MMaviza
MuqaddimaTekshirilgan8 daq

09.05.2021 5-QISM - MUQADDIMA / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
8:25

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen alamin. Vassalatu vassalamu ala ashir rohim musaliy va ala alixiy va ashabiy hajmain. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Nafs tarbiyasi darslarimizdan navbatdagisi. Mana birodarlar, har bitta qilgan ishni siz bilan bizga ibrat bo'lgan, namuna bo'lgan, aytgan so'zlari shariat bo'lgan. Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam. U zotni hayotini o'qib o'rganib, u zotni hayotidan o'zimizga andoza olishligimiz kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u zotga vahiy kelganidan keyin, mana serat dasturlarida o'qiganmiz. O'n uch yil mobaynida makkada turdilar. So'ngra robbiz tomonidan buyruq bo'lganidan keyin madina immanavariga hijrat qilib o'tdilar. Mana shu ikkita bosqich. Makka davri va Madina davri.

Makka davrida bandalarga Allohni tanitishlik birinchi o'rinda bo'ldi. Ya'ni Makka bosqichi, bandalarga Allohni tanitish bosqichi desak, adashmagan bo'lamiz. Madina bosqichi esa, bandalarga Allohning buyruqlarini tanitish bosqichi bo'ldi. Demak, o'n uch yil Makkada odamlar Allohni tanishdi.

Buyruqlar, shariat hukmlari Alloh tomonidan Madinaga borgandan keyin bo'ldi. Qaysi da'vat, mana shu tartibda bo'lmas ekan birodarlar, u muvaffaqiyatli da'vat bo'lmaydi. Odamlarga Allohni o'zini tanitmasdan turib, buyruqlarni tanitib qo'ysangiz. Bu uslub xato birodarlar. Bu uslub bilan tarbiyalangan odam shariatni, hukmlarni bajarishlikda hiylalarga berilib qoladi. Bu odam Allohni halol haromi, farzi vojibi, shariy hukmlardan xabardor bo'ldi. Shariatning hukmlaridan xabardor bo'ldi, ammo shu shariatni hukm qilgan, unga shunga amal qilasan deb buyurgan Robbisini tanimadi. Amrni tanidi, ammo hali mana shu amrda buyurgan robbisi Subhanahuvot Allohni tanimadi. Allohni tanimasdan shariatni hukmlarni bajarayotgan odam mana shunday bir hiylalarga kirib qolishlik ehtimoli bo'ladi. Endi kim shar'iy ishlarda hiyla qilayotgan bo'lsa, bu shu odamni Allohda uzoqligiga dalolat qiladi. Masalan, masalan bir kishi molini zakotini berish kerak, hisoblovni, undan chiqish kerak bo'lgan zakot yigirma gramm tilla bo'ldi deylik.

Endi shu odam hiyla qilsa qanaqa qiladi? Bir nonni oladi, xamirni ichiga shu yigirma gramm chillasini solib, duxovkaga solib pishiradi. Non pishdi. Endi non bor, ichida yigirma gramm tillasi bilan. Keyin ana shu bir faqir odamni oldiga olib borib turib, haligi odamga, mana bu mendan sizga oling deydi. Haligi kambag'al odam nonni oladi. Qo'liga oldi, non bunga o'tdi. Demak, ichidagi tilla ham uni qo'liga o'tdi. Keyin shu yerdan jildirmasdan turiblar aytadi, boyagi zakot beradigan hiyla qilayotgan odam, keling, shu nonni menga bir tilloga soting deydi. Kambag'al nima qiladi? Ha, u bir tilloga qancha non beradi bunaqa nondan? Xo'p deb rozilib beradi. Bir tillani beradi da, ichida yigirma gramm tillasi bor bo'lgan nonni qaytarib oladi. Mana, zakyotni bunday hiyla bilan chiqarayotgan odam, zakyot berish kerakligini bildi. Zimmasidagi farzigini bildi. Hukmni tanidi, ammo robbisini tanimadi.

Shuning uchun birodarlar, buyruqni o'rgatishdan avval odamlarga shu buyruqning buyruqchisini tanitishimiz kerak bo'ladi. Amr va qaytarig'lardan avval ularga mana shu buyruqlarni va qaytarig'llarni yuborgan Alloh Subhanahu va Taoloni tanitishimiz keraksiz bo'ladi. Endi ikkalasini teng o'rganishni ham zarari yo'q. Hukmni ham o'qisin, Allohni ham tanisin, teng olib ketsin ikkalasini.

Bilgan ilmiga amal qilish uchun kishi avval Robbini o'zini tanishi kerak ekan. Aks holda, bilgan ilmiga amal qilmaydi, bilgan ilmi amal qilmaganidan keyin unga foyda emas, aksincha zarar qilib qoladi. Buyruqlar haqidagi ilm, maxluqotlar haqidagi ilm, hamda asosi Allohga toat bo'lgan Allohning o'zi haqidagi bilim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar. Mana amila bima alima, avratahullohu ilma ma'lam ya'lam. Kim bilgan ilmiga amal qilsa, ya'ni bilganiga amal qilsa, Alloh azza va jala bu bandani bilmagan narsalar haqidagi ilmni unga ato qilib qo'yadi.

Kim bilganiga amalqilsa, ya'n bilgan ilmiga ham amal qilsa. Shariatni to'liq tadbiq qilsa, bilmagan narsalari haqidagi ilmni Alloh unga ato qiladi. Agar sen Allohda taqvo qilsang, uni amrini qoyil qilsang, buyruq va qaytarilqlari ustida tursang, shunda biz senga aytmoqchi bo'layotgan ilm keladi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar mana arofa nafsah u arofa robbaho. Kim o'zini tanisa, Robbini taniydi. Robbini tanishligi uchun inson o'zini kimligini tanib olishlik kerak. Alloh azza va jalla Qur'oni Karimdan marhamat qildi. Astadubillah. Qul. Hal nu nabbi ukun bil axsariyna amala. Alladina dolla san yuhum fil hayati dunya vahum yaxshabuna annahum yuhsiruna suna. Ey Muhammad alayhissalom, ayting. Sizlarga qilgan ish amallaridan eng ko'p katta ziyon qilguvchi kimsalarni xabarini beraylikmi? Ular kofir bo'lganligi uchun qilgan sa'y harakatlari hayotda dunyoda yo'q bo'lib ketdi yu, ammo ular o'zlarining nodonligi sababli, o'zlarini chiroyli, yaxshi amal qilayotgan kishilarda hisoblaydigan kimsalardir.

Demak, inson kofir bo'lar ekan, Allohni tanimas ekan, qilayotgan ishlarini chiroyli deb o'ylayveradi. Birodarlar, bu yer yuzida turishimizning bitta sababi bor. Bu Alloh Taoloni tanish. Bu Alloh Taologa qulchilik qilishlik. Va man xoloq tul jinna val inisa illali abudun. Men jinlarni ham, insonlarni ham faqat menga ibodat qilishlari uchun yaratdim, dedi Robbimiz Subhanah va Taolo.

Yer yuzida turishimizning asosiy sabablaridan bittasi bilim. Ana shu bilim, Alloh xohlaganidek bilim bo'lsa, bu bilim amalga aylanadi. Agar amal to'g'ri bo'lsa, inson ikki dunyoda ham saodat topadi. Imomo G'azzoli Allohni tanishni uch turli bo'ladi deb aytdi.

Allohning o'zini tanigan inson, Allohning buyruqlarini tanigan inson, Allohning maxluqotlarini tanigan insoni. Allohning maxluquotlari haqidagi ilm, Allohning buyuruqlari haqidigi ilm, bu ikkala ilmni o'rganishlik uslubi bir xil. Kitob kerak, domla kerak, muzokara kerak, takrorlashlik kerak, yodlash kerak, imtihon qilish kerak. Bu mehnatning samarasi insonning kallasida, insonning miyasida qoladi. Ammo Alloh Taoloning o'zini tanishligi uchun inson nima qilishligi kerak? Mana bu biz aytgan ikkita ilmni uslubi kifoya qilmaydi. Imom G'azzoli aytdi, jahid tushaahidi. Harakat qil, ko'rasan. Ya'ni mehnat qilasan, joningni qiynaysan, nafsing xohlayotgan ishlardan qaytarasan nafsingni, harakat qilasan, shunda ko'rasan. Alloh Subhanahu va Taolo siz bilan bizni o'zining mahluqotlarini ham taniydigan, o'zining buyruqlarini ham taniaydigan va Alloh Taoloning o'zini ham taniydigon bandalar qatorida qilishingni so'raymiz. Aquli qovli ha da, vositag'firullohali va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Bilimni sinash

3 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish