Maviza
—Qoralama1 soat 9 daq

(Mamurjon Domla) Islom Odoblari 2-dars (Olloh Bilan Bo'lgan Odob)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
68:41
O'zgarishlar tarixi

Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Audi billahi. Audi billahi imenno shaytonir rajim. Bismillahir rohmanir rohim.

Innallohu alayhi valloh, nahmaduhu va nas ta'inuhu va nas taqdiruh. Va na'udu billahi imenno sururiy anfu sinav va min sayy'ati amalina. Men yahdihillah u falamudilllah va men yuddiy falaha deylah. Va ash hadu an la ilaha illallohu va hidahulloh sharikala va ash hadu an la muhammadin abduhu va rasuluh hammabag' assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bugun odatdagiday shanba kuni islom odoblaridan boshlagan darsligimizni Allohnin tavfiqi bilan davom ettiramiz. Va Allohnin subhanah va taoloning go'zal ismlari va buyuk sifatlarini o'rtaga qo'yib so'raymizki, bu darsligimizni davomiy bo'lishligini.

Biz islom odoblarining Qur'on va hadisda kelgan go'zal xuluqlarga dalillarni aytamiz deganidek, o'tgan darsda vaqt yetmaganligi uchun shu joyda to'xtaganmiz. Va undan keyin bu odoblarning, islom odoblarining eng avvalo birinchisi Alloh bilan bo'lgan odobga to'xtalamiz deganmiz.

Alloh Subhanahu va Taolo Qur'oni Karimda mo'minlarning odoblarini maqtadilar. Va ularning Payg'ambari bo'lmish va ularning boshchisi yetakchisi bo'lmish Muhammad Alayhissalotu Vassalomning xuluqlarini maqtadi. Shuning uchun biz mo'minlar bilishligimiz kerakki, biz go'zal xuluqlarni va go'zal odoblarni Yevropadan o'rganishligimiz kerak emas. Bizdan esa ular o'rganadigan, aslida ular bizdan musulmonlardan o'rganishgan. Shuning uchun Alloh Taolo Qur'oni Karimda Payg'ambar Alayhissalotu Vassalomni maqtaganlarida innaka la'li xulqin avg'in. Siz dedilar Payg'ambar Ali Alayhissalomni, Alloh Taolo, siz go'zal xulq egasisiz deb maqtadilar.

Maqtasa boshqa ibodatlari bilan, saxovati bilan, sabr bardoshi bilan, zohidligi bilan, maqtasa arzigiday Muhammad Alayhissalom ibodat qilgan edi. Lekin Alloh Taolo eng qiyomat kunda mezonni ham tarozini og'ir bosadigan amallardan biri go'zal xulq bo'lganligi uchun Payg'ambar Alayhissalotu Vassalomni siz go'zal xulluq egasisiz dedilar.

Endi mana bu hozirgi zamonimizda musulmonlarni va din islomni, shariatni ustidan kulib, ularni taxalluf orqada qolganlar din eskichalik, eskichalik o'qitamanmi men deyotganlar bilsinki, ular hargiz hozirgi zamonaviylashib madaniylashmasin, bu Muhammad Alayhissalom olib kelgan madaniyat va huluqqa hargiz yetisha olmaydi. Chunki Alloh Subhanahu va Taolo Muhammad Alayhi Salomni go'zal huluqi bilan maqtash bilan birgalikda varofaa ana laka vikroj sizni zikringizni buyuk qilib qo'ydik dedilar. Sizni zikringingizni buyuk qildik deb.

Bugungi kunimizdagi aksariyat kishilar o'zlarining ismlari ko'chalarda, bozorlarda va xalqni ichida mashhur bo'lishini juda juda orzu qilishadi. Ismlari yuksak bo'lishini orzu qiladi.

Ular shunchalik orzu qilishmasin va ko'chalarga o'zlarini ismlarini qo'yib, xalqqa tanitishlikka haris bo'lishmasin, bularning ismlari o'zlarining o'zlari ishdan ketishligi bilan birgalikda maqtov taxtalaridan olib tashlanadi. Xalqning orasida ularni biror kishi yaxshilik bilan ham eslab qo'ymaydi. Xalq bu yoqda tursin, o'zining xonadonidagi farzandlari ham dadalari vafot etganidan keyin yoddan chiqarib yuboradi. Lekin Muhammad alayhissalotu vassalomni zikrini Alloh Taolo shunday buyuk qildiki, Alloh Subhanahu va Taolo shunday buyurt qildiki, hatto besh vaqt namozda jami musulmonlar mag'rib u mashriqdagi va yer yuzidagi kurrasidagi barcha musulmonlar Allohumma solli ala Muhammad va ala alimuhammad deb zikr qilishadilar.

Ular bir kunda besh vo marta Payg'ambar alayhissalomni yodga olishadi. Lekin bir kishi o'zini zikrini ulug' qilaman desa, dindan boshqa narsa bilan u adashgan bo'ladi. Hattoki, o'chib qoldi. Hattoki o'zining ahlilaridagi.

Shundoq qo'yib qo'yavering. Nimaga? Tashqariga chiqarish kerakmi? Hattoki o'zining xonadonidagi ahillari ham Payg'ambar alayhissalotu vassalomni zikr qilganida, besh marta zikr qiladigan bo'lsa, oylab zikr qilmasliklari mumkin. Bizning shohid ko'rib turgan holatimiz biror o'tib ketgandan keyin, otalar, onalari o'tganidan keyin, farzandlar ularni hayitda bir zikr qilganlikni chohidi bo'lib turibmiz xolos. Mana bu Payg'ambar alayhissalotu vassalom go'zal xulq egasi bo'lganligi uchun Alloh Taolo u kishini zikrini buyuk qildi.

Payg'ambar sollalloh lamma suyla aysha an xulqin nabiy sollallohu alayhi vasallam, aysha onalarimizdan Payg'ambar aliya salotu vassalomning xulqlari haqida so'ralgan vaqtlarida u kishilar aytdilki, ka na huluquhu al quran. Payg'ambar alayhissalomning huluqlari Qur'on edi dedilar. Demak, hayotining barchasini Qur'on ko'rgazmasiga binoan va Qur'on yo'llanmasiga binoan o'tkazganligiga dalolat qiladi. Kim agar hayotini Qur'onga munosib, hayot kechiradigan bo'lsa, mana bular haqiqiy xulq egalari bo'ladi. Kim agar Qur'on ko'rsatgan ko'rgazmaga binoan yashamas ekan, ular bahaym hayvonlardan farqi bo'lmay bo'lmagan holatda yashaydi.

An nabiy dardor anna nabiy sollallohu alayhi vasallam maqolama minshayin at qala fiy meza min yavmal qiyama min husniyul xulq. Abu dardor radiallohu anhun rivoyat qilgan hadislarda, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar, qiyomat kunida mu'minlarning mezonini, tarozisini eng og'ir bosadigan amallarning biri go'zal xulq bo'lishi dedilar. Go'zal xullq bo'lishi, odob bo'lishi dedilardi. Voy inna alloha yub'u dulfa hashal bazi. Alloh subhanahu va taolo fohasha gaplarni gapiradigan, bazi, behuda, uyat gaplarini gapiradigan kishilarga g'azab qiladi dedilar. Shuning uchun bugungi kunda musulmonman degan kishilar biz nima uchun odob masalasiga va islom odoblarini tanlaganligimizning ham bir boifiy bugun musulmonlarimiz johillardan farqi bo'lmay qolyapti. Og'izlaridan chiqilayotgan gaplarda va so'kilinayotgan so'kishlarni qaraydigan bo'lsangiz, bu namoz o'qirmikan, yo'qmikan dek shak shubhaga tushib qolasiz.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan immahotil mo'minning onalarimiz oysha rodiyallohu anha rivoyat qilgan hadisda payg'ambar alayhissalom aytdilarki, innal mo'minla yudrik u behuzniy xuluqixi daradaytasi so imal qoyim. Nima uchun xuluq va odobni tanlayapmiz? Mana bu hadisning o'zi hozirgi o'qiyotgan hadisni o'zi inson xuluqini to'g'rilashga kifoya qiladigan hadis. Payg'ambar alayhissalom aytdilarki, mo'min kishi dedilar, go'zal xuluqi bilan dedilar, ro'za, kunim bilan ro'za tutgan ro'zadorning va kechasi to tong otginchagin, erta mangachayin ibodat qilib chiqqan muttahadjud namoz o'qib chiqqan kishining savobini oladi dedilar. Go'zal xulq bilan kunim bilan ro'za tutganni va tongga keyin namoz o'qigan kishining savobiga erishadi dedilar.

Bu savob dunyodagi olayotgan savobi shunaqa bo'ladigan bo'lsa, oxiratdagi manzillatini payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, jobir roziyallohu anhudan vorik bo'lgan hadisda payg'ambar alayhissalom aytdilarki, innamin ahadbekum ilaya va aqarabbekum minniy majlisani yavmal qiyama, aha sinakum axlaqo. Sizlarni dedilar qiyomat kunida eng menga suyuklilaringlar deb, men yaxshi ko'radiganinglar va menga majlisda o'tirishda eng yaqin bo'lganinglar deb. Payg'ambar alayhissalomga yaqin bo'lib o'tiradiganinglar go'zal axloqlilaringlar dedilar. Kim qiyomatda Rasululloh yaxshi ko'radi, meni yaxshi ko'rsin desa va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yonlarida o'tirib, yuzlariga tikilib, bir bahramand oladigan bo'lsa, axloqini go'zallashtirsin. Va inna abg'oba kumillayeva abu alaykum minni yom al qiyamati as sara sarun val mutashaddiy qul val mutafayhi qul. Sizlarning qiyomat kunida men eng yomon ko'radiganinglar dedi.

Va mendan eng uzoqda bo'ladiganinglar dedilar. As sara sarun ko'p gap gapiradi. Takallufan va xurujan anil haq. Haqdan chiqish uchun tortishib, solashib, o'zini har o'rinda, qayerga borsa birov bilan, hech qachon men tortishganimda yengilmayman deb tortishib, haqqa bo'ysinmay tortishadiganinglar dedi. Payg'ambar alayhissalomdan uzoqda bo'ladi va Payg'ambar ayyusulayh yomon ko'radiganlardan biri. Ikkinchilari mutashaddiqun dedilar. Mutashaddiq degani al mustahdiy bin nas yal vishid qahubiyin og'zini birovlarini gapirgan vaqtida og'zini chekkasi bilan mang'isimasdan masxara qilib gapiradiganinglarga.

Mana bular Payg'ambar alayhissalomdan uzoqda bo'ladiganlarning ikkinchisi. Ikkinchilari al mutafayhiqqul mutafayhiq deganlari humulladina yata fatsauna, yata vas sauna fil kalam va yamlauna afvah minal kibr. Ular mutafayhiq degenlari gapirgan vaqtda odamlarga murullarini tepaga ko'tarib, o'zini mutakkabbir qilib ko'rsatib, kibr bilan gapiradiganinglar deb. Demak, bular uch sifatni aytdik. Uchalasi musulmonlarning axloqlariga va islom odoblariga to'g'ri kelmaydigan sifatlar.

Mana bu hadislardan shahid va zohir bo'lishi mo'min kishi go'zal odobi bilan jannatga kiradi. Shuning uchun biz avvalgi darslikda aytib o'tdikki, biz ko'p ibodat qilishligimiz bilan yoki ko'p ro'za tutishimiz bilan jannatga kiramiz deb qolmasligimiz kerak. Chunki Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdilarki, me'mun kishi o'zining qilayotgan amali bilan jannatiga kirolmaydi dedilar. Amalimiz jannatga olib kirolmaydi, dedilar. Shunda yo Rasululloh, hatto siz ham qilayotgan amalingiz bilan jannatga kira olmaysizmi deganlarda shunday dedilar. Illa an itog'amma deyilgan mullohu birahmat ihi. Magar ham Alloh Taolo o'zini rahmati bilan qamrab olgan vaqtida yana jannatga kiraman deydi. Shuning uchun bilishimiz kerakki, ko'p namoz o'qishligimiz va ko'p ro'za tutishlik bilan biz ba'zi islom odoblarini nazarga ilmagan holatda o'tib ketmasligimiz kerak.

Biz avvalgi darslikda ayol ro'zador ayolni va ko'p ro'za tutib, ko'p namoz o'qigan ayol, lekin qo'shni bilan bo'lgan odobni bilmaydigan ayolning qissasini keltirganmiz. Shu ayol haqida so'raganlarda yosalloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, u jahannamdadir, dedilar. Shuning uchun bu odobni, islom odoblarini shariatimizda va oxiratda mezonda juda katta o'rni bor. Biz bugungi to'xtamoqchi bo'lgan birinchi odob, eng avvalo, parvardigorimiz robbil a'lamin, robbis samavo, fiyu al ar, osmonu yerlarning robbisi bo'lgan alloh taolo bilan bo'lgan odobga to'xtalamiz.

Keyin esa muhammad alayhissalotu vassalom bilan bo'lmagan odoblarga to'xtalamimiz. Alloh bilan bo'lgan odoblarning eng avvalgisi, alloh taolo bilan bo'lkan odoblarning eng evvalgisi, sarful ibodati lillah. Barcha ibodatlarni alloh subhanahu va taoloning yolg'iz o'ziga qilishlik.

Birinchi odob, alloh taolo uchun barcha ibodatlarni yolg'iz o'sha yerga qilishlik. Vala ya'guzus sarfu ayyunav immin anva il ibada li g'oyri hita'ala. Ayyan kana. Savo an kana malikan, malakan muqarraban, av nabiyan mursalan, av valiyan solihann, av hajran, av shajar, av kavkaban, av g'ayratalik.

Har qanday ibodatni, ibodat deyilgan narsalarni allohdan boshqa qanday narsa bo'lmasin ularga burushlik joiz emas. Ibodat degani, ibodat degan i ismun jamiun likul nima yuhib bu g'ullohu va yardohu degan. Ibodat deganning ma'nosi Alloh Taolo yaxshi ko'radigan va undan rozi bo'ladigan barcha narsaning ismi ibodat deyiladi. Demak, Alloh yaxshi ko'rar degan rozi bo'ladigan amallarning har qanaqasi ibodat deyiladi. U namoz bo'laman, duo bo'laman, qurbonlik qilish bo'ladimi, sadaqa berish bo'ladimi? Mana bularning barchasi ibodat deiladi. Shularni Allohdan boshqasi uchun burib qo'yishlik, agar u parijda bo'lsa ham, Payg'ambar bo'lsa ham solih avliyolarga bo'lsin, toshga bo'lsin, daraxtga bo'lsin oy yulduzlarga, qaysi narsaga inson ibodat qilib, talpinib, sig'inib qo'yadigan bo'lsa, bu Alloh bilan bo'lgan odobni buzgan bo'ladi.

Va bu mushriklardan bo'ladi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida Payg'ambar alayhissalom risolat bilan yuborilgan vaqtlarida Mahka ahli Allohni qo'yib toshlarga ibodat qiladigan bir holatga kelgan edi. Mana bularning ichidagi Amr ibn Jamoh degan kishini qissasiga to'xtalamiz.

Amr ibn Jamohni deydilar, Mahkada turgan vaqtlaridan uylarida buti bor edi, toshdan yasalgan buti bor edi. Va bu botni ismini Manaf deb ism qo'ygan edilar. Manaf deb botga ism qo'ygandi. Bu botiga ovqatlar olib kelib qo'yardi, suv olib kelib qoyardi. Unga sajda qilardi.

Qiyinchilik vaqtlarida boshiga musibat tushsa, darrov shu botni oldiga kelib so'rardi. Bir joyga safar qiladigan bo'lsa, botni oldiga kelilib tizzalab o'tirib, bu yerdan so'rab, keyin safarga chiqardi. Mana shunga o'xshagan ibodatlarni shu bu yerga qiladi.

Payg'ambar alayhissalotu vassalom Makkaga Payg'ambar bo'lib yuborilganlaridan keyin Madinaga sahobiylarni imonga kelgan sahobiylarni Madinaga ta'lim berib turishlik uchun jo'natdilar. Birinchi Madinaga kelgan safir elchilari, Rasulullohning elchilaridan eng birinchisi Mus'ad ibn Umair degan sahobiyni jo'natganlar, Payg'ambar alayhissalom. Demak, Madinaga birinchi marta din davlatini olib kelgan kishilarning eng avvalgisi Mus'ad ibrohim Umair edi. Mishod ibn Umar Madinada da'vat qilganlarida Amr ibn Jamohning uchta o'g'illari va ayoli Islomni qabulladi.

Lekin dadalariga bildirmagan holatda Islomni qabullashdilar. Keyin dadalarini oldilariga keldilar da, ya abana qodir taba ittaba ahunna sufama tarofi atba ayhi dedilar. Odamlar dedilar, yangi dinni da'vat qilayotgan kishiga ergashyapti. Siz u kishiga ergashlikka nima deysiz dedilar. Qanaqa fikringiz dedi, dadalariga aytdi.

Bu aytganlarida aytdiki, las tu af al hattar ushagi mana f anzur may yaqul. Men dedilar, manoh toshdan qilingan botin bilan maslahatlashmasdan biror narsa qilmayman dedi. Shunchalik darajada qo'rqishardi, shunchalik darajada hurmat, ehtirom qilishardi, o'sha bir toshni.

Shunda keyin amr manohni oldilariga keldi da aytdiki, vakyanu iza arodu an ukalli muasna muhim ja alu xalifa sanami ajuza tuji buhim bi ma'yulihim u sanam fiza mehim. Ular shu botga kelib so'ragan vaqtlarida biror narsani mana shu ishni qilaymi yo qilmaymi deb so'raganlarida botni orqasiga bir qari kampirni qo'yib qo'yardilar. Va u kampir agar butni orqasida turib, qil desa, bu ma'nox but shunga ilhomlantirib shu gapni aytdi derdi. Qilma desa, bu but ilhomlanturib, shu kampirni gapirtirdi da, qilma degan narsani aytyapti derdi. Bugungi kunimizdagi odamlar xuddi Payg'ambar alayhissalomning Payg'ambar bo'lib jo'natilgan vaqtidagi mushriklarni holatiga o'xshab ketadi.

Ba'zi odamlar faol binlardan juda qo'rqadi. Ba'zi odamlar kishilarim bor deydigan bo'lsa, u odamlardan juda ham qo'rqad. U bir zarar yetkazadi degan narsa bilan e'tiqod qilishadi. Allohdan boshqa zarar beruvchi va foyda beruvchi hech kim yo'q ekanligi esdan chiqadi. Shunda manav am amr ibn jamuh oyoqlari, oyoqlari axsoq qolgan bir kishi edilar.

Sekin axsoq keldilar da, shu manohni oldilariga turdi. Aytdiki, ya mana, larayba annaka qod alimta bi xabari hadal qodim. Va la yuridu ahadan bisu in siwak va innama yana hana an ibodatiy. Fa ashir alaga ya mana. Falam meru dastsanam hay'a. Ey manoh dedi, sen shak shubhasiz bu bizga kelib da'vat qilayotgan kishini xabaridan boxabar bo'lib turibsan dedi. Va bu sendan boshqa biror odamga yomonlik istamayapti dedi. Da'vat qilib kelgan odam, bu yerlarga ibodat qilmanglar. Bular toshdan boshqa narsa emas. Yagona allohga ibodat qilinglar deb kelgan. Shuni aytdiki, amr aytyaptiki, ey Manaf, sendan boshqaga yomonlik istamayapti u odam dedi. U senga ibodat qilishlikdan bizni to'smoqchi dedilar.

Va menga qaysi yo'lga yurishimni ishora qil dedi. Manafni so'rayapti. Qaysi yo'lda yurishimni ko'rsatgin dedi. Manaf indamadi. Tosh, gapirmaydi. Indamaganida haligi amr aytdiki, faad alayhi falam yujib keyin aytdilarki amr la allaka g'adibda va innay sal ketun anka yamin hatta ya zu g'ababi. Men seni g'azabingni chiqarib qo'ydim shekilli dedilar. Xafa qilib qo'ydim shekilli. Bir necha kun g'azabingdan tushguncha men seni oldinga kelmay turaman dedi.

Aql shu darajada insonni aqli bizga hozir ajoyib, buni hissasi qanday bir aql bo'lmaganmikan degan narsa bilan qaraymiz, lekin o'zimiz hozirgi turgan zamonimizga va qo'shnilarimizga va tanishlarimiz, qarindoshlarimizga nazar soladigan bo'lsak, bundan battarroq bo'lib turibdi.

Summa tarakuhu vahora ja falam falon ma allamallayl aqbala'na hui'lamana fahamaluh val qavhufiy xufro. Keyin manoh amr o'zini uylariga kirib ketdi. Kech payt bo'lgan vaqtlarda o'g'illari keldi da, dadalarining butdan yasalgan manoh degan o'sha butini olishib, bir iflos joyga olib borib tashlashdilar. Ertaman bo'lganlarida dadalari manohni izlaydi. Manohni izlasa, javob bermaydi.

Ahliddin so'radi, qayerda manavf deydi? Manavf vutni ko'rdinglarmi deb izlab yuribdi. Xudosini izlayapti. Shunda qaraydi gap, av anhu falajidahumi munosib kasanalari asixiy fil xifro. Uni izlab borsa, bir chuqurlikda iflos bo'lib yotgan joyga boshi bilan kirgan holatda turibdi.

Shunda aytdiki, amavallohi ya manav la alimtu man fa ala haday la aqzaytu hu. Ey manavf dedi, meni kechirgin dedilar. Agar dedi, men kim senga shunday qilganligini bilganimda, uni sharmandasini chiqargan bo'lardim dedi. Endi bu ajoyib. Alloh bo'lsa, iloh bo'lsa unga tajovuz qilgin, uni olib borib tom bu bir iflos joyga boshi bilan kirgizguncha turadigan iloh bo'lmaydi. Bu inson mana buni shundan keyin ham iloh deb aql shunchalik nima qilib qolgan, o'shanga bog'lanib qolgan. Shunda ikkinchi kuni bo'lganlarida ham farzandlari xuddi shunday qildilar. Dadalari yana izlab bordilar va borib o'sha joydan topib keldi.

Uchinchi kun ham shunday aytdi. Va to'rtinchi kuni bo'lgan vaqtlarda dadalari kech payt bo'lgan vaxtlarda Manoqning oldiga keldilar. Manoq bu yerdan oldiga kelib aytdiki, voy hakaya mana innallal aynazalatam na o'staha dedilar. Ey Manoq dedilar. Bu bir emas, ikki emas, to'rt besh marta takrorlandi bu holat.

Ichkilar ham dedilar, o'zini dedi, saqlaydi dedi. Boshqa ichkilardan dedi. Hech bo'lmaganda sen o'zingni himoya qilgin dedi. Va katta pichoqni, monoxni bo'yniga ostida agar biror odam keladigan bo'lsa, mana bu bilan sen o'ldirgin dedi. Va men seni ertalab ko'raman dedi.

Ertalab bo'lgan vaqtlarda farzandlari yana kechasi buutni olib, bir o'lik itga qo'shib bog'lab, bir iflos joyga olib borib tashladi. Ertaman bo'lganlarida keldi, kelib dadalari Amr ibn Jamuh qarasalar, bu, bu joyda yo'q. Yana haligi musr bo'lib, iflos bo'lib turgan bir joyga borib, qarasa, it bilan birgalikda o'lik it bilan yotibdi. Shunda manohning aytgan gaplari va rabbun ya bulis ta'ala banu biro sihi laqad xobaman balat alayhi sa'ali bu.

Tulkilar, itlar uni boshiga bavul qilgan, peshob qilgan xudo, agar shunday bo'ladigan bo'lsa, u unday itlar va tulkilar boshiga peshob qiladigan xudosiz bor kishilar xoba ziyon ko'ribdi dedilar. Shunday narsalarga ibodat qilayotganlar ziyon ko'ribdi dedi. Agar u xudo bo'lsa yu, uni kelib turib, itlar peshob qilib ketsa, xudo bo'lmasa yu, tulkilar kelib, shu yerda hayvonlar peshob qo'lib ketaveradigan bo'lsa, iflos joylarga olib borib tashlanadigan bo'lmasa, o'zini himoya qila olmaydigan bo'lsa. Bunday xudoga ibodat qiladiganlar ziyon ko'taribdi dedilar. Mana shundan keyin u kishi. Payg'ambar alayhissalomning huzurlariga kelib, islomni qabul qildi. Bu shu yerda to'xtalmoqchi bo'lgan narsamiz. Eng avvalo, dinda farzandlar islomni qabullab, dadalari hanuzgacha islom qabullamay yurgan kishilar bo'ladigan bo'lsa, dadalarga go'zal muomalada chiroyli xulq bilan muomala qilishga shariat bizni buyurgan. Kelib dadasiga bu harom, bu but, bu xudoga shirk qilyapti, buni men hozir sizni ko'zingizni oldida sindirib, parchalab, buni tashlayman demadilar.

Hikmat bilan, go'zallik bilan dadalarni ranjitmagan holatda juda ham yaxshi bir uslub bilan dinni qabullashga farzandlari sabab bo'ldi. Biz hozirgi kunda agar bir hadis eshitib qolsak, uyimizga borib, shu kuni qiyomat qoyinni o'sha yerda ko'rsatamiz. Shu bu birinchi olinadigan foyda.

Va ikkinchi to'xtaladigan foydalari, amr ibn jamohning hayotida to'xtaladagan foydalardan ikkinchisi, inson qalbida bir narsani juda ham ulug'lab oladigan bo'lsa va bir narsaga g'uluv ketib, chuqur ketib qoladigan bo'lmasa, uni xudolik darajasiga ko'tarib olishi mumkin. Shuning uchun ulamolar ham ulamolarni o'z manzilatidan tepaga ko'tarishdan qaytarishgan. Hatto payg'ambar alayhissalotu vassalom aytadilarki, la taturuniy kama'at rodin nasoro ibn maryam faqulu abdullohu rasuluh. Meni nasorolar ibn maryamni maqtag'andaka maqtab, o'z darajamdan ortiqqa ko'tarib yubormanglar degandilar. Meni Allohning dandasi va Allohning qo'li, Allohning elchisi deb ismlanglar degandilar. Shuning uchun inson bir narsani ortiqroq o'z darajasidan ko'targandan keyin uni o'zi xudolik darajasiga ko'tarib qo'yganligini sezmay qoladi. Avliyolarga borayotgan kishilar, ularni qabrlarini ziyorat qilayotgan kishlar ularni o'zlariga xos manzilatdan ortiq darajaga ko'targanligi uchun shu darajaga kelgan.

Shu holatga tushib qolgan. Ular ham o'lganidan keyin birovga foyda ham, zarar ham berolmaydigan biz va sizlarga o'xshagan Allohning bir bandalari edi. Ular o'lganidan keyen biz ularni xudolik darajasiga ko'tarib, farzand ko'rmayotganlar ularning qabrlariga borib, farzand so'raydigan bir holatga keldik. Boshiga mushkula tushganlar mushkulasini yechish uchun shu qabrlar tepasiga boradigan bir holat bo'ldi. Kasal bo'lganlar yugurib borib, birinchi bo'lib turib qabrlarga boradigan bir holati bo'lib qoldi.

Amr ibn jamoa Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirganlaridan keyin Badr janglar bo'lgan vaqtlarda jangga chiqishga ruxsat so'radilar. Shunda Payg'ambar alayhissalom Qur'oni Karimda aroj degani shu oyog'i oqsoq bo'lgan kishilarga jangga chiqmasa ularga uzr bor degan oyatni dalil qilib, u kishini jangdan to'xtatdilar. Badr jangiga qatnasha olmaganliklaridan, Badrda qatnashganlarni Alloh Taolo ulardan rozi bo'ldim.

Ehmalumi sheyxim muloqot vafortu lakum. Sizlar Badrda qatnamanglar uchun nima narsa qilsanglar qilinglar, men sizlarni gunohinglarni mag'firat qildim, degan gaplarni eshitgandan keyin tura olmay qoldi. Badrdagilarga shunaqa fazilat berildi. Uhid Badrdan keyingi ikkinchi g'azod, Uhud g'azodi bo'ldi bir yildan keyin. Mana bu g'azodda Amr ibn Jamuh farzandlariga yalinib so'radiki, meni qo'yinglar, men chiqaman shu g'azodga, dedilar. Farzandlari sizga ruxsat, siz uzrliksiz deganlarda Rasulullohni oldiga yig'lab bordilar. Yo Rasululloh, dedilar. Men jannatni mana shu oqsoq oyoqlarim bilan bosib yurgim kelyapti, dedilar. Jannatni shu oqsoq oyoqlarim bilan jannatni oqsoq oyoqlarim bilan bosib yurgim kelyapti dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Amr ibn Jamoaga ruxsat berganlarida, Uhud g'azodiga qatnashib, jon taslim qilib shahidlardan bo'ldi. Vabada sitta va arbein nasana fii ahdi muaviy rohiyallohu anhu nazalabin maqbarati shu hada, u hid saybun shadid. G'otto ardal qubur. Fosora al muslimun ila niqli rufati shu hada. Falamma hafaru an qabri amr ibn jamuh, fayzav aka annahunain. Amr ibn Jamohni u hid hajga borgan kishilar bilishadilar, u yerda shu havoyi u hidlar, u hidda jon taslim berganlarning maqbarasi bor. Mana shu maqbaraga dafn qilindi. Qirq olti yillardan keyin, dafn qilingandan qirq oltinchi yildan keyin, Muoviya radiyaallohu anhuning zamonlarida shu maqbariga qattiq bir sel kelishligi bilan u yerda ba'zi qabrlar ochilib qoldi.

O'n olti kishining qabri ochilib qoldi, yetmish shahidning o'n olti sini qabri ochilib qolganlarda, sahobiylar, tobeinlar shu qabrlarni kumushga va ochilib qolgan qabrdagi jasadlarni teparoq joyga olib, dafn qilishlik uchun borishdilar. Shunda aytishadiki, o'g'illari, dadamizni biz qirq olti yildan keyin ko'rdik, go'yo endi uxlab yotgan odam singari jasadlariga qo'limizni teggizgan vaqtimizda yumshoq bo'lib turgan ekan dedilar.

Bu o'lgan odamni hammamiz shohid bo'lganmiz, o'lgan vaqtida qo'llari qotib, ko'zlari ochilib qolsa, ochiq holatda qotib qoladi. Shuning uchun ko'zlarini yumib, jag'larini yopib nima qilib qo'yishga, bog'lab qo'yishiga buyuriladi. Ammo Amr ibn Jamohni qirq olti yildan keyin qabrlarini ochilgan vaqtida sahobiylar ko'rgan ekanki, go'yo uxlab turgan kishi kabi edi. Hattoyinki jarohatlangan joylaridan qonlar hanuzgacha otib turganligini shohid bo'ldik deganda.

Biz Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Payg'ambar bo'lib kelganlarida biz Alloh bilan bo'lgan odobning birinchisi ibodatni yolg'iz Allohga qilish borasida gapni davom ettiryapmiz. Payg'ambar alayhissalotu vassalom Payg'ambar bilib kelgan vaqtlarda mahkam mushriklari Payg'ambar alayhissalomni Payg'ambarligidan avval barchamiz bilamiz, amin, ishonchli, rostgo'y deb ismlashardi. Agar ularni mahkam mushriklarining, mahkadagi odamlarning orasida xilof bo'ladigan bo'lsa, darrov Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni chaqirib kelib, Rasululloh sollasallamni hukmlariga rozi bo'lishardi. Hattoki Hajaril asvathni, mahkadagi qara toshni, mahkani Makkaliklar sel kelib buzilgandan keyin, Ibrohim alayhissalom solgan Ka'ba buzilganidan keyin, ular Makkani qaytadan Ka'baning qurilishini ixtiyor qilishgan. Shunda Ka'baning qurilishi uchun ular aytishdiki, biz bu Ka'baga, Allohning uyiga dedilar, harom mollarimizni aralashtirmaymiz dedi.

Faqatgina halol mollarimizdan yig'ib quramiz deganlar. Halol mollarni yig'ib ka'bani qurishdi. Shunda Heyjer degan joy bor, o'sha joyga mablag'i yetmaganligi uchun tashlab ketgan. Ka'baga borgan kishilar shu Ka'baning yonida ozgina bir burilingan joyi bor, o'sha yerda ko'rishadi, shu yerga Makka ahlining mablag'i, halol mablag' yetmaganligidan tashlab ketishgan. Shunda Ka'baning qurilgandan keyin Hajaril asviatni, qoratoshni qo'yishlik o'rniga qo'yishlik bu sharaf.

Qabilalar kattakonlari talashib qoldi. Unisi men qo'yaman desa, bunisi men qo'ya. Shunda aytishdiki, biz deydi shu eshikdan kim kiradigan bo'lsa, shu odamni yutmiga rozi bo'lamiz deydi. Shunda shu eshik dan payg'ambar sollallohu alayhi vasallam kirib keldilar. Aytishdiki, biz dedi o'zi sizni hukmingizga avval ham azaldan rozi bo'lganmiz, hozir ham biz sizni hukmingingizga rozimiz deydi.

Mana shu toshni qo'yishda ixtiloflashyapmiz deganlarda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam kiyimlarini yechib, toshni kiyimlarini ustiga qo'yib turib, barcha qabilaning boshliqlariga har chekkasidan ushlashlikni buyurdilar. Va birgalashib shu toshni qurishdilar. Mana bunaqa adolat yukun bilan o'rtada sodir bo'lgan nizoni Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam yechib berar edi. Ammo risolat Payg'ambarlik yuborilgandan keyin, vahiy nozil bo'lganidan keyin, o'sha siz bugun rost yo'siz deb turgan kishilar bugun siz kazzof yolg'onchisiz deyishdi. Sehrgarchi deydi. Folbin deyishdi. Erkak ayollarni, ota farzandlarni orasini ajratib yuboradigan sehrini o'rgangan degan kalimalarni aytishdi. Yaxshi yamki, Alloh sultonuhu va Taoloning hikmati bo'lgan ediki, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam omiy yozish va o'qishni bilmaydigan bir kishi Payg'ambar bo'lib kelgan edi.

Shuning uchun Alloh Taolo iqro o'qing degan vaqtlarida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam men o'qish va yozishni bilmayman deb javob bergan edi. Bir kunda Alloh Taoloning vahiy nozil bo'lgan vaqtida o'qishni o'rgangan Payg'ambar sallallohu alayhu vasallam shunday bo'lsa ham mushriklar buni bilar edi, lekin bu sehr ilmini yaxshi biladi deyishdi.

Mana shunday tuhmatlar bo'ldi. Shunda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning huzuriga, mushriklar hech bir yo'l topolmadilarki, odamlarni uni davlatidan to'sishiga yo'l topolmagandan keyin, bir kishini Payg'ambar alayhissalomning huzuriga bir maslahatlashish uchun, ba'zi bir fikrlarga rozi bo'lsa, shuni biz Payg'ambarga aytib ko'raylik deb, A Husayn ibn Munvir al Huzo'i degan kishini jo'natdilar. Payg'ambar alayhissalomni oldilariga Husayn ibn al Munvir al Huzoi, Huzo'i degin kishilar keldi da, aytdiki, yo Muhammad, farroqda jamoat ana, vashatda ta shamlama. Vafa alta, vafa alta, voy in kun ta turidu ma'lan jamoani alaka, hatta takkun aksarana ma'la. Hey Muhammad, dedilar. Sollallohu alayhi vasallam. Siz, dedi. Kelib bizni jamoatimizni bo'lib tashladingiz derdilar. Va bizning birligimizni tarqatdingiz. Va bunday qildingiz, unday qildingiz deb ba'zi narsalarni sanadilar da, keyin aytdiki, biz sizga ba'zi narsani ko'ndalang qilamiz. Agar shu risolatni olib kelib, shunday qilishdan maqsadingiz mol jamlashlik bo'ladigan bo'lsa dedilar, biz sizga eng ko'p mollarni jamlab beraylik dedilar.

Va eng bizni ichimizda boy kishi qilib qo'yaylik dedilar. Voy agar dedilar, shu davlatingizdan maqsad ayol Makkada non chiqarib, go'zal ayollarga erishishlik maqsadi bo'ladigan bo'lsa, biz siz ixtiyor qilgan ayolni sizni huzuringizga keltirib beramiz dedilar. Agar dedilar podshohlikni mahkaning podshohligini qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz dedilar, biz sizga dedi, o'zimizni tepamizda boshliq qilib saylab olaylik dedi. Shunchalik darajada takliflar qo'yildi.

Shunchalik darajada takliflar qo'yildi. Haqiqatdan ham yagona Allohga da'vat qilib, haqiqiy ilmni da'vat qilib kelganlarning tepasiga ko'p sinovlar keladi. Xalq tarafidan va shaytonlarning tarafidan shunday sinovlar keladi, ig'ro, aldash dindan uni aldab chiqarishlik uchun. Shunda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, falamma intaha ming kalaminghi qol raho rasululloh afarotaya abo amron. Ey Abo Amron, dedilar. Siz gapingizni tugatdingizmi? Dedilar. Ha, men gapimni tugatdim deganlarida, endi men sizdan ba'zi narsalarni so'rayman, siz javob bering dedi. Siz aytdingiz men eshitdim dedi. Endi men sizdan so'ray, siz menga javob bering dedilar.

Xoli, so'rang men javob beraman deganlarida, aytdiki, yo Abo Amron, kam ilohim ta'bul. Ey Abo Imron, nechta Xudoga, nechta ilohga ibodat qilasiz? Dedilar. Deganlarida aytdiki, Abu Dusaba yettita ilohga, yetti Xudoga dedi, ibodat qilaman dedi. Ularning bittasi osmonda, oltitasi yerda dedilar.

Bundan ajablanmasak bo'ladi. Biz ibodat qilayotgan Xudolarning sanog'i yetti emas, yetmish yetti hozirgi kunimizda. Yetti emas,yetmish yetti. Uning bittasi osmondan oltmish to'qqiz tasi yerda bo'lib turibdi. Dehqonlar dehqonchilik qilishi uchun dehqon boboga deb turib, atab turib bir Xudoyi qiladi. Shamol bo'lsa, shamol boboga deb turib iz chiqaradi. Temirchilar temirchiga duradgorlar, duradgorg'i har bir sohani o'zini xos Xudolari paydo bo'ldi bu zamonimizda. Va ularga ibodat qilib, shularga qilmasak ishim yurishmaydi, orqaga ketib qoladi ishim deb qo'rqib, shuni qiladi da va men yagona bitta Alloh osmonda ekanligiga ishonaman deydi. Ha o'zi bu yerda yetmish tasini Xudo qilib ishlab oldi yerda, bittasini osmonga zapastka qo'yib qo'ydimi?

Mana bu bugungi kunda u Hishayn ibn Munzirning holatidan ham battarroq bir holatda turibmiz. Biz Alloh bilan bo'lgan odobga juda ham xilof ish qilyapmiz. Shunda aytdiki, Payg'ambar alayhissalom aytdilarki, fayza halakal ma'luman tado'u dedilar. Agar mol dunyoyingiz halok bo'ladigan bo'lsa, qaysinisiga duo qilasiz dedilar. Qaysini sizdan so'raysiz? Mol dunyo halok bo'lganda deganlarda, adu alladiy fissama osmondagisidan so'rayman dedi. Yomg'ir tushmay qolsa dedilar, qaysinisidan so'raysiz deganlarda osmondagisidanso'rayman dedi. Xonadoningizda osh qolgan vaqtingizda qaysinisiga duo qilasiz deganlarda osmundagisiga duo qilaman dedi. Unday bo'lsa dedilar, u yolg'iz o'zi qabul qiladimi yoki billalashib qabul qiladmi dedilar.

Yolg'iz o'zi qabul qilib sizga berishga qodirmi u osmondagisi? Yoki yerdagilar bilan maslahatlashib, o'shandan keyin sizga berami dedilar. Yo'q, u o'zi yolg'iz, osmondagini o'zi yolgiz qabul qilishga qodir deganlarda, unda siz yerdagilarga, yerdagilarni nima uchun ushlab yuribsiz? Dedilar. Yerdagisini nima uchun uchun ushlabsiz? Osmondagi yolg'iz Alloh o'zi sizni kasal bo'lsangiz shifo berishga, molingiz halok bo'lsa mol berishga, farzandingiz musibatlansa, musibatini ko'tarishga qodir ekan yerdagilar nima uchun dedi. Shu bizni hozirgi kunimizda ham ko'zlarimizni yaxshi ochishimiz kerak. Bu qissaning aytishlikdan sabablarini ham o'rtada zikr qilib o'tib ketdik. Kimlardir ozgina bir musibat bo'ladigan bo'lsa, folbinlarga yugurib, ularni aytganlarini tasdiqlaydi. Kimlardir avliyolarga yuguradi. Mana bu esa Alloh Subhanahu va Taolo bilan bo'lgan odobni buzgan kishilardan biridir.

Bu ibodat qilayotgan kishilarning o'sha vaqtdagi Makka mushriklari va ularning qilgan ibodatlari juda ham ular botlari bilan bo'lgan ibodatlari juda ham qiziq bo'lgan. Abu rajol ota oriydiy radiallohu anhu lammaqola kunna til jahili yana abdul asnam va lahjar va lashshar. Bu kishi aytdilarki, biz johiliyat davrida dedilar, butlarga, daraxtlarga va toshlarga ibodat qilar edik dedi. Johiliyat davrida Islom kelishidan avval, Payg'ambar alayhissalom risolat olib kelishidan avval butlarga, toshlarga ibodat qilardik. Bizni hozirgi kunda risolatdan keyingi davrda ham ba'zi bir daraxtlar tabarruklanmoqda. Va ba'zi bir toshlar qubbalar qo'yilib, ular juda ham katta bir hattoki tavof qilish darajasiga yetib kelmoqda.

Bu kishi shunday dedilar biz shunday toshlarni ulug'laridek dedi. Fakana ahadunaya abu du hajaron, bizdan ba'zilarimiz tosh olib yurardik, ibodat qilib yurardik. Bir musibat kelsa shu toshga qarab iltijo qilib, menga bunday musibat keldi, shu musibatimni yechib bergin. Nima deysan deb maslahat qilardik dedi. Agar yo'lda ketayotib, undan chiroyliroq tosh ko'rib qolsak, haligi toshni otib yuborib, ikkinchi toshni Xudo qilib olib ketaverardik dedi. Bu kulguli. Bugungi kunimizda bizni qilayotgan ishimiz ham bu bir avliyoning qabriga borib farzand so'rab ko'ramiz. Farzand ko'rmayotganlar. Agar u avliyodan keyin ham bir yil ichida yoki farzand ko'rmaydigan bo'lsa, u avliyo dil tashlab turib boshqa ikkinchi kattaroqligiga o'tib ko'ramiz. Xuddi bular toshni olib tashlab yuborganga o'xshab, biz ham avliyalarni bugun bunisini Xudo qilib ushaymiz. Ertaga ikkinchisini, uchinchisini qo'yavering chi, Sayromda bor Sansuz bob, Turkistonda Tuman bob deb mana shunchalik darajaga keltirganmiz.

Adadi yo'q Xudolar degan narsa bo'ladi bu. Bu narsalardan ehtiyot bo'lish kerak. Shunda. Hatto dedilar, biz safarda yurgan vaqtlarimizda Xudolarimizni o'zimiz bilan birla olib yurar edik dedilar. Va ovqat qilishlik uchun safarda sahroda qumning ustida tosh topilishi juda qiyin bo'lib turgan joyda ba'zi bir toshlarni topib kelib, ovqat qilichlik uchun tagiga tosh qo'yardik degan. Shunda ikki tosh topib, uchinchisiga topmay qolsak, Xudolarimizni qo'yib turardik derdilar. Toshni Xudo qilib ushlab, shuni qozonni tagiga qo'yib, qozonimizni ovqatimizni pishirib olsak qo'yib turardik deydi. Mana shunchalik darajada ularning aqllari shunday bo'ladigan bo'lsa, bizniki ham hozirgi kunda undan baxtarroq bo'lib turibdi. Va yana aytadigan bo'lsa u domullolar nimani bildi? Mana bunaqa karomatlar bo'lyapti hozir borganlarga deb, bir shaytonlarning ko'rsatgan narsani karomat deb yurganlar juda ko'p.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu ba'zida yig'lardilar va ba'zida kular edilar. Shunda kuladigan narsalarni so'ragan vaqtlarida, nima narsa uchun kulasiz deganlarida, biz johiliyat davrida dedilar, xurmolardan dedilar, Xudo qilib olar edik dedi. Xurmolarni Xudo qilib olardik dedi. Yo'lda ketayotgan vaqtlarimizda qornimiz oshib qolsa dedilar, uni yeb qo'yar edik dedi.

Uni yeb qo'tar edik dedilar. Mana shunchalik darajada bo'lganligimizga men endi Islomni qabullab, men bu narsalarning kulguli ekanligidan endi kulyapman degandilar. Shirk, demak, Allohda boshqaga ibodatni burishlik, bu Allohga bo'lgan odobning yo'qligi va yomon axloqlardan biri va eng katta gunohlardan, Alloh kechirmaydigan gunohlardan shirk deb ataladigan gunohlardan biri shu.

O'tgan kishilardan birining hissasini zikr qilib aytadiki, bir kishi tovhid yagona Allohga ibodat qilish to'g'risida kitob yozdi dedilar. Va shu kitob o'zi yozgan kitobdan dars bera boshladi. Madrasada va masjidlarda shogirdlarga shu kitobdan dars berib dedi. Kunlardan bir kuni bolalar o'sha o'zining shogirdlari aytdiki, ey shayx dedi, siz faqatgina tovhid, Allohning yagonaligi haqida dars o'tasiz, lekin boshqa darslar ham ko'p ku dedi.

Payg'ambar alayhissalomning siyratlari, tarixlari va Qur'on, uning tafsiri, hadis va uning sharhlari va fiqh masalalari, mana bunga o'xshagan mavzudagi kitoblar juda ko'p. Shundan dars o'tsangiz yaxshi bo'lardi dedi. Shogirdlarning bergan taklifi shu bo'ldi. Shunda shayx aytdiki, ustoz aytdiki, mayli, men inshaalloh bu fikrni bir o'ylab ko'raylik, dedilar da, uylariga ketdi. Ertasi kuni darsga g'amgin bo'lib, juda ham bir xafa ko'ringan holatga kirib keldi. Shogirdlari so'radiki, shayx, ustoz, sizga nima bo'ldi deganlarida aytdiki, anna roj bilan fiqh or yating mujaviroq, sekinabay tanjalidan va havfamin ta'rrulil jinnahu fadhabahaddiy kaninda otabati ba bilbaytdi. Bizni dedi, qo'shni qishlog'imizda bir kishi ko'chib keldi shu yerga dedi. Va u uyga kirgan vaqtlarida, yangi olgan uyga ko'chib kelganlarida, u yerda jinlar yashaydigan bir uyga kelib o'rnashdi. Hech u yerda turishni imkoni bo'lmay, unga jinlar aziyat yetkazganligidan, ba'zi kishilar jinlarga atab bir tovuq so'ying degan ekan, shu tovuqni qurbon qildi shu kishi dedilar.

Shogirdlari, ha, shunaqa bo'ldimi deb qo'ydi. Va ertasiga yana darsdan keyin ketib, ertasiga qaytib keldilar da, yana g'amgin bo'lib kechagindan ham battarroq holatda kirib keldi. Kelganlarida shogirdlari yana so'radi. Sizga nima bo'ldi deganlarida aytdiki, kechagi qo'shnim dedilar. Kechagi qo'shnim dedilar, o'sha kecha aytgan ishdan keyin ham hech bo'lmagandan keyin ba'zi bir kishilarning oldiga borib, qanday qilib shu uyda tinchlik, halovatlik bilan yashasam bo'ladi deganda, u odamlar unga onangiz bilan zino qilsangiz, mana shu vaqtda siz shu uyda xotirjam yashay olasiz degan ekan, onasini zino qildi dedilar.

Mana buni gapini eshitgandan keyin, shogirdlar barchasi hozir biz aytganimizdek, astag'firulloh, bu qanday bema'nilik deb shovqin suron boshlandi sinfda. Shunda ustoz aytdiki, sizlar hali gunohlarning farqini ajratadigan darajaga kelmabsizlar dedi.

Gunohlarni farqini ajratadigan darajaga kelmoqchilar dedi. Alloh subhanahu va taolo har qanday gunohni kechiraman, zino bo'lsa, aroq ichgan bo'lsa, boshqa bo'lsa, har qanday gunohni kechiraman, lekin allohga shirin keltirilingan, shirin qilingan gunohni men hargiz kechmayman dedi. Men kecha dedi, alloh uchun emas, jinlar uchun atalib tovuq so'yda yetdi deganda, so'ydi degan vaqtlarda sizlar indamadinglar dedi.

Agar bir kishi tovuq emas, bir pashshani allohdan boshqasi uchun qurbon qiladigan bo'lsa, jahannamga tushadi. Buni alloh taolo kechirmaydi. Ammo bugun onasi bilan zino qildi degan vaqtimda, sizlar shovqin suron qilyapsizlar dedi. Sizlar dedi, gunohlarni qaysinisi alloh kechiradi va qaysinisi kechirilmaydigan ekanligini ajratadigan darajaga kelmabsizlar dedi. Sizlar tavhid kitobini ochinglar, shundan darsni boshlaymiz degan ekan.

Demak, biz Allohni yagonaylaydigan va shirk, Allohga shirk keltiradigan amallarni kundalikda dars qilib o'ssak, matinda faqat namozdan boshqa narsa qolmaydi deganlar.

Payg'ambar alayhissalotu vassalomning ummatida namozdan boshga narsa qolmaydiganlar. Haqiqatdan hozirgi kunimizga bir nazar solaylik. Alloh Taolo Qur'onda ayollarni hijob kiyishlikka buyurdi. Necha yillar davomida Islom shariatini o'rganayotgan kishilarni uylariga boradigan bo'lsak, ayollar ochiq yuribdi.

Alloh sallallohu a'lam va Taolo riboni harom qildi. Necha yillar davomida shariatda yurgan, namoz o'qib yurgan kishilarnni eshitadigan bo'lsang, ular shu ribo bilan shug'ullanyaptilar. Mana shuning uchun hozirgi kunda biz bunday nazar solsak, bizni namozdan boshqa qiladigan bir ibodatimiz qolmagan. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytganlaridek.

Alloh subhanahu va Taoloni ulug'lashlik bir necha ishlar bilan ro'yobga chiqadi. Agar kim Alloh subhanahatollohni ulug'laydi deb savol beradigan bo'lsak, bu yerda shak shubhasiz barcha kishilar shu yerda o'tirganlar, biz barchamiz Alloh subhanahatiollohni ulug'laymiz deb aytamiz. Ammo endi biz bir nazar solaylik. Haqiqatdan barchamiz Allohni ulug'layapmizmi, yo'qmi, shu narsaga qaraymiz. Alloh Subhanahu va Taoloning ulug'lashning birinchi turi Alloh Taoloning kalomini, Qur'onni ulug'lashlik.

Qur'onni ulug'lashlik, uni ko'tarib, toqchaga, yaxshi bir oq bolalarga, yo bo'lmasa bir sochiqlarga, qimmatbaho sochiqlarga o'rab, hech kimning qo'li yetmaydigan joyga qo'yib qo'yishlik. Qur'oni ulug'lashmas, qur'on ni xorlash bo'ladi. Qaysi kishi uyida Qur'onni shunday o'rab olib qo'ygan bo'lsa, u odam qiyomatda Allohni oldida javob beradi. Shuning uchun ba'zi olimlar uyida agar ikkita Qur'on jamlanib qoladigan bo'lsa, agar kundalikda shu ikki Qur'onni ikkalasini qarab o'qib turmaydigan bo'lsa. Birini o'qib, ikkinchisini o'qimayotgan bo'lsa ikkinchisini olib borib hadya qilib yuborar ekan. Allohning kalomi o'qilmay, uyimda turgan bo'lsa qiyomatda men qanday javob beraman deb ikkinchisini o'qiy biladigan odamlarga aloqa berar ekan. Mana bu endi uni o'qishlik bilan e'zozlanadi Qur'on. Endi qarang, biz shu yerdagilarning yoki musulmonmiz deyotgan kishilar bugungi kunda haqiqatdan Alloh Taoloni e'zozlab, ulug'lab, uni kalomini o'qib, o'qiy olyapmizmi? Alloh Taolo Qur'onning bir harfiga o'n soatdan deb turibdi. Alif la min bu bir harf demayman dedilar.

Alif bu bir harf, la bir harf, min bir harf. Mana buni har biriga o'n tadan bo'lganda o'ttiz soat dedilar. Demak musulmon kishi o'zining dasturi bo'lmish, kundalikdagi uni to'g'rilikka boshlab turadigan Allohning kalomini o'qiy bilishligi kerak. Mana shu vaqtda Allohni ulug'lagan bo'ladi. Va ikkinchisi uni tadabbur qilib va uchinchisi uni ma'nolarini, o'qiganda ma'nolariga to'xtab, to'rtinchisi Alloh Taolo nimaga buyuryapti va nima narsadan qaytaryapti deb shu narsalarga nazar bilan qarab o'qigan kishilar bo'ladi. Alloh Taolo aytadiki, vaqolar rasulul ya robbi inna qomi itta harvoh hazil qur'ana mahjuro. Qur'on surasida Alloh Taolo shu oyatni keltirdi. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, ey raqayvordigoro, mana bu qavmim dedilar. Bu Qur'onni undan yuz o'girgan holatda ushlash dedilar. Qur'onni tashlab qo'ygan holatida ushlash dedilar. Qanday? Qur'onni ochib, o'qib, amal qilmaymiz da, uni o'rab, yaxshilab, uzoq, baland joylarga qo'yib qo'yadigan bo'lib qolganmiz. Hattoki ulamolar va sahobiylarning davrida Qur'onni uch kundan kamida o'qishmagan.

Uch kun o'tganda Qur'onni haqm qilib turgan ular. Biz o'zimizni hayotimizga agar bir nazar soladigan bo'lsak, Qur'onni hayotingiz mobaynida nechta marta xatm qilib tugatib chiqqansiz degan savolga har kishi o'ziga o'zini nafsi bilan javob bersin. Umr mobaynida Qur'onni necha marta tugatgansan degan savolga o'zi javob beradi.

Insonning Alloh subhanahu va taolo payg'ambar alayhissalom aytdilarki, qiyomatda insonning qadani o'rnidan jilmaydi, to to'rt narsa haqida so'ralmaguncha deydi. Molni qayerdan olgan va qayerga sarflaganligi va umrni nima narsada o'tkazganligi haqida so'riladi dedilar. Biz umr deganligimiz uchun mana bu umrni agar Qur'on o'qishni o'rgatmagan holatda o'tadigan bo'lsak, albatta Alloh taoloni oldida unga ham savol javobi bo'ladi. Biz odoblarni, Alloh bilan bo'lgan odoblarni ikkinchisidamiz. Allohning ulug'lashni ikkinchi, Allohni ulug'lashlik Allohning toatiga va yaxshilik amallariga oshiqishlik bilan bo'ladi. Allohni amri kelgan vaqtida, yana ikki nima bilan tugatib yuboramiz a? Allohning amri kelgan va qtida yoki yaxshilikka undaydigan bir amal kelgan vaqtda, darrov inson o'sha narsaga, o'sha amalga oshiqib ketishlik bilan bo'ladi.

Haqiqatdan ham Allohni mahabati qalbida to'liq bo'lgan kishilar shu narsani qila oladi. Bunga misol biz avvalgi darslarda aytdiki, Abdulloh ibn Mas'uddan vorid bo'lgan hadisda Alloh subhanahuhu va taoloning va man yuqriyullohu qardin hasana kim Alloh subhanahhu va taologa go'zal qarz berib turadi degan oyat nozil bo'lganda, Alloh taolo go'zal qarz deb aytdilar. Shunday oyat nozil bo'llgan vaqtlarda aytdiki Talha rodiyallohu anhu aytdiki, yo Rasululloh, Alloh subhanahum va taolo bizdan qarz so'rayaptimi dedilar.

Oyat nozil bo'lishi bilan sahobiylar amal qilish boshlanyapti. Bizdan Alloh qarz so'rayapdimi dedilar. Ha, deganlarda Payg'ambar alayhissalom, men sizni guvoh qilamanki, men Madinadagi eng go'zal bog'im va unda olti yuz tub. Qurmo daraxti bilan bo'lgan bog'ni Allohga qarz berdim, Allohga sadaqa qildim deydilar. Ana endi bu yerdagilar yaxshiroq biladi, olti yuz tup o'tkazilgan yer qanchalik masofadagi yer ekanligini hisoblab olishi mumkin.

Mana bular oyat nozil bo'lishi bilanlar amal qila olgan ular. Yaxshilik amallarga shoshgan. Nimaga? Allohni kalomini ulug'lab, Allohni ulug'lay olgan, haqiqatdan ham qalblari Alloh bilan to'lgan kishilar edi. Va Allohni ulug'llashning uchinchi turi Alloh taolo qaytargan narsalardan inson qaytishligi. Alloh harom qilibdi deb eshitgan vaqtida, unga fotvo izlab, ruxsat izlab, olimlarni unisiga borib, bunisiga borib yurmasdan darrov to'xtashlik.

Biz modomiki vaqt, ma'ruf etilgan vaqt tugaganligi sababli Alloh bilan bo'lgan odatlarni ikkinchisida to'xtatyapmiz va yana uchinchi va to'rtinchi odoblarni qisqacha zikr qilamiz. Allohdan qo'rqish odobiy, Allohdan uyalish odobiy va Allohga tavakkal qilish odobiy. Alloh subhanahu va taologa iftixor qilib o'zining xor tutishlik odoblari, allohning shariatida hukm qilish odoblari,allohni zikr qilish odobalarini biz hali to'xtamadik. Alloh nasib qiladigan bo'lsa, kelasi darsligimizda shu ba'zi bir odoblarga to'xtash bilan birgalikda Payg'ambar Alayhissalotu Vassalom bilan bo'lgan odatlarga ham to'xtalib o'tamiz. Alloh Subhanahum va Taoloning go'zal ismlari va buyuk sifatlarini o'rtaga qo'yib so'raymizki, Alloh Subhanahumva Taolo shu yerda aytilingan masalalarga hammamizni amal qilishni nasib qilgan bo'lsin va Alloh Subhanahumi va Taolo bu majlisimizni rahmat va barakatlar yog'ilgan majlislardan bo'lgin qilgan bo'ilsin. Allohimma la tada'alana baynana shaqigan vala mahruma, bizning oramizda shu majlisda o'tirgan kishilarning ichidan birontamizni shaqiy ba baxt kishilardan qilmasin.

Keyingi darsni tinglashMamurjon domla (Yetikof) 2-dars