inshaalloh muqaddamasida turibmiz. Fiqh ilmining mavzusi nima desak, demak, hozirgi demak, aytgan gapimizda ma'lum bo'ldiki, fiqh ilmini mavzusi bu bizni kundalik fe'llarimiz. Kundalik fellarimiz. Ertalab uyqudan turishingizdan boshlab qiladigan deyarli har bitta ishingiz fiqh ilminan mavzusi bo'ladi. Mana ertalab turasiz, borasiz, suvni yoqdingiz. Nima boshlandi? Savdo boshlandi. Ha, siz suv sotib olyapsiz, u suvga hali pul berishingiz kerak. Hali bermagan bo'lsangiz, demak, hali u suvni qarzga olyapsiz. Savdo bu bu bitta fiqh. Undan tashqari suvni isrof qilyapsizmi, qilmayapsizmi? Bu ibodat. Chunki suvni o'zini ishlatish bu bu fiqhl muomalat. Suvni isroflik qilish, qilmaslik, bu sizni Alloh oldidagi burchingiz bo'lgani uchun bu fiqh ibodatni bir qismi. Tushunyapsizmi? Keyin suvni o'chirdingiz, bordingiz, endi o'tni yoqdingiz, yana bitta fiqh boshlandi, ovqatni olib kelib qo'ydingiz. Ya'ni u ham fiqh bo'lib turaveradi. Ya'ni kundalik har bitta qilayotgan ishingiz o'sha ma'noda fiqhni mavzusi bo'ladi. Shu ma'noda fiqhnı bilish nima uchun kerak deydigan bo'lsak, nima uchun fiqh faqat faqat faqihlar yoki faqat qanaqadir maxsus islom universiteti o'qiydigan odamlar uchun emas, har bitta odam uchun kerak dedigan bo'lsak. Fiqhni bilish sizni atrofingizda bo'layotgan voqelik va har bitta qiladigan qadamingizni ehtisob qilishingiz, muhokama qilishingiz, kuzatib turishingizga yordam beradi. Har bitta qilaydigan ish. Ishingizni Alloh Taoloni kuzatib turganidek, o'zingiz sizni kuzatib turishingiz va o'zingizni o'zingizni murojaat qilib turishingizga inshaalloh yordam beradi.

Va fiqhni o'sha buyukligi va boshqa ilmlardan ko'ra muhimligini ikkita nuqtada ko'ra olasiz. Birinchi buni ko'radigan nuqtingiz shundaki, o'sha fiqh ilmi sizga luqmes halol bo'lishiga yordam beradi da. Yotgan ovqatingiz halol bo'lishiga, qilayotgan ishingiz halol bo'lishiga yordam beradi. Va men doim buni ta'kidlaymanki, agar odam, subhanalloh, bir harom narsa yeydigan bo'lsa, u o'sha yegan harom narsasi go'sht bo'lib, suyak bo'lib, boshqa bo'lib, uni tanasida qolsa, o'sha bir harom jasad bilan u odam hidoya topishi juda ham qiyin bo'ladi. O'sha ma'noda odam o'zini luqmasi, halolligini bilish kerak va bu luqmani halolligi, qilayotgan ishlarini halolligini albatta tushunishga fiqh yordam beradi. O'shanga husayn rohaviy anafiy ulamolardan, buyuklardan biri aytadi inna faqihani vohida mutavarriyu ala al fil zuhdin tafovut ala va atal ala deydi. Ya'ni bitta faqih deydi, agar mutavarrir bo'lsa, mana shu shart juda ham muhim. Mutavarrir deyapti. Agar u o'sha allohdan varoq qiladigan, barhezkorlik qiladigan bo'lsa, bizni asrimizda bo'lgan muammolardan bittasi odam men faqihman deydi da. Keyin yo tilini ehtiyot qilmaydi, uyat so'zlarni ham gapirib yuboraveradi, uyat ishlarni ham qilaveradi, yoki axloqini tartibga solmaydi, yoki ibodati bo'lmaydi. Mana biz hozir inshaalloh muqaddimada ko'ramizki, fiqh bilan tanilgan imomlarning har bittasi birinchi o'rinda axloq va ibodat.

Odat bilan tanilgan. Birinchi o'rinda amal bilan tanilgan, o'sha ma'noda inna faqihani vohidin mutavarrin ala al fivi zudin, ya'ni mingta zohiddan ko'ra yaxshiroq tafaddolar va atalar deydi. Endi fiqh ilmini o'rganishning hukmi nima degan savol paydo bo'ladi. Fiqh ilmini o'rganishning hukmi nima desa, ya'ni hozir shu fiqh ilmini darsda o'tiribsiz. O'zingizdan bilmoqchisiz, hozir shu darsni oxirigacha eshitishingizga vojibmi, vojib emasmi? Ayni dars emas, lekin umuman fiqh ilminini o'rganingiz sizga vojibmi va vojib emas mi desak, aytamizki, fiqh ilminni o'rganish har bitta mo'min uchun o'sha mo'minning bo'ynidagi farzlar va vojiblar miqdorida vojib. Har bitta mo'mina uchun namoz o'qish vojibmi, farzmi, farz emasmi? Biz ba'zida dars davomida shu narsani muhim aytib o'tib ketdik. Vojib va farz so'zini birga bir birini o'rnini ishlatishimiz mumkin. Vojib va fan so'zi birga kelsa, bitta ma'noni bildirmaydi hali firmasi qayerdadir da. Lekin bitta bitta joyda kelmasdan kelsa, masalan vojib deb ketaversangiz, farzni nazarda tutishingiz bu oddiy holat. Hadislarda va Qur'onda bu juda ko'p kelgan. E, hadislarda juda ko'p kegan. Shu ma'noda buni zarari yo'q. Xullas, demak, fiqh ilmini o'rganishni agar biz.

Farz deb ayta olamiz. Agar odam namoz o'qishi kerak bo'lsa va har bitta mu'min namoz o'qish kerak. Demak, har bitta mu'minga namoz o'qishingni bilish darajasida fiqhni bilish vojib bo'ladi, farz bo'ladi ya'ni. Har bitta mu'minka ro'zani to'g'ri tutish darajasida, e, ro'za tutish unga farz bo'lgan ekan modomiki, e, demak, fiqhni bilishi farz bo'lardi. Shu ma'noda fiqh ilmi har bitta odamga farz bo'iladi, uni bo'yidagi farzlar miqdorida. Uni bandaligidan kelib chiqqan holda. Undan tashqari fiqh ilmini bir miqdori har bir muvinga farz bo'ladi, uni kasbidan kelib chiqqan holda. Masalan, bir odam qassob bo'lsa, unga qanaqa qilib qo'y so'yishni, hukmlarni bilish farz bo'lardi. Chunki agar uni bilmasa, o'zini ham, boshqani ham luqmasini harom qiladi. Xuddi shunga o'xshab bir odam tijoratchi bo'lsa, u bilish kerak endi tijorat fiqhida nimalar halol, nimalar halol emas. U chuqur kirib hamma qoidalarni tabiiyki bilolmaydi, lekin bilish kerak o'sha hech bo'lmasa doimiy kundalik qilayotgan ishlarida nimalar harom va nimalar halol ekanligini. Bundan tashqari oladigan bo'lsak, demak fiqh ilmini o'rganish farz kifoya hisoblanadi. Ya'ni agar bir jamiyatda bir toifa odam fiqh ilminini o'rgansa, qolgan jamiyatni butun a'zolaridan o'sha toifa sababli gunohga o'tadi. Beriladi. Agar bir toifa o'sha ilmni o'rganmay qo'ysa, qolgan jamiyatning barcha a'zolari gunohkor bo'ladi.

Endi mana shu nuqtada men ozroq bir chekinish qilib, asosiy mavzudan, e, xohlardimki, e, bu yoqda o'sha sizlarda bir, e, ya'ni charchab qolgan, uyqusga kelib qolgan odamlarni ham uyg'onishga yordam bo'lishi uchun, men xohlardimki farzi kifoya masalasini bir tahlil qilib ko'rsak sizlar bilan. Va men juda ham xohlayman sizlardan fikrlarni eshitib ko'rishni. Nima deb o'ylaysizlar? Farzi kifoyalar muhimroqmi, farzi ayinlar muhimroqmi?

Tabiiyki ikkalasi ham, farzi ikkalasi ham muhim, lekin qaysi biri muhimroq deb o'ylayszlar? Labbay? Farzi kifoya. Farzi kifoya, nimaga? Ya'ni jamiyatni isloh qilish uchun, jamiyatni birligini ushlab turish uchun. Hozir savolga qarash uchun o'zingizga farzi kifoyani qildingizmi? Ha, mashalloh. Mana mana shu juda ham muhim nuqta. Mana shu juda ham muhim. Farz kifoyalar ba'zi nuqtalarda, farz ayyinlardan ko'ra muhimroq bo'ladi. Nimaga desangiz, chunki farz kifoyalarning nafi va ehtiyoji va ularni bajarmaslik sababidan keladigan balo butun ummatga qaytadi. Bir odam namoz o'qimay qo'ysa, uni balosi o'ziga qaytadi. Lekin butun ummat fiqhni tashlab yuborsa, butun ummat xorlikka va zalolatga yuz tutadi va uni ustida qiyomat qoyim bo'ladi. Shu ma'noda farz kifoylar muhim. Farzi kifoyalar, farzi ayllardan muhimroq demayapmiz. Farzi ayllarni o'zini muhimlik tomoni bor, farzi kifoyalarni o'zining muhimlik tomoni ham bor. Lekin farzi kifoyalarining muhimlik tomonini biz bilishimiz kerak. Nimaga muhim? Chunki qachonki jamiyatda fasod ko'paysa, bilingki, buning asosiy birlamchi sabablaridan biri farzi kifoyasida e'tiborsizligimizdan bo'ladi. Har bir insoniyat tarixining har bir bosqichida, agar siz kuzatsangiz, bir jamiyatga, bir joyga, bir baletga, bir makonga, bir zamonda bir balo yog'ilsa, ko'pincha u odamlar o'sha farzi kifoyalariga e'tibor bermasligidan bo'ladi.

Mana bizni asrimizdagi fojealardan biri aynan mana shu. Fixga e'tiborini yo'qligidan bo'ladi. Mana men bir yaqinda bir birodarimiz bilan suhbatlashib qoldim. Va ular o'zlarini hayotlarida bo'lgan bir meros masalasini gapirib berdilar. Bizni bobomiz vafot qildilar, keyin ulardan shunaqa meros qoldi, keyin biz buni amakim oldilar, buni adam oldilar deb o'shani tahlil qilib berdilarda. Aytib bergan hikoyalardan keyin men ulardan so'radim, u ammalachi dedim. Amallar hech narsa olmagan. Ya'ni otadan meros qolgan, ularni otalari, bobolardan meros qolgan otalari bir narsa olgan. Amakilari bir narsa olgan, amallar merosdan mahrum. Keyin men uni qanchalik fojea ekanligi, qanchalik og'ir gunoh ekanligi, o'sha merosni shunga taqdimlash harom ekanligi, u merosni o'sha ammalarga bermasdan olgan odamlar harom yeyotgani, u harom avloddan avlodga ko'chib boraverishi, buni oqibatida bo'ladigan zararlar, bu harom, oddiy bir harom emasligi, bu Qur'onda belgilab qo'yilgani va Qur'onga to'g'ridan to'g'ri qarshi chiqish bo'lishi, va o'sha vasiyatsiz, o'sha harom taqsimga sabab bo'lib O'ladigan odam bo'lsa, o'sha odam Jahannam ahlidan bo'lishi haqidagi ulamolarni fikrlari, qovunlarini ularga bayon qilib beruvdim. Ular qo'rqitadilar. Keyin aytdilarki, nimaga bizga birov buni tushuntirmagan? Mana bizga odam kelib janoza o'qidi yu, deyaptilar. Mana bobom o'lganda janoza o'qidi. Nimaga ular bizga tushuntirishmadi shunaqa narsa borligini?

Bunaqa jiddiy masalaligini, buni biz nimaga yetib bizga tushuntirmadi? Keyin men ularga savol berdim. Xo'p, siz o'zingiz dedim, mana oxirgi marta qachon dedim shu faqihlarga, fiqh sohasiga bir pul sarflagansiz? Bir kitob olgansiz, yo bir kitob chop qilishda ishtirok etgansiz, yoki bir qanaqadir fiqh madrasalariga qanaqadir vaqf qilib yoki yordam qilib pul to'lagansiz, yoki farzandlaringizni fiqhga qiziqtirgansiz desam o'tirib, bilmadim deyaptilar.

Tushunyapsizmi? Bu fiqh ilmi ham xuddi bir, bir bizni umumiy o'rtamizdagi bir omonat bo'lib, Alloh Taolo bizga omonat bergan narsasi. Agar biz unga o'zimizni hissamizni qo'shmasak, kimdir aqli bilan, kimdir mehnati bilan, kimdir kitob yozishi bilan, kimdir puli bilan, kimdir har qanaqa yo'l bilan, hissamizni qochmasak, tabiiyki u pasayib boraveradi. U pasayib zaiflashgan sari, o'sha farzni kifoyani bajarmaganimiz uchun butun ummatga balo kelaveradi. Shuning uchun faqat fiqh emas, har bir farzi, farzi kifoyalarda mana shu narsaga e'tiborli bo'lishi kerakki, qachonki biz farzi kifoyalarga yetarli e'tibor bermasak, farzi kifoiyalarga e'tibor bermmaslikning balosi ummatga qaytib keladi va bizning holatimizda aynan afsuski, fiqh sohasi shunaqa bo'lyapti deb ayta olamiz. Umid qilamizki, mana shu videoni ko'rib turgan odamlar balki shuni mulohaza qilib ko'rishadi va o'sha eng kamida masalan fiqh kitoblar chop qilishga yordam bersa bo'ladi. Fiqh kitoblarni, fiqh darslarini takror qilib ko'payishiga yordam bersa biladi. Eng kamida bir darsni olib birovga yetkazishga yordam bersa bo'ladi. Eng kamida o'zini farzandlaridan eng aqllilarini tanlab, o'shalarni shu fiqh sohasida o'qishlari uchun, Alloh Taoloni dinini o'rganib tarqatishlari uchunga xizmatchi qilib bersalar bo'ladi. Inshaalloh, shu bilan bu farz kifoyani ado qilgan bo'lamiz inshaalloh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish