Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Namozini bizlar endi kunda o'qiymiz deb niyat qilyapmiz. Qiyomullayl qilib, kunda namoz o'qib, oxirida vitr namozini o'qiymiz. Kunda turmayman degan odamlar hozir vitr namozini birozdan keyin bo'lsin, ketishidan oldin masjidni har qayerida vitr namozini o'qib chiqib ketsa bo'laveradi. Lekin bizlar o'n, oxirgi o'n kunlikni kechalariga kirib kelyapmiz. Mana Alloh nasib qilsa. Payg'ambar alayhissalotu vassalom kuniga qiyamullayl qilardik. Biron kun qiyomullaylik degan tunda namoz o'qiydi deydi. Tunda turib, uchdan biri qolganda namoz o'qirdi. Va ramazon oyi kirganda undan ham ko'paytirardi. Oxirgi o'n kunlik bo'lgan vaqtida shadda me'zara hu voy quva ahlahu deydi. Shunchalik yengina shimarib deydi, Payg'ambar eson qattiq ibodat qilgan, yengina shimarip turib, ahallarini ham uyidagi ayollari, farzandlarini uyg'otib, ya'ni shu oxirgi o'n kunlik uyqusiz, bedorlik bilan o'tkazilardi deydi.
Shuning uchun Qiyomullaylni mana shu oxirgi bir kunlikda tunda namoz o'qib, Laylatul Qadrni Alloh Taolo eng ulug' kun qilgan kecha, Laylatul Qadrniy, Alloh Taolo muvaffaq qilishligini so'rab, shu kechaga to'g'ri keladigan bo'lsak, gunohlarimiz kechirilib va butun nimalar, ming yillik ibodat deydi, ming yillikk ibodat sakson uch yil va undan ko'proq muddatga to'g'ri kelarkan. Shuni ajrini umid qilgan holatda kechalarida namoz o'qish to'qqa anaqa qilamiz, harakat qilamiz. Qo'lidan kelgan odamlar kelib, kechasida namozga qatnashishi mumkin. Hozir soat qancha bo'ldi? O'n besh minutga ham o'n ikki. O'n besh minutga ham o'n uch bo'lsa, soat bir yoki bir dinsayr o'tib, bir yarimda boshlaymiz da, Alloh nasib qilsa, namozni. Endi mana nima, Etikafga bolalar mana kirdi. Etikaf bu Ramazon oyida Payg'ambar alayhissalomning sunnatiy, oxirgi o'n kunda Payg'ambar alayhissalom masjiddan chiqmasdan, o'zini masjidga bog'lab, dunyo so'zlaridan so'lamasdan, faqat oxirat ishlari bilan shug'ullanib, nima qilardik, o'zini tozalab, butunlay bir boshqacha hayotni kechirib chiqadi inson bu e'tikofni.
Payg'ambar aleyhissalomni sunnatlari, Payg'ambar ali alayhissalom o'n kunning kam e'tikka e'tikof qilmagan ekan. O'n kunlik kam etika qilmagan. Bir kunlik etika, yarim kunlik etika, bir soatlik etika, keyin namozni namozgacha etika degan narsasi Payg'ambar alayhissalomni vaqtida bo'lmagan ekan. Inson shunchalik tozalanishligi uchun o'n kun unga misol ozg'in ham qiladi. Bu inson deydi, o'zini haqiqiy Allohning bandasi ekanligini isbotlashlikning bir tariqasi yo'li degan ekan, e'tikaf. Chunki dunyodan sug'urilib, Alloh uchun ajralib chiqib, ey Alloh, haqiqatdan sen mening rabbimsansan, men esa senga qulman degan narsani ko'rsata olishlik, bu judayam qiyin narsa ekan. E'tikafga kirishlikdagi bir inson his qiladigan narsa mana shu ekan. Alloh Taolo haqiqiy qulman, sen mening rabbimsans, mana butun ishlarni tashlab, seni huzuringga o'n kunga mana keldim yo Alloh degan narsa ekan u. Shuning uchun buni qilishni rosa ag'ir masala. Mana shu e'tiqodga kirilyapti. Bu e'tiqodda inson faqat ibodat bilan mashg'ul bo'lishlig'i, dunyo so'zlar bo'lmaslig'iga harakat qilinmas.
Lekin shartlar qo'yyapmiz, e'tiqod va shartlar. Juda ham ko'p odam bo'lib ketsa, keyin ularga qabul olmaslik shartini qo'yyapman. Ikkinchisi, bollarni, yosh bollarni qabullamaslik shartlarini qo'yyapmiz. Shuning uchun me'yada yurgan yosh bollarnin atalari hammasi menga uchrasin. Bollarini yetaklab uylariga ketishadi.
Namozg'a olib kelamiz desa, namozg'a yetaklab kelib, bolasi yonida tursin. O'qiyapmiz, tilovat qilyapmiz. Bizlar qancha qirq qirq otni ko'tarib, ovozimizni ko'targan sayin, bolalar ham shu vaqtda gapiryapti. Bilyapsizlarmi? Shu vaqt topalang qilib olyapti da, bizlar rukoga borgan vaqtimizda ular ham jip jit bo'lib qolyapti. Saydaga borganimizda jim jit bo'lib bo'lyapti. Yoningizda tursin bolangizni. Masjidga boraman, olib boraman men. Ikkita bolam, uchta bolamni olib boraman. Uchchalasini yonimda ushlab turaman. Ana shu qilolmasamiz, unda olib keling. Nimaga endi o'zingizni ham namozingizni, birovni ham namozini battle qilishlikda hojati bo'lmaydi? Shuning uchun keyin bolalarni tashlab qo'yib turib, o'zi otasi ham yo'q, onasi ham yo'q e'tikofga tashlab qo', degan narsa, u qiziq emas. Tushunarlimi? Bolalarni, yosh bolalarni, balog'atga yetmagan bolalarni qabul olmaymiz. Ularga pariz ham emas, e'tikof.
Xo'sh. Ramazon ro'zalari va ramazon oyining bir lazzatini, ta'mini tortqonlarmi? Qanaqa ta'mi tortqonlar mana shu kungacha ramazonni ro'za tutib. Kim aytadi?
Mazza qilib ta'm tortqonni. Uylangan yigitni so'rasang, qanaqa ekan desang, bayon qiladi a? Ha, sizlardan so'rayapmiz. Ramazon ro'zasini tutib, qanaqa lazzat, qanaqa taymini ko'rdinglar? Nima bo'ldi? Hozir ashxonda zo'r bo'ldi. Kim aytyapti bu gapni? Soxtaladanmi? Kim bu? Risaliddinmi aytyaptimi?
Mashallah. Valik. Ikki yuz o'ttiz besh jiguli. Ikki yuz o'tiz besh jiguli avvalo mashinangiz. Mana. Buyoq mana endi lazzatini topdi da. Ramazon ro'zasini ta'mini tortishlik deydi da. Hamma narsani ta'mini tortmasangiz, unda uni qizig'i yo'q. Namozni o'qigan vaqtimizdan, namozni bir lazzatini taqmasangiz, namozda, demak siz namoz o'qimabsiz. Namoz o'qigan va qaqda qalbingizga rahmat, orom kirib, bir narsa o'zingizni yengil sezib, Alloh Taolo bilan gaplashyapman degan narsa bir quvonish sizda paydo bo'lmasa, namoz o'qib shunaqa bir quvonish paydo bo'lmazasizda, unda namozni lazzat taqmadimiz. Oddiy narsa. Ishingiz bitmayotgan edi. Ishingiz bitayotgan edi. A? Shundan keyin sizni shunday hokim chaqirdi da, o'zi chaqirdi da aytdiki, seni shunaqa ishladingmi, mana kemadingmi deb aytgan edi. Shu kuni endi o'zingizni quvonishingizni ko'ring.
Oho, o'zi chaqurdi da, meni shunaqa qildi deb turib, quvonib ketasiz. Bu bir bandaning chaqirgan, bir gunohkor, asiy bandaning sizga bir ko'rsatgan xushamatiga shunaqa bir quvonki, ha bizlar Alloh Rabbul Alomin oldida turib, namoz o'qib turib, ana shunda bir quvonch paydo bo'lmasa qalbimizda, ana shu vaqtda bir lazzat topmasa, unda namozda hech nima bo'lmaydi. Ro'za ham xuddi shunaqa. Ro'zani o'qib turib, e ro'zani kutib turib, ro'zani tutib kechki iftorlikni qilgandan keyin, ana endi lazzatini topmaydigan bo'lsa, unda bizlar ro'zani nimasini bilmayotgan bo'lar ekanmiz. Ro'zada shunaqa bir shu'rlar, men avval jumayda aytganman, tehrallaymiz. Shunday insonda shunaqa his tuyg'u uyg'onishi kerak. Ro'za kutgan vaqtda. Birinchisi deydi, siz o'zingiz tasavvur qiling, deydi. Umrimiz bizlarga mahdud chegaralangan umr.
Bir insonga deydi, million tangangiz bo'lsa da, ichidan ming tangangiz shubhasi sezmaysiz a, million tangada ming tanga tushib qolganini. Lekin bir insonda deydi, o'n ming tangangiz bo'lmasa da, ming tangangiz suhbasi achimas. O'n ming tagangiz bo'lmalar mingta. Bizlarga million yil umr berilmadi. Million yil umrdan bir yili, ikki yili bunday o'tib ketsa, million umr yildan bir, e, boya ming yil o'tib ketishsa achinmasangiz mumkin. Lekin bizlarga chegaralangan boyag'anaqa umr berildi, ellik yil, oltmish yil. Shuni ham, shuni ham bizlar rohatlanib, lazzat topib, ro'za bilan o'tkazmasak, ro'zalarni chala chulpa qilib, boyag'anaqqa o'tkazadigan bo'lsak, unda ziyon qilib qolar ekanmiz. Lazzat topishlig'i uchun ramazon oyida birinchisi, Alloh ro'zani shunaqa inson quvonishi kerak ekan. Alloh taologa mahabbat bilan yaxshi ko'rish, Alloh tarz qilganiga shukur shu ro'zani. Alhamdulillah, shuncha insonlarni ichida ro'za tutmayotgan shuncha insonlar bor. Shularni ichida meni yaxshi ko'rdi da, ro'za tutishni menga nasib qildi shuni.
Alloh buni yaxshi ko'targan bandasiga beradi. Alloh meni yaxshi koribdi, menga beribdi, men Allohni yaxshi ko'dim deb turib, ro'zani mahabbat bilan tutishdi deydi. Ha parish qilgan ekan, iloji yo'q deb ketyapmiz endi, bu ham pariz ekan. Juda ag'ir bo'ldi, gazda yomon bo'lyapti demasdim da. U boya Alloh taologa muhabbat qilib tushsa inson, haqiqatdan uni nimasini biladi? Zavqini, lazzatini biladi. Mana Ibn Qayyum rahmatulloh alayhning gaplarini olib kelibdi. Ala qadar muhabbatil abdulloh takunu muhabbatulloh lil abd. Odam qanchalik Allohga muhabbat qilsa debdi. Allohni yaxshi ko'rsa, Alloh Taoloning ham bandani yaxshi ko'rib shunchalik bo'ladi debdi.
Allohga yaqinlik qilg'imiz kelyaptimi? Ichimizda qay birimizni Alloh Taolo ko'proq yaxshi ko'rishni xohlaymiz? Men ham xohlayman. Bu joyda hammaning ko'proq intilishiga xohlaymiz. Boshqa narsada misol uchun, orqaga o'zimiz tashlashimiz mumkin. E mayli, mana bu birodarimga bo'lsin mana bu narsa. Yaxshilik mana shunga bo'lsin deb da. O'rtaga bunday pul tashlab qo'ysakda, kim olishni xohlaydi desa, yugurib borib olgan odam u sheris bo'ladi. Sheris degani osh ko'z da. U odam nima bo'lishi kerak? Birodarga, siz oling, siz haqlibsiz deyish kerak. Lekin bu yerda Allohni mahabbatiga loyiq bo'lishni kim xohlaydi endi? Birodarini ko'kragini turtib turib, men birinchi boraman deb sehrash kerak da u yerga. Men birinchi ana shu Alloh yaxshi ko'radigan odam, men bo'lishim kerak deyish kerak ekan. Uning uchun nima qilishimiz kerak ekan? Alloh Taolo yaxshi ko'radi. Alloh Taolo nimani pariz qilsa, pariz, Allohni parizin qilmasa bo'lmaydi endi, Allohni parzi demasdan, mahabbat bilan yaxshi ko'raganligimdan qilyapman deb turib qilish kerak ekanda shu narsani. Namozni nima uchun o'qiyapsan deyapti? Pariz uchun durust part, lekin mahabbat, men namoz o'qimasam tura olmayman deyish kerak. Men namoz o'qimasam tura olmayman. Birodar bo'ladi, chekmasam tura olmayman deydi. Og'iz ochishi bilan chekadi. Birovlar ishmasa tura olmaydi. Birovlar ayolini oldini uzoq keta olmaydi.
Ko'rmasa tura olmaydida. Birov farzandini ko'rmasa, hammani har narsaga mahabbati bor. Inson Allohni paris qilgan narsalariga shunaqa mahabbat bilan bajarsangiz, shunda Allohga yaqin, eng yaqinimiz shu bo'lar ekan. Ichimizdagi eng yaqin tarzni bajarganlar emas ekan. Mahabbat bilan bajarganlar ekan. Yaxshi ko'rib turib, sevinib, ro'za kelyapti mana, ro'za kelayapti deb, xursand bo'lib, endi o'zingizni qo'yar ekan, joy topa olmasdan, ana shunaqa qilib turib, bajargan kishi ekan. Mahabbati qanchalik sizni Allohga mahabbatingiz qanchalik bo'lsa, Alloh ham sizga mahabbati shunchalik bo'ladi.
Har bir narsani ta'mi bor, zavqi bor, lazzati bor. Inson taom yesa ham ta'mi bor ta'bini. Farzand ko'rsa, farzandni o'zini boshqacha ta'mi bor. Nevara suysa, nevarani o'zigacha ta'mi bor, hamma narsani ta'mibor. Uni til bilan yalab yo og'iz bilan chaynab ko'rish shart emas.
Farzandning ta'mini hammamiz bilamiz. Farzandni dag'ini ham hammamiz bilamimiz. Tug'ilganda qanaqa suyunasiz? Mana shu ta'm. O'lib qolganda qanaqqa xafa bo'lasiz? Eng sevgan farzandingiz o'lib qolsa, mana bu dag'ni. Ibodatni ham ta'mi bor deyotganimiz mana shu. Uni yeb ko'rishimiz shart emas. Uni qilgan vaqtimizda ich ichimizdan ash narsani sezishligimiz ash ta'min. Ash ta'min bo'lar ekan, ibodat. Aytyapti.
Va Alloh Taoloni yaxshi ko'rib turib qilgan ibodatni ta'min, hech bir narsani ta'miga o'xshamaydi. Alloh Taoloni, yaxshi ko'lib turib qilgan ibodatingizni ta'min, nima deydi, hech bir narsaga nima qilmaydi, o'xshamaydi deydi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytgan, shuning uchun uchta narsa bor deydi, shalatun, man kun nafixi vajada halovat aliman. Uchta narsa bar, kimda shu narsa bo'lsa, imonni ta'mini tortadi deydi. Uchta nasa, kimda shu bo'lsa, imonni ta'mini tortadida deydi. Koridorda o'xshab. Koridordami?
Uchta narsani ta'minini tortadi dedi. Biri dedi, aniakun Alloh va Rasuluh ahabba ila imin emas yuvar. Alloh va Rasul butun hamma narsadan insonga sevikli bo'lishi deganda. Alloh va Rasuloh qanday sevikli bo'ladi? Alloh Taolo buyurgan narsalarni mahabbat qo'yib, qalbimiz bilan xursand bo'lib, qabul qilib bajarishimiz ana shu hammasidan sevikli bo'lib.
Xo'p. Bu yerda Alloh Subhanahu va Taolo bizni yaratdi. Bizga rizq beryapti. Butun hamma narsani bizlarga beryapti. Yana alloh subhanahu vataolo deydi, hamma narsani berib turib, keyin bandasidin allohga tavba qilishligini kutib turibdi deydi. Tavba qilsa Alloh Subhanahu Taolo xursand bo'lib ketyapti. Bu Ibn Qayyum Rahmatulloh Alayhi aytadi. Men ajablanmayman. Bir odam deydi, bir qul.
Min abdin mamluk yetakqarib ilasaga deydi. Bir qul deydi, o'zini sayyidiga nima narsasi bo'lsa olib borib beryapsan, uni ajablanmaysan deydi da. Bir ishchi o'zini egasiga, xo'jayiniga nima narsa bo'lsa olub borib beryapsa, ajablanmaysa desa, podxod qilyapti deysiz da endi. Xo'jayin da endi anavi katta. Lekin ajablanardaysiz deydi. Xo'jayini o'zini ishchisiga podxod qilib qolsa nima bo'ladi? Ajablanasiz da, nima unaqa bo'lyapti ekan deydi. Shuni ajab. Subhanalloh deydi. Alloh taolo bandasiga ana shunaqa muomalada bo'lyapti deydi. Bandasiga beryapti, nima qilyapti, hamma narsani, ne'matlarni yog'diryapti, sog'liqni beryapti, butun hamma narsani muhayyo qilib turib, yana bandasidan faqat kutayotgan narsasi shu tavba qilsa, shu bandani. Deb Alloh Taolo shuni kutayapti deyapti. Alloh Taolo muhtoj emas bizlarni tavbamizga, bizlarni ibodatimizga muhtoj emas. Allohni mehribonchiligi. Alloh Taoloni bandalariga bo'lgan mehribonchilligi.
Xo'p, bizlarni Alloh Taologa nisbatan qanaqa bo'lishimiz kerak ramazonda? Xuddi deydi, bir maxluq deydi. O'zining xo'jayiniga, o'zini egasiga qanaqa ravishda itoat qilsa deydi. Itni deyapti. Shunchalik qo'pol bo'lsa ham itni egasi bir parcha go'sht tashlaganligi uchun it egasini orqasidan itoat qilib, sahroda qumluqda yursa ham orqasidan tilini hakillatib, egasini orqhasida yuradi. Egasini orqyasidan ergashadi. Qaysi yo'ldan yursa, shu yo'lga yuradi deydi. It deydi. Bir parcha nima? Shunga tashlayapti ega nimaga itga. Alloh subhanalloh bizlarga bir parchaga emas, bizlarga butun riziqlarni, eshiklarni ochib qo'yib, chizgan yo'limni yur desa, bizlar ana shunchalik ham bo'la olmayapmiz ekanda. Boyagi itchalik ham Allohga itoatkor bo'la olmayapti deydi da. Inson shu ramazon oylarida Alloh subhanotu alayhi va qilayotgan ibodatda qattiq nima bo'lishligi kerak ekan, ich ichidan his qilgan holatda ergashligi deydi. Ikkinchisi, bu yerda ba'zi narsalarni aytganmiz, men boshqa anaqasiga to'xtamoqchiman.
Siya munar ramadon yafina li duxunina al jannat. Haybat bilan Alloh Taologa haybat, qo'rquv. Qalbimizda qurish kerak ekan da. Buyuk zot Alloh Taolo. Shunday buyuk zot bizlarga ro'zani parij qildi. Ertaga Allohni oldiga borsam, meni ma'no tutgan ro'zam jannatga kirishimi yetarmikin degan savol bo'lishi kerak ekan. Shu qilayotgan ro'zamiz yetadimi jannatga, jannatga kirishingizga? Shu o'qiyotgan namozimiz jannatga kirishimiz uchun yetadimi shu?
Savolni. Yo'q, yetmaydi ekan. Bu qilyapman, ibodatlarimiz yetmaydi. Agar salif saliflarni ibodatiga bizlar solishtiradigan bo'lsa, bizlarni ibodatchimiz razmeda o'ynab yurgan bolalarni ibodati bo'lib qoladi. Meyirda baqirib chaqirib yurgan bolalarning ibodatida qolib qoladi bizlarni ibodsatimiz. Shofiy rahmatulloh alay tunda bir marta Qur'onni boshidan oyog'icha xatm qilardi, kunduz kuni bir marta boshidan oyog'da xatm qilardik.
O'ttiz kunda oltmish marta Qur'onni xatm qiladi. Tasavvur qiling chi. Alloh Taolo qanaqa baraka bergan ularni nimasiga. Qay birimiz bir marta Qur'onnni xatm qilib chiqdi. O'qiganmag'anadim, bir marta boshidan oyog'icha Qur'onni tinglab chiqdi. Ramazon oyi Qur'on nazl bo'lgan oy ekan deb turib.
Ana. Tutayotgan ro'zamiz, namozimiz bizni jamiyatga kirishga yetmaydi. Bu Buxoriy rahmatulloh alayk kuniga, tunda bir marta Qur'onni xatm qilar edi. O'ttiz kunda o'ttiz marta Qur'oni xatm qilardi. Imom Buxoriy. Muhaddis olim. Ana endi qiyomat kunida Alloh subhanahu va taolo shunday bir farishtalarni yaratib qo'ydi hozirgi vaqtda. Ularni yaratgandan buyog'iga rukuda turadigan, ruku qilib subhan robbiy al azim deb Allohni poklab turadi. Yaratgandan buyoqigiga sajdada turadigan farishtalar bo'ladi va qiyomatda bo'lganda deydi, Alloh subhanah taolo surnay nafha urilib, hamma o'zining ketib qaytib, o'ziga kelgan vaqtlarida haligi farishtalar turib aytar ekanki, ya robbana man abadna aka haqqa ibodatlik, ey Alloh. Bizlar seni ibodatingni haqqini ado qilmadik der ekan.
Ey Alloh, bizlar Senga ibodat qilib, haqqini ado qilmadik der erkan. Yaralgandan buyog'iga sajdada tursa. Yaralganidan buyog'iga subhanah robbiy al a'lo, subhanah robbial a'lo desa. Va yana turib, ey Alloh, haqqini ada qilmadik desa, ya mag'rur. Ey amal bilan g'ururlangan inson, ey o'zini o'zi aldagan inson, qaysi amalimiz bilan bizlar qatrib qo'ydik, jannatga keladigan amalni qilib qo'ydik deb ayta olamiz. Hm?
Fi axir yom mir ramadon an yakuna hayba. Haybat, qo'rquv qaysi vaqtda bo'ladi? Shuhrat insonda his bo'lishi kerak, qalbida. Qachon bo'ladi? Ramazonni oxirgi kechalarida insonni qalbida qo'rquv bo'lishligi kerak ekan. Maktabni o'qiysiz, tugatasiz, o'n bir yil tugatasiz da, qachon qo'rquvo paydo bo'ladi? Tez tez o'tadigan vaqtda bo'ladi. Oxirgi vaqtda. O'ta bilarmikinman, o'ta olmasmikinman, otabilarmikinman o'ta olmasmikanman deb. Bizlar ham ramazonni oxirlashgan sayt qo'rquv shunaqa insonda qo'rqib terlab, shunday ko'zlardan yaxshi chiqib, qo'rqaverishlik kerak ekan. Ya Alloh tutqan ro'zalarim qabul bo'ldimikin? Ya Alloh rahmat ayinda meni rahmatingga oldingmikin? Mag'firat, oy o'tdi, o'tyapti o'rtancha, o'n kunlik mag'firat. Mag'firat, meni gunohlarimni kechirdingmikin? Bu oydin o'tib ketdim mana. Meni gunohlarrimni kechirdingmi? Endi do'zaxdan ozod qilinadi degan farmonlar chiqadi. Falonchi do'zaxdan azod qilib qilindi, palonchi do'zaxdan ozod qilindi, palonchani do'zaxdan, ozod qilin deb yoziladi hozir. Ana endi meni gunohimni kechirmagan bo'lsin, rahmatingga olmagan bo'lsin. Qayoqdan men do'zaxdan ozod qilindi menga yoziladi deyilarkan da.
Qo'rquv mash'umdin paydo bo'lar ekan. Ramazonni tutib qo'rqdingizmi desa, shu savolni agar boshida berganimda javob bera olmasdingiz. Ramazonni tutsin. Nimaga qo'rqaman deydi. Ha tutmaganlar qo'rqsin ramazonni deydi. Ro'za tutib, ha men ro'za tutib nega qo'rqaman deydi. Ro'za tutib turib qo'rqqanimiz sababi shu ekan. Rahmat oyi boshida rahmatga olmasa, o'rtasida mag'firatda gunoh kechirilmasa, oxirgi nimasida do'zaxdan ozod bo'ladigan vaqtda, qanaqa qilib do'zaxdan azob bo'ladi? Shuning uchun salaf salihlar iftoril fitr deydi. Ya'ni nima hayit kunlarida qattiq xafa bo'lar ekan. Qattiq xafa bo'm yurar ekan. Fayuqol u lah u innahuyo mufarahim vasurur. E, bugun xursandlik kuni, hayit kuni bugun. Nimaga xursand bo'mayapsiz desa, ha, to'g'ri aytasizlar. Lekin men bir qulman, bandaman der ekan. Men bir qulman bandaman. Amal u amallan falo adri ayyuqu yaqbal u huminni amla. Men shu amallarni qildim. Alloh taolo buyurgan amalni, lekin bilmayman, Alloh qabul qildimi yo'qmi. Shia dedim, xafaman der ekan. Bilmayman. Alloh taolo qabul qildimi, yo'qmi deb.
Vahayb ibn Vir qovun menga hukuna fiyomi i. Vahayb ibn Vir degan kishi hayit kuni bir qavminni ko'rgan ekan. Kulishib o'tirgan bir qavminni kiritdi. Hayitda. Hayitda kulmaganda qaysi vaqtda kulasiz? Hayit musulmonlarni bayrami. Bayramda kulasiz da. Lekin bu kishi shunday hayitda kulib o'tirgan qonunni qarab turib aytdik. Inkani ha ula i tuqub bilamin humsiya muhim. Agar anavi odamlar, kulib o'tirilgan odamlar ro'za kutib turib, ro'zalari qabul bo'lgan bo'lsa dedi. Qabul bo'lgan bo'lsa, bu shukur qiluv, shukur qilishlik, qiluvchi odamni sifati bunaqa bo'lmaydi. Kulib, qaqqa qaqib o'tirmaydi. U sajdaga boshini tashlash kerak deydi da. Yig'lab, sajdaga boshni tashlab, ya Alloh, shuncha odamlarnikini qabul qilmayman, menikini qabul qildim, shukur deb turib boshini sajda etadi deydi. Yig'lash kerak ekanda. Ko'rasiz, quvonishdim, yig'lab chiqqan odamlarni ko'rasiz a. Birov partizan ko'rganda, yigirma yil partizan ko'rinmagan odam, partizan ko'ringanda yig'lab yuboradi. Quvong'anidan yig'lab yubaveradi. Birovlarga anaqalarda lotereyalarda mashina yutib olgan vaqtda bir kambag'al kishiga mashina chiqib qolsa, quvong'andan yig'lab yuborganlarni ko'rganmisizlar? Quvonishdan yig'lab yurib.
Ro'zangiz qabul bo'lib qolganligini agar bilsangiz, quvonganingizdan yig'lab, sajdaga bosh og'iz tashlar ekansiz da. Bu qahqahat, kulib o'tirgan odamlar, agar ular ro'zalari qabul bo'lgan bo'lsa, bu shukur qiluvchi odamni sifati emas bu. Agar ro'zalari qabul bo'lmagan bo'lsa, unda nimasiga bular kulishyapti degan ekan da. Qabul bo'lmagandan bo'lsa nimasiga kulishyapti bular degan ekan. Mana shuning uchun haybat, qo'rquv, qaysi vaqtda keladi? Mana boshlandi qo'rquvin boshlanadigan vaqt. Mana endi Alloh Taolodan yig'lab turib, qo'rqib, yo Alloh, mana shu o'tgan yigirma kunimiz shunday o'tib ketdi. Nima bo'lganini ham o'zimiz ham bilmasdik, o'tkazib yubordik. Rahmat oyingni, o'tdik, rahmatingni ol. Mag'firat oyingni, o'sha mag'firatingni ol. Do'zaxdan ozod qiladigan kunlar keldi. Do'zaxtan ozod qil, ro'zamizni qabul qil deb turilgan. Nima qilish kerak? Ibodat mana shu narsa his qilsangiz qalbingizda, shunda ro'zangizda lazzatini nima qilasiz, topasiz ekan.
Al xavfu ibniddino aytadi, al xavfu alal amaliy allayi taqobbil ashad minal amal. Amal qilish qiyin emas degan ekan. Ro'za tutish qiyin emass degan ekan. Namoz o'qish qiyin emash degan ekan. Lekin shuni qabul bo'ldimi yo'qmi deb qo'rquvniy inson qalbiga keltira bilishlik amal qilishdan qiyin narsa degan ekan da. Shunday o'tib ketib qolaveradi. Ro'zim qilib tashlashdan shunday o'tkazib yuboraveradi. Lekin shu bir kun o'tib ketyapti da, bir kunda bir marta hayolimizni, ya Alloh, mana shu tutyapman ro'zim, ertaga kuni qabul bo'lmay qolsam nima bo'lar ekan, o'zing qabul qil degan narsa o'tdimi? Yigirma kunda necha marta o'yladim o'zi shu so'zni?
Ana qo'rquvni qalbga keltirishlik eng qiyin narsa degan ekan da. Amal qilish qiyin emas, lekin uni qo'rquvidan paydo qilishlik eng qiyini degan ekan. Ali radiyallohu anhu aytgan ekanki, ya'lay tashaliman ha dali maqbul fanu hanne va man ha dali mahrum fanu azze. E, ro'za tugagan vaqtda aytgan ekan ki, ash shayr, bilsam edi kim ro'zasi qabul bo'lgan bo'lsa, tabriklardik. Maqbul bo'lsin mana ro'zangiz deb turib. Kimni ro'zasi qanbul bo'lmaganini bilsam, ularni nima qilardik, ta'ziya izhor qilgan bo'lardik, degan ekan.
Mana shu narsalar, hozir bizlar ikkitasini aytdik. Alloh nasib qilsa, ro'zada ana shu ikki narsa paydo qila olsangiz qalbimizda, inshaalloh ro'zamizni ta'min, ozgina bo'lsa ham ta'mini sezasiz. Subhanakalloh, hammada ham.