Maviza
—Qoralama1 soat 34 daq

Maʼmurjon domla(Siyrat darsligi)5-dars.Xadicha onamizga uylanishi va Kaʼbaning taʼminoti

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
93:43
O'zgarishlar tarixi

Ta'udillahi mana shayton rojiym, bismillahir rohmanir rohiym. Inn alhamdulillah, nahmaduhu anastainuhu anastavhiruh. Va na'udhu billahi min sururi an husina va min sayyi ati amalina, man yig'dikillahi u falamudillala va man yudilil falaha deyala va ash hadu an la ilohi illallohu vohidahul ashadikaluh va ash hadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma band. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, oliy sifatlari bilan bugungi shanba kuni yu darsni Allohning roziligi uchun o'tilayotgan darslar qatorida Alloh Taolo sevib, rozi bo'lgan holda qabul, maqbul qilishini so'raymiz. Alloh Taoloning darsimizda barchamizga, avvalo o'zimga qarab bersa, barchamizga ixlosini berishini so'rayman. Alloh Taolodan darslarimizni davomiy qilishini so'tamaymiz. Zohir i botin fitnalardan Allohni o'zi asrashligini so'raymiz.

Nimaiki haq bo'ladigan bo'lsa, Allohning fazli tavfiqiy. Nimaiki xato kamchilik bo'lsa, u Shaytondan va mening xatoligimdandir. Biz Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning go'zal tarixlari uzra sizlar bilan birgalikda suhbatlashayotgan edik. Avvalgi o'tgan darsligimizda payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni dunyoga kelib va enagalari emizgan onalari halimatissadiyaning uylaridan qaytganlik joyiga kelib to'xtaganmiz.

Lekin orada so'raymiz degan va'dangiz ham bor edi. So'raymiz lekin va'damizga agar xilof qiladigan bo'lsak, bo'lmaydi. Musulmon kishi rivoyatda turadi deydi. Shuning uchun eng birinchi so'raymiz degan narsa Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni yigirma bitta otalari nasablarini so'raymiz degandek. Imomlar emas, masjid imomlaridan boshqa odamlar, qani qo'lini ko'tarsin chi.

Aytib beraman degan odam bormi? Aytingchi. O'n bir tasini aytingchi. Qarab o'qiyapsizmi?

Ha, qaramasdan o'qiyapsanmi? Yaxshi, mashalloh, mashalloh, yaxshi. Yana bormi, hammasini yodlab kelgan odam bormi? Ha? Baxtli ayting chi. Keladik. Ibn kilad, hm. Bo'lib, o'zi ukam, ibn noyob, ibn bog'ich, hm.

Kinoni. Mudir aka? Mudir. Alloh rozi bo'lsin. Payg'ambar alayhissalomning nasabini bilmaydigan bo'lsak, uni tarixini o'rganmagan bo'lib chiqamiz da oxirida. Eng birinchi bo'lib qani nasabini aytib bering desa, bilmasak tarixini hech narsa o'rganmagan bolamiz. Bormi yana?

Yo'q, boshqa yana bormi boshqa? Qo'limizni ko'taryapsizmi? Telefon ko'taryapsiz? A? Ha. Xo'p. Keyingisida yana so'raymiz. Bu, eee, Payg'ambar alayhissalom nasablarini kelingasida yana so'raymiz. Bizni yetib kelgan joyimiz, Payg'ambar alayhissalotu vassalomni onalari kim edi?

Ominah, onalarining oldiga olib kelib, Halima Sa'diya, Halima ona topshirdilar. Chunki ko'kragini yorib, shaytonning nasibasini olib tashlagan voqea sodir bo'lgandan keyin Halima ona ham va uning kuyovlari ham o'zlaridan qo'rqib qoldi. Shuning uchun Payg'ambar alayhissalomni to'rt yoshlarida, ba'zilarida besh yoshar deydi. Xullas, Payg'ambar aleyhissalomni olib kelib, onalariga topshirdi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam onalari bilan birga Makkada ikki yil yana olti yoshga tug'ilgunga davr, olti yoshgacha onalari bilan birga bo'ldi. Keyin onalari Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni yetaklanadi da, Madinada tog'alarini ziyorat qilishlikka bordi. Tog'alari kim? Bani Adiy ibn Najor qabilasi.

U yoqdan kim kelgan edi? Madinadan qanaqa tog'a bo'ladi? Shayba Abdulmutalib bobosi, Payg'ambar assalomning hozirgi shu biz o'tayotgan bobolari Abdulmutalib shu yerdan kelgan edi. Shuning uchun nima deymiz, tog'alari deb aytamiz. Bani Adiy ibn Najorning ziyoratiga bordi da, o'sha joydan keyin dadalari Madinada vafot etgan edi. Shu vafot etgan qabrlarini ham borib ziyorat qilishlik uchun Payg'ambar alayhissalomni yetaklab, yonlarida Umma Ayman, Umma Ayman degan xizmatkorlarini olib, billa Madinaga borishdi.

Va ular Madinada bir oy turishdi. Payg'ambar alaysalomni olib, onalari umma ayman bir oy turdi. Bir oy turganidan keyin, qaytayotgan vaqtlarida Abuva degan joyga kelganlarida, nima qildi? Onalari Madinadan qaytayotganda Makka bilan Madinaning o'rtasida vafot etdi. Endi bu Payg'ambar alayhisalomni Payg'ambar bo'lib kelishidan avval bo'lgan hayoti biz uchun dalil hujjat qilib olinmaydi. Payg'ambarlikdan avval o'tgan hayotlari dan dalil qilib ushlanmaydi. Misol uchun mana, onalari yetaklab borib qabrni ziyorat qilgan ekan. Demak ayollar qabrlarni ziyorat qilsa bo'lar ekan deb turib, qabrlarni borib ziyorat qilishlikni bu yerdan dalil qilib chiqarib olishlik mumkin emas ekan. Tushunarlimi? Qabrlarni Payg'ambar alayhisalom hadisda aytadi, la'ana rasululloh za ira fil qubur ibn abbos aytgan hadisda, Payg'ambar alayhisalom qabrlarni ziyorat qiladigan ayollarni la'natladi dedi. Qabrlarni ziyorat qiladigan ayollarni la'natlari. Vil muttahidi ina alayha masajid qabrlarga masjid qurib oladigan odamlarni la'natladi. Qabrning ustiga masjid quradigan va as suruj deydi.

As suruj chiroqlar qo'yadigan, chiroq yoqadigan kishini la'natladi deb keltirdi. Demak, qabrlarni ziyorat qilishlik masalasida ulamolar ixtilof qilgan ekan. Qabrni ziyorat qilishi har xil har xil bo'ladi. Qabrni ziyorat qilib. Birinchisi, sunnat bo'lgan ziyorat erkaklar uchun xos. Qabrlarni ziyorat qilishlik sunnat bo'lgan ziyorat erkaklar uchun xos. U qabrga borib, o'ziga nasihatlanadi. Oxiratni eslaydi. Qabr ahliga duo, xayr, yaxshi duolarni qiladi. Mana shuning uchun qabrlarni borib ziyorat qilsa, o'ziga ham foydasi bo'ladi. O'ziga ham foydasi bor va mayitga ham, qabrdagi yotgan o'likka ham nimasi bo'lar ekan, foydasi bo'lar e kan. Shuning uchun erkaklarga xos bo'lgan ziyorat bu. Ikkinchi ziyoratning turi bu shirk ziyorat deyiladi. Qabrlardan biror narsani umid qilib borib ziyorat qilishlik. Masalan ayollar farzand ko'rmay qolsa, falon bir qabriga borgan edim, shu yerda so'ragan edim desa, shuni ziyorat qilib farzand beradi deb qilishligi, bu shariatga muvofiq bo'lmagan ziyorat deb aytilar ekan. Ammo, ularni ustiga masjid qilib oladi degan hadisga keladigan bo'lsak, yo o'sha qabrda yo qabristonda namoz o'qishlik deydi.

Qabristonda namozov o'qishlik shariatimizda yo'q narsa. Yo shu qabrning ustiga masjid qurishlik ham bizni nimamizda, shariatimizda masjid qurushlik durust emas ekan. Va suruj deydi chiroqlar yoqishlik. Qabrlarga borib chiroqlar qo'yishlik. Bu nimalarning amallari?

O'tparastlarning amallari. Shuning uchun qabrlarda ba'zi nimalarda chiroq, chiroqchilar deb qo'yamiz. Bu chiroq yoqishlik, qabrlarda o'tirishliklar, bu shariatga muvofiq bo'lmagan ishlar. Ayollarning ziyoratiga keladigan bo'lsak, Payg'ambar raisi ulamolar ixtilof qilgan. Ayollar qabrlarini borib ziyorat qilsa bo'ladimi degan masalada. Ayollarning qabriga borib ziyoratqilishligi mutloq, durustmas, harom degan ko'p toifa olimlardan bir jamoasi shunaqa deydi. Mumkin emas deydi. Nimaga desa, hozirgi aytgan hadisimiz, Payg'ambar alayhissalom qabrlarni ziyorat qilayotgan ayollarni la'natladi degan hadis. Dalil bo'ladi deydi. La'natladi lekin hadis, shunga dalil bo'lardi deydi. Ammo bir toifalari qabrlarini ziyorat qilishlik makruh deganlari bo'lgan ekan. Makruh, haromdan pastroq deganlari bor ekan. Bu zaif gap. Ular aytishadi, Payg'ambar alayhissalotu vassalom umma atiyaning hadisida janoza namozlariga ergashlikdan qaytarildik, lekin bizga qattiq qaytarilishlikda qattiq nima qilinmadi, azm qaror qilinmadi. Bormanglar deb qo'yildi, lekin qattiq turolmadi degan gapni aytib, agar kim boradigan bo'lsa, joiz deganga o'xshagan gap gapirgan ekan.

Bu hadis shundaylar olinmaydi. Bu aytilayotgan so'z, bu kishining dalillari, bu toifaning dalillari zaif gap deyilgan. Ammo yana bir toifa olimlarni so'zi bor ekan, ayollar qabrlarini ziyorat qilsa bo'ladi deb qo'ygan gap bor ekan. Shuni topib olib, mana ayollar ham qabrlarini xizmat qilsa bo'lar ekan degan gap kelib chiqmasligi kerak ekan. Ayollarni Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam qabrlarinix ziyorat qilishdan qaytadi. Xullas, onalari Ominano ona Payg'ambar alayhissalomni olib kelayotganlarida, Makkaga qaytayotganlarida Abu Vo degan joyda vafot etdi va Payg'ambar ash'aom Makkagacha Ummi Ayman xizmatkorlari o'zi yetaklab olib kelib, bobosini qo'liga topshirdi. Bobosi Abdulmutalib, Abdulmutalibni kafolatiga o'tdi edi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam abdul mutalibning kafolatiga o'tdi. Abdul mutalibining farzandlari judayam ko'p edi. Biz yuqorida aytganmiz, o'n ikkita o'g'li va oltita qizi bor edi deb o'tganmiz. Abdul mutalab payg'ambar sollollohu alayhi va sallamni o'ta qattiq yaxshi ko'radi. Nevarasi edi. Bo'lib ham o'g'li muvaffaqiyatli bo'lgandan keyin bolasi nevara qoladigan bo'lsa, u o'ta sevikli bo'ladi.

Nimaga desa, o'g'lini sog'igan vaqtda nevara shu o'g'lni eslatadi da. O'shandan qolgan meros deb. Shuning uchun ham dadasi Abdulloh vafot etib ketgandan keyin, o'g'li o'sha qolgan meros, Payg'ambar alayhissalom bo'lgandan keyin, erta qattiq boshqalardan ko'ra yaxshi ko'radi. Abdulmuttali bir hashamatlik, savlatlik, nima, haybatlik kishi edi. U kishining to'shakka olingan bo'lsa, to'shagiga biron farzandlardan birontasi kelib o'tirmas edi, to'shagining yoniga ham chiqmas ekan. Hatto dadasi Abdulmuttal kelib o'tirgandan keyin, ruxsat bergandan keyin borib o'tirishar ekan. Bu misol ba'zi narsalar johiliyatdagi, johiliyat davridagi, islomning avvalgi davridagi go'zal narsalarni islom qabul qilgan. Hammasini batamom bu johiliyat, johiliyati deb yo'qqa chiqarmagan. Shijoat, karim, saxovat, odamgarchilik, hajilarga suv berishlik, hajilarga ovqat berish degan masalalar johiliyatda ham bo'lgan. Islomda ham bu narsalar iqror qilingan. Mana bu ota onalarni hurmat qilishlik masalasi ham mana Abdulmuttalibni o'sha vaqtlarda nima farzandlari, to'shaklariga ham o'tirmas ekan, hatto dadasi o'tirguncha. Ammo Payg'ambar alayhissalom kichkina edi.

Shu vaqtlarda olti yoshda yetim onasidan ham nima bo'ldi, ayrilib qoldi. Shu olti yetti yoshning oraligida to'shaklariga kelib yugurib chiqib o'tirib olsa, sekin amakkalari Payg'ambar alayhissalom to'shakdan tushirmoqchi bo'lardi. Tushirib, bobong o'tirsin, Abdumuttal o'tirsin deyotganini ko'rib qolsa, Abdumuttali aytarkan, qo'yinglar, tegmanglar. Tegmanglar, bu kelajakda katta bir nimasi bor buni. Bu boshqacha bola bo'ladi bu. Kelajakda katta odam bo'ladi bu deb, Payg'ambar alayhissalotu vassalomni yonlariga o'tkazib olardi. Abdulmuttalib. Imom Tabariy, Bayhaqiy, mana hadisda Kundayr ibn Saidning dadalari aytadi, haj jahliyat vaqtida ular ham Ka'bani tavof qilishi, haj qilishadi. Shunda Ka'bani tavov qilib yursam, Ka'baga kelsam, bir odam Ka'bani atrofida bir she'rga o'xshagan narsani aytib, aylanayotgan ekan. Robbi rudda rakibi muhammadin rudda huli vastana yadiy indiy yadan. Ey Alloh, menga mening choparim bo'lgan Muhammad alayhissalomni qaytargin va uni mening oldimda quvvatli qo'lini meni oldimda qilgin, ya'ni quvvatli qilgin meni oldimda degan.

Gapni aytyapgan ekan. Shunda haligi so'ragan ekan, kim bu? Kayfani aylanib shu so'zni aytyotganda endi, bu Abdulmuttalib degan ekan. Nimaga unaqa deyapti desa, Muhammad alayhissalomni, Payg'ambar alayhissalomnni yetti yosh, sakkiz yosh oralig'ida. Yetti yoshlarda tuyasi Abdulmuttalipni tuyasi ketib qolib, yo'qolib qolganda izlashga yuborgan ekan. Payg'ambar alayhissalom tugani izlab ketdi da, uzoq vaqt Payg'ambar alaysalom ham topilmadi. Shunda Ka'bani aylanib yig'lab turib duo qilgan ekan Abdulmuthtalib. Mening choparim, tugani izlab ketgin, choparimni qaytar menga. Mening yonimda qilgin uni qo'lini. Mendan ajrab qolmasin deb turib, bobosi Abdulmuthtalip yig'lab turip Ka'bani tavoq qilayotganini ko'rgan. Shunda birozdan keyin Payg'ambar aytaylik, tugani yetaklab olib kelgan ekan. Tuyanini yetaklab olib kelganida, quchoqlab turib yig'lab, Abdumuttalib, bugundan keyin seni yonimdan uzoqlashtirmayman, ayirmayman deganini ko'rdim dedi. Bu tarix nima uchun buni zikr qilyapti? Tarix buni zikr kilishi Abdulmuttalib Payg'ambar alayhissalomga o'ta ketgan mehribon ekanligini bildiryapti, mana shu narsa bilan bayon qilyapti. Ajoyib bir xabarlardan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan deydi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom Abdumuttalibning kafolatida turganda, Abdumuttalab qarab turgan vaqtlarida nima bo'ldi?

Bani mutulijdan bir karvon Mahkaga keladi. Bani mutulij qabilasidan bir karvon Mahakaga keladi. Mahkaga kelgandan keyin Ka'bani aylanishadi. Ka'bani aynansa, Ibrohim alayhissalomni maqomini ko'rgansizlar a? Hajga borganlar Ibrohim alayhissalomni qadamini izi turibdi shu yerda. Bitta idishcha nemasiga solib qo'ygan. Haligini aylanib ko'rishadi da, ular ahli qofa edi deydi. Ahli qofa degani, qiyofangizga qarab turib, kimni bolasi ekaningizni topib qo'yadigan odamlar edi da. Shunday qarab, ha, sen falonchani bolasi ekansan deb aytadiganlar edi deydi. Hatto shunchalik hozir masalan bizda nima kuchaydi, mana bu odamlarni qoni bilan yoki bir tanasidagi bir a'zosi bilan, chochi bilan topadi da, bu sen dadang, dadangmas deb ajratib beradi ya. U vaqtlarda qiyofa bilan ajratgan. Meditsina bo'lmagan. Unaqa bir nimalar, apparatlar bo'lmagan. Shunday kelardi da, qiyofani qattiq biladigan odamlar, shunday kelib, kerak bo'lsa, boshini yopib, oyog'ini chiqarib yotgan vaqtda bunday qarab, buning oyog'i, buni dadasi manavi deb turib ham topib berishgan ekan. Oyog'iga qarab turib ham topib terishgan deydi. Bu ahli qofada edi. Qiyofasiga qarab turilib aytadiganlar kelishgan edi, bani mudlijdan deydi.

Shunda kelganda, Abdumuttalibga qarab aytgan ekan. E, Abdumuttali degan ekan. Bu orada biron bir qadamni haligi Ibrohim alayhissalomning qadamiga o'xshaydiganni ko'rmadik, faqat mana shu bolani qadami o'xshaydi degan ekan. Payg'ambar alayhissalomni qadamini shunday qarab turib, bola bo'lmasa, yetti yoshdagi bola, shunday qarib turib, buning qadami Ibrohim alayhi assalomning qadamga o'xshay, bobosiga tortganda endi. Ibrohim alayha assalomning qadaminga o'xshar ekan mana shu bola. Bu bolada bir narsa bor degan ekan. Va buni ehtiyot qil degan ekan. Deganda Abdumuttalib o'g'li Abu Tolifga qarab turib aytgani eshityapsanmi degan ekan. Abu Tolifka qarab. Eshityapsan mi? Buni ehtiyoq qil, avaylagin degan ekan. Abdumuttalib. Abdumuttalib yuz yigirma yoshida vafot etadi. Abdumuttalib yuz yigirmanchi yoshga kelganda vafot etadi, Payg'ambar alayhissalomning yoshi sakkiz yoshda edi. Onalaridan keyin Payg'ambar aleyhissalom Abdumuttalibni qo'lida faqat ikki yil billa turdi. Olti yoshida onasi ham vafot etgan bo'lsa, sakkiz yoshida bobosi vafot etdi. Yuz yigirma yoshda vafot etib, Makkada Hajun degan joyga dafn qilinadi. Bobosi vafot ketayotgan vaqtlarida o'g'li Abo tolibni chaqirib turib, ey Abo tolib, mana bu akangning o'g'lini, amakisi endi Abu tolib, senga omonatga qo'yyapman, yaxshilab qaragin deb turib vasiyat qilib ketadi.

Chunki Abu tolib Payg'ambar eson dadasi Abdulloh bilan tug'ishgan aka uka edi deydi. Tug'ishgan aka ukasi degani, boshqa aka ukalari ham bor edi, o'n ikkita o'g'il bor edi. Lekin ular bir ota bir onadan emas edi. Ular bo'lak onalardan, boshqa onalardan edi. Ammo Payg'ambar alayhissalom dadasi bilan Abu tolib bitta ota, bitta onadan edi. Bitta ota, birta onadan edi. Mana endi bizlar ularni tarqalishini kelib gapirib o'taylik. Abdumuttalibni o'n ikkita bola o'g'il bolasi, oltita qiz bolasi bor dedik a?

Birinchi ayoli, Abdumuttalibning birinchi ayoli Safiya binti Jun deb. Safiya. Bundan Husan bilan Xoris tug'ilgan. Husan bilan Xoris. Abdumuttalib nima qiladi? Xoris, o, keyin nimani biz o'tdik, Zamzamni kavlayotgan vaqtida, bitta o'g'li bor edi, Xoris degan o'g'li bo'lardi, boshqa o'g'li yo'q edi deydi. Mana shu Xoris bilan Husan, demak, nima, Safiya degan ayolidan. Ikkinchi ayoli Natila binti Janob deydi, Natiladan Diror bilan Abbos, roziyallohu anhud. Diror bilan Abbos, ular ikkisi bo'lak onadan.

Va uchinchi Hala binti Vuhayb deydi, Haladan Muqovvim, ba'zilar Abdul Ka'ba deyishgan, Muqovvim, Mug'iyroq va Hamza Sofiya. Hamza bilan Sofiya, Payg'ambarimizning ammasi bilan Hamza amakisi Nafila degan bo'lak ayoldan ekan. To'rtinchi ayoli Ulubna binti Hojardan Abulahab tug'ilgan ekan. Abulahad faqat bitta o'zi tug'ilgan ekan. O'sha nimadan, natiladan, lyubnadan, lyubnada abulahadni o'zi tug'ulgan. Mumanna'a binti amrdan mus'ad degan amakisi tug'ilgan eka, payg'ambarimizning mus'ad. Va fotima binti amrddan, bu eng oxirgisi, oltinchi ayoli abdumuttalibni, fotima bintiamrdan abu tolib tug'ilgan, amakisi abu tolib. Payg'ambar eson dadasi abdulloh tug'ilgan, zubayr tug'ilgan. Ayollardan bo'lsa otika, barra, umayma, arava, umma hakim tug'ilgan. Tushunarlimi? Ayollarning bari mana shu ko'prog'i nimadan tug'ilgan? Demak payg'ambar alayhissalomning dadasi, abdulloh, dadasi, keyin abba tolib, keyin zubayr uchoviy, bittani, bitta otadan tug'ilganligi uchun payg'ambar aleyhissalomni nimaga abu lahadga tashlab ketmadi?

Onasi bo'lagan. O'zi buni onasi bilan bir bo'lgan, abo tolibga nima qilib ketdi, topshirib ketdi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam abo tolibning kafolatiga o'tdi. Abu Tolib sakkiz yoshda kafolatiga oldi. Besadan Payg'ambar bo'lgandan keyin ham o'n yil himoyasida bo'ldi. Payg'ambar bo'lgandan keyingi ham o'n yillik himoyasida bo'ldi. Necha yil, umuman necha yil bizlar nimamizda, hisobimizda qancha yil Abu Tolib Payg'ambar alayhissalomga yordam berdi, himoya qildi, saqladi, qo'rg'adi? Necha yil? Qirq uch yil. Qirq uch ye. Qirq uchinchi yil Abu Tolib Payg'ambar alayhissalomni yedirib, ichirib, ulg'aytirib, katta qilib, yonida olib yurib himoya qildi. Qirq uchi yil amakisi.

Abu Tolib. Bu bobolariga o'xshagan, boy odam emas edi. Abdurmuttaliklar yuz tuya so'yib turib, Abdullohni nima qildi? Nazriddin ozod qilgan edi. Ammo Abu Tolib bo'lsa, unaqa boy emas edi. Muqildan, qo'li ham tor, qo'li kalta deymiz mana. Kambag'alroq odam edi Abu Tolib. Shuning uchun Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Abu Tolibni qiynalib, bola chaqa boqayotganini ko'rgandan keyin, sakkiz yoshar bo'lishiga qaramasdan, Payg'ambar alayhissalom ham Abu Tolibga yordam bo'lsin deb turib, chiqib, Abu Tolib bilan birga ishlashadi. Ayniqsa, qo'y boqishlik nimasiga Makkoning, Makka ahlini qo'ylarini boqar edi. Payg'ambar sallallohu alayh vasallam aytadi, men bu isbimada asallohu alayhi va illa ro al g'anim. Alloh Taolo biror bir Payg'ambar yubormadi, yuborsa ham hamma Payg'ambarlar qo'y boqdi deydi a? Muso alayhissalom va Makil Kabiy aminika ya Muso, ey Muso, qo'lingdagi hassang nima deganda, bun bilan men qo'ylarimni boqaman deb turib va unga suyanaman hassaga deydi a? Musoo alayhissalom ham qo'y bo'qqan ekan. Biron bir Payg'ambor bo'lmadi deydi. Illo qo'y boqdi deydi. Shunda sahobalar siz hammi yo rasululloh qo'y bo qqanmisiz deganda payg'ambar alayhissalom ha, men makka ahlini qo'ylarini arzimagan bir chaqalarga, qaroriyatlarga boqar edim degan.

Makka ahlini qo'ylarini boqar edim. Qo'y boqishlikdagi hikmat nimaga? Nima uchun qo'y boqunlikda qanaqa qoidalar, hikmatlar borki, Alloh Taolo Payg'ambarlarni hammasiga qo'y boxtirdi desa, qo'y boqqan odam qo'ylarni qanaqa yetaklab olib yurishni biladi degan ekan. Qo'ylar bilan qanaqa muomala qilish, qanaqa yetaqlashni biladi. Qo'yni yetaklab, qo'yni eplagan odam keyin ummatni ham yetaklay oladi degan ekan da. Ummatni yetaklash, shuning uchun bir odam bir joyga kelishidan avval o'zini borib, o, hayvonlarda bir tadbiq qilib ko'rsin.

Xalqni yetaklayman degan odam borib turib, molni yetaklab ko'rsin. Agar o'shani qo'lidan keladigan bo'lsa, keyin odamlar nima qilar ekan? Ko'pchilikni yetaklashligi mumkin ekan. Payg'ambarlar qo'y boqdi, qo'yni qanday boshqarishni o'rgangandan keyin, Alloh Taolo ularga ummatni boshqarish vazifasini yukladi. Ikkinchidan foydasi, sabrni o'rganadi deydi. Sabrni o'rganadi. Qo'y boqayotgan odam qo'y qaysi vaqtda ovqat yeydi? Qo'y kun salqin vaqtida ovqat yeydi. Kun isib ketgan vaqtda qo'ylar o'zini yerga uradi, yopadi. Qo'ylar ertamandan quyosh chiqmasdan turib, chiqishlik kerak. Va kech payt quyosh botadigan vaqtlarda qattiq yeydi qo'ylar. Ammo kun jazirama issiqda qo'yilar ovqat yeya olmaydi. Mana bular qo'y boqayotgan odam sabr. Ertamandan chiqishlik keraks. Bomdod namoziga ertamandan turadi da keyin. O'rganadi. Ha? Keyin kech paytgacha qo'yni boqadi. A? Ana shunaqa qilib turib sabr matonatni o'rganadi, dindagi sabrni o'rgana de. Keyin xalixni, basharniy odamlarning ichida ertamandan kechgacha da'vat qilsa, charchamaydigan inson bo'ladi. Odamlarning ichida da'vat qilib, erta mendan kechgacha Allohnin dinini yetkazganda charchamaydigan odam bo'ladi.

Keyin yana bir sabrning bir nimasi, qo'y boqayotgan odam katta qasrlarning ichida, kun isib ketadigan bo'lsa, sal nima salqin qilg'ichlarning orasida yotmaydi u odam. U ko'chada xaltasida qattiq noni, qo'lida suvi, ichib, qattiq nonni yeb, to'g'ri kelgan soyaga boradida, daraxtni soyasida yerga yotib uxlab, yana turib ketaveradi. Mana bu odamga qattiq sabr qilishni o'rgatadiki, bu Allohnin dinini yetkazayotgan odam katta qasr sovab turib, keyin yetkazaman men Allohnin dini deb o'tirmaydi ekan. U odam qanaqa holatga duch kelsa ham, unga farqi yo'q, xuddi choponga o'xshab sabrli bo'ladi deydi. Shayxlardan biri o'zini boshidan o'tgan narsani aytyapti. U shayxlar juda ko'p joylarga dinni yetkazish uchun borishib, shu yerlarda davralar o'tkazib, bir oylab darslar berardi da. Mana yozgi kunlarda ham arabistonlarda juda ko'pjoylarda bo'lardi. Shu shayxlardan biri aytibdi, bu yil debdi, endi Afrikaga borib o'tkazaychi debdi. Afrikaga borib dinni yetkazaman, Afrikaga deb hammani yoqqan e'lon, hamma joyiga e'lonlarni qilib qo'ydim deydi. Afrikaga borishimlarni hammasini tayinlab, u yoqlardan joylar qildirib qo'ydim. Lekin boradigan vaqtda deydi, yuragim tortmayapti deydi.

Haligi Afrikaga borsam, eng qoloq joy, ovqatlari ham haliginaqa, yotadigan joylar ham yo'q, boyag'imday, Afrikada, undan boshqa joyni aytmabman da debdi. Afrikani boshqa, mendan boshqa ham borardi da deb, shunaqa qilib deydi endi, u yerda sabr qilish kerak da. Yuragim orqaga tortyapti deydi. Endi iloji yo'q, bir narsani belgilab qo'ying, uchib bordim deydi. Borib tushdim u deydi, haligi o'zim kutgan narsa hammasi shu. Joy yo'q, haligi unaqa, kun issiq, konditsioner yo'q, ana shunaqa joyga tushib bordim deydi, tushib birinchi kun darsni boshladim u deydi. Kunimni sanayapman, qachon ketaman endi, da deb deydi. Bir oy endi o'tish kerak da bir oy. Qachon ketaman deb, kunimni sanayopman deydi. Shundan deydi, haligilar endi yuring, masjidga chiqaylik deb peshinga chaqirgan, yo'q, kun sovursin sal, kun salqin bo'lganda chiqamiz a? Dedim deydi. Shundan yo'q yuring deb olib chiqishdi, masjidga chikdik deydi, dars o'tkazdik, keyin deydi, sekin tashqariga chiqsak, odamlarni hammasi deydi, bir quduqchani oldiga kelib, shu yerdan suv olyapti deydi. Shular bilan haligi hammasi qop qora negrlar u endi. Hammasi qop qop qora negirlar. Ichida bir chochi saf sariq, o'zi ham saf sariq, bir yosh bir ayol ashida turibdi deydi. Negirlarni ichida. Keyin shunday ko'zim tushdi da, e bu qayerdan keldi deb aytdim deydi, haligini.

Hammasi negr, ichida bitta oqa yuribdi da endi. Bu qayerdan ketdi deganda nima deydi, haligilar afrikaliklar aytyapti deydi, bu xristian ayol. Sakkiz oy bo'ldi mana shu yerda yurib, bizni tilimizni o'rganib, xristian diniga da'vat qilyapti. Sakkiz oy demaydi, sabr qilib yuribdi deb aytdi deydi. Sakkiz oydin beri sabr qilib, bizni o'zini diniga xristian dinini chaqiryapti. Bizlarni tilimizni ham o'rgandik. Ancha muncha tilimizni o'rganib oldik. Shunda men o'zimni o'zim attang qildim deydi da. Men ajra olsam, haq dinga da'vat qilsam, Allohni buyrg'anni qilayotgan bo'lsam, yana sabr qilish masalasiga kelganda, ana shu botil dinga da'vat bilayotgan bir xristian ayolicha bo'lolmadim deb turib, o'zimga nima qildim deydi. Demak, bu dinni da'vat qilayotgan kishiga nima bo'lar ekan? Sabr, matonatni o'rgatadi deydi. Undan tashqari, tavozulikni o'rgatadi. Qo'y boqishlikning xislatlaridan yana biri odamni tavozu qiladi. Tavozu degani bilasiz a, kamtarona. Chunki deydi, o'zi xizmat qiladi da. Xizmatkor olmaydi. Men qo'y boqiapman. Kel, bitta xizmatkor olmaydimi? U o'zi qo'y, o'zi podachi o'zi. U agar qo'ylar tug'adigan bo'lsa, o'zi borib, o'zi tug'diradi.

Og'rib qolsa, o'zi qaraydi. Xullas qorovulchiligini o'zi qiladi. Qo'yning yaqinida yotadi. Xullas nima qiladi, tavozulik odamda kamtarona hayot paydo bo'ladi. Takabburlik bo'lmaydi deydi. Umar ibn Xattob radiyallohu anhu xalifa bo'lgan vaqtida, Umar ibn Xattob radiyallohu anhu xalifa bilan xalifa bo'gan vaqtda, pashshoh bo'lganida, o'ziga o'zi ajablanganda, bax, bax, yo'q, Umar deganda, oh, oh, Umar, qara. Kecha kim eding? Kecha kim eding? Bugun butun yer yuzini, yer kurrasini podshohsisan degan. Xalifasisan. Oh, degan. Shundan keyin shunday chiqqanda, voy odamlar deganda, jamoatni chaqirgan ekan. Hammani chaqirgan. Voy odamlar deb hammani chaqirgandan keyin, hamma kelgan Umar ibn Xattob minbarga chiqqan. Minbarga chiqganda aytgan, men Umar ibn Xattobman degan. Men Umar ibn Xattotman. Kecha yaqinda mana shu sizlarni mahkani, falonchi qabilani qo'ylarini, arzimaydigan chaqalarga boqib, qornimni to'ydira olmay yurgan odamman, yalang'oyoq yurgan. Deganda, deb bo'lgandan keyin minbardan tushib ketgan ekan. Shunda xalifani endi yonida vazirlar, boshqalar deganda, a?

Shular yugurib kelib turib, ey Xalifa, siz bunaqa gapni aytish sizga yarashmaydi. Siz bugundan boshlab bu butun yer kurrasining musulmonlarning bir amirisizsiz, pashshasizsiz deganda, ha degan. Shayton menga keldi da, g'ururlantirmoqchi bo'ldi. Qara, sen endi kimsan deb g'ururlontirmoqchi bo'meni. Men Shaytonga men kim ekanligimni o'rgatib qo'ydim deganda. Men Shaytonda o'zimni kim ekanimni o'rgartirib qo'ydimi, ikkinchi marta endi Shayton meni oldimga kelmaydi degan ekan. Bu yerda o'zini sharmanda qilish emas edi. Bor haqiqatni aytdi. Kechagina yurgan odam edi. Poda boqib yurgan edim dedi. Ha bugun Xalifa bo'ldim, nima bo'libdi shunga dedi. Mana qo'y boqishlik odamga haqiqiy bir tavozilikni, xalq bilan ishlagan vaqtda, xalqqa, kattaga ham, kichikka ham bir xil muomalada bo'la olishlikni o'rgatadi ekan.

Keyin yana bir unaqa foydalari qo'y boqishning foydalaridan bittasi deydi ulamolaringizga kir qiladi. Shijoatni o'rgatadi deydi. Shijoat. Qo'y boqiqqan odam, qo'yni olib chiqdi dalaga. Bir payt uzoqdan bir bo'rimi, itmi kelyapsan? E, bo'ri kelyapti ekan u deb ketmaydi da. Olib ketaversin, keyin kelarman deb. Yeganni yesin, qolgani qolsin deb ketmaydi. Bo'ri kelyapsa ham, nima kelyapsa, qanaqa yirtqich hayvon bo'lsa oldiga tushib, u bilan olishib, uni yengib, o'zining nimasini, qo'ylarini himoya qiladi. Bu degani Payg'ambarlar dinni uchun, din uchun butun shirk, butun kufr bilan kurashib, har qanday yirtqichlarga bardosh berib, ularning nimalarini qaytarib, dinni asosiy anaqasini olib bizga olib keldi aqidani, sof aqidani. Agar u qo'rqoq, yurak bo'ladigan bo'lsa, bu dinni hech kim yetkaza olmaydi u. Shuning uchun Payg'ambarlarni Alloh Taolo mana shunday sifatlar bilan ularni yuksak, mukammal kamolotga yetkazdi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni butun kofirlar, mushriklar aytdiki, Abu To'libdan boshqa, amakisdan boshqa himoya qilayotgan odam yo'q edi yer kurrasida. Abu To'libdan boshqa himoya qilayotgan odam yo'q edi.

Abu To'libni oldiga kelib, ey Abu To'lib dedi, biz senga bir necha, bir necha marta oldingdan o'tyapmiz dedi. Agar endi, endi ham bu sening akangning o'g'li Muhammad alayhissalom aytayotgan davlatini to'xtatmaydigan bo'lsa, unda sen bilan biz aloqalarni uzamiz. Sen bilan biz aloqalarimizni uzamiz degan tahdidlarni qo'ydi. Shunda Abu To'lib Payg'ambar alayhissalomni oldiga kirib, yo Muhammad sallallohu alayhi vasallam, bilasiz qarindoshlarimizni deydi. Bani Hoshimni aytgan so'zini eshitdingiz. Bular eng oxirgi o'zlarining qarorini berdi. Endi qarindosh urug'nikni uzamiz deyapti. Endi bu narsalardan sal to'xtasak, men endi sizni himoya qilolmayman degan so'zni aytganida ham, Payg'ambar assalom, vo, meni himoya qiladigan hech kim qolmadi yer yuzida. Amakim ham tashlab ketdi. Endi iloji yo'q ekan, orqaga qaytmasam bo'lmas ekan degan gap bo'lmadi. Nima dedi? Agar ey amaki dedi, oyning bir tarafimga qo'ysa yu o'ng tarafimga, quyoshning bir tarafimga, chap tarafimga qo'sa, shuncha og'ir yukni deyapti. Shuncha narsani qo'ysa yu, men aytayotgan narsamdan qaytmayman dedi.

Menga qancha mashaqqat bo'lsin, agar shunchalik og'ir mashaqqat bosin ham, men aytayapgan narsadan qaytmayman, Alloh Taolo o'zining ishini tamomiga yetkazadi deb, Payg'ambar alayhissalom yig'ladi. Shunda Abu Tolibning qoliplari erib ketdi da, Payg'ambar alayhissalomni yig'laganni ko'rib turib, ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, ishingda davom etgin, men seni himoya qilaman dedi.

Mana demak shijoatni, shijoatni o'rgatadi. Payg'ambar alayhissalom Abdulloh imno Abbosni orqalariga mingashtirib olib, kichkina bola edi, o'n ikki yoshlarda. Shunda o'rgatgan gapi, ey alam, nal ummat alav ishita ala inya fauka bishayin la minan fauka illa bishayin qataba hullak. Agar bilgin deydi, bu ummatning hammasi jamlanib sizga bir foyda yetkazamiz desa, Allohning yozganidan ortiq foyda yetkaza olmaydi dedi. Butun yer yuzi bir foyda yetkazamiz desa, Alloh yozib qo'ygandan ortiqni yetkazmaydi dedi. Agar yer yuzining hammasi jamlanib turib sizga bir ziyon yetkazamiz degan bo'lsa, ziyon yetkaza, butun yer yuz jamlansin. Allohni yozib qo'tganidan ortiq ziyon yetkiza olmaydi. Allohni yozi qo'ygandan ort bu aqidalar, bu iymon, bu shijoat qayerdan keldi? Payg'ambar alayhissalotu vassalom haqiqiy dinni risolatini yetkazayotgan payg'ambar edi. Demak, qo'y boqayotgan kishilardagi topiladigan ba'zi nimalar, qo'yboqayotgan kiyofatlar topiladigan ba'si sifatlardan shijoat edi. Keyin yana biri halol kasb bilan kasbni qo'l kasbiga peshona teri bilan topilgan kasbga o'rganishlik. Alloh subhanahu taolo payg'ambarlarni shunaqa qildi, payg'ambarlanni shunaqa yubordi.

Qodir edi men alloh taolo payg'ambarlarni kecha yu kunduzi ishlatmasdan boy qilib qo'yishga qodirmidi? Qodir edi. Payg'ambar alayhissalomga aytdiki, ey muhammad alayhissalom, agar qurayishga, kofirlarga ayting, mahkani ikkita tog'ning o'rta, ikkita mahkaga kiradigan tog'lar bor, ikkita tarafda. Mana shu tog'ning o', o'rtasining hamma tog'ini dedi, men dedi, nimaga aylantirib beraman, oltinga aylantirib, beraman dedi. Agar shundan keyin ham iymon keltirmasa, unda men ularni a'zo qilaman deydi. Degan vaqtda payg'ambar alayhissalom yo'q deydi.

Yo'q. Qo'ygin deydi. Chunki agar qavmga oyat kelib, mo'jiza kelib, keyin iymon keltirmasdan azob qattiq bo'lardi. Payg'ambar aleyhissalom u narsani xohlamadilar. Alloh taolo payg'ambarini ishlamasdan yeb yotishga qodir qilib qo'yishi mumkin edi, qodir edi. Lekin Alloh taolo Payg'ambarini tarbiya qildiki, qo'y boqishlik, mashaqqatni ko'rishlik, yetimchilikni ko'rishilik, otadan, onadan ayrilishlik, a? Amakining bobolarini qo'lidagi yetim o'sishlik. Bu nima degani? Bu ertaga taxtga keladigan odam, payg'ambarlik, nimasiga, darajasiga ko'tariladigan, nubuvvat, risolatni egasi bo'ladigan odam, ertaga dag'al, qo'pol odam emas, qalbi yumshoq, xalqni tushunadigan odam bo'lib yetilishligini Alloh taolo xohlagan edi.

Qo'l kasbi bilan, shuning uchun da'vat egalarida edi, Payg'ambarlarning hammasi o'zining qo'l kasfi bilan bola chaqa boqqan ekan. Olib kelgan din bilan, olib kelgan dini bilan, risoloti bilan, bu bilan bola chaqa boqmagan ekan. Men sizlarga yaxshi narsa olib keldim, dunyo oxiratinglarni foydasi. Qani qancha to'laysizlar demagan ekanman. Ular o'zlarining kasblari bo'lgan. Duradgor bo'lgan, temirchilik qilgan, qo'y boqgan va hokazo ishlari bo'lagan ekan. Shuning uchun da'vat qilayotgan kishi deydi, odamlardan behojat bo'lgan odam bo'lishi kerak deydi. Odamlarni qo'liga qarab qolmagan bo'lishi keraksiz deydi. Odamlarning qo'liga qorab qoladigan bo'lsa, unda darajasi ulug' bo'lmaydi deydi. Makonati, odamlarning ko'zidan uning makonati tushadi deydi. Odamning nazaridan makonati tushadida. Va undan keyin yana uning ixlosi ketadi deydi. Alloh uchun yetkazayotgan narsa endi necha pul berar ekan degan narsa bilan yetkazadigan bo'lib qoladi da. Uning makonati ketib qoladi va ixlosi ketadi deydi. Va keyin eng yomoni tamomiy hurriyatni sezmay qo'yadi deydi. Tamomiy hur insonga aylanmaydi. Haq gapni aytadi, u sultonmi, u gado mi, u ko'chadagi odammi?

Haq gapni kimga to'g'ri kelsa ayta oladigan bo'ladi, agar o'zining kasbi bilan o'zini terib yetayotgan odam bo'lsa. Ammo birovning qo'liga qarab turgan odam bo'lsa-da deydi, uning oldida tili kesik bo'ladi deydi. Haq gapni gapira olmay qoladi. Haligi odamning oldida haq gapni ayta olmay qoladi. Mana bu Payg'ambar alayhissalotu vassalomning Payg'ambarligidagi ba'zi bir nima qo'y boqishlikdagi kelgan foydalarini ulamolar chiqargan ekan. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning johiliyat davrida ham yomon ishlardan alloh taolo saqladi va bu'tlarga sig'inishliklardan ham alloh taolo sa qiladi. Payg'ambar alayhissalom shu yosh vaqtidan boshlab Payg'ambar bo'lgunicha ko'chadagi buzuq, yomon odamlar, johillar qiladigan ishdan birontasini qilmagan ekan. Birontasini qilmagan ekan va yana shularni qatorida bu'tlarga ibodat qilinishlik yo bu'tlar uchun atalgan narsalarga aralashlik Payg'ambar alayhissalomda bo'lmagan ekan. Mana Alloh Taolo Payg'ambarni johiliyat sheriklaridan va bu'tparastliklardan saqladi deydi. Imom Ahmad Musnadida Hishom ibn Urvadan keltiradi. Valloh la Abdulloh va Uzza abada.

Payg'ambar aytdi, salom aytgan ekan, Allohga qasam ichib aytgan ekan. Men Lot degan butlarga, Uzzo degan butga hech qachon ibodat qilmadim degan ekan. Hech qachon ibodat qilmadimi? Butun hamma yer yuzida ibodat qilgan vaqtida, Qurayshliklarning hammasi ibodat qilganda, Qurayshliklarning ichida bironta odam qolmadi, butga, toshga ibodat qilmagan odam qolmadi. Shunda Payg'ambar alayhissalom, ha, bu ko'pchiliklar bir narsani bilmasa yo bir qoidasi bo'lmasa bekor qilmaydi, bularniki haq ekan degan narsa bo'lmadi. Bir inson haqni bir o'zi bilishligi mumkin. Bir o'zi haqda turishligi mumkin, yer kurrasining hammasi tushunmayotgan bo'lsa ham, bir o'ziga Alloh Taolo tavfiqni bergan bo'lishligi mumkin. Shuning uchun ko'pchilik me'yor emas bu haqni bilishlikda. Ko'pchilik mehr emas bu haqni ajratishlikda. Ko'pchilik qayoqqa qarab orsa, ko'pchilik qayoq qarab essa, musulmon odam shu yoqqa qarib esish kerak degan narsa, bu haqiqiy mustaqil yo'ldagi kishilarning fikri emas u.

Odam haq qayerda bo'lsa shu yerda sobit bo'ladi. Haq qayerda bolsa shu yerda sobit bo'lishligi kerak. Bir sahobiy Payg'ambar alayhissalomni oldiga kelib turib, yo Rasululloh deb. Yo Rasululloh, avus sening. Shunday bir vasiyat qiling, meni Jannatga kirgizadigan, Do'zaxdan uzoqlashtiradigan vasiyatni ayting va qisqa qiling deydi. Tushunarlimi? Shunday vasiyat, qarang, nima eng katta narsani olgan? Jannatga kirgizadi, Do'zaxdan uzoqlashtiradi va judayam qisqa bo'lishlik kerak bu vaziyat. Shunda Payg'ambar alayhissalom nima dedi? Qul amin tubillahi fin mas taqin dedi. Allohga iymon keltirdim deb aytdi, keyin istiqomatda, to'g'ri yo'lingda mahkam tur dedi. Mahkam turishlik. Allohga iyman keltirdim degandan keyin, har xil sinovlar kelgan vaqtda, ana shu sinovlarga qarab odamlar ilinib qolmasligi kerak. Alloh Subhanahu Taologa istiqomatda, dinda, to'g'rilikda, barqarorlikda turish kerak. Shuning uchun har kuni Payg'ambar alayhissalomni qiladigan duosi, ey qalblarni o'zgartirguvchi Zot, meni qalbimni dinda, iymonda mustahkam sobit qil deb duo qilar ekan.

Va ka'nala yakul ma'dubiy hay'ala nusub, Payg'ambar, alayhissalom, johiliyat davrida ham aroqlar ichilgan, lekin Payg'ambar alayhissalom aroq ichmagan edi. Demak, aroq ichmaslik bu faxr, shu johiliyat davriga ham faxr bo'lgan, aroq ichishmaslik. Johiliyat da'riga ham faxir bo'lgan. Kim agar aroq ichmaga bo'lsa, ana shu odam aroq ichmas deb. Hozirgi kunda ham ayni aroq ichadigan odamlar ham faxrlanadigan narsasi ichmaslik bilan faxrlanadi. Qanday? Aroq ichadigan odam ichmasligi bilan faxrlangani, bir odam o'zi alkash degan nomi chiqib ketgan bo'lsa, a? Hech kim unga bolasiga qiz bermaydigan bo'lsa, lekin borganda, qudachilikka borganda, nima deydi? Meni bolam o'zimga o'xshagan alkash, mashalloh demaydi. A? Borganda aytadi, meni bolam umuman og'ziga aroq olmagan, sigaret chekmagan, shunaqa bola deydi. Qarang, faxrlanmayapti o'zi. O'zi aroq ichsa ham, lekin ichmaslik bilan faxrlanadi. To'g'rimi? Jahliyat vaqtida ham bu narsalar yomon, tabiiy narsa deb hisoblangan ekan. Shuning uchun bir kishidan so'ralganda nima uchun aroq ichmaysiz deganda, jahliyatda. Jahliyatdan so'ralgan, nima uchun araq ichmadingiz deganda aytgan ekan, men araq ichmaslik, gunoh gunoh emasligini men bilmaganman.

Lekin degan, men shunday odamlarni ko'rdim, araq ichgandan keyin, nima qildi? Onasini tug'ma qildi va singlisini zina qilganini ko'rdim degan. Onasiga tug'ma qildik, keladi da, onasini ko'radi da, e buzuq bir narsa unaqa bunaqa deb so'kadi. Mas da u. Onasini buzuqlik bilan tug'ma qiladi va singlisini ayolim ekanda, boshqada, singlisiga zina qiladi. Shunday ahmoqni ko'rganimdan keyin, aroqni men shunchalik jirkanib ketdim degan. Shuning uchun johiliyat davrida ham aroq ichmaslik bu faxr hisoblangan. Aroq ichmadi ham deydi. Va biron marta, biron marta ma'dubiy alamnusuf butlarga atab so'yilgan narsadan ta'm yemadi deydi. Aslida biron bir go'sht bormidi shu vaqtda, butga atab so'yrilmagan go'sht bormi edi? Allohni ismi bismillahir rohmanir rohim deb so'yiladigan go'sht bormimi edi? Yo'q edi. Bismillahir rohman deganda, bismillani bilamiz, rahman rahimni biz bilmaymiz degan. Tohirlarga payg'ambar eson, bismillahir rohmani rohim deganda, bismillahini bilamiz, lekin rahman rohimni biz bilmay miz deyishgan. Ana biron bir go'sht, atalmagan go'sht yo'q edi.

Atalmagan go'sht yo'q. Shunday bo'lsa ham payg'ambar alayhissalom, endi qanaqa qilaman men bunday jamiyatni ichida yashab yuribman? Endi mayli iloji yo'qlikdan yesa bo'laverar ekan deb yeb yubormagan ekan. Taqvo qilgan ekan. Hozirgi kunda ham ba'zi narsalar shunaqa narsalarga atab so'yilib qo'yiladigan bo'lsa, erlarga, sherlarga, bir narsalarga, a, iz chiqarish, bir narsa deb atab so'yulib, qilinib, chalpaklar solinib qo'ysa, biz endi iloji yo'q endi yeb qo'yyapmizda deb yeb qo'yish bo'lmas ekanda. Sal ehtiyot ham bo'lishligi kerak ekan. Va Payg'ambar alayhissalom biron marta bu'tlar uchun qilingan bayramlarga qatnashmagani dedi. Payg'ambar alayhissalom bu'tlarga atab qilingan bayramlar o'tkazilgan ekan. O'shanday bayramlarga Payg'ambar alayhissalom hech ham qatnashmagan edi deb keltirgan ekan.

Bu Oysha onamizdan kelgan hadisda Abu Bakrni deydi bir g'ulomi bor edi deydi. U g'ulomi Abu Bakr radiallohu anhuga ba'zida taomlar olib kelib turardi. Bir kuni taom olib keldi. Taom olib kelganida taomdan Abu Bakr radiologim bir nima luqma, bir luqma olib yeydi. Yeganda haligi g'ulom aytdiki, bilasizmi bu taom qayerdan kelganini dedi. Deganida Abu Bakr aytdi, yo'q bilmayman degan. Men johiliyatda pol ochganman, dedi. Johiliyatdan pol ochganman, da dedi. Lekin pol ochishni ham ja qatib yubormasdim, dedi. Pol ochishni ham qatirmasdim. Lekin dedi, odamlarni aldardim, dedi. Odamlarni aldab turib, dedi, mollarini yeyardim, mana shunaqa olardim, dedi. Shundan qolib ketgan mablag' ekan, mana shu. Shunga bugun men ana shu qolib ketgan qarasam, chiqib qoldi. Shuni mana shu taomni olib keldim deganda Abu Bakr radialloh chiqib turib, qo'llarini halqumiga tiqib, chiqasan. Ey luquma, chiqasan. Agar chiqmasang jon bilan qo'shilib qo'ysa ham chiqasan deb qayt qilib chiqarib yuborgan ekan.

Nima degani taqvo, nima degan ehtiyot bo'lishlik, harom luqmani inson qorniga kirishligini xohlamaganda. So'rashgan ular luqmalarni, mana shu yeyotgan luqmasini halolmi, harommi qarashgan. Alloh subhanahu va taolo Payg'ambar alayhissalomni demak johiliyat davrida ham aroq ichishlik, botlarga sig'inish yoki shularga atab so'yilgan narsalarni yeyishdan saqlagan ekan. Shularning qatorida yana yoshlar o'zi bilan tenglarning shug'ullanadigan ba'zi bir ishlari, dinimizga to'g'ri kelmaydigan ahvollar, holatlarini saqlagan ekan. Payg'ambar alayhissalom aytadi, Ali radiyallohu anhu va'ot qilgan edingizda, men johiliyat odamlari qiladigan ishlarning yomonlikni, qabihni deydi. Qabih degani yomonlik. Eng xunuk, yomon ishni hayotimda hech ham qilmadim, ikki marta o'yimga keldi degan ekan. Ikki marta hayolimdan o'tdi. Lekin ikkalasida Alloh meni saqladi degan ekan. Johiliyat ishini men qilmadim, ikki marta hayolimdan o'tdi, lekin o'yma kelgan narsani ham Alloh subhanahu taolo saqladi degan ekan. Shunda aytgan ekan, men Makkaning tepasida, tashqarida Makka ahlini qo'ylarini boqardim degan.

Shu qo'ylarinni boqib yurgan vaqtimda, bir kuni meni sherigim bor edi yonimda, boshqa bir odam bor ku, u ham qo'y boqardi. Shunga aytdim, meni qo'ylarimdan kech payt qarab tur, men Makkaga tushayda shaharga tushib, shaharda tunda yigitlarning jamlanib o'tiradigan, o'zlarining o'tirishlari bor. O'shanga ham bir qatnashib, ko'ngil xushchaqchaqlik qilib kelay dedim deydi. Deb haligi bo'pti degandan keyin qo'ylarini tashladimda, Makkaga qarab yo'l oldim deydi. Makkaning yaqiniga kelgan edim, birinchi Makkaning boshlanishi, birinchi hovliga kelganimda, uzoqdan bir kuy va mezmar va childirmalarini tovushi eshitildi deydi. Shunda bu nima deb so'ragan edim? Faloncha, falonchani qiziga uylanyapti, shuni to'y bo'lyapti deb aytdi deydi. Shunday o'tirdim, haligini eshitdimda o'tirdim, u yog'ini bilmayman, ko'zimga uyqu g'olib keldi deydi, ba'zida Alloh meni qulog'imga urdi deydi. Uxlab qoldim deydi. Uxlab qoldimda, quyoshning issig'i yuzimga tushib, isib ketgandan uyg'onsam, ertaman bo'libdi deydi. Bo'ldi, hammasi tugagan. Ertalab qaytib bordim deydi. Sherigim so'radi, nima bo'ldi degandim, bo'lgan voqeani aytdim deydi. Yana ikkinchi marta bir vaqt o'tgandan keyin xuddi shunaqa narsa takrorlandi.

Sherigimga qo'yni qo'yib yana bordim, borgan edim deydi, xuddi shuna'a holat uchradi. Yana uxlab qoldim da, keyin qaytib, qaytib yomonlikni hayolimga keltirmadim deydi. Vallohim mahamm tu ba'da habisul in min ma'yam ahli jahliya hatta akram mani alloh bin buvathixi deydi. Allohga qasamki, men mana shu johillar qiladigan amallardan bo'lgan yomon ishni bundan keyin hayolimga ham kiritmadim deydi. Johillar qiladi yomon ishni, bundan keyin hayomga ham kiritmadimi, Alloh Taolo meni hatto payg'ambarlik bilan mukarram qilgunicha deydi.

Mana shu endi Payg'ambar alayhissalom tarixida. Payg'ambar aleyhissalom tarixiga keldi. Demak, payg'ambaralayhi salom shu ishni birinchidan johiliyat ishi dedi. Ana shu ishni johiliyat eshi dedi. Ikkinchidan, Payg'ambar alayhissalom suv yomonlik dedi. Tepada bo'lsa qabih ish dedi. Qabih. Yomon, xunuk ish dedi. Mana bu ishlarni Payg'ambar alayhissalom johiliyat yoshi, xunuk ishi, yomon ish dedi.

Alloh subhanah va taolo buni Payg'ambar alayhissalomni ixtiyor qilgan shu narsani qilishligini, Payg'ambar aleyhissalomni ham bizga o'xshagan bashara edi. Bizlarga o'xshagan bir narsalarni xohlaydigan inson edi. Lekin Alloh taolo u kishini unaqa harom ishlar, gunoh ishlardan Alloh saqlagan ekanligini mana shunda isbotlagan ekan. Payg'ambar ayyusul alayhissalom amakisi Abu To'lib bilan Shom shahriga safar qiladi. O'n ikki yoshga to'lganda, o'n ikki yaxshi ga to'lganda Abu To'lib Shomga safar qiladi, bobolariga o'tgan hammasi Shomga tijorat qilardi. Safar qiladi bobosi bilan, amakisi bilan. Safar qilganida bular Busroq degan joyga yetib kelishadi Shomni. Busroq degan jarayonga kelganda shu yerda bir rohib, zohid ya'ni Nasoro dinidagi ibodatgo'y odamning nimasiga ibodat qiladigan joyiga keladi. Shu yerga kelib tushadi. Tushganda u odam hech qachon ibodatxonasidan chiqib, bularni kutmagan ekan, hech vaqt kutib olmagan ekan. Lekin Payg'ambar alayhissalom bilan kelganida, haligi Buxairo Bahira, Bahira rohib deydi. Bahira yugurib chiqqan ekan.

Yugurib chiqib yuzlaridan nur chochib, kulib, haligi Payg'ambar alayhissalomni qo'lidan yugurib borib ushlab turib aytgan ekan. Bu sayyidul alamin, bu olamni sayyidi bo'ladi. Bu robbil alaminning Payg'ambari rasuli bo'ladi bu, deb turib Payg'ambar aleyhissalomni qoiudini ushlab, Alloh Taolo buni rahmatan lil alamin bu olamga rahmat qilib yuboradi deb qo'lida ushlagan ekan Baxira. Payg'ambar aka salom qildi deb ushlagan ekan. Shunda Qurayishliklar hammasi hayron qolib turib, keyin so'ragan ekan, ey Baxira, qayerdan bildingiz bunaqa bo'lishligini, deb so'raganida, sizlar Aqabadan kelyotganinglarda, degan. O, tog'dan o'tib kelyotganingarda, men buni ko'rdim, biron bir tosh yo bo'lmasam biron bir nima daraxtni oldidan o'tmadik, o'tsa ham ular bunga egilib sajda qilganligini ko'rdim degan ekan. Egilib sajda qurganligini ko'rdim. Bular faqat Payg'ambargagina egilishini bilaman degan ekan. Payg'ambargigina egilishinibilaman va buni bizning kitoblarimizda yelkasining mana kuraklarining tagida Payg'ambarlik xatimi bor, belgisi bor, muhri bor. Deb turib Payg'ambar alayhissalomni qaraganlarida o'sha kuraklarni tagida olmaday Payg'ambarlik muhri bo'lgan ekan.

Shuni ko'rganlaridan keyin, bahira aytgan ekan, dard ham payg'ambar aytib yetaklab, tez uylariga nima qilgan, ovqat qilinglar deb uylariga ovqat qilib, payg'ambar aslanomni ham chaqirib turgan ekan. Payg'ambar alayhissalom karvonlar turgan joyda, kuyalarini oldida turgan edi, olib kelinglar dedi. Payg'ambar alayhissalomni olib kelgan vaqtlarida deydi, tepadan payg'ambar alayhissalom kelyapsa, tepasida bulut payg'ambar aytasiyam soyalab kelyotganini ko'radi. Shunda keyin aytadi ana ko'rdinglarmi bulutni deydi. Payg'ambar ayyosidan o'n ikki yoshar, bulut tepasida payg'ambar azom soyalab kelyapti kelyotgan bo'ladi. Keyin odamlar hammasi bir daraxtni tagiga o'tirishib, soya joyda, hammasi joy olib qo'ygan. Shunda payg'ambar alayhissalom keladi da, haligilarning bir chekkasiga o'tirdi. Chekkasiga o'tirgandan keyin daraxtning soyasi tushmaydi. Chekkada qolib ketdi. Shunda daraxt payg'ambar alayhissalom tarafga kirib engashadi ekan. Egilib, daraxt egilganda, ana ko'ringlar, daraxt ham payg'ambarga soyasini sochyapti degan ekan. Shundan keyin bahira aytgan ekan, buni tez rumga olib bormang. Tez orqaga qayting. Agar yahudlar biladigan bo'lsa, payg'ambar chiqishligini rum biladigan bo'lsa, bunga ziyon yetkazadi degan. Chunki Rum imperiyasi payg'ambarning kelishligi bilan qulashligini bilishardi. Shuning uchun payg'ambar alayhissalomni qaytarishga ruxsat nima nasihatlaydi, Baxira Abod olib payg'ambar as salom daram oladida, qaytar Makkaga qaytaradi.

Shu vaqtlar endi oradan biroz vaqt o'tib, o'n ikki yosh vaqtida qaytgan bo'lsa, endi ba'zilar o'n besh yoshda degan, ba'zilar o'ttiz to'qqiz yoshida deydi, ba'zilar yigirma yoshida har bir Fijor, Fijor urushi bo'ldi deydi. Makkada Fijor urushi bu o'tdi. Fijor urushi, bu qonunsiz urush deyiladi yoki zulmli urush deb atalgan ekan. Fijor urush deydi. Bu urushning sababi, bu urushning sababi zilhijja, bu urush shahrul muharram deyiladi. Alloh Taolo to'rtta oyni haram, hurm oylaridan qilib qo'ydi. Shu to'rt oylarda urush qilishlik harom edi. Makkada urush qilishiliklar harom edi. Va Makkaniing territoriyalarini haram qildi. Uning territoriyasida Makkaniing chegarasiga kirganda urush qilishligi ham yoki biror zulm o'tkazish harom edi. Ammo mana shu vaqtlarda Urva degan kishi, Urva degan kishi bu Havazon qabilasidan bo'ladi. Bu kishi katta karvon bilan kelgan No'mon ibn Munzur degan odamni o'zini himoyasiga oladi. Urva No'manni o'zini humoyasiga olib, uning karvonini, o'sha tijoratini Ukaz bozoriga olib kiradi.

Ya'ni hech kim tegmaydi. Men himoyamga oldim. Falonchani men himoyamga aldim desa, hech kim unga tegmas ekan. Bo'ldi. Xohlaganiday yurar ekan. Shunda himoyasiga olganidan keyin Ukaz bozoriga olib kiradi. Olib kirganda kinona. Kinona bu kurashishdin. Kurashning bir bo'lagi. Kinonadan bo'lgan Barot degan kishi turadida aytadi: "Ey Urva" deydi. Sen uni, deydi, bizdan Kinonadan saqlash uchun, ya'ni Kinonaga hech qanaqa narsa bermaslik uchun, saqlash uchu o'zingni himoyasingga olib oldingmi, deydi. Deganda ha, deydi. Va butun xalqdan saqlash uchin himoyamga oldim, deydi. Keyin Urva chiqib ketgandan keyin orqasidan Baroz chiqadi da, haligini Alloh harom qilgan oilalarda o'ldirib qo'yadi. Kinonalik kishi Havozorlik kishini o'ldirib ko'radi. Keyin Kinoni qabilasi biladi da, endi urush bo'lishini biladi da, tez Makkaniing ichiga kirib olaylik, bizlarni Makkani ichida o'ldirmaydi deb hammasi ko'chib ketadi. Ko'chib ketgandan keyin Havozan qabilasi buni eshitadi da, orqasidan quvib borib, Makkaga yetib kirmasdan turib, ular bilan shu yerda katta urush bo'ladi. Katta urush bo'lim kechasiga borganda ular Haramning ichiga kirib oladi.

Haramning ichiga kirgandan keyin urush qilish mumkin emas. Ular to'xtashadi. Va bir necha kun urush davom etadi. Shu urushda Quraish bilan, Quraishliklar chiqib, Kinona qabilasiga yordam beradi. Shularning ichida Payg'ambar alayhissalomni ham amakilariga teklab olib chiqqan bo'ladi. Payg'ambar ayyosi shu urushda men deydi, amakilarimga o'q berib turgan edim deydi. Quraishliklar nima uchun chiqdi? Payg'ambar alayhissalomlar nima uchun chiqdi desa, ularning chiqqanligi Makka, Haramning chegarasida Alloh harom qilgan urushlar sababli nima bo'lmasligi, Haramning hurmati paymol bo'lmasligi va Alloh Taolo buni haraman amina, omonlik, salomat joy degan joyni ular shuni paymol qilmasligi uchun chiqishib, shuni himoya qilishlik uchun chiqib ketgan edi deydi. Xullas, mana shu urush nima qildi? Payg'ambar alayhissalom yigirma yoshida, ba'zilar o'n to'qqiz yoshda bo'lib o'tdi deydi. Bundan keyin, shundan qaytgandan keyin qurayishliklarning o'rtasida hil fil fudul deydi. Hil fil fudul eng xayrli ittifoq kelishimga keladi, xayrli, yaxshi kelishimga keladim. Yaxshi kelishimi nima? Bular haligi urushdan qaytgandan keyin kelib, urushda ular ittifoq qilishadi.

O'liklarni sanaymiz deydi. Kinona bilan Havozonni o'liklarini sanaymiz deyt. Agar kim tarafdan qancha o'lik ziyoda chiqsa, uni diasini o'sha o'ldirgan qabila to'laydi deb kelishadi. Kelishgandan keyin Quraishniklar hammasini Makkaga qaytganda, Makkada bir kun o'tirsa, ozgina vaqtdan keyin bir yamandan Zubayli degan odam keladi. Keladi da tijorat karvonda olib kelgan narsasini Makkaning bir katta odamiga obro'lik, Os ibni Voyil degan odamga sotadi. Os ibni Voyilga sotgandan keyin, Os ibni Voyl oladi da, narsani oladi, pulini bermaydi. Bor deydi. Qayerga borsang shu yerga bor deydi. Qanaqa qilib olsang shunaqa qilib ol deb bermaydi. Bermagandan keyin u Zubaydi Makkaning butun kattalariga boradi. Mening pulimni nima olib qo'ydi? Os ibn Vayl olib qo'ydi, olib beringlar deydi. Hech kim aralashmaydi. Kim oldi desa, falonchi katta oldi. Ha, unga biz aralasha olmaymiz deb qo'ya qoladi da. Degandan keyin bu odam shunday tepaga chiqadi da, Makkaning tepaligiga chiqadi da, baqirib turib, erta manda saharlik vaqtida odamlar Ka'bani atrofiga jamlangan vaqtida bir she'r ma'nosida aytadi.

Baqirib turib bir zulmlangan mahkada zulmlangan insonga yordam beruvchi bormi? U ehromini kiyib, haramni tavof qilib bo'lmasdan unga zulm o'tkazilsa, bu qanday bu mahkaning ahli haramning, ya'ni Ka'baning egasi bo'lib o'tiribdi unaqa bo'lsa degan gapni aytgandan keyin, mahkadagilarga bu gap qattiq ag'ir botadi. Eng birinchi bo'lib, Payg'ambar alayhissalomning amakisi Zubayr ibn Abdulmuttalib o'rnidan turadi da, aytadi, Allohga qasamki, bu odam haqqini olmasdan ketmaydi deydi. Haqqini olib beramiz deydi. Bu odam haqquni olmasdan ketmaydi dedi da, daram shu yerda Banu Hoshim, Zuhra, Umaya, Mahzun, Banitaym, Ibn Murod, butun qabilalarni jamlaydi. Hammasini Abdulloh ibn Jud'an degan kishini uyiga jamlaydi. Abdulloh i bin jud'an degin kishini uyiga ham jamlaydi da. Bular shu yerda xilif. Kelishim qasam ichishadi, ahd paymon qiladi. Agar Makkada biror odam zulmlansa, mazlum, mazlumga biz nusrat qo'limizni cho'zamiz, mazlumiga yordam beramiz. Makkada hech kim zulmlanishi mumkin emas degan yaxshi kelishimga ahd paymon qilib yurishadi. Tushundinglarmi? Keyin bular hammasi jamlanib boradi da, Amr ibn Ostdan haligi Zubaydiyning nimasini sug'urib olib beradi.

Bu yoqqa ber deydi da, haqqini olib, haligi egasiga topshirishadi. Bu judaan, Abdulloh ibn Judaan juda ham Makkada saxovatlik, karamlik, yaxshi ishlar qiladigan, yaxshilik qiladigan odam edi. Lekin shu haqida so'raydi, Oysha onamizning qarindoshlaridan edi. Bu Abdulloh ibn Jun'an Ayshanamizni qarindoshlaridan edi. Ayshanamiz so'radi, hal yanfa uhu karamuhu vajodu ha dayomal qiyama. Qiyomat kunida mana shu Abdulloh i bin Jun'anning shuncha Makkada qilgan yaxshiligi saxovatli foyda beradimi deganda Payg'ambar alayhissalom yo'q degan ekan. Chunki u biron marta qiyomat kunida mening gunohimni kechir deb aytmagan Allohga degan ekan. Biron marta qiyomat kuni meni gunohimni kechir deb aytmagan degan ekan.

Bu narsa, demak, bir inson biron marta sajda qilmagan bo'lsa, biron marta Allohda istig'for aytib tavba qilmagan bo'lsa, boshini yerga qo'ymagan bo'lsa, lekin xalqqa qancha yaxshiliklar qilayotgan bo'lsa ham, bu odamga qiyomatda foydasi tegadimi desa, Abdulloh ibn Jud'onga o'xshagan bo'ladi degan ekan. Unga foydasi tegmaydi deyapti. Qancha saxovat, karam, yaxshilik qilsin. Ammo bu agar iymon bilan qilinadigan bo'lsa, unda ajri unga tegadi ekan. Qurayishliklar bu kengashni, yig'inni Hel Fil Fudul deb aytishgan. Xayrli ittifoq, yaxshi nima kelishim bitim deb turib ismlashdi. Payg'ambar alayhissalom aytadi, men Abdulloh ibn Jud'onning uyida bo'lgan kelishimda qatnashdim. Shu joyda bordim deydi. Va ma'ahd uhib an nalibihi hukmronan, agar shuni o'rniga menga qizil tuya besa ham almashmasdim deydi. Ya'ni shu narsa juda ham to'g'ri bo'ldi, yaxshi bo'ldi. Mazlumga yordam berishlik, uning o'rniga agar qizil tuya beraman, katta narsa beraman desa ham almashmasdim dedi. Agar Islomda xuddi shunga o'xshaganiga chaqirilganimda, men javob bergan bo'lardim deydi.

Demak, qachonki Islomda zulm qilinayotgan, zulmlanyotgan odamga yordam berishga chaqirilsa, odamlar tayyor bo'lishi kerak ekanki, biz tayyormiz, mazlumga yordam beramiz, zolimni tiyamiz degan narsa bilan turishlik kerak ekan. Payg'ambar alayhissalom aytdi, men Islomda agar chaqirilganimda shunaqa ishga, Islomda ham men javob bergan bo'lardim deydi. Bundan hozirgi aytilingan helfil fuzul ittifoqdan olinadigan ba'zi bir foydalarni ulamolar zikr qilishgan ekan. Ulardan birinchisi, bir jamiyatda buzuqlar juda ham ko'p bo'lishi mumkin ekan. Birov zulm qiladi, birov u qiladi, biro bu qiladi. Xullas, jamiyatda zulm juda ham avjiga chiqishi mumkin ekan. Lekin jamiyatda yurgan odam noumid bo'lmas kerak ekan, ichida yaxshilari ham bo'lar ekan. Shunaqa haligi muruvvatlik, Zubayriyevni Abdul Abdulmuttalikka o'xshagan odamlar chiqib turib, to'xtanglar, deydiganlar ham bo'ladi deydi da. Yomon hammasi, jamiyatni hammasi yomon bo'lib ketishligi ham mumkin emas ekan. Shundan ichidan ba'zi bir muruvvatliklari ham chiqib qoladi deydi. Ikkinchidan, zulm degan so'z hattoki bu islomda emas. Bu johiliyatda ham bu qabih ish hisoblangan ekan.

Birovga zulm o'tkazishlik, johiliyat davrida ham bu tabiiy, xunuk, yomon ish deb hisoblangan. Alloh subhanahu va taolo zulmni o'ziga harom qildi, bandalariga ham Alloh harom qildi. Alloh taolo aytdi, men zulmni dedi harom tuzum ala nafsi. Ey bandalarim, men o'zimga zulm qilishni harom qildim. Biror insonga Alloh taolo zulm qilmaydi, to'g'rimi? Biror insongaalloh subhanahu vataolo zulm qilmadi. Va bandalarga ham Alloh taolo buyurgan ekan, bir birlariga zulm qilmaslikni. Zulmni uch turga bo'lishgan ekan ulamolar. Zulmni uchturga bo'lgan. Birinchisi, Allohga bo'lgan zulm degan ekan. Banda Allohga zulm qilishi mumkinmi? Allohga zulmni qilishimiz mumkin emas. To'rt yuz yigirma uch. To'rt yigirma uchinchi? To'rt yuz ikki ming yigirma uchi. To'rt yiz yigirma u. Mashinalarni olib boringlar. To'rt yuz yetmish olti to'rt yuz yigirma uch mashinalarni olib boringlar.

Yo'l olib qo'yib qo'yapsizlar. Xo'p, zulm, demak, nima deydi, bu Alloh Taologa zulm deydi. Zulm menda Allohga qila olmaydi. Lekin Alloh Subhanahu va Taoloni buni baribir ham zulm deb ismlardiki, inson o'ziga zulm qilganligi uchun. Endi Alloh Taolo aytadiki, val kafirunahum mutolimun deydi. Kofirlar ular zolimlardir deydi. Kofirlar ular zolimlar dir. Allohga kufr, demak u zulm, o'zimizga zulm qilgan bo'lar ekan. Ashshirku zulmin al dhuim. Shirk zulm deydi. Shirk insonning Allohga sherik qilishligi bu katta zulmdir deydi. Ikkinchisi, inson o'ziga o'zi zulm qilishligi, ikkinchi turi shahvatlarga berilishlik, Alloh harom qilgan narsani qilishlik, Allohni buyurgan narsani qimaslik. Bu insonning o'ziga qilayotgan zulm bo'lar ekan.

Va keyingisi, inson boshqalarga zulm yetkazishlik. Uchinchi zulm, birovga zulm yetkazish, boshqa bir odamga zulm o'tkazishligi. Alloh Taolo aytadi, vala tahsabannallohu g'ofil an amma ya'manu doimun. Zolimlar qilayotgan ishlardan Alloh g'aflatda ekan deb qolmanglar, o'ylamanglar deydi. Ba'zida o'ylaysiz, birov zulm qilaversa, zulm qilaversak, zulm qilaversa, shuning uchun oxirida aytasizki, Subhanalloh duo qilyapman, Alloh Subhanahmatolloh mana bu zolimni qo'yib qo'yibdi. Bu zolimni yo'q qilib yubormayapti. Nimaga meni duoyim qabul bo'lmayapti, bu zolim yo'q bo'lmayaptiy deysiz. Lekin Alloh Taolo aytadi. O'ylamang, Alloh g'aflatda emas, uni qilayotgan zulmini Alloh bilmayapti emas. Alloh Taolo uni bilib turibdi. Alloh Subhanotu alayhi vaqt innama yu axiruhum. Alloh ataylab unikiga chiqib kiryapti. Haddidan oshsin, qani qayergacha boradi? Zulmni qo'lidan kelganini qilaversin chi, qani qayergaacha boradi? Haddidan oshib yuborsin chiqqani, qayergacha boradi? Alloh Taolo uni qo'yib qo'yyapti deydi.

Indamayu axiruhim liya min tashqa suhiy ilhbsor. Shunday kunga kechiktirishi mumkin ekan. Alloh Taolo bu dunyoda undan olmasa ham, zulm qilib, bu qatag'on bo'lib o'tib ketsa ham, oxiratgacha qo'yishi mumkin ekan, ammo oxiratda qamaydi ekan. Ko'zlar tikilib qoladigan, ko'zlar tikib qoladi, shunday qaragan joyda qotib qoladigan, va boshlar engashib qoladigan kunga Alloh Subhanahu Taolo ularni kechiktiryapti deyapti. Demak, zulm qilgan kishining ahvoli judayam qiyin bo'lar ekan. Bir odamga agar bitta narsada zulm o'tadigan bo'lsa, uni Alloh Subhanahu Taolo qoldiryapti. Qiyomat kuniga qoldiradigan bo'lmasa, o'ta ham og'ir bo'ladi. Zulmni birov boshqa birovga qilayotgan zulmlarni ba'zi bir turlari, judayam zulmning turi ko'payib ketgan. Zulmning turlari ko'p, lekin ularning ba'zisini aytamiz. Sukut anqovli haqqiy zulmim degan. Ulamolar aytadi, haq gapni gapirmasdan sukut qilib turishlik ham zulm degan ekan. Haq gapni bilib turibsiz, bir birodaringizni haq ekanini bilib turibsangiz. Lekin shu joyda gapirmasdan jim turishligingiz ham o'sha birodaringizga nisbatan zulm yetkazishlik ekan. O'sha birodaringizga nisbatan zulm yetkazishingiz ekan.

Ikkinchisi, yolg'ondan birovning haqqini olishlik uchun qasam etishlik ham zulm deydi. Yolg'ondan, birovning haqqini olishlik uchun qasam etishligi ham zulm deydi. Payg'ambar alayhissalom aytadi, kim bir musulmonning haqqini, olish uchun, yolg'ondan qasam ichadigan bo'lsa deydi, Alloh Taolo unga do'zaxni vojib qildi deydi. Birovning haqqini olish uchun. Allohga qasam.

A? Ba'zilar aytadi, Xudo ursin deb qo'yadi. O'zi Allohni urib qo'ygani shu. Alloh Taolo urib qo'ygani shuki, u Allohdaan qo'rqmaydi qasam ichishda. Ana shu qasam ichib turib, birovni haqqini yolg'ondan oladigan bo'lsa, egallaydigan bo'lsa. Yolg'ondan egallaydigan bo'lsa. Bu odamlar nima deyapti? Alloh Taolo unga Jahannamni vojib qilib qo'ydi deydi. Unga Jannatni harom qildi deydi.

Unga jannatni alloh subhanat ola harom qildi deb. Shunda bir kishi turdi da, yo rasululloh, agar deydi, arzimaydigan kichkina narsa bo'lsa chi deydi. Ba'zida arzimaydigan, kichkina narsalarga ham qasam ichib yuboraveramiz a. Uni hech narsa bo'lmasa kerak deb turib, cho'ntagingizni shunday olasizlar, o'rtog'ingizni narsasini olasizlar, bekitasiz. Menda emas deysiz. Xudo ursin deb aytchi desa, Xudo ursin deydi. Keyin birozdan keyin hazillashgan edim deb cho'ntagidan chiqarib beradi. A?

Mana bu yolg'on qasamdan ne. Agar arzimaydigan narsa bo'lsa chi deganide, payg'ambar ismim voy inka, naqodiy va min araq deydi. Agar deydi, bu misvakning cho'pi bo'lsa ham deydi. Agar misvakning cho'fi bo'lsa ham. Uni misvak bo'lsa, birovni misvageni bunday olib qo'ygan bo'lsangiz, keyin menda emas edi. Allohga qasam deb qo'ysangiz, Alloh do'zaxni vojib qilib, jannatni sizga harom qilar ekanda. Agarchilik bu nimani cho'pi bo'lsa ham. Mana qarang, zulmni qarang. Misrakni cho'pini olish zulm bo'lsa, birovni haqqini qo'rqmasdan olayotgan odam ertaga qanaqa bo'lar ekan u?

Um umuman aqalli. Uchinchi turi, zulmlarni turi rosa ko'payib ketgan hozir. Ichimizda judayam ko'p mumatalar degani, birovdan qarz olasiz. Aytasiz, ber, bir yilga ber deysiz, bir oyga berib tur deysiz, bir oylik yetkazaman qarzingni deysiz da. Olib olguncha ba'zilar qarz so'rab kelgan odamlarga hayron qolasan. Aytadi, uch kunga qarz beringchi deb keladi. E nima qilasan sen uch kunda qarzni? Baribir uch kun o'tib ketadi, uni qaytara olmaysan uch kun. Yolg'on ekanligi ko'rinib turibdi. Uch kunlik qarz, bir kunlik qarz yo'q. U, xullas, sizni aldab yurib, ana shu qarzni olib olsam, keyin o'zim bilaman degan odamda u. Keyin haligi qarzni olib oldi. Qarzni olib olmagandan keyin uni bir biznesga kirgizib yuboradi o'zini biznesiga. Keyin shu biznesi bilan ovora bo'lib, o'zi bilan o'zi ana shu pulini ko'paytirib yuboribdi. Puli yo'q emas, bor. Lekin siz kelib so'ragan vaqtingizda aytadi, qo'ya turing deydi. Endi bir oy endi bo'ldi yu, yana qo'ying deydi. Shunaqa qilib yurib, uch to'rt yillab o'tib ketadi. Mumotala deydi, cho'zish degani mumotala. A? Matl g'aniy deydi. Qodir bo'lib yurib turib berishga qadrsiz. Shunday molingizni sotib yuborsangiz, birovni qarzini shunday to'lashga qadrsiz da.

Qodir boib turib, birovning qarzini bermay cho'zib yurishlik zulmdir deydi Payg'ambar alayhissalom. A? Qodir boib surib, birovning molini berishga qadirsiz, qarzni berishga qadr bo'lib turib cho'zib yugurishligingiz, bu o'sha birodarga qilayotgan zulm, zulm o'tkazyapsiz shu odamga deydi. Va keyin aytdiki, bir odamni ishlatib turib, haqqini bermaslik zulm dedi. Birovni ishlatadigan bo'lsa, haqqini bermaslik zulm, Payg'ambar alayhissalom aytdiki, uch odamni qiyomat kuni men uning hasmi bo'laman dedi. Hasmi. Alloh Taolo o'zi bo'lar ekan ularga hasm, sumatchisi. Ulardan shunday birini aytdi, bir kishi bir odamni ishlatdi. Ishlab bo'lgandan keyin haqqini so'radi haligi odam. Ishini bitirgan odam haqqini soaganda, unga haqqini bermagan odamni qiyomatda xusumatchisi men bo'laman deydi. Men unga qarshi turadigan deydi. Demak, bu zulm nimasi. Shuning uchun johiliyatda ham bu narsani yomon ko'rishdi da, bir odam turib, ey men mana zulm majnunlandim, menga yordam beradigan bormi degan edi. Odamlardan ham yig'ildi da, bo'ldi, biz bir qo'l, bir tam bo'lamiz da, uning zulmini olib beramiz deydi. Bu johiliyatda shunday bo'lgan ekan, lekin hozir islomda bir odamga zulm qilinayotganligini ko'rib turasiz, lekin to'rt odamni boshi jamlanmaydi.

Kelinglar jamlanaylik. Mahallaning oqsoqollari, mahallaning iymonliklari, a? Mahalladagi qalbida iymon bor odamlar jamlanib, anavi odam zulmlanyapti. Borib turib haligi zulm qilayotgan odamga tiyib qo'yaylik deb hech kim aralashmaydi da. O'zim tinch bo'lsam bo'ldi deydi. Hatto johiliyat davriga ham o'tib ketganmiz hozir. Uyimizda o'tiramizda, namozimizni o'qib, o'zimiz bilan o'zimiz bo'ldi, boshqa odam bilan ishimiz yo'q degan narsaga keldik. Johillar ham o'sha vaqtda bir odam turib baqirganidek, hammasi hilfil fuzul qildi. Ittifoq qilishdi keyin.

Mana shu yerda to'xtaymiz. Tijorat Payg'ambar alayhissalomni Hadija onani tijoratiga chiqarganliklari va Hadija onaga uylanishliklariga kelib to'xtaymimiz. Keyingisida inshaalloh davom ettiramiz shu yerda. Ba'zi bir savollarni, javoblarni aytamiz. Televizorni kreditga olsa bo'ladimi debdi. Kreditga olinadigan hech narsa olinishga bo'lmaydi. Agar protsent bilan bo'layotganlari ustida foizi bo'ladigan bo'lsa, biz aytganmiz ribo bo'ladi. Ribo durust emas deylik.

Bir namozni birinchi rakatida falah surasini, ikkinchi rakatida nas surasini o'qishga bo'ladimi debdi. Albatta bo'laveradi. Janoza namozi to'g'risida janoza darslikka o'tganmiz. Darslik, janoza darsligini eshitib chiqsanglar, janoza namozini to'liq o'rganasizlar.

O'g'il bola sigir sog'adi debdi. Sigir sog'sa bo'laveradi. Kim aytdi o'g'il bolani sigir sog'sa bo'lmaydi deb? A? O'g'il bola, o'g'il balo qimiz sog'adi, ot sog'adi, sigir ham sog'averadi, nima farqi bor? Sigir ne, echki ne? A? O'xshab bolaga. Sog'sa bo'ladimi? Ammo biri turib, boshqa odam, ayol kishi turib, o'g'ili bola sigir sog'ishi qanaqa bo'ladi debdi da endi. Endi. Kelinni oldida bola sigir sog'ish boshqacharoq bo'ladi yu. Kelin tursa, bola borib sigir sotsa bo'lmayapti desam. Ammo Payg'ambar alayhissalom uyda hamma ishlarni qilaverardi. Qarab turmasdi. Bu ayolning ishi, bu erkakning ishidir bo'lishib olmagan edi. Payg'ambar aleyhissalom o'zining kiyimlarini ham tikaverardi, tikadigan narsani mana bu ha, jahl. Payg'ambar alayhissalom, qo'ylarni sag'ardi deydi, kiyimlarni tikardi deydi, a? Ha bizda endi tikish, sag'ish, supurish, ayolning ishi deb bizlar nima qilamiz. Ammo bu narsalarni qilsa, erkak kishiga ziyoni yo'q.

Jahongir ismini qo'yish yaxshi emas. Jahongir degan ismni qo'yish yaxshi emas deydi. Endi shariatda ismlar qo'yish to'g'risida darslik o'tganmiz. Qaysi ismlarni qo'yishlik, nima uchun u ismlarni almashtirilgan? Dinga, shariatga xilof bo'lganligi uchun almashtirilganda ba'zi qismlarni, payg'ambar alayhissalom ba'zi ismlarni nima xunuk bo'lganligu uchun yoki shirkka olib boradigan ismlar bo'lganlig uchun payg'ambar ayyosulom ularni almashtirtirishadi.

Shu qiyomat kunida har bir inson allohni oldida go'zal ismlar bilan chaqiriladi. Kimga qanaqa ism qo'yilgan bo'lsa, shu ismlar. Shuning uchun Allohni oldida goodal ism bilan chaqirishlikni xohlashlik uchun odam o'zining ismiga qarashligi kerak bo'ladi. Ismlarning yaxshisi Abdurahmon, Abdulloh degan ismlar va hokazo Allohni quli degan ma'nodagi ismlar, Allohni bandasi degan ma'nadagi ismlar. Ammo Jahongir degani bu Jahongir aylantirguvchi, jahonni aylantirguvi degani. Bu jahonni faqat Alloh Taolo yer yuzini kurrani Alloh aylantiradi. Allohning qo'lida, Allohni tadbirida bu jahon. Yer yuzi yu osmon kurrasi bari Allohnik. Lekin hech kimniki emas. Shuning uchun o'zining Allohga teng bo'ladigan ismlar bilan ismlashga bo'lmaydi. Malikul Mulk podshohlarning podshohi degan ismlar bilan izmlashga bo'maydi. Hakam. Nima, bu eng katta nimalar degani, hukmdor degan narsa bilan ismlashtirib bo'lmaydi. Alloh u hual hakam deydi. Bu qiyomat kuni hakami, hokimi, Alloh deydi. Ana shunga o'xshagan ismlar bo'lsa, nima qilishlik kerak? O'zgartirishlik kerak ekan.

Hijob kiygan ayol eriga yana bir ayol olib berishi kerakmi deydi. Hijob kiymagan ayolim olib bersa bo'laveradi o'zi, a? Uni hijob kiygan ayoli olib berish shart emas. A? Eri agar uylanishga qodir bo'lsa, biz aytganimiz, qodir bo'lsin odamga fatvo yo'q. Qodir bo'lolmasa.

Jismoniy qodir bo'olmasa, qurbi kelmasa, nafaqasiga qodir bo'lmasa, uyiga maskaniga qodir bo'masa, boqishlikka qodir bo'masa, unga bizlar aytamizki, sizga uylanishlik bo'maydi deganmiz, avvalda ham aytganmiz. Ammo hamma taraflama qodir bo'lsin, a? Hamma taraflama, qodir bo'ladigan bo'lsa, shariatda uni hech narsa qaytara olmaydi. Uni qayta qayta aytish kerak. Hech narsa qatara olmaydi. Alloh Taolo uni mubofi qilib qo'ydi. Alloh Taolo halol qilib qo'ydi. Shuning uchun uni harom bu deb hech kim fatvo aytolmaydi. U hijobli bolami, hijobsiz bolami. Lekin bir ayol achchiqlanib, eri uylanaman degan ekan, hijobga kirgan ayolni eri uylanaman desa, hijobini yechib yuborishligi bu o'ta ketgan bir aqilsizlik. U ayol Alloh uchun hijob o'ramagan, erini aldamoqchi bo'lib hijob o'ragan. Uylanmaysizmi agar hijob qo'ymasam desa, ha uylanmayman degan bo'lsa, hijobga kirib olgan da u. U ayolga aksar sabab yo'q da. Inson hijobga Alloh paris qilgan ekan. Allohni parzini ado qilyapman deb turib kiradi. Namoz ham shunday. Palonchi uchun pul beraman desa o'qib, pul bermayman desa o'qimasa.

U yo eriga yaxshi ko'rish, Alloh Taologa yaxshi ko'rinish uchun qilinadi hamma narsa. Har bir amal, amal Alloh Taoloni roziligi uchun. Agar eri bir kun kelib taloq qo'yib yuborsa ham, u ayol namozni, hijobini, Qur'on tilovatini to'xtatmas kerak. To'xtatmasligi kerak. Bu judayam oilaviy katta narsa ekan. O'zi kelsa, rus ayog'iga uylangan odam, keyin aytamiz.

Qarz olgan odamlar qarzlarini bermayapti duo qilinchi debdi. Qarz olgan odam qarzini bermayapti, duo qilingchi deydi. Endi shubhanalloh. Payg'ambar alayhissalomni ko'kraklarini ochib, haddush shayton degan, shaytonning ulushini olib tashladi degan. Lekin u nima edi deganini bizga aytmagan. U qanaqa edi u shaytonning ulushi, qanaqa bo'ladi, nima uchun insonda shaytonning ulishini qilib qo'ydi Alloh Taolo? U qayerda turadi u ulush degan narsani bizga u narsalarni aytilmagan. Bizga kerakli ma'lumotlarni dinimiz bayon qilgan. Endi dinimizda undan ortiq bizga keragi emas bo'lgan ma'lumotlar, ular bizlarga aytilmagan. Xuddi haligi g'arga kirganda bir usba, bir toifa, bir to'qqiz odam edi, olti, qancha odam edi g'arga kirdi, uxladi, ular bilan iti bor edi deb Qur'onda keltirsa. Ana shu endi bu yerda mo'jizaki, Alloh Taolo shu odamlarni uch yuz yil uxlatib, ularni keyin tiriltirganligi, mo'jiza.

Uch yuz yil uxlatib tiriltirganligi mo'jiza. Buni haqiqatdan ham mana shunaqa bo'lgan ekan u, bu o'lib tirilish biz uchun bir ko'zimizni ochib yumganga o'xshagan narsa ekan deb ibratlanadi odam. Ammo birovlar bo'ladi, buyog'idan ibratlanmaydi da. Endi aytadi, itni rangi qanaqa edi? Deydi da. Itni rangi qanqa edi? U itni rangini bilganda nima qilasiz? A? Iymoningiz kuchayib ketadimi? Yo shuni rangida it olib boqasizmi? Shuning uchun birovlarni juda qiziqtiradigan savoli shunaqa bo'ladi. Ustni rangi qanaqa edi degan savollar qiziqtiradi. Odam ota yemagin degan daraxtning oti nima ekan deb yuradi. Yeyma, jannatda yeyma degan daraxt yeb qo'ydi. Shu daraxtning otini nima ekan deb haligi juda katta savolda endi u. Umrini oxirigacha shuni izlaydi da haligi. Nima keragi bor o'sha narsalarni? Shuning uchun bu ham shulardan biri vallohu a'lam bizga uni xabar bermagan.

Bu yoqdagi o'g'lini bir yashab boradimi, kelsa gaplashamiz. Bir odam rizqini haromdan topib yurgan bo'lsa, uyni mashinasini o'sha harom pulga olgan bo'lsa keyin iymoniga iymoni kuchayib tavba qilib, u ishni tashlasa, endi shu uyni mashinani nima qiladi debdi. Endi u odam Alloh Taolodan qattiq tavba qiladi. Alloh Taolodan kechirimni so'raydi. Ko'p gunohlariga istig'for aytadi, namoz o'qiydi, shu bilan u mashinasini ham hech narsa qilmaydi, uyni ham hech narsa qilmaydi. Mashinasini ham hechnasa qilmaydi, uyini ham hechnasa qilmaydi.

Bir odam bir gunoh ish qildi, keyin tovboyga keldi. Bu shariatni kengchiligi. Bo'ldi, shu gunoh ish qilding, o'shani endi mashinangni ham sotib yuborasan, uyingni ham sotib olasan demaydi. Undan gunohdan ham katta narsa kufr, to'g'rimi? Gunohdan ham katta narsa kufr. Kofirlik. Sahobiylar kufrdan islomga kirishdi. Ular hech bir mashinasini ham, uyini ham sotmadi. Ha? Uylarni ham sotmadi, hech narsa qilmadi. Islomga kirishi bilan tavba qilishligi bilan avvalgi gunohlari nima qildi? Kechirildi. Shunga o'xshab mo'min kishi bir gunoh ish qilgan bo'lsa, nima qilishligi, gunohini bilishligi bilan tovba qiladigan bo'lsa va tavbaning shartlari to'liq bo'lsa, nadomatlanishlik, pushaymon qilishlik, shu gunohni qaytarmaslik, qilib turgan gunohidan sug'urilib chiqishlik, mana shu shartlari to'tliq bo'lmasa, u odamning nimasi, tavbasi inshaalloh qabul bo'ladi deb o'ylaymiz. Vallohu a'lam.

Savollar, boshqa savollarni egalari o'zimizga uchraydi. Bu yerda yana bizlarni bir nimalarimiz bor. Ha, beramiz, varaq beramiz. Varaq nimaga berar ekan deb turibsizlarmi? Bir yil o'tib ketdi. O'n uchinchi yildan o'n to'rtinchi yilga o'tib ketdik a? O'n to'rty yil. Avvalgi yil o'n uchinchinchi yili deb. Masjidga vaqti bo'lganlar, bir haftada bir marta bo'lsa ham, bo'sh vaqtim bor degan odamlar, yo bir qo'limdan xizmat keladi, ustaman. Biri yog'och ustaman, biri temir ustaman, biri suvoq qilaman, biri elektr qilaman degan ustalar, biri lampa olib kelaman, biri nima chiroq olib kelaman degan odamlar bo'lsa, otlarini telefon nomerlari kerak bizga. Bizlar ertaga kuni bir nima qiladigan bo'lsak, bunday chaqiramiz. Mana ustalar bor ekan, pulga bo'lsa ham ishlaydigan. Hasharlar bo'lib qoladi o'rtada. Ertaga Alloh nasib qilsa hashar qilamiz mana shu yerda. Ko'p odam kerak emas. Ellik odam, oltmish odam yig'lab u yerda, bekor hammamiz erta to'planib yurganimiz hojati yo'q. Shunga qarab turib, mana yerda mana mana odamlar bor ekan, men hasharlarga qatnasha olaman deb qo'ysa, shularni telefon qilib o'n odam kerak bo'lsa, o'n odam chaqiramiz. Besh odam kerak bo'lsa, besh odam chaqiramiz. Kelishdimi? Ha, masjidni xizmatiga da.

Endi inshaalloh ko'p ketib, oz qoldi. Ana shu masjidni ishga tushirib, ichida namoz o'qigan vaqtimizda bergan sadaqalaringlarni rohatini shu yerda ko'rasizlar, Alloh nasib qilsin. O'sha yerda namoz o'qilib, sajdaga boshingizni qo'yganda rohatini ko'rasiz. Inshaalloh mana shu yerga meni ham bir ulushim tegani dedingiz. Mana shunga isminglarni yozasizlar, mana tarqatib o'tkazib yuboraman. Isminglarniyozinglar, bu yoqqa bu yoqqa o'tkazib olay. Yozib, yozib, yozi, keyin bizlarga berib yuborasizlar varaqni. Mana. Yozib beringlar, qatnasha oladiganlar, ustalar, boshqalar, ana shunga yozib yozib bersanglar, bizlar kerak vaqtida nima qilib olamiz, chaqiramiz.

Vaqti bor odamlar. Vaqti bor adamlar. Keyin nima ish qo'lidan kelishini unaqa qiladigan odamlar. Keyin ikkinchisi. Avvalgida ham aytdik, masjidning solishdan ko'ra remonti ko'proq ko'proq nima qilish kerak, harakat qilish kerak remontga. Solishdan solish solinib qolar ekan, lekin remonti juda ham qiyin ekan. Shuni remontlariga aytyapmiz, har nimada Alloh rozi bo'lsin. Mana shu jamoatning nimasi bilan, harakati bilan bo'lyapti.

Bir turkiyadagini aytib bergan edim a? Kaannani akalto degan. Kaannani akaldo degan masjid solingan ekan. Yeganday bo'ldim degan masjid salingan ekan. Shuni egasi, shuni egasi puli ham bo'lmagan ekan. Lekin shunaqa ixlos qilgan ekan, masjid solaman, Allohni uyini solaman. Allohni uyini salaman degan narsa, a, nimani, nima degan narsa?

Ba'zi bir odamlar misol uchun bir ministrni uyida borib ishlab kelsa aytadi, e, katta joyni ishlab keldim deydi a? Faxr, katta faxr. Agar Prezident chaqirsa, boshi osmonga yetadi. Prezidentni uyini men qurganman deydi da. A? Ana shu tualetni kafelini men yeb ishtirganman deydi. A? U. Bu qanaqa faxr bo'lyapti unga? Prezidentni uyini men qo'yganman deyish. Endi Allohni uyini men solganman desangiz, bitta g'ishini men qo'ygman, Allohni uyini desangiz a? Qiyomat kuni chaqirsa, nima ish qilding desa, men seni uyingni g'ishini qo'ydim, ey Alloh deysiz. Innama ya'miru ma'sa jidalloh man amana billah val yavmal ahil. Allohni uyini obod qiladiganlar, a? Allohga ishonadigan, qiyomatga ishonadigan kishilar deydi. Allohga ishonadigon, qiyomatga inonadigan, aniq savobini olamiz deb ishonadigan odamlar qiladi da. Ishonmagan odam bo'larmikin, bo'lmasmikin? Hozir bekorbek shtanga berib qo'ysam. Keyin qiyomatda nima bo'lar ekan a? Yo'q, Allohga aniq ishongan odam albatta bo'ladi. Bir inson Allohni uyiga bir g'isht qo'ysa, unga qasr soldaveradi. Subhanalloh. Jannat keng ekan. Bitta idish qo'ysa, qasr salom yesa jannatda.

Qasr salom desa. Shuning uchun haligi odam men yeganday bo'ldim degan odam nima qilgan ekan? Turkiyada masjidga shunaqa ot qo'ygan. Qo'yganligi qiynalib ketgan. Masjid salomay, salomay, oxirida nima qipti? Yig'ib, yig'ib, yeg'ib, yeg'dib, ko'chaga chiqib bir narsa yegiz kelib ketsa, yo bola chaqasiga bir narsa olib kelmoqchi bo'lsa, hali aytar ekan, shunday olayotgan joyida. Mana shu pulni hozir machitga ishlatsam chi, der ekanda qo'yishni yemayman. Der ekanda haligi pulni olar ekanda, machit nimasiga tashlar ekanda, o'zi machit quradigan nimasiga. Yeganday bo'ldim deb qolar ekan. Bo'ldi, yeganday bo'dim mana shu. Biroz yemasam qiyomatda yeyman bundan yaxshisini. Yeganday bolidim deb yurib yurib yetti yil, o'n yillab yurib yig'ib, machitni olgan ekanda, oxirida sog' bo'lgandan keyin, ana endi haligi haqiqatdan yeganday bo'lasiz da. Nachit qilib bo'lganingizdan keyin, endi buni ko'rganingizdan keyen, endi yeganday bo'mdim deb, nomini ham shunaqa qo'ygan ekan. Yeganday bo'dim deb. Shunga endi avvalgida yeding desa, pul tashlaganmiz. Bu safar endi yegandoy bo'mdim deb, kafega chiqib o'tirib ketayotgan ekanmiz hammamiz. Ho'kini chiqsa hamma kafelik yurgan ekan. Bugun kafega kirish yo'q. Bugun yeganday bo'llim deb ashiga tashlab chiqib ketamiz. Hammamiz. Yeganday bo'ldim, bo'ldi, jannatni yeganday bo'ldi deb tashlab chiqib ketamiz. Tushunarlimi?

A? Hozir ichaylik, keyin kafega chiqib ko'raman. Sajdai sahruh haqida ikki yuz qirq darsimizda gapirganmiz, keyingi darsda tushuntiramiz, inshaalloh. Anavularni yozib bo'lganinglardan keyin, darsdan keyin tashlab ketinglar. Subhanillah allohim va behadash shaytan la ilaha illa tasavvur va ta'qul. Allohumma taqobbal minna innakentas samiyun alim. Vot v valayna innakentat tavay bir rohim robbani, g'ulomna infusanova innan tafviyillana, va tarhamdul ala ko'linna minal hosilin. Ya hayya qilgum bir rahmat kelgana stag'iy aslil lana sha'ana kunlana va latikinna ila infusina tarqatayin. Ey Alloh subhanotu ala, sen yaxshi ko'radigan, rozi bo'ladigan, ilm talabidagi majlislarda o'tiribmiz. Alloh taolo gunohlarimizni mas'ul qilgin. Bizni mana shu majlisdan qaytar ekanmiz, turinglar hammanglarni gunohinglar kechirildi deydiganlar qatorida qilgan. Bizni ichimizdan bironta insonni, mahrumlardan, shaqiy, badbaxtlardan qilmagin. Alloh taolo mana shu joyda jamlanganimizdek jannatlarda, firdavs jannatlarda payg'ambarlar, siddiqlar, shogirdlar bilan birga jamlagan. Alloh subhanah va taolo qarzdorlar bor ekan, qarzlarini o'zing ado etgin. Alloh taolo kasallar bor ekan, o'zing shikoyat taom ato etgin.

Alloh subhanoh taolo nimaga keyin niyatga kelganlarni, niyatlarini qabul, ma'qul qilgin va sallallohu alayhi va salam, mahammadu alayhi va sahifatli ajma. Allohu akbar.

Keyingi darsni tinglashMamirjon domla (Paygʻambarlar tarixi) 20-dars Muso A.S 3-qism