MMaviza
Axloq manzilatiTekshirilgan19 daq

05.2023 21-QISM / AXLOQ MANZILATI (2/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
18:46

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi na'hmaduhu anastan inuhu anastavfiruh. Va na'udhu billahi min sururiyam husina va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudillala, g'oman yudhililgu falah hadiyala. Mana shuhratulloh ilohi illalloh va hidahular sharikala. Mana shuhadah anna muhammadan abduhu rasuluh. Ammo ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Tazkiyatun nafs. Silsila darslarimizdan mana birodarlar, axloq manzilatiga keldik.

Dinimizni to'laligicha ushlash kerak. Din deganda faqatgina namoz, ro'zani tushunmaslik kerak. Axloq, muomala, odamlar bilan qilayotgan aloqalarimiz juda ham bir muhim o'rin. Axloqimiz muhim narsa. Agar bizni shioriy ibodatlarimiz zo'r bo'lsa yu, ammo taomiliy muomaladagi ibodatlarimiz to'g'ri bo'lmaydigan bo'lsa, shioriy ibodatlaringiz bizga foyda qilmay qolishi mumkin. Shuning uchun birodarlar, bu dinni mevalarini hammasidan bahramand bo'lishligimiz uchun, dinni to'lashgacha ushlashingimiz kerak. Har bitta inson o'zini tekshirsin.

Agar ishlari duchmayotgan bo'lsa, oldida yo'llari yopiq bo'lsa, falon ishga kirishib, yutuqqa erishmagan bo'lsa, falon maqsadiga yetisha olmagan bo'lsa. Boshqalardan biror bir sohada o'zmagan bo'lmasa, o'zini tekshirib ko'rsin. Ayb faqat o'zida bo'ladi. Yana bir misol. Mashinangizni hamma yog'ini ko'rib chiqdingiz. Uzoq safarga tayyorlayapsiz, benzin asosida ozgina muammo bor edi, e'tibor bermadingiz, bir gap bo'lardi dedingiz. Safarni yarmiga yetganda ayni mana shu benzin asosi o'chib qoldi da, qarabsizki yo'lda qolib ketdingiz. Shuning uchun beparvo bo'lmaslik kerak bo'ladi. Xulosa, islomni to'laligicha olishlik lozim. Faqat shundagina uni hamma mevasidan bahra olasan. Qaytaramiz. Islomni hamma mevalardan bahramand bo'lishligi uchun, islomni turligi uchun ushlashlik kerak.

Alloh taoloni dini ochiq, ravshan. Uni ochiq oydin qonun qoidalari bor. Shu qonunlarga odamlar beparvo bo'ladi da, yana o'zlarini Alloh taoloni qo'llashiga, nusratiga haqliman deb o'ylashadi. Islomdan qanchasiga amal qilding, birodar? O'zingni teshir. Hayotingdan norozimisan? Hayotingdan ko'ngling to'lmayaptimi?

Bu faqat o'zingni aybing. Qara, oila endi islomni tadbiq qildingmi? Daromadingni shubhalardan tozaladingmi? Nafsingni tarbiyaladingmi? Alloh Taolo sen so'ragan narsalarni berish uchun, sen o'zing ham Alloh aytganqa bo'ldingmi? Seni hayoting Alloh Taoloni manhajini ustidami? Sen robbing rozi bo'ladigan holatdamisan?

Allohni dinini to'lig'icha ushladingmi? Agar bunday bo'lmasa, o'zingdan bo'lib kela. Allohdan olib kelaman. Nimaga onaniki bo'lyapti, meniki bo'lmayapti? Nimaga unga berdi, menga bermadi dema. Ayb o'zingdan. Alloh Taolo aytyapti, voqol robbukun muduni astajibrakun. Duo qilinglar, ijobat qilaman deyapti. A endi duo qilsang ijobat qilmayapti. Allohni va'dasi haq. Alloh ahdida turadigan zot. Alloh Taolo bermayaptimi? U berolmayotganligi uchun, ojizligi uchun bermayapti emas. Sen buni olishlikka loyiq emasliging uchun bermayapsan.

Birodarlar, nimaga bunaqa bo'lyapti? Nimaga Alloh meni qo'llamayapti? Nimaga tashlab qo'ydi? Bunaqa deyishlikka haqqimiz yo'q bizlar. Agar mana shu muammolarni yechimini to'g'ri topmasangiz, katta mushkuladasiz, birodar. Chunki biz xoli qo'l kaom bilan muomala qilyapmiz. Agar o'zingizga o'xshagan bir ojiz banda bilan muomala bilan bir narsani so'rasangiz, birodar, meni imkoniyatim yo'q, qo'limdan kelmaydi, bunaqa mumkinchiligim yo'q desa, uni haqqi bor. Insonda, bandada, ojizda mingta uzr bor. Ammo Alloh bilan muomala qilib turib, bir narsani so'rasangiz, bermayaptimi?

Alloh Taolo ojiz emas. Hamma narsa Uni qo'lida. Faqat Allohda aytgani bo'ladi. Falon narsani so'rading, bermayaptimi, mushkula senda. Tushunarlimi? O'sha bolasini fe'li atvori yomon bo'lganligidan, xotinini itoatsizligidan, qo'yingki, hayotdagi ishlardan ko'ni to'lmayotgan odam faqat o'zidan qidirsin.

Oriflardan biri aytadi, Alloh Taologa qilgan gunohlarimning ta'sirini ayolim bilan ulovimning fe'li ayniganda ko'raman deydi. Ayol itoatsiz, ulov va quloq solmayapti, demak qilgan gunoh sababli. Ma asobakum min musibatini fabima kasabat aydiku va ya afon katir. Bu bizni e'tiqodimiz. Nima musibat yetmasin deyapti Alloh Taolo. O'zinglar qilgan ish tufayli yetadi. Yana men ko'p xatolarni kechirib turaman deyapti. So'raganingni bermadimi? Mushkula senda. Qoida.

Allohni qonunlari, odob berish qonunlari. Hargiz ojizlik qonuni emas. Odam borasida islomni to'liqligicha ushlasin, jiddiy bo'lsin, shioriy ibodatlarni ham zo'r qilsin, taomili ibodatlarni yam zo'r qilsa. Taomili ibodat degani axloq degani. Odamlar bilan qilayotgan muomala degani.

Birodarlar, Islom Alloh Taoloning qat'iy qonuni. Bu koinotni ustiga qo'yilgan qat'iy qonuni. Biz shunaqa deb e'tiqod qilishimiz kerak, amal qilishimiz keraksiz. Ya'ni qishdan keyin bahor keladi. Bu qonun. Yozdan keyin kuz keladi. Bu qonun. Aniq ishonamizmi shunga? Suvni qo'ysangiz yerga singib ketadi.

O'tinni olib kelib kuydirsangiz, tutuni osmonga ko'tariladi. Bu qonunning birodarlari. Siz Islomni ham shunaqa qonun deb qabul qiling. Ikkilanmang. Endi yolg'on gapirib qo'yib turib, oldab sotib qo'yilib turib, chola ish qilib qo'yib durib olgan pulingizdan yutaman deb o'ylaysizmi? Siz har qancha ishontiring, o'zingizni yutkazasiz. Chunki qishdan keyin bahor kelmaydi, qishdan keyin kuz keladi deb, o'zingiz har qancha oldamang, bu Alloh Taoloning qonuni. Faqat bahor keladi qishdan keyin.

Haqiqiy mo'min bo'lsang, Alloh seni qo'llashi ham qonun. Qaytarib aytaman. Haqiqiy muammo bo'ladigan bo'lsak, Alloh bizni qo'llashda ham qonun. Tushunarlimi, birodarlar? Nima kamchiligimiz bo'lsa hayotimizda, nimadan norozi bo'layotgan bo'lsak faqat, faqat o'zimizdan ko'raylik.

Dinni to'laligicha ushlab, qat'iy qonun deb ushla. Agar mana shunday bo'lsang, mana shunday tushunib, tushunib qabul qilsang, amal qilsang, dinni hamma mevasidan bahramand bo'lasan. Shu bilan odamlarni orasidagi eng baxtlisi bo'lasan, xotirjamlikni topib berasan. Shundagina atrofingda bo'layotgan voqea hodisalarni tafsirini tushunasan, anglaysan. Birodalar, hayotda bo'layotgan voqea hodisalarni tafsirini, orqasidagi hikmatini tushunishlik juda ham muhim narsa.

Nima uchun bunday bo'ldi? Sababini bilsangiz, tafsirini bilsangiz dars olasiz. Ha, demak men ham manaqa qilishim kerak ekan, manaqa qilmasligim kerak ekan. Din, birodarlar, hayotdagi har bitta narsani o'rab turadi. Har bitta bo'layotganvoqea hodisani tushuntirib beradi. Yetmish ga kirgan oqsoqolni, o'ttiz ga kirgan o'g'li, kuch quvvatga to'lgan o'g'lini so'dara urib ketyapti. Tushunmaysiz buni. Boqib kattak qilib qo'ysa uradimi deysiz. Din tushuntirib beradi. Bu ota o'zi ham o'ttiz ga kelganda otasini urgan edi da. Ana. Nimani aytsang, tushuniverasan. Sizga yangilik emas da hayotda, bu hamma narsani bilasiz siz.

Din degani faqat hozir aytayotganimizdek, namoz o'qib qo'yish, ro'za tutib qo'yib qo'yishi emas. Din faqatgina nikoh taloq, muboq, makruh, halol haromgin emas. Din, birodarlar, bu hayot. Insonni kimligini, nimaligini, qayerdan kelganini, qayoqqa ketishini, hammasini ta'limini beradi. Shuning uchun, birodarlar biz Qur'onni xotirjam, shoshmasdan o'rganishimiz kerak bo'ladi. Uni ma'nolarini tafakkur qilishimiz kerak bo'ladi. Chunki Qur'on hayot uchun manhaj.

Mana qaranglarda, dunyoga keldi, o'zini aniq hayotda tanlagan yo'li, tanlagan dasturi, manhaji bor odam qanaqa hayot kechiradi yu, va mana shu narsasi yo'q odam qanaqadir hayot kechiradimi? Aniq o'zini e'tiqodi, tanlagan yo'ri bor bo'lgan odam, to'yni qanaqa qilib qilishini o'zi biladi. Uyni qanaqaligini solish kerakligini o'zi bilad. Qanaqa mashina olib minishligini o'zi viladi. Endi shunday manhaji bo'lmagan odam, odamlar nima qilsa shuni qilaveradi. Chunki o'zini nimasi yo'q.

Hayotda tanlagan yo'li manhaji yo'q. Alloh Taolo Qur'ondan marhamat qiladi. Astaydu billah, al yavma akmal tulakum dinakum. Votimam to alaykum ne amating. Vorodiy tulaqumul islama dinan. Bugun sizlarga diningizni komil qildim.

Dinimiz mukammal, unga qo'shib ham bo'lmaydi, olib ham bo'lmaydimi. Ne'matimni benuqson to'kis qilib berdim va sizlar uchun faqat islomni din qilib tanladim. Birodarlar, axloq manzilatini gaplashyapmiz. Xulq manzilatini gapillashyapmiz, namozingiz besh mahal masjidda bo'lsin. Soqolingiz nihoyatda chiroyli bo'lsin.

Ro'zani nafirlarini tuting, qiyomullaringlarni qiling, umra haj qiling. Bu shioriy ibodatlar, islomning shiorlari. Endi shioriy ibodatlarni zo'r qilib turib, axloq ibodatini, muomala ibodatini, taomili ibodatlarni to'g'ri qilmasangiz, bu shioriy ibodaatlari sizga foyda qilmay qo'yishi mumkin.

Qiyomat kunida Alloh azza va jalla sirotdan o'tkazib mo'minni, jannatga ruxsat berdi kirishlikka. Jannatni eshigini oldiga keldi, lekin to'xtatildi. Nima uchun to'xtatild? Taomili ibodatlarida nuqson bor edi. Haq dorilar turibdi. Uni pulini olib yegan, bunga yolg'on gapirgan, bunga do'q qilgan, buni tuhmat qilgan, bunni urgan. Muomaladagi ibodatlari yo'q. Taomili ibodatlari nuqsonli. Endi bu yerda bular haqlarini oladi. Savoblarini oladi haqqini evaziga. Pul yo'q u yerda. Qarabsizki haqqini oladi, haqqini olada, savoblaridan oladi, oladi. Qarabsiz ki savobi qolmaydi buni.

Shu savob amallari bo'lganda, jannatga kirib turib, amallarga qarab etasi belgilanardi jannatda. Darajasi belgilanardi. Endi qolmadi savob amallar. Lekin haqdonlar yana turibdi. Endi nima qiladi bular? Endi gunohlarni bunga uylashadi. Gunohlarni yuklaydi, yuklaydi, jahannamga ketadi bu odam. O'shaning uchun aytyapmiz. Taomili ibodatlarni to'g'ri qilmasangiz, bu shioriy ibodatlaringiz sizga foyda qilmay qo'yishi mumkin. Ro'parangda turgan mo'min birodaringni axloqi sening axloqingdan balandmi? Uni iymoni ham, dini ham senikidan baland. Agar senchalik Qur'onda chiroyli o'qiy olmayotgan bo'lsa ham, senchalik sunnatlarga amal qila olmayotgan bo'lsang ham, axloqi go'zalmi? Shu odamni iymoni ham go'zal.

Din. Zaiflikni ko'rinishi bo'lishi mumkinmi? Yo'q. Xorlik, yalqovlik, qoloqlik ko'rinishi bo'lishi mumkinmi? Yo'. Din deganda odamlar, ayrim odamlar, biz aytayotgandek faqat namoz ro'zani tushunadi. Faqat shioriy amalni tushunadi. Ammo birodar, a'zolarimizni istiqomasi, tilni to'g'ri bo'lishi, sabablarni qoyim qilish, Allohga tavakkal qilish ham din ekanligini esdan chiqarib qo'yadi ayrim odamlar. Shuning uchun, biz agar dinni bir qismini qoyim qilib, qolgan qismlarga beparvolik qilsak, hargiz dinni mevalardan foyda ololmaymiz.

Menda o'zini nuqsonli bo'lganligi, amallari chola bo'lganligini, dinni chala tushunib, noto'g'ri tushunib, unga chala amal qilayotganligi o'ta xatarli holat. Alloh taolo aytadi astadibilla, valladina jaha dofina la nahdiyannaxum subulana innalloha la ma'l muhsiniyn. An ka bul surasi. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni shak shubhasiz solih bandalar qatoriga jannatga doxil qilurmiz.

Inna allohi yudof yo anil la dina amanu. Albatta Alloh Taolo iymon keltirgan zotlarni mudofaa qilur, himoya qilur. Ya ayyuha la dina amanu intansurulloha yansurkum va yustabbit aqdamakum. Ey mo'minlar, agar sizlar Allohga yordam bersanglar, u zot ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit barqaror qilur. Biz Allohga yordom bera olamizmi? Allohga yordam kerakmi? Allohga hech narsani keragi yo'q. Allohga yordam bersanglar degani, dinga to'liq amal qilsanglar degani.

Shioriy ibodatni ham, taomili ibodatni ham zo'r qilsanglar, o'zinglarga yordam bergan bo'lasizlar deyapti. Mana shu dunyoda yasharkan inson fitnalar to'foni ichida yashaydi. O'lchov tushunchalar har xil. Albatta bunday holatda bulog'ni asliga borishlik lozim bo'ladi. Asli bulog' nima edi? Kitob va sunnat edi. Alloh taoloni aytgan har bitta so'zi haq ekanligini voqealar isbotlab turibdi. Biz guvohi bo'lib turibmiz. Qo'y boqib yurgan, tuya haydab yurgan, tezak hidi kelib yurgan arablarni dinni to'laligicha ushlashgan edi. Alloh dunyodagi hamma millatlarni ustida ustoz qilib qo'ydi. Ular Allohga yordam berishuvdi, Alloh ularga yordam berdi. Biz buni guvohimiz. Shuning uchun bu ummatning avvali nima bilan tuzalgan bo'lsa, hozirgi kuni ham shu bilan tuzaladi.

Qanaqa musibatga emasmi? Sababi bor. Bu musibat o'zimizni sababimizdan keldi. Bandi Allohnı tanisa, o'zini ustidagi holatini, tafsilingni tushunadi. Nimaga hayoti bunaqa bo'lyapti? Nimaga farzandlari bunaqa bo'lib qoldi? Dinni tushunsa, din unga tushuntirib beradi hamma narsani. Shunda inson din unga mutloq haqiqatni ato qilishini tushunadi. Ana shu haqiqat dunyodagi eng qimmat narsa bo'ladi. Bu borliqdagi eng qimmat rosa, bu borliqdaki eng qimmat nosa haqni bilishlik.

O'zini shaxsiy hayotidagi to'g'ri yo'l nima bo'ladi? Oilasida, tijoratida, odamlar bilan qilayotgan muomalasidagi to'g'ri yo'l nimaladi? Biz uchun eng muhim narsa haqni anglash. Xulq manzilidan. Ja'fariddin Abditalim roziyallohu anh. Najjoshiyning oldida turar ekan, Xabariston podshohi ulardan dinlari haqida so'radi. Sizlarning payg'ambalaringiz olib kelgan din qanaqa din? Ja'far roziyallohuni javob berdi. Ey podshoh, biz johil qavm edik. Butlarga sig'inar edik, o'laksalarni yer edik, faxsh ishlarni qilar edik. Qo'shnichilikni yaxshi qilmas edik. Oramizdagi kuchlilar, zaiflarimiz yer edi. To oramizdan Alloh bizga bir kishini yubormagunicha shunday ahvolda edik. Biz u kishining omonatdorligi, rozgo'yligi, iffatini, nasabini bilar edik. U zot bizlarni Allohga ibodat qilishga, Uni yakkalashga, ota bobolarimiz sig'ingan tosh va butlardan iborat narsalarni tad qilishga, rost so'zlashga, omonatni ado qilishga, siylay rahmga, harom amallardan va nohaq qon to'kishdan qaytardi.

E'tibor bering, aqidani aytdi, orqasidan axloqni aytyapti. Din deganda nimani tushunyapti u kishi? Allohni yakka deyish, ota bobolar sig'ingan toshbutlardan uzoq bo'lish va undan keyingi gapda hammasi axloq bo'lyapti. Aqidadan keyin axloq o'rgatilinyapti. Rost so'zlash, omonatdor bo'lish, siylay rahm, harom amallar va nohaq qon to'kishda.

Bu ulug' sahoba, saidimiz Javfariddin Abdutorov rodiyallohu anhu islom deganda nimani tushungan ekan? Aqidadan keyin axloqni tushungan eka. Go'zal xulqni, dinni bu zot axloq deb tushungan ekin. Istiqomi, rostgo'ylik, ixlos deb tushungan ekankan. Dinni rahm shafqat, saxovat, harom amaldan to'xtash, tavhid deb bilgan ekan. Agar siz birodar ozonga labbay deb masjid yurayotgan bo'lsangiz u, ammo haromdan tiyilmayotgan bo'lsaysiz, haromning ishidan to'xtamayotgan bo'lasiz, axloqingizni tuzatmagan bo'lsangiz, biz sizni dindor deya olmaymiz.

Aqulu qovli ha da, va astag'firulloh alayhi valakum. Inna allohi va malaykiyati hushsaluni ala nabiy, ya ayyu halladina amanu sollu alayhi va sallamu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish