Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robil a'lamin. Vassalatu vassalamu ala ashirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Oshkora ilm va maxfiy ilm. Ilm ikki xil bo'ladi. Oshkora va maxfiy ilmi. Oshkora bilim o'zi uchga bo'linadi. Birinchisi, beshta his qilish a'zolari bilan o'rganiladigan ilmlar. Ayrim ulamolar bu ilmni hissiy ishonch deb atashadi. Ko'zimiz bilan ko'ramiz, jasadimiz bilan haroratni his qilamiz, qulog'imiz bilan ovozni eshitamiz. Demak, his qilish a'zolari bilan bilib olinadigan narsalar, bular hissiy ishonch deyiladi. Ilmni birinchi ko'rinishi. Bundan tashqari, inson ta'lim orqali o'rganadigan ilmi, ma'rifati ham bor. O'qib eshitib, astadibillah, innafi dhalikaladikaro liman ka'nala hu qolbun, av al qos sam'a vahu vas shah'iydi. Albatta bunda ogoh qalb egasi bo'lgan yoki o'zi hozir bo'lgan holda quloq tutgan kishi uchun eslatma ibratlar bor.
Oshkoriy ilm, birinchisi hissiy ilm, ikkinchisi eshitish orqali o'rganiladigan ilm, uchinchisi aqliy iste'dod, inson aqlini ishlatib, tafakkur qilishi bilan topadigan ilmi. Demak, hissiy xulosa, xabariy xulosa, aqliy xulosa. Hissiy ilm, xabariy ilm, aqliy ilm.
Demak, oldimizda oshkora va maxfiy ilm turibdi. A'zolar bilan his qilinadigan, eshitib o'rganiladigan, aql yurgizib o'rganadigan ilmlar hamda iste'molot orqali keladigan, tajriba orqali o'rganilayotgan ilmlar. Mana amila bima alima avra sohullohu ilma ma'lam ya'lam. Bizni mana shu silsilab darslarimizdagi ikkita hadis asosiy. Birinchisi nima edi?
Mani arofanafzakhu arofarabbahuu. Kim o'zini tanisa, keyin robbisini taniydi. Kim o'zining tanisa, keyin rabbisini taniydi. Biz o'zimizni, siz bilan bizga o'zimizni tanitadigan ilmni o'rganyapmiz. Ikkinchi hadis mana shu hadis. Kim bilgan ilmiga amal qilsa, bilgan ilmiga ham amal qilsa. Alloh taolo u inson bilmagan ilmini xabarini unga nima qiladi? O'rgatadi. Biz bilgan ilmimizga amal qilyapmizmi, yo'qmi?
Demak, ilm martabasini o'qiyapmiz, birodarlar. Xo'p. O'tgan darsimizda ilm va hol degan ikkita narsani o'rgandik. Ilm yaxshi ekanmi, hol yaxshi ekan mi? Ilm yaxshi ekansiz. Hol bu inson o'zini saodatli his qiladigan, saodat, saodatni his qiladigan holati, keyin nafsiy holati xotirjamlikda. Aytdik, hol insonni faqat o'zi uchun berilgan narsa, hol faqat senga foyda qiladi. Yonboshinlarga foydasi yo'q. Uni o'rgata olmaysan, uni ulasha olmaysan, uni sota olmaysan. U faqat senga fayda qiladi. Va aytdik, hol doim bir xil bo'lmaydi. Hol o'zgarib turadi. Ammo ilm esa, Alloh azza va jallaning roziligi uchun xolis o'rganilgan ilm. Agar inson mana shu ilmga erishsa, Alloh unga ilmni ham beradi, boyagi holatni ham beradi. Ilm osmonda ichida suvni to'ldirib ketayotgan yomg'irli bulutga o'xshaydi.
Yomg'irni tashlab ketar ekan, suvni tashlab ketarkan, tog'i toshga, cho'lga, daraxtga tegadi, butun borliq foydalanadi. Shuning uchun inson o'zini holatini yillar zo'r qilib, o'zini ruhoniyati bilan ovora bo'lib, hech kim bilan ish olmasdan burchakda ibodatini qilib o'tirganligi qayoqdayu. Ilm o'rganib turib, millionlagan odamlarning qalblaridan o'rin olgan qadi. Birodarlar, ilm holdan afzal bo'ladi. Ilm holdan afzo bo'ladi.
Aytdik, kishi bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh Taolo u bilmagan ilmlarni unga nima qiladi? O'rgatadi. Ilm majlisida o'tirdingizda, nomahram ayolga qarashlik harom ekanligini bildingiz. Gap tashvishlik yomon narsa ekanligini bildiz. Qo'yingki, gunoh amallarni qilmaslik kerakligini bildingiz? Endi shu bilgan ilmingizga amal qilsangiz, Alloh sizga bir o'zini marhamatini ato qiladi. Nima edi u? Maxfiy ilm deb beradi. Maxfiy ilmni beradi, agar bilgan ilmingizga amal qilsangiz. Mana ikkinchi ilm. Birinchisi oshkora ilm, ikkinchisi maxfiy ilm. Maxfiy ilm, qalb ilmi. Bu haqida bir so'z juda ham bir ajib go'zal bo'ladi.
Oshkora ilmlarni olishlik uchun madrasa kerak, mutolaa kerak, yodlash kerak, eshitish kerak, imtihon qilish kerak. Endi mana shu o'rgangan ilmimizga amal qiladigan bo'lsak, Alloh Taolo mana shu maxfiy ilmni siz bilan bizga ato qiladi. Bilasizmi, bu maxfiy ilm qaysi qalbga beriladi? Qaysi qalblarda paydo bo'ladi bu ilm? Bu pokiza qalblarida bo'ladigan, pokiza qalbga kelib o'rnashadigan ilm. Alloh taolo qur'onni aytadi yu, istadibilla la yamas suhu illal mutahharun. Alloh Taolo aytyapti, Qur'onda faqatgina pokiza insonlargina nima qiladi? Ushlaydi.
Qalb ilmi sizga kelishligi uchun, maxfiy ilmga ega bo'lishligi uchung, qalbingiz pokiza bo'lishligi kerak. Oshkora ilmlarni narxi kitob, domla, madrasa, mutolaa, takrorlash, yodlash, ekzamen. Narxi shu. U narxni to'lasangiz, bu ilmni natijasi kallangizda qoladi. Qalbga beriladigan maxfiy ilmni narxi pokiza qalb. Pokiza qalb kimda bo'ladi? Pokiza jasad egasida. Jasadingizni xoramdan tozaladingiz, qalbingiz pokiza bo'ldi, bilgan ilmingizga amal qildingiz, endi sizga Alloh Taolo maxfiy ilm deb beradi. Alloh Taolo aytadi, ey bandam, uzoq yillar, ko'p yillar davomida xaloyiqning ko'zi tushadigan joyingni tozalading. Qayerini? Jasadingni tozalading. Mening nazarim tushadigan joyini tozaladingmi?
Alloh taolo sizlarni suratlaringizga, jasadlaringizga qaramaydi, dedilar rasululloh. Sizlarning qalblaringizga va amallaringizga qaraydi. Ya'u vala ya'un faun ma'lu vala banun. Illa man atalloha biqol bin salim. U kun qiyomat kun. Shunday kunki, insonni na moli dunyosi, na balo shaqasi foyda bermaydigan kun. Bu narsalar foyda bermaydi u kunda. U kunda nima foyda beradi? Agar ana shu kungi inson pokiza qalbi bilan kelgan bo'lsa. Qalbini pokiza qilib borgan bo'lsa, shu qalbi unga foyda beradi.
Men namoz o'qimaganimda zato dilim toza, eshitgansizlar a? Lekin bu gapni gapiradiganlar ozayib ketdi, alhamdulillah. Chunki pokiza qalb egasi agar haqiqatdan pokiza bo'lsa, amal qilar edi. Bu ilm, maxfiy ilm, toza jasadlardagi pokiza qalbdagina paydo bo'ladigan ilm. Toza jasad nima edi? Harom yemagan jasad. Ya' asad, atay bmat amaka, takouni mustaja abad dava. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sa'di nabiyu haqqasiga, ey sa'd, taomingizni, luqmingizni pokiling, duosi mustajob odamlardan bo'lasiz dedi. Tushunyapsizlarmi? Duoyingiz mustajob bo'ladigan maqomga yetsangiz, demak, ulug' narsaga erishdingiz. Katta narsa berildi. Endi katta narsaga erishdik uchun katta mehnat qilish kerak. Luqmani halol qilishlik demak oson ish emas ekan, birodarlar. Ma'qulmi? Bismillah deb aytsangizda halol bo'lib qolavermaydi hamma yog'i. Roziman deb bergan bo'lsanglar halol bo'lib bo'lmaydi.
Rozi olib beradi, majbur bo'lgandan, mustor. O'n so'mlik telefonni olib keladi, to'qqiz so'mga olib o'n so'm sotasiz. Bir so'm foyda qilardingiz. Endi bir odam keldi da, pulga muhtojligidan yetti so'mga berishga ham rozi bo'ldi. Besh so'm bersangiz olaman deysiz. Deganda rozi olib berardi. Olib siz o'n so'mga sotasiz. U rozi bo'lib berdi, to'g'rimi? Shu pul halolmi sizga?
U noilojlikdan rozi bo'ldi da u chi. U mustorni savdosi deyiladi. U rozi bo'. Berganda ham xoron bo'ladi sizga. Endi bunaqa xoronni yeb qo'yib turib, savdoda yolg'onni gapirib qo'yib deb, a? Xitoyda narsasini koreyskiyda sotib turib, endi namoz o'qiydi yana u. Maxfiy ilmga, qalb ilmiga erishishligi uchun birodarlar inson riyozatda bo'lishi kerak. Xolis riyozatda. Riyozat nima? Riyozat Allohnı zikri, nafn namoz, qiyomullay, Qur'on tilovati, maxluqotlar xizmatlari. Mana shu ishlarni ulamolar riyozat deydi. Xolis riyoza.
Odamlarni xizmatida turishlik ham riyozatga kiradi. Odamlarga foydali inson bo'lishlik ham riyozotga kiradi. Faqat u odamlarga qilayotgan xizmatingizda Allohni roziligidan boshqa narsani maqsad qilmang. Toza jasad, pokiza qalb, xolis riyozat, oliy himmat, quloq tutishlik, mana shular maxfiy ilmning ayrim shartlari. Payg'ambarimiz aytyaptilar, men amila bima alima. Kim o'rgangan, bilgan ilmiga amal qilsa, avra sohil allohu a'ilma ma'lam ya'lam. Alloh bu menda bilmagan ilmlarni joylab qo'yadi qalbiga.
Istaytubillah, ya ayyu halladina a manu intattaqulloha yasha allakum furqonan va yukaffir ankum sayyi'atikum va yag'fir lakum va allohu dilfath lil avin. O'zi mana shu oyat bizga bir umrlik dars. Ey iymon keltirganlar, agar Allohda taqvo qilsanglar, qo'rqsanglar, har bitta ishinglarda, har bitta ishda, savdoda Allohda qo'rqib, yolg'on gapirmayapsiz. Hech kim ko'rmaganda ko'zingiz harom narsadan, ko'zingizni tiyapsiz. Allohdan rosa kamiga qo'rqitsanglar, har bittasi ishinglarda, nima bor sizlarga?
Yej allakum furqona. Sizlar uchun furqonni beradi. Nima u? Furqon haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat. Alloh nurni beradi. Furqonni ulamolar nur deydi. Ki ana shu furqon bilan Alloh Taolo sizga oqni oqligini ko'rsatadi, qorani qoraligini ko'rsatad.
Ziyofatga keldingiz, o'tirdingiz, oldingizda dasturxon turibdi. Shapsheta tushib qoldi. Qop qorong'u xona bo'ldi. Dasturxondan biror narsani ola olasizmi? Ko'ra olmaysiz a? Bo'lmasam xilma xil yeydigan narsalar turibdi, mevacheyva turibdi, har xil ranglik, har xil shakllik, har xil bir masofada, likopda, vazada, xullas, turibdi. Hali qiyom bor, somsa bor, qaymoq bor. Qo'lingizni uzatgani qo'rqasiz. Nimaga? Biror narsani ontorib yubormay. Qo'limni qiyomga tiqib olmay. Nima uchun qo'rqyapsiz?
Yorug'lik yo'q. Chiroq lop pati yongandan keyin mana hamma narsa ko'rinadi. Xuddi shunga o'xshagandek, agar siz Allohdan taqvo qilsangiz, Alloh sizga furqonni beradi, nurni beradi, uni nurida hamma narsani o'zini rangida ko'rishni boshlaysiz. Nimaga odamlar bir xato ishni qilib, pachag'i chiqib ketganligini ko'rib, boshqalari ibrat olmasdan o'sha ishni takrorlayveradi.
Ko'rmas, jinni emas. Bir odam zulm qildi, mansabdor edi yoki qandaydir qo'lida quvvatib bor edi, zulm qildi odamlarga. Haligi odam bir yil, ikki yil o'tgandan keyin halok bo'ldi. Vayron bo'ldi dunyoda. Endi uni orqasidan shu mansabga o'tirayotgan odam ko'rib turib shu ishni, yana qilaveradi. Nimaga qilyapti uni, bilasizmi? Mana shu furqon yo'q. Mana shu nur yo'q. Alloh bergan nur bo'lganida, to'xta, mana bu mana bu mana bu ishni qiluvdi, oqibati manaqa bo'ldi. Mana bu odam manda manda qiluvdi, oxabati bunday bo'ldi. Shuni qilmang der edi. Lekin u nimaga shu gapni aytib, o'zini bu ishdan to'xtatmayapti? Nima yo'q? Endi tushunyapsizlarmi nimaga odamlar o'tgan safar bosib turib tarag'ni bosuvdi, yer tarag'ni. Sopkali peshonasiga urdi. Dars olish kerak u inson. Keyin yana xuddi o'sha taroqni kelib bosaveradi, yer taroqni peshonasiga kaltak yeyaveradi.
Nimaga bosyapti har safar? Alloh unga mana shu nurni bermadi. O'shaning uchun odamlarda bitta xatoni qilib turib, pachagi chiqdi. Keyin yana shu ishni qilayotganini ko'rib turib, hayron bo'lmanglar. Alloh unga shu nurni bermadi. Uni ko'zi ochilmadi. Ey iymon keltirganlar, agar sizlar Allohdan qo'rqsanglar, sizlarga furqonni beradi. Haq bilan, nohaq narsani ajratadigan ilmni, nurni beradi. Bizda shu nur bormi, yo'qmi?
Bizda shu nur bor mi, yo'qmi. Dada, bunaqa sotaylik, uch yuz turasiz ekan ishi. Baland bo'lmaydi deydi. Xoram bu deydi. Dada, mana qilaylik. Qo'y bolam deydi. Haligi bola ko'r da hali nuri yo'q. U dadani uje nuri peshonasida ko'zi ochilib qolgan. Kaltak yorib, kaltak yorilib, Alloh Taolo nurda ochib qolgan. Qo'y balam deydi, qima deydi. Onani qarang yuribdi yu, onani qarang, yuribdi. Teq qo'y deydi. Ko'rasan deydi. Oradan besh olti yil o'tgandan keyin nima deydi?
Yigirma ga kirgan bola sal ko'cha ko'yga ahli yetib qoldi, pul topishga ahli yetib bo'ldi da. Dada manaqa qilib biznes qilaylik deydi. Bolam qo'y deydi. Manaqa qilaylik, bolam qo'yni deydi. Xullas onasiga kelib aytadi, dadam hech narsaga ahli yetmaydi deydi. Yuragi ham yo'q, farosati ham yo'q deydi. O'ttiz ga kiradi hali yigit.
O'ttizga kirib o'n yil yana oshni yashadi da. Dadasini aytgan ba'zi narsalarni hayotda ko'rishni boshladi. E, dadamni ham ahli yetar ekan bu narsalarga, deydi. Endi qirq ga kiradi bu yigit. Yigirma yil yashadi. Yigirma o'shandan keyin. Qarasa dadasini hamma aytgan gaplari to'g'ri chiqdi. E, dadam hamma yoqni bilarkan, deganda dadasi o'lib qolgan bo'lar ekan uje.
Chunki otasi hayot degan darsxonadan dars olib, o'sha nurga ega bo'lib qolgan edi da. Bu furqon degan ilmni ulamolar ba'zida nur deyishadi. Ba'zida bosirod deyishadi. Va'zida ilhom deyishadi. Bazida hikmat deyishadi. Qo'yingki, taqvo qilsangiz, bilgan ilmingizga amal qilsangiz, Alloh Taolo sizga bilmagan ilmingizni o'rgatadi deyapti. Agar taqvo qilsak, bilgan ilmingizga amal qilsangiz, Alloh Taolo sizga furqonni beradi. Furqon nima ekan? Nur. Basirot, ma'rifat, ilhom, hikmat.
Ma'rifat,ilhom, basirot, hikmat, nur, bularni bari alloh taoliboyaga oyatda va'da qilgan furqon deyiladi. Ilm kasbiy bo'ladi yoki ishroqiy bo'ladi. Kasbiy ilmning narxi bu kitob, domla, madrasa, mudorasa, takrorlash, yodlash, ekzamini topshirishlik. Ishroqiy ilmchi, ishroqiy bilimning narxi nima?
Mana shu darsimizda shuni suhbat qilmoqchimiz, birodarlar. Agar seni birodar qalbingda gina kudurat turgan bo'lsa, hasab bo'lsa, kibr bo'lsa, bunaqa qalbga Alloh Taolo o'zini bu nurini ato qilmaydi. Bunaqa qalbga Alloh Taolo hech qachon nazar solmaydi, tajalli qilmaydi. Bunday qalb egasiga Allohning tuhfasi berilmaydi.
Qalbing Robning uyi bo'lishi uchun uni tozala. Agar ana shu nurga ega bo'lishni xohlaydigan bo'lsang, qalbingni pokiza qil. Jasad toza bo'lsin, rizqing halol bo'lsin, luqming toza bo'lsun. Agar kasbing halol bo'lsa, jasading toza bo'lsa, nafl amallari bilan mashg'ul bo'l.
Kasbingiz halol bo'ldi, jasadingiz toza bo'ldi, qalbingiz toza bo'ladi, endi nafl amallarni ko'paytiring. An abiy xurarrat roziyallohu taalani hu, anna rasulullohi sollallohu alayhi vasallam aqol, qol allohu ta'ala. Man a'dali valiyan faqod adan tohu bil harf. Hadisi quddusiy. Kim menga do'st bo'lgan bandamga dushmanlik qilsa, taqiq men u odamga urush e'lon qilaman. Olimlar, Allohning valiylarimi, valiylar emasmi?
Olimlarni g'iybat qilmanglar. Olimlarni go'shtini yemanglar. Ilmli odamlar haqida yomon gapirmanglar. Gapirsanglar yaxshi gapiringlar, bo'lmasam umuman gapirmanglar. Kim mening do'stimga deyapti Alloh Taolo. Adovat qilsa, taqiq bu odamga qarshi men urush e'lon qilaman. Va men taqorrobo ilayya abdi vishayin ahabbo ilayya min maftarot tuho aliy.
Menda menga, men unga farz qilgan amallarni qilgandek boshqa amallar bilan yaqin bo'la olmaydi. Ya'ni Alloh Taologa mahvib bo'lishlikni, Allohga yaqin bo'lishlik uchun birinchi navbatda farzlarni bajarishlik kerak. Valay yaza ala abdu yataqor robi ilaya bin navofil hatta uhibba. Banda nafl amallarda qilib menga yaqinlashib kelaveradi, nafl amallarda yaqinlashilib kelaveradi, to shu bandani yaxshi ko'rib qolaman. Nafl amalda ko'p qilgan bandani Alloh yaxshi ko'raman deyapti. Endi yaxshi ko'rib qolsa nima bo'ladi? Fayda ahbob duhu. Agar shu bandani ya xsh ko'rib qolsam, kun tu'sa mahulla deyas ma'ubiyhi. Shu bandaning eshitadigan qulog'i o'zim bo'laman. Va bosorixullat yubilsa u bixiy. Shu banda ko'radigan ko'zi men bo'laman. Voyada xullati ya butun shubi ha. Shu banda ushlaydigan, ishlatadigan qo'li men bo'laman va rishla xullati ya mshibi ha. Shu banda yuradigan oyog'i men bo'laman. Nima degani bu? Alloh yomon ko'rgan narsani ko'zi yomon ko'radigan bo'lib qoladi. Allohga yoqmaydigan so'zlarni qulog'i eshitishni xohlamay qoladi. Ollohga yoqmagan narsani qilmaydi qo'li bilan, Ollohga yoqmagan joyga bormaydi oyog'i bilan. Endi shu ishlarni qilsa, yaxshi ko'rib qolsam, nima bo'ladi?
Voy in saalaningla o'tiganni. Agar shu bandan mendan so'rasa, aniq ato qilaman. Voy inista adabiy avtugu. Agar panoh tilasa mendan, albatta panoh beraman. Tushunarlimi? Nafl amallarida ko'p qilishlik Ollohning muhabbatiga sabab. Sunnatni ko'proq oyinglar birodarlar. Nafl bo'lgan zikrlarni ko'proq aytib yuraylik birodarlar. Bu Olloh Taoloni siz bilan bizga bo'lgan muhabbatini kelishiga sabab bo'ladi. Endi Olloh sizni yaxshi ko'rib qoladigan bo'lsa, siz ikki dunyoda yutdingiz.
Ma'rifat, ilhom, bosiroq, hikmat, nur deb atalgan ilmga, furqonga yetishga xalismisan? Unday bo'lsa narxini to'la. Uni narxi nima ekan? Toza jasad, pokiza qalb. Harom xarishdan, harom luqmalardan toza bo'lgan jasad, gina kudurat, hasad, adovat degan kasallardan pokiza qalb! Assalomu alaykum va rahmat.