Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahi robbilen aylanin. Vassalatu vassalamu ala sharaful mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Tazkiyotun nafs. Sirsila darslarimizdan axloq manzillatini o'qiyapmiz, birodarlar, davom etamiz. Uchinchi oyat. Vo qululin nasi husna. Odamlarga chiroyli so'zlar so'zlangiz. Alloh taolo Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astay deb bilar. Vo izahovna mingta qobani isroila, la ta'buduna illalloh, va bilvaliday nexsana, odil qurba val yata'ma val masakin, va qulu ilin nas i husna, va aqimus solata va atus zakata, simma tavallaytum illa qolinglar ming kun va anutum muhrizun. Faqatgina Allohga ibodat qilasizlar. Ota ona, qarindosh urug', yetim va miskinlarga yaxshilik qilasizlar, kishilarga chiroyli so'zlar so'zlangiz va namozni to'kis ado qiling, zakotni bering deb Banu Isroildan ahdupaymon olganimizni eslang. Ya'ni ota onaga yaxshilik qilib ishlaylik. Qarindosh urug'ga yaxshilik qilishlik, yetim miskinlarga yaxshilik xohishlik va chiroyli so'zlashlik.
Bularni bari axloq bo'ladi birodarlar. To'qqizinchi oyat. Xudil avfa va amr bel urf va ari danil jahiling. Ey Muhammad alayhissalom, marhamatli bo'ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o'gining. Ya'ni johillar bilan tem bovomeng. Johilmi? Fojirmi, fosiqmi, ularni saviyasiga tushib olmang degani. Xo'p deb qo'y degan gap bor a bizda? Xo'p deb quoy, yutasan deydi. Nodonlik yevropangizdagi odamni mana shunday bir johillardan ekanligini ko'ryapsizmi? Xo'p dem qo'yib qutulasiz. Chunki nasihatni olmasa, hujjat dalilini tushunmasa, johil bo'ladigan bo'lsa, unga aytiladigan so'z johillardan yuz o'giraydi. Beshinchi oyim. Astadibillar. Va ibadur rahman illa dinay yamshu'na alal ordeh havna, va idha xotabahumul jahluna qoluv salama.
Rahmonning suyukli bandalari yerda tavozu bilan yuradigan, ya'ni kamtar yuradigan, johil kimsalar bema'ni xitoblar qilgan vaqtida omon bo'linglar deb javob qiladigan kishilardir. Alloh taolo o'zining bandalarini maqtab aytyapti. Rahmonning bandalari, ular kamtar bo'ladi. Johillar har xil maza bemaza gapiradigan bo'lsa, salomat bo'linglar, omon bo'linglar deb qo'yib ketaveradi. Teng bo'lib olmaydi degan. Hozir aytdik ku.
Biz Qur'oni talovat qilamiz, birodarlar, albatta, buni talovatiga ajr bor. Har bittaga harfiga aytilganidek o'n tadan savob bor. Ammo shuni o'zi bilan agar kifoyalanadigan bo'lsak, biz xato qilgan bo'lamiz. Biz Qur'oni o'qirkanmiz, talovatiga savob olganimizdek, undan o'zimizga birodarlar yana dastur ham olishimiz kerak. Qanaqa dastur? Qanday gapiramiz? Qanday yuramiz? Mashinani qanaqa minamiz? Odamlar bilan qanaqa muomala qilamiz? Mana shularni barini Qur'on bizga ta'lim beradi. Birodarlar, dinimiz bizga hojatxonaga qanday kirib chiqishlikdan tortib, katta bir tijorat ishlarimiz, odamlar bilan qiladigan muomalalarimiz, qo'yingki, hayotimizda nima ish bo'ladigan bo'lsa, hammasiga ko'rsatmani bergan.
Bizni dinimiz, bizni tilda aytganda realniy din. Har bitta holatingizda so'rasangiz, shariatda mana shu qilishingiz kerak bo'lgan ishni ko'rsatmasi bor. Oyoq kiyimni yecha ekkaningizda, kiyak ekkaningizda ko'rsatmas bor. Ovqatni yeyayotganda, nimani birinchi yeb, nimani ikkinchi yeyishlik kerak? Nima deb boshlab ovqatni, nima deb tugatishlikkacha ko'rsatma bormi? Binobarin siz bilan biz hayotda faqat Qur'onni o'qib, eshitib qo'yiblar emas, undan o'zimizga dastur olishligimiz lozim va lomud bo'ladi. Oltinchi oyat. Astaydu billah, vo ashiruhun nabil ma'ruf. Alloh Taolo aytyapti, ular bilan tinch totuv yashanglar. Agar ularni yomon ko'rsalaringiz ham, sabr qilib, inoq holda yashayveringlar. Zero, sizlar yomon ko'rgan narsada Alloh ko'p yaxshiliklarni qilib qo'ygan bo'lishi mumkin.
O'sha ayblarini kechirasiz, ko'zingizni yumasangiz, mayli endi xotin kishida deysiz, i men oila qilasiz. Endi xuddi shu ayol, eriga qarab turib ham xuddi shunaqa deydi, mayli endi, bo'ladi da endi kamchilik deydi. Kulmanglar. O'sha bir biringizni kechirganligingiz uchun oila qilib kelyapsiz. Siz uni kechirasiz, kamchiligiga ko'zingizni yumasangiz, o'zingizni kamchiligingizga ko'zingizni yumadi, keyin oila bo'ladi. Ideal qayerda ekan, birodarlar? A? Ideal xotin bo'lmaydi. Chunki ideal erda o'zi yo'q. Robbimiz aytyapti, ular bilan chiroyli muomala qilinglar, tinch yo totuv yashanglar. Garchi sizlarga ba'zi fe'llar yoqmasa ham, sabr qilib inoq yashaveringlar. Chunki sizlar yomon ko'rgan narsada ko'p yaxshiliklar bo'lgan bo'lishi mumkin deydi.
Demak, Qur'onda xotinlar bilan chiroyli muomala qilishing haqida oyat keldimi? Demak, bu hazakam narsa emas. Ular bilan tinch totuv yashanglar degani, ularga aziyat yetkazmanglar degani emas. Nima degani? Ulardan keladigan aziyatlarga sabr qilinglar degani. Erkaklar, mana shu diniyni ta'lim tarbiyasi, ayolingdan keladigan makruhotlarga nima qilasan, birodar? Sabr qilasan.
Yettinchi oyat. Ota ona bilan bo'ladigan muomala. Astay deb bila? Vo vostoynal inson obivaliday hisna. Biz insonni ota onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. U ota ona qanaqa odam bo'lishligidan qat'iy nazar. Otami, onami namoz o'qiydimi, namoz o'qimaydimi, mushrimi, kofirmi, muhim emas. Ota onami musulmon odam o'zini ota onasiga, ular qanaqa odamsiz bo'lishidan qat'iy zarar, chiroyli muomala qilishlikka buyurilgan. Faqat vo in jahada, akali tushirika bi ma lay salaka bihi ilm, falatu texhuma. Ilayye marji ukom fa unab bi ukom bi man kun tun ta'maluun. Menga sherik qilishing uchun zo'rlasa, ya'ni shirkka buyurisa boyagi otangni, u holda ularga itoat etmagin, hammanglar meni oldimga qaytasizlar, ana shu qaytib kelgan kuninglarni, qilgan ishinglarni xabarini beraman.
Demak ota ona kim bo'lishidan qat'iy nazar, qanaqa e'tiqodda bo'lishidan qattiy nazar, fosiqmi, fojirmi, kofirmi, ota onasi musulmonni ota onasi bormi? Ularga itoat qiladi gunoh bo'lmagan o'rinda. E undan tashqarichi, mana boshni ustiga qo'ygan qushda u, pir etib tushib ketib qoladi. Vo innakala ala xulqin adin. Albatta siz ulug' xulq ustidadirsiz. Bu qanaqa odob edi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, addabani robbi fa ahsanati adibi. Robbim menga odob berdi va odobimni go'zal qildi. Rasulullohning xulqi, Rasulullohning odobi Qur'on edi. Oishonimiz aytadilar, kana xulquhu al qur'an. U zotning xulqi, axloqi Qur'on edu.
Sa'diddinni Hishom ibn Omirdan u aytadi, Oishonamizni oldiga keldim. Aytdimki, axbir nibi xulqi Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam. Rasulullohni axloqi qanaqa edi, menga xabar bering, dedim. Shunda Oishonamiz, kana xulqi al quran. U zotning xulqi Qur'on edi deb aytdilar. Ama taqrorul quran. Qovullo allohi azza va jalla va innakalaa ala xulqing adim. Axir alloh taoloni albatta siz buyuk xulq ustidatsiz degan oyatini o'qimaganmisan?
Endi bu kishi aytdi, qultu fa inniy uridan atabattal. Men tarki dunyo qilmoqchiman, dedi. Oyshonamizga. Ya'ni tarki dunyo qilsa uylanmaydi, tirikchilik qilmaydi, uy qilmaydi, balo chiqa qilmaydi. Faqat ibodat qilaman, dedi. Oy shu onamiz aytdilar, la tafvval, bunday qilma. Axir sen laqodikan ala kun fiy rasulillahi usvatun hasanah oyatini o'qimaganmisan? Musulmonlarga Muhammad alayhissalom ibrat namuna. Rasululloh uylanganlar, Rasulullohni bolalari bo'lgan, Rasululloh tarki dunyo qilmaganlar. Mana shu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqi bo'ladi. Birodarlar, yillar davomida kitob o'qiymiz, yillar davomidagi ma'ruzalarni eshitamiz. Islomiy saxovatimiz ma'lumotimiz juda ham ko'p. Lekin shunaqa bo'lsa ham, suluvkiyatimiz, amallarimiz, fe'llarimizda nuqson kamchilik bor. Nima uchun? A, oq qorani bilib bo'ldi ku, ajratib bo'ldi yu. Nimaga tuzalmayapmiz desa, o'sha bilgan narsamizga amal qilmayapmiz. Shuning uchun birodarlar, ibrat amal qilishda. Mana uch darsdan beri aytyapman, axloq deyapman.
Taomuliy ibodatlaringiz nochor bo'lsa, shioriy ibodatlaringiz qiyomatda foyda qilmay qolishi mumkin. Shioriy ibodatlaringiz mana shu namoz, ro'zingiz, hajjiz, umringiz. Taomuliy ibodatlarniz axloqingiz. Aytdi yu, taroz silotdan o'tdi. Jannatga kiraman deb turgan paytda axloqi buzuqligi sababli odamlarga ko'p aziyat bergan edi, savoblarini olishdi. Savoblari tugagandan keyin haq taloq gunohlarni yuklashdi, jahannamga kirib ketdi. Shuning uchun xulq. Xulq.
Makoriy mulk axloqni o'zida jamlagan bir oyat. Bitta oyat, uni ichida go'zal xulqlar jamlangan. Astaydibilla. Xudil afva va amur bel orfi va a aridan il jahili. Avfni ushlang, marhamatli bo'ling. Yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o'giring. Qarang, kechirimli bo'ling, marhamatli bo'ling, yaxshilikka buyuring, va johillardan uyg'ening.
Biz mana shu narsani mahkam tutishligimiz kerak bo'ladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam toifga borganlarida, toif ahli o'zodga qanaqa muomala qildi? Toshbo'ron qilib haydashdimi? Shundaylar haydab yubormayapti, tosh bo'ron qilib haydashyapti. Payg'ambarimizga qattiq aziyat yetdi, u zotni dili haqiqatdan qattiq oridi. Shunda nima deb duo qildilar?
Parvardigor, qavmimni hidoyat qilgin. Zero ular nima qilish ekanligini bilishmayapti. Rasulullohning mana shu duosida uchta narsa bor. Birinchidan, qavmim deyaptilar. Ularni o'zidan ajratmayaptilar. Ikkinchidan, uzr u borligini aytyaptilar. Uchinchidan, hidoyatdalar bularni haqiga duo qilishyapti.
Avfni ushlang, marhamatli bo'ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuzaga yuring. Bu juda qiyin, birodarlar. Senga zulm qilganini, senga aziyat yetkazganini avf qil. Aytiladiki, mana shu oyat nozil bo'lganida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Jabr alayhi vasallom bilan so'radi bu oyatni ma'nosini. Bu farishta bilmayman dedi. Keyin robbizidan so'rab keldi da Payg'ambar bizga Jabr alayhi va salam aytyapti. Ey Muhammad, albatta robbiz sizga, sizdan aloqasini uzgan bilan aloqa bog'lashingizni, sizdan man qilganga ato qilishingizni va sizga zulm qilganga avf qilishingizni amr qildi dedi. Auf qiling. Kechiring. Aloqani uzgan bilan aloqani tikkalang, man qilganga bering, ato qiling.
Yaxshilikka buyuring deyildi oyatda. Yaxshilik nima? Din nimaga buyurgan bo'lsa, shu narsa yaxshilik. Din nimadan qaytargan bo'lsa bu narsa yomonlik. Shuning uchun birodar, sen Allohni diniga da'vat qilayotgan odamsan. Seni yaxshi ko'rgan odam bor, seni yomon ko'rgan odam bor, do'sting bor, dushmaning bor, bilasan yo bilmaysan. Dushmanlar bilan qanaqa muomala qilishlik kerak?
Muso alayhissalom duo qildi. Asarlarda keltiriladi. Ey robbim, bitta ham dushmanimni qoldirma. Payg'ambarlarni duosi ijobat, birodalar. Bitta ham dushmenimni qoldirman. Alloh taolo aytdi. Ey muso, bu meni ishimmas dedi. Dushmanlaring bor, senga hasad qiladiganlar bor, doim aybingni qidiradiganlar bor. Ular bilan nima muomala qilish kerak ekan? Va ahlid anil jahiliy. Johillardan yuzagir.
Ya'ni ular bilan teng bo'voman. Ulardan balandroqdir. Va innakalal huluqin adin. Albatta siz buyuk xulq ustidadirsiz. Xuddiy al avf va avfni ushlang va amr bel urf yaxshilikka buyuring va arit an il jahiling, johillardan yuz o'giring.
Aqol qovli haqida va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'g'ali va barakatuh.