MMaviza
IxlosTekshirilgan21 daq

05.07.2021 11-QISM IXLOS / ABDULLOH DOMLA / NAFSNI POKLASH / IXLOS / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
21:07

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Mabodo. Assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barakatuh. Bismillahir rohmatir rohim. Kishini axloqi oliy bo'lishi mumkin. Hamma rozi bo'layotgan go'zal xulqi bo'lishi mumkun. Tahajjudi bo'lishi mumken. Namozi bor, zikri bor, solih hammalari bor. Allohga qilayotgan bir chiroyli da'vatlari bor. Agar mana shu fazilatlarni barchasini inson allohning fazli demasdan, bu o'zimni qilgan mehnatimning samarasi deydigan bo'lsa, bu odamda ixlosni zaif ekanligi ko'rinadi. Kechagi darsimiz oxirida aytdik, agar alloh taolo senga o'zini fazlini izhor qilmoqchi bo'lsa, shu fazlini yaratib turib senga nasib qilib qo'yadi. Shuning uchun bizda nima xayriyat, nima yaxshilik bo'lsa, buni Allohning fazli deyishimiz kerak bo'ladi.

Valavla fablullohi alaykum va rahmatuhu ma zakamin kun min ahadin abadin valakin nalloh yuzaki man yasha. Agar sizlarga Allohning fazli marhamati bo'lmasa edi, sizlardan biron kishi biron gunohdan pok bo'la olmas edi. Lekin Alloh fazli marhamati bilan o'zi xohlagan kishilarni poklar. Biz gunohdan istig'for aytayotganimiz o'zi Allohni bizga bergan fazli. Biz qilgan ishimizni gunoh ekanligini bilayotganligimiz ham Allohni fazli. Alloh taologa yolvorib, gunohimni kechir deyotganligimiz ham Allohni fazli. Chunki agar Alloh fazl ko'rsatmasa, gunohni gunohligini ko'rmaymiz. Qilgan xatoyimizni xato ekanligini ko'rmaymiz. Bor odamlar, nima bo'libdi qilsam deydi. O'zim pulimga qilyapman bu ishni deydi. Allohni fazli bo'lganligi uchun biz gunohni gunoh deb bilamiz, savobni savob deb bilamiz.

Istadvillar. Valaakin alloha hababa ilaykumul iyman va zayyanahufi qulubikum va karroha ilaykumul kufra va fosuqa va la'l asian, ula aka humur roshidun. Mana hozir aytdik, agar Alloh bizni ko'zimizga gunohni xunuk ekanligini ko'rsatib qo'ymasa, gunohni xunik narsa ekanligini bilmaymiz. Lekin Alloh sizlarga iymonni suyukli qildi va uni dillaringizga chiroyli qilib ko'rsatdi, hamda sizlarga kufrni va itoatsizlikni hamda isyonni yomon ko'rsatib qo'ydi.

Savobli ishlar ko'zimizga chiroyli bo'ldi, Alloh chiroyli qilibko'rsatgani uchun. Isyon, gunoh, ma'siyat yomon amal ekanligini ko'rdik, Alloh ko'rsatgani uzun. Va illo biz o'zimiz hech ham bu narsani ajrata olmagan bo'lar edik. Alloh azza va jalla bir bandaga bir amal qilishlikka tavfiq berdi. Shu amalni Alloh qildi. Faqat shu bandani qo'li bilan qildi. Agar shu solih amalni qilgan banda men qildim desa, bu odam albatta adashadi bir odamlar. Masalan, bir odamni ovozi chiroylik. Bir odamni surati chiroylik. Bir otamni zehni boshqacha zo'r. Bir odam tug'ilishidan jismonan baquvvat. Bu odamlarni birontasi shu fazilatlarga ega bo'lishlikka mehnat qilgani yo'q. Alloh shunday hadya qilib berib qo'ydi.

Tushunarlimi? Chiroyli bo'lib yaraldingiz. Sizni fazilatingiz emas bu. Alloh chiroyli qilib bir ovozni berdi. Yo bir boyni bolasi bo'lib tug'ildingiz. Siz hech narsa qilganingiz yo'q. O'shaning uchun qaytarib aytyapmiz, takror aytyapmiz. Sizda nima xayriyat bo'lsa, bu Allohning fazli deb biling. Kishini ixlosini zaiflashtirib tashlaydigan bir kasal bor. Kishining ixlosini za iflashtirib tasha degan bir narsa bor, bir kasal bor. Nima u?

Banda qilgan amaliga Allohdan mukofotni talab qilishi. Qilgan savob amalingizga Alloh Taolodan mukofotni talab qilishingiz. Parvardigor, men namozni o'qidim, endi so'raganimni ber. Parvardigor, mening pul sarflab hajga umraga bordim, endi so'raganimni ber! Mukofot qani? Nimaga bermayapsan?

Bir savobli ish qilib turib orqasidan so'raymiz a? Lekin bu so'rayotganimiz Allohning fazlidan bo'lsin. Nima degani? Alloh taoloni rozi qiladigan ishni qildik. Orqasidan duo qilyotib, namoz o'qiganim uchun ber, mas, ro'za tutganim uchun ber mas, fazli marhamatingdan ber.

Agar Alloh taolo siz bilan bizga bergan ne'matlarni sanasak, adog'iga yeta olmaymiz. Besh yuz yil faqat ibodat bilan yashagan tog'da cho'qqisida rohib, tog'da yashagan. Oldida bulog'i bo'lgan. Onor bo'lgan daraxtni. Kunda bitta onor pishgan, onorni yeb faqat ibodat qilgan besh yuz yil. Alloh taolo qiyomat bo'lib u bandasini jannatga seni o'zimni rahmatim bilan kiritaymi, qilgan amaling bilanmi? Dedi. Hali menda gunoh qilmagan besh yuz yel. Parvardigor amalim bilan kirit dedi. Malakalar hisoblashdi. Besh yuz ellik ibodatini o'lchashganida bitta ko'zini shukurini ado qilishlikka kifoya qilmadi. Do'zaxga ketadigan bo'ldi. Shunda dot dedi haligi rohib, parvardigor, meni rahmating bilan kirit deb.

Shuning uchun o'ttiz kun ro'za tutib turib, ro'za tutganingizni pesh qilib so'ramang. Zakot berib qo'yib turib, zakot berganingizni peshi qilib so'ramay. Balki so'rang, parvardigor, o'zingni fazli marhamatingdan. Fazli marhamatingdan ber deylik. Agar qilgan amalimizga mukofot talab qilsak, bu ixlosimizni pasaytirib, susaytirib yuboradigan amal ekan.

Buni misol bilan tushuntiramiz. Ahmad ismli bir odam ko'chada ketayotiruvdi bomdod namoziga. Yo'lda bir chekasa, bir qop qimirlayapti. Nima ekin deb borib ochuvdi? Bir yangi tug'ilgan chaqaloqni tashlab ketishibdi. Hali chaqaloqni oldi, uyiga olib keldi, parvarish qildi, yuvdi, taradi, ism qo'ydi, o'zini bolasidek katta qildi. Maktabga olib bordi. Ta'lim tarbiyasiga pul sarfladi, katta qildi, balog'at ketdi. Oliygohga kirdi. O'zini yurtidagi bir universitetni tugatgandan keyin, tabobat bo'yicha, unga ham qanoatlanmasdan, boshqa chet mamlakatga yubordi. Yana ham bir mutaxassisligi baland bo'lsin deb. Xullas bitirib keldi. Haligi odam o'ttiz ga kirdi, o'ttiz besh ga kirdi. Topib olingan bola. Katta bir tabib bo'lib yetishdi. O'zini bir jamiyatni o'rnini topib, odamlarga foyda keltirib, jamiyatning to'laqonli a'zosi bo'ldi. Boyagi Ahmadning unga ko'rsatgan fazli sababli. Endi bir kun Ahmad qornida og'riq sezib qoldi da, tabibga borish kerak. Qayerga boradi? O'zi boqib katta qilgan bolasini oldiga. Oldiga bordi. Ahmadni qabul qildi, o'gay otasini.

Tashxisni qo'ydi, dorini yozdi va qo'liga qog'ozni berayotib turib, ko'nglidan xizmat haqqa olsanmi degan fikr o'tdi. Hali so'ramadi u pul bering deb. Xayolidan o'tdi. Bu tabibni shu fikrini o'zi jinoyat emasmi? Jinoyat a?

Endi siz bilan bizni yo'g'dan bor qilgan, shuncha ne'matlarni bergan, qilgan xatolarimizga bizga baloni yubormasdan avf qilib, hayotimizni farovon kechligini ta'minlab turgan Parvardigorimizga ikki rakat namoz o'qib qo'yib turib, Parvardigor men ikki rakat namozingni o'qidim, endi menga mana buni ber deyishlik, jinoyat emasmi? Kishining xulosini zaiflashtirib tashlaydigan narsa bor. Bu qilgan savobli amaliga Allohdaan mukofotni talab qilishligi. Shuning uchun har safar duoni oxirida, di fozlika va karamika ya akrom al akromin deb duo qilamiz. Fazling bilan, karaming bilan, marhamating bilan bergin, ey Parvardigor deb duo qilamiz.

Istadibillah, hal ataa alal insaniy xaynu minat dahr ilam yakun shay'am moddakuro. Alloh Taolo inson surasida aytadi. Aniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgulik bir narsa bo'lmagan vaqt muddat ham kelgandir. Ya'ni bir zamon bo'lgan, siz bilan biz hech narsa bo'lmagamiz. Bundan yuz ellik yil burun bittamiz ham yo'g'idik. Biz hech narsa emas edik. Tilga olinadigan narsa emas edi. Yo'g'idak biz vujudda. Alloh bizni bor qildi. Alloh bizni tirik qildi. Alloh bizni soq qildi. Allohni bizga iymonni berdi. Alloh taolosi bilan bizga rizqni berdi. Endi shuncha ne'matni berib turgan parvardigordan qilib qo'ygan amalimizni pesh qilib turib so'ramaylik. Fazli karamidan bersin.

Allohdan so'ra, chunki so'rashni o'zi ibodat, faqat Allohdan fazlidan so'ra. Sen birodar, Allohdan bandalarini xizmatida turibsan. Sen Allohdan qullarini xizmatida suribsan. Sen o'zing Allohdan qulisan. Men afzalunnas yo rasululloh deb so'rashdi. Odamlarning afzali kim yo rasululloh? Rasululloh javob berdilar afzalunnas an faulhumlinnas. Odamlarning eng afzali, eng yaxshisi kim? Odamlarga foydasi tegadigani.

Birodar, jamiyatga foydasi tegsin. Ilmingiz bilan, pulingiz bilan, hunaringiz bilan, nasihatingiz bilan, shirin so'zingiz bilan, kalachini to'g'irlab qo'yishlik bilan masjidda chiqib ketayotgan odamlarni. Odamlarga foydasi tegsin yigitlar. Odamlarga qoidasi tegadigan odam eng yaxshi odam dedi. Odam uzrga bergan bahosi katta bo'ladigan bo'lsa, o'zini maqtovga loyiq deb bilsa, o'zini beayb bilsa, bu uning ixlosidagi kamchilikka ishora bo'ladi. Tobiynlardan biri aytadiki, qirqta sahobani suhbatida o'tirdim, ular bilan uchrashdim, ularni hammasida bitta g'am bor edi. Munofiq emasmikinman men? Degan. Bu sahobalar, Rasulullohning qiyin kunlarida yonida turgan, Rasulullohga bir ko'mak bo'lgan, Rasululloh ulardan rozi bo'lgan, issiq sovuq kunlarda bor yo'g'ida Rasulullohni oldida turganlar, Rasulullohni tashlab qo'ymagan sahobalar o'zlarini ustida mana shunday xavotir, g'amda turgan bo'lsa, biz ham o'zimiz haqqida g'am qilishimiz kerak emasmi?

Inson o'zini nafsidan xotirjam bo'lib qolishi, o'ziga katta baho berishi, boshqalardan o'zini ustun deb bilishi, ixlosini kamchiligiga dalolat qiladi. Uchta narsa. Insonning ixlosiga xalal yetkazadigan uchta narsa, birinchisi, o'zi nafsini malomat qilmay qo'yishligi.

Bilasizlar, nafs uch xil bo'ladi. Nafsul lavomi, nafsul ammori, nafsul mutmainna. Nafs bu jon edi. Nafs bu siz bilan bizdagi. Birinchisi, o'zini egasini doim malomat qilib turadigan nafs. Ikkinchisi, o'zining egasini yomonlikka buyurib turadigan nafs, uchinchisi xotirjam nafs.

Salaf solihiylar o'zlarini nafslarini doim malomat qilib turishgan. Boshqalar haqida yaxshi gumonda bo'lishgan. Mana shu mo'minning alomati. Boshqalar hali yaxshi gumonda, lekin o'zini doim tergab turadi. Agar bir birodaringizga musibat kelsa, u haqida yaxshi gumon qilib aytishingiz kerakki, mana shu musibat uning darajasini ko'taradigan musibat bo'ldi deysiz. O'zingizga musibat kesa, bu o'zimni aybim sababli keldi deysiz, o'zingizni nafsingizni malomat qilasiz. Tushunarlimi? O'zi asli nima musibat kesa? Qilgan ishimiz tufayli bo'ladi. O'zimizda ayb bor. Endi mabodo ayb bo'lmasa ham nazaringizda kelsa, Alloh darajangizni ko'taradigan bo'ladi. Bizda teskarisida. Ana, peregarashak kun keldi. O'zi shunga loyiq edi bu. Ajab bo'libdi. O'zi bundan bittaga loyiq edi.

Unga yomon kun kelsa, narigi ro'parangizda turgan odamga yomon kun kelmasa, demak, ixlosga putur yetkazadigan birinchi narsa, kishi o'zini maromat qilmay qo'yishligi. Ikkinchisi, amalingiz uchun Allohda mukofot talab qilishingiz. Mana shu ham qaror yetkazadi, ixlosingizga. Uchinchisi, amalingiz ko'zingizga tashlanib turishi, u bilan faxrlanishingiz, maqtovni kutishingiz. Aytdik ku, musulmon odam xolis bo'ladigan bo'lsa, savobni ish tiqiladi da, qilmagandaqa ketadi. Baliqlarga nonni tashladingiz u hovuzga. Yedi ketdi a? Tashlamaganday ketasiz da, to'g'rimi? Ertasi kuni o'tib ketyapti, hovuzni oldini bunday qarab qo'ymaysiz da.

Savobli amalni qiladi, esdan chiqaradi. Qanaqa odam? Muxlis odam. Umar ul Xattob roziyallohu anhu, qarang. Islom mo'jizasi deyiladi. Rasulullohning duosining barakoti. Islomga quvvat bo'lgan kishi. Madinani ko'chalarini tunda alanib yurar ekan, odatiga ko'ra.

Shaharni bir chakarog'ida bir ayol kishini qo'lida bolasi yig'layotganligini ko'rdi. Chodirniki o'tiribdi. Borsa, emiz deydi, bola yig'layapti. Ona emizmayapti. Kelib, emizmaysizmi? Dedi. Ayol parvo qilmadi. Bola yig'layapdi. Dot deb yig'layapt. Emizmaysiz? Xullas, achchig'i kelib, e yomon ayol ekansiz. Emizmaysizmi? Dedi. Biz bilan ishingiz nima sizni? Dedi. Men buni ustidan chiqaryapman, indamang dedi. Nimaga suddan chiqaryapsiz desa, Xalifa Umar suddan chiqqan bolalarga keyin nafaqa beradi. O'shaning uchun suddan chiqaryapman dedi. Ayol ro'parasida Xalifa turganligini bilmayapti. Umariddin xattob roziyallohu anhuhu hushidan ketishga yaqin bo'ldi. Keyin o'ziga o'zi aytdiki, ey Xattobni bolasi, senga voy bo'lsin. Musulmonlarni bolalaridan nechtasini o'ldirding dedi. Va ayolga ertaga Xalifani huzuriga boring. Men ana shu nafaqani belgilatib beraman dedi. Ana shu kundan boshlab mziylik, bolalarga ham tug'ilgan kundan nafaqa beradigan bo'ldi. Bo'lmasam bu kishi, bu kishi tirikligida Jannatiyligini eshitgan edi Rasulullohning tillaridan. O'nta sahoba ismi aytilinganda jannatiy, ikkinchisi umarulloh xatto. Mana shunday bir maqom martabaga yetishgan, Rasulullohni rozi qilgan sahoba o'zini malomat qilib turibdi.

Aytar ediki, qaniydi umarning onasi tug'masa, qaniydi men dunyoga kelmasam, qaniydi qilgan amallarim savobimga ham, gunohimga ham, foydamga ham, ziyonimga ham bo'lmasa deb yig'lanadi. Bu Umar odil o'zini shunday malomat qilib turipti. Biz ham shunaqa qilib malomat qilamizmi o'zimizni? Yana aytar edi, Robbimni huzuriga borganimda, qilgan amallarim foydamga ham, zararimga ham bo'lmasligini orzu qilgan bo'lardim deydi. Chunki u kishi muxlis odam edi birodarlar. Muxlis odam o'zini ustida Robbisining fazli ulug' ekanligini biladi. Muxlis odam har qancha Allohga ibodat qilmasin, har qancha ixlos qilmasin, Allohni ustida o'zini ustiga haqqini ado qilmasligini yaxshi biladi. Borini sarflaganda sarflaganida ham Alloh Taoloning fazliga yarasha, marhamatiga yarasha ibodat qila olmasligini yaxshi biladi.

Qilgan amalini Allohga minnat qilgan odam Allohni tanimabdi, ixlos degan ne'matni totimabdi. Qaytarib aytamiz, qilgan amalni Allohga minnat qurgan odam o'zini tanimabdi. Endi o'zini tanimagandan keyin Robbisini ham tanimabdi. Demak bu odam ixlosni nimaligini totimabdi. Astaydubillah. Yamunnuna alayka an aslamu qul la tamunna alayya islamakum. Balillahi yamunna alaykum an hadakul il'iman in kun tum sodiqin. A arablar kelib, biz sizga iymon keltirdik, deb Payg'ambarimizga minnat qilishganida, ular sizga musulmon bo'lganlarni minnat qilur. Ayting, sizlar menga musulmon bo'lganlaringizni minnat qilmanglar. Balki agar iymonlaringda sodiq bo'lsangizlar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur.

Siz iymon keltirganingiz yo'q, Alloh sizni hidoyat qildi, keyin iymon keltirdingiz. Da'vat qilayotgan banda. Alloh Taolo shu bandaga haq so'zni aytishlikka yo'l berdi. Ana shu da'vat qilayotganman da, muxlis bo'lishlik kerak. Aytish kerakki, Parvardigor, o'zingga hamdu sano bo'lsin. Menga shu da'vatni qilishga imkon berding. Meni solih bandalardan bo'lishimga izn berding. To'g'ri yo'lga yetalaydigan insonlarni menga hamroh qilding. O'zingga hamdo sano bo'lsin, agar shunday desa, bu da'vatchi muxlis bo'. Ixlosning alomati oshkora va maxfiy ishlaringizda bir xil bo'lishingiz.

Ixlosni alomati odamlar sizni maqtaydimi, yomonlaydimi? Sizga farqsiz bo'lishligi. Ixlosni alomati Allohdan boshqalarni o'zingizni amalingizga guvoh bo'lishini xohlamasligingiz. Ixlosning alomati amaliyiz uchun bandalardan mukofotni talab qilmasligingiz. Bir odam hajga bormoqchi bo'lib, harakat qilib safarga otlandi.

Qo'lida katta mablag' bor, qo'yib ketgani bir ishonchli odam istab topa olmadi. Keyin masjidga boray, masjidda bo'ladi bunaqa ishonchli odammlar dedi da, masjidga kelib, namoz o'qiyotgan odamlarni kuzatdi. Qaysinisini namozi xushu bilan, taqvo bilan, chiroyli bo'lsa, o'sha odamga berib ketaman. Shu odam omonatdor bo'ladi dedi. Kelib, namozxonalarni bir chekkada turib tomosha qilib kuzatdi. Ana shularni ichida bitta odamni namozi bu kishiga yoqib qoldi. O'zini hokisor tutgan, ko'zlarini mahkam yuborgan. Qo'yingki, namozi boshqalardan namozdan yaxshi.

Namoz tugagandan keyin, haligi odamni oldiga kelib, vallohi, menga namozingiz yoqdi, men hajga ketmoqchiman. Qo'yib ketgani bir omonatdor odamim yo'q, katta mablag'imni sizga bir qo'yib keting demoqchiman. Nima deysiz desa, hali kishi nima deydi? Men yana ro'za ham tutuvdim bugun dedi.

Dedi. Bu kishi aytdiki, shu ro'zadorligingiz yoqmadi menga. Dedi da, omonatni bermay ketdi. Shu bildirgisi kelib turadi. Bildirgisi kelib turadi doim. Aytdik ku, matizga birov gilom solib qo'yibdi. Ertadan mana chiqsak, yangi gilom palos solib qo'yibdi. Sopi ham bilmayapti, kechqurunini qilib qo'yibdib birov. Kim qildi ekan, kim qildi ekin. Desa nafsingiz nima deydi? Men, men degisi keladi, lekin ixlosi bor odam buni yopadi.

Ixlos, birodarlar, eng xatarli mavzu. Chunki ixlos dinning yarmi, ixlos amallarimizning yarmi. Payg'ambarimiz aytganlaridek, indamal amal u bin niyat. Amallar faqat niyatga qarab bo'ladi. Agar niyat to'g'ri bo'lsa, garchi shu amalda qila olmagan bo'lsangiz ham, sizga shu ishni qildi degan savob yoziladi, xotirjam bo'ling. Ertaga jumaga boraman, stroyka bo'lyapti, etaj tutadi, men ming so'mni beraman deb soldi cho'ntagingizga. Ertadan turib kiydingiz. Shu kiyimingizni. Keldingiz, etaj tutayotganda shunday qarasangiz tushib qolibdi da pul. Kechqurun solgansiz, o'g'ir olib qo'yibdimi, tushib qolipdimi? Mana ming so'm tashlamadingiz. Savob bormi sizga? Bor. Chunki sizni qilgan savobli amalingiz sizga savob bo'lish uchun uchta narsa bo'lishi kerak u amalingizda. Niyat bo'lishi keraksiz. Shu niyatingizga qudratingiz yetishi kerak va mana shu niyatingz bilan qudratingiz yetgan narsani amalga oshirish uchun harakat qilishingiz kerak. Ming so'mda niyat qildingiz. Qudratingiz yetdi. Cho'ntakka solib olib keldingiz, olib tashlay degandingiz, yo'q. Ming so'm bergan savobni oldingiz. Endi aksincha, niyat yo'q edi, qudrat bor edi. Qudrat bor, niyat yo'q.

Lekin tutganda berib qo'ydingiz. Xijolat bo'lganingizdan. Qabul bo'ldimi? Qabul bo'lmadi. Aqul u hovli hadavah, astag'firullohu alayhi valakum, assalomu alaykum va rahmatullohi hitali va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish