MMaviza
Fiqh asoslari va mazhablarTekshirilgan18 daq

1- dars. Fiqh ilmiga muqaddima darsi kimlar uchun? nima uchun kerak?

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
18:15
O'zgarishlar tarixi

Allohu akbar. Allohu akbar. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalamu ala nabiyni av rasulina muhammadin va ala alixiy va sohibi hir ajma'in. Allohimma alimla mayin fag'una, fa'naviy ma'allam tana, vozidna ilma. Ya arhamar rohimin.

Mana inshaalloh, bugun biz fiqh ilmiga muqaddima darsni boshlash arafasida turibmiz. Va darsni boshrashdan oldin uchta savolga javob bermoqchi edik. Birinchi savol, fiqh ilmga muqaddima nima uchun kerak? Bu birinchi savol. Ikkinchi savol, fiqh ilmiga muqaddima kim uchun kerak? Ya'ni kim ushbu darsdan foydalanishi mumkin? Ya'ni biz eshitib turgan odam shu darsni boshida o'zi uchun qaror qila olishi kerak. Shu dars uchun keraklimi, yo'qmi? Shu ma'noda. Uchinchi savol, bu darsdan biz nima olamiz? Inshaalloh. Bu darsni oxirida biz nimaga erishishimiz kerak? Degan savol. Birinchi savol, fiqh ilmiga muqaddimanoyga kerakligini biz o'tgan safar bir suhbatimizda qisqacharoq aytib o'tdik. Fiqh ilmga muqaddima kerakligining sababi, o'zi aslida barcha ilm uchun muqaddima kerak, har bir ilm uchun nuqaddima kerak. Lekin ayniqsa fiqh ilmiga muqaddima keraksizligining sababi, fiqh ilmi juda ham katta. Bizda mana ko'pchilikka ma'lum ma'lum bo'lgan narsa, to'rtta fiqhiy madrasa bor. Va har bir fiqhiy madrassani ichida o'n minglab, balki yuz minglab kitoblar yozilgan. Va har bir fi qiy madrasada yuz minglab ulamolar yashab o'tgan.

Va turli xil fikrlar bor. Undan tashqari madrasalarni birlashtiruvchi kitoblar bor. Madrasalar o'rtasidagi fiqhiy ixtiroflarni tahlil qilib beruvchi kitoblari bor. Fiqhning qadimdagi va bugundagi holatlari va bu haqdagi bu ma'lumotlar judayam ko'pki, ba'zida odam men faqih bo'lmoqchiman, men dinni tushunmoqchiman desa, o'zini bir ummondagi kichkina bir qayiqchada turgan odamdek his qiladi. Qayoqdan boshlashni bilmaydi, qanaqa qilib fiqh ilmiga kirib olishni bilmaydi. Shu ma'noda bu muqaddima inshaalloh biz umid qilamizki, bizni tinglab turgan va shu muqaddimani Alloh uchun yaxshi niyat bilan bir chekkadan eshitib chiqib, undan foydalanmoqchi bo'lgan birodarlarimiz uchun mana shu ilmga kirib olishlarida inshaalloh bir mayoq vazifasini o'taydi va mana shu ilm yo'lini ular uchun yorug' qilib, oson qilib beradi deb umid qilamimiz inshaalloh. Fiqh ilmiga muqaddima fanini muhimligini men o'zimni tanamda his qilganman. Buni o'sha suhbatda ham aytgandim. Va hozir yana takrorlayman. Men haliyam eslayman birinchi marta fiqh ilmini o'qigani, ustozimni oldiga borganimni. Menga bir kitob berildi va biz kitobni ochdik va kitob bitta xorada boshlab ketdik. Va aksar shu majlisda o'tirgan tolib ilmlarda holat shunaqa bo'ladi. Kitobni ochadi, kitobni bir chekkadan kitob bitta xori deb, babel miya deb boshlab ketadi da, suvlar bobo deb.

Va u hali bilmaydi u fiqh o'zi nima, nima mavzular o'tiladi bu ilmda. Biz nimaga masalan aynan shu kitobni o'tyapmiz, bu kitob bizni qo'limizga qayoqdan yetib kelgan. Bu kitobgacha qanaqa kitoblar yozilgan? Bu kitobdan keyin qanaqa kitablar yozilgan? Nimaga biz ustozimiz mana shu kitobni aynan tanladi? Nimaga bu kitob hanafiy mazhabida yozilgan va biz nimaga hanafiy mazzabini o'qiyapmiz masalan? Boshqa mazhablarni o'qisak nima bo'lgan bo'lardi?

O'zi umuman mazhablar nima o'zi aslida? Va bu kitobning rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga tashlab ketgan ilm bilan to'g'ridan to'g'ri munosabati qanaqa? Bu kitobning yoki biz o'qimoqchi bo'layotgan masalalarning islom ta'limoti va Alloh Taolo jo'natgan vahiyning o'sha bir ummonidagi o'rni va maqomi qanaqa biz o'rganmoqchi bo'lgan ilm. Mana shu savollarga javob bermasdan turib odam fiqhni boshlasa, albatta bu fiqhni bishlash, bu muqaddima, fiqh ilmiga bunday kirish ko'pincha samarali bo'lmasligi mumkin. Bir odam bir ilmni boshlayman deb kelsa, o'sha ilmni o'rganmoqchi bo'lmasa, yoki har qanaqa bir kitobni o'qimoqchi bo'lmasa, mana oldimizda mana shu kitob bor ekan, Alixonturo So'g'uniy rohimahulloh. Shu kitobni o' qimoqchi bo'lsam masalan, biz doim aytamizki, o'sha kitobni birinchi ishi bunda rejasini ochsin deymiz. O'shanga menga juda ham yoqadigan narsa g'arbda odat arab adabiyotlarda ham ko'pincha odat mundarijalar kitobni boshida bo'ladi. O'sha yaxshiroq. Kitobni birinchi mundarijasini ochasiz da, ko'rib chiqasiz, bu kitobda nima mavzular o'qirkanman, qayoqda boshlanarkan, qayoqda tugarkan. Keyin o'shanga siz tayyor bo'lasiz va keyin kitobni ochib o'qiyotganingizda adashib qolmaysiz, qayoqda turganingizni bilib turasiz. Va shu ma'noda bu muqaddima inshaalloh fiqh ilmini o'ylaymanki, bizni tinglab turgan odamlar uchun osonlashtiradi deb o'ylayman.

Va bu muqaddimani ahamiyati yana bir nuqtadaki, fiqh ilmida paydo bo'lgan savollar juda ham ko'p. Bu savollardan bittasi eng muhimi bizni asrimizda, nimaga bizda to'rtta mazhab bor? Nimaga bizda turli madrasalar bor? Axir. Nimaga bizda turli madrasalar bor? Axir Alloh Taolo bizga bitta shariatni jo'natmadimi? Alloh Taolo bizga bitta dinni jo'natmadimi? Axir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir xil namoz o'qiganmilar yoki to'rt xil namoz o'qiganmilar? Agar bir xil namozni o'qiyotgan bo'lsalar, nimaga to'rtta masxab, to'rt xilnamoz o'qishni bizga o'rgatyapti yu, qaysi biri o'sha o'qiyotgandan ozimiz rasululloh sollollohu alayhi vassalamga haqiqiy iqtidor bo'ladi? Bu masalalar juda ham muhim masalalar va bu masalalar ayniqsa bizda yoshlarni ko'p qiynaydi, chunki yoshlar Alloh Taolo ularga bergan sog'lom va sof fitrat sababidan savol so'raydi ibodat qilishdan oldin. Va bu savolni ba'zida yoshi kattalar bu savollarga nisbatan salbiy qarashi, nimaga sen bunaqa savol so'raysan, ota bobbing so'ramagan, indamasdan boshqa o'rganib o'tib keturmaysanmi deyishi mumkin. Aslida bu noto'g'ri emas. Aslida ularni so'rayotgan savollari to'g'ri. Aslida dinni savol so'rab, tushunib, keyin unga amal qiladigan odam, albatta, dinga ko'r ko'rona taqlid qiladigan va ko'r ko'ra odatlarga ergashib ketadigan va dinni odatga aylantiradigan odamdan ko'ra albatta yaxshiroq. Chunki din odat emas, din bu Alloh Taolo bilan band o'rtasidagi bog'liqlik. Mana shu bog'liqlik eng ishonchli, eng sinalgan va eng to'g'ri yo'lda bo'lishini har bitta odam xohlaydi, har bitta odam qalbi o'zi qilayotgan ibodatdan ixtino qilishini, ya'ni qoniq bo'lishini xohlaydi, ya'ni o'sha qalbi o'zi qilayotgan ibodatdan qoniqishini xohlaydi.

Shu ma'noda o'ylaymanki, bu muqaddima mana shu savollardan aksariga javob beradi, Alloh Taoloning tavfiqi bilan va o'ylayminki, inshaalloh shu muqaddimani ortidan ko'p savollarga javob bo'ladi va agar mabodo qanaqadir savollarga javobi bo'lmasa ham, eng muhimi o'sha savollarga javobsizlikni qayerdan topish mumkinligi haqidagi umumiy bir, demak, tasavvur. Men o'ylaymanki, eshituvchida paydo bo'ladi. Yana bir muhim nuqta, bu ilmga kirishdagi yana bitta muhim nuqta muqaddima fiqh ilmining hozirgi holatini tushunishga yordam beradi. Masalan hozirda odam ko'pincha eshitib qolasiz majmalfiqil islamiy deydi, robbiddin al muslamiy deydi, yoki masalan mana ayofiy deydi bahrayndagi, yoki baytir quvayt, baytir zakadul quvayt deydi. Har xil muassasalarni eshitasiz va bilmaysiz qaysi birini fatvosini olaman, qaysi birinifatvoga ergashaman, bu fatvolarni qayoqda jamlanadi, qaysi kitobdan topaman. Mana mavzu al quvaytga biz o'zbek tilida tarjima qilinyapti hozir mana.

Xo'p, bu mavzu haqida qanchalik foydalanaman? Shunga o'xshagan, ya'ni fiqh adabiyotlarini tushunish va u adabiyotlardan to'g'ri foydalanishni ham inshaalloh bu muqaddima osonlashtiradi deb umid qilamiz, inshaalloh. Demak, bu birinchi savol. Nimaga bu demak, muqaddimani ahamiyati. Demak, bir jumla bilan juda sodda qilib aytadigan bo'lsak, bu muqaddima fiqh ilmiga tartib bilan to'g'ri shaklda kirib olishga yordam beradi, inshaalloh? Endi bu muqaddima kim uchun degan muhim savol. Bu muqaddima birinchi o'rinda tolib ilmlar uchun. Ya'ni tolib ilm uchun, Alloh Taolo uchun men ilm talab qilaman, shariat ilmlarni o'rganaman degan odam uchun. Va tolib ilm uchun deganimizda biz faqat masalan maqadlarda, Islom universitetlarida o'qiydigan kishini nazarda tutmayapmiz. Chunki ilmni talab qilish bu ibodat. Va ibodatni Alloh Taolo bir toifa uchun xoslab qo'ymadi. Endi ba'zi ibodatlar, masalan, bir erkaklar uchun, ba'zi ibodatlilar ayollar uchun bo'lishi mumkin, lekin umumiy shaklda aynan o'sha ibodatlarning eng buyuklardan bo'lgan ilm talab qilish ibodatini Alloh Taolo bir taofa uchun cheklab qo'ymad. Shu ma'noda kimda kim ilm tolibi degan maqomni xohlasa, bu muqaddima u uchun albatta yordam beradi.

Sababi mana shu muqaddima orqali aytganimizdek, o'sha shar'iy ilmlar ichida eng muhimlaridan va eng sho'ng'ish, bexatar bo'lganlaridan bittasi bo'lgan fiqh ilmiga kirib olishni, demak, u tolibidimga, demak, osonlashtirilgani uchun o'ylaymanki, o'sha tolib ilm maqomini xohlagan har bir kishi uchun inshaalloh bu foydali bo'ladi. Endi o'z o'zidan savol paydo bo'ladi, nimaga men tolib ilm bo'lishini xohlayman degan savol. Ya'ni nimaga menga shu maqom kerak? Masalan, men Islom universitetida o'qimasam masalan, yoki bir maqtab talaba bo'lmasam, menga tolib ilm degan maqom kerakmi? Degan savol bo'ladi. Tolib ilm dega maqom bu shunday maqomki, agar bu maqomning haqiqatini va bu maqomning fazlini va buyukligini va Alloh aziz va jallod dargohidagi buning oliyligini tushunganimizda, har birimiz, mana shu videoni eshitib turgan, ko'rib turgan har bir odam o'ylaymanki, bu maqomni xohlagan bo'lardi. Bu maqomni buyukligini ba'zi hadislar orqali odam tasavvur qilib ko'rsa bo'ladi. Masalan, Alloh azza u jalla jannatni yaratgan payti, eee, Jabrur alayhissalomga jannatni ko'rishni buyuradi. Va u jannatdagi ne'matlarni, jannatda Alloh taolo bandalari uchun uni aqli tasavvur qila olmaydigan va uni xayoliga kelmaydigan go'zalliklarni ko'rganda, Alloh taologa aytadiki, birorta odam qolmaydi, albatta bu jannatga kiradi deb.

Chunki kirishni xohlaydi va har qanaqa narx bo'lsa, bu uchun o'taydi. Shunda Alloh taolo jannatni atrofini ba'zi odamlarning nafsi uchun, havosi uchun yoqimsiz bo'lgan narsalar bilan o'rab qo'yadi. Kenjiboy Rahmon aka aytadi, endi borib ko'r, deydi. Borib ko'rgandan keyin, ha, deydi, ko'pchilik kira olmaydi shekilli deb qoladi. Hadisda. Aaa, demak, jannatning atrofi odamlar uchun o'sha mashaqqlar deydi, ya'ni mashaqqatlar bilan o'ralgan bo'lsa, shu mashaqqatlarni bizga kim oson qilib bera oladi? Biz aytamizki, Allohima la sahlama ja'l tahu sahla. Alloh Taolo oson qilmagan sizlar, hech kim hech narsani oson qila olmaydi. Va Alloh Taolo aytyaptiki, men salaka, e, toleyqon yaltami sufiyhi ilman, yaltami sufiyi ilman, sa halallohu behi toleyqon ila jannat deyapti. Kimda kim bir yo'lga tushsa yu, shu yo'l bilan Alloh Taolo uchun ilm xohlasa, Alloh Taolo mana shu xohlagani uchun, mana shu ilm sababli, e, unga jannatning yo'lini oson qilib qo'yadi deyapti. Demak, agar biz har birimiz jannatni xohlaymiz va shu jannatga tushishni oson bo'lishini xohlasak, biz nima qilishimiz kerak? Biz tolibaynun degan maqomni ushlashimiz kerak. Ya'ni biz bilamizki, shu to'g'rimizda jannat. Biz shu jannatgaga borib bormoqchimiz. Biz bilamizki yo'lda mashaqqatlar bor va biz bilamizki bizga yo'lni osonlashtiruvchi vosita kerak va eng yaxshi vosita, agar bilsanglar, ba'zi parklar, shunaqalarga dam olish joylariga borsangiz, odam ko'p bo'ladi da, navbatda kutib turgan bo'ladi.

Keyin bir toifa odam bo'ladi, navbat kutmaydi da, alohida yo'li bo'ladi. Qo'lida bunday narsa taqib qo'ygan bo'ladi da. O'shani ko'rsatib turib, sekin navbat kutmasdan o'tib ketaveradi. Vip odamlar deyiladi. Siz mana jannatga shunaqa oson yo'l bilan bormoqchisiz. Siz alohida maqomingiz bo'lishini xohlayapsiz. Siz anavi mashaqqatli yo'ldan yurmoqchi emassiz. Sizga Alloh Taolo oson yo'l berishini xohlayapsingiz. Alloh Taolo aytyaptiki, ilm yo'lini tanlang deb.

Aytmayapti, universitetga kiring demayapti, yoki boshqa demayapti, lekin Rasulullohga o'sha vahiy orqali bizga yetkazgan Alloh Taoloning vahisi, chunki hadis vahiy. Alloh Taolo bizga aytyaptiki, demak, Rasululloh alayhissalom bizga Alloh Taoloning va'hisini yetkazyaptilarki, demak, agar biz toliba ilm maqomini olsak, bizga inshaalloh mana shu yo'l oson bo'ladi va biz inshaalloh o'sha jannatga inshaalloh oson kirib olamiz. Bu bir sabablardan biri. Yoki yana bitta hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytyaptilarki, inna tolib ilm ilayhi astag'firullohu man fissamavatiga man fil arduhattal hidan va fil ma deyaptilar. Ya'ni tolib ilm uchun osmonlardagi va yerdagi barcha narsalar istiqfor aytadi deyaptilar. Osmonlardagi deganda farishtalarni agar oladigan bo'lsangiz, farishtalarnni adadi shunchalik ko'pki, har doim yerga har kunda farishtalar tushadi, keyin ko'tariladi, boshqa tushmaydi. Cheksiz farishtalar, shular istiqfor aytadi tolib ilmga. A bu maqomga erishmaslik qanday baxtsizlik bo'ladi? Eee agar siz tolib ilm bo'lsangiz, oz ozdan bo'lsa ham, o'zingizni qudratingiz miqdorida, siz har qanaqa kasbingizni qilyapsiz, ishingizni qilasiz, lekin bo'sh vaqtingizda kam kamdan ilm olib tursangiz, o'sha bilan siz tolib ilm maqomini o'zingizda saqlab tursangiz, ya'ni qo'lingizdagi o'sha bog'ich misolida biz metafora qildik, majoz qildik, o'sha qo'lingizda bog'ichdagi tolib ilm ma qomini o'zingiza ushlab tursangiz, tasavvur qiling, barcha

Sizga osmondagi farishtalar va barcha yerdagi maxluqlar, hatto suvdagi baliq sizga istig'for aytsa, Alloh Taolo boyagi yarob mana shu bandingni kechirgan, shu istig'for degani, g'afo'ra degani to'sish degani. Gunohlarni to'sishni istig'for deyiladi. Ya'ni Alloh Taologa aytsaki, shuni gunohlarini to'sishgin, shunaqa gunohlarini to'zgin deb tursa. Bu qanday saodat? Bu qanday baxt? O'sha baxt uchun men o'ylaymanki, tolib ilm maqomini olishga harakat qilish kerak. O'sha ma'noda bu dars kim uchun desa, men aytamanki, bu dars mana shu maqomni xohlagan har bir mo'min va mo'mina uchun inshaalloh foydali bo'ladi deb o'ylayman. Shu joyda bir savol sizlarga. Shu bizni majlisimizda ishtirok etib turgan birodarlarimizga, hadisda aytildiki, hatto o'sha suvdagi baliqlar tolibiy unga istig'for aytarkan. Xo'p, suvdagi balig'lar, hayvonlar, ularga tolibiy unga istig'dor aytishdan nima naf?

Ha, mashalloh. Bu bitta zo'r, mana bu bitta zo'ri hadisni tushunish. Mana bu fiqh deyiladi. Fiqh degani, hali inshaalloh mana fiqhni o'ziga kelganimizda yana birini sharhlaymiz. Fiqh deyagani birinchi o'rinda bu daqiqa fahm degan. Nimaga tolibiduniy hayvonlar alloh taoloning adolati bo'yicha har bir narsa dunyoda mezon bilan bo'ladi? Ya'ni mezon bilan degani siz nimadir qilasiz, siz nimadir, unga mukofot olasiz. Nimaga hayvonlar tolib ilmga masalan istig'for aytadi? Nimaga daraxtlar, boshqalar? Sababi tolib ilm rasululloh sollallohu alayhi vasallamni merosuxuri bo'lib, u zot bizga tushirgan, yetkazgan alloh taolo o'z zotiga yuborgan jisolani tolib ilm jamiyatga yetkazadi. Va jamiyat isloh bo'lsa, jamiyatni ustidan balo ko'tariladi. Jamiyatniustidan balo ko'tarrilgan paytda, balo hayvonlar ustidan ham ko'tariladi, buni eng katta namunasini siz nimadan ko'rsangiz bo'ladi? Nuh aleyhissalom qissasidan ko'rsangiz boradi. Nuh aleyhissalom qissasida jamiyatning fasodi, jamiyatning buzilishi va jamiyatning qabohati sababli insoniyat ustiga kelgan balo hayvonlarga keldimi, kelmadimi?

Hayvonlarga ham keldi. Ming kunlik zavjini staydi dedi Alloh Taolo. Har bitta hayvonda faqat ikkita ikkitadan olindi. Qolganlari nima bo'ldi? Nuh aleyhissalom keyfimizga hamma hayvondan oz oz oz oldilar. Qolganlari nima bo'ldi? Halok bo'ldi qolganlar. Nimaga halok bo'ldik? Chunki insoniyatning jinoyatlari sababli insoniyat ustiga tushirilgan balo hovli qurug'ini yoqdi. O'sha ma'noda hayvonlar yoki bizni atrofimizdagi o'sha hayvonlar u, baliqlar u, bular ham tolib ilmga istig'for aytishining sabablaridan bittasi. Shu tolib ilm ko'tarib yurgan risolaning barakasi va xayri o'sha hayvonga ham e'tibor edi. Yetib boradi ikkita sabab bilan. Birinchi sabab shu jamiyatda jinoyatning kamligi, jamiyatda yomonlikning kamligi va istig'for va xayrning ko'pligi ularga barakotlar keltiradi. Va ikkinchi sabab, ular to'g'ridan to'g'ri tolibini jamiyatda odamlarga, hayvonlarga ozor bermaslikni, zolimli bo'lmaslikni va boshqani o'rgatadi. Buni hadislardan juda ham ko'p misollar bilan ko'rishingiz mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hayvonlarga qanchalik mehribon bo'lganlari, eee. Va o'sha o'zini tuyasini azoblagan odamga qilgan muomalalari va boshqalardan ko'rishinglar mumkin albatta. Demak biz bildik, fiqhga muqaddima ilma bizga nima uchun kerak ekan, bu ilmga kirib olish uchun.

Fiqhni demak tartib bilan tushuna olishimiz uchun. Va biz bildikki, bu muqaddimadan har bir demak eshituvchi foydalansa bo'ladi. Albatta tolib ilm bo'lib, agar mutaxassis ma'nosida shu fiqhni mutaxassis ma'osida o'rganmoqchi bo'lgan odam bo'lsa, ko'proq e'tibor berib, tinglab foyd lanish kerak bo'ladi. Lekin boshqalar bo'lsa, birrovga eshitadi. Eshitgan paytida hali dars davomida ko'plab ismlar, ko'plab kitoblar nomlari, ko'plab yillar va boshqa ma'lumotlar o'tishi mumkin. U ma'lumotlarni ko'pini eslab qololmaysiz. Bu tabiiy holat. Bu o'sha yillar davomida odam shu kitoblarni ushlab ko'rgan paytda, kitoblarni nomlarini eslab qolishni boshlaydi. Ulardan foydalangan paytda va esdan chiqib ketishini zarari yo'q. Muhimi, o'sha qolganini o'zi inshaalloh ko'p foydali bo'ladi va fiqh haqida umumiy tasavvur paydo bo'lishiga yordam beradi. Endi uchinchi biz aytadigan o'sha ko'targan narsamiz, bu ilmni hozir mana shu darsni oxirida biz nimaga erishishimiz kerak? Ya'ni shu darsnioxirida nima bilan qolsak, biz ayta olamiz, shu darsdan biz nimadir foyda oldik va shu darsni demak biz samarali o'tkaza oldik, darsni o'rtasida chalg'ib qolmadik deb ayta olamiz.

Agar shu dars oxirida biz bilsak, fiqh nima degani? Shariat nima degani? Fiqh so'zi Qur'onda sunnatga kelganda nima ma'noni bildiradi? Va fiqh ilmi deganda biz uni qanaqa ta'riflaymiz? Qanaqa nima deb bilamiz? Fiqh ilmi qanaqa masalalarni o'rganadi? Bu ilm sahobalar paytida, tobeilar paytida to'rtta mazhab shakllangani va asrlar davomida qanaqa holatda bo'lgan? Bugungi holatda bu fiqh ilmini holati qanaqa? Va bu ilmga tashqaridan va ichkaridan bo'layotgan tahdidlar qanday? Va bu ilmni hozirgi paytda biz bizga yetib kelgan buyuk bir holatda ushlab qolishimiz va rivojlantirishimiz uchun nimalar qilishimiz mumkin? Agar mana shu savollarga javob topa olsak, demak, inshaalloh shu muqaddimani biz demak to'g'ri tushunib, undan to'g'ri foydalanib yetgan bo'lamiz. Inshaalloh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish