Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalim. Va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyotun nafs darslarimiz silsilasidan istiqomat darsini o'qiyotgan edik. Bugun oxirgi dars. Ikki yomonlikdan bittasini tanlash.
Ba'zida hayotda shunaqa bo'lib qoladi. Ikkita ishdan bittasini qilishga majbur bo'lib qolasiz. Ikkalasi ham yomonlik. Shunda nima qilinadi? Yomonligi ozroq bo'lgan ish qilinadi. Bu narsani Nabiy sollallohu alayhi vasallam muqoraba deb ataganlar. Muqoraba. Masalan, bir kishining singlisi bor.
Din, diyonatdan uzoq. Allohning amriga beparvo. Endi aka dindor, taqvodor. Nima qiladi? Bu dindan uzoq bo'lgan, bir behayo suratda, behayo ishlarda bir qilib yurgan, bir yarim yalang'och yurgan, ibodatdan uzoq bo'lgan singlisi bilan aloqa qiladimi, yo'qmi? Bunaqa qarindoshi bilan aloqaga qilishlik to'g'ri bo'lmaydi. Lekin aloqani uzishlik ham to'g'ri bilmaydi. Aloqa qilsang ham yaxshi emas, aloqani uzsang ham yaxshi mas. Mana. Ikkala ishdan bittasini tanlash kerak, ikkalasi ham yaxshilik emas. Shunda qaysinisi yengilroq? Aloqa qilib turishligi. Chunki ehtimol sen aloqangni uzmay tursang, aka, taqvodor aka, sendan bir ta'sirlanar, qilgan yaxshiligingdan bir ta'sirlanarda haqqa yurib qolar. Ammo agar aloqani uzadigan bo'lsang, mana shu zaruratida, gunoh ma'siyatida davomiy bo'lib ketar. Demak, aloqani uzmasdan u bilan shariat ruxsat bergan doiralarda muomala qilib turishligi istiqomat deyiladi. Birodarlar, mustaqil bo'lish, istiqomatda turish oshirib ham bormaslik, kamitib ham bormaslig. Ifrot ham yo'q, tafrit ham yo'q.
Agar birov qo'lingizga katta bir hovlini kalitini bersa, hovlini narxi million dollar deng. Endi bu hovlini kaliti senda bo'lsanglar, hovli seniki bo'lib qoldi degani bo'ladimi? Yo'q, uni narxini to'lashlik kerak. Buni misol uchun aytyapmiz birodarlar. Shuning uchun siz la ilaha illalloh desangiz u, mustaqil bo'lmasangiz, istiqomada turmasangiz, jannatga kira olmaysiz.
Tushuntira oladimi? La ilaha illallohni muhammad rasululloh desangiz u xohlagandaqa yashaydigan bo'lsangiz, shariat bilan umuman ishingiz bo'lmaydigan bo'lsa, biz ana shu jannatni kaliti bo'lgan la ilaha illallohini aytdik xolos. Jannatga kirishdik birodarlar, allohni fazli bilan bo'ladi. Amallarimiz har qancha katta bo'lmasin, biz jannatga amalimiz bilan kira olmaymiz. Mustaqil bo'lganligimiz bilan kiramiz, alloh taoloning marhamati bilan kiramiz. Lekin qur'onda bir oyat bor, biz aytayotgan ma'noga teskari kelganday bo'lib qoladi. Biz nima deyapmiz? Hech kimni amali jannatga kirib ketishligiga kifoya qilmaydi. Hatto rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amallari ham. Lekin oyatda aytyapti astaydilillah, alladina ta'tavaffavhumul malayka tutayibin, yaqulu una salamuna alaykum, uduxul jannata bima, kun tum ta'malu. Ular shirk va isyondan pok bo'lgan hollarida, farishtalar ularning jonlarini olar ekanlar, sizlarga tinchlik omonli bo'lgay, endi qilib o'tgan amalingiz sababli jannatga kiringiz derlar.
Qilgan ishinglar sababli jannatga kiringlar deyilyapti oyatda. Lekin hadisda Payg'ambarimiz aytyaptilar, hech kimni amali jannatga olib kirib keta olmaydi. Bu nima deb tushunamiz? Maktabda bitirayotgan bir yigit, misol uchun aytyapmiz, maktabda bitirayotgan bir yigit, otasi vafot etdi. Otasi faqir odam edi. Lekin bu yigitni amakisi bor, badavlat odam. Kelib, aytyaptiki, jiyanim, agar o'qishni davom ettirishlikni xohlay qilsang, o'ylanma, hamma sarf darajatini ko'taraman dedi. Yigit qabul qildi, yillar davomida mehnat qilib, ter to'kib o'qidi, izlandi, mehnat qildi, safar qildi, xullas, vaqt o'tdi, o'zini sohasida katta bir olim bo'ldi, martabaga erishdi, jamiyatda katta obro' e'tiborga, daromadga erishdi. Keyin amaki kelib aytdi, jiyanim, bunday maqom martabaga o'zingni mehnating bilan erishding, dedi. Desa yigit aytyapti, ey amaki, sizni fazningiz bo'lmaganida, men buncha narsa yetmas edim, dedi.
Amakini puli bilan yetdimi? Yo o'zini mehnati bilan yetdimi. Ikkalasi ham bo'ldi. Amakining fazli bo'ldi, yigitni mehnati bo'ldi, ikkalasi bir bo'lib turib, bu kishi, bu yigit shunchalik katta maqomat deb ega bo'ldi. Ikkita narsa, o'zini ishtixodi, amakisini in'fog'i. Alloh taoloning fazli kimga bo'ladi? Mustaqil bo'lgan bandaga. Endi Xudo kechirsa, biz ham jannatga kirib ketarmiz. Xudoni karami keng deb xohlagan ishini qilib yursa, Allohni fazli unga bo'ladimi? Innoh rahmatullohi qoriy mo'min al muxsining deloh Alloh taolo. Allohning rahmati, fazli, muhsim bandalarga yaqin bo'ladi. Sen muhsim bo'lasan, bitta kalit, Allohni rahmati bo'ladi, ikkinchi kalit. Shu bilan jannatga kirasan. Mustaqil bo'lasiz, keyin Alloh Taoloningizga fazli bo'ladi, keyin jannatga kurasiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vas salam aytadilar, saddi du va qoribi va abishiru. Fainna hulay yudixilar jannatah hadan amaluhu. To'g'ri yo'lda bo'linglar. Mustaqil bo'linglar. Bilinglarki, sizlardan birortangizning amali uni najotga erishtirmaydi.
Sizning amalingiz ham mana yo'q Rasululloh deganda, ha, meni ham amalim. Faqat Alloh meni rahmati bilan o'rab olganda. Demak, boyagi tolib ilm yigitni ilm maydonida katta yutuqqa erishi, katta daromadga erishligi ikkita narsa sababli bo'ldi. Bittasi amakisining unga qilgan xayriya ehsoni, ikkinchisi o'zini mehnati. Endi siz bilan bizga Alloh Taoloning fazli marhamati bo'ladi, bu bitta kalit. Undan burun siz bilan biz mustaqil bo'lgan bo'lishligimiz kerak.
Mana hozir esli bo'lib o'tiribmiz hammamiz a? Majlislarimizga domlalar keladi, majlislarimizga bir imomlar keladi, hurmatli odamlar keladi, odobli, esli bo'lib o'tiramiz. Endi haligi domla chiqib ketgandan keyin, endi boshqacha bo'lyapmizmi? Demak mustaqil emasmiz. Bor a shunaqa kasalimiz. Bo'pti endi, chaqqon aka bo'lib ketmaydi dedi. Qo'yaymi sen kel senga, bo'ladi da endi, qo'y.
Demak mustaqil emas. Aytdik ku, mustaqil degani to'g'ri. Uyda ham bir xil, ko'chada ham bir xil. Uyda ham so'kinmaydi, ko'chada ham so'kinmaydi. Bu yerda esli bo'lib tasbeh aytib turib, mashina minayotganda ham mana shu tasbeh aytgandaqa yuradi. Tushunarlimi? Mana shu kasalimiz bormi, yo'qmi bizni? Ikki xilmiz a? Tushunarlimmi, mustaqil bo'lish qanaqa bo'ladi? U bir xil doim. Bir xil.
Ota bolasiga dedi. Imtihondan yaxshi natijalar bilan chiqsang, bitta yaxshi velosiped olib beraman dedi. Haligi bola imtihondan haqiqatdan zo'r baholar bilan o'tdi. Imtihon varaqchasini oldida, to'g'ri do'konga bordi. Magazin ichiga ko'rsatib turib, mana baholar dedi, endi yaxshi velosiptadan bitta bering dedi. Desa, u magazinchi nima deydi?
Menga nima aloqasi bormi? Deydi. Ota nima degan edi? Imtihon varag'ingni olib turib magazinga bor deganmidi? Yo'q. Meni oldimga kel degan edi. Tushunarlimi? Demak bizni dunyodagi mustaqil bo'lishligimiz orqasida odamlardan bir narsani kutish bo'lib qolmasin. Mustaqil bolishimizdan maqsadimiz Alloh Taoloning roziligi bo'lsin, jannat bo'lsin. Shunda bu mustaqilligimiz to'g'ri bo'ladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, la yastaqimu imanu abdin xatta yastaqima qolbuhu. Qalbi mustaqim bo'lmagunicha insonning iymoni mustaqim bo'maydi. Qaytaramiz. Insonning iymona mustaqim to'g'ri bo'maydi, to qalbi to'g'ribo'magunicha. Va la yastaqimu qolbuhu xatta yastaqim alisanuhu. Endi qalbi mustaqim bo'lmayda, tili mustaqim bo'lmaguncha. Tili to'g'ri bo'lmagunicha qalbi to'g'ribo'lmaydi, qalbi to'qri bo'lmaguncha iymoni to'g'rivo'lmaydi. Qayer to'g'riroq bo'lishi kerak ekan?
Agar birodarlar, insonning jasadini bir davlat desak, bir mamlakat desak, qalb ana shu davlatning podshohi hisoblanadi. Til ana shu podshohning tarjimoni deyiladi. Gapirayotgan gapingizdan kimligingizni bilish mumkin. Istiqomaning shartlari. Ayrim ulamolar mustaqil bo'lishlikni, istiqomaning shartlari bor deyishadi. Ulardan bittasi amaldagi ishtixod. Keyingisi amaldagi iqtisod. Keyingisi ilm hududida to'xtash, ilmda turish. Keyingisi ma'budga muxlis bo'lish. Keyingisi sunnatga ergashish. Nima degani bu?
Amaldagi ishtixod. Birinchisi. Gohida odam amallarni shakliy suratda bajaradi. Namozni o'qiydi, yotib turadi. Ro'za tutadi, yemak ichmay qo'yadi. Alloh xohlagan amallar. Lekin suratiniyla bajaradi. Juda ko'pchilik odamlarni, mo'minlarni, juda ko'pligini amallari shakliy xolos.
Namoz o'qiydi jasadi. Ro'za tutadi jasadi, lekin qalbichi? Namozda hayot ketib qolyaptimi? Demak namozda qoyim emas. Namozda hozir emas qalb. Ro'za tutib turib, gunoh ma'siyatlar qalbimizdan o'tyaptimi, ko'nglimizdan o'tyapti mi? Demak, qalbimiz ro'za tutmayapti. Sadaqa qiladi, zakot beradi. Zakot beradida mana zakot beradigan payt, hozir amazon. Naqd pul berishlik, albatta, kambag'allar uchun yaxshi bo'ladi. Lekin naqd puli bo'lmasa, savdo molidan zakot bersa ham bo'ladi. Endi mana shu zakot berayotgan paytda, amalida ishtixod qilmaydi. Nima qiladi? O'tmay qolgan astatga tovarini beradi.
Sotilmay qolganini, srok o'tib ketganini olib kelib beradi xayriya fondlariga, kambag'alla larga, vaholanki bu narsa hech kimga kerak emas edi. Agar kim mana shunday qilib zakot berayotgan bo'lsa, zakot degan amalda ishtixod ko'rsatmabdi. O'ziga ravo ko'rmagan narsani faqirlarga ravo ko'ribdi. Zakot beradiganlar, eshitdinglar a? Birinchi navbatda pul beringlar. Chunki o'sha faqirlarga eng zarur narsa pul bo'ladi, o'zini ehtiyojiga ishlatadi. Endi imkon bo'lmasa, savdo molidan bersa bo'ladi. Faqat uni zo'radan bering.
Xo'p, eskisini berib yubording. Yutdim deb o'ylayapsanmi? A? Narigisidan yutkazasan endi. Demak, amaldagi ishtixod degani, mana istiqomani shartlaridan birinchisi amaldagi ishtixon deyildi. Qo'lingizdagi eng yaxshi narsani berasiz. Eng yaxshi amalda qilasiz. Hatto ayrim odamlar davlatga to'laydigan soliqni ham zakatni o'rniga hisoblab qo'yishar ekan.
Fataqulloh hammas datautun vas ma'ruati yu. Va fiqu hayronli ham fuz hukm. Va man yo'qosh shohnafsixi, fa ula aka humul muflihun. Kuchinglar yetganicha allohdan qo'rqinglar. Quloq tutinglar, itoat etinglar, hamda info ehson qilinglar. Mana shu sizlar uchun yaxshi. Kim o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas ana o'shalar najot topguvchilardir. Oyatni boshida nima deyildi?
Kuchinglar yetganicha taqvo qilinglar, degan joyini odamlar minimal amalda tushunishadi. Kuchinglar yetkanicha degani, shu minimal amalda ozgina, bu noto'g'ri tushuncha birodarlar. Aslida kuchinglar yetkunicha degani, toqatingni oxirigacha ish qilish degani. Qo'lingdan kelgan ishni eng afzalini qil degani. Masalan, namoz o'qimoqchi bo'lsangiz uyingizda, qarindosh urug'lar, bola chaqalar, boshqa rivojini qilayotgan joyda o'qimang. Chunki hayolingizni bo'ladi bular. O, ichkarida uyga kirib keting. Hech kim xalaqit qilmaydi. Mana shu namoz o'qishning eng zo'r yo'li. Endi kerak bo'lsa, agar namoz o'qib qo'ysam, bo'ldimi deb turib, o'sha yerda o'qib qolishingiz ham mumkin. Yoki ichkariga kirib o'qishingiz ham mumkin? Xo'p. Siz qo'lingizdan keladigan ishni eng afzalini qiling deyapti. Zakot bermoqchimisiz? Pul bering naqd. Agar naqd pul bo'lmasa, molingizni eng yaxshisini bering. Endi berayotganda ham to'g'ri kelgan odamga beravermang. Surishtiring, ozgina yuguring, harakat qiling, yengil joyni qidiravermang. Ozgina joningizni qiying, istab topib qo'lingiz bilan bering da. Birovga berib qo'ysangiz ham bo'ladi, molingizni berib qo'ying, zakotim desangiz. Bu ham bitta yo'li.
Amallarda faqatgina yengillik deyiladi qilaversanglar, har bitta mazhabdan faqat yengillik olinaversa, bunaqa odamni dini nafislashib ketadi. Bu talfiq deyiladi da birodarlar. Har bitta mazhab dan yengil fatvolarni oladi da, qarabsizki bu odamni dinida salobat, haybat qolmaydi. Demak, istiqomani birinchi sharti amaldagi ishtiqod.
Mustaqil bo'lish, istiqomada bo'lish degani, o'rtacha bo'lish degan. Bu dinimiz vasatiya dini, o'rtacha yo'l ushaymiz. Dindan adashlilik ikki xil yo'li bor. Ifrot va tafrit. Oshirib yuborish amallarini, bu ham xato. Kamaytirib yuborish hamma amallarini, u ham xato. Shar'iy hukmlarga g'uluv kirib ketishlik ham xato. Shariy hukmlariga beparvo bo'lish ham xato. Dinimiz o'rtasini ushaydi deydi.
Abu dordo roziyallohu anhuni ayoli kelib, umariddin xattob xalifa bo'lib turgan paytda eridan, abu dardordan shikoyat qildi. Nima shikoyating bor? Dedi. Erim kunduzlari ro'zador, kechalari bedor, dedi. Umariddin xattop daho bo'lgan. Lekin shu so'zga e'tibor bermay qolibdi da, ering zo'r odam ekan u, dedi. Alloh baraka bersin, zo'r ekan, dedi. Shunda xalifani oldida turgan Usmonimdan fon edi. Diqqat qilib eshitgan edi. Ey amiral mo'miniy, eridan shikoyat qilyapti bu ayol dedi. Xalifa qarab turib, tushungan bo'lsa savolini, siz javob bering dedi.
Usmonovdan hukm qildi. Eri uch kun o'tkazib, to'rtinchi kunini shu xotiniga beradi. Nima uchun uch kun o'tib, to'rtinchisini? Chunki to'rtta xotini bo'lsa, bu xotinni o'chirib to'rt kunda bir bo'lamidi? Abu Dodo roziyallohu anhu mana shu nafl ibodatlarni qilishda oshirib yuborgan edi. Solma roziyalloh ham anhu nasihat qiladi. Seni joningni ustingda haqqi bor, oilangni haqqi bor, ayolingni haqqi bor deydi. Kunduzlari ro'zador bo'lsa, ayoliga qaramaydi. Kechalari namozda tursa, ertamagacha ayolini haqqi o'qib poymol bo'ladi. Demak, oshirib yurishlik ham to'g'ri emas, amallarni, kamaytirib yurishlik kam to'g'ri mas. Demak, istiqomi degani haqlarni ado qilishlik.
Ba'zi bir odamlar taqvo qilib, o'zicha taqvodor bo'ladi da, namoz o'qimasa, uni nonushtasiga bormaydi. Namoz o'qimasa yo bir qandaydir shariy amallarga beparvo bo'ladigan bo'lsa, muomala qilmaydi. U bilan savdo qilmaydi, aytasan, u namoz o'qimi deydi. Kim aytdi akalar bunaqa qilish kerak deb? Bu taqvo emas, bu dinni tushunmaslik bo'ladi birodarlar. A Payg'ambarimizni sahobalari musulmon bo'lmagan odamlar bilan ham savdo sotiq qilishganmi?
Istiqoma sharti bor imkoniyatingni sarf qilishlik. Amallardagi vosatya yo'lini ushlashlik. Ali roziyalloh aytadi rovixul quluba sa'atan ba'da sa'ating fa innal qulu va ida kallat amiyat. Amallarda doimiy suratda qattiqini ushlab yurgan, fatvoda qattiqini ushagan, shiddatlisini ushlagan odamlar vaqt soati kelgan paytda dindan sovib ketadi ko'ngli.
Ali ibn Abid tog'lab aytadi, vaqti vaqti bilan qalblarga rohat berib turinglar. Chunki qalblar agar malollansa, ko'r bo'lib qoladi. Unaqa qadri bo'lmaydi doim. Kunda ro'za tutib bo'lmaydi. Kun ora ro'za tutsin. Bir oyda uch kun ro'za tutsun. Dushanba, payshanba ro'za tutson. Lekin har kuni emas. Mustaqil bo'lish degani o'rtacha yo'l tutishlik degani. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'zi yolg'iz namoz o'qisalar, juda uzoq o'qirdilar namozni. Lekin imom bola o'qib bersalar, jamoatga namozni, qisqa o'qirdilar. Muozimni jabal buni aksini qilib, jamoatga o'tganda, imomga o'tganda namozni cho'zib yuboradi. Shunda Payg'ambarimiz: Afatdan nur anta ya ma'od, a siz fitnachimisiz, deydilar. Tushunarlimi? Istiqoma degani o'rtacha bo'lish degani. Shariatni doirasida, ramkasidan chiqmasligi degani.
Shayton birodarlar insonni o'ng tomondan keladi, chap tomondan keladi vasvasa qiladi, ononi qilma, manoni qilma, ma'noni yema, ma'noni ichma. Xullas ma'no ishga kirishadigan bo'lsang shubha bor deb vasvasa qilaveradi da, kerak emas o'rnida oqibatda boyagi mo'min ilmsizligidan hamda qattiqlikka tatarovka berilgandan ishsiz qolib ketadi. Uyaga borsa u yerda mana ishni masalalar bor ekan, menda manaqa mumkin emas narsa bor ekan, ishsiz qoldi ketadi.
Aqol qovli ha da va astag'firulloh alayhi va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.