MMaviza
IstiqomaTekshirilgan23 daq

05.2023 20-QISM / AXLOQ MANZILATI (1/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
22:51

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Amma ba'ta, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Bismillahir rohmatir rohim. Tazkiyatun nafs silsila darslaridan bugungi o'qiydigan manzilatimiz birodarlar axloq manzilati. Axloq. Xulq. Alloh azza va jala Qur'onda Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamni maqtab, assaydu billah va innaka ala ala huluqin alim deb marhamat qildi. Albatta siz, ey Muhammad alayhissalom, ulug' xulq ustidadirsiz. Axloq haqida gaplashamiz. Nafsni poklash, tazkiyatun nafs silsilasida axloq haqidagi darsimiz. Payg'ambarimni sollallohu alhamdan mad din yo rasululloh deb so'radi sahobalar. Din nima? Rasululloh aytdilar, husnul xuluq, go'zal xulq. Shuning uchun aytilinadi, qaysi bir mo'min birodaringni axloqi senikidan yaxshi bo'lsa, uni iymoni ham, dini ham senikidan yaxshiy ekan. Tasavvuf ulamolar aytadi, qaysi mo'min birodarning axloqi sendan baland bo'lsa, uning tasavvufi ham sendan baland ekan deydi.

Rodalar din bu axloq. Bu mavzuga kirishlikdan oldin kichkina bir tanqid. Dunyoda yashayotgan hamma insonni maqsadi salomat bo'lish, baxtli bo'lish. Siz bilan biz yashab turgan bu zamonda turli fikrlar bor, turli mazhablar bor, turli jamoalar, oqimlar bor. Bir biriga qarama qarshi fikrlar juda ham ko'p. Mana shunday bir qiyin holatda inson o'zini robborsini, yo'lini topishi va ana shu yo'lni o'ziga manxad qilib, manxach qilib olishiga juda ham katta ne'mat. Insonga dunyoda ko'p ne'matlar berilgan. Sog'lik, boylik, mansab, farzand. Ammo bu ne'matlar insonni vafot etishi bilan tamom bo'ladi. Inson qabrga kirishligi bilan bu ne'matlar hammasi tamom bo'ladi. Endi hayotda bir narsa bor, bir ne'mat bor, uni qadrini puli bilan uchrab bo'lmaydi. Undan ortiq ne'mat bo'lmaydi! U qanaqa ne'mat? Haqiqatni anglash. Agar biz birodarlar mana shu haqiqatni anglasak, va mana shu haqiqatga muvofiq yashaydigan bo'lsak, albatta baxtli bo'lamiz, dunyoyi oxiratda.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana Abu Muvofiq va Rodiallohu anhudan u kishi aytadi, Rasulullohning xizmatida bo'lgan yigit. Tunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni chaqirib dedilar. Bu Rasulullohning vafotiga yaqin qolgan paytdagi ishlar. Ahli baqiyga istig'for aytishi menga buyurildi. Men bilan birga yur. U zot sollallohu alayhi vasallam bilan birga chiqdim.

Qabrlar orasida to'xtab dedilar. Baqiy qabristoni. Assalomu alaykum, ey aqabr egalari. Sizlarning boshingizga tushgan narsa odamlar boshiga tushgan narsadan yengilroq bo'lsin. Alloh sizlarni nimalardan saqlaganini bilsangiz edi, aqbalatil fitan kaqit aylaylil muzlim. Qorong'i kecha kabi, biriga ikkinchisi ulanib, fitnalar kelmoqda. Keyingisi avvalgisidan yomonroq.

Haqiqatdan rasululloh vafotidan keyin juda ko'p fitnalar bo'ldi musulmonlarni orasida. Sahobalarni o'rtasida fitnalar kechdi. Urushlar bo'ldi sahobalarni orasida va bu fitnalar mana shu kungacha davom etib kelyapti, qiyomatgacha bu fitnalar turadi. Hamma o'zini haq deb turgan zamon. Hamma o'zini tanlagan yo'ldan haq deb turgan zamon. Yo'llar bir biriga teskari bo'lib turgan zamon. Bunday zamonda haqiqatdan haq ustida turishlik katta ne'mat.

Saodatning asosi, amalni to'g'ri bo'lishining asosi haqiqatni nima ekanligini bilish. Mana kechagi darsimizda aytdik, g'arb mamlakatlaridan bittasining ministri, premyer ministri o'zini o'zi qatl qildi, yoshi yetmish dan o'tgandan keyin. Bironta bir sharmandali ishi yo'q edi, undan xijolat bo'lib osib oldi o'zini degani. Yo bir qarzi yo'q edi to'lolmasdan o'zini o'llirdi degani. Nima uchun qatl qildi? Ateist edi. Oxiratga ishonmas edi. Xudoni borligini tan olmas edi. Lekin umrini shu yetmish yoshdan o'tgandan keyin umri qarasa, Xudoni borligini tushunib qoldi. Shunda o'zini haqqiy sanadi. Yetmish yil yolg'on narsaga e'tiqod qilib yurgan ekanman dada, o'zini o'zi qatl qildi.

Haqiqatni bilishlik, asl haqiqat nima ekanligini bilishlik ulkan ne'mat. Misol, bir xonaga kirgizishdi, shu yerdan cho'ntagingga siqqanicha olib chiqib ketasan deb turib, sariq temir parchalarni uyum uyum qilib har yerga bir tashlab qo'yishibdi. O'ntami, yigirma tami shu uyum turibdi. U yerda sof oltin ham bor. Mis ham bor. Oltin aralashgan mis ham bor. Oltinga rangga o'xshaydigan latun metali ham bor. Xullas, hammasi sariq metal, shulardan bittasi oltin.

Shunda rosa alam qiladi a? Nima alam qiladi? Tillani qanaqa ekanligi haqidagi ilmni bilmaganligingiz. Haqiqatni bilmaganligingiz. Rosa alam qiladi. Risk bor. O'n ga bir endi shans. O'nta uyim turgan bo'lsa, bittasi tilla. Cho'ntagingizga qancha to'ldirasiz?

Tushunyapsizmi misolni? Dunyoga kelganda hamma o'zini oltin deb ko'rsatyapti. Hamma o'zini fikrini to'g'ri deyapti. O'zini tanlagan yo'lini haq deyapti. Shunda sizda ilm yo'q. Qaysinisi haq ekanligini ajratib beradigan bilimiz yo'qligida siz adashib ketishligingizni birodarlar, fitnalarga, ixtiloflarga, talash tortishlarga to'lgan zamonimizda asl haqiqatni nima ekanligini bilib olish o'ta ham muhim. Qaysi narsa haq, qaysi narsa botir. Hammasi sariq metal. Hammasi oltinga o'xshayapti.

Lekin yagona bo'lgan haqiqat, mutloq bo'lgan haqqat, aniq va ravshan bo'lgan haviqat Allohu Subhanahu va Taoloning o'zi. Odam borki xato qiladi. Adashadi, tuzaladi, buziladi, to'g'ri ish qiladi, xatoga yo'l qo'yadi, ammo haqqul mubin bu Allohu Subhanahu va Taoloning o'zi.

Yolg'iz Allohu Taoloning o'zida siz bilan bizni yaratdi. Bu borliqni paydo qildi. Siz bilan bizni mana shu dunyoga kiritdi. Ana shu inson alal oqibat Allohu huzuriga albatta qaytib boradi. Mo'min bo'lsin, kofir bo'lsin, ishonsin, ishonmasin, o'limni tan oladimi hamma? Ha, o'lim haqiqat. Inson o'ldimi, aniq Alloh Taoloning huzurida qoyim bo'ladi. Shuning uchun birodarlar, so'zimni boshida aytdim, har qanday insonni bu dunyoda yashayotgan paytda maqsadi saodatli bo'lish, baxtli bo'lish, salomat bo'lish. Endi bizni saodat topishimiz faqat va faqat Alloh Taoloning manhaji bilan yashashimiz orqali bo'ladi.

Mana namozxonlar o'tiribmiz hammamiz. Musulmonmiz, alhamdulillah, herob bilan amin. Hayotdagi bir maqsadlarni bir aytib ber chi desa, Allohni roziligi, Allohni diydori, jannatga kirish, hammamizni tilimizdan shunday chiqadi. Lekin hayotda qilayotgan ishlarimizni qarasangiz, bu narsalar birinchi o'rindagi maqsad emasligi ko'rinib qoladi.

Ikki og'iz yolg'on gapiramiz, ko'proq pul keladi, yolg'on gapirib qo'yamiz. Va'da berib turib, borgimiz kelmay qolsa bormay qovuramiz. Ha birodar, Allohni roziligi uchun yashayotgan odam bo'lsa, maqsadi Allohni rozilig uchun bo'ladigan bo'lsa, uch to'rt chaqa uchun ahdidan qaytmasligi kerak. Bergan va'dasida turish kerak. Shunday emasmi?

Shuning uchun siz bilan biz o'zimizni hayotimizni bir tekshirib chiqishimiz kerak. Fikrlarimizni, tasavvurlarimizni, kunlik hayotimizni, fe'l atvorimizni. Mana, talaba o'qigani kelib, masala eshitgani kelib, xatmiga quloq tutgani kelib, mashina mingan ukalarimizni qilayotgan qilig'ini ko'ring. Aytyapman ku, hammamiz Allohda roziligini maqsadimizda deyaveramiz, lekin qilayotgan ishimiz hammasi shu maqsadimiz bilan muvofiqmi?

Aytyapmiz ku, tilimizda bir gap, lekin qilaydigan ishimiz va niyatlarimiz boshqa gap bo'lib qolmayaptimi? Agar bunaqa bo'ladigan bo'lsa, hech qachon saodat topmaymiz. Ishonavering. Saodatni siri nimada? Diqqat. Allohning manhajini bilish va unga amal qilishda.

Allohni manhajini nima ekanligini bilish va un ga amal qilishlikda saodatni sir. Bilib qo'yishligini o'zi kifoya qilmaydi. Amal ham qilishlik kerak. Bilishlik, amal qilishilik. Ikkalasi bo'lib qarsak ikki qo'ldan chiqqandek, ikkalasi bo'lishligi kerak bizdan. Biz juda ko'p narsani bilamiz. Lekin o'sha ko'p narsamizni yarmiga ham amal qila olmaymiz. Saodatimiz shunga yarasha bo'ladi. Kim bilganini ko'proq qismiga amal qila olayotgan bo'lsa, demak uni saodati ham boshqalarnikidan nima bo'ladi? Baland bo'ladi.

Demak saodatni siri nimada? O'lchov va tushunchalarni ana shu manhaj bilan tuzatib olishlikda. Mana hayotni qarasangiz, realniy gapirsangiz da, juda ko'p odamlar, xususan musulmonlar ham g'arb hayotini havas qiladi. G'arb o'lkalariga borishlikni, shu yerda yashashni, shu yerga pul topishlikni havas qiladi, to'g'rimi?

Odamlarni ko'plari havas qiladi nimani? G'arb o'lkalarini. U yerdagi katta maosh, mo'l ko'lchilik, baland imoratlar, yangi mashinalar. Ha, o'sha yurtda yashayotganlarda ham boyi ham bor, kambag'ali ham bor. U yerda ham, hamma yerdagidek ha. Bizga doimiy suratda televideniya orqali ularni boyligi, ularni hashamatli hayoti ko'z ko'z qilinadi. Bir qarasak, fe'l ham savodat topgan odamlarga o'xshaydi. Aslida chi?

Biz aytayotgan Allohni manhajini bilishmaydi. Binobarin ularning o'lchov tushunchalari g'arbcha. Endi o'lchov shuncha Allohni shariatiga muvofiq kelmagandan keyin bunaqa tushunchalik odam baxtli bo'lishi mumkin emas. Dalil? Dalil? Suitsid. Nima edi u? O'zini o'zi joniga qasd qilish, o'zini o'sha o'ldirish. Ana shu o'zini o'zi qatl qilishlikni statistikasi ana shu biz aytayotgan boy mamlakatlarda eng katta.

O'sha suitsidni eng past raqam qaysi mamlakatlarda desa, musulmon mamlakatlarda. Agar mana shu dunyo matohini katta bo'lishligini o'zi saodat bo'lsa, kambag'al mamlakatlarda ko'proq bo'lishi kerak bu suitsid. Lekin o'sha yoqda ekan. Stipe jobs nimada bo'ldi? Apple kompaniyasini asoschisi. Meni topgan pulim, topgan obro'yim, bu biznes imperiyam o'lim degan haqiqatni oldida sariq chaqa ham arzimas ekan.

Hayotda meni ishimdan boshqa quvonchim yo'q edi deyapti. Sakkiz milliard dollarni to'plab qo'ygan odam ishimdan boshga quvonchimyo'q edi deapti. Shuning uchun birodarlar haqiqatni anglash bu eng ulug' ne'mat. Eng ulug' neytmat. Allohni manhajini bilish va unga amal qilishlik, bu saodatni birodarlar kaliti bo'ladi.

Bitta katta qasr deb tushuning, baxtni. Dunyodagi saodatni katta bir qasr deb tushing. Devorlari baland, qalin, juda ham katta bir mustahkam eshigi bor, katta qulub osib qo'yilgan. Siz baxt topmoqchisiz. Ya'ni shu qasrga kirmoqchisiz, birinchi yo'li, qulupni sindirish kerak. U ancha munchaga sinmaydi. Yoki ikkinchi yo'li, devorni teshib kirishlik kerak. Bu ham undan oson emas. Qancha mehnat, qancha kuch, chang, to'zon, to'polon, vaqt, shovqin suron bilan kirishi mumkin. Yoki yana bitta yo'li bor, kalitini topasiz shu qulupni. Shunday solasiz, ochasiz, kirasiz.

Ana shu baxt degan qasrga kirishlikni, qulupini ochishlik uchun Alloh Taoloning manhaji kalit bo'ladi. Ular o'sha devorni teshib kiraman, qulupni yorib kiraman deb tupurchilik qilgan odamlar, ana shu baxt degen qasrga. Bizda kaliti bor uni birodarlar. Kitobi sunnat degan. Har bitta narsani kaliti bor bo'lgandek birodarlar, baxt saodatni ham kaliti bor. Tafiqni ham kaliti bor, biz Allohni ibodati uchun yaralganmiz. Ana shu maqsadni amalga oshiramiz, ibodat qilamiz, amal qilamiz, keyin baxtli bo'lamiz.

Shuning uchun bizning saodatimiz, birodarlar, Allohga bo'lgan ibodatimizga bog'liq. Ilm va taqvoyimizga bog'liq. Boy yo kambag'al bo'lganimizga bog'liq emas. Agar shunaqa bir renga apparat o'sada, mana shunday tutib turib, rozimi yoki norozimi bo'ladigan rentgen apparat bo'lsa da, baxtsizmi yoki baxtlimi?

Birinchi kimga tutardik? Boylarga. Qarab turar edik. E, bu ham ne deb o'ylay ekan hayotidan deysiz da. Chunki. Hayotda inson agar Allohni tanimasa, Allohni manhaji bilan yashamasa, boy bo'lsin, kambag'al bo'lsin, u rozi bo'lmaydi. Binobarin baxtli bo'lmaydi . Chunki qancha qancha badavlat odamlar bor oramizda, birodarlar baxtsiz. Uni faqat O'zi biladi. Va qancha qan cha boy bo'lmagan oddiy odamlar ham bor, baxtli. Nima uchun? O'lchov tushunchasi to'g'rida buni.

Inson dunyoga kelib, minglagan savollarga javob qidiradi. Istaydi billa, valaqadar usallam min qobliga rusulan ila qavmixin. Faja'a uhun bil bayinat, fantaqom na minalladina ajromu vakana haqqon alayna nasrul muxminin. Aniqki biz sizdan ilgari ham payg'ambarlarni o'z qavmlariga yuborganmiz. Ba'zi ular qavmlariga aniq ravshan hujjatlar keltirganlar. So'ng biz jinoyat qilgan kimsalardan imtihon olganmiz va iymon keltirgan zotlarni g'olib qilish bizning zimmamizdagi haq bo'lgan. Mo'minlarni g'ulib qilishlik meni ustimdagi haq deyapti. Keyingi oyatda o'qiymiz. Summa nu najji rusulana avalladina amanu kadalika haqqon alayna nujil minin. Mana endi mo'minlarni Alloh g'olib qilishligi, mo'minlarga nusrati berishligini Alloh Taolo va'da qilyapti. So'ngra payg'ambarlarimiz va iymon keltirgan zotlarga najot berurmiz. Shunday qilib, oxir oqibatda iymon keltirkan zotlarga naj ot berish bizning zimmamizdagi burch bo'ldi. Ikkinchi oyatda va'da qilyapdi Alloh.

Men g'olib qaraman deyapti. Keyingi oyat. Valay yaj ala allohu lil kafiringna ala lumiuniyna sabiila. Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo'minlar ustiga yo'l bermagay. Mo'minlarga yordam beraman, nusrat beraman, ularni mag'lub qilmayman, dushmanlarni ustidan g'olib qilaman deyapti. Lekin hayotni qarasangiz, buni g'irt teskarisi bo'lib turibdi yu.

To'g'rimi? Qur'ondagi aytilgan narsa hayotda voqeligi ko'rinmayapti yu. Iymon keltirganlarni g'olib qilish bizni zimmamizdagi haq, iymon keltirilgan zotlarga najot berish bizni zimmammizdagi burch, Alloh hargiz kofirlar uchun mu'minlar ustiga yo'l bermagay. Hayotda bular bo'lmayapti yu hozir.

To'g'rimi? Shunda Qur'on yolg'onmikin? Axir hayotda buni teskarisi bo'lyapti yu. Hayotda bu narsani bo'lishi mumkin emasga o'xshaydi deb o'zingiz bilmagan holda kufrga yaqinlashib qolmang birodar. Allohni kalomi haq. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so'zlari haq.

Valang yaj ala allohu lil kafiringna ala l munginingna sabina. Va alloh hargiz kofirlar uchun muammolar ustiga yo'l bermagay. Unaqa bo'lmayapti yu. Haqiqatdan musulmonlar o'zini vatanida turib, qoni to'kilib, o'zi yurti vayron bo'lib, boyliklari talon toroj bo'lib turib, yana terrorist degan laqabni olyaptimi?

Ha, Alloh Taolo g'olib qilaman degan ekan u, degan savol kallangizga keladi va noqulay holatga tushib qolasiz. Buni nima deb tushunamiz? Astadibillah, va adallohulladina amanu ming kun va amili solihat la yas taxlifan nahum fil ardi kamas taxlafan ladina min qoblihim.

Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan iymon e'tiqodli zotlarni yer yuziga xalifa hukmron qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni. Va ular uchun o'zi rozi bo'lgan islom dinini g'olib, mustahkam qilishni hamda ularning xavfi xatallaridan so'ng tinchlik xotirjamlikka aylantirib qo'yishni va'da qildi. Ular menga ibodat qilurlar va menga biror narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu va'dadan keyin kufroni ne'mat qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir.

Lekin hayotda hozir unaqa bo'lmayapti. Hayotda hozir oyatda aytilgan narsani teskarisi bo'lyapti. Shunda siz shubhaga kirib qolmang birodar. Qur'on voqea emas, unda aytilgan narsa ro'yobga chiqmaydi, amalga oshmaydi, u Allohni kalomi emasmikin degan o'yga borib qolsangiz, kufrga kirib qolgan bo'lasiz. Yoki aytasiz, yo'q, Qur'ondagi hamma narsa haq. Ammo ularni amalga oshish uchun shartlar bor. Agar shu shartlar bajarilsa, albatta u oyatlarda aytilgan narsa ro'yobga chiqadi.

Faqat mo'minlar Allohni nusrat berishiga loyiq bo'lishinglari kerak. O'zini musulmonman degan odam hozirgi kunda, hammasi ham chin bilan musulmonmi? O'zini mo'min deb sanaganlarni hammasi chin mo'minmi? Men falon narsani qilaman degan har bitta musulmon aytganini qilyaptimi? Biz haqiqiy mo'min musulmon bo'lolmayapmiz da. Bilganimizga amal qilolmayapmiz da, shuning uchun Alloh Taoloning va'dasi bizni ustimizda haq bo'lmay ekan dur.

Biz oyatlarni o'qib turish unga o'xshagan shubhaga kelib qolmasligimiz uchun, bu oyatni nozik ma'nolarni tushunishimiz kerak. Anglash kerak, idrok qilishlik kerak. Fas alu ahla zikri in quntum la ta'lamun. Agar bilmaydigan bo'lsanglar, biladiganlardan, ilm ahlidan so'ranglar. Shuning uchun so'rang birodar. Qur'on oyatlarini haqligiga ishonish bu aqida masalasi. Aqida masalasida shubhaga kirib bo'lmaydi.

Bu ummatning avvalini nima isloh qilganini, ummatning keyinini, hozirini va kelajagini ham xuddi shu narsa isloh qiladi. Uzoq yo'lni mo'ljallab, yo'lga chiqdingiz, mashinada ketyapsiz, motor o'chib qoldi. Mashina to'xtadi. Nima qilasiz? Tushib olib baqir chaqir qilasizmi? Ey Xudo to'xtab qoldim deb? Yo bir sababini qilasizmi. Kapotni ochasiz, qo'lingizdan kelgancha sababini qilhasiz, nima deb qilasiz. Lekin dod deb turib olganingizdan foyda bormi?

Hozirgi kundagi islom olamini mushkulasi doim shikoyat qilamiz. Nima deb shikoyat qilarmiz? Alloh bizni tashlab qo'ydi. Alloh bizni toshlab qo'ydimi? Ilayhi marji ukum jami an va'dallohi haqqon. Hammanglar allohni oldiga qaytib kelasizlar. Allohni va'dasi haq. Alloh yordam beradi, aziz qiladi, nusrat beradi. Kofirlar ustidan g'olib qiladi. Faqat musulmonlar shunga loyiq bo'lsin. Demak, mushkula o'zimizda. Mushkula dinni noto'g'ri tushunishimizda. O'y fikrlarimizda, o'lchov tushunchalarimizda, yurish turishimizda, fe'l atvorimizda. Oldimizga qo'ygan maqsadlarni noto'g'riligidan.

Aytyapmiz ku, hozirgi bir odamlarni so'rasangiz, hammasi Alloh xudo deydi, Allohning roziligini deydi, lekin qilayotgan ishini qarasangiz, bunga to'g'ri kelmaydi. Bir tolib ilm imtihon oldida turibdi. Imtihon oldi turibdi. O'nta imtihondan o'tsa, keyin diplom oladi. Nima qiladi? To'qqiztasiga yaxshi tayyorlandi da, bittasiga beparvo bo'ldi.

Ana shu bitta imtihondan o'ta olmadi. Endi qolgan to'qqizta imtihondan utganligi, to'qqiztasi imtihonga tayyorlaganligidan foyda bormi? Biz shunaqa bo'lyapmiz da, birodarlar. Islomni to'laligicha olish kerak. Faqat namoz o'qib, ro'za tutib, soqol qo'yib, pashashim bilan masjidga yurib qo'ysanglar, bu islomni qoyim qildi degani emas.

Yurish turishimiz, fe'l atvorimiz, suluvkiyatimiz, oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz, o'lchov tushunchalarimiz Alloh va Rasululloh xohlaganda bo'lgandan keyin, nima bo'ladi? Alloh taoloning surati siz bilan bizning ustimizda haq bo'ladi. Aquli qovli hada, va astag'firullohu alayhi va alakum. Innallohu va malaka tahu yu sollu ala nabi. Ya yu halladina a manu sollu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish