MMaviza
MuqaddimaTekshirilgan26 daq

01.05.2021 2-QISM: MUQADDIMA (2/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
25:43

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqullohu adil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alimul hakim. Allohumma alillama ya'nfa una va anfa'nabi ma'lam tana vazidna ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon va rizqu natibaa va arina al ba'tiyla ba'tiylan va rizqu natish dinaba. Vaja anna min mayyasida me'un al qovla fayadda me'una husana. Vodixin nabi rahmatika fiy aybadika solihin. Amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Tazkiyatun nafs. Nafsni poklashlik darslarida bugun ikkinchisi. O'tgan darsimizdagi asosiy xulosamiz, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, mana arofa nafsahuu, arofa robbahuu. Kim? O'zini nafsini tanisa, robbisini taniydi. Boshqa afsusda aytdilar Rasululloh, ar ja hukm aqlan, ashad hukm xubban li'llahi yazza va jalloh. Ichinglarda aqli pishganlari Allohga muhabbatni qattiqroqlari, dedilar Rasululloh. Ya'ni insonni aqli qanchalar pishib yetilgan bo'lsa, shunchalar Alloh taologa muhabbati ziyodi bo'ladi.

Allohga muhabbatingiz qattiqmi? Hamma narsadan Alloh azza va jallani ko'proq yaxshi ko'rasizmi? Demak, aqlingiz pishib yetibdi. Ikkinchi darsimiz. Inson zoti bu koinotdagi eng birinchi maxluq, eng oliy maxluq. Chunki u omonatni ko'tardi. Alloh azza va jalala inson omonatni ko'karganligi uchun butun koinotni unga bo'yin sindirib berdi. Shuni birinchi xulosamiz. Inson yer yuzidagi mana shu borliqdagi birinchi maxluq, eng oliy maxluq. Nima uchun? Chunki u omonatni ko'tardi. Astaydu billa. Innna rodnala amanata ala samavati val ardi val jibal, fa abayna an yaxminnaha va ashfaqna minha va hammalaha al inson innna hukana valuman jahula. Albatta biz bu omonatni, ya'ni din degan omonatni, Alloh azza va jallaga o'zini ixtiyori bilan bo'ysunishlik degan omonatna, shariat degan, islom degan omonatno osmonlarga, yerga va tog'u toshlarga ko'ndalang qilgan edik. Ular uni ko'tarishdan bosh tortdilar va undan qo'rqdilar.

Mana shu koinotga Alloh taolo ixtiyoriy bilan menga qulchilik qilishlikni zimmangga olasanmi dedi. Ular bosh tortishdi. Va hamma lahal inson, inson esa uni o'z zimmasiga oldi. Darhaqiqat u o'ziga zulm qiluvchi va nodon edi. Mana shu omonatni ixtiyorimiz bilan Alloh Taologa qulchilik qulamiz degan omonatni inson zoti zimmasiga olganligi uchun, inson bu borliqdagi birinchi o'rindagi eng oliy maxluq bo'ladi.

Koinotni Alloh Taolo insonga bo'yin sindirib beribdimi? Demak, koinot insondan past darajada. Butun kosmos o'zini burchlari bilan tog' u toshlar bo'lsin, ulkan ummon okeanlar bo'lsin. O'rmonlar, sahrolar bo'lsin bular hammasi insonga bo'yin so'ndirilgan. Demak inson mana shularning hammasidan oliy maqomda. Inson shuni bilishligi kerak. Inson shunibilishligi kerak! Bu borliqdagi barcha maxluqotlardan ko'ra Alloh Taologa eng mukarram, aziz banda bu inson bo'lasan. Istadi billa. Valaqodi karom na bani adama va hamallohun fil bar li val bahr. Darhaqiqat biz odam bolalarini aziz mukarram qildik. Odam bolasi bormi? U aziz mukarram. Odam bolasi bor ki, alloh uchun aziz mukarram, mushrik bo'lsin, yahudiy bo'lsin, nasroniy bo'lsin , ateist bo'lsin, musulmon bo'lsin, hammasi odam bolasi deyiladi. Mushrik bo'lsa ham u Alloh uchun mukarram banda, lekin u o'zini iymondan uzoq qilib, o'zini kufrga olib borib, Allohni nazaridan tushib qoladi.

Aziz, mukarram ekan. Endi mana shu aziz, mukarrom inson iymon bilan bo'ladigan bo'lsa, mo'min bo'ladigan bo'sa, Alloh Taolo uchun quyoshdan ham, oydan ham, butun borlig'idan ko'ra mana shu mo'min banda Allohga aziz, mukarrama bo'ladi. Sen birodar bu koinotdagi eng birinchi maxluqsan. Mukarram bandasan. Sen yelkasiga omonatni ko'targan mukallaf insonsan. Sen borsan, mavjudsan. Seni birodar jasading bor, nafsing bor, ruhing bor. Shu yerda insonni uchga bo'lamiz. Insonni jasadi bor, nafsi bor, ruhi bor. Shu uchalasini ichidagi eng glavniysi kim? Ya'ni siz bilan biz kim shu yerdagi eng asosiysi?

Nafs. Jasad demayapsizlarmi? Jasad kim? Xo'p, mana shuni aniqlaymiz. Hozir bir biz ruh deyapmiz. Lekin Alloh Taolo Qur'onda inson zotiga xitob qilganda ruh deb xitob qilganmi, nafs deb xitob qigandi. Stajvela, ya ayyatuhan nafsul mut'mainna irjiai ila robbiki rodiyata mardiya. Ey xotirjam, sokinjon, sen Alloh ato etgan ne'matlardan rozi bo'lgan va Alloh tomonidan sening amallaringdan rozi bo'lingan holda Parvardigoring huzuriga qayd. Alloh ruhga xitob qilyaptimi? Nafsgami? Ya ayyatuhan nafsul mutma inna, xotirjam nafs deyapti. Inson nima ekan?

Inson jasadmas, u aniq u. Inson o'lgandan keyin chirib ketadi, Alloh Taolo qiyomatda boshqa jasadga kirgizadi. Shu yerda savol bo'lyapti, inson ruhmi, nafsmi? Darsimizni boshida aytdik, man arofa nafsahuu, arofa robbahuu. Kim o'zini tanisa, keyin robbisini taniydi. Biz ruhakamizmi, nafsakamizmi?

Ichimizda ega. Men degan narsa bu nafs deyiladi. Uni havosi bor. Havoyi nafs deymiz. Nafsning xohishlari. Inson havoyi nafsiga berilib ketsa, ya'ni nafsining xohishlariga berilib ketsak, nima ekanmiz biz? Jon ekanmiz. Mana shu nafs, jon deyotganda ikkalasini bitta tushuninglar. Mana shu bizning jonimiz, nafsimiz, ya'ni bizning asli zotimiz, Alloh Taoloning buyruq va qaytariklarining o'rni. Ana shu nafsimiz, jonimiz, ana shu zotimiz iymon keltiradi yoki kufr keltiradi. Ana shu nafsimiz, jonimiz, zotimiz shaqovatli bo'ladi yoki saodatli bo'lardi. Ana shu naftimiz, zotimiz yo rozi bo'ladi, yo g'azablanadi. Demak, insonning asli zoti bu Alloh Taolo yaratib qo'ygan uning nafsi.

Ikkita odam to'ymaydi. Ikkita narsani quvgan odam to'ymaydi. Pul quvgan to'ymaydi, ilm quvgan to'ynamaydi. Farqi nimada? Pul quvgan odam topmasa yu, aniq norozi bo'ladi. Endi topsa ham norozi bo'laveradi, chunki oz deb norozi bo'laveradi. Ammo ilm qovurgan odam ilmi ko'paygan sari roziligi ziyoda bo'lib boradi. Binobarambarli bo'laveradi.

Alloh azza va jalla o'zi bilgan yo'l bilan jasadni nafsga bog'lab qo'ydi. Jasad bizni jonimizning kiyimi, idishi. Jasad vaqtincha narsa, ajal yetishi bilan jasadning ishi tugaydi. Jon jasaddan ajradi.

Inson o'zining nafsini ichiga e'tibosi bo'ladigan bo'lsa, faqatgina jasadining tarbiyasi bilan, uning huzur halovati bilan shug'ullanadigan bo'lsa. Bu haqiqiy ziyonkor bo'ladi. Nafsning, jonning tarbiyasi yoki jasadning tarbiyasi. Qaranglarda. Mana shu jasadimizni rohati uchun ertayu kech mehnat qilamiz.

Xurmonjonlar xo'jasini vokzaldagi krugovoydan tortib, gastinsalagacha bo'lgan masofada kafelarni sananglar. Ular hammasi jasadimizni tarbiyasi uchun. Jasadimizni rohati uchun. Kafe, oshxona, somsaxona, mantiqxona, orada apteka. Bular bari nima uchun?

Jasadimizni huzur halovati uchun, jasadimiznitarbiyasi uchung. Haqiqiy ziyonkor faqatgina jasadini tarbiyasi bilan, jasadini huzur halovati bilan ovora bo'layotgan odam. Faqatgina, faqatgina. Jasadini huzur halovati bilan, ovora bo'lgan odamlarni ahvoli qanday bo'ladi? Ular dunyoga ega bo'lishadi. Eng yaxshi narsalarni yeb ichishadi. Jasadini huzuri, kayfi safolarni cho'qqisiga yetishadi. Qo'lida dunyoni hamma matohi bor. Ammo shu bilan ular saodatli bo'lishmaydi. Nafsi, joni orom olmaydi. Nima uchun?

Chunki jasad orom olishligi mumkin boyagi narsalar bilan. Nafs orom oladigan narsa boshqa narsalar bo'ladi. Bir devor qo'shningiz boquvchisi yo'q, ikkita uchta mayda qizlar bilan qolgan tul xotin yashaydi. Siz uyingizga yeydigan narsani yaxshi olib keldingiz hayit kunida. Yedingiz, ichdingiz, xotirjam, qoniz qappayib, tashqariga chiqib, tushingizni kavlab turganingizda, qo'shnini qizi yig'layapti. Bugun hayit edi, bizni ham dadamiz bo'lganida, bizga ziyofat qilib berar edi, deb yig'layotganligini va onasi uni yupatayotganligini eshitdingiz.

Jasadingiz mazza qildi. Jasadingiz rohatda, huzur halovatda. Mana endi hozir qiylanyapsiz. Nima qiylanyapti shunda sizdan? Ana shu joningiz qiylanyaptimi? Ana shu nafsingiz qiylanyapmi? Shu yerda siz jasadingiz bilan ko'proq odammisiz, nafsingiz joningiz bilanmi? O'zingizni yomon ko'rib ketasiz. Shunaqa mablag' bo'lamanmi? Esimga kelyapti mana shu qo'shnimni yetimlari. Deysiz da, o'zingizdan norozi bo'lib ketasiz. Ertasi kuni shuni nima qilasiz? To'g'rilashga kirishasiz. Endi o'zingiz yemasdan o'shani olib kelib berdingiz ertasi kuni, qorningiz och turibdi, jasadingiz qiynalmayapti. Ammo qo'shnining qizi endi boshqacha gapiryapti. Qo'shnimizga rahmat, Alloh rozi bo'lsin. Dadamiz bo'lganda ham shunchalik qilardi da. Alloh umriga rizqiga baraka bersin deb kichkina qizcha gapiryapti. Jasad qiynalanyapti, ammo nafsingiz joningiz mazza qilyapti. Tushunyapsizlarmi? Ana shu dunyo matohini hammasini qo'lga kiritgan, eng yangi mashinani mingan, eng yaxshi oylikni topgan, eng zo'r sharoitda yashagan odamlar nima uchun baxtsiz desa, ular faqatgina jasadining huzul xolavoti, jasadining tarbiyasi bilan ovora bo'lishdi. Nafsning, jonning tarbiyasi bilgan ular mashg'ul bo'lishmadi.

Baliq u suvda yashashlik uchun yaratilgan. Baliq faqat suvda orom oladi. Chunki fitrati shunaqa. Baliqni suvdan chiqaring, akvariumidan chiqarib, qimmatbaho shoyi yostiqni ustiga qo'yib qo'ying. Eng oxirgi modeldagi yostiq bo'lsin, eng qimmatbaho shoidan bo'lgan bo'lsin, u baliq yostiqni ustingda yayraydimi? O'ladi. O'ladi. Shuning uchun insonni nafsi qachon orom oladi? Robbisi yaratgan manhajda turganida. Alloh azza va jalla insonlarni bir fitrat ustida yaratdi. Shu fitratning egasi faqatgina Allohga yaqin bo'lishligi bilan saodat topadi. Faaqimuvajhaka li diniy hanifa fitrat allohillatiy fatorannasa alayha. Bas, ey Muhammad alayhissalom, o'zingizni doimo to'g'ri bo'lgan dinda, islomda tuting. Alloh insonlarni yaratgan tabiiy xilqatini saqlangiz.

Insonning yaratilgan tabiiy xilqati Allohni manhajida turish. Baliq faqatgina suvda orom olganidek, insonning nafsi, joni faqatgina Allohni dinida turganda orom oladi. Pul topmaganda ham xotirjam. Alloh meni sinayapti deydi. Pul topganda ham xotirjam. Soppa sog' bo'ganda ham xotirjam. Kasal bo'lganda ham alhamdulillah gunohlarimga kaffora deydi, kasal bo'lgonda ham xotirjam. Birodarlar, xotirjamlik pulda emas.

Shunaqa ishlar bor, dunyodagi hamma boylik ham, hamma pul ham hal qila olmay qoladi. Biz jonimiz orom olib, hayotda saodatli hayot kechirishimiz uchun bitta yo'l bor. Allohni dinida sobit, Allohni manhajida sobit turishlik. O'zingizni doimo to'g'ri bo'lgan, to'g'ribo'lgan dinda, islomda tuting.

Robbinga iqbol qilishing, amr va nahiylariga quloq tutishing, sening nafsingni, joningni tabiiy holati. Baliq suvda turishi tabiiy holat bo'lganidek, baliq uchun, inson Allohning buyruqlarini doirasida turishligi uni tabiiy holati, endi buni xilofida bo'lsa chi?

Allohni dinidan yuz o'girgan bo'lsa chi. G'arb ahli birodarlar o'zlarini jasadlargagina e'tibor qaratishdi. Alloh yaratgan bu qadri baland nafs, jonni beparvo tashlab qo'yishdi. Past razil bo'lgan shahvatlargagina berilishdi. Nafsimiz bor, jonimiz bor. U o'limni totadi, lekin o'lmaydi.

Kunlu nafsning zayi qotun maut. Har bir jon egasi bor, har bitta nafs bor, o'limni totadi. U faqat totadi, lekin o'lmaydi. Jasad o'ladi. Jasad o'tadi. Jasad totadi demayapti. Nafs jon o'limni totada, jasad o'tdi, lekin jon tirik qoladi.

Mana shu nafs Allohga yaqin bo'lish bilan saodat topadi, Robbisidan uzoqlashlik bilan shaqovatli bo'ladi. Stadi billa, voman a'roda an zikri, fa imnala hu ma'i shatandonka, va naqshuru hu yavmal qiyamati a'ma. Kim, deyapti Alloh Subhanahu va Taolo. Ya'ni siz bilan biz yaratgan Parvardigorimiz haqiqatni aytyapti bizga. Bizga haqiqatni aytayapti. U haqiqat qanaqa haqiqat? Kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, dindan voz kechsa, bas, albatta u uchun tang baxtsiz hayot bo'lur.

Xulosa, inson bu dunyoda saodatli, baxtli yashashni xohlasa, Allohni eslatmasidan yuzga kirmasin. O'ylayapti da. O'ylayapdiki, inson o'sha halol harom yo'l bilan dunyoni orttirsam, million dollar qilsam, baxtli bo'laman deb o'ylayaptilar. Dindan voz kechib qo'yib. Bu odam baxtli bo'lmasligini Robbimiz Subhanahu va Taolo xabarni beryapti.

Mana kechagi tarovalarda Steve Jobsni qilgan nasihatini o'qib berdim sizlarga. Dunyodagi ana shu biznesning cho'qqisiga chiqqan Steve Jobs desa, biznes olamidagi muvaffaqiyatning ramzi bo'lib qolgan odam dunyodan ketayotib aytyaptiki, dunyoda to'plagan shuncha obro'yim, shuncha boyligim o'lim degan haqiqatni oldida hech qanday qadr qiymatga ega emas ekan deyapti. U umrini boy berdi shu dunyo topish uchun. O'sha boyagi dindan yuzaga urib qo'yib, faqatgina moddiy farovonlikni quvdi. Shunga yetsam baxtli bo'laman deb o'yladi. Umrini berdi. Topdi boylikni, ammo o'zi istagan saodatni topmadi. Va topmaydi ham. Nima uchun? Robbimiz aytyapti, kim mening eslatmamdan yuzaga kirsa, bas unga tanglik hayoti bo'ladi deyapti.

Shuning uchun birodarlar, o'n o' u falonchi din bilan ish yo'q, harom qarishdi, pishlamay yeydi, ibodatdan uzoq, dunyosi ko'p bo'lganini ko'rib turib, shuni hayoti zo'r demang. Chunki insonni yaratuvchisi bo'lgan xoliqi Alloh azza va jalla aytyapti, dindan yuz o'girdimi, uni hayoti tang bo'ladi deyapti. Boy bo'lishi mumkin, sog' bo'lishi mumkan, mansabi bo'lishi mumkun, lekin hayoti tang uni.

Buni muqobilida boshqa oyat bor. Mana amila solihan min zakarin av unsa, fahua mo'min. Mo'min bo'lgan holida, erkak yoki ayol sog'liq amal qiladigan bo'lsa, ya'ni mo'min bo'lsa, sog'liq aml qilsa, falanu xiyannahu hayyaton toyiba. Bas, biz u insonni pokiza hayot ustida tiriltiramiz. Qarang, birinchisinikini kambag'al kasal qilamiz demadi. Hayotini tang qilaman dedi. Inson boy bo'lib turib ham tang yashashi mumkin. Sog' bo'lib ham tang yashashi ham mumkin. Endi, mo'min bo'lgan holda sog'liq amalni qilsa, pokiza hayotni beramiz deyapti. Inson kambag'al bo'lib turib ham pokiza hayot kechirishi mumkin. Kasal bo'lib turgan pokiza hayot kechinishi mumkin. Insonni hayotini saodatli yoki shaqovatli qiladigan narsa nima ekan?

Allohni eslatmasligi, iqbol qilishligi. Yoki undan yuz o'girishi. Bu dars siz bilan bizni ichimizdagi, nafsimizni ichimizdagi ya' imizi tarbiya qilishni o'rgatadi. Insonni ko'ziga bir musibat yetsa, tezda daf qilishlikka shoshiladi. Nima uchun? U ko'zi og'riyapti da. Eng mohir tabibga imkon boricha tezroq boradi. Nima uchun bunchalik e'tibor? Chunki umrini oxirigacha mana shu ko'zidan foydalanmoqchi da. Endi, abadiy azobga yoki abadiy rohatga olib boradigan nafsini, jonini tarbiyasiga inson qanaqa e'tibor qilishligi kerak?

Inson nafs, jasad va ruh dedik. Ayrim ulamolarni nazdida ruh Alloh Taolo tarafidan bandaga joylab qo'yilgan Allohning quvvati deyishadi. Ruh nima ekan? Allohning insonni jasadiga joylab qo'ygan o'zining quvvati. Fai da nafaqtu fiy himi ruhiy.

Odam alayhissalomni mana qissasiga murojaat qilsak, Alloh Taolo aytdi, qachoniki men unga o'zimning ruhimdan puflab kiritganimda, unga sajda qilinglar. Ya'ni ruh jasad bilan jon bir bo'lgandan keyin, uni harakatga keltiradigan quvvat deyildi. Jasad, nafs, ruh kirdi. Mana endi inson tirik yuribdi. Uchta narsa. Ruh olib qo'yilganidan keyin, quvvat olingandan keyin, jasad bilan nafs ajralib ketadi.

Odam ko'radi ko'zi bilan. Agar ruh bo'lmasa, ko'zi ko'rmaydi. Jigar, juda ham ko'p bir vazifani bajaradi insonni jasadidan. U ham agar ruh bo'lsin, ishlamaydi. O'pka, quloq, boshqa a'zolarimiz hammasi nima bilan ishlaydi? Quvvat bilan ishlaydi. U quvvatni nomi ruh. Ruhsiz inson nima? Bir qop go'sht.

Go'sht, teri, suyak, poy, soch, tirnoq, shulardan bir qop. Agar ruh bo'lmaydigan bo'lsa. Ruh insonning jasadiga joylab qo'yilgan Allohning quvvatiki, ajal yetganida undan ruh qaytarib olinadi, jasad yo'q bo'lib ketadi, nafs esa tirik qoladi. Ana shu abadiy qoladigan nafsning jonning tarbiyasiga e'tibor qilgan, uni kasalliklari haqida g'am qilgan, ularni tuzatish ishlari haqida fikr qilgan, ana shu nafsini saodatiga intilgan insonga Alloh Taoloning rahmati bo'lsin.

Inson nafsdir. Nafs insonning zoti, uning aslidir. Alloh Taolo mana shu nafsga xitob qilgan. Iymon keltiradigan ham, kufr keltiradiganam nafsni o'zi. Rozi bo'lib, g'azab bilanadigan ham nafsning o'zi. Baxtli bo'ladigan ham, baxtsiz bo'ladigan ham nafsning hozir. Jasad baxtsiz bo'maydi.

Ulamolardan biri aytadi: dushmanlarim meni nima qila olishadi? Axir bo'stonim qalbimda bo'lsa. Agar qamab qo'yishsa, xilvat, Allohni zikr qilishlikka fursat. Haydab yuborishsa yurtimdan, sayohat. Agar qatl qilishsa, shahodat, shahidlik. Dushmanlarim meni nima qila olishadi? Odamning saodati qani ichida, nafsida, jonida. Jasad baxtli bo'lmaydi. Jasad bahtli bo'lmayd. Ne ajabki, mana kazinolarda yillar davomida bir summa to'planadi. Jackpot deydi. Yuz yigirma yetti million olti yuz qirq olti ming dollar bo'ldi deydi, haligi katta kazinoda. Hammasi udachasini nima qilib ko'radi. Xullas, o'sha jackpotni bitta ahmoq sarvat qilib oladi da, sharaqlab endi pul tushadi, bo'ldi, yuz million dollarlik bo'lib qoldi birdaniga.

Mana endi siz o'ylaysiz. Bo'ldi, baxt saodatga erishdi. Agar boyagi aytayotganimizdek, insonni jasadi baxtli bo'lishi kerak bo'lsa, yuz million dollarni yutib olgan odam nima bo'lishi keraksin? Baxtli bo'lishi kerakmi? Yo'q, unaqa emas ekanda. Chunki Alloh Taolo aytyapti, kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, uni hayoti tang bo'ladi deyapti. Muhim emas uni fang pulini qancha o'lishi.

Nafsning idishi, kiyimi bor. U idish jasad. U jasadni harakatga keltiradigan quvvat, ruh. Inson omonatni ko'tardi, omonatni qabul qildi, shuning uchun butun koinot bu insonga bo'yin sindirildi. Alloh Taolo insonga aqlni berdi. Aql bu idrok qilishlik quvvati. Mana shu quvvati bilan inson o'zini boshqa mahluqotlardan ajrata oladi. Vanafsim vama savvaha fa alhamaha fujuraha va taqvaha. Jonga va uni raso qilib yaratib, unga fisq fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib o'rgatib qo'ygan zotga qasam. Insonning nafsi Alloh azza va jalla bu nafsga ilhomni berdi. U savobli amal qilishlik qudratiga ham ega, gunoh ma'siyatiga ham ega. Shunda inson ixtiyor qilishlik qoladi uni qo'lida. Ya'ni u tomonga ham egila oladi, bu tomonga ham egil oladi.

Inson Robbisining hukmi tomonga egilganida orom oladi. Robbisining hukmidan chiqib ketib, mas'uliyatga yoqqanda, qalbi alamga tushadi, mashaqqatga kiradi, torlikni his qiladi. Har bitta inson unga da'vat yetib kelmagan bo'lsa ham, islomdan xabari bo'lmagan bo'lmasa ham, hadis oyat eshitmagan bo'lmalar ham, yaxshi ishni yaxshi ish ekanligini biladi. Yomon ishni yomon ekanligini biladi. Masalan, yosh bolalar kichkinagina mushukni bolasini suvga tiqib qiynayapti.

Musulmon a? Musulmonmas a, nima deydi, bu yaxshi emas deydi. Haqiqatan Allohni shariatlar bu mumkin emas, zulm bu. Endi suvda cho'kay ekan bir o'sha mushukni bolasiga birov ko'tarib chiqarib qo'ydi. Yaxshi qildi deysiz. Yaxshini yaxshi deydi, yomonni yomon deydi. Nima uchun insonni nafsiga Alloh Taolo yaxshi narsani, yaxshi ekanligini, yomon narsani yomon ekanligini ajrata oladigan quvvatni bergan?

F al hamaha fujuraha va taqvaha. Nafsga ilhom berdi. Nimasini? Taqvosini ham, fujurini ham. Agar u nafs fitratdan chiqsa, alam chekadi, qalb siqiladi. Agar iymon yo'qligi yursa orom oladi. Aytding ku qo'shningizni qizi hayitligi olib keladigan bironta odam yo'qligidan, otasi yo'qligidan yig'layotganda qilgan ishingizni noto'g'riligini siqilib, joningiz qiylandi. Endi Alloh rozi bo'ladigan ishni qilganingizdan keyin nafsingiz orom oldi.

Agar u nafs Allohda taqvo qilsa, itoatda bo'lsa, doim rohatda va saodatda bo'ladi. Agar nafs insonning nafsi Allohda taqvo qilsa, itoatda bo'lsa, doim rohatda va saodatda bo'ladi. Insonni shaqovatli baxtsiz bo'lishi man hajdan chiqib ketishligidan.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish