MMaviza
Эshitish manzilatiTekshirilgan14 daq

27-QISM / ЭSHITISH MANZILATI (3/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
13:58

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Assalatu vassalomu ala shirofil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi taolo barakatuh. Tazkiyatun nafs silsila darslarimizdan, nafsni poklashlik silsila darslardan eshitish manzilotini suhbat qilayotgan edik. Insonni nafsi yuksalgani sari, tabiat bilan o'rtasida uyg'unlik paydo bo'ladi. Hanzalar roziyallohu anhu kunlarni birida kelib, aytdiki, yo rasululloh, sizni suhbatingizda, sizni huzuringizda bo'lganimizda o'zgacha bir holatda bo'lamiz. Oldingizdan ketganimizdan keyin esa boshqacha holatda bo'lib qolamiz.

Bo'ladi yu, ilm majlisiga kelasan, boshqa dunyoga kirib qolasan. G'am tashvishlar, siqilishlar, dunyodagi sizni chalg'itayotgan, qalbingizni band qilayotgan hamma narsalar esdan chiqadi. Ala bitta kelinlar hidatma innul qulub, deydi alloh taolo qur'onda. Ogoh bo'linglar, qalblar Allohning zikri bilan orom oladi. Siz bilan biz yaratgan Parvardigorimiz, bizning nafsimiz, bizning qalbimiz, bizning jonimiz nima bilan orom olishligini aytyapti.

Odamlar mana shu jonini, nafsini, qalbini orom olishligi uchun, rohatlanishligi uchun har xil ishlarga o'zini urib ko'radi. Kimdir yeydi. Yesa mazza qiladi nazarida. Kimdir uxlaydi. Kimdir muzika eshitadi. Kimdir o'yin kulgi qiladi. Qo'yingki, nafs jonini orom olishlikka sabab bo'ladigan ishlarni nima qiladi? Turlisini qidirib izlanadi. Ammo Alloh Taolo aytyapti, bu nafslar, qalblar faqat Allohni zikri bilan orom oladi. Mana Hanzal roziyallohu akbar kelib aytyaptiki, sizni oldingizda turganimizda bir boshqacha holatda boramiz, bir boshqacha holda bo'ladi. Ahllarimizni oldiga borganda boshqacha bo'lib qolamiz. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar, va alladiy nafsiy biyadiyhi, la vquntum takununa ala xal, alladiy takununa alayha indiy. La sofahat qumul malayka va la adolat qum bi ajni xateha. Jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki, agar sizlar boshqa paytda ham mening oldimdagi holatingizda bo'la olsangiz edi, malokalar sizlar bilan qo'l berib ko'rishgan va qanotlari bilan sizlarga salqin qilgan bo'lar edi, dedilar.

Ya'ni payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni oldida turganida shunday bir iymoniy, ruhoniy holat baland bo'ladiki, agar shu holat bilan tashqarida yura olsanglar doim, shunday bir nafs poklangan hol bo'ladiki, farishtalar ko'zinglarga ko'rinadigan holat bo'ladi. Demak, ilm majlisi mana shunday narsa. Allohni kalomini tinglash, payg'ambarni so'zini tinglash, eshitish, siz bilan bo'lsa mana shunday bir oliy manzilatga, maqomga olib chiqadi.

Jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki, allohga qasamki. Agar meni huzurimda o'tirgan holatinglardagi holatda bo'la olsanglar edi, boshqa holatda, malokalar sizlar bilan qo'l berib ko'rishgan bo'lardi va qanotlari bilan sizlarga soya qilgan bo'lardi. Shuning uchun bizni mana shu bir iymoniy, oliy bir holatga olib chiqadigan majlislarga borishimiz, imomimiz yuksaltiradigan narsalarni ko'proq eshitlikka xaris bo'lishimiz kerak. Aksincha bu narsadan uzoq bo'ladigan bo'lsak, allohdan bizni uzoq qoladigan narsalarga kirisha oladigan bo'lsak. Shu narsalarni eshitishlikda mudmin bo'ladigan bo'sak, mukkasidan ketadigan bo'lsang, biz albatta tubanlashligimiz aniq.

Aytdik, insonni iymoniy holati yuksalgan sari, u bilan tabiat o'rtasida uyg'unlik paydo bo'ladi. Mana Sulaymon alayhissalom chumolini gapirgan gapini eshitdi. Alloh Taolo aytadi, to ular chumolilar vodiysiga yetgan vaqtlarida bir chumoli dedi. Sulaymon alayhi assalomning askari, qo'shini, chumolilar yashaydigan vodiyga qarab kelganida, bu yerda insonlar bor, jinlar bor, parandalar bor, hashoratlar bor, hayvonlar bor. Qo'yingki, Sulaymon alayhissalomning qo'shini. Ana shu vodiyda yashaydigan bitta chumoli aytyapti ey chumolilar, uyalaringizga kiringlar. Yana Sulaymon va uning lashkari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni bosib yanchib ketmasin. Sulaymon alayhissalom uning so'zidan kulib, pabassum qildi va dedi parvardigorim, meni sen menga va ota onamga in'om etgan ne'matingga shukur qilishga va o'zing rozi bo'ladigan yaxshi amallarni qilishga muvaffaq etgin va meni ham o'z fazl rahmating bilan solih bandalaring qatoriga kelayotgan. Mana Allohnin payg'ambari eng oliy martabadagi odam. Hayvonni so'zini eshityapti, tushunyapti.

Nabiye sollallohu alayhi vasallam tuyani yig'layotganligini va shikoyat qilganligini eshityaptilar. Insonni iymoniy holati yuksalgan sari, tabiat bilan uni o'rtasida uyg'unlik paydo bo'ladi. Birov jim turgan mushukni tosh bilan urdi. Haligi mushuk doddi dedi da, o'o' nandaroqqa borib to'xtab qarab turibdi, tosh otganga. Ana shu qarab turishidan nima deyotganligini tushunasiz. Nima deyapti? Nimaga urding meni? Men senga nima qildim deydi.

Insonni qalbi va nafsi yuksalgani sari, u bilan tabiat orasida uyg'unlik paydo bo'ladi. Boshqalarni ichida kechayotgan narsalarni his qilib qoladi. Qalbingizdagi narsani his qiladigan bo'lib qoladi. Chunki bu Alloh tomonidan berilgan unga karomat deyiladi. Karomat haq birodarlar. Karomat nima? G'ayrioddiy ishlar. Tabiat qonunlariga teskari bo'lgan ishlar. Insonda aqli lol qoladigan ishlar. Agar g'ayrioddiy ishlar payg'ambarlarga berilsa, bu mo'jiza deyiladi. O'zlarini payg'ambarligini isbotlashligi uchun berilgan dalil. Agar oddiy muomalarga beriladigan bo'lsa, bu karomat deyiladi. Karomatni inkor qilib bera birodarlar. Karomat bor narsa. Imom a'zam fiqh akboda shunaqa deydi. Mo'jizalar, anbiolar uchun haqdir, karomat avliyolar uchun ha qdir. Bizni mana bu darslarimiz insonni allohni valiysi bo'lishlikka olib boradigan darslar. Biz alloh taolodan karomatni so'rayapmiz. Ana shu karomatga olib boradigan yo'lni o'rganyapmiz.

Haqiqiy mo'min inson iymoni yuksalgan sari, boshqalar ko'rmayotgan narsani ko'radigan bo'lib qoladi. Boshqalar tushunmayotgan narsani tushunadigan bo'lib qoladi. Boshqalar o'ylamayotgan narsani o'ylaydigan bo'lib q oladi. Boshqlar xohlamayotgan narsa xohlaydigan bo'lib q q oladi. Barchalar qo'rqayotgan narsadan qo'rqmay qoladi. Chunki u yuksaldi u. Bu sifat, bu xususiyat Allohni tanigan odamda bo'ladi. Dunyoni nimaligini tushungan, haqiqatini anglagan, o'zini dunyodagi vazifasi nima ekanligini aniq bilgan odamda bo'ladi bu narsa.

Chunki bunaqa insonni o'zini o'lchov tushunchasi bor. Hammaga ergashib keta olmaydi. Nima uchun yashay ekanini biladi, aniq maqsadi bor, qo'lida aniq dasturi bor. Hayotda qiladigan ishi aniq uni. Ertaman turadi, duoda o'qiydi. O'ng oyog'idan oyoq kiyimini kiyishni boshlaydi. Hojatxonaga chopoyog'i bilan keladi. Tahorat qilayotganda nima deyishi aniq. Qilib bo'lgandan keyin nima deyishianiq. Osmonga qarab nima deyishimaniq. Ko'chaga chiqayotganda nimi deyishianiq? Ey, minut minutigacha yozilgan. Bu mo'minda bo'ladi bu narsa.

Demak, inson yuksalgan sari, iymon jihatidan yuksalgan sara, tabiat bilan uni o'rtasida uyg'unlik paydo bo'ladi. Eshitiladigan narsalar ham uch turli bo'ladi. Eshitiladigan narsalari uch xil bo'ladi. Alloh yaxshi ko'rgan narsalar. Alloh yomon ko'rgan narsa, muboh narsalar. Allohni yaxshi ko'radigan narsalar tushunarligin. Ilm, ma'rifat, Allohni zikri, Qur'on. Alloh yomon ko'rgan narsalar, ana shu harom bo'lgan so'zlar, harom bo'lgan bir ovozlar. Endi uchinchisi muboh bo'lgan narsalar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldida ham sahobalar, birodarlar narx navo haqida, ob havo haqida, bog'aroqdagi hosilni natijalari haqida gaplashishar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam eshitib turardilar. Gunoh emasmi? Ma'siyat emasmi? Mubohmi? Og'zingni yop, gapirma, bunaqa gaplarni deyishga haqqimiz yo'q.

Mana Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va salamni oldida bir odamni o'q topib olishdi. Bir ilmi bor. Nima ilmi bor deb Rasululloh so'radilar. Bu odam nassob deyishdi. Nassob kim? Arablarning nasl nasablarini yaxshi biladigan odam. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar, bu ilm uni o'rganganga foyda bermaydi, bilmaganga zarar bermaydi, dedilar. Ya'ni foydasi ham zarari yo'q narsa. Muboh. Lekin insonni umri qimmat. Unaqa muboh narsalarni ham ko'p eshitishligi ma'qul bo'lmaydi.

Odamlar bilan o'tirasan, ko'chada bo'layotgan ishlarni gapirishadi, voqelik haqida xabardor bo'lasan. Buni ham eshitish mumkin. Muboh narsalar, ammo berilib ketmaslik kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ham, o'zlari ham eshitardilar, savdogarlardan savdo haqida, boshqa narsalar haqida. Keyin Payg'ambarimiz ularga Alloh haqida da'vat qilardilar, dinni gapirardilar. Shuning uchun odamlarni eshitish ham da'vat uslublaridan bittasi.

Eshitiladigan narsa, Alloh yaxshi ko'radigan narsalar bor, Alloh yomon ko'radigan narsa bor va muboh bo'lgan narsalar bor. Muboh narsalarni eshitishlik, gapirishlik mumkin, lekin bunda haddidan oshib ketmaslik kerak. Chunki insonni vaqti nima? Insonni vaqti qimmat, umri qisqa. Odamlardan eshit, suhbatlash, hamma qator o'tir, keyin senga navbat kelganda Allohni diniga hikmat bilan da'vat qil.

Alloh subhanah va taolo Sayyidul xalq bo'lgan Muhammad Mustafa sollallohu alayhi vasallamga aytyapti, istaydubilla. Fabima rahmatin minallohi lintalag'un. Alloh taoloni rahmati bo'lib, Alloh taoloni raxmati tufayli, siz, ey Muhammad alayhissalom, sahobalarga muloyim bo'ldingiz. Valav kunda fardon g'olidal qalbi lampaddu minhavlik. Agar buni o'rniga siz qo'pol, qattiq til va qattiq dil bo'lganingizda atrofingizdan tarqab ketishgan bo'lar edi.

Biz odamlarni Allohni diniga da'vat qilishlik niyatimiz bo'ladigan bo'lsa, mana shu muloyimlik degan sifat bizda bo'lishligi kerak. Qo'pollik, dag'allik bilan da'vat qilinmaydi. Qo'pollar bilan da'vat bilan da'vat. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday qilmaganlar. Mavsum bo'lgan zot, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga, nima deyapti? Alloh taolo? Agar siz qo'pol bo'lsangiz, odamlar atrofingizdan tarqab ketgan bo'lardi, deydi.

Iymoniy tinglash degan tushuncha bor. Iymoniy tinghlash. Talab qilingan tinglash, eshitish. Nima degani? Bu shunaqa bir suhbatlar, shunaqa bir so'zlar, gaplarki, Alloh Taolo o'zini kitobida bunday so'zlarni, bunday suhbatlarni maqtagan. Va mana shunday suhbatlarga buyurgan, eshitganlarni maqtan, ana shunday majlisdan yuz o'girganlarni mazammat qilgan. Astabi'lla, voqol u ulavkunna nasma u avna aqilu ma kunna fi asabi sayr.

Ular kofirlar, jahannamga tushganlaridan keyin aytishadi. Agar bizlar tinglab Payg'ambarni so'zini, aql yurgizuvchi bo'lganimizda, do'zax egalaridan bo'lmas edik. Demak, eshitmagan, xohlamagan, eshitganimizda, tinglaganimizda, tafakkur qilganimizda, dozaxga tushmagan bo'lardik deyapti. Shuning uchun aytyapmiz, eshitishlik, tinglashlikni yolg'iz o'zi sizni najotga olib borishlikka kifoya qilib qolishi mumkin.

Agar tinglab, aql yurgizish bo'lganimiz da, demak, haqni tinglamaslik, haqdan yuz o'girishlik jahannam yo'li bo'ladi. Alloh azza va jalaning Qur'oni, birodarlar siz bilan biz uchun dasturul amal. Allohni bu borliqqa qo'ygan qonunlari bor. Buni misol bilan tushuntiramiz. Bir boshqa mamlakatga borib, chet mamlakatga borilib turib, bir tijoriy tashkilotni ochmoqchi bo'lsangiz, nima qilasiz? Nima qilish kerak birinchi? Nimadan boshlaysiz shu biznesni?

Avvalambor shu yurtni tijorat qonunlarini o'rganib chiqish kerak. O'sha qonunlarni bilsangiz, u yerdagi tijoratingiz yaxshi yuradi. Xuddi shunga o'xshagandek, Alloh Taoloni bu borliqlik qo'l qo'yib qo'ygan qonunlari bor. Shu qonunni o'rganasiz, shu qonunga rioya qilasiz, saodat topasiz. Agar boyagi savdogar, biz aytayotgan savdogar o'zi bilganicha ishni boshlab yuborsa, katta pulni shu tijoratiga sarfladi, imoratlar sotib oldi, stanvolarni olib keldi. Endi millionlagan pulni sarflab turib, endi yurgizaman desa, bitta qonunga to'g'ri kelmadi bu ishi. Bu mamlakatda bunaqa narsani tijorati mumkin emas ekan. Bo'ldi, yutqazdi. Bo'ldi kuydi. Shuning uchun bu dunyoga keldik. Bu dunyoda saodat topib yutishligimiz uchun Alloh Taoloni qonunlarni o'rganishimiz kerak bo'ladi.

Aql u qovli haqida va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish