MMaviza
—Tekshirilgan24 daq

24.04.2021 1-QISM: MUQADDIMA / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
24:13

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassalomu alayhi vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antana alimul hikm. Allohum allinama ya'm fa'una va fana bi ma'lam tana va zidna ilman. Allohum arina al haqqa haqqon va rizqu na tibaa va arina al ba'tila ba'tilan va rizqu na jdi na'ba. Vo ja'annina minma yestamiya un al qovli fayetta bi una husana. Vodixin nabi rahmatika fii ibadika solihin. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o'tirar ekanlar. Bu umrimni xattop roziyallohu anhunarobat qilinadi bu hadis. Va inna mana hunuz yunusun inna rasulillahi sollallohu alalayhi vas salama, idit tola alayna rojulin. Mana shunday deb boshlanadi katta hadis. Umariddin xattop aytadi, kunlarni birida payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurida o'tirar ekanmiz. To'satdan bir kishi kirib keldi.

Kiyimlari oppoq. Soch soqoli qop qora. Ustida bironta bir safar alomati yo'q. Keldi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qarshisiga kelib o'tirib, tizzasini Rasulullohning tizzalariga tegizib o'tirdi. O'zini qo'lini, o'zini soniga qo'ydi yoki tizzasiga qo'ydi. Shunday yaqin kelib o'tirdi. Sahobalar hayron.

Musofirmikin desa, ustida safar alomatlari yo'q. Kiyimlari yangi, oppoq, soch soqoli, qop qora, hozir uydan yuvinib chiqqandek. Endi Madinalimikin bu odam desa, hech kim tanimayapti. Keldi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha savollarni so'radi. Islom nima, iymon nima, ehson nima, qiyomatni alomatlari. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam islom nima deb u kishi so'raganida, islom, bu shahodat kalimasini aytishliging, namoz o'qishing, ro'za tutishing, zakot berishing va qodir bo'lsang haj qilishing, dedilar. Haligi so'ragan odam, to'g'ri aytdingiz dedi. Sahobalar yana hayron bo'lishdi. Kimikin bu? O'zi so'rab turib, Rasululloh javob bersa, yana tasdiqlab qo'ygandi. Iymon nima? Rasululloh aytdilar, Allohga iymon keltirishing. Anta u mena billahi va malakatihi va kutubihi va rusulihi va liyon mil ahli val qodira xayrihi va sharigi minalloh va al ba'ti i badal mav't. Ya'ni mana shu yettita narsa, Allohga iymon keltirish, farishtalarga, kitoblarga, taroziga, qiyomat kuniga iymonni yettita sharti. Haligi odam to'g'ri aytdingiz dedi. Uchinchi savoli, ehson nima deb so'radi. Ehson.

Ehson rasululloh aytdilar, an ta'budalloha ka annaka taro hu, fainlam takun taro hu, fayinnahu yaroka. Ehson allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishing. Ya'ni inson allohni ko'rganda, uni qiladigan ibodati qanaqa bo'lardi? Butun vujudi bilan o'qir edi. Hayoli bo'linmas edi. Allohga ibodat qilishligi, allohni ko'rib tuganda ibodat qilishi degan birodarlar, siz bilan biz ko'rgan o'rganib qolgan ibodatdaqa bo'lmas edi.

Jannatni ko'zga ko'rsatib qo'ydi. Do'zaxni ko'rsatib qurdi. Shu ko'rib turib namoz o'qishligingiz qanaqa bo'lar edi? Fainlam takun tarohu, fainnahu yaroka. Endi sen Allohni ko'ra olmasang ham, Alloh seni ko'rib turibdi dedi. To'rtinchi savolni so'radi qiyomat haqida. So'ngra chiqib ketdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Umariddin Xattobga qarab, ya Umar, atadri mana isail, ey Umar, savol so'rayotgan odamni kimligini bilasizmi? Allohu rasuluhu alam deb javob berdi. Umariddin Xattop. Alloh va rasuluh bir uchroq. Bu gibrid edi. Kelib, sizlarga, sizlarni diningizni ta'lim berdi, dedilar Rasululloh. Ya'ni, jadral alayhissalom, notanish bir kishi, inson suratida kelib, musulmonlar dinida bilishlari kerak bo'lgan eng muhim narsalarni o'rgatib chiqib ketdilar. Islom nima, iymon nima, ehson nima? Bu darsga kirishlikdan avval bu darsni qadrini, bu darsni qiymatini bilib olaylik.

Islom nima ekanligini bizga birodarlar fiqh ilmi o'rgatadi. Namoz, ro'za, zakot, haj, ro'zani qanday tutish kerak, qaysi vaqtda og'izni yopish kerak, namozda necha rakat, qaysi amalda qilsangiz, sajdani sav qilishingiz kerak. Fiqhiy ilm bizga ibodatlarimizni o'rgatadi. Islomni fiqh ilmi o'rgatadi. Iymonni nima o'rgatdi? Iymonni bizga o'rgatayotgan ilm bu aqida deyiladi. Biz nimaga e'tiqod qilamiz? Nimani bor deb ishonamiz? Nimani yo'q deb ishonamiz. Bizga nimaga e'ti qod qilishimizni o'rga toydigan ilm, iymonni o'rgata oladigan ilm aqida deyishadi. Endi, nima qoldi?

Hadisda uchta narsa aytilindi. Uchinchisi nima edi? Ehsonni nima, qaysi ilm o'rgatadi? Ehsonning nima ekanligini o'rgatadigan ilm tasavvuf deyiladi. Tasavvuf ilmi. Insonni qalbini musaffo bo'lishligini o'rgartadigan ilm. Mana iymonni o'rgandik, alhamdulillah. Islomni o'rgandi, alhamdulillah, nimaga bizni ko'zimizdan yosh oqmaydi namozlarimda turganimizda? Hech o'ylab ko'rganmisizlar?

Biz ham ana shu sahobalar o'qigan suralarni o'qiyapmiz. Biz ham ular o'qigan namoz, o'sha rakatni o'qiyapmisiz. Nimaga bizni ko'uzimizdan yosh kelmayapti? O'ylab ko'rganmisizlar? Hajga borgan, umraga borgan birodarlar ichimizda o'tiribdi. Yurtingizda yurganingizda yig'lamasdingiz. Namozga turganda, boshqa, lekin Ka'bani birinchi marta ko'rganingizni eslanglarda.

Yig'i kelganmi, yo'qmi? Boshqa dunyoga o'tib qolganmisizlar? Yoningizda kim turibdi, ko'rmagansiz? O'ngga o'tib yig'layapsiz, birov eshitib qolsa, xijolat bo'lmaydi degan xayol ham qolmagan. Boshqa dunyoga kirib qolganmisilar? Ana shu qalbning musofoligini bir shingili bo'ladi. Xohlarmidingiz ana shu holat doim sizda bo'lishini? Qalb musaffo bo'lishini xohlarmidingiz? Xohlaysiz. Mana shu tasavvuf ilmi, mana shu ehsonni nima ekanligini o'rgatadi.

Javr'al alayhissalomni hadisi bizga islomni uchga bo'lib berdi. Iymon, islom, ehson. Ehson dinimizni uchdan biri, birodarlar. Qaytarib aytaman. Jabr'alayhissalomning hadisi, Umar ibn xattob rivoyat qilgan hadis, dinimizni uchga bo'lib o'rgatib berdi. Islom, iymon, ehson. Biz mana shu uchinchisini, ehsonni gaplashmoqchimiz.

Biz hali bu tasavvuf ilmida, qalbning musofofligi, nafsni poklashlik yo'lida qanchalar hali uzoqda, orqada qolib ketganligimizni tushunib yetdim. O'shaning uchun ko'zimizga osh kelmayapti ekan. O'shaning uchungi yetti merslarda ko'rganda qalbimiz yumshamayapti ekan. Shuning uchun ibodatdan sahobalar topgan huzurda biz topa olmayapmiz ekan.

Boshlaymiz Alloh Taolodan ixlosni so'rab. Alloh fahmimizni ochsin. Allohum aga sirli amri va shirohli sodri. Vahlul uqudat aminlisan i yafqah u qovli. Darsimiz mana shunaqa murakkab dars. Diqqat qilib o'tiringlar. Bu sahobalarda hayotidagi hikoyalar emas, eslab qolish oson. Payg'ambarlarni qissalaridagi bir mo'jizalar emas, insonni qulog'iga yoqadigan, haligi inson yaxshi ko'radi da hikoyani, unaqa emas. Bu sizni ichingizdagi nafsingiz, ichingizdagi qalbingizni muolajasi.

Bismillahir rohmanir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisiga quloq tutamiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, mana arofa nafsahuu, arofa robbahuu. Kim o'zini nafsini tanisa, robbisini taniydi. Kim o'zuni tanisa nafsini, keyin robbisini taniydi.

Savol. Biz o'zimizni nafsimizni taniymizmi? Biz o'zimiz kimligimizni bilamizmi? Taniymizmi o'zimizni? Tushunmay qolaman o'zim ham ba'zida. Bir penim tutib ketganda saxovatim qo'zib ketadi. Bir baxilligim tutganda shu chichqonga kepak oldirgim kelmay qoladi. O'zimizni taniymizmi? Rasululloh aytyaptilar, kim o'zini tanisa, keyin robbisini taniydi. Alloh azza va jalla siz bilan bizga idrok qilishlik quvvatini ato qildi. Va bu idrok, idrokiy quvvat faqat inson bolasiga berildi. Bizda idrok qilishlik quvvati bor. Shuning uchun inson mana shu quvvati bilan, idroki quvvati bilgan dunyoga nimaga kelganligini bilmasa, bu borliqda turishligini sirini anglamaydigan bo'lsa, nima maqsadda yaratilganini bilmaydigan bo'lsa albatta ikki dunyoda ham zararga uchraydi.

Sidad bi'lla qul hal no'nabbi ukom bil axsariyna amali. Ey muhammad alayhissalom deydi alloh taolo. Ayting, sizlarga qilgan ish amallaridan eng ko'p ziyon ko'rguvchi kimsalarni xabarini beraylikmi? Eng katta ziyonga kirgan odam kimligini aytyapman men deyapti alloh taolo. Birodarlar, bu yerdagi ziyon degan so'z bu axsariyna amali, axsar deyapti. Haddan ortiq ziyon, eng katta ziyon.

Ismi tafzil. Eng katta zarar. Inson dunyoda zarar ko'radi. Masalan, molini yo'qotib qo'yadi. Lekin uni tiklab olishing mumkin. Inson sog'ligini yo'qotirib qo'yadida, zararni ham. Uni ham tiklab olishi mumkin. Ammo, u oxiratda o'zini dunyoda tutgan yo'lini xato ekanini ko'rganida, pushaymon bo'lganida, abadiy azobga, shaqovatga ega bo'lib qolganligini ko'rganida, mana shu odamning zarari, mana shu odaming topgan ziyoni eng katta ziyon deyiladi. Alloh taolo aytyapti, eng katta ziyom, eng katta zararga, ziyonga kim kirib qoladi?

Inson dunyoga nimaga kelganligini bilmadi. Dunyoga kelishiday maqsadini tushunmadi. Bu vujudda bor bo'lib turishligida hikmatini anglamadi. Demak, xohlaganidaqa yashaydi bu odam. Endi alloh taolo aytadi, istad billa alladina dolla sa'yuhum fil hayati dunya vahum yaxshabuna annahum yuxsimuna suna. Ey Muhammad alayhissalom, eng katta zararga kirgan insonni kimligini aytib beraymi? Alloh aytyapti eng katta zarar ko'rgan odamni kimligini. Ular kofir bo'lganlari sababli qilgan sayo harakatlari hayotda dunyodoyoq yo'q bo'lib ketgan u, ammo nodonliklari sababli o'zlarini chiroyli, yaxshi amal qilayotgan kishilar deb hisoblaydigan kimsalardir.

Inson dunyoga keldi, nimaga kelganligini bilmadi. Yashayapti. Nimaga yashay ekanini bilmadi. Dunyodan chiqib ketyapti. Dunyoga nimaga kirganini, nimaga chiqqanini bilmayapti. Shuning uchun odamlar to'rt xil bo'ladi. Birinchi odam, u biladi, bilimli. Bilishini ham biladi. Bu olim. Bunga ergashilinglar. Ikkinchi kishi, u biladi, lekin esdan chiqarib qo'ygan. Bu g'ofil. Unga eslatish kerak. Uchinchi odam, ubilmaydi, ilmsiz, lekin bilmasligini biladi. Ilmsiz, ilmsizligini biladi. Bu johil. Bunga o'rgatinglar. To'rtinchisi, bilmaydi, ilmsiz, bilmasligini ham bilmaydi. Bu odam shayton. Bundan uzoq bo'linglar deydi. Mana shu to'rtinchi toifadagi odamlar eng katta zarar ko'radigan odamlar bo'ladi. Hech narsani bilmaydi, hech narsaga ahli yetmaydi, lekin hech narsani bildirmasligini ham bilmaydi. Meni ishim to'g'ri, meni yo'lim haq, inson huquqlari, a? Lgbt, ular ham odam, biz ham odam.

Hech narsani bilmaydi, hayot haqida. Haqiqatdan uzoq. Lekin bilmasligini ham bilmaydi. Dunyoga kelib, eng katta zarar ko'rgan odam, bu dunyoga nimaga kelganligini bilmagan odam. Kim o'zini tanisa, keyinroq bizni taniydi. Biz o'zimizni tanishlik uchun mana shu darslarni eshityapmiz, birodarlar.

Demak, idrok qilishlik quvvatini Alloh Taolo faqat bu yer yuzida inson zotiga ato qildi. Agar biz Alloh Subhanah va Taolo bu koinotga yaratib qo'ygan, bu yer yuziga yaratib qo'shgan eng ulug' narsa bashariy aql desak, insonning aqli desak, adashmagan bo'lamiz. Mana shu aqli bilan inson yuksaladi yoki tubanlikka yuz tutadi. Aqli bilan o'zini tanisa, o'zini tanigandan keyin Robbini tanisa, inson yuksaladi. Endi inson mana shu aql bilan o'zining tanimasa, Robbini tanimasa, tubanlikka yus tutadi.

Yevropadagilar, g'arbdagilar ahmoq emas. Lekin o'zini tanimadi kimligini, Robbini tanimadi kimligiini erkakka erkak, ayolga ayol yaqinlik qilyapti. Aytyapmiz ku, shu aql bilan inson yo yuksaladi, yo aql bilan tubanlikka yuz tutadi. Inson nima? Inson idrok qiluvchi aql va yaxshi ko'ruvchi qalb.

Idrok qiluvch i aql va ya xsh ko'ruvchi i qalbdir. Shuning uchun aql bilan qalbning aloqasi juda qattiq bir biriga. Aql bilan, qalbning aloqasi qattiq. Hali muhabbat degan tema bor. Aql va qalbni aloqasi haqida Payg'ambarimiz shunday deganlar. Arja hukm aqlan, ashaddukum lillahi hibban.

Aqli rojiroqlaringiz Allohga muhabbatlirog'ingizdir. Kimni aqli pishib yetilgan bo'lsa, Allohga muhabbatni qattiq oladi. Mana shu olinadigan xulosalardan bittasi. Allohga muhabbatingiz qanchalar kuchli bo'lsa, qattiq bo'lsa, aqlingiz shuncha pishgan odam ekansiz. Lenin maktabda pozil tog'a degan odamimiz bo'lardi.

Nikolayni ko'rgan, Leninni ko'rgan. Stalinni ko'rga, xrushshovni ko'rgan , brejnevni ko'rgan androfni ko'rgan, chernenkani ko'rgan, garbachyobni ko'rgan yeltsinni ko'rgan. Xullas, bitta sistema paydo bo'lib yo'q bo'lib ketdi. Yuz yil yashagan odam. Ya'ni aqli pishgan odam, yuz yil yoshagan. Oq podshohni ham ko'rgan, Yeltsinni ham ko'rgandi. Men mana bu aqli pishqaninglar Allohga muhabbatli bo'ladi degan narsani tushuntirish uchun aytyapman. Bir birodarimiz uyida ehsonda o'tirgan edik, o'sha oqsoqolni to'rtga o'tkazib qo'ygan. Yuzga yetib qo'ygin oqsoqol. O'tirib, benzindan gapirdi o'tirgan eslilar. Mehnatdan gapirdi, asfaldan gapirdi, siyosatdan gapirdi, xullas, dunyoni mashmashalardan gapirdi. Haligi opa dada indamay o'tiribdi. O'n besh minutlar joylashgandan keyin, men ham bitta gapirsam maylimi dedi. Hamma jim bo'ldi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir suhbatida manaqa manaqa degan ekan dedi. Odamlarni kompusini qiblaga to'g'irlab qo'ydi. Kerak emas moslab gapirayotgan gaplar. Allohni payg'ambarda so'zi bo'lmasa boshqa gap kerak emas deyapti. Aqli pishgan odam bu. Haligi eslilar bir pastda yana estafeta tayoqchasini olishib, ha to'g'ri aytdingiz, pozil tog'a, manaqa manaqo' manaqa manaqay deb turib, yana o'n besh minutdan keyin yana g'arbga qarab qoldi kompusi.

Yana ozgina o'tirib, yana boshqa gapini qaytardi. Yana bitta gapirsam maylimi? Xullas, uch marta suhbatda bo'ldi. Alloh va Rasul u tomonga burib qo'ydi mavzuni. Shunda men xulosa oldimki, ey, ey, yosh bolalar, senlar gapirayotgan gap u kerak emas gaplar. Alloh va rasularni gapi bo'lmasa, u gapirma degan narsani aytyapti. Mana aqli pishgan odam.

Sovet tuzumi paydo bo'lishidan yo'q bo'lishigacha yetmish yil o'tgan bo'lsa, shuni ko'rgan odam, aqli pishgan odam nima deyapti? Shuning uchun Payg'ambarimiz aytyaptilar, kiminglarda aqlinglar pishganroq bo'lsa, Allohni muhabbati qattiq bo'ladi. Mana endi o'zingizdan so'rang birodar. Allohni muhabbingiz qattiqmi?

Eng katta muhabbat qalbingizda. Allohga, payg'ambariga nisbatanmi? Yo dunyo matohigami? O'shanga qarab turib aqlingizni belgilab olavering. Insonni aqli rojiq bo'lgani sari, insonni aqili pishib yetilgani sari, Allohga bo'lgan muhabbati ziyodalashib boradi. Chunki payg'ambarimiz aytdilar, men arofa nafsahuu, arofa robbahuu. Kim o'zini nafsini tanisa, o'zini kimligini tanisa, o'sini nimaligini bilsa, robbisini taniydi.

Birodarlar, dunyo hayoti siz bilan bizni umrimizni sarf qiladi. Biz nimamiz? Inson nima? Inson bu soatlar, daqiqalar, soniyalar. Qo'limizdan qum tushib ketayotganda, qo'limiz bo'shab qolgandek, har bitta o'tayotgan o'sha qum donasi qo'lingizni bo'shatayotgandek, har bir o'tayotgan kunimiz, soatimiz, daqiqamiz, soniyamiz bizni tugatyapti.

Dunyo hayotimizni sarf qo'ymasin, o'yin kulgisiga, zebi ziynatiga, talashib tortishlikka, odamlarni o'rtasidagi, xusumatga, boshqa narsalarga. Chunki mana shu narsalar bilan ovora bo'lib inson turar ekan, to'satdan ajral keladi, hamma narsadan ajraladi, mahrum bo'ladi. Shuning uchun birodarlar, hayot bizni sarf qilib yubormasin.

Johillikni qurboni bo'lib qolmasligimiz uchun Alloh Taolo aytadi. Astadvillar allohu lathi xoloqa sabaa samavati in vamin al ardi mitlahun yatana zalul amru bayna hunnali ta'lamu anna alloha ala kulli shain qodir va anna alloha qodir. A ha tobe kulli shain aynna. Alloh yetti osmonni va yerdan ham o'shalarning mislini yaratgan zotdir. Allohning amri farmoni ularning o'rtasiga nozil bo'lib tarqalib turur, osmon bilan yer o'rtasida. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani o'z bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun, u zot sizlarga yuqorida yig'iladigan narsalar haqida xabar beraver.

Inson dunyoga kelishigidagi maqsad ibodat. Insonni bu borliqda turishining illati sababi Allohga qulchilik qilishlik. Agar yer yuzida siz bilan biz bor bo'lib turishimizni asosiy sababi bilim desak ham xato bo'lmaydi. Qaysi bilim? Allohni bizga tanitadigan bilim. Eng asosiy ilm, eng katta bilim mana shu. Bir inson uchta universitetni tugatgan bo'lishi mumkin. Beshta doktorskiy bir stepeni bo'lishi mumkan. Agar uni bu olgan nobelskiy premiyasi bo'lgan bo'lishi ham mumkin uni. O'zini sohasimisiz, siz bir professor bo'lishingiz mumkin, akademik bo'lishingiz mumkun. Ammo uni mana shu ilmi allohni tanishlikka olib bormagan bo'lsa, bu odam johil deyiladi.

Chunki alloh taolo aytadi, voma xolaqto'l jinna val insa illali abudun. Men deyapti alloh taolo jinni va insni faqat menga ibodat qilish uchun yaratdim dedi. Ibodat nima? Ibodat Allohga bo'lgan muhabbatning cho'qqisi. Allohga bo'lagan suyanishni cho'qqisi, Allohga bo'gan bo'yin sinishni cho'qqiisi, Allohga taslim bo'lishlikni cho'qqiishi.

Ibodat nima desa, biz bo'yin sinish deymiz. Yo'q, bo'yin sinishning o'zi ibodat emas. Agar bo'yin sinishingiz muhabbat bilan bo'lsa, ibodat deyiladi. Agar bo'yin sinishingiz muhabbatsiz bo'lsa, toat bo'ladi. Armiyaga borganlar, serjant nima degan? Ravnyays degan.

Sveta degan. Shag va marsh degan. Xo'p, bo'yin sinayapsiz. Muhabbat bilan bo'yin sinayaptimi? Demak, bo'yin sinish muhabbatsiz o'sha ibodat deyilmas ekan. Mana namozga chiqyapsizlar. Bo'yin sinyapsizlar. Savol. Muhabbat bilan kelyapsizlarmi?

Domla masalan o'nta o'qib kelasan dedi kitob, o'nta o'ta o'qib kelasan dedi. Xo'p, student o'qiyapti. Muhabbat bil an qilyaptimi yo so'kish eshitmasligi uchun qilyaptimi? O'shaning uchun sunnatni o'qimasdan chiqib ketayotgan ukalar shu savolni beringlar o'zinglarga. Agar sizlar bu ibodatni muhabbat bilan qilayotgan bo'lganlarda, sunnat to'qimasdan chiqib ketmasdinglar.

Tasbeh tahlilida aytayotganda odamlarda oxla bahola belkasidan chiqib ketmasdilar. Inson Allohga yuzlanadi, unga ibodat qiladi, Allohni yaxshi ko'radi. Agar Allohni tanisa, unga taslim bo'ladi. Allohga yuzlansa, Robbisiga yaqin bo'ladi. Robbisiga ya qib bo'lgandan keyin qalbida saodatni shu o'rni topadi.

Inson o'zini tanisin, Robbisini tanisin, Robbisiga yuzlansin va shu bilan saodat topsin. Maqsad shu. Va may haloqtul jinna val insa illali abudun. Men jinlarni ham, insonlarni ham menga ibodat qilsin deb yaratdim deydi. Demak, sen inson bolasi hayotingdagi eng muhim vazifang nima ekan? Allohga ibodat qilishing.

Jasadlarimiz ibodat qilyapti, birodarlar. Ko'zimiz xoromdan tiyilyapti. Qonimizga xorom kirmayapti. Aroq ichmayapmiz, tarozini urmayapmiz. Jasadlar ibodat qilyapti. Jasadni ibodatga o'rgatdik, oson bo'lib qoldi. Endi birodarlar qalbni ibodati turibdi. Islomdamiz, ibodat qilyapmiz. Iymondamiz, qalbimizda Alloh bor, shilki yo'q. Endi ehsonga keldi navbat birodarlar.

Bugun nima nimani xulosa oldik? Kim o'zini tanisa, Robbini taniydi. Aqli eng pishgan odam Allohni tanigan odam. Bu dunyoga kelishlikdagi maqsadimiz Allohni tanish. Allohni tanish o'zimizni tanish orqali bo'ladi. Inson o'zini tanisa, Robbini tanydi. Robbisini tanisa, unga yuzlanadi. Robbisiga yuzlansa, saodat topadi.

Aquli qovli ha davos tafirullohu alayhi va alam. Assalomu alaykum.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish