Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolat, vassalomu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alayh mul hakim. Allohum alamna mayam fauna va fanaviy ma'lam tana vaziydina ilma. Allohum arina al haqqa haqqon orzu hunabdib va arina al ba'tila ba'tilan orzu hunajidinaba. Vaja allamim mayyasida me'un al qovli fayetta beun afsana. Vodihin labi rahmatika fii ibadikas solihin. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Alloh azza va jalloh qilayotgan ibodatlarimizni xushini qabul qilgan bo'lsin.
Tazkiyatun nafs darslaridan navbatdagisi. Avvalga o'tgan darslarimizni qisqacha takrorlab qo'yadigan bo'lsak, asosiy nuqtalari. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, mani arofa nafsahuu, arofa robbahuu. Kim o'zini tanisa, robbisini tanibdi. Bosh hadisda aytdilar, arja hukm aqlan, ashadduqu muxibban lillahi azza va jalloh. Ichinglarda aqli rojiroqlari allohga muhabbati qattiqroqlari. Ya'ni, kimni aqli pishib yetgan bo'lsa, u alloh taologa muhabbati qattiq bo'ladi.
Odamlar uchqul bo'ladi. Allohning maxluqotlarini tanigan odamlar, allohning buyruqlarini tanigan odammlar, allohni o'zini tanigan odamalar. Allohning maxlluqlari haqida va allohning buyruqulari haqidagi ilmni o'rganishlik bir xil. Kitob kerak, o'qish kerak, domla kerak, takror kerak, mutolaa kerak, ekzamen kerak. Mana shu ikkala ilm o'rganishlik yo'li bir xil. Va mana shu mehnatni qilgan odamga mana shu ikkita ilm kallasida natijasi qoladi. Ammo alloh taoloni o'zini tanitadigan ilmni o'rganishligini birodarlar yo'li boshqacha. Chunki Alloh la iso komit lihi shayun bo'lgan zot. Hech bir narsa Allohga o'xshamaydi. Alloh hech narsaga o'xshamaydi. Modomiki shunaqa bo'lgandan keyin, Allohni mahluqotlarini tanitadigan ilm bilan Allohni o'zini tanitadigan bilim ham bir biriga o'xshamasligi kerak. Mana bu birinchi ikkita ilmni yo'li bir xil dedik a, sanadi kitob domla va hokazolar. Ammo Allohni tanishligi uchun Imom G'azzoli nima dedi? Jahidi tusha hidi. Jiddu jaxt qil, mehnat qil, nafsingni qina, nafsingni mehnatga sol, shunda ko'rasan.
Tushunarlimi? Birinchi ikki tilimni o'rganishlik faqat zehni zo'r, xotirasi mustahkam odamlar uchun. Hammani ham zehni zo'ri emas. Demak, bu shar'iy ilmlarni yoki dunyo ilmlarini o'rganishilik hammani qo'lidan kelmaydi. Ammo Allohni, qarang da, ajib. Allohni tanitadigan ilmni narxi baland. Lekin bu hammani imkoniyatida. Nafsingiz xohlayotgan ishni teskarisini qilasiz, shariat taklifotini nafsingiz xolim etgan bo'lsa ham qilasiz, kekirdinglarmi o'sha sizni nafsingizni, turasanmada deysiz, iya Alloh Taolo sizga o'zini nurini soladi qalbingizga. Yana qaytarib aytaman, Allohning mahluqotlari haqidagi ilm Allohning buyruqlarga haqidagi ilm. Bu ilmlarni o'rganishni yo'li bir xil va buni hamma ololmaydi, zehn har xil.
Alloh Taoloni tanitadigan ilm, bu ikkal ilmdan baland, lekin bunga hammani imkoniyati bor. Kim jonini ko'proq riyozatga solsa, kim nafsini ko'proq sindirib tursa, shaytonni boshini qayirib tursa. Shariatni ramkasida turadigan bo'lsa, mana shu bandaga Alloh Taolo, agarchi u odam Qur'onni zo'rav qo'ya olmasa ham, o'n mingta hadisni bilmasa ham, shar'iy ilmlarni zo'r o'rganmagan bo'lsa ham, Alloh Taolo berib yuborar ekan shu narsani.
Allohni rahmatini, adolatini ko'ryapsizmi? Agar Allohni tanitadigan ilm ham zehnnga muhtoj bo'lganida, qancha qancha odamlar bu ilmdan bahra ololmay qolgan bo'lar edi. Aytiladi, Muhammad Mustazo Sollallohu Alayhi Vasallamning so'zlari shariat. U zotning fe'llari tariqat, holatlari haqiqat. Yangi so'zlar. Tariqat va haqiqat. Nima bilamiz bu haqida? Rasulullohning so'zlar shariat. Nimani buyurgan bo'lsa, u narsa shariat. Nimadan qaytargan bo'lsa? U ham shariat. Nimani tahrir qilgan bo'lsalar, u ham shariat. Nimani ustida sukut qilgan bo'lsa, bu ham shariat. Masalan, ana shu g'azolotlarni birida rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldida kaltakesadi pishirishdi. Kaltakesa, echkemar deymiz. Shuni pishirishdi! Rasulullohga uzatishganida qo'l uzatib turib, nima bu dedilar. Manaqa echkemar deganida qo'linni tortib oldilar. Shunda xolidin valid, a haromun hu voyo rasululloh xorammi deganida, yo'q, bizda bu narsa yeyilmaydi dedilar.
Endi bu degani yeavoringlar degani, mana shu ham shariat bo'ladi. Rasululloh indamagan bo'lsa, qilsa bo'laveradi degani. Shariatda qaysi narsa man qilinmagan bo'lsa shu muboh degani. Tushuntira oladimi? Shariatda mana bu narsa yo'q edi shariatda. Masalan svetofor yo'q edi. Svetofor yo'q edi, samolyot yo'q edi. Telefon yo'q edi yo'q edi paydo bo'ldi. Bu muboh deyiladi. Modomiki bu narsaning haromligi dalillar bilan isbotlanmagunicha.
Rasulullohning fe'llari tariqat. Birodarlar, tariqat bilan shariatning farqi bor. Nima u? Shariatning olimi bor, tariqatning olimi bor. Shariatning olimi senga Rasulullohning namozi qanday bo'lganligini, namozining kayfiyatini aytib beradi. Qanday o'qigan, nechchida katta o'qigan, rukuda qanday turgan holati, qiyomda turganda nimani o'qigan, namozni farzi, sharti, vojibi, sunnatini bayon qilib beradi. Bu namozning suratini sizga bayon qilib beradigan odam shariat olimi bo'ladi. Endi tariqat olimichi?
U nimani o'rgatadi senga? Biz hozir o'sha shariatniylar o'rgandik, tariqatni, tasavvufni, haqiqatni o'rganmadik. Biz shuni o'rganmoqchimiz, birodarlar. Mana shu darsimizdan ko'zlagan maqsadimiz shu. Tariqat olimi Alloh tomonidan senga bir karomat berilishi uchun nima qilishing kerakligini o'rgatadi. Allohni amrida mustaqil bo'lishing lozim deydi. Ko'zingni haromdan tiy. Qorningni xonam shubhali luqmalardan saqla. Seni istiqomaga buyuradi. Mana shu tariqat ulamolarining ishi. Shuning uchun namozga kelayotgan odam qarasangiz, namozini shakli, surati juda ham zo'r. Tahoratda chiroyli oladi, o'rgangan. Ruk u sajdalar o'rnida, o'rgagan. Qiroti, tasbeh tahlillari o'rnida namozning surati zo'r. Namozning surati so'r. Lekin tariqatdan qalb tarbiyasi, nafs tarbiyasidan bexabar bo'lganligi uchun, nechinchi rakat turgani esdan chiqib qoladi. Shuning uchun namozda ko'zimizga yosh kelmaydi.
Shariat ilmi amallarni tashqi ko'rishini o'rgatadi sizga. Tariqat ilmining olimi sizni nafsingizni ibodatini, nafsingizni tarbiyasini o'rgatsa. Biz shuni o'rganmoqchimiz. Demak, shariat, tariqat, uchinchisi, haqiqat. Rasulullohning holatlari haqiqat. Alloh taoloni tanishda birodar bir holatdan ikkinchisiga o'tishing, bir martabadan ikkinchisiga ko'chishing, bir manzilatdan keyingi manzilatga yuksalishing haqiqat ulamolarining ixtisosidan.
Soddaroq aytsam, ol mushtlash o'ynar eding. Kim bilandir. Aytishar eding, mishlasa mishlashib ketar eding. U bir holat edi. Agar sen shariatni o'rganding, tariqatni o'rganding, endi haqiqatga kelgan bo'lsang, bir pog'ona ko'targandan keyin, senga g'udir g'udir qilib so'ysa, bunday qarab turib, indamay ketadigan bo'lib qolasan. Bo'lganmi shu narsa bir amalda hayotingizda? Avval shularni bittasi edingiz.
Qirqishib, tortishib, so'kinishardingiz. Imom G'azoliy aytdi. Jahid tushahid. Joningni qiyna, nafsingni qiyna. Mehnat qil, kuch sarflay, keyin ko'rasan. Demak, ilm olish uchun kitob, muallim, qiroat takror lozim bo'ladi. Alloh Taoloni tanishga esa istiqomat, dinda mustaqil turishlik kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, shayyabatini hud va ahavatu ha. Meni Hud surasi va uning oyatlari qaritib yubordi. Haqiqatdan Hud surasi tushganidan keyin, Rasulullohni shaxsiyatida qarilik alomatlari birdaniga paydo bo'la boshladi. Soch soqollariga oqlar kirdi. Qariyotgani ko'rinib qoldi bir qisqa muddatda. Rasululloh vafot etdilar. U zot rohbiyxul alo aka hijrat qilganlaridan keyin sahobalarning biriga, birini tushiga kirdi. Shu hadisni shahladi keladi. Haligi sahobiy so'radi, yo Rasululloh, siz meni Hud surasi va uning oyatlari qaratib yubordi degan edingiz. Qaysi oyatni qaratuvdi sizni?
Deb so'raydi. Rasululloh javob berdilar, fasdaqim kama umirta oyati. Bas, ey Muhammad alayhissalom, siz o'zingizga buyurilganidek to'g'ri yo'lda bo'ling oyati. Sizga buyurilganiday mustaqil bo'ling, to'g'riyo'lda turing degan oyat tushganda payg'ambarimiz buyurilganideki mustaqil tura olyapmanmi degan g'am bilan rasululloh qarib ketgandilar.
Alloh buyurgandek mustaqillikka qancha yaqin kelsangiz, shuncha darajangiz ko'tarilaveradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: kafa bil mar'i ilman an yaxshalloh va kafa bil mar'iy jahlan an yo'q jababi al muhiy. Bir odamning Allohdan qo'rqayotganligi u uchun yetarli ilmdir. Kishi Allohdan qo'shyaptimi, demak ilmi bor. Allohdan qo'mhyaptimi, ilmi bor. O'zining ilmi bilan havolanishi esa uning johilligiga kifoyadir.
Tolibi ilm, ilmda rivojlanib, ilmda o'sib boraveradi, toki o'zini tolibi ilm ekanligini e'tirof qilib tursa. Biz hali tolibi ilmimiz, biz hali ko'p o'qishimiz kerak, desa. Ammo men olimman desa, o'sha kuni johillik aniq bo'ladi. Biz ilmda o'saveramiz, modomiki o'zimizni tolibi ilm ekanligimizni tan olsak. Ilmimiz ko'pmasligini tan olsak, hali ko'p o'qishim kerak degan e'tiqod qalbimizda tursa, demak biz tolib ilmimiz, biz o'syapmiz ilmda. Imom G'azzolining so'zlaridan, Alloh haqidagi ilmning narxi baland, natijalari esa yuksak va go'zaldir. Mana shu xulosalardan bittasi. Alloh haqidagi ilmni narxi baland, lekin natijalari o'shanga yarasha yuksak va go'zaldir. Bir odam ilmizlaydi. Kitob o'qiydi, tinimsiz harakatda, ammo ma'siyatda muqim. Xohlagani yeydi, xohlagani ichadi.
Bu odamni xotirasi kuchli, zakovati mustahkam bo'lgan odam. O'qiganini yaxshi tushunadi, eslab qoladi. Bu odamda qandaydir ilm bor. Ammo bu ilm narxi arzon. Ammo bu ilmning narxi arzon, chunki narxi o'qish, takrorlash, yodlab olish. Shumi bu ilmni narxi? Demak narxi arzon ekan. Ammo Allohni sizga tanitadigan ilmni narxi baland bo'ladi. Unga ko'p mehnat qilishlik kerak bo'ladi.
Agar biz Allohni tanishini xohlasak u, lekin gunoh ma'sulotlarida ustida turgan bo'lsak, shahvatlarimizdan kecha olmayotgan bo'lsak. Bu eshik biz uchun yopiq. Allohni bizga tanitadigan ilmning eshigi bizga yopiq. Agar gunohmas yerdan tiyila olmay ekan bo'lsak, bu ishga yaqin kelishlikka izn berilmaydi. Alloh Taoloni nuri bizni qalbimizga berilmaydi. Qalbimizga tajallik qilmaydi. Xulosa, shahvatlardan voz kechamiz, jilovlaymiz, nafsimizni tozalaymiz, shundan keyin istadvila qodi aflahal mo'minun, alladinahum fiy salatihim hoshiun, valladinahum anil lag'viy ma'ru'zun.
Darhaqiqat mo'minlar najob topdilar. Aytdik ku, nafsni tozalaymiz, nafsni bo'g'amiz, havoy nafsdan qaytaramiz, shunda Alloh aytyapti, darhaqiqat mu'minlar najob toptilar. Qaysilar? Qaysi mu'minlar? Ular namozlarida qo'rquv va umid bilan bo'yin eguvchi kishilardir. Ular behuda, foydasiz so'z va amallardan yuz o'giruvchi kimsalardir. Lag'vdan o'zini uzoq qilgan. Lag'v nima?
Allohdan boshqa hamma narsa lag'v deyiladi. Allohdan boshga hamma narsa bekarchilik deyiladi. Kechasi uxlamasdan futbol tomosha qilish lag'u. Chunki unda hech qanaqa sizni Allohdan yaqin qiladigan ishi yo'q da. Sizni Allohdan yorqin qilmayapti mana shu ish. Sizni Allohdan yaqin qilmaypti mana shu so'z. Sizni Allohiga yaqin qilmagan mana shu bahs. Demak hammasi nima ekan? Lag'u bekorchi narsa ekan.
E eshitdingmi? Manaqa manaqa bo'libdi Yevropada. Endi futbol manaqa bo'lar ekan. O'tirib bir soat somonda bahs qiladi. Xo'p, bahs tugadi. Mana shu bahsning natijasi sizni Allohga yaqin qildimi? Demak lag'ov ekan a? Men haligi maktabimizni qorovul pozil tog'al aytib berdim a? Xuddi o'shada mana. Yuz ga kirgan odam, bitta sistema paydo bo'lib, yo'q bo'lib ketishni ko'rdi. Yuz yil yashagan odam, sizlarda gapirayotgan gapinglarni hammasi bekarchi deyapti da. Shuning uchun aytyapti, kim najot topdi? Namozida qo'rquv, umid bilan namoz o'qiydi va lag'ovdan nima qiladi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, attahuru shoturil iyman. Poklik iymonning yarmidir. Poklik iymonni yarmidir. Poklig' deganda, biz faqatgina jismoniy poklikni tasavvur qilamiz. Tahorat deganda, biz o'sha namoz uchun qilinadigan amal maxsus a'zolarni yumushlik. Endi Imom G'azzoli qanday tushungan shu hadisni? Imom G'azzolik ko'p takrorlayman bu gapimni. Insonning psixologiyasi haqida, insonning ichki dunyosi haqida eng ko'p va eng to'g'ri gapirgan olim.
Imom G'azzoli mana shu insonning nafsi, ruhoniyati, psixologiyasi haqida buncha ilmga qanday ega bo'ldi? Qaranglar, ajib da. U kishi o'zini zamonidagi mushtohidlik maqomiga yetadi. Shar'iy ilmlarni mukammal o'rganadi. Ilmni uchga bo'ldi da. Shariat, tariqat, haqiqat. Shariat ilmini mukammal o'rganib, mushtohid bo'ladi da, o'n yil tarki dunyo qiladi.
Masjiddan chiqmaydi. Dars bermaydi. Faqat o'zini nafsini riyozati bilan shug'ullanadi. E'tikof o'tiradi o'n yil. O, burungi ramazonlarda o'tganmiz, Imom G'azzolini darsini eshitib qo'ysanglar bo'ladi top turib. Mana shu o'n yil o'zini jonini qiynadi, yaxshi ovqatdan. Doimiy uyqudan, ziyofatlardan, odamlarni mazza bemaza suhbatlaridan, dunyodan tarki dunyo qilib uzilgandan keyin, nafsini, kaketiyini shunday ushlagandan keyin, Alloh bu kishiga boshqalarga ochmagan ilmni ochdi. Insonni shaxsiyati, ruhiyati haqidagi ilmni mana shu kishiga berdi. Jonini qiynov diniy oldi.
Abdullohiddin Mas'ud roziyallohu anhu vafotini oldida Usmonov Nafson keldi ziyoratiga. Falonchi yil oyligingizni olmadingiz davlatdan, shu davlatning oyligingizni oling, deganida, men ketyapman dunyodan, deydi. Ha qizlaringizga qoladi, desa, ha qizlarimga faqirlik yetishdan qo'rqasizmi? Men qizlarimga o'rgatib qo'yganman. Har kecha Voqea surasini o'qisa, ularga faqirlik etmaydi, degan hadisda eshitgansizlar.
Har kuni Voqeani bir oy o'qigansizlar. Bir yil o'qigansizilar. Qarasangiz kamchilik tugamayapti. Keyin shu hadis zaifroq shekilli ekan. Shu yerda bir yil o'qiysak ham bo'lmayapti faxrlik. Nima? Siz. Alloh taolo sizni hamma dunyodagi g'amlaringizni o'zini zimmasiga olib qo'yishlikni, shu voqea surasini o'qish qo'yishligi bilan la bo'lib ketadi deb o'ylavdingizmi? Voqeani xotiningiz kunda o'qiydi, siz ko'chadan yuribsiz mazza bemaza lag'i bilan. Unaqa bo'lmaydi, birodar. Alloh taolo qalbingizga sakinat, xotirjamlik tushirishini xohlayapsizmi? Bu jonni qiynash kerak. Bu jonni tozalash kerak. Bu jonni nima qilish kerak? Mehnatga solish kerak. Mana bu duoni o'n ming marta o'qisa kambag'allik ketadi, qarzidan qutulasiz, faqat duo qiladi o'tirib olib. Bir oy chiqmasdan duo qiladi, lekin televizorni ko'radi, telefonda yotadi, mazza bemasa ishladi, qiladi. Gunoh ma'siyatdan chiqmaydi, duoda qilaveradi. Endi tushunyapsizlarmi nimaga bizni duolarimizga joy bo'lmayapti?
Xullas, jonni qiynaysiz. Xohlamaydigan ishga majbur qilasiz, shariat, shariat buyurgan ishlariga keyin kutasiz. Imom G'azzoli mana shu hadisning sharhida aytadiki, poklik to'rt xil bo'ladi. Poklik iymonning yarmi dedi Payg'ambarimiz. Birinchi daraja, jasadingni pok saqlaysan. Najosatdan, nopok narsalardan. Mo'min moddiy ma'noda pokiza bo'ladi, jasadi toza bo'ladi. Ikkinchi ma'nosi, a'zolaringni gunoh mas'iyatdan saqlaysan, ko'zingni, tilingni, oyoq qo'lingni. Poklik, iymonni yarmida ikkinchi ma'nosi shu. Uchinchisi, axloqingni toza qilasan. Yomon huquqlardan, kibrdan, hasaddan, jinod-durudlardan, g'azabdan, g'iybatdan. To'rtinchisi, Allohda boshqa hamma narsani qalbingdan chiqarib tashlaysan. Qalbingda faqat Alloh bo'ladi.
Abtohuru shotrul iyman. Poklik iymonning yarmi deyildi. Musulmonda jasadi toza bo'ladi, a'zolar gunohlardan toza bo'ladi, axloqi toza bo'ladi hamda qalbi toza bo'ladi. Qalb Alloh Taolo nazar qiladigan bizning a'zoimiz. Alloh Taolo sizlarda suratinglarga, jasadlaringlarga qaramaydi, lekin qalblaringlarga qaraydi, amallaringlarga qarangdi deydi.
Bir odam Ka'bani tavof qilar ekan, duo qilyapti. Ey Alloh, mendan rozimisan? Shunda haligi odamni orqasidan kelar ekan bir kishi, ey birodar, robbingiz sizdan rozi bo'lish uchun, siz ham robbingizdan rozimisiz? Dedi. Haligi duo qilgan odam, siz kimsiz? Deb so'radi. Orqada turgan odam, men Muhammadni Idrisiman, dedi. Kim edi bu kishi?
Imomi Shofiy edi. U kishi, qanday qilib Allohda men rozi bo'laman? Axir men uni roziligini istab yurgan bo'lsam, dedi. Imomi Shofiy javob berdi. Ne'matga xursand bo'lganingdek, musibatga ham xursand bo'layotgan bo'lsang, demak sen robbingdan rozi ekansan. Xursandchilik kelganda, Alhamdulillah, Alhamdulillah deb rozi bo'ldingiz. Endi ozgina musibat kelib qolsa, jazavaga tushayotgan bo'lsangiz, demak siz Allohdan rozi emassiz. Demak Alloh ham sizdan rozi emas. Bizni shikoyat qilmagan kunimiz yo'q a?
Hayotdan norozi bo'lmagan kunimiz deyarli yo'q. Albatta nimadandir norozi bo'lib turamiz. Imom G'azaliy aytdi yu, Allohni tanishga olib boradigan ilmni narxi juda baland, qimmat bu ilm. Lekin natijasi yuksak va oliydir. Narx juda ham baland, birodarlar. Ammo o'sha narxni to'lay olsak, mukofot shunga yarasha bo'ladi. Hamma shahvatlarni tashlaymiz oyog'imizni tagiga. Aytamizki, Parvardigor, yolg'iz o'zing meni maqsadimsan. Meni yolg'iz talabim seni roziliging.
Umumiy g'oyani tushundinglar a, birodarlar? Jonni qiynash kerak ekan. Ko'zni tiyish kerak ekan, tilni tiyish kerakan, sunnatni o'qish kerak ekan. Tasbehni aytishlik kerak ekan. Qalb faqat Alloh bilan ovora bo'lishligi kerak. Shunda iniga ko'rasiz. Jahid tushahid. Joningni qiynang ibodat bilan, shariat bilan. Shundan keyin ko'rasan.
Alloh Taolo Qur'onda aytadi, istaydu billah. Inna Alloh hashtaromi inal mo'mineen afusah muammo alahum bi annalahum ul jannat. Albatta Alloh mo'minlarning jonlarini va mollarini sotib oldi. Nimani barobariga? Jannat barobariga. Juda ko'p oyatlarda mollari va jonlari bilan kurashadilar deydi. Bu oyatda jon moldan avval aytildi. Ayting, agar sarf qilishlik kerak bo'lsa, pulni sarf qilishligi osonmi, jonni sarf qilishi osonmi?
Molni sarflash, albatta, nafsni sarflashdan oson bo'ladi. Shuning uchun inson yengilini qilishlikka harakat qiladi. Lekin ikkalasini ham qila oladi inson. Bitta mana shu oyatda nafs moldan ovor zikr qilindi. Asl narsa shu. Nafs moldan qimmat turadigan narsa. Shuning uchun eng katta saxovat qaysi saxovat desa, mol sarf qilinayotgan saxovat emas, jon, nafs qilinayotgandek saxovat. Nafs bilan qilinayot.
Hasharga aytadi. Akangiz, ukingiz, qarindoshingiz. Shunda kelib o'zi ishlashingiz, bu nafsning saxovati bo'ladi. Mardikoringiz bozorga borib turib, o'sha ikki ming so'm qo'liga pul berasiz, kechgacha ishlaysiz desa, olib kelib qo'yasiz. Aka, meni ichida ishlarim ko'p edi. Undan tashqari bu yerga kelsam ham ko'p ham ishga yaramayman men. Undan ko'ra mana ishni qiloladigan ikkita odamni olib keldim deysiz da, zo'r ish qilgan bo'lasiz.
Shunda, sizni hasharga aytgan odam uchun o'zini turgani yaxshimidi, ishlamasa ham? Yoki mardikorni olib kelib qolgani yaxshimi? Sizni yuziga shunaqa qilishdi. Qaysinisi yaxshi edi sizga? U sizni qadrlagani uchun keldi da. Muhimi keldi, ishini tashlab keldi. Sizni qadrlagan odam siz uchun vaqtini ajrata oladi. Sizni qadrlagan odam siz uchun vaqtini topib keladi.
Bir odam o'zini qandaydir ilmiy sohasida professor bo'lmoqchi. Erishmoqchi xolos shu martabaga. Ammo u maqsadiga olib boradigan hech narsani qilmaydi. Uyquni kanda qilmaydi. Doim o'yin kulgi, ulfatlar bilan osh go'sht, bemaza gap so'zlar, suhbatlar, telefon, o'yin kulgi.
Maqsad nima edi? Professor bo'lish edi. Ammo professorlikka olib boradigan bironta ishni qilmadi. Bu professor bo'ladimi? Bo'lmaydi. Bularda hammasini tashlaydi. Keragicha uxlaydi, keragicha yeydi, ulfatlardan voz kechadi, kayf sapodan voz kechadi, jonni qiynab yeyni professor bo'ladi. To'g'rimi? Dunyodagi bitta martabaga erishishlik uchun, shuncha mehnat qilish kerak bo'lsa, al malakul muxtadir bo'lgan alloh subhanahu va taoloni huzurida bir maqomga, martabaga erishlik uchun qancha mehnat qilishi kerak?
Dunyoda, dunyoda sportsmenlar kattaroq bir chempionatga turnirga qatnashganda uyidan olib ketadi. Bir oy, ikki oy xotiniga ko'rsatmaydi. Bola chaqasiga ko'rsatmaydi. Faqat fikringizniki nima bo'lsin, trenirovkada bo'lsin deydi. Bitta medalga ega bo'lishlik uchun. Chempion degan bir unvon uchun. Endi Allohni huzurida martabangizni baland bo'lishini xohlasangiz, joningizni qiynashingiz kerak emasmi? O'shada faqat duoda qilamiz, duoda qilamiz, duoda qilamiz, bu yoqda hayot babbaygidek ketib yuboradi. Yo'q, birodar. Sening uyingda faqirlik tugamaydi. Sening uyingdan baraka bo'lmaydi. Joningni qiynamaguningcha.
Mehnat qilish kerak. Bu martabani narxi baland. Hamma rag'bat, xohish istaklarni oyog'imizdagi tashlaymiz, vaqtimizni hammasini Allohga sarflaymiz. Shunda shu martabaga erishamiz. E saidim, moldan zakot qancha beriladi? Dedi. Uni Saidga javob berdi. Sizlardami, bizdami? Dedi. Bu kishi so'rayapti, e Saidim, sizlarda degani nimasi yu, bizda degani nimasi? Saidga javob berdi ustozi. Sizlarda molning qirdan biri zakot qilib beriladi. Bizda esa, bizda banda o'zi ham, uni moli ham, Saidaniki bo'ladi dedi.
Aytdi yu, Alloh jannatni sotdi ularga dedi. Nimani evaziga? Nafsini va molini sot qilishni evaziga. Allohga topshirasiz o'zingizni, qarab turasiz. Molingiz, kuch quvvatingiz, vaqtingiz, imkoniyatingiz, o'y fikringiz, hamma hammasini Allohnik deb bilishingiz kerak bo'ladi. Imom G'azoli aytdi, Allohni tanitadigan ilmning narxi baland.
Lekin shunga yarasha natijasi ham yuksak go'zal bo'ladi. Agar faqatgina Alloh Taoloni amru nahisini, dalillarini, qoyili usullarini, ya'ni shar'iy ilmlaringni o'rgansang, bilsang, hamma savolga javob beradigan darajada bir olim bo'lsang u, ammo haram xarishdan o'zingni to'xtatmayotgan bo'lsang, nafsingni majbur qilmayotgan bo'lsa, Allohni bir hukmiga, oldingdan bir ayol o'tib ketayotganda ko'zingni to'ldirib oxirigacha tikilib turgan bo'lsang. Bu juda ham bir g'arib holat. Sen Allohning buyruqlari haqidagi ilmni o'rganibsan, lekin Allohni o'zi haqidagi ilmidan g'ofur qopsan.
Shuning uchun, birodar, agar Allohga olsak bo'layotgan bo'lsang, Allohni hali tanimapsan. Qilgan gunohingni kichkinaligiga qarama. Kimga jur'at qilib gunoh qilayotganiga qara. Agar Allohni rost akamiga taniganingda, gunoh qilgan uyalaring. Mana, birodarlar, Payg'ambarimiz aytadilar kafabil mar'i ilman, an yaxshi Alloh.
Kishining Allohdan qo'rqmoqligi, ya'ni qo'rtqa ekanligi u uchun yetarli ilmdir. Natijalari yuksal va go'zaldir. Mana siz nafsingizni qo'lingizdan kelgancha majbur qildingiz mana shu ishlarga. Nafsni jilovladingiz, ko'zni tiydingiz, quloqni tiydingiz. G'iybatdan tiyildingiz, o'zingiz majburladingiz. Endi o'sayotganingizni qayerdan bilasiz?
Yaxshi savol. Endi belgisi chi? Inson buni qanday his qiladi? O'zini yuksalayotganligini qanday his qildi? Bitta misoli bor. Agar sen dunyoqparast odam bilan o'tirib qolsang, uni tubanligini ko'rasan. Aqlini kaltaligini, bema'ni narsalar bilan ovora bo'lib qolganini ko'rasan, xudbinligini ko'rassan.
U odam bilan o'qilishini xohlamaysan. Tubanligini ko'tarishni boshlaysan. Yomon ko'p gapiradi da, mana shu odam deysiz. Bir yil burun sizdan shunaqa deysiz. Teppa teng aytishar edingiz. Teppa teng futbolda bahs qilardingiz, teppa teng siyosatda tortishar edingiz, bunday o'ylab qarasangiz, u bari nima ekan?
Kel, qo'y. Ey, eshitdingizmi? Yo'q, eshitmadim, men kerak emas. Oysha onamiz roziyallohu anhoni mana hodisa tur ifkda zinoda ayblashdi munofiqlarni. Musulmonlarni o'rtasida bir oy gap tarqab yurdi. Shunda abayub ansoriy uyiga kirganida, umma ayyub aytdiki, ey abayub, odamlar oysha bilan saffon haqida gapirayotgan gapni eshitdingizmi? Ya'ni shular zino qildigan gap tarqab qolgan edi. To'xta dedi. To'xta. Sen shu ishni qilarmiding dedi, ayoliga. Yo'q, qilmasdim dedi. Men shu ishni qilarmidim dedi. Alloh saqlasin dedi. Oysha sendan yaxshi. Safrom mendan yaxshi dedi.
Ana birodarlar, Alloh Taolo shuni aytdi. Mo'minlar shunday deyishsa bo'lmasmidi dedi, mana Nur surasida. Ko'chadan keldingiz, eshitdingizmi dadasi? To'xta xotin. Menga kerakmi shu hozir? Yo'q, menga kerak emas, qo'y gapirmay qo'yaver. Menga tegishli bo'lmasa gapirmay qo'taver. Ollohni tanitadigan ilmni olish uchun itoatda bo'lish, mehnat, inqiroz sarf lozim bo'ladi.
Al imano iffatun anil mato miyag'iy, iffatun anil maharimiy. Iymon nima? Iymon ta'malardan iffatli bo'lish, man qilingan narsalardan iffatli bilish. Ta'madan uzoqsan, gunohdan uzoqsan. Umariddin xattob roziyallohu anhu xalifa bo'lib turar ekan, safarlarni birida ana shu sahroda qo'y haydab yurgan cho'ponga duch keldi. Mashhur qizsan. Haligi cho'ponni bir sinashlik uchun qo'ylardan bittasi menga sotmaysanmi dedi. Qo'ylar meniki emas, qo'ylar sayyidimiki dedi. Sotaver, pulini olasan. A, qo'yni o'lib qoldi deysan, yo bo'r yeb ketdi deysan dedi. Haligi cho'pon aytdi. Vallohi menga pul juda ham zarur hozir. Agar bo'ri yeb ketdi desam, saidim ham ishonadi. Ammo Allohi chi dedi.
Hech kimga bildirmasdan o'sha ming dollarni chiqarib oldingiz o'rtada. Hech kim bilmaydi yolg'on gapirganingizni. Kim bilib o'tiribdi ayting? Hech kim bilmaydimi? Raspiska olgani yo'q. Diktafonga yozib olgani yo'g'. Siz bilan Alloh o'rtasidagi sir. Shunda Allohda qo'rqib olib borib bera olyapsizmi? Muborak bo'lsin, iymoningiz bor ekan. Mana shu iymonni javhari, iymonda asli. Mo'min odam shunday beradi, ketaveradi.
Bu faqat muammolarni o'rtasida bo'ladi, ishonavering. Muzorabaga biznes qilasiz. Birov o'n ming dollar berdi, siz biznes qildingizda, foyda bo'lmadi deyapsiz. U qayerdan biladi u? O'shaning uchun muzoraba faqat ikkita mo'min o'rtasida bo'ladigan muomala. Allohda qo'rqmagan odam bilan muzoraba qilib bo'lmaydi. Muzorabani puli kuyib ketsa, mehnat qilgan hech narsa to'lanmaydi, pulni egasi pulga kuyib qolaveradi. U faqat ikkita mo'min o'rtasida bo'ladi u.
Allohning amrida mustaqil bo'lgan kishigina iymonni lazzatini totiydi. Olib borib beradi da, mazza qiladi. Chunki shayton nima deyotuvdi? Bir ikki yuzini olib qol deyotuvdi. Qani men bilan berdingmi desa, berdi desam, sanab o'tiramidi deydi. Shunda ikki yuzni ham olmasdan mingda olib borib berdingiz. Mazza qilasiz. Nima qila oldingiz nafsingizni? Shunday yengib oldingiz, sindira oldingiz. Demak, Allohning amrida mustaqil bo'lgan bandagina iymonni lazzatini topa oladi. Endi Allohga iqbol qilmagan odam, u iymonni lazzati nima ekanligini tortmaydi. Imom Junayddan so'raldi. Allohning valiysi kim? Allohning do'sti. U suvni ustida yurib ketadigan yoki havoni bosib bosib tepaga ko'tarilib ketadigan odammi? Imom Junayd javob berdi. Sen uni amr va nahi ustida topasan. Mana shu inson haqiqiy valiydir. Farzni bajaradi, gunohdan tiyiladi.
Dunyo ilmlarini o'rgatadigan jomiyalar to'lib yotibdi, birodarlar. Fizikani, matematikani, boshqa ilmlarni. Mana shu o'rganayotgan dunyoviy ilmlari, agar inson xohlasa, unga Allohni eslatadigan ilm bo'ladi. Yer yuzidagi har bitta ilm insonga Allohni tanlaydigan bir eshik bo'lishi mumkin. Albatta, bu narsani mana shu tolib ilm xohlay ekan bo'lsa.
Allohni buyruqlari haqidagi ilm ham shularga muhtoj bo'ladi. Madrasaga, muallimga, takrorlashga, sinovga imtihonga. Ularning natijasi miyada qoladi. Xulosa, inson bir narsani haromligini bilib turib ham qilayotgan bo'lsa, bu odam Allohning amrini tanibdi, lekin Allohni tanimabdi. Agar bir banda Allohni buyruqlarini tanib turib, o'sha gunohda qilayotgan bo'lsa, shariatni hukmlaridan xabardor bo'ldi, lekin Allohni kimligidan xabardor bilmadi. Alloh azza va jalla barchalarimizni shariatni ham, tariqatni ham, haqiqatni ham ilmini o'rgangan solih bandalarni qiziq.