Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassolatu vassalam ala ashifofil mursalin va ala alihi va ashabihij mayin. Allohumma alimla mayin, far una van farna bi ma'lam tana va zidna ilma. Allohumma arina al haqqa, haqqon orzuqna tiba va arina al botila botilan orzuqna ishlinaba. Voje anna min min yestamya unal qovla fayatda bi unal husana. Vodixin la bi rohmatika fiya aybadika solihin. Ammavahd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.
Bismillahir rohmanir rohing. Bugun tazkiyatun nafs, silsila darsimizdan, birodarlar, ikkinchi mavzuni boshlaymiz. Bu iymon va muhabbat deb nomlanadi. Astaydubillah, innah anzann la ilaykal ketababil haq. Fa'budillaha muxlison lahu din. Ey Muhammad alayhissalom, albatta biz sizga bu kitobni haqqiroz nozil qildik va siz Allohga u Zot uchun diningizni xolis qilgan holda ibodat qiling. Ibodat nima? Ibodat Alloh Subhanahu va Taologa tamomiy bo'yin sinish. Mana shu ibodat xolis bo'lishligi kerak. Taslim bo'lding, bo'yin sinding, mana shu bilan birga qalbingda ixlos bo'lishligi keling. Insonning zohiri bor, insonning botini bor. Zohiri bu ko'zimiz ko'rib turgan jasadini a'zolari, qo'li, oyog'i, jasadi. Endi botini bu uning qalbi. Insonning zohiriy ibodatlari zo'r bo'lsa yu, botiniy ibodati to'g'ri bo'lmaydigan bo'lsa, zohiriy qilgan amallari qabul bo'lmaydi.
Tushunarlimi? Ro'za tutdi, namoz o'qidi, agar zohiri zo'r bo'lsayu, qalbida ixlosi Alloh uchun qilyapman degan niyati bo'lmasa, zohiriy qilgan amallari foyda qilmay qoladi. Qalbni o'zini ibodati bor. Jasadni o'zini ibodati bor. Qalbni ibodati Allohni ulug'lashlik. Qalbni ibodati Allohga mana shu qalbning muhabbat bilan to'lib toshishligi. Allohga bo'lgan muhabbat bilan qalbimiz to'lib toshiligi kerak. Chunki Alloh azza va jalla siz bilan bizni jasadlarimizni suratlarimizga qaramaydi. Alloh taolo bizning qalbimizga qaraydi va amalimizga qaraydi. Qalbimizga, amalimizga qaraydi. Istaydu billah. Vo minna na semayatda hidu min dun ilahi andada, yuhibbu na hunkaxub billah, va la dina a man u ashaddu hubban li'llah.
Odamlar orasida deydi Alloh subhanah va taolo shunday kimsalar borki, ular o'zgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar. Allohdan boshqalarni bandi edi, pul edi, u mansab edi, qandaydir dunyo matohi edi, Allohdan boshgalarni Allohga teng deb, Allohni sevish kerak bo'lgandek sevishadi. Valladina amanu ashaddu hubban li'lla. Ammo mo'minlar esa ularning Allohga bo'lgan muhabbati qattiq bo'ladi. Iymon keltirganlarning muhabbati Allohga qattiq bo'lar. Alloh va Rasulini roziligi turganda nafsini ham, ayolini gapini ham, odamlarda qiyla vaqol, didi didi degan mish mish gaplarini ham bir chekkaga nima qilib qo'yadi? Agar qalbida Allohga muhabbat qattiq bo'ladigan bo'lsa. Demak, qalb Allohga bo'lgan muhabbat bilan to'lishi kerak. Qalb Allohdan bo'lgan xavf bilan qo'lini to'lib toshishi kerak. Qalbi Allohni ulug'lashli bo'lishi kerak, qalbda unga muhabbat, undan umid bo'lishligi kerak. Birodarlar, bu darsimiz o'zgacha dars. Chunki siz bilan bizni baxtli baxtsiz bo'lishimizni sababi bo'lgan qalbimizga tegishli dars.
Aytdik, namozda o'qiyapmiz, ro'za tutyapmiz, jasadni ibodatini qilyapmiz. Ammo qalb chi? Bu qalbimizni Alloh Subhanahu va Taolo poklashlikka buyurdi. Mana shu ishni uddalayapmizmi, yo'qmi? Mana shu ishda qayerga yetib keldik? Nimalarga erishdik? Oldimizda yana qancha bir yo'l bor? Nafsni poklash, qalbni salomatligi. Demak, qalbimiz Alloh Subhanahu va Taologa bo'lgan muhabbat bilan to'lib toshgan bo'lishligi kerak.
Birinchi fikr, muhabbat. Qur'onni kuzatsak birodarlar, yuzlagan oyatlarda muhabbat haqida so'z ketadi. Muhabbat o'zi nima? Bizni tushunchamizda muhabbat o'sha muzakkar jinsidagi insonni muannas jinsidagi insonga bo'lgan tuyg'ulari.
Odamni odamga bo'lgan his tuyg'ularini muhabbat deydi. Mana bo'ydoqlar o'tiribdi, o'zicha kimnidir sevadi. Va buni muhabbat deb o'ylaydi. Va o'rta yoshdagilar turibdi, o'sha etapdan o'tib ketgan va u u muhabbatmasligini tushunganlar. Muhabbat nima? Muhabbat siz bilan bizga kinoda ko'rsatayotgan narsa emas.
Shoirlarni she'rini mavzusi yo'q, hofizlarni so'zlarini ma'nosi yo'q. Muhabbat bor, birodarlar. Muhabbat, birodarlar! Al xub deyiladi arab tilida. Al xub kalimasi qomusda hababa deb keladi, ya'ni qalbning moyilligi. Qalbingiz qaysi narsaga moyil bo'lsa, chinakamiga moyil bo'lmasa, shu narsaga muhabbatingiz bor.
Mana endi o'zidan so'rang. Qalbingiz chinakamiga nimalarga moyil? Sanaymiz. Endi obshiy hammani qalbi moyil bo'lgan narsalar, pul. To'g'ri. Mansab. To'g'ri. Dunyo matohi. To'ppa to'g'ri! Qalbimiz shu narsaga moyil. O'shaning uchun ana shu muhabbatimizni obyekti bo'lgan narsa larga intilishlik bizni qiynamaydi.
Qalbingiz qaysi narsaga moyil bo'lsa, demak o'shanga muhabbatingiz bor. Muhabbat bu qalbning bir narsaga moyilligi. Endi, va la dina amanu ashaddu hu ban li la. Iymon keltirganlar Allohga muhabbati qattiq bo'ladi. Qalbi Allohga moyil bo'ladi. Tushunarlimi?
Muhabbat bor. Haqiqiy muhabbat bu Alloh Taologa nisbatan bo'lgan muhabbat. Qalb Allohga moyil bo'lishligi. Bundan boshqacha bo'lishi mumkin emas. Muammo'nmi? Allohni yaxshi ko'rishligi kerak. Agar bir odam zohiriy ibodatlarni ado qilsa, ammo qalbida Allohga moyillikni topmay ekan bo'lsa, bu odam qalbini bir tekshirib chiqsin. Takrorlaymiz? Agar bir banda zohiriy ibodatlarini qilsa, ro'za, namoz, zakot, haj, qilyapti zohiriy amallarni, ammo qalbida Allohga moyillikni, muhabbatni his qilmayotgan bo'lsa, bu odam qalbini tinchirib chiqsin.
O'zi mana shu ishlarni qilishlikdan maqsad Allohning muhabbatiga sazovor bo'lishmidi? Shu ishlarni qilishdan maqsad Allohga muhabbatimiz yana ham ziyoda bo'lishimidi? Xo'p, endi shu ishlarni qilsak ham, Allohga muhabbatingiz ziyoda bo'lmayaptimi? Demak, to'g'ri qilmayapti shekilli bu ishni. Bir odam kasal bo'lib, bir tabibni oldiga keldi. Tabib haligini ko'rdi, kasallarni sababini aniqladi va muolajani tayin qildi.
Mana shu muolajasi oxiriga yetganda, haligi bemor kasalidan tuzalmadi. Demak, bu muolaja to'g'ri bo'lmadi. Bir narsani maqsad qildingiz, unga olib boradigan ishni qildingiz, maqsadga yetmadingiz. Demak, ish noto'g'ri. Siz zohir ibodatlarida qildingiz va uni orqasidan ko'zlagan maqsadga erishmadingizmi? Demak, qilgan ibodatingiz to'g'ri bo'lmabdi. Zohiri zo'r, lekin qalbda muhabbat yo'q edi da. O'shaning uchun bu ishni samarasini ko'rmadingiz.
Bu darslarimiz orqali nima demoqchimiz, akalar, ukalar? Har bittamiz qalbimizni tekshirib chiqsin. Uni qalbi Alloh xohlagandek, pokizami? Astadilloh. Ya'u malayyam fa'u ma'lum valabanun illa man atalloha biqolbin salim. U kun, qiyomat kuni. Shunday kunki, unda na molu davlat va na bolachaqa foyda bermas. Nima foyda beradi unda u kunda? Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina foyda berur. Qalbingiz pokiza holatda borsangiz, mana shu qalbingiz foyda qiladi. Bola chaqadab yuradi inson, mana shu narsa foyda qilmaydi insonga. Innomin azvajikum va avladikum adu vallakum. Fahda ruhm. Alloh taolo aytadi, albatta sizlarni farzandlaringizdan va juftlaringizdan dushman bor. Hushyor bo'linglar deydi. Boyagi aytayotgandek bir savobli ishni qilishlikka ota, aka qasd qilib shuni qilmoqchi bo'lganligini aytadi, ammo bolalar va ayollar mana shu ishdan qaytarishlikka harakat qiladi. Shuni aytyapti Alloh taolo. Ayollaringlardan, bolalaringlardan dushman bo'ladi, hushyor bo'linglar deydi.
Umr bo'yi to'plaganingni shu bolaga qo'yib ketyapsan o'zi. Oxiratimga ozgina o'tkazib qolay desa, qo'ying endi bolalaringizni o'ylang deydi. Itak yetmish yil bolalarni o'yladim o'zi. Shuncha to'plagan narsam hammasi bolalarga qolyapti. Shundan bir qismini oxiratimga uzum bilan olib ketay desa, ayollar va bolalarning ayrimlari nima qiladi? O'shaning uchun shu Allohni roziligi uchun qilmoqchi bo'lgan ishingizga, sizga hamfikr emasmi, farzandlar va juftlar, indamay qilib qo'yaveray amakim.
Ma'qulmi? Chunki olib qolganiga javob berasiz, ammo o'tkazib qo'yganingiz o'zingiz bilan bo'ladi. Istaydi billa. Qul inkani abukim va abnaukim va iqvonukim va azvajukim va ashiratukim va ammuallun iqtirof dumuxa va tijara tun taqshovna kasadaha va ma sekinu tordovnaha ahabba ilaykum minallohi va rasulih va jihadi in fi sabilihi fatarabbasuh hatta ya tiya allohu bi amri va allohu la yaxdi ilhom al fasiqi. Eshitib turinglar. Alloh subhanahu va taolo mo'minlarga nima deyapti? Siz bilan bizga nima deyapdi? Ey Muhammad alayhissalom, ayting. Agar ota onalaringiz, bolalaringiz, aka ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh uglalaringiz va kasx bilib topgan mol u dunyolaringiz, kasod bo'lib qolishdan qo'rqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi ko'radigan uy joylaringiz hammasi sizga Allohdan uning payg'ambaridan va uning yo'lida jihod qilishdan suyukliroq bo'lsa, u holda to Alloh o'z amrini, ya'ni azobini keltirgunicha kutib turaveringlar.
Alloh itoatsiz qavmni hidoyat qilmas. Mana shu biz sanab o'tgan sakkizta narsa, inson uchun eng yaqin kimsalar va narsalar. Eng yaqin kimsalar va narsalar, shular Allohdan ko'ra senga mag'bubroq bo'lmasa, Allohni jazosini kutib tur deydi. Mana hozir tarovada o'tiribmiz.
Nima deb keldik bu yerga? Allohni kalomini eshitamiz, amru barun nahim ukani eshitamiz, Allohni muhabbati boshlab keldimi? Boshqa hech narsa emasmi? Alhamdulillah. Endi buni o'rniga xatbini tugatib qo'ydik. Endi bemalol yotib televizor o'ynab, telefon o'ynab, televizor ko'rib yotishay bo'laveradi desanglar bo'larmidi? Ana shu narsani tashlab keldinglarmi? Alhamdulillah robbil alamin.
Yuzdan ortiqroq o'rinda Qur'on muhabbat haqida so'z yuritadi. Muhabbat o'zi nima? Rob, robdir. Banda, bandadir. Allohga o'xshash biron narsa yo'q. Lay saka mif lihi shayun. Allohga o'xshash biron narsa yo'q. Birodarlar, Alloh haqida qanaqa tasavvur kelmasin, hayolingizga, Alloh uni xilofida.
Alloh juz emas, qism emas, surat emas, rang emas, shakl emas, hid emas. Alloh qayerda deb so'ralmaydi. Chunki Alloh makonlarni yaratuvchisi. Alloh qachon deb so'ralmaydi. Alloh zamonlarni yorituvchisi. Allohning zoti haqida senda qanday fikr paydo bo'lsa, birodar, bilgin ki, Alloh uning xilofidadir.
Qayerda deb bo'lmaydi, nechta deb deb bo'lmaydimi, qachon deb bo'lmaydim. Chunki qayerda, qachon, nechta, bu maxluqlarga beriladigan savol. Alloh aziz va jalloh mo'minlarni yaxshi ko'radi. Mo'minlarning Allohga bo'lgan muhabbatlari ulkan. Alloh bilan bandaning o'rtasida bitta aloqa bor. Bu aloqa muhabbat deb nomlanadi. Bu aloqqa muhabbat dem nomlanadi. Mana butun maxluqotlar Alloh taologa majburan, maqturan bo'yin sinib keldi. Faqat inson o'zini ixtiyori bilan bo'yin sinishligini aytdi. Avvalgi darsda aytdik ku, biz butun borliqqa, osmoni yerga omonatni arz qildik, ular qabul qilishmadi. Nima omonat edi? Din degan omonat edi. Ixtiyori bilan Allohga bo'ysunishlik omonatini yuklaganida, Parvardigor eplay olmaymiz dedi, majburan bo'ysunishdi. Ammo inson ixtiyori bilgan bo'ysunish edi zimmasiga oldi. Va mana shu bilan aziz mukarram bo'ldi.
Inson ixtiyori bilan Allohga bo'ysinaman dedi. Shuning uchun Alloh mana shu odam bolasiga muhabbati boshqa mahluqotlardan ko'ra ziyoda bo'ldi. Majburan bo'ysinish qayoqdayu, ixtiyori bilon bo'ysinish, muhabbati bilon bo'ysunish qayoqda. Astaydu billa. Qul ya'iba deya'lla dinah srofu ala anfu sehim la taqinatu me rahmatilla. Innalloh hayg'ufir zunnuba jamiyat innahuhu val g'ofuru rohim. Ey, Muhammad alayhissalom! Mening o'z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting. Bandalarimga ayten. Meni bandalarimga ay teng. Mana shu bandalarim deb Alloh Taolo bandasini o'zini ismiga izofa qilishligi, o'zini isriga qo'shib aytishligi, bandalar uchun sharafni cho'qqisi. Alloh aytyapti, meni bandam deyapti.
Bundan ortiq sharaf bo'lmaydi odam bolasi uchun. Muhammad alayhissalom qayerda Qur'onda zikr qilingan bo'lsa, birodarlar, Ahmad, Muhammad, Mahmud ismi bor Rasulullohni. Rasul nabiy degan joyi bor. Lekin u zotni izzat ikrom qilishlik o'rnida mening qulim degan. Alhamdulillahi ladiy anzala ala abdihil kitab.
O'zining bandasiga kitobni tushirgan Allohga hamdu sano bo'lsin. Subhanalli ladiy asrobiy abdihi. Ana shu isro kechasida bandasini sayr qildirgan Allohga ham har qanday aybdan pok. Bandasi. Banda degan so'z inson uchun eng katta sharaf. Kimni bandasi? Kimni bandasi? Allohni bandasi.
Ayting, Allohni rahmati marhamatidan noumid bo'lmangiz, albatta Alloh barcha gunohlarni mag'firat qilur o'zi xohlagan bandalarga. Albatta uning o'zigina mag'firatli mehribondir. Vo qulli ibadi ya qul ila ti hi yaxsan. Meni bandalarimga ayting, emuhammad alayhissalom. Bandalarimga aytenki, ular o'zaro so'zlashganlarida eng go'zal so'zlardan so'zlasinlar. Siz o'tirib, birodaringiz bilan chiroyli so'zlarni, go'zal so'zlarnini gaplashayotganingizda, Alloh maqtagan mening bandalarim degan so'zni ostiga kirasiz. Gapirayotgan so'zlar fahsh bo'lmasin. Gapirayotgandan gapingizni g'iybat olmasin, birovni go'shtini yeyish olmasin, na mima bo'lmasin, chiroyli gap gapiring, Allohning bandalari qatorida bo'lasiz.
Ikkinchi fikr, ibodat. Biz mana shu ibodat ajlidan yaraldik. Va man xolaqutul jinna val inisa illa li abudun. Men deyapti Alloh Taolo jinlarni ham, insonlarni ham menga ibodat qilishlari uchun yaratdim dedi. Mana ibodat. Ibodat nima? Ibodat bu bo'yin sinish. Ibodat bu boin sinish.
Bu boin sinish muhabbat bilan bo'lsa ibodat bo'ladi. Agar bo'yin sinish muhabbatsiz bo'lsa, toat bo'ladi. Qaytaraman. Ibodat bu bo'yin sinishlik, itoat qilishlik ma'nosida. Endi mana shu bo'yin sinishilik muhabbat bilan bo'lsa, ibodatga aylanadi. Agar bu bo'yin sinush muhabbatli bo'lmasa, bu toatga aylanadi.
Masalan, ana shu serjant deylik, soldatlarga ravnyays deydi. Smirna deydi. Shagon marsh deydi. Itoat bormi yo'qmi serjantga? Bor. Muhabbatchi? Muhabbat, demak bu ibodat emas bu. U faqat itoat. Chunki itoat qilmasa jazo oladi da. Xo'p, hayyalas sola, hayyalal falah dedi. Chaqirdi. Mana itoat qilib keldingiz. Muhabbat bilan kelgan bo'lsangiz, mana shu ishingiz ibodat oladi. Agar muhabbatsiz qilayotgan bo'lsang, faqat bo'yn sinish bo'ladi. Agar yaxshi ko'rib itoat qilgan bo'lsang, unda haqiqiy ibodat qilibsan birodar.
Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.