MMaviza
IxlosTekshirilgan21 daq

30.07.2021 12-QISM / ILM MANZILATI / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ILM MANZILATI / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
21:17

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalotu vassalamu ala shirofil mursalin. Va ala alihi va asfavihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Tazkiyatun nafs, nafsni poklashlik darslaridan yangi mavzuni boshlaymiz, ilm manzilati.

Albatta, bu eng oliy manzilat. Ilm manziloti haqidagi darslar bo'ladilar. Alloh azza va jala bandalarga turli ne'matlarni ato qildi. Sog'lik, boylik, mansab, farzandlar, kuch quvvat. Albatta bular Alloh Taoloning ulkan in'omlari. Qur'oni Karim insonlarni qadr qiymatini belgilashlikda biz aytib o'tgan bu dunyo matohlarini birontasiga e'tibor qilmadi, suyanmadi. Bir bandani ikkinchi bandadan martabasi balandligini iymon bilan, ilm bilan, amal bilan belgiladi.

Istadibilla. Amman huva qoniy tun'a na allayli sajidan va qo iman yahdarul axirota va yarju rahmatarobbi qul hal yastavilladina ya'lamuna valladina la ya'lamun innama yetadakkara ulul albabi. Mana robbimiz Subhanah va Taoloning nazdida qaysi banda boshqalardan afzal? Nimasi bilan bir banda boshqa bandalardan afzal bo'ladi?

Yoki kechalari sajda qilgan va qiyomda tik turgan holda toat ibodat qilguvchi, oxiratdan qo'rqadigan va Parvardigorining rahmatidan, marhamatidan umid qiladigan kishi bilan kufr isyonga g'arq bo'lgan kimsa barobar bo'lurmi? Ayting, biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi? Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand nasihat oludilar. Biladigan zotilar bilan bilmaydegan kimsalar barobol bo'lurmi. Hargiz barobar bo'lsin. Albatta ilm martabasi, birodarlar, eng oliy martaba. Iymon yo'lga yurgan har bitta banda mana shu qo'ygan qadami ilmga asoslangan bo'lishligi kerak. Agar mana shu haqqa qadam bosib ketayotgan odamni birinchi qadamidan oxirgi qadamigacha unga ilm hamroh bo'lmaydigan bo'lsa, birodarlar, bu odam to'g'ri yo'lda sobit tura olmaydi. Chunki ilm insonni to'g'rilab turadi. Chunki odam bolasi borki, xato qiladi. Toyilib ketishi bor, unga so'l yog'ib ketishi bor. U to'g'ri ketyapman deb o'ylaveradi. Agar ilm bo'lmasa, og'ib ketganligini sezmay qoladi.

Allohni roziligiga to'g'ri olib boradigan yagona yo'l bu ilm yo'li. Alloh azza va jalla Muhammad alayhissalomga xitob qilib shunday deydi. Astaydubillah. Fata'al allohni malikul haq. Bola ta'jal bil quran ming qobli an yuqudu ilayka vah yuh va qur robbi zidni ilma. Haq podshoh Alloh yuksakdir. Ey Muhammad alayhi assalom. Sizga Qur'on vahyi bitishidan ilgari qaror qilishga shoshmang.

Va ayting, Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin. Qur'onda bittagina oyat bor, Alloh Taolo ziyoda qilgan degan oyat. Ya'ni bandaga Alloh Taolo mana shu narsamni ziyoda qilib ber deb so'ragan bitta narsa ilm. Bironta bir o'rinda Parvardigor umrimni ziyoda qilgin, pulimni ziyoda qilsin, mansabimni, quvvatimni ziyoda qilgin degan chaqiriq yo'q Qur'onda. Faqatgina vo qur robbi zidni inna.

Ey bandalarim, Parvardigor ilmimni ziyoda kilgin deb so'raylar deyapti. Qolgan narsani ziyoda qil deb so'radigan emas Alloh Taolo. Shunday qilsak bo'ladi, ilm qanchalar ulug'mard avval. Imomul Junayid aytadi. Allohga olib boradigan yo'llarning hammasi haloyiq uchun to'silgan, faqat Rasulullohning yo'liga ergashgan insonlar uchun ochiq. Ya'ni Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning yo'lini ushlabdimi? Bu odam har qancha aqlli bo'lsin, har qancha chiranmasin, Rasulullohning yo'lini ushlamagan odam Alloh Taoloning eshigini oldiga yo'lni topa olmaydi.

Qo'limizda birodarlar Kitob va Sunnat turibdi. Mana shu ikkita narsa siz bilan bizni dinimizni manhaji. Siz bilan bizning hayotimizdagi dastur. Qilayotgan ishlarimizni mana shu ikkita nasa bilan, Kitobu Sunnat bilan o'lchashimiz kerak. Chunki inson hozir aytdik, qilayotgan eshigini to'g'ri deb qilaveradi, qilaveradi, og'ib ketganini bilmay qoladi, agar ilmi bo'lmaydigan bo'lsa.

Ilm uning yo'lini to'g'irlab turmasa, adashib ketishligida shubha yo'q. Chunki nafsi bor. Shaytoni bor, dunyoni fitnasi bor. Agar oxirating haqida g'am qilsang birodar, abadiy saodatni, najotni g'amida yurgan bo'lsang, amallaringni Kitobu Sunnat bilan to'g'rila. Endi Kitobu Sunnat bo'lani to'g'rilashlik uchun avval u Kitobu Sunnat ilmidan xabardor bo'lishi kerak.

Kitob sunnatni o'zimizga andoza qilib, o'lchov qilib olishimiz uchun avvalambor ularni o'rganishimiz kerak. Chunki kallangizga kelgan har bitta fikr to'g'ri bo'lavermaydi. O'zingizga kelgan har bir fikr Kitob sunnatga tushavermaydi. Aqlingizni ham, fikringizni ham mana shu ikkita narsa bilan to'g'rilab olishingiz kerak, Kitob sunnat bilan. Mana Alloh Taolo siz bilan bizni tavba qilishga buyurgan.

O'zi tavba qilish uchun ham ilm kerak. Nima uchun? Qilgan ishingizni gunoh ekanligini bilsangiz keyin tavba qilasiz da. Qilayotgan ishingiznigunoh ekanligini bildingiz, tavba qilasangiz. Agar gunoh deb bilmasangiz, nimaga tavba qilas? Demak, tavba qilishlikning birinchi bosqichi, birinchi qadami nima ekan? Ilm. Akalar, ilm bo'lmasa, musiba. Odam halol bilan haromni farqiga borsin. Nima mumkin, nima mumkin emas, bilsin. To'g'ri va noto'g'ri degan narsalarni ajratib olsin.

Shunda nimani qabul qilish kerak, nimani qabul qimaslik kerak? Shunda farqiga boradi. Ulamolar aytishadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtidor qilmasdan har bitta qilgan ishing, bu seni havoyi xohishing, havoyi nafsing. Yo Rasulullohni sunnati bilan, u zotni bergan ilmi bilan birga bo'lasan, yoki havoyi nafsinga bilan. Uchinchi yo'l yo'q.

Aytiladi, sunnatga ergashilmasdan qilingan har bitta amal botil bo'ladi. Demak, sunnatni bilishlik kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siyratlarini o'rganishlik kerak bo'ladi. Modomiki, payg'ambar bizni qilgan har bitta ishi, bizga shariat ekan, har bitta buyrug'i, qaytarg'i shariat ekan,har bitta bir fe'li, so'zi shariat ekan, u zotni sunnatini o'rganishiimiz kerak. Siyratini o'rganishingiz kerak.

O'tirib ko'rishdik, sunnatmi? Yoki tikka turib ko'rishlik, sunnatmi? Bizga o'tirib ko'ishlik, sunnat degan xabar keldi. Demak, majlisda o'tirganimizda bir oy keladi, o'tirib ko'tirishdik. Sunnatga amal qildik. Yaxshi. Endi jo'ralar o'tiribmiz, yigirma ga kirgan, yigirma besh ga kirgan yigitlar. Kelinglar yigitlar deb duo berganda dadangiz kirdi.

Yigirma ikki degan bolalar, keling hoji aka deb turib o'tiriblar ko'rishishyapti. Haligi oqsoqol hamma bilan ko'rishib chiqib, o'tirib duo berib chiqib ketdi. Chiqib nima deydi? Nima deydi? Jo'ralaring beadob ekan deydi. Ey dada, sunnat bu deydi. Ey bolam, beadoblik sunnatmi deydi. Turib ko'rishay desa, tarki sunnat bo'lib qoladi. O'tirib ko'rishak desa, beadabli bo'lyapti. Savol. Nima? Sunnat. Beadablikmi?

Yo'q, beadablik emas. Ayni odob sunnat. Sunnat bu odob, odob bu sunnat. Siz Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning bitta hadisini eshitdingiz. Endi Payg'ambar alayhi vasallomni shu masalada aytgan boshqa hadisi ham bor, uni bilmaysiz. Rasulullohning hayotida bir mavqif bor, voqea bor, uni bilmysiz. Tushunyapsizmi? Bitta hadisda yoki bitta narsani eshitib olib turib, shu bilan to'xtalgan odam muammoga kirib qolishi mumkin. Va anavi Qurayzaning ustidan hukm chiqarishlik uchun, Rasululloh Masjidun Nabaviyda jarohatlanib yotgan Sa'dimni muvozanatni olib keltirdilar.

Bu ulug' sohiba ana shu ulovga minishga yaramagan edi, jarohati tufayli naslga ega solib bizni tilda, shu eshikni ustiga qo'yib olib kelishdi. Hamma ansonlar o'tirishganida, Rasululloh Saadimni mos kelganida, qum u li sayyidi i qumikum dedilar. Qavmingizni sayidi uchun turiloninglardan. Ha. Turish ham sunnat ekana.

Kelgan odamning hurmati, e'tibori, mavqefiga munosib muomala qilib turishlik ham sunnat ekan. Demak, siz faqatgina o'tirib ko'rishlik sunnat degan gapni eshitib turib, ikkinchi sunnatdan xabaringiz bo'lmasa, beadablida qilib turib sunnatga amal qilyapman deysiz. Mana shu narsani ilm deyiladi, birodarlar. Shuning uchun birodarlar ilm, bu siz bilan biz bilganlar narsa emas. Ilm, biz o'sha, biz o'rgangan narsa ilmni deylik bir foizidir, yarim foizidir aytaylikki, meni bilganimdan ko'ra bilmaganim ko'proq.

Endi bu sunnatni bir tomonini ushlashlikka misolda, o'tirib ko'rishlik ham sunnat ekan, turib ko'rish ham sunnat ekan. An zilin nasa mana zilaxum deganlar Rasululloh boshqa hadislarida, odamlarni o'zlariga loyi bo'lgan joyga o'tkazinglar. Ya'ni odamlarda o'ziga yarasha muomala qilinglar degani. Masalan, yurtning rahbari keldi. Qavmni bir peshvosi ulug'i keldi. Mana shu qishloqning oqsoqoli keldi. Oqsoqol yuring oldiga.

Sahobalar Alloh bilan qanday muomalada bo'lishgan? Husni odobda, haybat va davomiy muroqibada. Muhammad alayhissalom bilan qanday ma'lumotlarda bo'lishgan? Sunnatni ushlash va ilmni o'zlariga lozim tutish bilan. Allohning avliyosi bilan qanday masalada bo'lishkan? Ularga xizmat qilish bilan, ularni hurmat qilish bilan ma'mala qilib turishgan. O'zining oilalari bilan qanday mashg'ulotlarda bo'lishkan sahobalar? Go'zal xulq bilan, husniy muomala bilan.

Birodarlari bilan qanday muomalada bo'lishgan? Ochiq yuz bilan, basho shab bilan. Johillar bilan qanday ma'lumotda bo'lishgan? Ularga rahmli bo'lish bilan, duo bilan. Shuning uchun kimlardir g'iybat qilsa, kimdir nojoya muomalani qiladigan bo'lsa, Allohni tanigan odam ularni qarg'amasdan, ularga bir rahmdil bo'lib, ularga rahmi kelib, haqqiga duo qilib qo'yishlik kerak. Parvardigan insof bergin bularga ham deb.

Sahobalar o'zlarining nafsi bilan qanaqa muomalada bo'lishgan? Nafsiga muxolif bo'lishgan. Nafsi xohlayotgan ishni teskarisini qilishgan. Shayton bilan qanaqaligi muomalada bo'shgan? Shaytonni o'zlariga dushman deb bilishgan. Yana aytiladi, kim o'zining nafsiga so'zida, fe'lida sunnatni amir qilib olsa, so'zi hikmatli bo'ladi. Kim o'zini nafsiga havosini amir qilib olsa. Bid'atni gapiradi. Astaydu billa. Qul atiyullohu va atiyur rasul. Fain tavallav, fainna ma'alihima xummila va alaykum ma'hum miltun. Va in to'tig'uhu taxtaduh va ma'alar rasuli illal balag'ul mubin. Ayting. Allohga bo'yin suyningiz va payg'ambarga bo'yin suyingiz. Endi agar yuz o'girsangizlar, bas, payg'ambar zimmasida o'ziga yuklangan narsa bordir. Sizlarning zimmangizda esa, o'zlaringizga yuklangan narsada payg'ambariga bo'yin sinish bordir. Agar unga bo'yin sinsangiz, hidoyat topursiz. Agar payg'ambargar bo'yin suysanglar, keyin hidoyat topasizlar.

Payg'ambar zimmasida faqatgina yetkazib qo'yishlik bor. Oyatning dalolati qat'ai. In tuti ruhu taxtadu. Agar unga itoat qilsanglar, bo'yin surunsanglar, shunda to'g'ri yo'lda bo'lasizlar. Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga. Yana aytiladi, ilm boshliqdir. Xavf esa yo'llovchidir. Ilm boshlaydi, xavf sizni yo'lda edi. Nafs mana shu ikkitasini o'rtasida qaysarlik qiladi. Nafs qaysar narsa bo'ladi? Aldaydigan bo'ladi, itoatsiz bo'ladi. Undan ehtiyot bo'lishlik kerak.

Agar insonning ilmi Allohga yetaklasa, Alloh bu bandani musibatlardan saqlab qo'yadi. Chunki Robbimiz Subhanah va Taolo aytyaptiki, ustinglarga nima musibat kelsa, bu o'zinglar qilgan ish tupagini yetadi dedi. Mana buni bildingiz siz, shu ilmdan xabardor bo'ldingiz. Demak, nima xato bo'lsa sizdan, shunga musibat kelar ekan. Endi mana shu ilmingiz sizni shu xatoni qilmaslikka olib boradi, binobarin Alloh tomonidan musibat kelmasligiga sabab bo'ladi. Allohni sizga tanitadigan ilm, ustingizga keladigan musibatlarni daf qiladi.

Agar insonning ilmi Allohga yetaklamasa, Allohdan qo'rqishlikka olib bormasa, Alloh Taolo bu bandani ustiga musibatlarni yuboradi. Nima uchun? Nima uchun musibat? Allohga kerakmi musibat yuborish? Yo'q. Bu bandani Alloh Taolo o'zini eshigini oldiga olib kelishligi uchun. Solih bo'lgan, qo'lidan kelganicha taqvoda qilayotgan, xatolardan uzoq bo'layotgan bir mo'min bandaga musibat kelsa, bu bitta bir holat. Gunoh mas'uliyatga botib ketgan bitta banda ustiga musibat kelsa, ikkinchi holat.

Birinchi holatda Alloh solih bo'lsa ham Alloh ustiga musibat bergan bo'lsa, bu uning darajasini ko'tarishligi uchun berildi. Ikkinchi holatda fosiq fojir bo'lib turganda ustiga musibat kesa, Alloh bu bandani o'zini eshigiga qaytarishligi uchuna berdi. Ikkala holatda ham musibat, iymoni bor mo'min odam uchun foyda bo'lyapti.

Bittasini gunohdan to'xtalishiga, ikkinchisini darajasini ko'tarilishiga. Qarang endi, Payg'ambarimiz aytganlaridek, ajabali amri ilm omin deydilar Rasululloh. Mo'minning ishiga hayronman. Yaxshilik kelsa ham uni foydasiga, yomonlik kelsa ham uni foydaasiga. Yaxshilik kelsa shukur keltiradi, Alloh rozi bo'ladi. Musibat kelsa sabr qiladi, unda ham Alloh rozi bo'lladi. Bu faqat mo'minga berilgan razryad.

Demak siz Allohni eshigiga, iymoningizdan, Allohga bo'lgan muhabbatingizdan kelib chiqib yaqin kelasiz, yoki Alloh tomonidan berilgan musibat tufayli Allohni eshigi qaytasiz. Allohga muhabbatingizdann kelib chiqib turib, Allohni eshiga yaqin kelas siz, ixtiyoringiz bilan. Yoki Alloh tomondan kelgan balo tufayli majbur kelasiz Allohni esh igiga. Qaysinisining martabasi balandroq? Birinchisimi? Biz qaysi bilan keldik? Qaysi yo'l bilan keldik. Ixtiyorimiz bilanmi? Ixtiyoringiz bilan kelganligingiz birodar, bilib qo'ying. Juda ko'p balolarni ustingizga kelishingizda to'sib turibdi.

O'shaning uchun aytyapti va men asobaku min musibating, fabima kasabat aydiku va ya afvang katir. Nima musibat kelsa, o'zingni qilgan ishing tupeli keldi, ya'ni men ko'pini kechirib turaman. O'nta xato bo'luvdi, bittasiga Alloh jazo berdi. Shu bilan o'n tani yubordi. Agar har bittasiga yuborganda musibatda, avariya bo'lib ketib, tirik qoldi, esini yig'madi, bir dardni berdi Alloh Taolo, yana qaytardi, esini yig'madi, bular baribir signal edi. Lekin nima qilmadi uni? Tushunmadi.

Allohga muhabbating, iymoning sababli kelganing qayoqdayu, musibat sababligiga yaqin kelganing qayo'qda. Ulamolar aytishadi, Allohning shifoxonasida, Alloh Taoloning aptekasida dorilar juda ham ko'p. O'sha dori achchiq bo'ladi. Lekin ichishlik kerak, kasaldan qutulishlik uchun.

Shuning uchun Alloh Taolo siz bilan bizga mana shunday bir musibatni bersa, bu bir achchiq doriga o'xsharkanki, o'shani ichsak, tuzalamiz. Millionlagan sabab tufayli insonni hayoti jahimga aylanib ketishi mumkin. Shuning uchun agar insonning ilmi shu insonni Alloh tomonga yetaklasa, Alloh bu bandasini qalbiga sakinatni ato qiladi.

Yaxshilik kelganda ham xotirjam qalbi, musibat kelganda ham xatirjam qalbi. Gunohlarimga kafforat bo'ldi. Buni bir hikmati bor. Bu ish bejiz bo'lmadi. O'zimdan bir o'tib qoldi da deydi da, o'shanda ham xotirjam. Chunki gunohlarga nima bo'ldi? Kafforat bo'ldi. Ilm. Ilm tufayli birodarlar inson o'zini adashganini anglaydi, johilligini anglaydi. Shunda allohdan qo'rqadi va mana shu qo'rquvi allohni dargohiga yetalab keladi.

Ilm ikki xil bo'ladi. Alloh Subhanahu va Taoloning o'zidan olingan ilm, maxluqotlardan olingan ilm. Biz barhayot hay bo'lgan abadiy hay bo'lgan, Xoliq Subhanah va Taolodan ilm olamiz. Endi Allohga iymon keltirmaganlar o'zlariga o'xshagan odamlardan ilm oladi. Odamlarning ilmlari bir birlaridan bo'ladi. Biz Allohda olamiz ilmni.

Bu koinot haqida birodarlar dunyo hayotini nima ekanligi haqida odamlar ham fikrlarini bildirib gapirgan. Bu dunyo hayoti deb turib filosoflar bor. Allomalar, donishmandlar bor. Dunyo hayotining nima ekanligi haqida odamlarni gapirgan gaplari ham bor. Endi mana shu dunyo hayotini yaratgan Alloh Taoloni ham gapirgan gapi bor. Dunyo hayoti nima ekanligini odamlarni gaplarini o'rganamizmi? Yoki shu dunyoni yaratgan Allohni gapidanmi?

Yana kimdir aytishi mumkin. Kitobi sunnat turganda boshqa narsani nima qilaman? To'g'ridan to'g'ri ikkalasini olib ketaveraman. Birodar, agar sen kitob u sunnat ma'rifatiga, ilmiga beparvo bo'ladigan bo'lsang, sen g'irt johil odam ekansan. Kitob u sunnat turganda qolgan narsani nima qilaman dey ekan bo'lsang, bu ilmni nimaligini tushunmabsan. Sen aytayotgan so'zing g'irt johili so'z. Sen bilan menga Rasulullohning hadislarni yetkazib bergan insonlar, olimlar bo'lmaganida, sunnatni nimaligini qayerdan bilar edik?

Rasulullohning qilgan ibodatlari, ulamolar ana shu ibodatlarni siz bilan bizga naql qilib bermaganida, qayerdan olar edik? Tushundinglarmi? Kitobi sunnatni o'zi yetadi deyotgan odam g'irt johilni so'zini aytyapti. Sen epla olmaysan kitobi sunnatda o'zini ushlab amal qilib ketgani. Men bu ilmlarni o'rganmayman. Sababi meni qalbim toza, Qur'on bilan hadis turibdi, shu bilan ketaveraman. Adashasan birodar. Adashasan. Nodomiki sen Allohni roziligini xohlarkansan, Allohni dinida haqqi yo'qda turishingni xohlarkansan. Allohni shariatida mahkam turishni xohlarkanssan, Qur'on va Sunnatni siz bilan bizga ta'lim bergan shariy ilmlarni ham mahkam ushlashligimiz kerak. Ulamolarni yo'lini ushlashlik kerak. Agar mana shu Qur'onni qanday tushunish kerakligini o'rgatadigan odamni qabul qilmasang, Sunnatni nima ekanligini senga o'rgatayotgan olimlarni gapini chekkaga suradigan bo'lsang, nima bilan qolasan, bilasanmi? Nafsing bilan qolasan.

Havoying bilan qolasin, falsafeng bilan qolasan , fikring bilan qolasan . Bu holatda aniq adashasan. Mana hozir sizlarga men o'tirib salom berishlik bilan turib salom berishligida aytdim a? Agar siz tikka turib ko'rishlik ham Sunnat ekanligini bilmasangiz, o'tirib ko'rishligingiz Sunnat desangiz, shu Sunnatni sizga o'rgatadigan ulamolarni inkor qilsangiz, hadis oid yetadi deydigan bo'lsangiz, tushunyapsizmi qanaqa xatarga kirib qolasiz?

Alloh Taolo aytadi, siddiq billa fa dalikumullohu robbukumul haq, fa mada ba'dal haqqi illat dalal, fan na tus rofun. Bas. Mana shu Alloh haqiqiy parvardigoringizdir. Haqiqatdan keyin esa faqatgina yo'ldan ozishlik bor. Aqo'li qovli ha davos ta'firullohu alaykum assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va birakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish