Maviza
—Qoralama56 daq

Maʼmurjon domla 31-dars (Rosulullohning vafoti)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
56:15
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassolatu vassalamu ala rasulih muhammad va ala alihiy va ashabihiyh ajma'in. Va ba'd assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, oliy sifatlari bilan bugungi juma kunini Alloh hammamizga muboraklik qilishini so'raymiz. Alloh taolo qadamlarimizga hasanotlar bitib, gunohlarimizga kafforat qilishligini so'raymimiz.

Biz avvalgi jumanlarda qiyomatning kichik alomatlari haqida suhbatlashayotgan edik. Shulardan Auf ibn Molik radiyallohu anhudan kelgan hadisga to'xtaganmiz. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Af ibn Molikga, Af ibn Molik aytadi ataytun nabiy sollallohu aliyhi vasallam fiy g'azbati tabuk va huva fiy qubbati min adam. Faqoli ur dud siddan bayna yada issaa. Men Tabuk g'azotida Payg'ambar alayhissalotu vassalomni oldiga kelgan edim dedi. Kelganimda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam teridan yasalgan xoymaning, chodirning ichida edi dedi. Shunda Payg'ambar aliysse alayhissalom menga qarab, oltita narsani qiyomatdan avval oltita, oltita narsa sanagin, sanab o'tgin dedi. Ya'ni mana shu narsalar bo'lmasdan turib, qiyomat bo'lmaydi. Shu oltita narsani Payg'ambar asosan sanadilar. Shulardan eng birinchisi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam moti mening o'limim dedilar.

Payg'ambar sallallohu alayhiy vasallamning vafoti qiyomatning alomatlarining, kichik alomatlarining eng birinchi alomati, qiyomatning birinchi boshlangan alomati ekanligini aytib o'tdilar. Bugun o'sha qiyomatning birinchi alomati bo'lgan Payg'ambar alayhissalotu vassalomning vafotlari haqida suhbatlashamiz.

Ba'zi Qur'on oyatlari, Payg'ambar aliysse alayhissaloti vassalomning biz singari, bashar inson ekanligini va insonlar qanday dunyoga kelib, dunyodan qanday vafot etadigan bo'lsa, Payg'ambarlarga ham xuddi shu hukm. Ular ham dunyoga kelib, ular ham dunyodan o'tishligi, vafot etishligi haqida ochiq oyatlar kelgan. Va shunga o'xshagan ba'zi oyatlar ochiq Payg'ambar alayhissalotu vassalomning vafotlari haqida ochik oyatlar kelmasa ham, shu Payg'ambarlarning vafot etish ligiga kinoya qilgan oyatlar ham kelgan. Shularning qatorida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'zining vafot etishidan avval vafotlari haqida sahobiylarga xabar bergan hadislar ham keladi. Biz bularni ba'zisiga to'xtaymiz. Mana Alloh subhanahu va taolo Qur'onda innaka mayyi tun va innahum mayyi tun deydi. Payg'ambar alayhissalotu vassalomga siz dunyodan chiqasiz. O'lim sharbatini tatisiz, vafot etasiz va ular ham dunyodan chiqadi degan oyatlar Payg'ambar alayhissalomning o'limiga ochiq dalil bo'lgan oyatlardan biri.

Alloh Taolo Qur'onda va maja'al nalibi shar'iy minqoblikul xult afa im mitta fahmul xolidun. Sizning avvalgi bashariyatga biz amangu hayotni, xult abadiy yashaydigan hayotni qilib qo'yganimiz yo'q deydi Alloh Taolo. Payg'ambar alayhissalomdan avval o'tgan Payg'ambarlarga ham Alloh Taolo menga u hayot bermadi. Shu singari Payg'ambar alaysalatu vassalomga aytyaptiki, sizga ham biz menga u hayotni qilib qo'yganimiz yo'q. Agar siz dunyodan o'tadigan bo'lsangiz, ular dunyoda abadiy qoladi qolamiz deyishadimi deyapti. Va shunga o'xshagan ba'zi oyatlar keladi, Payg'ambar aleyhissalatu vassalomni dunyodan o'tishligi, vafot, o'lim yetishligiga kinoya qilib keladigan oyatlar bor. Ochiq aytmasa ham, o'limning Payg'ambarlar sharbatini tatiydi degan oyatlar keladi. Valal aqiratu xayrun laka minal ula valasavfa yotika robbuka fatardodaydi. Alloh Taolo aytadi, sizga dunyodan ko'ra oxirat siz uchun afzal. Demak, dunyodan chiqib oxiratni ko'rasiz, oxirat siz uchin afzal. Sizga Parvardigoringiz u dunyoda tez kunda beradi va siz rozi bo'lasiz.

Allohning bergan marhamatiga degan oyatlar ham Payg'ambar alayhissalotu vassalomni dunyodan chiqishligiga ochiq dalil bo'lib turibdi. Alloh subhanahu va taolo al yovmah akmal to'laqum dinakum va atmam to alaykum ne'matiy vorodiy to'laqumin islamadina degan oyatni nozil qildi. Bugun sizlarga men dinni tamomiga yetkazdim. Ne'matimni mukammal qilib berdim va sizlarga islomni din bo'lishligiga men rozi bo'ldim degan oyatni tushirdi. Shunda Umar ibn Xattob roziyallohu anhu mana shu oyat tushgan vaqtida yig'lagan ekanlar. Shu oyat tashganda Umar roziyallohun anhu yig'laganlarda sahobiylar aytishdiki, men yupqiy ey, Umar, siz nimaga yig'layapsiz? Bu din mukammal bo'lgan bo'lsa, biz qancha kunlardan beri, qancha zamonlardan beri kutgan davrimiz kelmadimi? Qancha qiyinchiliklarda, mashaqqatlarda, qancha sahobiylar dinida zo'rlab o'ldirildi, dinidan voz kechishlik uchun azob, taziblar yetkazildi. Biz kutgan kunlar mukammallik dinning tamomiga yetgan kun kelgan bo'lsa, bunga xursand bo'lishnikning o'rniga siz yig'laysiz deganlarida, Umar ibn Xattob aytdiki, innahulaysa ba'd al kalam kamaliy illa nuqson.

Qaysi narsa tamomiga to'liq yetadigan bo'lsa, uning nuqsoni boshlanadi degan ekan. Qaysi nars? To'liq tamomiga yetgandan keyin endi uning nuqsoni boshlanadi. Bu to'liq tamomga yetkazdim degan oyat Payg'ambar alayhissalotu vassalomning vafot etishligining xabari bo'lyapti deb turib, Umar ibn Xattob mana shu oyatda Payg'ambar aleyhissalomning vafotlarini tushungan ekan.

Mana shundan keyin mana shu oyat nozil bo'lganidan keyin Payg'ambar alayhissalotu vassalom sakson bir kun umr ko'rdilar. Shu oyatdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sakson bir kun umur ko'rdilar. Hajjatul vado'da Rasululloh bir marta haj qildilar va shu hajlarda ham vidolashadigan haj oxirgi hajlari edi. Jamaratul aqabaga ya'ni katta shaytonga tosh otadigan joyga keldilar. Shu jamaratul aqabada katta shaytondan tosh otadigan yoqqa kelib turib, hudu anni mana si kakum. Sizlar ibodat qiladigan o'rninglarni mendan olinglar, mendan o'rganinglar dedi. Payg'ambar alayhissalom ko'rsatib, har bir ibodat qilinadigan amallarni ko'rsatib turib, mendan ibodat qiladigan o'rninglarni ushanglar. La allela al hokim ba'da amiha va men bu yildan keyin sizlarga bu makonda abadiy sizlar bilan endi ko'rishmasligim mumkin deb Payg'ambar alayhissalom aytdilar. Demak, Hajjatul vado'da turib, Payg'ambar aleyhissalom keyingi yilga yetmasliklarini keyingi yilgacha dunyodan chiqishliklari, vafot etishliklarini xabarini sahobiylarga aytdi.

Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga fiy avsata ayyomut tashrih, hajjati jamaratul aqabadan keyingi kunlar, ayyomut tushrih kunlari deyiladi. Hajda turganlarida tashrix kunlarida, minoda turgan vaqtlarida Payg'ambar alayhissalotu vassalomga Nasr surasi nazl bo'ldi. Idaja a nasrullohi val fatih. Agar sizga Allohning nasri, yordami madadi va fatih kuni keladigan bo'lsa, va roh aytanna sayyad hulu nafiy dinillahi afvo ja odamlarni dinga to'da to'da bo'lib kirayotganligini ko'rsangiz, fasab beh behamde robbika vostag'fir. Allohga robbingizga hamd aytib, tasbeh ayting va gunohlaringizga istig'for ayting. Innohu kana tavvaba deb shu oyat shu sura nozil bo'ldi. Mana shu sura nozir bo'lganida Umar ibn Xattob ibn Abbosdan so'radilar, nima deysiz bu so'raga? Bu so'raning ma'nosi ilaja anasurulloh, Allohning nusrati kelsa degan shu nusratni maqsad nimadir? Qanday tafsir qilasiz deganda Ibn Abbos, mufassirul Qur'onning tafsirchisi bo'lgan kishi, bu oyatda men Payg'ambar alayhissalomning ajallari, Payg'ambar aleyhissalomning o'limining hidini sezyapman.

Payg'ambar ayyosulomni o'limi haqida bu oyat xabar beryapti deb aytganida, O'mar ibn Xattob ham aytdiki, men ham xuddi shu narsani o'ylagan edim dedi. Agar Allohning nusrati keladigan bo'lsa, Allohning fathiga keladigan bo'lsa degan oyatda, Payg'ambar alayhissaloti vassalomni o'limini Alloh subhanahu va taolo xabarini bergan edi. Abu Saidin in Khudriy roziyallohu anhu aytadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minbarga chiqdilar da, xutba ayta boshladi. Aytgan xutbalarida, innalloha hayyara' abdambayna dunya va bayna ma'inda. Alloh Taolo bir bandaga ixtiyor berdi deydi. Dunyoni ixtiyor qilishlik, xohlang dunyoni ixtiyori qiling. Dunyoda yashang. Xohlagan vaqtingizgacha yashang. Xohlang dunyoni tashlangda Allohning huzuridagi narsalarni ixtiyor qiling deb ixtiyorni o'zini qo'liga topshirdi Alloh Taolo. Shunda payg'ambar alayh u banda dedilar. Shunda u banda Allohning huzuridagi narsani ixtiyor qilaman deb aytdi, deb xutbada aytganlarida Abu Bakr radiyallohu anhu yig'ladilar. Shunda odamlarning ichidan yig'i tovush chiqdi. Qarasa abu bakr radi allohu anhun yiqilayotgan edi. Odamlar ajabo Abu Bakrga, Rasululloh bir banda haqida bizga xabar beryapti, bir inson haqida xabar beryapdi.

Abu Bakr bo'lsa shunga yig'layapti deydilar. Lekin abu bakr radiallohu bundan payg'ambar alayhissalom oxiratni, allohni huzuridagi narsani ixtiyor qilganligi, o'limni ixtiyor qilgannigini sezgan edi. Kunlardan shu kunlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabalni Yaman shahriga da'vat uchun tanladilar. Va Muoz roziyallohu anhuni Yamanga yubormoqchi bo'lib turgan vaqtlarida, Muoz bilan vidolashar ekan, Muozga o'zining panda nasihatlari, vasiyatlarini aytib, Muoz tuyalarining ustida Payg'ambar alayhissalom esa, Muozning tuyalarining juganidan ushlab, yetaklagan holatda piyada yo'ldan Madinaning tashqarisigacha gaplashib chiqdi. Yo'lda suhbatlashib ketayotgan vaqtlarda Muozga qarab aytgan so'zlaridan, ey Muoz, dedilar. Ey Muoz, siz ahli kitoblar, yahud va nosoralar yashaydigan qavmning huzuriga boryapsiz. Ana u yerga endi tayyorgarligingizni ko'ring. Ular sizga beradigan savollariga hozir javob bo'ling. O'zingiz tayyorlanib turing ularni so'raydigan so'roqlariga va birinchi qiladigan da'vatingiz La ilaha illalloh Muhammad rasululloh bo'lsin dedilar.

Mana shunga da'vat qiling. Keyin ular uni qabul etishsa, namozga da'vat qiling dedi. Ular uni qabul ettirsa, zakotni bildiring deb Islomning arkonlarini bir qator Muozga tushuntirdi. Shundan keyin, Muoz roziyallohu anhuga yana suhbatlarida, vasiyatlarida davom etib, Payg'ambar alayhissalom aytdiki, ey Muoz dedi. Mana endi shu joyga borsangiz, o'zingiz yashamagan yangi mamlakat, o'zingiz birga turmagan yangi yangi odamlar ichida, yangi savollar, yangi muammolar sizga uchraydi. Shunday muammolarga uchragan vaqtingizda, qanday qilib siz u yerda fatvolar yechasiz? Yo qanday qilib shu muammolarga hal yechimni qanday berasiz deb Payg'ambar alayhissalom so'radi. Shunda Muoz aytdiki, ya Rasululloh, agar qanday bir muammo bo'lsa, qanday masala keladigan bo'lsa, Allohning kitobiga birinchi murojaat qilaman dedilar. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, agar Allohning kitobida topmasangiz chi deganlarida, yo Rasululloh, unday bo'lsa, siz bilan qancha umrda birga bo'lgan bo'lsam, sizdan nima narsalarni eshitgan bo'lsam. Qanday qilib muammolarga yechim bergan bo'lsangiz, siz qilgandaqa qilib qilishga harakat qilaman. Shu sizning yo'lingiz, sunnatlaringiz bilan fatvo beraman dedilar.

Payg'ambar alayhissalom aytdilarki, ey Muoz, agar shunday bir muammoga uchrasangiz, u joyda Qur'ondan ham topa olmasangiz va sunnatdan ham topa olmaydigan bir muammo, yangi narsalar bo'ladigan bo'lsa nima qilasiz deganlarda Muoz radialloh anavi aytdilarki, yo Rasululloh, unday bo'lsa kitob Qur'on va sunnatga teskari bo'lmaydigan, shunga muvofiq keladigan qilib turib, o'zimning fikrim, aqlim bilan ishtihat qilaman dedilar. Ishtixon qilib shu masalaga yechim beraman dedilar. Payg'ambar alayhissalotu vassalom xursand bo'lib, yuzlarida tabassum chehralari yugurdi. Payg'ambor alayhissaloti vassalom oxirgi manziliga Madinaning oxirgi eshiklariga yetkazginchayin tuyalarning duganlaridan yetahlab borib turib va shu joyda aytdiki, yo Muoz, innaka aso an la talqon ibodah amin hatha. Ey Muoz, dedilar. Siz balki bu yildan keyin dedi, men bilan ko'risha olmasangiz kerak dedilar. Siz Yamandan qaytib kelganingizcha in, men Allohning omonatini O'ziga topshirgan bo'lsam kerak. Siz agar qaytib keladigan bo'lsangiz dedilar, meni masjidimda topa olmaysiz shu vaqtda dedilar.

Mening masjidimni va mening qabrimni oldidan o'tib ziyorat qilarsiz dedilar. Muhojir roziyallohu anhu bu gaplarga bardosh berolmadi. Yuraklari chidamadi. Tugalardan tushdilar. Payg'ambar alayhissalomni bag'rlariga bosdilar. Quchoqladilar, yig'ladilar. Payg'umbar alayhissalotu vassalom bilan shunday xayrlashdi. Shahri safar, safar oyining o'n birinchi, safar oyining avvalgi kunlari, hijratning esa o'n birinchi yili, Payg'ambar aleyhissalotu vassalom Uhud tog'iga chiqdilar. Uhud tog'iga chiqdilar. U yerdagi jangda, uhud jangida shahid bo'lgan sahobiylar, sahobiy ikromlar bilan xuddi tirik odamlar bilan xayrlashganday, tiriklarga suhbatlashganday payg'ambar alayhissalom ular bilan suhbatlashib, ularga duoi xayrlar qilib, ularning haqlariga yaxshi duolar qildilar payg'ambar ay yissalom. Keyin qaytib Madinaga kelib, to'g'ri masjidning minbariga ko'tarildi. Masjidning minbariga chiqib turib, xutbalarini o'qidilar. Inniy farot hukm, ey odamlar, dedi. Men sizlarning jannatda eng birinchi eshigini qoqadigan va birinchi boradigan kishi men bo'laman.

Va qiyomat kuni sizlarga guvohlikka o'tadigan kishi ham men bo'laman, dedilar. Men shu turgan makonimda ya'ni minbarning ustida turib, hozir jannatda bizga beriladigan havzning ko'rib turibman dedilar. Menga yer yuzidagi xazinalari, yerning boyliklarining kaliti berildi menga. Men dedi, sizlarga men sizlarga mendan keyin shirk amallariga ketishinglardan qo'rqayotganim yo'q dedi. Men dunyodan o'tganimdan keyin sizlar mushrik bo'lib ketishinglardan qo'rqmayapman. Lekin men sizlarga qo'rqayotgan narsam, sizlarga keladigan dunyo dedi. Yuksat alaykumut dunya kama bu sitat minqoblikum. Fata tanafasuna fixa kama yata tanafasuna minqoblikum'. Sizlarga shu dunyo kelishidan qo'rqyapman. Dunyo sizlarni aldab qo'yadi. Avvalgilarni aldaganday, dunyoda bir biringizdan o'zishlikka musobaqa qilasizlar. Avvalgilar dunyoda bir biridan o'zishga musobaqa qilgandaqa va sizlarni halok qilib qo'yadi. Avvalgilarni dunyo halok qilgandaqa, mana shundan qo'rqyapman deb turib minbarda turib Payg'ambar alayhissalom vidolashib turgan vaqtlarida dunyodan ehtiyot bo'lishlik vasiyatlarini aytdi.

Haqiqatdan ham dunyo Payg'ambar alayhissalom aytganidaqa, yetmish ga kelgan odam ham dunyo bilan mashg'ul. Sakson ga kelgan odam har dunyo bilan mashh'ul. Masjidlar esa qariyalardan ham, yoshlardan ham xoli. Jamoatlarga bir odam, ikki odam bomdod namozlariga, quton shom namozlariga bir ikki odam keladi. Qayerda edingiz deydigan bo'lsangiz, molxonada edim, falon joyda edim deb dunyo bilan mashhur. Payg'ambar alayhissalom shu dunyo sizlarni mashg'ul qiladi va hatto halok bo'lganinglarni dunyodan halok bo'lishlik birov kelib, uni o'ldirishmas, unga ajali keladi, o'zi sezmay ham qoladi. Shunday bo'lishligidan qo'rqyapman dedilar.

Muntasof shahri safar oyining o'rtalari, safar oyining o'rtalari, hijratning o'n birinchi yilida Payg'ambar alayhissaloti va salom o'zining mavlonolari Muvahiba degan qullariga kechasida odam yubordi. Chaqirib keling o'shani dedilar. Muvahiba kechasi Payg'ambar ayti salomning huzuriga yugurib keldilar. Kelganlarida Payg'ambir sollallohu alayhi vasallam ey Muvahiba, Alloh subhanahu va taolo menga baqiy ahliga istig'for aytishlikni buyurdi dedilar. Baqiy qabristonida yotgan kishilarning haqlariga istig'for aytchni buyurdi dedilari. Yuring men bilan birga Baqiy qabrisoniga boramiz va ularda u yerda yotganlarga istig'for aynamiz dedilar. Payg'ambar alayhissaloti vassalom bilan billa deydi Abu Muvohiba yo'lga chiqdim. Baqiy qabristoniga kirdik. Payg'ambar alayhissalotu vassalom duoi xayr qildilar. Assalomu alaykum. Ahlat diyor, minal minina va al muslimin. Ey qabriston ahillari. Musulmonlar diyori, me'minlarning diyori, sizlarga Allohning salomi, salovati bo'lsin. Biz sizlarni arqingizdan keladigan dunyoga tashlab ketgan kimsanglarmiz. Bizga sizlarga Allohdan istig'forlar so'raymiz deb duo, xayrlarni qildi.

Keyin menga qaradida, ey Abu Muvahiba dedilar, Payg'ambar alayhissalom, menga dunyoning boyliklari, xazinalarining kaliti berildi. Va dunyoda xul mang'u yashashlik berildi. Dunyoda oxirgi inson o'lmagunichayin o'lim menga berilmasligini aytildi. Oxirgichacha yashang degan taklif berildi. Keyin oxirigacha dunyoning tugagunigacha yashab turib, undan keyin sizga Jannat beriladi degan taklif bo'lyapti. Va ikkinchi taklif esa, yo'q, sizni ajal vaqtingiz kelganda, ixtiyor sizda. Xohlasangiz Allohning huzuriga, Allohga yo'liqib Jannatga kirishlik ixtiyori sizda. Qaysinisini tanlaysiz dedi, deb menga aytdi dedi. Shunda Abu Muvayhib aytdiki, yo Rasululloh, dunyoda abadiy mangu yashashlik ixtiyori bizga berilayotgan bo'lsa, keyin sizga Jannatga kiriklik taklif qilinayotgan bo'lsak, shuni tanlab qo'ya qolmaysizmi? Dedilar. Mana shuni tanlamaysizmi? Deganlarida Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdilarki, yo'q, Abu Muvayhabah. Men Allohga yo'liqishni tanladim, dedi. Men alloh taologa va jannatga yo'liqishi ni tanladim dedilar. Va Baqiy qabristonidagi yotgan odamlarning haqlariga duolar qilganlardan keyin Payg'ambar alayhissalom uylariga qaytdi, dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kasalliklari mana shu Baqiydan qaytishligi bilan kasalliklari boshlandi. Rasululloh sallallohu alayhissallam Baqiydan qaydib keldilar. Va uylariga kirdi. Oysha onamizning uylariga kirganlarda, Oysha onamimizning boshlari og'rib turgan vaqti edi. Oysha onimiz Rasulullohning kirishi bilan varosat dedilar. Vo boshim ey, qattiq boshim og'riyapti, dedilar. Shunda Payg'ambar alayhissalom aytdiki, bal anavalloh ya Aisha va rasox dedi. Ey Aisha, qarang dedi. Sen emas, men boshim og'ryapti desam bo'ladi, meni boshim juda ham qattiq og'riyaptiy, deb Payg'ambar as salom va rasox dedilar. Shunda Payg'ambar alayhissalom hazil toifa qildilar, ayollariga, Oysha onamizga qaradilar da. Ma varraki ila umutti qobli, fahm tu ilayki va faka fantuk ey vassalloh, to' alayki va daf'antuk dedilar. Ey Oysha, agar dedi, shu boshing og'rib, mendan avval o'lib ketadigan bo'lsang, mendan avval oladigan bo'lsam, hech ziyon yo'q, qo'rqma dedi. Men o'zim yaxshilab yuvintirib, kafanlab, o'zim qabringni kavlab, o'zum qabringga qo'yib, orqangdan janoza namozlaringni o'qiyman dedilar. Bunga hech xavotirlanma dedilar. Deganda, Oysha onamiz ham Payg'ambar alayhissalomga qarab, vallohi lakaanniy bek, laqod fa altadalik laqad rajat ila baytifa arastu fihibib adin isayk.

Yo Rasululloh dedi. Mumkin shunday qilarsiz, lekin meni qabrga qo'yishingiz bilanoq meni uyimga boshqa ayollaringizni ham olib kelib olasiz da, a? Dedilar. Va Payg'ambar alayhissalomga rashk qilib, Oysha onamiz shu gaplarni aytgan edilar, Payg'ambar aleyhissalom tabassum qilib, kulib qo'yishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shu kundan boshlab kasalliklari kundan kunga og'irlasha boshladi. Ayollarning uylarida Payg'ambar alayhissalom navbat bilan, navbat bilan ayollarning uylariga tunardilar. Lekin shu kasal bo'lgan vaqtlarida, men ertaga qaysi bir ayolimning navbati, qaysining uyida bo'laman deb tez tez so'rardilar. Bundan ayollari tushunishdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'sha onamizning uylarida bo'lishlikni ixtiyor qilayotganligini sezishardi. Payg'ambar alayhissalotu vassalomning kasalliklari qattiqlashdi. Tobora og'irlashib bordi. Rasululloh o'sha onamizning uyida kasallik davrini shu yerda o'tkazishlikka ayollarining hammasidan izn so'radi. Ayollardan ruxsat so'radi. Shu menga ruxsat bersanglar, men kasallik vaqtimning hamma kuni o'shaning uyida bo'lsam dedilar.

Ayollari ruxsat berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki ikkita kishining yelkalariga osilib, Ali radiyallohu anhu bilan Abbos radiyallohu anhuning yelkalariga osilib, oyoqlari esa yerni chizgan holatda Oysha onamizning uylariga kirib keldilar. Chorshanba kuni Payg'ambar alayhissalotu vassalom vafot etishliklaridan besh kun avval Payg'ambar Ali alayhissalotu vassalomning kasalliklari tobora og'irlasha boshladi. Hatto o'zlaridan ketib qoldi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom o'zlariga keldilar da, hari quva alay yasab aqu robin min abar inshatta. Yettita dedi, har xil buloqning suvini dedi. Yettita har xil bulo qining suvini olib kelib, menga yetti idish o'sha buloqning sumini ustimdan quyinglar dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni aytganiday qilishdilar, yettita buloqning suvini olib kelib, yetti idish Payg'ambar alayhissalotu vassalomning ustidan sovuq suvini quyishdi. Payg'ambar aleyhissalom qo'llari bilan ishora qildi, hasbukm, hasbukm yetadi. Bo'ldi, yetadi deb ishora qildi. Ozgina sovuq suvning ta'siri bo'lganligidan Payg'ambar alayhissalotu vassalom o'zida sal yengillikni topganday bo'ldilar.

Shu o'rinlardan turdida masjidga chiqdi. Boshlarini qattiq bog'lab olgan edi. Minbarga ko'tarildi. Minbargako'tarib sahobiylarga qilgan oxirgi pandni nasihatlari la'natullohi alal yahud va nasoro. Alloh yahudlarni, nasoralarga Allohning la'nati bo'lsin. Ular payg'ambarlarning, payg'ambarlarning qabrlarini masjid qilib olishdi, dedi. Qabrlarni masjid qilib olishdi. Vala tattahil u qabri vatanan yurbat. Mening qabrimni ibodat qilinadigan butxonaga aylantirib yubormanglar deb, Payg'ambar alayhissalotu vassalom vafotlaridan besh kun avval mana shu nasihatni aytishlik uchun qiynalib turgan bo'lsa ham, minbarga chiqib turib shu nasihatni aytdilar. Payg'ambar alayhissalom: Mening qabrimni ibodat qilinadigan bo'txonalarga aylantirib yubormanglar degan nasihatlarni aytdi. Payg'ambar alaysalotu vassalomday insonning qabrini bunday qilishlik, ziyorat qilishlikka bo'lmaydigan bo'lsa, boshqa insonlarniki u yoqda tursin. Payg'ambir alayhissalom vasiyatlarida ansorlarga dedi, ansorlar Madinaliklar, Payg'ambir ali alayhissalomga bay'at qilib, Payg'ambar alayhissalomga yordam bergan kishilar, muhojirlarga uy berib, joylarini to'rini berib, kerak bo'lsa, ayollarini xohlaganini tanlagin, taloq qilaman nikohlab ol degan, mol dunyosini borilsin muhojirlarni oldiga qo'ygan kishilar edi.

Payg'ambar alaysalom aytdiki, shu kishilarga yaxshilik qilinglar. Shu ansorlarga yaxshilik qilinglar. Ular mening yordamchi suyanchim, mening sirdosh omonatdoshim va ular o'zlarining zimmasidagi narsani to'liq ado qildi. Endi esa sizlar ularning haqlarini beringlar. Ularning yaxshiliklarini qabul qilinglar. Yomonliklarini esa kechirib yuboringlar deb nasihat qildilar. Nasihat qilib bo'lganlaridan keyin minbardan tushdilar, Payg'ambar alayhissalom. Minbardan tushdi da odamlarga qarab, ey odamlar dedi. Man kun tujjallat tu lahvo vahro va ha da vahri fal yastaqid minhu. Kimni agar dedi, bilib yo bilmasdan urib qo'ygan bo'lsam, qamchilab qo'ygan bo'lsam, mana mening orqam dedilar. Orqalarini ochdi da, xohlagan odam kelib haqqini mendan olsin dedilar. Kimni agar so'kib, haqorat qilib qo'ygan bo'lsam, mana men uning rov barosida turibman. Kelsin, xohlaganicha meni so'kib haqorat qilsin, men unga halol qildim shu soatda dedilar. Subhanalloh vafot vaqtida Rasululloh sarvar al alam, Payg'ambar alayhissalotu vassalom shunchalik haqlarini birovdan biron bir ulush haqqi olgan bo'lsa, o'zining haqqini ado qilib, olinglar mana shu haqlarni deb turib Payg'ambar alayhissalom keldi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunchalik kasallanib turgan vaqtlarida ham jamoat bilan o'qiydigan namozni tariqamadilar. Payshanba kuni vafotlaridan to'rt kun avval rasululloh sollallohu alayhi vasallam shan namozigacha chiqdi. Shan namozi bu oxirgi payg'ambar alayhissalomning jamoat bilan o'qigan namozi edi. Imomatchilik qilib, jamoatga o'tib bergan namozi va bu namozda al mursalat yo urfa surasini o'qidi payg'ambar ali sollallohu alalayhi vasallam. Xufton namoziga kelgan vaqtlarda rasululloh sollollohu alayhi va sallamning kasalligi tobora, ag'irlashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga chiqadigan holatda emas edilar. Rasululloh o'zlaridan ketib qolgan edi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom bir vaqt o'zlariga kelsalar kunning yarimi bo'lib qolgan. Odamlarning tashqaridagi ovozlari rasululloh chiqarmikanlar, namozni o'qib berarmikanlar degan ovozlarni eshitdi. Payg'ambar alaysalom ayshonamizga qarab turib aytdiki, yo aysha dedi. Asallannas, odamlar qutqanni namozini o'qishdimi dedi. Ayshonamiz aytdiki,yo'q yo rasululloh. Odamlar qanday qur'ton namozini o'qiydi, siz yo'qsiz, sizni kutishyapti dedilar.

Shunda Payg'ambar alayhissalom menga tahoratga suv beringlar, men tahorat olay, namozga chiqay dedi. Tahorat suvlarini olib kelib berishdi. Rasululloh tahorat qildilar. Qadamlarini yuvdi, o'rinlaridan turaman deganlarda o'zidan ketdilar. Payg'ambar aleyhissalom bir vaqt o'zlariga keldi. Oyshanamizga qarab, yo Aisha, odamlar Qur'on namozini o'qishdimi dedilar. Oyshanamiz yana yo Rasululloh, odamlar sizni kutishyapti. Ular sizni kutyapti dedilar. Payg'ambar alayhissalotu vassalom yana tahoratga suv oldilar. Tahorat qildilar. Tahorat qurib, endi o'rinlardan turib namozga chiqaman deganlarda yana o'zidan ketdi. Uchinchi marta o'ziga kelganlarda Payg'ambar aytdi ki, Aisha. Muru Abubakir Falyosonli bin Nas. Ey Oysha dedilar. Abubakirga ayting, meni endi chamam kelmay qoldi namozga chiqishga. Abubakirga boring, chiqib namozga odamlarga imomatchilikka o'tib, Qur'on namozini o'qib bersin dedilar. Oysha onamiz Abubakir dadalari bilardi, Abubakirning yuraklari bunga bardosh bermaydi, qalblari chidamaydi. Payg'ambar alayhissalotu vassalomning tirik bo'lib turib, o'rinlariga emomachilikka o'ta olmasligini va qachon bo'lsa qattiq yig'laydigan kishi ekanini bilib, Payg'ambar alalayhissalomga aytdiki, innna abubakr eda qama makama qama kalam yasmanna asmiy minal buka.

Yo Rasululloh Abubakr sizni o'rningizga turib, emomachilikka uchsa, yig'idan odamlar uning tovushini eshitmaydi. Boshqa odam o'tsin dedilar. Payg'ambar alayhissalom yo'q, ey Oysha, Abu Bakrga boring. Imomatchilikka Abu Bakr o'ssin dedilar. Oxiri Abu Bakr roziyallohu anhu imomatchilikka o'tdilar. Lekin imomatchilikda Payg'ambar alaysalomning maqomida turib, o'rinlarda turib, imomatchilikdan o'qigan surasini orqadagi sahobiylar eshitadigan darajada mas edi, yig'lardi Abu Bakr. Abu Bakr Payg'ambar alayhissalomni tiriklik vaqtida o'n yetti namoz o'qib berdi. Payg'ambar aslanim tirik vaqtida o'. Yettita namozni o'qidilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotidan bir kun, ikki kun avval shanba kuni Payg'ambar alayhissalom sal kasalligi yengillashganga o'xshadi. O'zlarini yaxshi his qila boshladilar. Ikki kishining o'rtasiga osilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshin namoziga chiqdi. Namozga chiqqanda Abu Bakr radiyaallohu anhu imomatchilikda peshinga imom bo'lib turgan vaqti ekan. Payg'ambar alayhissalotu vassalom Abu Bakr Payg'ambar ali salomni ko'rishi bilan namozda sekin orqaga jila boshladi.

Rasululloh imomatchilikka o'tadi deb Abu Bakr o'zlarining orqaga ola boshladi. Shunda Payg'ambar alayhissalom ishora qildilar, o'rningizdan qimirlamang ey Abobakr, o'rningingizdan qimirlang deb ishora qildi. Abubakrning chap taraflariga kirib Payg'ambar aleyhissalom o'tirib, namozni imom bo'lib o'qidi. Abubakr esa Payg'ambar avayhissalomga ixtido qilgan holatda qoldilarda, Payg'ambar layhissalomning takbirini orqadagi odamlarga eshittirib turdi.

Yakshanba kuni Payg'ambar alayhissalotu vassalom qullarini chaqirdi va uyida bir quli bor edi, ozod qildi. Alloh yo'lida ozodsan dedilar. Uylaridagi bor narsalarni jamladilar, qarasa yetti dinor bor ekan. Payg'ambar aleyhissalomni uyida yetti dinor. Yetti dinonni sadaqa qildilar. Musulmonlarga o'zining qurollari, aslahalarini hadiya qilib berdilar. Va shu kuni kechasiga uyida yoqadigan, chirog'ini yoqadigan yog'i qolmagan edi. Oysha onamiz chiqdilar da, qo'shnisidan qarzga yog' olib kirdi. Bir tunga chiroq yoqishlik uchun qo'shnisiden yog'ining qarzga olib kirdi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam vafot etdilar va aytayotgan vaqtlari bir yeydigan taomi qolmagan edi uylarida. Yeydigan taomi xohlaganligidan bir yahudiyga o'zining sovutlarini garovga qo'yib turib, o'ttiz so miqdordagi, o'ttiz son, mana shu bir hovuchingizdagi o'ttiz so muqdordagi arpani qarzga olgan edi Payg'ambar alayhissalom. Ko'ring, Rasululloh dunyodan o'tyapti. Butun islom mamlakatining podshohi dunyodan o'tyapti.

Vafot etayotgan vaqtlarida kiyayotgan kiyimlari arpa noniga omonatga qo'yilgan edi. Arpa nonini ba'zilarimiz hali yeb ko'rmaganmiz. Ba'zilarimiz orfadan qilingan nonni qanaqa ekanini tasavvur qilolmaymiz. Unni olib kelsangiz uyingizga, agar qara un bo'ladigan bo'lsa, nimaga bunaqasini olib keldingiz, og'un, eng toza, so'rtib turganda buni olib keldingimiz deydigan holatda yashayapmiz. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam vafot etdilar. Qoralari to'g'ri qo'yib bo'lmadi. Rasululloh vafot etdilari.

Uylariga yoqadigan chirog'ining yog'i yo'q edi. Oxirgi vafot etadigan kunlari anasi ibna molik radiya allohu anhu. Inn al muslimina bayna ma'hum fiy sola atil tajriba bomdod namozi. Payg'ambar alayhissalom dushanba kuni bomdod namozida, dushanba kuniy bomdod namozda oysha onamizning uylarida pardalarini sekin ochdilar. Pardalarini ochsa odamlar bomdod namozida saf saf turibdi. Abu Bakr radiyallohu anhu imomatchilikka o'tib turibdi. Shunda Payg'ambar alayhissalotu vassalom tabassum qildi. Musulmonlarga olib kelgan risolat, Payg'ambar ayyosalom yigirma uch yil davomida olib kelgan risolaatning samarasini ko'rib, yigirma u uch yilda odamlarning namozga bo'lgan harisligi, bomdod namozda jamoat bilan o'qishligini ko'rib turib, Payg'ambor alayhissalomning ko'zlari quvondi. Tabassum qildi. Shunda Abu Bakr Payg'ambar alayhissalomni nazorat qilib turganligini sezdilar da, sekin namozda Payg'ambar layhissalom chiqar ekan deb o'ylab, namozdan o'zini chetga olmoqchi bo'ldi. Payg'ambar lalayhissalotu vassalom qo'llari bilan ishora qilib, alim kufumakanakum va atin munsolatakum, o'rninglardan qimirlamanglar, namozinglarni tamomiga yetkazinglar deb sekin Payg'ambar ayyissalom pardalarini tushirib qo'ydilar.

Shu kunning dushanba kunining zuha vaqti, choshgoh, kun bir nayza ko'tarilgan vaqtiga to'g'ri kelib qoldi. Kunning ham issiq boshlashlik vaqti, Payg'ambar alayhissalomning ham kasalliklarining yana qattiqlashib, avjiga olgan vaqtlari. Payg'ambar ilayhissalotu vassalomga shunaqa dard keldi, shunaqa kasallik keldi, chidaydigan darajada emas. Ko'radigan ko'zlar bardosh bermaydi, hali yurak unga chidamaydigan holatda turibdi. Fotima onamiz qizlari keldilar da. Dadalarini shu holatda ko'rganlaridan keyin vo karba abo dedilar. Ey otamga bo'layotgan musibatlaro dedi. Dadamga kelgan musibatlar deb Fotima onamiz yig'ladi. Shunda Payg'ambar alayhissalotu vassalom qizlariga qaradida, laysa ala abiyka karim ba'dil yavm dedi. Bugundan keyin dadangizga musibat yo'q, ey Fotima, dedilar. Bugundan keyun dadangizga mus'ibat yo'q ey Fotima. Bildilar shu kuni Payg'ambar aleyhissalom vafot etishligini. Bugundan keyin Payg'ambar dadangizga musibat yo'q dedilar. Pateymonamizni chaqirib quloqlariga bir narsalarini shpiriladilar. Payg'ambarlar sallallohu alayhi vasallam aytishligi bilan pateymonamimiz yig'lab yubordi.

Yana keyin chaqirdilar da, bir narsalarni qulog'iga aytdilar. Pateyma onamiz kula boshladi. Shunda so'rashdilar, Payg'ambarimiz Rasululloh nima narsalarni aytdi degan edilar. Aytdiki, siz bugungi kun dedi, sizni dadangiz omonatini topshiradigan kun. Bugun Allohning huzuriga dadangiz ravona bo'ladigan kun. Ey Fotima deganlarda Fotima onamiz yig'ladilar. Shunda yig'laganini ko'rib turib payg'ambar vay salom fotimanimizni chaqirdilar da aytdiki, ey fotima yig'lamang. Bu siz eng birinchi ahlimdan menga yo'l oqadigan kishi siz bo'lasiz. Eng birinchi menga yo'liqadigan sizsiz deganlarida Fotima onamiz xursand bo'lib ketdilar. Va siz eng dunyodagi olamdagi ayollarning saidisizsiz, saidisizsiz deb aytdilar.

Payg'ambar alayhissalotu vassalom Oysha onamizning qo'llarida, bag'rlarida edi. Jon talvasasida, o'lim chiqar vaqtida. Shu vaqtda Abdurahmon, Oysha onamizning ukalari Abdurahmon Abu Bakrning o'g'illari kirdi. Qo'llarida og'zini tozalaydigan misvaklari bilan edi. Payg'ambar alayhissalom misvakka qattiq tikilib qaradilar. Shunda Oysha onamiz aytdilarki, yo Rasululloh, shoyadki siz shu misvak qilishlikni xohlayapsiz de, dedi. Payg'ambar alayhissalom boshlari bilan ishora qildi, ha deb. Oysha onamimiz misvakni Abdurahmonni qo'lidan olib, og'izlarida yumshatib, Payg'ambar ali alayhissalotu vassalomni og'izlariga tutqazdilar. Payg'ambar alayhissalosu vassalom og'izlarini misvak bilan tozaladilar. Subhanalloh, Alloh, Allohning huzuriga ketyapti, og'izlaridan bad bo'y hid kelmasin deb, og'izlarini musvaxlar bilan tozalab, Alloh Taoloning huzuriga tayyorgarlik ko'rdi. Kimlardir sigaret chekib, Allohni huzuriga ketadi. Kimlardir aroqning bad bo'y hidlari bilan ketadi. Kimlardir bad xulq bilan ketadi. Rasululloh shunchalik go'zal xulq. Go'zal muomala bo'la turib yana og'izlarini misvaklar bilan tozaladilar. Yonlarida muzdek suv idishda turardi. Qo'llarini suvdagi idishga tiqib turib, yuzlariga suvni olib, suv bilan yuzlarini yuvib turib, la ilaha illalloh, inna lil mavtez la sakarot.

La ilaha illallohnoh. O'limni shunday bir sharbati, achchig'i bor ekan a? O'limning bir maslig'i bor ekan a, odamni shunchalik mast qilib qo'yadigan ekan bu o'limning achchig'i deb turib Payg'ambar alayhissalom la ilahullalloh kalimasi og'izlardan uzilmasdi. Payg'ambar ali alayhissalotu vassalom oxirgi aytayotgan so'zlarda assolat, assolat va ma malakat aymanukum. Namoz, namoz, ey ummatim, namoz va qo'linglarni ostidagi odamlarga, ishchilarning, qullarning haqlarini to'liq ado qilinglar. Bo'lgan vasihat nasihatlarini, vasiyatlarini aytdi va qo'llarini Payg'ambar alayhissalom osmonga ko'tardilar. Barmoqlari bilan osmonga ishora qilib, ko'zlarini osmonga tiqib, bir narsalarni pichillay boshladi. O'shanimiz qulog'im, qulog'imni tutdim og'ziga dedi. Qulog'imni sekin og'ziga yaqinlashtirsam, Payg'ambar ilayhissalom ma'alladingna an an ta alayhim minannabiyina va siddiqiyina va shuha day va solihiy, allohim mag'firli, varhamniy, va al hikmni bir rafiqil ala, ar rafiqil a la, ar rafiqi al a la degan holatda aytayotgan edik. Alloh meni sen ne'mat qilib bergan kishilaring, siddiqlar, Payg'ambarlar, siddiqlari, shahidlari, solihlar bilan birga qilgin.

Meni shularning qatoriga qo'shgin, meni gunohimni kechirgin, meni rahmatingga olgin. Rafiqal a'lo, eng oliy maqomdagi do'stlarga meni elgashtirgin. Eng oliy maqamdagi do'stalarimga meni yetkazib qo'gin. Eng oliy makomdagi do'stinglarimga meni yetqazgin deb uch marta tehronladilar da, ruh muboragi Payg'ambar alayhissalotu vassalomdan chiqdi. Bu yak ikki dushanba kuni, rabai al avvalning o'n ikkinchi si, o'n bir hijratning o'n bir yili, Payg'ambar alayhissalom oltmish uch yosh u to'rt kun o'tgan kuni edi. Payg'ambar ilayhissalotu vassalomning ruhlari, ruhi muboraklari bu dunyodan vidolashdi. Bu ommatni ichidan ketdi. Shu vaqtda ichkaridagi tovushni eshitgan Umar radiallohu anhu tashqaridan yugurib kirdilar. Yugurib kirsalar Payg'ambar alayhissalotu vassalom oyshanamizning qo'llarida vafot topgan holatda yotardi. Payg'ambar layhissalotu vas salom vafot etdi dedilar. Umar radiallohanhu bunga ishonolmadi. Bunga ishona olmadi. Umar radiallohni hu qilishini chiqardi da. Bu munosib qilar dedi. Payg'ambar alayhissalomni o'ldi degan xabar tarqatyapti dedi.

Munofiqlar Payg'ambar alayhissalomni o'ldi degan xabar tarqatyapti. Allohga qasamki, Payg'ambar aleyhissalom o'lmadi. Balki u Muso alayhissalom qirq kun g'oyib bo'lib, qavmidan Payg'ambar Parvardigori Alloh bilan gaplashib, qirq kundan keyin qavmiga qaytib kelgan edi. Payg'ambar ilayhissalom Allohni huzuriga gaplashishga ketdi. Payg'ambir alayhissalomqaytib keladi. Agar kim Payg'ambarni o'ldi deydigan bo'lsa, qo'lini va oyog'ini mana shu qilish bilan men chopib tashlayman deb, Umar radiallohi u yoqdan bu yoqqa yugurardi. Abu Bakr radiallohu bu mavqutda yo'q edi. Abu Bakr sunnix degan joyda ahllarining huzuriga Payg'ambar alayhissalom izn bergandan keyin ketgan edi. Bu xabar tezda yashunday Abu Bakrga yetib bordi. Abu Bakr radiyaalloh anhu yugurib keldilar. Hech kimga qaramadi. Masjidga ham to'g'ri kirib, payg'ambar alayhissalomning hujralari, oishonamizning uylariga kirib, qarasa payg'ambar aliya salom o'rtada, hujraning o'rtasida, yuzlari berkilgan holatda yotibdi. Payg'ambar Abu Bakr radiyalloh anhu Payg'ambar ilayhissalomning huzuriga kirib, yuzlarini muborak, yuzlarini ochib, sekin tiz cho'ktida Payg'ambar alayhissalomni quchoqlab bag'rlariga bosib yig'iladi. Abu bakr bi abiy anta va ummi tifta hayyam va mayta.

Ota onam sizga fido bo'lsin, yo Rasululloh. Siz dunyoda ham shunday xushbo'y edingiz, hayot davringizda ham xushbo'y dedingiz, vafot etganingizdan keyin undan ham xushbo'r bo'lib ketibsiz, yo Rasulullohni deb. Payg'ambar alayhissalotu vassalomni quchoqlab yig'ladi Abu Bakr. Keyin bir oz vaqtdan keyin Abu Bakr o'zini qo'lga oldi. Sekin tashqariga chiqdi. Tashqariga chiqqanidan keyin Umar roziyallohu anhu haligi holatda hali ham to'xtamagan. Ey Umar, bu yoqqa keling, yaqinlashing, o'tiring bu yerga dedilar. Umar radiyallohni quloq solmadi. Ey Umar, o'tiring deyapman dedilar. Umar radiallohni hech kimga quloq solmaydi. Abu Bakr radiallohni odamlarga qarab, inn alhamdulillah, nahmadihu va nastainu salovatlarni aytib, Allohga hamdu sanolar bilan boshladi. Keyin Umar Abu Bakr radiyalarning o'z so'zlarini davomida, ammabad, vamankani ya'budu muhammadan fainna muhammadan qadmat, vamankani ya'dbudulloh fainna alloha hayyun la yamud dedilar. Ey odamlar, kim Muhammadga, sollallohu alayhi vasallamga ibodat qilayotgan bo'lsa, Muhammad alayhissalom o'ldi dedilar.

Kim Allohga ibodat qila yotgan bo'lmasa, Alloh tirik Alloh o'lmaydi dedilar. Ko'rdingizmi? Kim Muhammad alayhissalomga ibodat qilayotgan bo'lsa, Muhammad alayhi salom vafot etdi. Unga ibodat qilib qilishlik mumkin emas edi. Kim toshlarga, kim daraxtlarga, kim avliyolarga, kim qabrlarga, kim insonlarga ibodat qilyotgan bo'lmasa, ular hammasi o'ladi, yo'q bo'ladi. Alloh tirik. Alloh o'lmaydib. Keyin Alloh Taoloni mana bu oyatini o'qidi. Va man muhammadun illa rasulun qod halat min qablihir rusul. Afayimmata o'qutinglarni qolib, tum ala aqobikum va man yon qolib ala aqibaihi falangadur vallohu as shaya. Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning elchisi. Bundan avval ham payg'ambarlar o'tgan. Agar payg'ambar Muhammad alayhissalom o'lsa yo o'ldirilsa, sizlar orqanglarga qaytib ketasizlarmi dinni tashlab. Kim agar orqasiga qaytadigan bo'lsa, Allohga hech uning ziyoni tegmaydi uni. Alloh Taolo shokirlarni, shukur qiluvchilarni Alloh o'zi mukofotini beradi degan oyatni o'qiganda, Umar radiyallohu anhu qilishlarini yalang'ochlab, kuchini ko'rsatib baqirib turgan kishi tizzalari ko'tara olmay yerga quladi.

O'zlaridan ketib qoldilar. Shunda Umar roziyalloh aytdiki, ma tahammalini qadamaya va ilm tanna rasululloh mat. Meni ikki qadamim ko'tarib turolmadi bu jasadni, chunki payg'ambarni o'lganligini endi bildim dedilar. Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam seshanba kunida payg'ambar alayhissalomni g'usl qildirdilar. Lekin kiyimlarini yetishmagan holda g'usl qil derdi. Kafanlashdilar va chorshanba kuni Payg'ambar alayhissalomni dafn qildilar. Janoza namozlari o'qildi. Janoza namozi odamlar to'da to'da bo'lib kirib o'qishdilar. Eng avvalo farishtalar janoza o'qidi. Keyin Payg'ambar aleyhissalotu vassalomning qarindoshlari o'nta o'nta bo'lib kirip, birov birovga imomatchilikka o'tmadi. Hammasi yolg'iz yolg'iz Payg'ambar ilayhissalomga janoza o' qidi. Va undan keyin muhojirlar kirib na janoza o'qidi. Undan keyin ansarlar kirib janoza o' qidi. Undan keyhin ayollar va ulardan keyin yosh bolalar kirib janoza namozini o'qishdi. Haqiqatdan bu kun Payg'ambar alayhissalomga janoza namozi o'qilgan kuni eng og'ir kun bo'ldi. Anas radiyallohu anhu aytadiki, bu Madinaga Rasululloh kelgan kunni hech unutolmaymiz. Eng Madina yorib ketgan, nur sochgan kuni Payg'ambar alayhissalomning Madinaga kirgan kuni edi.

Va shuningdek madinadagi eng zulmatli kun payg'ambar ilayhissalomningmadinadan chiqqan kuni, allohni huzuriga ketgan kuni edi dedi. Musulmonlar iztirofga tushdi. Payg'ambar elayhissalomning vafotini haqiqiy musulmonman degan kishi qalblari ko'tarib tura olmadi. Umar rodiyallohu anhuning qadamlari oyoq qo'li ishlamay qolib qulab tushdi. Usmon rodiyallohu anhu tillari aylanmasdan saxov bo'lib qoldilar. Ali rodiyallohuinhu o'zlaridan ketib qoldi. Bilol azanchisi Payg'ambar alayhissalomning azanchilari. Ana shu voqeadan keyin, Rasulullohni vafotidan keyin azon aytishlikka qodir bo'lmay qoldilar. Payg'ambar alayhissalotu vassalomning masjidlarida azon aytishlik, Payg'ambar alaysalomning azon kalimalarida ash hadu anna muhammadur rasululloh degan kalimani aytishga yuraklari bardosh bermadi. Shom shahriga chiqib ketishlikka xalifai Abu Bakrning izn so'radi. Shunda Abu Bakr radiallohu anhu aytdilarki, ey Bilol, shu joyda qolsangiz dedi, Rasulullohni zamonasidagi boshlagan yaxshi amalingizni azon aytishlik, bu eng katta ulug' savob, ishingizni davom ettirganingiz edi, deganlarida Bilol aytdiki, ey Abu Bakr, o Rasululloh borida buni aytganman, lekin Rasululloh yo'q, men qanday bunga bardosh beraman?

U kishi dunyodan o'tib ketdi, men bunga chiday olmayapman. Yursam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suratlari ko'zimga gavdalanadi. Qayerda yursam, Payg'ambar alayhissalomning hayotlari xuddi men bilan birga yurganday bo'ladi. Men iloji yo'q Madinani tashlab, boshqa bir shaharga, Shom shahriga chiqib ketmasam, bu yerda menga yashashlikka hech imkon qolmadi dedi. Shunda abubakr aytdilarki, ey bilol, yo'q, siz davom ettirasiz azonni deganlarda, bilol aytdilarkki, ey abubakr dedi. Ha, tan olaman, siz meni qul bo'lib, azoblanib yotgan bir vaqtimda, siz keldingiz va pulingizni sarflab meni ozod qildingiz. Agar shu ozod qilishligingiz Alloh uchun ozod qilgan bo'lsangiz, unda meni o'z holimga qo'ying dedi. Agar yo'q, siz o'sha ozod qilishligingizni, kunlar kelib bir kun menga minnat qilishlik va bir ishingizni qildirib olish uchun ozod qilgan bo'lsangiz, buyuring, men nima desangiz shuni bajaraman dedi. Abu Bakr radialloh aytdi, yo'q yo Bilol dedi. Men sizni Alloh uchun ozod qilganman. Xohlaganingizni qiling dedilar. Bilol radiallohu Madinada yashay olmaganlardan Shom shahri lariga chiqib ketdi. Kunlar o'tadi. Abu Bakr, Umar radiallohu anhularga ham yengil bo'lgani yo'q.

Abu Bakr, Umar radiallohu anhu chiqsa ham, kirsa ham Rasulullohning eng do'stlari bo'lgan, o'ng va chap qo'lida turgan Payg'ambar alayhissalomning suyanchiqlari edi. Bular ham Payg'ambar ilayhissalomni yo'qotganliklari, mol u dunyosini yo'qotishlik hech narsa emas. Farzandlarini, bola chaqasini yo'qotishi, ahlini yo'qotishing hech narsa emass, Rasulullohning yo'qotishni oldida. Bular chiday olmadilar. Shundan keyin aytdi, Abu Bakr Umarga qarab, ey Umar, dedi. Siz qanaqa qilib chidayapsiz deganlarda Umar aytdiki, men ham chiday olmayapman, e Abobakr. Unda yuring o'zimizni bir past ovuntirib kelamiz dedi. Qayerga boramiz degan edilar. Rasulullohning yoshlik davridan boqib, kattaytirgan, Payg'ambar alayhissalomga egnagalik qilgan. Madinaga borib, onalari Ominah bilan tog'alarini ziyorat qilib kelayotganida, Avvoj degan joyga kelganlarda onalari vafot etdi. Faqat o'sha bir ayolning qo'lida qoldi, olti yoshida payg'ambar aleyhissalom, umma ayman al baraka. Umma Ayman al-Baraka degan Payg'ambar aleyhissalomni enagalari bor. Shuning huzuriga borsak, Rasululloh haqida biror bir narsalar aytsa yu, qalbimizni bir tasallo qilib kelamiz deyishib, Umma Aymanning uylariga keldilar.

Umma Aymanning uylariga kelsalar, Umma Ayman yig'lab o'tiribdi. Bu ikkovlari Umma Aymandan biron bir narsa eshitamiz desa, Umma Ayman yog'lab o'tirgan ekan. Shunda aytdiki, ey Umma Ayman, nimaga yig'layapsiz? Degan edilar. Umma Aymon aytdiki, innama abki inniy qid alimta anna rasululloh say yamud, valakin innama abki alal wahiyilladiy inqata anna. Men Payg'ambar aleyhissalomning vafotiga emas dedilar. Rasulullohning vafot etishligi haq edi, Alloh Taolo buni taqdirida bitgan edi dedilar. Men bugundan boshlab, Rasulullohning vasfotidan boshlab, biz bilan osmondagi o'rtamizdagi aloqa uzildi. Alloh bilan bo'lib turgan aloqa uzildi. Vahiy bugun to'xtadi. Endi yomonliklar osmondan yaxshilik tushadigan davr, yigirma uch yil davr vahiy yaxshiliklar tushdi. Endi yomonliqlar tushadigan davri boshlandi. Mana shunga yig'layapman deganida, Abu Bakr bilan Umar radiallohu anhu ham yig'lagan ekan. Qur'tubiy aytadiki, eng katta musibat dindagi musibat. Payg'ambar alayhissalom endi asobi ahadakum musiba, faryodkur musobahubiy. Agar sizlarga bir musibat yetsa, mening bilan musibatlangan, meni dunyodan chiqib ketgan kunimdagi musulmonlarga yetgan musibatni eslab ko'rsin.

Bu eng katta musibat edi Payg'ambar alayhissalom. Haqiqatdan ham musulmonlarning eng katta musibati Payg'ambar aleyhissalomni yo'qotgan kuni edi. Chunki Payg'ambar yo'qotdi ular. Ular vahiyniy. Ular Alloh bilan bo'lib turgan aloqani yo'qotishdi ular. Bir inson oddiy o'zining katta bir tanishi bo'ladigan bo'lsa, shu tanishi, shu tanishisi bilan bo'layotgan aloqasini yo'qolishiga qancha a'zolanadi, qancha o'zi attanglar qiladi. Ha, bu Alloh bilan bo'layotgan aloqaning yo'qolishi edi. Alloh Subhanahu va Taolo Payg'ambariga: "Innaka mayyutun va innahum mayyutun". Siz ham dunyodan o'tasiz va ular ham dunyodan o'tadi degan. Haqiqatdan bu azizlar dunyoga kelgandan keyin ketmasdan iloji yo'q ekan. Shunday Payg'ambar ham Alloh Taolo ixtiyorni berdi. Dunyoni tanla. Mangu hayotni tanla dunyoda. Va dunyoda man yur yashab, keyin jannatni tanla. Undan keyin boradigan joying jannat desa ham Payg'ambar alayhissalom yo'q. Menga bitilgan ajal qaysi vaqt? Oltmish uch yosh u to'rt kunlikmi? O'shanga men roziman, yo Alloh deyapti.

O'shanga roziman shunga Alloh. Bizga esa Alloh Taolo aytmadiki, senga mangu umr dunyoda demayapti. Senga undan keyin jannat ana, aniq sen jannatga borasan demadi. Lekin shunda ham biz mangu hayotga qiziqib, mangu hayotda yashashlikka harakat qilib, umrimizni o'tkazish bilan ovoramiz. Shoir aytgan ekanki, jahonga podshoh bo'lsang, agar yuz yil umr ko'rsang, axir bir kun ketar bordir. Quyoshdan ibrat olgin axir bir bir botar bordir. Bu dunyo bir rabotur kim qo'nib bir bir o'tar bordur, nasib etsa bir qarish yer borib unda yatar bordur degan ekan. Demak hammamizga Payg'ambar ley saloti va salonday muborak zavqa ham bir qarish yerga botishlik bor ekan. Hammamizga ham shunday joyga borishlik bor. Bu kunga tayyorgarlik ko'rishligimiz kerak ekan. Qiyomatning bir alomati Rasulullohning vafoti. E dud siddan bayna yaday sa'a, qiyomatdan avval oltita narsani sanayin, dedi Payg'ambar alayhissalom. Shulardan biri mening o'limim qiyomatning boshlanishi degan ekan. Qiyomat o'n ikkinchi yili ikki ming o'n ikkinchinchi yilda yigirma birinchi dekabr kunida boshlanar ekan degan so'zning hech hojati yo'q.

Rasululloh o'sha vaqtda aytib ketdi. Mening o'limim bilan qiyomatning birinchi boshlanishi boshlanib qo'ydi dedi. Bizdan faqat unga tayyorgarlik ko'rishlik. Unga ibodat, yaxshi amallar bilan tayyorgarlik korishlik ekan. Alloh suhanahu va taolodin hammamizga bu dunyoda solih, yaxshi amallarni qilishlikka muvaffaq qilishini Allohdan so'raymiz. Payg'ambar alayhissalotu vassalom oxirgi nafaslarida maalladina anamta alayhi minan nabiyina va siddiqina va shuhada va solihin va hasina viloyika rafiqo, sodiq Payg'ambarlar, siddiqlar, shahidlar, solihlar bilan va oliy maqomdagi rafiqlar bilan, jannatdagi do'st u yorlar bilan birga Alloh Taolo hammamizni jamlashligini so'raymiz, Alloh subhanah va taolo gunohlarimizni mag'firat qilishini so'raymiz. Subhanaka Allohim va behemdek. Ashadvallohu alayhi la hillantas ta'rifu ruk vato bilay. Bir Ahmat aka, ya rahmat, bir Ahmat.

Keyingi darsni tinglashMaʼmurjon domla(Siyrat darsligi)5-dars.Xadicha onamizga uylanishi va Kaʼbaning taʼminoti