Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robbil alamin. Vassalot vas salom ala shirofil mursalin va ala alixiy vas habihiy ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Alloh subhanahu va taolo ushbu muborak oyning muborak kechalarida qilayotgan ibodatlarimizni xushni qabul qilgan bo'lsin. Bismillahir rohmana rohim. Tazkiyatu nafs darslaridan bugun uchinchisi. Birinchi darsimizning xulosasi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vas salam aytdilar, mana arofa nafsahuu, arofa robbahuu. Kim o'zini tanisa, keyin robbisini taniydi. Rasulullohning bosh qahdislari arja hukm aqlan, ashaddukum hibban li liliyahi azza va jalloh. Oranglarda aqla pishganroqlaringlar, ya'ni eng aqli pishganlar qanaqa odam bo'ladi desa, allohga muhabbati qattiq bo'ladi. Allohga muhabbati qattiq odam, aqli pishgan odam bo'ladi.
Kechagi darsimizni xulosalari qanaqa edi? Inson yer yuzidagi eng mukarram maxluq. U oydan ham, quyoshdan ham, osmondan ham, yerdan ham Alloh Taologa mahvob maxluq. Chunki u omonatni ko'tardi. Alloh Taologa o'zini ixtiyori bilan qul bo'lishlik omonatini ko'tardi. Va mana shu omonatni ko'tarishi bilan Alloh Taolo uchun aziz mukarram bo'ldi. Inson zoti mukarram maxluq.
Va aytdik, Allohdan uzoq bo'lib, bironta odam bu dunyoda saodatli bo'lgan emas. Allohdan uzoq bo'lib, bonta odam saodatli bo'magan emas. Va saodatli bo'llmaydi ham. Chunki insonning saodati Alloh uni yaratgan islomiy fitratda turishligi bilan bo'ladi. Baliq suvda yayraydi. Suvdan chiqarib uni oltin tusiga qo'yib qo'ying, ipak yostiq tusiga qo'ying, unda u rohat olmaydi, o'ladi. U faqat suvda yayraydi. Xuddi shunga o'xshagandek, inson bolasining nafsi, inson bolasini borlig'i Allohni manhajida bo'lganda yayraydi. Undan chiqdimi? Hayoti shaqovatga to'ladi. Taklifotlar. Alloh aziz va jalla siz bilan bizga koinotni berdi. Aqlni o'lchov qilib, tarozi qilib berdi. Mana shu aqlni birodarlar ko'zga o'xshatsak bo'ladi. Ko'z har qancha kuchli, har qancha o'tkir bo'lmasin, yorug'likka muhtoj. Agar yorug'lik bo'lmasa, ko'z ko'rmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek ham, insonni aqli har qancha pishgan, har qancha o'tkir bo'lsin, ilohiy nurga muhtoj bo'ladi. Aql bor va unga nur bor, ilohiy nur.
Agar nur bo'lmasa, ko'z ko'rmagandek, ilohiy nur bo'lmas a, insonni aqli ham albatta adashib qolishligi muqarrar bo'ladi. Ayting ku, g'arb odamlari Alloh Taolodan yuz o'girishdi. Allohni manhajini chekkaga surishdi. Aqlimiz bilan hamma yoqda topa olamiz deyishdi. Haqiqatdan texnikada, ilm fanda juda ham katta yutuqlarga erishishdi. Ammo o'zlarini kimligini unutib qo'yishdi. Nima uchun? Faqatgina aqlga suyanilganligi uchun. Aql bu o'lchov, tarozi. Endi Allohning manhaji mana shu tarozi uchun tarozi.
Tushuntira oladimmi? Sizni aqlingizga kelgan gaplar, sizni aqlingiziga kelgan fikrlar, o'zingizga kelgan bir hayollarni to'g'ri noto'g'riligini o'lchab beradigan Allohni shariat bo'lmasa, aql hamma narsani to'g'ri deb ketaveradi. Aql idrokiy quvvat, aql tarozi, shariat esa mana shu aql uchun tarozi. Tarozi uchun tarozo. Alloh azza va jalla mana shularni hammasini siz bilan bizga berib turib, koinotni berdi, aqlni berdi, ixtiyorni berdi. Yana ham amallarimiz qadrliroq bo'lishligi uchun Alloh Taolo tanlash ixtiyorini berib qo'ydi. Shahvatlarni paydo qilib qo'ydi bizda. Mana shu shahvatlarni xohishlarimizni, istaklarimizni jilovlab, sobir bo'ladigan bo'lsak, Allohning nazdida qadrimiz baland bo'ladi. Masalan, inson, a.
Mana hozir zino qilishga imkoniyat yo'q da. Biz zino degan imtihondan o'tmayapmiz hozir. U qachon bo'ladi u imtihon? Sizdan faqatgina rozilik talab qilib turilibdi. Muannas jinsidagi odam, xotin, gapni qisqasi, sizga o'zi moyillik bildirib turibdi. Hamma sharoitlar muhayyo. Sizdan rozilik talab olindi. Mana o'sha momentda, ana shu daqiqada sizga zinodan imtihon turibdi. Tushunarlimi? Inson mana shu imtihondan o'ta olsa, nafsini shahvatini jilovlay olsa, sab'atun yudil lu humi loxofi dili lihi yavmala, dili la ila, dili lu hadisidagi go'zal, chiroyli ayol zinoga taklif qilganda, men Allohdan qo'rqaman deydigan odam Allohnin arshida turib, arshini soyasida turadigan yettita odamda bittasi deyilgan. Agar sizga shunaqa zinodan imtihon bo'lganda o'ta olgan bo'lsangiz, umid qiling, Payg'ambarimizni bashoratidan. Siz bilan bizga mana shu shahvatlarni Alloh paydo qilib qo'ydi. Shuni jilovlasak, o'zimizni shariat doirasidan chiqarmasak, qadrimiz yana ham ko'tariladi.
Mana otamiz Odam alayhissalom jannatga yaratib qo'ydi. Qovurg'asidan o'zini jufti, Havo onani yaratib qo'ydi. Mana jannat sizlarga. Xohlagancha yeb, ichib, mana shu joyda yashanglar. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashmanglar dedi. Ya'ni mana shu daraxt imtihon edi. O'sha daraxt kerak, birodarlar. Toki odam alayhissalom ana shu o'zini nafsini jilovlab, Allohni manhachida turish turmasligini nima qilsin? Sinovidan, imtihonidan o'tsin. Agar siz bilan bizga gunoh mas'uliyat qilishlikka mayilni, ana shu gunoh mas'uliya qilishlikka iqtidorini bermaganida, nimadan imtihon topshirardik? Nimadan imtihonga topshirardik. Mana shu shahvatlarni berdi, inson shu shahvatlardan jilovlab, imtihondan chiroyli o'tsa, darajasi ko'tariladi. Alloh Taolo, mana bu daraxtga yaqinlashmanglar.
Mana bu sizlarni dushmaninglar shayton bunga quloq solmanglar dedi. Lekin odam alayhissalom o'sha man qilingan mevani yedi havo ona bilan. Endi Alloh Taolo nima dedi? Istadi billa. Qolah bito minha jami'a. Ba'dukum li ba'din adu. Fa imma ya'ati yannakum minni hudan faman tabiiy hudaya falay abdulloh va la yashqo.
Alloh aytdi, undan jannatdan har ikkingiz tushingiz. Ayrimlaringiz ayrimlaringizga dushmandir. Bas sizlarga men tarafdan hidoyat kelganida, kim mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan ozmas va baxtsiz bo'lmas. Yer yuziga tushib otamiz Odam alayhissalom. Alloh Taolo aytdi, mendan hidoyat keladi, kim meni hidoyatimni mahkam ushlasa, adashmaydi bir va baxtsiz bo'lmaydi ikki. Hidoyatni ushlash, nafsni jilovlash, mana shu ikkita narsani bizga ta'minlaydi. Yo'ldan ozmaymiz va baxtsiz bilmaymiz.
Insonlar dunyoga kelar ekan, nimaga kelganligini bilmaydi ko'pchiligi. Keldi, tug'ildi, yedi, ishdi, yashadi, ko'paydi, o'ldi. Alloh taolo aytyapti. Shu bilan bo'ldimi? Yo'q. Robbimiz aytyaptiki, astadibillar afaqasi butin anna maholahqunakum abatham va annakum ilaynala turjavun. Yoki sizlarning gumoningizcha, biz sizlarni behuda yaratdik u. Sizlar bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi? Shunday kelib, shunday ketvoramiz deb o'ylayapsizlarmi?
A yaxshi, bu inson, anavi yutroqqa, suvda. Inson nima? O'zini bekat tashlab qo'yilishini o'ylaydimi? Tushunarlimi? Keldikmi? Demak, bir maqsad bor. Kimdir seni bu dunyoga keltirdi. Qaysidir maqsad uchun kelding. Endi shundaylar kelib ketaman deydigan bo'lsang, unda hayvon bo'lib qolasan sen.
Inson bu dunyoga solih amallarni qilish uchun keldi. Mana shu amali bilan, mehnat u mashaqqati qurbonchiligi bilan robbisi uni yaxshi ko'rishini his qiladi. Mana shu nozik shour bilan u o'zini robbisiga iqbol qiladi. Ana shu iqboli sababli, robbisiga bo'lgan iqboli sababl, boshqalarga ato qilingandan ko'ra ko'proq narsani oladi.
Mana birodarlar, tabiatimiz bor ekan. Yana zimmamizda mas'uliyatimiz bor ekan. Ko'pincha insonni tabiatiga Alloh yuklatgan taklifotlar to'g'ri kelmaydi. Nima degani? Ko'zingni tiyilishga buyurilgansan, lekin ko'zing bir narsalarga qaragisi keladi. Bomdod namoziga turishga buyurilgansan, lekin ko'ngling nimani xohlaydi? Uxlashni xohlaydi. Tilingni g'iybatdan to'sishing kerak, ammo tabiating o'sha g'iybatni nima qiladi? Eshitgisi keladi. Topgan molingdan info qilishga buyurilgan san, lekin nafsing nima deydi? Qima deydi? Demak, taklifotlar insonning nafsiga teskari keladi. Shunda nafsini bo'qqan, nafsini sindirgan odamga Alloh Taoloning huzurida ulkan martabalar bor.
Tabiati, taklifot. Mana shu ikkalasini o'rtasida inson yuksaladi yoki tubanlikka tushadi. Xo'p. Mana endi keyingi mavzuyimiz, agar Allohni tanimasang, unga ibodat qila olmaysan. Inson kimni yaxshi ko'radi, bilasizmi? Tanigan kimsasini yaxshi ko'ladi. Tanimagan odamni yaxshi ko'tara olasizmi? Yo'q. Masalan, bir yigit o'ttiz ga kirdi. Uylandi. Oliy ma'lumotli bo'ldi, hunarli bo'ldi. Jamiyatda o'rnini topdi da, jamiyatni to'laqonli a'zosi bo'lib yashab turibdi. Bir dona farzand. Shu payt u ana shu doktormidi, advokatmidi, ishxonasiga bir kishi keldi da. Bir kishi, bir erkak bilan bir ayol kelib aytishdiki, sen bizni bolamizsan dedi.
Hozir sen ota onam deyotgan odamlar seni boqib olgan. Haqiqiy ota onang bizmiz dedi. Ya'ni sen tug'ilganingda, bizni boqishlik imkoniyatimiz bo'lmaganda, mana shu er xotinni bolasi yo'q edi ekan, shunga berib ketganmiz dedi. Haligi yigit so'zni eshitdi. Borib turib boyagi o'zini ota ona deyotganidan so'radi. Ikkita odam kelib menga shunaqa dedi. Bu haqiqatmi deganida ular ha, Alloh bizga farzand bermadi. Shunda o'sha sen aytayotgan ikkita odam kelib bolasini berib ketgan edi bizga dedi. Mana endi savol. Bu boqib katta qilgan ota onasi o'zini oto enasi emasligini bildi. Narigilarni o'zini haqiqiy ota enasi ekanligini bildi. Aytdilarchi, mana bu o'ziniki emas bo'lgan ota onani yaxshi ko'rib, ota onam deyotuvdi. Shularni tanir edi. Endi darrov yomon ko'rib qoladimi?
Narigilar o'zini biologicheskiy ota onasi ekanligini bildi. Darrov yaxshi ko'lib qoladimi? Nima uchun? Chunki narigi o'zini ota onasini tanimaydi, bu bahovog'ing ota onasini taniydi. Xulosa, inson tanigan kimsasini yaxshi ko'radi. Inson robbisini tanisa, keyin robbisini yaxshi ko'rar.
Robbisini yaxshiroq ko'rsa, keyin qulchiligi, Allohga bo'lgan qulchilik unga rohat bag'ishlaydi. Aytdik ku, mana namozdan huzur olyapmizmi, yo'qmi? Nimaga? Chunki Allohga bo'lgan muhabbatimiz sust. Alloh Taoloni tanisak, keyin yaxshi ko'ramiz. Allohni tanisak, yaxshi ko'lamiz. Yaxshi ko'rsak, Allohni ibodati bizga huzur bag'ishlaydi. Demak Allohni tanishlik kerak ekan. Allohni siz bilan bizga tanitadigan bir nechta yo'l bor. Birinchisi Qur'on. Alloh tarafidan kelgan xitob, Qur'on. O'qiysan, o'rganasan, tavsiyalardan xabar topasan. Mana shu Qur'on Allohni tanishligi uchun, Allohni tanishliki uchun katta eshik bo'ladi. Ilm. Ikkinchi yo'l, tafakkur. Osmoni yerni yaratilishini qaraysan, yaratilishdagi hikmatni, puxtalikni, ilmni ko'rasan. Bularni bari Alloh Taoloni go'zal ism va sifatlarining ko'zguz ekanini topasan. Uchinchi yo'l, bu Alloh Taoloning fe'llari. Alloh Taoloni qilgan ishiga qara.
Kimni aziz qildi, kimni xor qildi? Kimni hayotda saodatli qildi, kimmi baxtsiz qildi? Bularni bari Alloh Taoloning feli. Imom G'azzoli Allohni tanishlikda odamlarni uchga bo'ladi. Allohni taniydigan odamlar uch xil bo'ladi. Birinchisi, Alloh Taoloning maxluqotlarini tanigan inson.
Alloh Taoloning buyruqlarini tanigan insoni va Alloh Taoloning o'zini tanigan inson'. Mana shu uchalasi haqida gaplashamiz. Uch xil odamda aytdik. Allohni maxluqotlarinini taniydigan inson, Allohning buyruqlarini taniydigan inon, Allohni o'zini taniydigan imon. Birinchisi, Allohning maxluqotlari haqidagi bilim. Bu siz bilan bizning asrimizning ilmlari. Fizika, matematika, ximiya, biologiya, astronomiya, xullas, embrionologiya. Bularni bari Allohning maxluqqotlarini siz bilan bizga tanitadi. Mana shu dunyoviy ilmlar siz bilan bizni aqlimizni lol qoldiradigan darajada ilgarilab ketdi. Ana shu ilm bilan qarasak, akalar, avvalgi asrda yashaganlar siz bilan biz bilganchalik maxluqot vaharlar haqida ilmi yo'q edi.
Mikroskop bilan ana shu hujayrani ichidagi tirik narsani ko'rsatyapti. Okeanda tagiga tushib, okeanda tagidagi jonivorlarni turmush tarzini ko'rsatyapt. Shu yashirib qolgan kameralarni qo'yib turib, sherlarni, yirtqich hayvonlarni oilasida turib bo'layotgan ishini ko'rsatyaptdi. Siz bilan bizni asrimizdagi odamlar Allohning maxluqotlari haqidagi ilmda avvalgi asrlardan ko'ra ancha peshqadam bo'lib ketgan. Va dalnalna ha lahum familiha roqu buhum va minha ya kulun. Biz o'sha hayvonlarni ularga bo'yni sindirib qo'yganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham o'sha hayvonalardandir, yeydigan narsalari hamm. Demak, birinchi ilm qaysi ilm ekan? Mahluqotlarni sizga tanitadigan ilm. Bu dunyoviy fanlar.
Ikkinchisi, Allohning buyruqlari haqidagi ilm. Farz bor, vojib bor, sunnat bor, muboh bor, makruh bor, harom bor. Bu shar'iy ilmlar. Buni qanday o'rganamiz? Birinchi ilmni universitetga borishimiz kerak, maktabga borishimiz keraks, kitob o'qishimiz kerak, mutolaa qilishimiz kerak, qoladi kallada. Endi ikkinchi, Allohning buyruqlari haqidagi ilmga ham xuddi shu narsa kerak. Kitob kerak, domla kerak, yodlash kerak, ekzamenni topshirish kerak. Bu ilmni ham asari qayerda qoladi? Miyada qoladi. Endi uchinchi ilm Allohning o'zi haqidagi bilim.
Allohning o'z haqidagi bilm. Biz yuqoridagi ikkita ilmni o'rganishligini yo'li bir xil ekanligini aytdik. Allohning mahluqotlari haqidagi fizika, matematikani o'rganish, Allohning buyruqlari haqidigi shari ilmlarni o'rganishlik bir xil. Kitob bilan, o'qish bilan, domla bilan, ekzamim bilan bo'ladi. Va bu ikkala ilmning samarasi, natijasi odamni miyasida qoladi. Endi Allohni o'zi haqidagi ilm chi?
Allohning o'zi haqida ilm, bu ilmning xos tabiati bor. Imom G'azzoli aytadi. Jahidi tusha hidi. Harakat qil, ko'rasan. Birinchi ikkita ilm uchun kitob, domla, madrasa takrorlash, yodlash, ekzamen. U ma'da qoldi, kallada qoldi. Endi Alloh Taoloni o'zini tanishligida o'rgatayotgan ilmga joningni qiynaysan. Nafsingni bo'g'zidan olasan, xolim ekin ishga majbur qilasan, xaloyiqqa xizmatga burasan, nafsing xohlayotgan ishlardan nafsingni tiyasan, jiddu jaxt qilib. Keyin ko'rasan.
Jahidi, tusha hidi. Harakat qil, jonni qiyna, keyin ko'rasin. Biz Alloh Taoloni siz bilan bizga qanday zot ekanligini tanitadigan ilm oldida turibmiz. Bu ilmni olishlik uchun faqat kitob, faqat domla, faqat takror kifoya qilmaydi.
Nima kerak bu ilmga ega bo'lishlik uchun? Ko'zni tiyish kerak, luqmani halollash kerak, nafsni jilovlash kerak, a'zolarni gunohdan tiyish kerak. Yaxshilik qilishlikka, info qilishlikka. Ya'ni jonimizni qiynashimiz kerak. Joningizni qiynaysiz, keyin Alloh Taolo bu ilmni berar ekan. Uzoqmiz a biz bundan?
O'shaning uchun bizni jasadlarimiz namoz o'qiyapti. Lekin nafsimiz, qalbimiz namozda emas. Endi latifa, biroz kulib olasizlar. Chunki o'shanaqa qilib turmasak bo'lmaydi. Bir benamoz boy katta pulini bir joyga qo'yib esdan chiqib qolibdi, qayoqqa qo'yishni topib qo'yganini bilmasdan. Benamoz, dinsiz, boy. O'qibdi, bu qilibdi, topa olmasmish. Baxshiga boribdi, topib bera olmabdi. Kohinga boribdi, topilib bera olmabdi, xullas ekstrasenskaga boribdi, top berolmabdi. Variant qolmabdi. Lyuboy variantni qiladi, chunki nima yo'qolyapti?
Qorakayga bor debdi. Qoraka maslahat beradi debdi, desa, qorakayga kelibdi. Qori aka qarab turib, hech kim topib bera olmayapti desa, bo'pti, Alloh tiliga solar. Yuz rakat namoz o'qiysiz. Yuz rakatnamoz o'qigandan keyin duo qilasiz, Alloh bir qalbingizga soladi deb. Xullas ertasi kuni haligi boy topibdi pulini. Sovg'ani ko'tarib, bir qandaydir qismini ko'tarib kelibdi. Domla rahmat, mana sizni maslahatingiz bilan pulimni topdim, mana buni oling mendan hadya debdi. Qarab ha yaxshi, necha rakat namoz o'qiganingizdan keyin esingizga keldi desa, quloq qoqishim bilan esimga keldi degan ekan.
Chunki u namoz o'qishdan maqsadi pulini topish edi. Qori aka aytgan ekan, ha, o'zi men aytuvdim, shayton senga bir rakat ham namoz o'qitmaydi deb. Xo'p, namozga keldik. Nima uchun? So'ranglar o'zinglardan. Jannatga turdingiz, nima uchun? Alloh farz qilgan, o'qimasam do'zaxga kiraman deb keldingiz. Bu bitta variant, qulni ibodati.
Yoki ikkinchi variant, men namoz o'qisam, Alloh menga jannatni beradi deysiz. Bu savdogarni varianti. Ibodat uch xilda, qulni ibodi bor, savdogarni ibodati bor. Jazodan qo'rqib turib qilingan ibodat, xuddi qul saylidan qo'rqilib xizmat qilgandek. Do'zaxdan qo'rqip qilingan ibodats qulning ibodati. Jannatdan umid qilib qilingan ibodati, savdogarning ibodati. Endi uchinchisi oshiqning ibodati. Oshiq, oshiq Allohnı taniganligi uchun mukofot. Allohnı taniganliga unga qulchilik qilishlikka Alloh hidoyat, imkoniyat berganligi o'zi mukofot. O'shaning uchun namozni mukofoti uchun.
Mana endi jaynamozga, masjidga kelayotganda, nima deb kelyapsiz? Jasadlarimizni tarbiya qildik, alhamdulillah. Sunnatni amal tadbiq qilyapmiz. A, ro'za tutyapmiz, namoz o'qiyapmiz, ko'zimizni tiyapmiz, ammo nafs tarbiyasi, qalb tarbiyasi haqida hali gaplashmabmiz. Tasavvuf ilmi haqida gaplashmabbiz.
O'shaning uchun Abu Hanifa No'middin Sobi bir kecha turib, namozni, bir kechani o'sha bitta tahorat bilan o'tkazib yuborardi uxlamasdan. Chunki kechasi namoz o'qishlik bu kishilarga mehnat, mashaqqat emas edi, ularga huzur, halovat edi. O'shaning uchun ularni tomonlari yorilib ketish uchun namozda turganligi kitoblarda yozilgan. Nafs tarbiyasida, jonimizni tarbiyasida. Qalbimizni tarbiyasi da biz hali ancha orqadamiz, birodarlar.
Bandaning robbisi bilan bo'lgan aloqasi. Qod aflahaman zakkaha. Darhaqiqat uni nafsini poklagan najot topdi. Nafsini poklagan odam najot topdi. Shu dunyoda ham, oxiratda ham. Nimadan najot topdi? Siqilishdan. G'am qayg'udan, qo'rquv xavotirdan najot topdi. Chunki qalbini poklagan odamni Alloh Taolo mukofotlaydi. Uni qalbiga sakinatni tushirib qo'yadi.
Bir mo'min odam bor, yolg'on gapiradi. Gunohlarga yengil qaraydi. Ancha muncha gunohlarni qilib yuradi. Bunaqa ahvolida u bilan Robbisi o'rtasida aloqa paydo bo'lmaydi. Ana shu aloqa payda bo'lmas ekan, bu odam dindan ko'zlangan samarani ololmaydi. Bu odam uchun din harakatlar yig'indisi bo'lib qoladi.
Namoz, marosim, yotib turish, ro'za marosim, yemay ichmay qo'yish, zakot haj, pul sarflab birga borib kelishing, marosim. O'rgangan ilmi prosta informatsiya bo'lib qoladi. Mana shu narsa bo'ladigan bo'lsa, inson malollanadi. Shu malollanishlik his qilganmisizlar o'zingizda? Qandaydir zerikishda? Ha, o'n besh mahallam hozir. Doim zikr. Doim ramazon, doim tarava. Mana shu zerikishlik, yaxshilikni alomati emas. Banda, jahidi, tusha hidi. Joningni qiyna, nafsingni jilola, nafsingni xohishiga teskari ish qil, ko'rasan. Shunda Alloh Taolo qalbingga nur solganini ko'rasan. Agar mana shu aloqa tikkan ham emas a, banda bilan Allohni o'rtasida, qilayotgan amallari bor yo'g'i marosim bo'lib qoladi xolos.
Demak, nafs tarbiyasi hali yo'q. Hali xolamdan nafsini tiygani yo'q. Allohga muhabbati yo'q. Shuning uchun Alloh Taolo munofiqlarni shunday sifatlaydi. Istaydu billa va ito qo'mu ila solati, qo'mu kusala, yurauna nasa, vala yarquruuna alloha illa qoliyla. Munofiqlar Allohni aldamoqchi bo'ladilar. Qachon namozga tursalar, dangasalik bilan xo'jako'rsinga turadilar va Allohni kamdan kam yodga oladilar. Qarang, munofiqlar ham namoz o'qigan.
Idha qomu qomu kusala. Agar namozga turishsa, yalqovlik bilan turishadi. Xo'jako'snga o'qishadi va Allohni juda ham oz eslashadi. Tushundinglarmi? Bizga aloqasi yo'qmi? Shaxtdan turamizmi namozga? Yo mashishga chiqqandaylar sunnat o'qib qo'yib turib, uyda sunnat tarkib qo'yyapmizmi? Allohni zikr qilish faqat masjiddagilarmi?
Munofiq namoz o'qiyapti. Munofiq Allohni zikir qilyapti. Lekin buni namozi bilan zikrni Alloh Taolo qanaqa ekanligini aytib qo'yapti. Bandani o'zini robbisi bilan aloqasini bog'lashi abadiy saodat bo'ladi. Dunyoni dunyo hayotining eng pishgan, yetilgan mevasi bo'ladi. Dunyoni hamma ikki chikiridan, g'alva g'ishtavasidan zerikkaningdan keyin, to'yganingdan keyin, g'am qayg'ularidan, nafsingga xotirjamlik keladi. Alloh seni yaxshi ko'rishini his qilasan. Alloh sendan rozi bo'layotganligini bilasan. Nafsing yuksaladi, qalbing tozalanadi. Birovga hasading yo'q. Birov bilan urishmaysan. Talashmaysan, g'iybat shikoyatga o'rin yo'q, ikkiyuzlamachilik yo'q, xiyonat yo'q, yolg'on yo'q, gina kudurat yo'q, pokiza qalbing.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kunlarda birada sahobalar bilan o'tirganlarida, hozir sizlarni oldinglarga jannat ahlidan bo'lgan bir kishi kirib keladi dedilar. Mashhur qissa. Qarab turishuvdi, soch soqolidan shu suvni tomchilari orqani tahorat qilib bir odam kirib keldi. Ansonlardan. U asharay mubashshara emas, ulug' sahobalardan emas, oddiy bitta sahoba.
Ertasi kuni rosti alloh shu so'zini qaytardilar. Yana shu odam kirib keltirdi. Uchinchi kun ham shunday bo'ldi. Abdulloh nabirul nilos uyiga borib uch kun mehmon bo'ladi. Uch kun mehmon bo'ladi. Qarasa hamma qatori, ba'zi kechalari tahajud o'qiydi, ba'zida o'qimaydi, hamma qatori. Shunda xayr manzilni qilib, chiqib ketyapti deb turib shuni so'raydi. Rasululloh uch kun, hozir sizlarni oldinglarga jannat ahlidan bo'lgan bir kishi kirib keladi, dedilar. Uch marta siz kirib keldingiz. Nima amalingiz bor? Nima amalingiz bo desa, hech qanaqa amalim yo'q. Siz ko'rgandan boshqa. Ha xo'p deb ketayotganda to'xtang dedi. To'xtang birodar. Bitta narsa bor dedi. Men tong ottirarkanman, kech kirgizarkanman, bironta muammoga nisbatan qalbimda gina ku duratim yo'q dedi.
Qalbni musulmonlarga nisbatan musaffo bo'lishligi, umuman insonni qalbini toza bo'lishligi jannatiy bo'lishligiga kifoya qilyapti. Bizda shu qalb bormi, yo'qmi? Biror marta totib ko'rganmisiz mana shu qalbni musofvoligi qanaqa bo'lishini? Jahid tushahid. Harakat qil. Jonni qiyna, nafsga yoqmaydigan ishlarni majbur qilib qil, ko'rasan. Agar zehnzakovatingiz o'rnida bo'lsa, Allohni buyruqlarini o'qib o'rganishingiz mumkin. Agar xotiringiz mustahkam bo'lsa, dunyoviy ilmlarni o'qib o'rganishingiz mumkin. Ammo robbingiz sizga qalbingizga nazar solishini xohlasangiz, qalbingizga o'zini nurini kiritishini xohlasa, o'qish, takrorlash, yodlashni o'zi yetmaydi. Bu martabaga faqatgina mustaqil bo'lsangiz yetasiz.
Aqulu qavli hada va astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmat.