Tahmadurahim. Alhamdulillah robbilan alamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalinova ala aliyhi va ashabihi ajma'in. Ammabat. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslaridan ixlos degan mavzuni suhbat qilayotgan edik. Bugun ikkinchi darsimiz. Ali ibn abiturahob roziyallohu anhu oxir zamondagi holatlarni, alomatlarni zikr qilib aytadi. U davrda kishining qadri uning matohi bo'lib qoladi. Agar muhsing bo'lmasa, insonning qiymati yo'qdir. Ya'ni hozirgi siz bilan bizni ko'rib turgan zamonimiz, dunyo matohi qanchalar qo'lida katta bo'lsa, shu odamning qadr qimmatli ekanligini belgisi bo'lib qoldi. Mashinasi chiroyli bo'lsa, telefoni qimmat bo'lsa, uyi chiroyli bo'lsin, xullas dunyo maqtoqi katta bo'lsa, boshqalarnikidan afzalroq bo'lsa, shu odamni qadr qiymati baland ekanligini belgisi bo'lib qoldi. Innalloh ala yanduringlar ajzamikun va la ila suvarikun, va lekin yanduringlar qulubikun va amalikun. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, albatta Alloh Taolo sizlarning jasadlaringizga ham qaramaydi. Suratlaringlarga ham qaramaydi, balki sizlarning qalblaringizga va amallaringizga qaraydi.
Zohirda amallarimiz bo'ladi, botinda qalbimizdagi narsa bo'ladi. Qilayotgan amallarimizning maqbul bo'lishligi ikkita narsaga bog'liq. Ixlos va muvaffaqiyat as sunna. Qilayotgan ishimizda xolis Allohni roziligini ko'zlagan bo'lishimiz kerak va zohirida amallarimiz sunnatga muvofiq bo'lishligi kerak. Alloh mana asarlarda keltiriladi. Alloh Taolo aytadi. Al ixlosu sirun min sirri. Istavda' tuhu qolba man ahbob tuhu mina aybadi. Ixlos, deydi Alloh Taolo. Men o'zim yaxshi ko'rgan bandalarning qalbiga joylagan sirdir.
Ixlos, Alloh yaxshi ko'rtgan bandaning qalbiga joylanganing siri. Ixlosni nima ekanligini, ixlosning mazasini bu ixlos degan amalga kirishgan odamgina totib ko'ra oladi. Ixlos haqning sirlaridan. Shuning uchun ixlosi yo'q odam xaloyiqning maqtovini quvib yuradi. Odamlar maqtashini, unga sanoat ishligini istab yuradi. Ammo haqiqiy muxlis odam xolis Alloh uchun ish qilayotgan odam, odamlarni maqtovi unga kerak emas. Mana shu maqtovga o'zini muhtoj deb bilmaydi.
Masalan, layk bosib qo'ying deydi. Xullas o'sha qaysidir ijtimoiy tarmoqqa suratini qo'yadi. Bunday qilib tushadi, bunday qilib tashladi. Fransiyaga borib tushadi, xullas Amerikaga borib tushadida, layk bosib ko'ringlar deydi. I lekin har kuni ochib qaraydi haligi suratini. Kattalar bilmaysizlar, shunaqa kasal bor hozir, hoji aka. Bunday qaraydi da, nechta odam layk bosibdi deydi. Nima uchun shu laykni kutadi, bilasizmi?
Insonni ichida boshqalar unga diqqat e'tibor qilishliklariga bo'lgan ehtiyoj bor. Ana shu laykni bossa, demak uch yuzta layk bo'libdi, uch yuzta odamga yoqibman deydi da, o'zini qadrli his qiladi. Qadr qiymatim bor ekan deydi. Endi haligi bossa ekangina men rezon. Bossa ekangina mana interes desangiz, unga ham xuddi o'sha narsa, bizni ham fikrimiz kimgadir interesniy ekan.
Ammo muxlis banda esa, unga odamlarni layki ham, odamlarni maqtovi ham, odamlarning sanoatini ham keragi yo'q. Chunki Alloh subhanahu va taoloni qadrlagani shu bandasini kifoya qiladi. Muxlis banda Alloh bilsa bo'ldi deydi. Aksincha, qilgan amalini odamlar ko'rib qolishligini xohlamaydi. Alloh bilsa bol edi deydi. Tushunarlimi? Nimaga layk bosasizlar?
Muxlis odam o'zida maqtovga muhtojlikni his qilmaydi. Chunki Allohga bo'lgan ixlosi uni o'zi saodatli qilib qo'yadi. Shuning uchun odamlarni maqtoviga intilmaydi. Agar bir odam savobli ish tiqib turib, odamlarni qadrlashini kutayotgan bo'lsa, demak bu odamda ixlosida kamchilik bor.
Ulamolar ixlosi haqida nima deyishgan? Qur'oni oyatlari, sahih hadislar, hadis qudusiylar, ixlos amalning yarmi ekanligini bayon qiladi. Innomal amal u bin niyat. Ulamolar aytishadi, ifrodul haqqi subhanah huvata alabil qosti fittoa. Ixlos nima? Ixlos toatdagi qasdda Alloh Subhanahu va Taoloni yakkalash.
Toatdagi maqsadda, toatdan maqsad nima? Alloh Taoloni yakkalish. Masalan, bir yigit ko'chada o'rtoqlari bilan ketayotgan edi, peshin yozganini aytib qoldi. Shunda do'stlari masjidga kirgan edi, ularga qo'shilib kirdi. Endi savol. Agar yolg'iz o'zi ketayotganida, ozg'in aytganida, kirarmidi, kirmasmidi?
Agar yolg'iz ketayotganda ozg'in aytsa kirmaydigan bo'lsa, demak bu odam ixlosi yo'q. Do'stlaridan uyalganidan, hijolat bo'lganidan, ulardan ajrab qolmaslik uchun kirdi. Demak bu odamni qilgan ishida nima yo'q? Ixlosi yo't. Ixlos nima? Ixlosning ta'riflaridan tasviya tul fiali an mulohadatil maxluqiyin.
Ixlos amalni, fe'lni maxluqotlarning mulohazalaridan poklash. Ya'ni odamlar ko'rdimi, ko'rmadimi, unga e'tibor bermaslik. Agar qilayotgan ishingizni, odamlar ko'rishligiga qalbingizda rag'bat bo'lsa, birodar, ixlosingizni nima qilib qo'ying? Tekshirib qo'ying.
Yana aytilinadi. Ixlos nima? Ixlos xalqning mulohazasidan nafsingni to'sishlik. Seni qalbingga odamlarda maqtashi ham, yomonlashi ham farqsiz bo'lishligi. Seni bomdodga chiqayotganini bilsa ham, bilmasa ham, chiqaverasan. Seni qilgan ehsoningni birov ko'rsa ham, ko'rmasa ham, qilaverasan.
Masjidni yonida katta bir qassobxona bor. Qadimda bo'lgan qissalardan. Har kuni haligi qassob, yarim kilo odam, bir kilo odam, to'rtta, beshta go'shtni tayyorlab turadi. Namoz o'qib chiqib ketayotgan odamlarga qarab turadi. Faqir muhtojlari bo'lsa, shap shap qo'liga beradi, ehson deydi. Odamlar qassobni yaxshi ko'radi.
Solih inson, xayri saxovatli, rahmat ham kutmaydi. Shunday shunday tarqatib qo'yib ketadi, qoyil. Endi mana shu jamoatda bir boy odam bor edi, oshiqcha boy odam, hech ham ehson qilmas edi. Haligini malomat qilishib yuboradi. Sen qilmaysanmi, qassobni qara. O'zi bir kilo, ikki kilo go'shtni foydasiga tirikchilik qiladi, lekin qarab bera ekanini. Xo'p deb qo'yar edi, indamas edi. Oradan vaqt o'tdi, haligi boy vafot etdi. Birdan qassob, go'sht bermay qo'ydi.
Ma'lum bo'ldiki, o'sha boy pulni berib qo'yar ekan, qassob tarqatar ekan. Odamlar qassobni maqtayapti. Boyagi boyni maqtashmayapti. Mana shu boy muxlis odam deyiladi. Chunki unga odamlarni maqtovi keragi yo'q edi. Illa bi teg'o avaji herobbi hil a'la. Faqatgina oliy bo'lgan Parvardigorini yuzini ko'zlab amal qilgan edi bu odam.
Mana. O'lovdi, keyin ma'lum bo'ldi. Bormi birorta amalimiz? O'zimizdan so'raylikki, qildik, hech kim bilmadi. Hech kim bilmadi umuman. Agar bor bo'lsa, umid qiling, ehtimol bitta shunga amaliy sizni jannatga kirib kelishingizga kifoya qilib qolar. Man shahida f ixlasix al ixlaso, f ixlasugu yaxtaju ila ixlosing. Kim o'zining ixlosida ixlosni ko'rsa, bas uning ixlosi ixlosga muhtoj ekan.
Kim o'zining ixlosida ixlosni ko'rsa, bas uning ixlosi ixlosga muhtoj ekan. O'zini muxlis deb bilyaptimi? Men muxlisman, ixlosli odamman deyaptimi? Bu odamga ixlos kerak. Chunki muxlis odam men ixlosliman, muxlisman demaydi. Yana bir marta qaytaramiz. Alloh subhanahu va taologa da'vat qilishlikdagi eng xatarli mavzu bu ixlos. Ixlos dinning asli. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mana shu hammamiz bilgan hadislari innomal amal u bin niyat. Amallar niyatga bog'liq. Bu hijrat haqida aytilgan hadis edi. Nabiy sollallohu alalayhi vasallam sahobalariga Madina Munavvarga hijrat qilishlikni buyurganlaridan keyin hijrat boshlandi. Kimning hijrati alloh va rasul uchun bo'lsa, uning hijrati alloh varosul uchun bo'lli. Kimning hijrati dunyo matohiga erishlik bo'lsa,uning hijrati shu uchun bo'ldi. Kimning hijrati biror ayolga nikohlanish uchun bo'lsa, uning hijrati ana shu uchun bo'ldi.
Va hijra tuhi ilama hajaro ilayhi. Nima deb hijrat qildi? Hijrati o'shanga. Haj ham shunaqa. Umra ham shunaqa, zeriktirdi jo'ralari, bormaysanmi hajga, bormaysan umraga, puling bor u, aytishni o'rni, aytishni urdi, zeriktirishdi. A borsam borib kelay, shu uningni o'chirishgina deb borib keldi. Nima bo'ldi bu amal? Bu amal jo'ralarni gapidan qutilish uchun bo'ldi.
Amalning qiymati birodarlar, uning niyatiga bog'liq. Al ixlos istiva u amal il abdi firdohiri va al botin. Ixlos nima? Ixlos bandalarning amallarini zohiri ham, botini ham bir xil bo'lishi. Zohiri ham, batini ham. Kishi yolg'iz qolganda Alloh man qilgan ishlardan to'xtayaptimi? Yolg'iz qo'yganda uni shu ishdan to'xtatadigan qo'rquvi bormi?
Agar yolg'iz qolgan paytda uni masiyatdan to'xtatadigan qalbida taqvosi, qo'rquvimasi bo'lmasa, Alloh uni boshqa amallarga parvo qilmaydi. Demak, amalimizni zohiri ham, botini ham bir xil bo'lishligi kerak. Amalning botini zohiridan yaxshiroq bo'lishligi kere o'zi aslida. Endi ikkalasi teng bo'lsa ham katta gap.
Agar odamlarni orasida yurgan paytingdagi taqvoying bilan yolg'iz qolganda ham tura olsang, demak sen ixlosli odam ekansan. Ma'qulmi? Otasini, onasini oldida, yoshi kattalarni oldida, uyat gapni gapirmaydi, televizorda biron bir nojo'ya bir surat chiqib qolsa teskari qaraydi. Kimni oldida? Odamlarni oldida. Lekin yolg'iz qo'yganda telefoni bilan.
Shunda ham ko'zini tiya oladimi? Agar yolg'iz qolganda ham tiyoli ekan bo'lsa, bu odam ixlosli odam. Aks holda, bu odam i xlosli bo'lmaydi. Yana aytilinadi, al ixlosu nisyanu ro'yot il xalqi bi davomi nadari ila al haq. Haqqa nazar solishda davomiy bo'lib, xalqning qarashini unutishlik. Allohni o'zi bilan ovora bo'lgan odam, odamlar unga nima deyishligini qizig'i yo'q unga.
Sahlu tuztalikdan so'raldi. Nafs uchun eng og'ir narsa nima? U javob berdi. Nafs uchun eng og'ir narsa bu ixlos. Chunki ixlosda nafs uchun bironta ulushi yo'q. Unda shahvat yo'q. Ixlos uni sindirib, tekshirib turadi. Ixlos nafs uchun yuk. Ixlos nafs uchun yuk, ixlos nima? Ixlos doim nafsingizga teskari bo'lgan. Nafsingiz xohlamay, keyin ishga buyurib turadi. Obro' olinadigan joyda bo'lishni xohlaydi nafs. Ammo ixlos nima qilmaydi? Bunga yo'l qo'ymaydi. Kim qilib qo'yibdi ekan ey? Ertaman kelsak, masjidga falastin yangi qilib solib qo'yibdida. So'pi ham bilmayapti kim qilganligini. Men qildim shuni, lekin keladi. Nafsing shuni xohlaydi. Lekin ixlosing nima qiladi?
Aytyapmiz ku, ixlos, nafs uchun nima ekan? Nafs uchun yuk ekan. Qur'onda chiroyli o'qib berdingiz, patoga kirib, bir biriga ishora qilib qolishdi zo'r o'quv ekanmi, kim ekan? Ketdingiz, qulog'ingizni bittasi qoldi o'shadan. Qulog'ingizning bittasi qoldim o'shadan. Birodar juda xatarli va qiyin mavzu. Qiyin. Har doim o'zimizni ixlosimizni tekshirib turishimiz kerak.
Nafs nimani xohlaydi? Nafs inson uning eng chiroyli holatda turganini boshqalarni ko'rishini istaydi. Namozda ko'z yosh to'kayotganingizni istaydi nafs, odamlar ko'rsa edi. Hech kim ko'rmayotgan joyda bir savobni ish qilayotganingizni odamlar ko'rib qolsa edi. Riyo, summa. Ulamolardan biri dedi, kim Alloh uchun qirq kun ixlosli bo'lsa, Alloh Taolo uni tilidan hikmat buloqlarini chiqarib qo'yadi. Qalbida hikmat bulog'i paydo bo'ladi. Qirq kun ixlos. Bu qiyin narsa. Ammo shuni uddalagan odamga Alloh Taolo hikmatni ato qiladi. Xatolarni to'sib qo'yadi, to'g'ri yo'lni ilhomini beradi, qalbini iymon bilan obod qiladi. Yana ulamolar aytishadi, agar bandi ixlosli bo'lsa, undan riyo va ko'p vasvasalar ketadi.
Ixlos nima? Ixlos ortiqcha, har qanday ortiqcha narsadan qalbni poklashlik. Mana temirni tarkibida birodarlar turli bir aralashmalar bo'ladi. Ana shu aralashmalarni ko'pligi temirni mustahkamligini ketkazadi. Ustiga yuk tushsa temir sinib ketadi. Agar temir ichida hech qanday aralashmalar bo'lmasa, sof temir o'zi bo'ladigan bo'lsa, har qancha yutuq ko'taradi. Ammo ichiga boyagi biz aytayotgan axlatlar, boshqa aralashmalar qo'shilib qoladigan bo'lsa. U temir edi menda, prut edi. Nimaga uzilib ketdi u? Ichida axlat ko'p edi da.
Birodarlar, ana shu temir siz bilan bizni qalbimiz. Ana shu aralashmalar bu rio summa xo'jako'rsin bo'lgan ishlar. Yana aytilinadi, ixlos amalga nafsning xohishlarini aralashtirmaslik. Odamlarga yoqishlik, ularni maqtovlari, ularga yomon ko'rinib qolishidan qo'rqish, ularni qo'lidagi mollarini, dunyolarini hurmatini istash, ularni xizmatini talab qilish, shunga o'xshagan narsalarni istashlik. Ixlosga xilof ishlar.
Bilasizmi siz qachon xolis ish qilasiz? O'rdeylar, suvda suzib yurgan bo'ladi, ko'rasizlar televizorda, nonni sindir sindir tashlaydi. Hech kim yo'q. Yoki shunday suvga tashladingiz nonni, baliqlar kelib yeyapti. Shunda indamay ketaverasiz. Baliqlardan rahmat kutasizmi shunda?
Mana shu ish haqiqiy ixlos deb. Tashladingiz, ketdingiz. Xuddi qilmaganday ketdingiz. Muxlis odam savob ishni qiladi, qilmaganda qilib yuradi. Gilonni solib qo'yadi, orqaroqda joy bo'lsa ham o'tiraveradi. Oldiga o'tkazishmasa xafa bo'lmaydi. Uni qadrlashlarini kutmaydi. Yana qaytarib aytaman, istangda o'zingizni hayotingizda. Bironta shunaqa amalimiz bormi biz? Qildik, hech kimga bildirmadik.
Ixlosning darajalari bor birodarlar. Birinchi daraja. Ixlosli odam meni amalim bor deb bilmaydi. Ya'ni qilib qo'ygan katta amalingiz bor bo'lsa ham, masalan katta masjidni olib qo'ydingiz. Mana shu masjidni, mana shu katta amalni meniki deb o'ylayapsizmi? Demak, sizda ixlos yo'q. Chunki bu ishni o'zim qildim deb, Alloh'dan mustaqilman deb o'ylayotgan bo'lasan.
Tushunarlimi? Qilib turib, Allohni fazli bo'ldi deyish kerak. Men qildim deyapsizmi? Demak, Allohda mustaqil ravishda qildim deb o'ylayapsiz. Birinchi darajasi nima ekan? Meni amalim bor deb bilmaydi ixlosi bor odam. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam duo qilardilar, Parvardigor, men Sen bilan borman. Sen tufayli borman. Men Sening o'zing bilan qoimman. Menda bor narsaning hammasi Sening fazlingdan, maqsadimning hammasi Seni o'zing.
Menda nima yaxshilik bo'lsa Allohda, menda nima kamchilik bo'lsa, bu o'zimdan. Agar inson shunaqa e'tiqodda yashasa, oyog'i yerdan ko'tarilib ketmaydi, kibrga, g'ururga ketmaydi. Zakovoting, ilming, tajribing, infoqing, bularni hammasi Alloh Taoloning o'zidan, Alloh Taoloning fazlidan. Meniki dema Manda. Chunki Qorun qola indama, o'ti tug'u, ala ilmini indiy degan edi. Mendagi buncha moli davlat menga, mendagi ilm tufeli berildi, meni ilmim tufeli degan edi. Keyin nima bo'ldi?
Yer yutdi. Ya'ni Parvardigor, men sen bilan borman, sen bilan xoinman. Menda nima yaxshilik bo'lsa bu sendan, endi nima kamchilik bo'lsa buni o'zimdan. Va men tashau na ila yasha Allohu robbul a'lamin. Ey insonlar, sizlar faqat Alloh xohlagan narsanigina xohlay olasizlar. Alloh xohlamasa sen qilolmaysding bu narsani. O'shaning uchun har safar bir ishni qilgan bo'lsak, aytaylik, allohni fazli bo'ldi, allohni fazl bo'ldi,allohni fazli bo'di, ozgina bizni mehnatimiz sabab bo'lib, shu ish bo'lib ketdi.
Yoki bo'lmasam iloji bo'lsa majg'ul sig'asida gapirish kerak. Birodarlar, mana shu masjid qilindi, mana shu savobli ishlar tarqatildi odamlarga, deyilsa, shu ish harakatini bajargan odam yo'q. Kim deb so'ra olmaysiz. Qildim, aytdim deyaptimi? Demak odamda, bunaqa odamda ixlos yo'q. Men qildim, demanglar hech qachon.
Chunki sen biror bir yaxshi ish qilgan bo'lsang, Alloh izn bergani uchun shunday qilding. Agar izn bermaganida bunday qila olmas eding. Agar Alloh qo'llamaganda sen bu ishni epla olmas eding. Agar Alloh seni ahli haq bilan birga qilmaganida bunday bo'lmas eding. Agar Alloh senga mana shu molni quvvatni bermaganida sen shu holatda bo'lmas eding. Shuning uchun amalingni zo'r ekanligini ko'ryapsanmi? Ancha muncha odam qilolmaydigan ishni qilib qo'ydim deyapsanmi? Ixlosing yo'q ekan birodar.
Idha aroda robbuka idhora fotlihi alayka, xolaqal fotla va nasibah u ilayka. Agar Alloh o'zining senga bo'lgan fazlini izhor qilmoqchi bo'lsa, ana shu fazlni yaratib, uni senga nisbatlab qo'yadi. Alloh bir qoriga ovoz berdi.
Ki Qur'on o'qisa hamma yayraydi, mazza qilib eshitadi. Shunda qori nima deydi? Nima deydi? O'zi Qur'onni mehnat qilib yodlovdim, ovozini ustida qattiq ishlovdim. Sovuq suv ichmoqdim, tuxum yutib yuruvdim, deb o'ziga nisbat qilsa, pishdi. Endi alloh taolo bir bir qoriga chiroyli ovozni bergan bo'lsa, demak shu bandaga o'zining fazilatini ko'rsatmoqchi bo'libdi, shu ovozni yaratib turib berib qo'yibdi.
Tushuntira oladimmi? Bugungi asosiy olishimiz kerak bo'lgan narsa shu. Agar Alloh seni erkalatmoqchi bo'lsa, shu bir fazilat yaratib turib, ma banda senga deb qo'yadi. Mana shu Allohning fazli bo'ldi. Shuning uchun aytayapmiz, Allohning fazli bo'ldi, Allohning fazli bo'ldi, Allohning fazli bo'ldi, keyin mana shu ish chiroyli bo'ldi. Alloh Taolo sizga fazilat ko'rsatishni xohlagan bo'lsa, sizni erkalatishni xohlagan bo'lsa, boylikni yaratdi, ma banda senga dedi. O'zi sen loyiq emassan bu boylikka. Tushunarlimi? Agar Alloh o'zining senga bo'lgan fazlini izhor qilmoqchi bo'lsa, ana shu fazlni yaratib, uni senga nisbatlab qo'yadi.
Men mehnat qildim, shuning uchun Alloh haqqimni berdi deyish haqqimiz yo'q. Men shunga loyiq mehnat qildin, men shu kungacha sabr qildim, men shuncha mehnatni ko'tardim, shuning uchu Alloh berdi. Ya'ni men shunga loyih edim deb bo'lmaydi. Chunki sendan ko'ra ko'proq mehnatni qilayotganga Alloh bermayapti. Bu nimaga o'xshaydi?
Ishchi o'n ming so'mlik ishni qildi, dogovor qildi. Ishi o'n ming somga dogovor qilindi, o'n ming sonlik ish uyni egasi boyagi ishiga o'n ming deb beradi da. Bu uni haqqi. Keyin besh ming qo'shib qo'yadi mehmon sizga deydi. Mana shu fazil deyiladi. Sening ishing o'n ming lik oboding, lekin u mendan nima?
Fazl, bu siz loyiqmassiz unga. Alloh taoloni sizga bergan hadiyasi, mana bu bitta bandasiga degan. Agar Alloh bir bandasiga o'zining fazlini izhor qilmoqchi bo'lsa, shu fazlni yaratib turib, shu bandaga nisbat qilib qo'yadi. Shuning uchun sizda nima fazilat bor? Qarang. Boshqalarda yo'q bir narsa bor sizda. Pulingiz bor, ilmingiz bor, chiroyingiz bor, quvvatingiz bor, chiroyli ovozingiz bor, qandaydir odamlar bilan go'zal muomalangiz bor. Nima bor sizda, yaxshilik?
Aytingki, bu Allohni menga bergan hadiyasi, Allohni menga bermagan fazli. Bizda nima yaxshilik bo'lsa, Allohni fazli. O'shaning uchun doim hokisor yurishimiz kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makka i Mukarramani fath qilganlarida, o'n uch yil Makkada mushriklar tomonidan aziyat ko'rdilar. Hijrat qilganidan keyin sakkiz yil Makkani fath qildilar. Yigirma bir yil mehnat, mashaqqatni, qiyinchilikni, ochligini, xorligini ko'rib, toshbo'ron bo'lgan. Rasululloh Toifdan qaytyatib. Namoz o'qiyotganda ishga chavvora tashlab qo'yishgan. Rasulullohni yuziga tupurishgan. Rasululla qorni ochligidan, qandag'ida ikkitadan tosh deb aylab yurgan zot. Yigirma bir yillik mehnatni qilib, Makkani Alloh Taolo fath qilib berganida, g'olib, muzaffar qo'mondonni mana shunday to'shini ko'tarib kelmadilar. Balki shunday bir hokisonlik bilan engishib, tuyasini o'rkachiga soqolni teradigan, tegadigan darajada engishib, hokisonlik bilani kirib keldi.
Biz mehnatimizga yarasha mukofotni oldik, demayapti. Mana biz kimni o'rganishimiz kerak? Mo'min kishi bir idishga o'xshaydiki, u idishni ichiga oltin to'ldirilgan. Agar o'zini oltinga to'ldiraman deb o'ylay boshlasa, ichidagi oltini bo'shatib qo'yiladi. Natijada idishni o'zi qoladi. Idish esa qadri bo'lmaydi.
Bir xum tilla deydi. Uni siz e'tiyot qilasiz, uni ko'tarasiz, tushirib yubormaysiz. Nima uchun? Xumni qadrlaysizmi ichidagi tillasinimi? Tillasi to'kilgandan keyin o'quv hech kimga kerak emas. Demak, mo'min banda idishga o'xshar ekan, ichidagi tilla bu uning ixlosi ekan. Ixlosi qancha ko'p bo'lsa, shunchalik qadrli bo'ladi bu idish. Ammo oltindan bo'shagan idishni qadri qolmaganidek, agar insonni qalbida ixlosi bo'lmasa, bu insonni ham qadri qolmaydi.
Ammo u fazilatni o'zining egasiga nisbat qilsa, qaytarsa, Allohni fazlida bilsa, oltin o'sha idishda doim qoladi, u bilan idish qadrli bo'ladi. Demak, bandasan o'zingni fazling bilan emas, Allohning fazli bilan azizsan. O'zingni ilming bilan emas, Allohning ilmi bilan qadrlisan. O'zingni quvvoting bilan emas,allohning quvvoti bilan quvvatlisan.
Mana shu narsani ta'kidlab Alloh Taolo aytadi. Valavla fotulullohi alaykum va rahmatuhu ma zakah ming kun min ahadin abadin, vala kinna alloha yuzakki men yashay, u allohu semyun a'lim. Agar sizlarga Allohning fazlu marhamati bo'lmasa edi, sizlardan biron kishi biron gunohdan pok bo'lmas edi. Alloh bermasa, birortamiz gunohdan tiyila olmaymiz. Allohning fazli bo'lmasa bironta surani yodlay olmaymiz. Ollohni bizga fazli bo'lsa, bir tiyin sadg'a qilolmaymiz.
Agar Ollohni fazli bo'maganida, birortaylar bitta gunohdan pok bo'la olmas edinglar deyapti Olloh Taolo. Lekin Olloh o'zining fazli marhamati bilan o'zi xohlagan kishini poklar, Olloh eshitguvchi, bilguvchi bo'lgan zot. Bu oyatning ma'nosi kundek ravshan birodarlar. Darsimizning xulosasi.
Agar Olloh bir bandaga o'zining fazlini izhor qilmoqchi bo'lsa, shu fazilni yaratib turib, shu bandaga nisbat qilib qo'yadi. Xulosa, bizda nimaki yaxshilik bo'lsa, bu Ollohning bizga bergan fazli, alhamdulillah, endi nima nuqson kamchilik bo'lsa? Bu o'zimizni nafsimizni kasbi.
Olloh aziz va jalloh muxlis bandalardan qilishligini so'raymiz. Aqulu qovli ha davos astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi.