Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalotu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va as hadihi ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va murakatuh. Tazkiyatun nafs, silsilab darslarimizdan birodarlar, bugungi o'qiydigan manzilatimiz tinglash, eshitish manziladi.
Inson faol maxluq. Inson faol bo'ladi. Harakatda bo'ladi. Tili bilan faol bo'ladi. Tilining faoliyati so'zlashish. Inson so'zlarkan, u so'zlarini ichida savobli so'zlari bor, gunoh so'zlari ham bor. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar la yastaqim u iman u abdin xatta yastaqima qol buhu. Kishining iymoni mustaqim to'g'ri bo'lmaydi, qalbi to'g'ri bormagunicha. Valay yastaqimo qolbaho, xatta yastaqimo lisanaho. Endi qalbi to'g'ri bo'lmaydi, tili to'g'ri bormagunicha. Demak, insonni iymonini to'g'ri bilishligi tiliga bog'liq, so'zlarga bog'liq. Demak, so'zlash ham insonning faoliyatlaridan, asosiy faoliyatlari dan. Nazar solish, ko'zi bilan faol bo'lishlik, qarash, bu ham faoliyatlarida. Lekin biz birodarlar bugun eshitish, tinglash manzillari haqida suhbat qilamiz. Mana biz hozir masjidda o'tiribmiz. Nimaga keldik bu yerga? Ovqat yeganimi? Yo'q. Uxlaganimi? Yo'q, gapirganiman? Yo'q. Nimaga keldingiz? Eshitgani.
Demak birodarlar, eshitish insonning muhim faoliyatlaridan bittasi bo'ladi. Odamlar eshitish uchun bir joylarga boradi. Nimalarnidir eshitadi. Nimalarni eshitgani boradi. Konsert eshitgani boradi. Siyosatchilarni bahs munozaralarini eshitgani boradi. Aktyorlarni intervyularini eshitgani bo'ladi. Demak, quloqlar eshitadi.
Demak, qoloqlar eshitadi bir odamlar. Har narsani eshitadi. Ammo Allohni uyiga kirib, Allohni so'zini, Payg'ambarni so'zini eshitish. Mana shu eshitish, eshitishning eng zo'ri. Mana shunday narsani eshituvchilarni alloh subhanahotda alloh muhtagan. Agar biz bu borliq haqida bir haqiqatlarga erishmoqchi bo'lsak, bu borliqni haqiqatini tushunmoqchi bo'lsa, aqlimizni ishlatamiz.
Nazar solamiz, fikr ishlatamiz, tafakkur qilamiz. Bu aqliy nashot, aqliy faollik deyiladi. Aqlingiz bilan haqiqatni topmoqchisiz. Bu katta mehnat. Ammo siz aqlingiz bilgan harakat qilib, mehnat qilib, topmoqchi bo'lgan haqiqatni tayyari turibdi. Tayyari turibd. Allohning kalomi, payg'ambarning hadisi. Eshiting, tinglang, qabul qiling, haqiqatni tortib turibsiz da.
Yetmish ga kirgan premyer ministr g'arbda o'zini o'zi o'ldirdi. Mana darslarimizda aytdik. Nimaga o'ldirdi? Ateist edi. Xudo yo'q deb yurar edi. Allohning bir xohishi bilan bir kun keldiki, Xudoni borligini topib qoldi. Hayotda bo'lakam ishladi, ko'rdi, fikr qildi da, qarasa Alloh bor ekan. Ateizmni haqiqat deb yuruvdi. Yetmish yil mana shu buzuq e'tiqod bilan yurganligidan, o'zidan norozi bo'lib, o'zini haqiq sanab, o'zini joniga qasd qildi.
Demak siz aqlingizni ishlatib, fikringizni ishlatilib, nazar solib, mehnat qilib, vaqt sarflab, topishingiz mumkin bo'lgan haqiqatni tayyori turibdi. Bu din. Bu kitob sunnat. Misol. Bu narsani tushunishimiz uchun bir misol keltiramiz. Qorningiz ochdi, ovqatlanmoqchisiz.
Ikkita variant bor. Bittasi, oshxonaga borasiz, o'zini ishini ustasi bo'lgan oshpazlarni tayyorlab qo'ygan zo'r ovqatlari bor. Shunday shunday buyurasiz, olib yeysiz. Bu bitta variant. Ikkinchisi, bozorga borasiz, go'sht olasiz, mayda chuyda olasiz, yuvib, achib, tozalab, kuydirib pishirib, ina yeysiz. Qaysini siqulay? Birinchisi. Xuddi shunga o'xshagandek, lillahi ilmat alul a'la. Bu borliqdagi haqiqatni topishlik uchun o'zingiz mehnat qilishingiz ham mumkin, yoki tayyorini ham olishingiz mumkin. Ana shu tayyor haqiqatni olishlik eshitish orqali bo'ladi. Nimani eshitish orqalik? Kitobi sunnatni.
Istaydu billa, innofi dhali keladik roliman ka'nala hu qolbun, au alqoz sam'a, vahu vasahiyni. Qof surasi. Albatta bunda ogoh qalb egasi bo'lgan yoki o'zi hozir bo'lgan holda sidqidildan quloq tutgan kishi uchun eslatma ibratlar bordir. Tinglash, eshitish manzilatini o'qiyapmiz, birodarlar. Agar biz mana shu manzilatni qoyilmaqom qilib qo'ysak, tinglashni maromiga yetkazib qo'ysak. Shu bitta tinglashni o'zi bilan najotga yetishimiz mumkin.
Hozir biz Alloh Taoloni buyrug'ini bajaryapmiz. Mana shu narsaga Alloh Taolo bizni Qur'onda buyurgan. Va mana shu ishni qilganlarni Alloh Taolo maqtagan. Eshitishlik, tinglashlik ibodatning eng ulug'laridan. Yuksaklaridan. Allohni uyiga kelib, Allohni va Payg'ambarni so'zini eshitishlik. Nima qilyapmiz biz? Ayni shuni qilyapmiz hozir.
Mana endi bir qancha oyatlarda o'qiymiz. A'lu billahim ilash shaytonir rohim. Bismillahir rohmanir rohim. Laqol va sami'ana va atona, g'ufronaka robbana va ilaikal ma'sir. Va eshitdik va itoat etdik. Parvardigor, gunohlarimizni mag'firat qilishingni so'raymiz va faqat O'zingga qaytajakmiz. Eshitdik deyapti. Inson eshitgandan keyin, tinglagandan keyin, eshitib tinglaganini tafakkur qilgandan keyin iymon keltiradi. Ikkinchi oyat, istedivillar. Alladina yasta miyun al qovli fayetta biyuna ahsana. Ula ekan la dinahada humulloh va ula ka hum ulul albar. Bas, ey Muhammad alayhissalom, mening bandalarimga, so'zga quloq tutib, uning eng go'zaliga ergashadigan zotlarga xushxabar bering. Ana o'shalar Allohga hidoyat qilgan zotlardir va ana o'shalargina aql egalaridirlar.
Ikkinchi oyat, eshitish haqida. Bu eshitish haqiga kelgan xabar oyatlari. Endi eshitish haqida kelgan buyruq oyatlar ham bor. Eshitinglar degan Alloh Taolo. Uchinchi oyat. Astaytubiylar. Asmi abihimova abu sir, yavma yutunana, lekin idholimun al yavma fil dalalim mubin.
Ular bizga keladigan kunda juda ham aniq ko'radigan va eshitadigan bo'lib qolurlar. Lekin u zolimlar bugun ochiq zalolatdadirlar. Mana shu kofirlar, zolimlar dunyoda turganda, payg'ambarni so'zini, allohni so'zini eshitmagan, tinglamagan. O'shaning uchun shidoyatga yurmagan. Eshitmaganligi uchun. Astabiyaillah.
Fataqulloha mastatoutum vasma'u va atiyu. Qo'linglardan kelganicha allohdan taqvo qilinglar, tinglanglar va itoat qilinglar. Qo'lingdan kelganicha taqvo qil, eshit va itoat qil. Keyingi oyat. Istaydu billah. Vo ida quri al qur'anuf astami ulahu an situ la'allakum turhamun. Qachonki Qur'on qanoat qilinsa, unga quloq tutingiz va jim turingiz. Shoyat Alloh tarafidan rahmatga sazovor bo'lsangiz.
Demak, Qur'on o'qilganda eshitib, tinglab turishlik Alloh Taoloning rahmatiga sabab ish ekan. Tushunyapsizlarmi? Qur'on tilovat qilinganda jim turib eshitinglar, shoyat Allohning rahmatiga muyassar bo'lsanglar. Bu o'rinda eshiting degani, jim turing degani emas. Chunki inson jim turib eshitmayotgan bo'lishi mumkin. Jim turib tinglamayotgan bo'lishi mumkin. Jim turib xayoli boshqa yerda bo'lgan bo'lishi ham mumkin.
Eshitish, jim turish amri sukut qilib eshit va eshitganingni fikr qilib tur degani. Keyingi oyat. Astaytibillah. Vo ida samiyu ma'um ziyla ila rasuliy taro a yunuhim tafidu minal dama minma alofi minal haq. Yaquluna robbana, amanna, faktubna mana shu shahiring. Ular Payg'ambarga nozil qilingan narsani Qur'oni eshitgan paytlarida, uning haq ekanligini bilganlari sababli, ko'zlaridan yosh quyilayotganini ko'rasiz. Ular Parvardigor, iymon keltirdik, bas bizni guvohlik berguvchilar qatoriga yozgin deydilar.
Kiyimlarimizni yaxshilikka kiydik. Masjidga keldik. Eshitish, tinglash degan ibodatni bajarishlik uchun. Demak biz ibodat qilyapmiz hozir. Demak biz ilm tavlabida turibmiz. Demak biz Allohni zimmasidamiz. Ey birodarlar, siz bilan bizdan hozir maloykalar rozi bo'lib, oyog'larimizni ostidagi qanotlarni yozib turishibdi.
Chunki tolibiy ilmni qilayotgan ishidan rozi bo'lib maloykalar deyilgan hadisda, qanotlarini uni oyog'ini tagiga yozib turadi deydi. Biz, birodarlar, Alloh Taoloni oyatlariga, Payg'ambarimizning so'zlariga quloq tushishlikka mas'ulmiz. Eshitish va eshittirish orasidagi farq. Eshitish va esthittirish orasiidagi farq. Esthittirish Allohdan bo'ladi. Eshitish bandadan bo'ladi.
Alloh azza va jalla bandalarni o'zi yaratgan. Qaysinisi nimaga loyiha ekanligini o'zi yaxshi biladi. Alloh Taolo bir bandada yaxshilik bor ekanligini biladi. Modomiki matishga kelib o'tiribsizmi? Modomiki ma'ruza eshityapsizmi? Modomiku Qur'oning hadisini eshityapsizimi? Demak, sizga Alloh Taolo shunga yo'l beribdi. Demak, sizda Alloh Taolo yaxshilik borligini bilibdi.
Sizda yaxshilik bor ekan qalbingizda, shuning uchun Alloh sizga mana shu narsani eshitishga imkon beribdi. Alhamdulillah robbilar alamin deylik birodarlar. Dalil? Istadibillah. Vala valimallohu fihim hayron la asmahum. Agar Alloh ularda biron yaxshilikni borligini bilganida edi, albatta ularning quloqlarini ochib qo'ygan bo'lar edi.
Muvofiqlarni, kofirlarni Allohning oyatlarini eshitmaganligi, eshitsa ham beparvo ketganligini ko'ramiz. Alloh ularga eshittirmadi, chunki eshitishniki loyiqmas edi. Sizni shu yerga olib keldimi? Ilm majlisiga, masjidga, ma'ruzani tinglashga? Demak, qalbingizda yaxshilik bor. Muborak bo'lsin. Endi agar qalbingizda yaxshilik bo'lmasa chi, agar shunda ham eshittirib qo'ysa nima bo'lar edi? Alloh aytyapti. Va lau asma'hum latavalloh vohim m'urizun. Agar ularni qalblarida yaxshilik bo'lmasa ham, Alloh ularga Qur'onni eshittirib ko'ysa, ular nima qilar edi?
Alloh ularning quloqlarini ochib qo'yganida ham, ular yuz o'girgan hollarida ketgan bo'lar edilar. Kimgadir haqni aytishga yo'l ochib qo'ydi. Senga birodar haqni eshitishga yo'l ochib qo'ydi. Mana shu siz bilan bizga berilgan bashorat. Haqni aytganga ham bashorat, haqni eshitganga ham bashorati.
Agar Alloh ularda biron yaxshilikni bilganida edi, albatta ularning quloqlarini ochib qo'ygan bo'lar edi. Aquli qovli hada va astag'firulloh ili valakum. Innallohu va malakatu hushsonli uni aylanib bi. Ya ayyu halladina amanu sollu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.