MMaviza
Axloq manzilatiTekshirilgan17 daq

05.2023 22-QISM / AXLOQ MANZILATI (3/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
17:03

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Vassalatuh vassalama ala rasulillah. Amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Tazkiyatun nafs silsila darslaridan birodarlar, o'tgan darsimizda xulq haqida, xulq manzillati haqida dars boshlagan edik, davom etkazamiz. Kechagi darsimizning xulosasi, agar biz shioriy ibodatlarni zo'r qilsak u, ammo taomili ibodatlarga beparvo bo'ladigan bo'lsak, shioriy amallarimiz bizga foyda qilmay qolishi mumkin. Shioriy ibodatlar bu namoz, ro'za, haj, umra, shiorlari, islom shiorlari. Agar bularni zo'r qilsak u, ammo muomala odoblariga, muomala ibodatiga, taomili ibodatlilarga beparvo bo'tadigan bo'lsak. Qilayotgan ibodatlarimizni foydasi bo'lmay qolishi mumkin. Dinni mevalaridan to'liq foydalanishimiz uchun, dinning bizga beradigan samaralarni hammasini totib ko'rishligimiz uchun, bizda shioriy ibodat ham bo'lishi kerak, taomul ibodatlar ham. Axloqimiz go'zal bo'lmasa, qilayotgan ibodatlarimizni foydasi bo'lmay qolishi mumkin. Kechagi darsimizni xulosasi shu edi, davom ettiramiz.

Ali roziyallohu anhu aytadi, dinning ustuni to'rtta. Ilmiga amal qilayotgan olim. Ilm o'rganishdan uyalmagan johil. Molida baxillik qilmagan boy. Dunyosini deb oxiratni sotmagan faqir. Agar olim o'zini ilmini zoyi qilsa, johil ilm oq olishdan uyalsa, bu yaxshilik emas. Biz birodarlar musulmon sifatida oilamizni oldida javobgar bo'lamiz. Ota ona bilan qilgan muomaladan qiyomatda hisobga tutilamiz. Umuman odamlar bilan qilayotgan muomalalarimizda qiyomatda his ob beramiz. Odamlar bizni namoz ro'zamizga qaramaydi, birodarlar. Bizni axloqimizga, muomalamizga qaraydi. Rozgo'yligimiz, kamtarligimiz, iffatimizga. Agar bizni suluviyatimizni ko'rib turib, dindan tashqarida yurgan odamlar, dinga muhabbat oshmayotgan bo'lsa, demak biz komil musulmon emasmiz. Qaytarib aytaman. Sunnatga qancha ko'p amal qilyapsan, qancha matishga ko'p yuguryapsan, bunga qarashmaydi.

Axloqingga qaraydi, odobinga qaraydi, halolliginga, muomaliginga, tozaliginga. Mana shunga qarab turib senga baho beradi va dinga muhabbat uyg'onadi. Agar odamlar sen mana shunday bir komil musulmon bo'lsang, mana musulmon manaqa bo'ladi. Din naqadar go'zal narsa ya, deyishadi. Agar shunday deyishmayotgan bo'lsa, demak sen komil musulmon emassan. Eng yaxshi odam kim?

Allohni bandalarga chiroyli qilib ko'rsatib berayotgan odam. Bandalarni Allohga chiroyli qildi ko'rsatib beryotgan odam haqiqiy yaxshi inson. U boy bo'lishi mumkin, kambag'al bo'lishi mumkin. Olim bo'lishi mumkin, omiy bo'lishi mumkin. Ilmli yoki savodsiz bo'lishi mumkin. Bu muhim emas. Sizni ko'rib turib odamlar dinni yaxshi ko'rdimi? Ana Allohni yaxshi ko'rgan bandasi qanaqa bo'ladi? Ana musulmon odam qanaqa bo'ladi? Dinni yaxshi ko'rdi, Allohni yaxshiroq ko'rdimi, siz zo'r odamsiz. Endi buni o'rniga, sizni ko'rib turib, ana musulmonlaringni ahvoli, ko'rdingmi? O'zi masjiddan hozir keldi, yolg'on gapiryapti. Ana soqolni qo'yib olgan. Bu axloqini qara, deb turib, dinni siz tufayli yomon ko'ryaptimi? Demak, eng yomon odam siz bo'lasiz. Birodarlar, biz axloqimiz bilan da'vat qilishimiz kerak. Gapirmasak ham zo'r da'vatchi bo'lishimiz mumkin. Nimamiz bilan? Axloqimiz bilgan.

Siz bilan biz nafs tarbiyasi silsalalardan axloq manzalatini o'qiyapmiz. Din nima yo rasululloh? Deb so'radilar sahobalar. Husnul xuluq deb javob berdilar rasululloh. Go'zal xulq. Qaysi birodaringni axloqi sendan baland bo'lsa, uni iymoni ham seni iymoningdan baland bo'ladi. Tasavvuf ulamolar aytadi, qaysi birodaringni axloqi seni axloqingdan baland bo'lsa, uni tasavvufi sendan yuqori ekan deydi. Tushunarlimi? Qiroatni zo'r qilib o'qib berdi qori aka. Bir patoga kiruvdi, shunaqa qiroat qildi, eritib yubordi. Chiqib turib qilgin qilgin qilib tursa.

Umuman bu qiroatni egasiga yarashmaydigan fe'l atvordi qilib tursa, boyagi qiroatini chi, mana bu axloqi nima qiladi? Yopib tashlaydi. Ukalar axloq birinchi o'rinda. Demak, islomni odamlar bizni axloqimizga qarab, tanisin, islomni shu tufayli yaxshi ko'rsin. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni rovzayi sharifiga borganlar, qaranglar da, rasulullohni rovzasiga kelgan musulmonlar yig'laydi. Nima uchun yig'laydi? Ular payg'ambar alayhissalomni ko'rishganmi? U zot bilan gaplashishganmi? Qo'llaridan biror narsani olishganmi? Yo'q. Nimaga yig'lashyapti? Chunki yaxshi ko'rishadi. Nima uchun yaxshi ko'ishadi? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'zlarining shaxsiyatida ibratni ko'rsatib berganlar. U zot sabrli bo'lgan, boy bo'lganda ham, kambag'al bo'lganda. Kechirimli bo'lgan, zaif bo'lganda ham, kuchli bo'lganda hamm. Rasululloh hech qachon aytgan gaplariga qilgan ishlari teskari kelgan emas. Rostgo'y, omonatdor, muloyim, rahm shafqatli, kechirimli. Bunaqa odamni kim yaxshi ko'rmaydi, birodarlar?

Shuning uchun Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam eng oliy namuna, eng oliy ibrat bo'lganlar. Chunki Alloh Taolo aytyapti buni. As saidu billah laqodi ka'na lakum fiy rasulillahi usvathun hasana limankana yarjulloha val yavmal axir va dakaralloha kafiro. Allohga iymon keltirgan, qiyomatga iymon keltirdigan, oxiratdan umidi bo'lgan va Allohni ko'p eslaganlar uchun, biz uchun, musulmonlar uchun, Muhammad alayhissalomning shaxsiyatida go'zal ibrat namuna bor deydi Alloh Taolo. Hamma narsani Payg'ambarimizni o'rganishimiz kerak.

Bir kishini tasavvur qiling, ilm majlisiga yillar davomida keladi. Doim masjidda namoz o'qiydi. Ma'ruzalar eshitadi, ta'sirlanadi. Ammo eshitgan, o'rganganiga amal qilmaydi. Bu kasallik bu. Futbol o'ynayotganda o'zingizni tuta olmaysizmi? Faqir chaqir, jirillash, g'azablanish, oyog'iga tepish, mashina minayotganingizda odamlarni haq huquqlariga qaramasdan ustiga yurasizmi? To'g'otmaysizmi? Demak, bu qalbingizdagi kasalni belgisi, birodarlar.

Bilib qo'yinglar. Biz eshitayotgan ma'ruzalarimiz, eshitayotgan nasihatlarimiz, o'qiyotgan kitoblarimizdan ta'sirlanib, hayotga buni tatbiq qilmayotgan bo'lsak, bu ma'lumotlar bizni zeriktirib qo'yadi. Qaytarib aytaman, eshitayotgan ma'ruzalarimizga amal qilmasak, hayotimizni o'zgartirmasa, bu ma'ruzalar bizni zeriktirilib qo'yadi! Faraz qiling.

Dadangiz mashina olib berdi. Bo'ldi oyigit. Xursandsiz. Pravangiz yo'q. Minolaysiz. Olib kirib olib uyda yuvossiz bir kuni. Kechgacha yuvossiz, hamma yog'ini yuvossiz. Chiroyli qilib qo'ydingiz. Tomosha qilib kirib ketdingiz. Xursandsiz. Ertasi kuni chiqdingiz, pravangiz yo'q, minolmaysiz. Nima qilasiz? Plisoslaysiz ichlarini. Polirovkalaysiz, xursandsiz. Uchinchi kun ishtiyoq pasayadi. Atrab kelib yulasiz, bir balolar yopishtirasiz. Bir hafta qariganingizdan keyin zerikasiz. Nimaga zerikasiz?

Mashinadan foyda olmayapsiz da. Mashinadan manfaatlanmayapsiz da. Uzog'ingiz yaqin qilmayapti da. Foydalana olmayapsiz da. Shuning uchun zerikib qolasiz. O'shaning uchun lillahi ilmas alul a'la eshitayotgan ma'ruzalarni bitta bitta bitta tadbiq qilamiz hayotimizga, keyin bu ma'ruzalardan foyda olamiz.

Agar faqat eshitib qo'yadigan bo'lsak, bu ma'ruzalar bizni nima qiladi? Zeriktiradi. To'g'rimi? Ma'ruza eshitishda ham bizni texnologiyasi bor. Bir kunda bitta ma'ruza eshitsanglar yetadi. Xo'p. Juda oshib borsa ikkita. Endi Bishkekka ketguncha masala eshitadiganlar bor u mashinada. Bu ma'ruzani sizlarga foydasi yo'q.

Nimaga demaysizmi? U fon bo'lib qoldi da u. Siz bitta mavzuda eshiting, yigirma minutlik o'chiring. O'shani hazm qilib keting. Yoningizdagi she'rlar bilan bahs qilib keting, savol javob qilib keting. Keyin qoladi kallangizda. Yo'q. Kelguncha sakkiz soat masalani eshitib keladi. Biz nimani xohlayapmiz, birodarlar? Biz Allohga yaqin bo'lishingni ta'mini totib ko'rmoqchimiz. Allohga bo'lgan muhabbatni ta'mini totib ko'rmoqchiymiz. Bizni mashaqqatdan yengillikka olib chiqadigan, g'am tashvishdan rohatga olib chiqadigon hisni totib ko'rishingni xohlayapmiz. Agar biz o'zimizni musulmonman, dindorman deb turib, odamlarni eng baxtlisi bo'lolmayotgan bo'lsak, bizni dindorligimizni qiymati juda ham past ekan.

Bizni hayotdagi eng muhim g'amimiz nima bo'lishi kerak? Biz eshitgan va o'rgangan oyatga amal qilishimiz kerak. Agar biz eshitgan, o'rgangan, bilgan narsamizga amal qiladigan bo'lsak, shundagina dinning hamma mevalaridan bahra olamiz. Odamlarga million marta rasxod bo'lishi kerak deng, saxovatli bo'lishi kerek deng, odil bo'lishi keray deng, lekin biror marta ko'rsatib bera olmasangiz, odamlar zerikadi bundan.

Mana. Ana shu mashhur muhaddis Madinadan Basirga qarab yo'l oldi. Nimaga? Bir odam bor ekan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan hadis eshitgan ekan. Haligi muhaddis bu hadis birov degan odamni topib bordi. Qarasa, uzoqdan ko'rib qoldi. Tuyasimi, otimi, qochib ketgan. Haligini quvolab tuta olmayapti. Endi chaqirib tutib olishligi uchun etagiga xuddi bu narsani solgandek, arpami, buvdaymi, haligi etagidagi yo'q narsa bilan otiga ishora qilib yoki tuyasiga ishora qilib chaqiryapti. Etagida hech narsa yo'q.

Muhaddis bu odamlarni hadisda olmadi. Nima uchun? Hayvoniga ham yolg'on muomala qiladigan odam Payg'ambarimizdan hadis aytishga haqqi yo'q dedi. Shuning uchun birodarlar, biz eshitgan bilganimizga amal qilmagunimizcha, dinni hamma samarasidan foydalana olmaymiz.

Masjidlar odamlar bilan to'la, ma'ruzalar keragidan ziyoda, ammo shunaqa bo'lsa ham musulmonlarni orasida, shu masala eshitayotgan musulmonlarniki orasida savdosida yolg'on bor, va'dasini bajarmaslik bor, ahdida turishlik yo'q, demak amal yo'q. Mana endi axloqqa tegishli bo'lgan Qur'oni Karimda oyatlarini o'qiymiz. Qur'oni Karimdagi oyatlar odob axloqqa tekislik. Birinchi oyat. A'udhu billahi minash shaytoni rojiym va innaka ala ala xulqi in'adhim. Albatta siz, ey Muhammad alayhissalom, buyuk xulq ustidadirsiz.

Alloh Taolo Muhammad alayhi assalomning qadrini o'lchayotganda axloqini aytyapti. Odamlar ham o'zaro bir birlarini qadr qiymatini o'lchaydigan o'lchovlari bor. Boylik, chiroy, nasl nasab, quvvat, mansab, xullas, shunga o'xshagan narsalar. Va mana shu narsalar bilan biri ikkinchisini, biri ikkinchisidan afzal deb biladi yoki past deb biladi. Ammo Alloh Subhanah va Taolo bashariyatning eng afzal vakili bo'lgan Muhammad alayhissalomni maqtaganida qaysi sifatini zikr qildi?

Axloqini. Albatta siz buyuk xulq ustidadirsiz. Bu oyatni ulamolar turli ta'bir qilishgan. Ba'zilari din bu xulq deyishgan. Go'zal xulq bu din deyishgan. Dindormisan? Axloqing go'zal bo'lmay iloji yo'q. Qaytarib aytamiz. Dindormisan, dinni ushlagan musulmonmisan, boshqacha bo'lishi mumkin emas. Axloqi buzuq odam dindor bo'la olmaydi degani.

Abdullayev nabos va imomim mujohidlar bu oyatni bergan tavsiyada din go'zal huquq deb aytishadi. Bir mashinani tasavvur qiling. Kuzovi juda ham go'zal holatda. Saloni super salon. Diskalari ham eng qimmat qildir diskalar. Bitta muammo bor faqat. Nimasi yo'q uni? Motori yo'q. Demak mashina yo'qda.

Agar bizni axloqimizni o'xshatish kerak bo'lsa, shu mashinani motoriga o'xshaydi. Motori yo'q mashina, mashina emasmi? Axloqi yo'q musulmon, komil musulmon emas. Axloqda mana kechagi darsimizda o'qidik. Javfariddin Abdutolib din nima deganda aqidani gapirib turib orqasidan darrov axloqni gapirdi. Aqidaga ko'p e'tibor beryapmiz, xulqqa e'tibor bermayapmiz. Vaholanki ibodatingiz ham, aqidingiz ham axloqingiz bo'lmasa qiyomatda foyda qilmay qolishi mumkin ekan. Aytdik a buni kechagi darsimizda.

Yoki eng oxirgi rusumdagi takarniy stanok. Mana muncha funksiyani bajaradi. Bir soatda mana muncha bir detalni ishlab chiqara oladi. Lekin svet yo'q. Demak stanok yo'q. Axloqingiz yo'qmi? Demak dindorligingiz ham nuqsonli sizni. Xulosa, agar biz axloqni, go'zal axloqni bir chekkaga surib qo'yadigan bo'lsak, bunaqa go'zal xulqi beparvo bo'ladigan bo'lsak. Nafsimizni poklashlikka, loqatli bilan qaraydigan bo'lsak xalbni musofoli bilan ishimiz bo'lmasa, dinni katta qismini tark qilib qo'ygan bo'lamiz.

Ey, o'shaning uchun namozda ko'zimizga yosh kelmaydi bizni, birodarlar. O'shaning uchu namozda zerikib ketamiz. O'shaning shu qiroat cho'zilib ketganga o'xshaydi. Usmonim nafonni gapi bor. Agar qalblarimiz deydi, bu xalifai roshid, zinni urayn. Agar qalablarimiz musaffo, pok bo'lganida, robbimizni kalomini eshitdan malollanmasidek deydi. Mana shablon, mana o'lchov, mana andoza. Agar qalblarimiz sof bo'lganida, qalblarimiz musaffo bo'lganida qur'on tinglab, zerikmagan, charchamagan, malollanmagan bo'lardik deyapti.

Ikkinchi oyat. Astaydu billah, idifabil latih yaxsham. Siz har qanday yomonligini eng go'zal so'zlar bilan daf qiling. Astaydibillah. Vala tasstavil hasanatu valasa ya'a. Idifa billati hiya ahsan, fa idalladiy baynaka va baynahu adavatun ka annahu vali yun hamin.

Alloh taolo xususiyat surasida aytyapti. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz. Har qanday yomonlikni eng go'zal so'zlar bilan daf qiling. Shunda banogoh, siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq, sodiq, do'st kabi bo'lib qolur.

Sizga yomon gapirgan, yomon muomala qilganga chiroyli muomalangizni qilavering. Alloh uni do'st qilib qo'yishini aytyapti. Formula ekanda bu. O'rtani isloh qilmoqchimisiz? Kibringizni sindirasiz, Alloh uchun boribdi, assalomu alaykum birodar deysiz. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz har qanday yomonligini eng go'zal so'zlar bilan daf qiling, shunda nima bo'ladi shunda? Binogoh, siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa, qaynoq, sodiq, do'st kabi bo'lib qolur. Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malakatuhu yu salun ala nabiy. Ya ayyu halladiyna amanu sollu alayhi va salli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish