Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalat va assalomu alayhi shirofil mursaliy. Va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Anas roziyallohu anhudan qol anas roziyallaohu anhu, ka'na rasulullohi sollallohu alayhi vasallamah ahsanun nasihul qon. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning xulq, axloq jihatidan eng go'zali edilar.
Bir qozini huzuriga o'zlarini bir masalasini hal qilishligi uchun bir to'p ayollar kirib kelishyapti. Zinalardan ko'tarilib ketyapti, ayollardan bittasi dan noxush chiqib ketdi. Yel kelib ketdi. Haligi ayol xijolatdan qizarib ketdi. Yonida kelayotgan sherigiga ish qilib, qozi domla eshitmadimikan, deb xijolat bo'ldi.
Odamlar bor, odamlarni xijolat qilishlikdan huzur oladigan. Qoqilib kelsang ham masxara qiladi, so'qilib kelsang hammas xara qiladi, qo'yingki, sizni xijolatga qo'yishlikdan huzulanadi. Lekin inson axloqi yuksalgan sari, mana shu sifat unda yo'q bo'lib boradi. Qozi oliyjanob odam edi. Qozini oldiga kelishdi. Qozi bu ayolni ismini so'radi. Masala so'rab keldi da. Ismingiz nima? Dedi. Ismim falonchi, dedi. Eshitmadim, dedi.
Ikkinchi marta qaytardi. Eshitmadim. Qattaroq gapiring, dedi. Ikkinchi marta qaytarda. Xijolatdan chiqarish yo'lini ko'ryapsizmi? Qozidom, meni qulog'i og'ir ekan. Mendan yer chiqqanini eshitmabdi dedi da, xijolatdan chiqdi. Ana birodarlar, go'zal xulq. Ana bu ayolni xarajdan, xijolatni chiqarish yo'li. Bizda qanaqa? Istab yuramiz. Quvolab yuramiz, eshitdikmi? Eshitmaganga yetkazib qo'yamiz. Toki bundan nima qilaylik? Hujlanaylik.
Shuning uchun qoida yigitlar. Axloqing yuksalgani sari, martabang ko'tarilgani sari, birovni xijolatga qo'ymaysan, odamlarni xijolat bo'lishidan qutqarasan. Iymoningda, axloqingda, taqvoyingda yuksalganing sari, odamlarni xijolatiga qo'ymaydigan bo'lib qolasan. Aksincha, xijolatli holdan chiqarishlikka xaris bo'lasan.
Ana nabi yusallallohu alayhi vasallamni qaramaymizmi hayotlarini? Nabi sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o'tirib tuya go'shtini yedilar. Bir qancha kishi o'tiribdi, shunda bir odamdan yel chiqib ketdi. Xijolatli holat. Haligi yel chiqargan odam, yel yorilsa kirib ketgudek. Rasululloh nima dedilar, ovqatlari bo'lganlaridan keyin? Tuya go'shtin yeganlar turib tahorat qilsin.
Sahobalar hammamiz yedik deyishdi. Rasululloh aytdilar, hammamiz tahorat qilamiz. Ana birodarlar, kimdan o'rganishligimiz kerak? Odamlar bor, g'amni boshqalarni xijolatga qo'yish, masxara qilib olish, ustidan kulish, shundan nima qiladi? Huzur oladi. Birod kelib aytdi, men unaqa qilmadim, men u gapni gapirmadim, dedimi? Qabul qilib qo'yavering. Xo'p aytmagan bo'lsang, bo'ldi birodar, aytmading. Yo'q, nima qilish kerak u?
Men aytmadim desa qabul qilib qo'yaver. Chunki shu aytmadim degan gapini qabul qilib qilib qo'ysang xijolatdan chiqadi. Mana shu yo'l birodarlar, go'zal axloni bir yo'li. Anasi numalik roziyallohu anhudan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yigirma yil xizmatini qilgan bu kishi. Aytadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nurli inson edilar. Terlari marjondek edi. Agar yursalar salobatli edilar. Rasulullohning kaftidan ko'ra yumshoqroq na devojni va na ipekni ushlamaganman. Rasulullohning bo'yidan ko'ra xushbuyroq bo'lgan mushukni ham, ambarni ham hidlamaganman. Aytadiki, u zotga yigirma yil xizmat qilganman. Rasulullohni biror marta menga uf demaganlar. Biror narsani qilgan bo'lsam, ey Anas, nimaga mana qo'y qolding demaganlar. Biror narsani qilmagan bo'lsam, ey Anas, nimaga bunday qilmading demaganlar. Ana axloq. Kunlarda birida Anasi nolik roziyallohu anhunib, yosh bola ekan. Rasululloh bir xizmat kelib yuradilar. Yosh bola ko'chada ketayotib, yosh bolalar bilan o'ynab, esidan chiqib qoladi Rasulullohni buyurgan ishi. Endi Alloh biladi qancha o'ynadi. Rahmatli alamin bo'lgan zot kutib turibdilar.
Ancha vaqt o'tganidan keyin, bollar bilan o'ynayotganida, birovni qo'li, Anasi roziyallohning yelkasiga tushdi. Yosh bola. Qarasa Rasululloh. Rasululloh kulib qarab turibdilar, ey Anas, men aytgan joyga bordingmi? Hozir borib kelaman deb ketdi. Ana birodar axloq. Ana kimni o'rganishimiz kerak biz. Biz o'zimiz to'lib turibmiz da. Asablarimiz taring. Nervin deymiz, zahar to'lib turibdi. Fursat bo'lganda nima qilib olamiz atrofimizga? Sochib olamiz zaharimizni. Bu esa Muhammad sollallohu alayhi vasallamning axloqi edi. Shuning uchun atrofimizni qaraylik birodarlar. Aka ukalar bilan qanaqa muomaladamiz? Oila a'zolar bilan, qo'shnilar bilan. Bizda ham mana shu muloyimlik, avf bormi?
Hozir qanaqa bo'lyapti? Dag'alligingizni, axloqingizni chatoqligini, fe'lingizni torligini ko'rib turib, esenga kim o'rgatdi buni? Kim domlang, ol barcha meni domlang deydigan holat bo'lib qolyapti ba'zi bir holatlarda. Dinda da'vo qilib turgan holatimizda. Mana shu din bo'ladimi? Agar siz dindorman desangiz, ibodatda bo'lsangiz, besh mahal namoz o'qiyotgan bo'lsangiz u, odamlar sizni ko'rib turib havas qilib, qaniydi meni ham farzandim shunaqa bo'lsa, demayaptimi? Demak birodar sizni dindorligingiz nuqsonli.
Qoida, qaysi musulmon birodaringni axloqi seni axloqingdan balandroq, go'zalroq bo'lsa,demak uning iymoni ham seni iymoningdan balandroq ekan. Birodarlar, shioriy ibodatlarimiz, taomuliy ibodatlarmiz. Islomning shiori bo'lgan ibodatlar bor, muomala ibodatlari bor. Agar muomala ibodatlaringizda najotga yetmasak, shioriy ibodatlarimiz bizga foyda qilmay qolishi mumkin.
Navosimni samon roziyallohu anhudan u kishi aytadi rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yaxshilik haqida so'radim. Rasululloh dedilar. Al bir ruh husnul xuluq. Yaxshilik bu go'zal xulq. Val ifmu ma ha kafi sodirika. Gunoh esa, yomonlik esa, ko'ngling xotirjam bo'lmagan va odamlar uni ko'rishib qolishini xohlamagan narsa. Masalan, bir odam ustiga suv aralashtirib sotmoqchi bo'lsa, odamlarni oldida ko'rsatib turib aralashtiradimi? Yo'q. Hech kim yo'q joyda qiladi. Chunki bu qilayotgan ishini odamlar ko'rib qolsa, uni yomon qiladi.
Siz bir fe'lingiz borki, yolg'iz bo'lganda qilasiz, odamlar ko'rishini xohlamaysiz. Demak shu yomonlik. Shuni tashavvuring. Musulmon odam ikki xil bo'lmaydi, birodarlar. Uni qalbi zohir kabi bo'ladi. Ichi ham, tashi ham bir xil bo'ladi. Tilidagi qalbida bo'ladi, qalbidagi tilida bo'ladi. Bu narsaga faqatgina muvohid odam ega bo'ladi. Allohni yakkada bilgan, tavhidni mahkam ushlagan odamgina shunday bo'la oladi.
Va allohi billahi tallohi deb turib yolg'on gapirmaydi. Demak, yaxshilik bu go'zal xulq, yomonlik gunoh nima ekan? Qalbing xotirjam bo'lmagan va odamlar ko'rib qolishini xohlamagan narsang. Mana shu miqyos mana shu birodarlar o'lchov bo'ladi. Abdulloh roziyallohu anhudan payg'ambarimiz aytadilar, ma shay'un as qalofiy mezzanil mo'miniy yavmal qiyamatimin husnil xuluq. Qiyomat kunida mo'minning tarozisida go'zal xulqdan ko'ra og'irroq amal bo'lmaydi.
Albatta alloh taolo fohish, bze bo'lgan insonni yomon ko'radi. Bazey tili yomon, axloqsiz. Fohish, faxs so'zlarida so'zlaydigan. Qoida. Agar inson istiqomasi zo'r bo'lsa, go'zal axloqni ushlashda zo'r bo'lsak, Alloh uni yaxshi ko'rayotganligini his qiladi.
Agar bir kishini istiqomasi so'r bo'lmasa, axloqi go'zal bo'lmasa. Alloh uni yaxshi ko'rayotganligini his qiladi, Alloh ochib qo'yadi qalbini. So'kinmaydi, g'iybat qilmaydi, xo'p deb kechirib qo'yadida. Endi bu hisni agar topayotgan bo'lsangiz, bu hisni birodarlar dunyoni boyligi bilan o'lchab bo'lmaydi. Alloh taologa qadrli ekanligingizni his qilishingiz. Fainnaka beayyunina deyapti Alloh taolo, emuhammad alayhissalom. Shak shubhasiz, siz bizni ko'z o'ngimizdasiz. Ya'ni men o'zim himoya qilib turibman sizni deydi.
Shahardagi eng martabali inson bilan aloqang yaxshi bo'lsa, katta mansabdagi odam bilan. Xohlagan vaqtingda eshigini bir tepib kirib, xohlagan masalangni hal qilib chiqib keta olasan. Chunki yaqinda senga, seni yaxshi ko'radi da, muomalang zo'r. Endi unaqa mansabdor odam bilan juda yaqinligini bilsa, odamlar sendan haybatlanadi. U falonchi mashinasi deydi. Endi birodar, mana shunday zo'r muomalang Robbila alamin bilan bo'sachi?
Robbila alamin seni yaxshi ko'rsa chi? Yaxshi ko'ringani his qilsang chi? Bilasanmi odamlar senda qanday haybatlanadi? Bayyotu rizvonda Payg'ambarning sahobalaridan, Muhammad alayhissalomning sahobalaridan rozi bo'lganligini aytdi. Havas qilmaymizmi? Alloh Taolo aytadi: ey Muhammad alayhi assalom, darhaqiqat Alloh mo'minlardan ular daraxt ostida sizga bay'at qilayotgan vaqtlarida rozi bo'ldi. Bas, u zot ularning dillaridagi sadoqat va vafoni bilib, ularga sakinat, orom tushirdi. Va ularni yaqin g'alaba va o'zlarigina oladigan ko'pdan ko'p o'ljalar bilan mukofotladi. Alloh qudrat va hikmat sohibi bo'lgan zotdir.
Alloh ularni qalbiga sakinat tushirdi. Ulardan rozi bo'lgandan keyin. Agar seni istiqomang zo'r bo'lsa, axloqing zo'r bo'lsin, Alloh sen bilan rozi bo'lsa, qalbingga sakinat tushadi, birodar. O'ylamagin, bir chemadon dollar qilsam, o'nta zavod qilsam qalbim xotirjam bo'ladi deb. Yo'q. Mana shu sen aytayotgan dunyo matohini sen aytgandan ko'proq qilib qo'yganlarni qalbida bu sakinat bo'lmaydi. Chunki bu sakinat Alloh qalbiga joylagan odamlarda bo'ladi. Pul bilan bo'lmaydi.
Shuning uchun birodar, sahobalardan Alloh rozi bo'libdimi? Alloh rozi bo'ladigan eshik bizga ham ochiq. Hozir ham ochiq o'sha eshik. U qaysi eshik? U eshikning nomi go'zal axloq. Aptekaga bir qari kampir kirdi da, qandaydir besh so'm, o'n so'm pul yetmay qoldi.
Nima endi hozir besh so'm pul nima endi? Yo'q, borib olib kelasiz deydi. Kassaga urib qo'ydim deydi. Qani bu savdogardagi, bu aptekachidagi rahm shafqat? Qani xulq, besh so'mni avf qo'ysa bo'lmaydimi? Shuning uchun birodarlar, inson yuksalgani sari, iymoni quvvatlashgan sari, istehqomasi kuchaygan sari, qalbida rahm shafqat ko'payib boradi. Muloyimlik, kechirimlilik ziyodalashadi. Albatta bu go'zal huquqdan.
Biz yuzlab masala eshityapmiz. Balki minglab. Ehtimol yuzlab kitoblar o'qigandirmiz. Ehtimol, yodlab ham tashlagandirmiz. Ehrom, o'sha kitobni o'qigan narsamizni kallamizga joylab ham olgandirmiz. Ehmom, bahs qilib, hujjat dalil akani yengib olib qo'ya olarmiz birovni. Lekin shuni o'zi bilan Alloh meni yaxshi ko'rdi deb o'ylasak, biz tushunib olganini xom sanabmiz. Ha, ilmli bo'lishi yaxshi, birodarlar. Olim odamni hurmat qilamiz. Ammo mana shu olimni, kitobni yodlab qo'ygan odamni xulqi go'zal bo'lmasa, bu ilmi unga ham foyda qilmay qoladi.
Endi bir odam yuzta masala eshitmagandir, yuzta kitob o'qimagandir. Ko'p narsani bilmas, lekin axloqi go'zalmi? Mana shu odam baland bo'laveradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so'raldi. Suv ila rasulullohi sollallohu alalayhi vasallam an aktari ma yuduq ila nas al jannat. Insonlarni jannatga ko'proq qaysi amal olib kiradi? Rasululloh aytdilar taqvalloh, allohdan qo'rqish va husnul xulq va go'zal xulq. Qarang. Ja'fariddin abdutolim din nima deb ja'far nadjoshiy so'raganida, aqidani gapirib turib, axloqni gapirgan orqasidan. Rasulullohdan so'ralyapti. Jannatga ko'proq nima bilan keladi desa, taqvo va go'zal xulq deyaptilar.
Yana so'raldi. Vos suv uylana aktar mayduxili nasa nar. Odamlarni jahannamga ko'proq olib kirib ketadigan amal haqida so'raldi. Qaysi amal ko'proq olib kirib ketadi? Rasululloh aytdilar, alfamu va al faju. Og'iz va farj. Kishi qilgan gunohlarini eng ko'pi tili bilan bo'ladi. Tili bilan qilayotgan gunohi jahannamga olib kirib ketadi va mana shu farji zino dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.
Inn al mo'minah dedilar Rasulullohni sollallohu alalayhi vasallam oshi onamizdan ketilgan hadisda. La yudrikko bexusni xulqihi darajatasi so imil qoyim. Rostlar dedilar, albatta mo'minbanda o'zining go'zal axloqi bilan ro'zadorlik va qoimlik darajasiga yetadi. Bir odam nafl ro'zani ko'p tutadi, lekin axloqi yomon. Yana bitta odam bor, nafl ro'za tutmaydi, axloqi go'zal. Qaysinis baland?
Bir odam kechalari nafl namoz o'qiydi, ammo axloqi yomon! Ikkinchi odam uxlaydi, har kuni uxlaydi, lekin axloqi go'zal. Qaysinisi baland? O'zi ham nafl o'qib, ham nafl tutib go'zal axloqli bo'lishiga da'vat qilamiz, lekin farqni bilib olaylik bu yerda. Ko'p nafl amallarni qilgandan ko'ra, axloqingizni go'zal qilganingiz yaxshi bo'ladi.
An javob bering, rodiyallohu anhuhu, anna rasulullohi sollallohu alayhi vasallam qola. Innomin ahabbikum ilaya va aqrobukum minni majlisan yomal qiyamati va haasinikum axlaqa. Albatta sizlarning oralaringizda menga sevimliroq bo'lganinglar va qiyomat kunida menga yaqin bo'ladiganinglar axloqi go'zalinglar.
Axloqi go'zo bo'lsa, rasulullohga mag'bud bo'ladi va qiyomat kuni nima bo'ladi? Rasulullohga yaqin bo'ladi. Davoman o'qiymiz. Vo innna abghodakom ilaya va abadakom minniy majlis sanga mal qiyama. Endi menga eng mabug'usi bo'lganinglar, menga yoqmaydiganinglar va qiyomatda mendan uzoq boradiganlaringlar, assasaruna, val mutashaddiquna val mutafayhiqun.
Assasarun, val mutashadduqun, val mutafayhiqun. Kimlar ular? Assasarun. Ko'p gapiradiganlar. Ko'p gapirgan odam payg'ambarimizga mabu o'z. Ko'p gapirdigan odam payg'amparimizdan qiyomatda uzoq bo'ladi. Ikkinchisi, al mutashaddiyqun tillarini burab so'zlaydiganlar.
Tillarini burabso'zlaydiganilar. Va al mutafayhiqun so'zini go'zalligi va fasohati bilan odamlarga kibr qiladiganlar. O'zini katta oladiganlar. Rodalar, agar eshitgan bilganimizga amal qilmasak, bu eshitgan bilganlarimiz bizga foyda qilmay qoladi, aksincha zarar qiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar, men amila bima alima avro sohullohu ilma ma'lam ya'lam. Kim bilgan narsasiga amal qilsa, Alloh bu bandani bilmagan narsalarni ilmini ta'limini berib qo'yadi.
Din nima ayol rasululloh deb so'radilar. Husnul xulq deb javob berdi Nabiy sallallohu alayhi vasallam. Qiyomat kunida Rasulullohga yaqin bo'lishingni xohlasak, u zotni yaxshi ko'rgan ummatlardan bo'lishingni xohlasak birodarlar, axloqimiz go'zal bo'lishligi kerak bo'ladi. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.