Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalamu ala ashrafil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslaridan bugun navbat tegisi, bugun ixlos haqida dars boshlaymiz. Bismillahir rohmana rohim. Alloh aziz va jalla Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi. Astag'firulloh, voma umiru illali abdullohi muxlisi inalahuddin, xunafa avayuqiy musolata va yutuz zaka va dalika dinul qoyima. Holbuki ular faqat yagona Allohga, u zot uchun dinni xolis qilgan, to'g'ri yo'ldan og'magan hollarida ibodat qilishga va namozni to'kis ado etishga hamda zakotni ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu to'g'ri yoldagi dindir.
Musulmon odam robbisiga qiladigan ibodatida muxlis bo'lishligi kerak, xolis bo'lishligi keldi. Insonni tashqi holati bu ibodatda ko'rinsa, ichki holati birodarlar ixlos bo'ladi. Buni hech kim ko'rmaydi. Ikkinchi oyat. Istedibillah. Innna anzann la ilaykal ketab va bil haqqi fa obudillahi muxlisan la hu din. Zumar surasi. Ey Muhammad alayhissalom, albatta biz sizga bu kitobni haqqaroz nozil qildik va siz Allohga u uchun diningizni xolis qilgan holda ibodat qiling. Xolislikka buyurilyapti. Keyingi oyat. Astaydu billah quli ilaha abdu muxlison lah u diniy. Ayting, men yolg'iz Allohga u zot uchun dinimni xolis qilg'an holda ibodat qulaverman. To'rtinchi oyat, istadbillah. Alladiy xolaqol mavtovol hayya atali ya bulu vakum ay yukum ahsanu amala va huvala azizun g'ofur. Ey insonlar, u Alloh sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq, yaxshiroq amal qiluvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun o'lim va hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va mag'firatlidir.
Fuzayl rohimahulloh bu oyatni tavsiyasida aytadi, amal to'g'ri va xolis bo'lishi kerak. Sunnatga to'g'ri kelishi kerak qilgan amalimiz va bu amalimizdan ko'zlagan maqsadimiz Allohni rizosi bo'lishligi kerak. Ixlos va muvaffaqiyat as sunna deyiladi. Amal qabul bo'lishligi uchun, sunnatga to'g'ri kelishi keraksiz zohira va xolis Alloh ko'zlanishi kerak botini. Shunda bu amal qabul bo'lladi.
Keyingi oyat, istadvillar. Qul innama ana basharu v mitlukum yuha ilayya annama ilahukum ilahum vahid. Fa man ka na yerju liqo robbihi fal ya'mal amalan soliha, vala yushrik bi ibodati robbihi ahada. Ka'f so'rasin. Ey Muhammad alayhissalom, ularga ayting, hech shak shubha yo'qki, men ham sizlar kabi bir odamdirman. Menga Parvardigoringiz yolg'iz Allohning o'zi ekani vahiy qilinmoqda. Bas, kim Parvardigoriga ro'bola bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga qulchilik, bandachilik qilishda biron kimsani unga sherik qilmasin. Allohni rizosi uchun, Allohni roziligi uchun qilinadigan ishda, Allohni rozligidan boshqa narsalar ko'zlanadigan bo'lsa, mana shu amaldagi shirk bo'ladi.
Demak, kim qiyomatda Robbisini huzurida turishdan umidi bo'lsa, jannatdan umidi bo'lsin, Allohni diydorini ko'rishdan umidi bo'lladigan bo'lsa, qilayotgan hamma ishi Alloh uchun bo'lsin, tark qilayotgan ishlaridan ko'zlagan maqsad ham Allohni roziligi uchun bo'lmasin. Aroqni tashlasam hurmatim bo'ladi, namoz o'qisam jamiyatda hurmatga ega bo'laman. Agar bu qilinayotgan ishlarda Allohni rizosidan boshqa narsa maqsad qilinsa, birodarlar bu shirk bo'ladi. Muhabbat xatarli mavzu deb aytdik. Endi ixlos undan ham xatarli bo'lgan mavzu. Har kuni ertalab turib ko'chaga chiqib ketayotganda mana shu ixlosimizni yangilab olishligimiz kerak. Niyatlarimizni yangilab olishligimiz kerak. Chunki amalda qilib turib, unga kuyib qolishlik insonga juda ham alam qiladi. Qilmasdan, biror narsaga erishmasangiz, endi harakat qilmabdim, bo'lmadi da deysiz. Ammo harakat qilib turib, mehnatni qilib turib, qiyomatga borganda bu amallari yuziga uriladigan bo'lsa, insonga juda ham alam qiladi. Keyingi oyat.
Haqiqiy musulmon bo'lgan holida o'zini Allohga topshirgan va haq yo'ldagi Ibrohimning diniga ergashgan kishining dinidan ham go'zalroq din bormi? Axir Ibrohimni Alloh o'ziga do'st tutgan. Bunga o'xshagan ixlosga buyuradigan oyatlar Qur'onda juda ham ko'p, birodarlar. Ixlos mana shu narsa.
Biz Allohni huzurida martabamiz baland bo'lishligi uchun, Allohga mahbus bo'lishligi shuning uchun ko'p amal qilamiz. Ko'p amal qurishimiz kerak. Ammo Payg'ambarimizni ushbu xatasiga quloq tutaylik da. Ya ma'od, ahlingiz din ekan, yakfikal qolilu minali amal. Rasululloh Muozimni Jabal roziyallohu anhuga nasihat qilib aytdilar, ey Muoz, diningizni xolis qiling. Shunda amalning ozginasi ham sizga kifoya qiladi. Ko'p amal qila olmayapsizmi? Bilyapsiz, amalingiz oz. Lekin qilayotgan ozgina amalingizni ixlos bilan qiladigan bo'lsangiz, Rasululloh aytyaptilar, shuni o'zi yetadi senga.
Alloh Taolo Qur'onda mana shu ixlosiz amal qilganlarning amallarini ahvoli nima bo'lishligini xabar berib aytadi, istaydu billah va qodimna ilama amilu min amalin fajalna hu haba amman suv ro ko'p amal qilgan, katta amal qilgan. Lekin xolis bo'lmagan. Alloh aytadi, zotan biz ular qilgan har bir yaxshi amalga kelib, uni sochilgan to'zon kabi qilib qo'ygaydirmiz. Yo'q qilib yuboradi Alloh Taolo. Yo'q qib yuboradi. Har qancha katta bo'lmasin, agar amal ixlosiz bo'ladigan bo'lsa, sohibiga u foyda bermaydi. Endi ixlos bilan ozgina amal qilingan bo'lsa, mana shu amal o'zini sohibiga foyda beradi. Ikki dunyoda saodat etishiga sabab bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sa'dimni abiy vaqos roziyallohu anhuga qilgan nasihatiga quloq tutamiz. Ya Sa'd, innakalan tuxallafa, fa ta'mala amalan tabata'ih bihi wajalloh, illa izdadat tabiih hayron va darajatan varifat an.
Ey Sa'd, albatta xilof qilmasdan bir amalni Allohning yuzi uchun qilarkansiz, albatta ana shu u amal bilan yaxshilik, daraja va martaba jihatdan ziyoda bo'lasiz. Buxoriy va Muslimdan. Ya'ni bir ishda Allohni o'zi yolg'iz Allohni roziligi uchun qiladigan bo'lsangiz, mana shu qilgan ozgina amalingiz bilan darajangiz ham ko'tariladi, martabangiz ham ko'tariladi, yaxshiliklardan ham kattasiga ega bo'lasiz. Ixlos, ixlos, i xlos. Ixlosni ulamolar sustga o'xshatadi.
Sigir yoki qo'y yoki echki sariq cho'pni yeydi, ko'k cho'pni yeydi, boshqa rangdagi cho'plarni yeydi. Oshqozoniga tushadi. U yerda nima deydi, yiring edi, u yeydi, bu yeydi, mana shu cho'plar aralashadi. Eshakka o'tadi. Qon, yiring, aralash, najosatlarning ichidan oppoq sut chiqadi.
Sutga o'xshaydi xolos. Chunki insonni miyasida ham turli riyo, xo'ja ko'rsin, shirk, shunga o'xshagan narsalar bo'ladi. Malol ishni qilsang falonchi maqtaydi, malol ish qilsang hurmating bo'ladi. Shunga o' xshagan buzuq, noto'g'ri niyatlarni ichidan xolis alloh uchun deb niyatda tozalab ish qilaverkan, boyagi qorindan sut chiqqanday birodarlar toza bo'lib. Insonda mana mana shunday pokiza bo'ladi. Juda qiyin narsa bu. Juda ham qiyin narsa.
Ixloslik va ixlosiz odam. Bir odam so'rashi mumkin: men ixloslikmanmi yoki ixlosizmanmi? Qanday bilaman? Savol tushunar ekan? Mana o'zingizdan so'rang. Men ixloslik manmi, ixlosiz manmi? O'ylanmasdan nima deymiz? Ixloslik manda deysiz.
Har kim o'zi xohlagandaqa, ya'ni qanday bo'lishni xohlagan bo'lsa, o'shanday tasavvur qiladi o'zini. Bizni qori domlamiz, o'sha manaqa katta yosh etagi shogirdlariga Qur'on o'qitaylik desa, xullas, o'sha mayda so'raladi, bergan, o'qib kelgan, o'qisa xatosini topaveramish. Maxarajdan xato qilyapsiz, tajribada xato qilyapsan, xatosini topaversa, ey, deymish. Domla, men uyda Mishariy Ro'shid bilan bir xil o'qiyman kassetani qo'yib olib. Sizlar xatoyimni topaverasiz. Ya'ni o'shanga bo'lishni xohlayaptimi, o'shanaqa deb hisoblayapti o'zini. Mishari bilan bir xil o'qir ekan.
Mana endi hamma o'zini mishari bin roshid al ifasi deb his qilgandek, hamma o'zining muxlisiman deb o'ylaydi, xolisiman deb o'ylaydilar. Mana ulamolar bir qancha bir belgilarini aytishgan ekan. Agar shu belgilar sizda bo'lsa, demak, ixlosli odamsiz. Odamlarni maqtashi va yomonlashi sizga barobar bo'lsa, demak ixlosli ekansiz. Savobli ishni qildingiz, birov bilmadi, birov maqtamadi. Maqtasa ham, maqtamasa ham baribir qilaverasizmi? Demak ixloslaysiz.
Ma'qulmi? Yana bir belgisi, riyodan uzoq bo'lsangiz, ya'ni odamlar ko'rib qolishigini xohlamasangiz, haqiqiy muxlis banda o'zining ayblarini qanday yashirsa, o'zining fazilatlarini, savobli ishlarni ham shunday yashiradi. Qaytarib aytaman. Siz o'zingizni ayb kamchiliklaringizni yashirgandek, savobli, chiroyli bir fazilatli amallaringizni ham odamlarga ko'z ko'z qilishdan yashirayotgan bo'lsangiz, demak, ixlosli ekansiz.
Inson o'zini ichida, nafsida bo'lib turgan narsani yaxshi bilib turadi. Alloh taoloni shunday qilib yaratgan. Ya'ni o'zini ayniy ekanini ham, tuzalayotganligini ham his qilib turadi. Ixlosni, ya'ni kishi ixlosli ekanini yoki riyo qilayotganini ham o'zi biladi. Omonatdorligini ham, xiyonatkorligini ham biladi. Bu bashariy nafsning sirlaridan.
Agar amaling Alloh uchun bo'lsa, xolis bo'lsa, musulmonlarning rahbarlariga nasihatgo'y bo'lsang, musulmonlar jamoatini o'zingga lozim tutsang, qalbingda biron kimsaga nisbatan adovat bo'lmaydi. Qaranglarda. Musulmonlarning rahbarlariga nasihatgo'y bo'lsang, musulmonlarni jamoatini o'shanga lozim tutsak, haq yo'lda bo'lsang, muulmonlarga nisbatan qalbingda adovat bo'lolmasligi kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni mana bir qancha hadislarni o'qiymiz. U siz bilan bizga miqyos o'lchovlarini belgilab beradigan hadislar.
Baria minal kibri man hammala hajata hu biyadihi. O'zingizni xizmatingizni qo'lingiz bilan qilib yurgan bo'lsangiz, demak siz kibrdan omonda ekansiz. Ya'ni kiyimini o'zi yamog'ini tikayotgan bo'lsa, mashinasini o'zi yuvayotgan bo'lsak, oyoq kiyimini o'zini boylayotgan bo'lsang, ikkinchi hadis. Bar ya minal nifaqi mana aktaramin zikrilla. Kim Allohni zikrini ko'p aytgan bo'lsa, nifoqdan omonda ekan. Nifoqdan munofiqliklarni omonda bo'ladi kim? Allohni zikrinini ko'p qilgan inson. Chunki o'tgan darsimizda aytdik ku, vala ya'dikuru inalloha illa qolila. Munofiqlar Allohni aldamoqchi bo'ladi. Namozga tursa yalqovlik bilan turadi. Odamlarga riyo qiladi va Allohni ko'p eslamaydi. Allohni zikrida ko'p bo'lgan odam nifoqdan omonda bo'ladi.
Va bari ya mena shohiy man'atda zakata malihi. Nifoqdan omonda bo'ladi. Kim? O'zining molini, zakotini ado qilgan odam. Zakot bergan odam. Mana shu zakot ham ixlosga tegishli bir amalda. Ajoyib. Necha pulingiz borligini o'zi bilasiz. Hech kim bilmaydi necha pulingiz borligini. Va undan necha pul zakot chiqqanligini ham hech kim bilmaydi. Ro'za ixlos amali bo'lganidek, birodarlar, hech kim ko'rmagan joyda ham ro'zador bo'lasiz. Zakot ham mana shu ixlosingizga dalolat qiladigan amallardan. Keyingi hadis. Vo bar'ya minal g'illi man ahlasa fil amali va nasaha vaila vala atal amr va lazima jamoat al muslimin.
Musulmonni adovatdan, g'illag'ashlikdan qalbi pok bo'ladi. Qachon? Qachonki amalda ixlosli bo'lsa, boshliqlarga nasihatgo'l bo'lsa va musulmonlarning jamoasini o'ziga lozim tutsa. Ahli sunnaval jamoada bo'lsa. Ahli sunnava jamoa kim desa, sunnatni mahkam ushlagan musulmonlarning katta qismi. Sunnat yo'lini ushlagan musulmonlarning katta qismi. Ahli sunnavval jamoa.
Mana endi musulmonlar, ahli sunna va jamoa haq ekanligining dalili bormi? Bor. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: la tajjitamiyo ummati ala xato yoki la tajjitamiyyo ummati ala dola ala. Meni ummatim deganlar rasululloh, xato ustida jamlana olmaydi. Meni ummatom zalolat ishni ustida jamlanmaydi.
Bu ahli sunna va jamoa degan musulmonlarning katta jamoasi ikkita aqida va to'rtala mazhabdan bittasini ushlab kelgan, shu bilan ahli sunna bo'lgan. Ummatning katta qismi mana shu ikkita narsada jamlanyaptimi? Ikkala aqidada, to'rtta mazhabda. Demak, shu to'g'ri ekanligi bu hadis dalil bo'ladi. Chunki zalolat bo'lsa, ummatning katta kismi uni ustida jamlana olmaydi. La tajjidamai ummatiy al addolala. Mening ummatim deyapti da rasululloh, zalolatni ustida, xato ishni ustida jamlanolmaydi deyapti. Bu ummat, ahli sunnaval jamoa, moturidiy ash'ariya aqidasi, to'rala mazhabni ustida boshi bir bo'lib kelyapti. Shuning uchun biz ikkilanmaymiz o'zimizni tutgan yo'limiz, aqidamiz, mazhabimizda. Ma'qulmi? Biz ahli sunnaval jamoamiz.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan bir kishi kelib so'radi. Yo rasululloh, mal qitalu fin sabiylillah. Yo rasulullohni allohni yo'lidagi jang, qital qanday bo'ladi? Fain naahadana yo'qotilu og'daban. Oramizda ayrim odamlar g'azablanib urishadi. Voyo'qotilu hamiyatan. Yana ba'zilar hamiya jihatidan urishadi, millatchilik qilib, qabilachilik qilib, urug'chilik qilib. Farofa ilayhi rosa hu faqol, va man rofa ilayhi rosahu illa anna hukana qoyiman. Payg'ambarimiz ko'tarib turib boshini, endi tikka turgan edi bu odam, unga qarab aytdilarki, man qotalali takuna kalimatullohi hiyal uliya, fahua fiy sabiylin la ilaha azza va jalloh. Bir odam achchiq qilib kelib g'azablanib urushyapti. Bir odam urug'chilik qilib, millatchilik qilib, qabilatchilik qilib urushyapti, rostini aytyaptilar, kim? Allohning kalimasi oliy bo'lishi uchun jang qilayotgan bo'lsa, bas shu allohni yo'lida ekan.
Ixlos juda ham xatarli mavzu. Payg'ambarimizni hadisini eslaymiz. Qiyomat kunida hisob kitob boshlanganda taroziga birinchi bo'lib uchta odam olib kelinar edi. Olim, boy, shahid. Dunyodagi eng qiyin ishlar. Olim, umrini ilm yo'liga sarflagan. Ilm o'qigan, umrini oxirigacha ilm o'qitgan. Alloh taolo tarozini oldiga olib keladi. Unga ne'matlarini eslatadi. Banda ne'matlarini izlaydi. Alloh taolo aytadi: nima qilding, mana shu ne'matlarimni ustida? Bu olim banda aytadi: parvardigor, seni roziliging uchun ilm o'qidim, seni roziligin uchun ilm qutdim deydi. Haqiqatdan qilgan shu ishni. Ammo niyatini Alloh taolo biladi. Yolg'on gapirding deydi. Sen olim degan nom uchun qilding. Hurmat e'tibor uchun qild ing. Niyating shu edi. Odamlar seni olim dedi, hurmat qildi, maqom martabaga ko'tardi. Mukofotingni olding. Sur buni jahannamga deydi. Yuzi bilan yerga ishqalab sudrab olib borib jahannamga tashlanadi. Akalar bitta quni duosini yodlab olishimiz qanchalik qiyin? To'rtta surani yodlab olishimiz qanchalar qiyin. Endi o'rgangan narsamizni bir oyga o'rgatishlik undan ham qiyin.
Qiyin amalda qildi. Ammo niyati noto'g'ri bo'lgandi, jahannamga ketdi. Ikkinchi bo'lib boyni olib keladi taroziga. Alloh Taolo bu boyga o'zining ne'matlarini eslatadi. Banda tan oladi, e'tirof qiladi. Senga falon falon ne'mat berganman, yana senga davlat ham berganman. Nima ish qilding deydi. Menda aytadi, Parvardigor, qayerda seni roziliging bo'lsa, shu yerga pul sarfladim. Yetim yesir, qarindosh urug', qiylanganlar, masjidlar, madrasalar yo'l solgan, haqiqatdan savob ishlarni qilgan. Ammo Alloh Taoloning niyatini bilar edi. Aytadi, yolg'on gapirding. Sen saxovatpesha, hotamtoy, saxiy inson degan unvon uchun, nom uchun qilding. Qilding. Odamlar seni shunday deb atadi. Demak, haqqingni olding. Allohda haqqi qolmadi. Suruni jahannamga deydi. Yuzi bilan yerga ishqabul olib boriladi, jahannamga uloqtiriladi. Kim qoldi? Kim qoldi? Birinchi, ikkinchi odam, bittasi ilmini, bittasi pulini sarflagan bo'lsa, bu shahid jonini fido qilgan Alloh yo'lida.
Alloh Taolo ne'matlarni eslatadi. Manda tan oladi. Nima qilding deydi. Bu manda aytadi, Parvardigor, men senga o'zimni jonimni qurbon qildim. Seni yo'lingda bo'lgan jangda jon fido qildim, deydi. Alloh Taolo aytadi, yolg'on gapirding. Chunki buni ham niyatini bilar edi Alloh Taolo. Siz bilan biz ham niyatimizni bilib turibdi hozir. Sen. O'lsam, meni shahid deyishadi, meni maqtashadi deb turib, jang qilding, o'lding. Odamlar maqtadi, niyatingga yetding. Sur buni jahannamga deydi. Buni ham yuzini yerga chiqarib olib borib, jahannamga uloqtiriladi. Bu odamlar qilishi mumkin bo'lgan eng qiyin ishlar. Bular qildi uchchalasi. Qildi. Fe'lani qildi. Ammo niyati to'g'ri bo'lmadi. Ixlos bo'lmadi, jahannam yo'loqtirildi. O'shaning uchun aytyapmiz. Payg'ambarimiz muoz roziyallohin huquqiga aytyaptilarki, e muoz, ixlos bilan ozgina amal qil, yetadi shu deyaptilar. Sa'diddin Nabiya vaqosiga aytyaptilar. Ixlos bilan hozirgina amal qilib, darajang ham, martabang ham, yaxshiliging ham ziyoda bo'ladi deyapti. Nima ekan? Birinchi navbatda birodarlar? Ixlos ekan. Ixlos ekan! Munofiqlar kalima keltirgan. Qaranglar. Munofiqlar namoz o'qigan.
Munofiqlar jihodga chiqqan, Rasululloh bilan. Lekin qalbida ixlosi yo'qligi uchun bu qilgan amallari ularni najotga olib chiqmadi. Innal munofiqiy na fid darkil asfali minan nar, dedi Alloh Taolo. Munofiqlar jahannamning eng tubida bo'ladilar. Kofirlardan ham, mushriklardan ham, majlislardan ham pastda bo'ladi. Nima uchun? Nifoq bor edi ularda, qalbida.
Shuning uchun siz bilan biz mashka kerak ekanligimiz, ro'za tutayotganligimizga oldinib, o'zimizni ixloslayman deb aniq ishonib olmaylik. Ixlosimizni tezda tezda nima qilib turaylik? Tekshirib turaylik. Niyatlarni tez tez yangilab turaylik. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar, shirk, riyo sizlarni qalbinglarga shunday kirib keladiki, qorong'u xonada qop qora toshni ustida qora chumoli o'malab kirib kelgandek. Sezasizmi?
Qop qorong'i uyini tasavvur qiling. Qop qora tosh tasavvur qling. Uni ustida ketayotgan qora chumolini tasavvur quling. Sezasizmi. Sezmaysiz. Mana shunday kirib kelib qoladi. Yo rasululloh qanday qilib qutulamiz bundan deb so'rashganida, rasululloh aytdilar, allohumma inniy audubika minan ushirika bika shay'an a'lamu. Va astag'firu kalima la a'lamu innaka anta al la mulh u duosini o'qib yuringlar dedilar. Kalima i kalima rodu kufr. Ya'ni kufrni rad qilishlikni kalimasi. Shu kalimani hech bo'lmasa aytaman da, uchta kech paytda uch marta, uch marta o'qib qo'yaylik. Bironta savobni ishga kirib ketayotganda, chiqib ketayotganday bir nima qilib qo'yayligi, o'qib qoyaylik. Nima degani? Allohimni inniy auditoriyka, parvardigor, men sendan panoh tilayman. Min an uchlika bika shay'an va ana alami. Bilib turib shir keltirib qo'yishdan panoh tilayman, bilmasdan shir keltirab qo'yishtan panoh tilayman? Albatta sen g'aybda bo'ladigan zotsan.
Tog'da keladigan solih amaling bor manda, ammo uni ortidan sen allohni rizosi emas, boshqa narsani ko'zlaysan. Xo'jako'rsumni, odamlarni maqtovini. Bu xabada bo'lib ketadigan amal bo'ladi birodarlar. Mana aytdik, muhabbat mavzusi xatarli mavzu edi. Ammo ixlos undan ko'ra xatarliroq bo'lgan mavzu. Alloh subhanahu va taolo aytadi: ana ag'nal ag'niya anish shirk. Mana amila amalan ashraka fihih g'oyri, fahvo lilladiy ashraka fihiy va ana minhum bari.
Kim? Alloh taolo aytadi: men shirkdan pokman. Kim menga birovni sherik qilgan holida bir amalni qilsa, bas uning amali o'sha sherik qilganiga men undan pokman. Amalingiz to'qson to'qqiz foiz Allohni roziligi uchun bo'ldi, bir foiz mahalladagilarni ko'ngli uchun bo'ladi. To'qson toqqiz foiz Alloh uchun bo'oldi, bir foiz riyo uchun bo'uldi. Alloh buni qabul qilmaydi. Innalloha toyibun la yaqbalo illa toyiba. Albatta Alloh pokiza zot va faqat pokiza narsani qabul qiladi.
Jasadingiz pok bo'lsin. Kiyimingiz pok bo'lsun. Joyingiz pok bo'lsin. Qalbingiz pok bo'lsin. Boshqa hadis xuddi saida. Riyo uchun savobli amal qilgan odamga Alloh Taolo qiyomatda aytadi. Idha'b. Fahud ajraka min mana amil tala hu la ajrala ka indana. Bor. Ana shu amalingni kim uchun qilganding? Mukofotini o'shandan so'ra. Bizni huzurimizda senga mukofot yo'q. Bizni huzurimda senga mukofoti yo'q.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innalloh hala yanduru ila ajisaadikum va la ila suvarikum. Alloh sizlarni suratinglarga, jasatinglarga qaramaydi. Va lekin yanduru ila quluv bikum va ashora bi asobiyhi ila soddihi. Va barmoqlari bilan o'zini ko'ksiga ishora qilib turib, qalbiga ishora qilib, Alloh Taolo sizlarni qalblaringizga qaraydi deb ishora qildilar. Shuning uchun bir odamni savlati kelishgan, figuralari tekkis, basavlat, so'zlari nihoyatda bir salobatlik, haybatlik, ammo unda ixlos bo'lmaydigan bo'lsa, Alloh Taolo qaramaydi. Agar bu insonni qalbida ixlos bo'ladigan bo'lsa. Alloh Azza va Jalaba bu bandaga zarracha bir parvo qilmaydi.
Aqlu qovli haydab, astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum.