Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalomu ala ashrafil mursalin. Va ala aliyhi va ashabiyhi ajma'in. Ammobod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatun nafs, silsilab darslarimizdan, birodarlar, tinglash manzaratini eshitayotgandek, davom etkazamiz.
Eshitish turlari. Uch xil. Idroki eshitish, birinchisi, ikkinchisi, fahmiy va aqliy eshitish, uchinchisi, ijobat va qabul qilish eshitishi. Mana bittadan ko'rib chiqamiz. Odamlar eshitadi, mana shu uchga bo'linadi ularning eshitishligi. Birinchisi, idrokiy eshitish. Bu qanaqa bo'ladi? Bir lektor minbarga ko'tarilib, chekishlikni zarari haqida leksiya o'qidi. Uni insonga zarari, yurakka, o'pkaga, asabga qo'yingki, insonni organizmiga zarari haqida gapirildi.
Operatsiya qilingan shu chekishlikni oqibatida kasal bo'lgan o'pkani operatsiya qilgan, ko'rsatdi. Go'zalni yesa bo'ldi. Endi shu leksiyada o'tirganlardan bitta odam chekar edi, eshitdi, tushundi, lekin tashlamadi. Bu odamni eshitishligi idroki eshitish deyiladi. Eshitdi va tushundi. Ammo chekishni tashlamadi.
Ikkinchisi, fahmiy va aqliy eshitishlik. Yana bitta odam bu leksiyani eshitdi, xulosa qildi. Ha, demak, zarar ekan, qonga zarar ekan, asabga zarar ekan, nasl nasabga zarar e kan. Demak, insonni organizmiga katta zarari bor. Ajalni tezlashtirar ekan. Chekish aqldanmi? Tamakiga qul bo'lib qolishlik to'g'ri bo'lar ekanmi? Eshitdi va tafakkur qildi. Birinchi odam eshitdi, tushundi. Ikkinchi odam eshitib, tafakkur qilindi. Endi uchinchisi. Uchinchisi, ijobat va qabul eshitishi. Yana bitta odam, uchinchi odam bu leksiyani eshitdi, eshitdi, tashundi, aqlini ishlatdi va qabul qildi. Chekaradi bu uchinchi odam ham, bugundan boshlab tashladi sigaretni dedi da, g'ijimlab turib axlatga tashladi.
Demak, ma'ruzani eshitgan paytda odamlar ham mana shu uchta eshitishdan bittasida bo'ladi. Idroki, aqliy, ijobat. Idroki, eshitdi, tushundi, bo'ldi. Boshqa hech qanaqa bir o'zgarish yo'q. Ikkinchisi, eshitdi, shundi, fikr qildi. Uchinchisi, eshitdi. Tushundi, fikr kildi, ijobat qildi. Demak, uch xil eshitish ekan. Bir odam ro'parasidagi odamga yelkangizda chayon turibdi dedi.
Haligi gapni eshitgan odam qarab turib, rahmat, rahmat, o'zingiz yaxshimisiz? Salomatlik joyidami? Dedi. Yelkangizdagi chayon turibdida desa, hech qanday reaksiya yo'q. Endi mana shu reaksiya qilmayotgan odamni bu holatini uch xil talqin qilishi mumkin. Birinchisi, so'zni eshitmadi. O'shaning uchun hech narsa qilmayapti. Yoki bu gapirgan odamni ogohlantirgan odamni tilini tushunmaydi. Yoki bo'lmasam chayonda nimaligini bilmaydi. Agar eshitib, tushunib, idrok qilib, qabul qilganida nima bo'lardi?
Avtomaticheskiy yelkasini qoqib qoladi. Demak, shunday odamlar bor. Qulog'i bor, ishlaydi, ammo haqiqatni eshitmaydi. Oyatlarni eshitadi, hadislarni eshitadi. Eshitmaganda ketaveradi. Bunaqa odamlar o'zlarini juda ham aqlli sanaydi. Ha, biz deydi, yigirma birinchi asrda yashayapmiz deydi. Ilm, fan asrda yashabmiz deydi. Bunaqa din, siz aytayotgan shariat, oxirat degan narsalar bizni zamonimizga to'g'ri kelmaydi deydi. Nazarida hamma yoqni biladi bular. O'zini baland oladi. Alloh taolo bular haqida aytadi, astaydivillar. Ya alamuna zohira minal hayati dunya vahum anil ahrirati hum g'ofilun. Ular oxiratdan g'ofil, bexabar bo'lgan hollarida faqat hayotda dunyoni zohirinigina biladilar.
Bular qulog'iga kirdi, idrok qilmadi, fikr qilmadi, aqlini ishlatmadi, qabul qilmadi. Alloh taolo bunaqalar haqida aytadi, istedvilla. Vala takun u kalladina qol u sami'na vahum la yas ma'um. Eshitmagan holda turib, eshitmasdan turib, eshitdik deydiganlar unaqa bo'lib qolmanglar. Demak, eshitmaydi deganda Alloh Taolo nima aytyapti? Tadbiq qilmaydi, qabul qilmaydi, ijobat qilmaydi. Mana eshityapmiz a oyatlarni. Eshitib turib, ribonixoramligini tashlasangiz, demak ijobat qildingiz. Tadbiq qildingiz bilganingizni.
Bildingiz, yolg'on gapirishlik xarom ekan. Bildingiz, tarozidan urishlik xarom ekkan. Bildingiz svetoforni qiziliga o'tib ketishlik xaromekan. Bildingiz, sredstvennikaga chiqib yurishlik xaromligini. Eshitdingiz. Endi tadbiq qilmadingizmi? Eshitganingizga amal qilmadingiz mi? Demak, siz ijobat, qabul eshitish bilan eshitmadingiz. Shuning uchun, birodarlar, fahmiy eshitish, aqliy eshitish hamda qabul qilish eshitishi. Bizda odamlar ko'proq qaysinisi?
Mana endi Qur'oni Karimdan mana shu fahm eshitishiga dalil bo'lgan oyatni keltiramiz. Istaydu billah. Qul uhya ilayya anna husda ma'nafaru minal jin faqol u inna sami'ana quranan ajaba yahdiy ila rushd fa'a man nabih valannushirika bi robbina ahadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Qur'on tilovat qilib turganiga, mana Nusaybin deb nolanadigan joyning jinlari kelib eshitib guvoh bo'lishdi.
Ey Muhammad ayting, menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi mening Qur'on tilovat qilganimni eshitib, o'z qavmlariga qaytib borishgach dedilar. Darhaqiqat biz haq yo'lga hidoyat qiladigan bir ajib Qur'onni eshitdik. Eshitdik va darhol unga iymon keltirdik. Bizlar endi Parvardigorimizga hargiz biror narsani sherik qilmasmiz. Demak, eshitdi, tushundi.
Idroki eshitish, aqliy eshitish. Astaydu billa, innakala tusmi ul mavta, vala tusmi u summa duaa ida valloh mudbirin. Aniqki siz, ey Muhammad alayhissalom, o'z da'vatingizni o'liklarga uqtira olmassiz. Va yuz o'girib ketayotgan kimsalarga ham bu da'vatni uqtira olmossiz. Alloh Taolo o'laydi ekanda rost akam o'laydi aytmayapti bu yerda. Rasululloh o'liklarni borib da'vat qilmaganlar. Tiriklarni da'vat qilganlar. Lekin bularni eshitib, ijobat qilib qabul qilmaganligi uchun Alloh Taolo bularni o'lay deyapti. O'liklar ham eshitadi birodarlar. Dalil, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Badr kunida ana shu mushriklarning eng ulug'laridan yetmish kishi qatl qilinganidan keyin, ularni bir qolibga, chuqurga tashladilar. Yetmishta mushrikni o'ligi yotibdi chuqurda. Shunda Rasululloh kelib, ey Amri Mni Hishom, ey Utuba ibn Robiya, ey Valid ibn Utuba, nommon ham aytib turib, hal vajad tumma va'adakom robbukom haqqon. Robbilar sizlarga va'da qilgan narsa haq ekanmi? Topdinglarmi shuni, ko'rdinglarmi? Fa inniy qoduvajat tu ma va'dani robbi haqqo dedilar. Albatta men robbim menga va'da qiladigan narsani haq ekanligini ko'rdim dedi.
Umarim xattob, yo rasululloh, men o'liklarga gapiryapsizmi? Bu hidlanib jiyib ketdi ku bular sasir. Deganida rasululloh aytdilar, sendan ko'ra ular yaxshiroq eshitadi meni dedilar. Ha, o'liklar ham eshitadi, lekin qimirlolmaydi da. Xuddi shunga o'xshagandek, nafas olib, harakatlanib yurgani bilan, da'vatni eshitib turib, da'vatni qabul qilib, unga amal qilmadimi? Xuddi o'likka o'xshab, ijobat qilinmagan odamlardan bo'ladi. O'liklar qatorida bo'ladi.
Alloh taolo aytadi, istadibilla, voma yastavel ahiya vala al ammuat. Tiriklar bilan o'liklar ham barobar emasdir. Albatta Alloh o'zi xohlagan kishilarga haq da'vatni eshittirur. Ey Muhammad alayhissalom, siz qabrdagi kimsalarga, ya'ni o'liklarga, o'lik dinlarga eshitish olish emassiz.
Idroki eshitish, fahmiy aqliy eshitish, ijobat eshitish. Ijobat eshitishi. Bu mana shu eshitishlikning eng oliy darajasi martabasi. Atrofimizdagi musulmonlarga bir nazar solaylik da. Yer yuzida milliarddan oshiroq musulmonlar bor. O'zini musulmon deb biladi. Lekin haqiqatda ham hammasi Alloh xohlagandek, Payg'ambar xohlagandek ummati muhammadiyami? Chinakamiga ummati muhammadikami?
Alloh Taolo bu ummatni maqtagan. Astaydu billah, kun tum xoyra ummating uxrijiyatli nas. Sizlar ummati Muhammad. Insoniyatga chiqarilgan ummatning eng yaxshisi bo'ldinglar. Eng yaxshi ummat sizlar sizlar. Va aytdi nima uchun yaxshi ekanligimizni. Ta'miruni bil ma'rufi vatan xavna an il munkar. Yaxshilikka buyurasizlar, yomonlikdan qaytarasizlar. Shuning uchun biz yaxshi ummatmiz. Agar biz la ilah ila Alloh Muhammad rasululloh degan bo'lsak u, amru bar'ud na himunkar qilmayotgan bo'lsak, da'vatga ijobat qilmayotgan bo'lsak, biz chin ma'noda ummatun Muhammad bo'la olmaymiz, birodarlar. Tushunarlimi?
Biz Muhammadu alayhissalomni ummatimiz. Go'zal, birodarlar! Lekin mana shu ummat da'vat ummati bo'ladi, ijobat ummat bo'ladi. Nima degani? Mana siz bilan biz yo da'vat ummatimiz, yo ijobat ummatimiz. Qarang qaysinisidasiz siz. Da'vat ummati kim? Alloh va Payg'ambar da'vat qilgan odamlar da'vat ummati bo'ladi. Endi mana shu Alloh va Payg'ambarni da'vatini qabul qilib ijobat qilgan odam ijobat ummati bo'ladi.
Demak, agar da'vatni qabul qilib, uni o'zining hayotida tadbiq qilsa, shunda mana shu inson ijobat ummat qatorida bo'ladi, shunda Alloh maqtaygan ummatdan bo'ladi. Bizga da'vat yetib keldi. Biz Muhammad alayhissalomni ummatini doirasiga kirdik. Endi tatbiq qilishimiz qopti birodarlar. Ana shu tatbiqimizga yarasha kun ko'ramiz.
Olim va badavlat bo'lgan bir inson o'zini farzandlarini yig'ib olib aytyapti. Beshta farzandi bor, o'g'il qiz aralash. Biror bir sohada bir mutaxassis bo'lib, bir ilmiy sohada bir martabaga erishishga niyatinglar, layoqatinglar bo'lsa, hammanglardek imkoniyatlar teng. O'qiyman desanglar, hammanglarga sharoitni qilib beraman dedi. Ya'ni da'vat, taklif hammaga bir xil aytildi. Lekin mana shu beshta farzandidan bitta farzandi ijobat qildi. Oliygo'ga kirdi, qattiq mehnat qildi. Shu bilan ilmiy darajaga bir martabaga erishdi.
Bizga ham Alloh tomonidan, Payg'ambar tomonidan da'vat kelgan. Eshitdik. Shansimiz bir xil, imkoniyatimiz bir xil. Endi qabul qilib ijobat qilsak, maqtalgan ummatdan bo'lamiz. Yutuq nimada? Mana shu senga kelgan da'vatni, taklifni qabul qilasan, amal qilasan, hayotingda tadbiq qilasan, i lekin dinni hamma mevalardan bahra olasan.
Demak, eshitishlik uch turli bo'ldi. Idroki, aqliy va ijobat eshitishi. Dunyodagi hamma masjidlarda namozdan keyin musulmonlar duo qiladi da, sami ana va ato ana g'ufronika. Eshitdik, itoat qildik, bizni gunohimizni kechirdik deydi yu, deydi yu, ammo hayotda qilayotgan ishni qaraydigan bo'lsangiz, u aytgan gapiga xilofliklar bor. G'iybat bor, namima bor, harom luqma bor. Eshitdik, itoat qildik, shunaqa bo'ladimi? Yahudiylar nima deyishgan? Samiana va osoina deyishgan. Eshitdik va bosh torting deyishgan. Esthitdik, qabul qilmadik deyishgan.
A biz nima deyapmiz? Eshitdik, itoatlik deyapmiz, lekin hayotda bu narsaga itoat qilayotganimiz ko'rinmayapti. Shuning uchun birodarlar, mo'min odam eshitdik,itoat qilay degandan keyin, ijobat qilishligi kerak bo'ladi. Istaydi billa? Robbana innana sami'na munadiyang yunadilil iyman. An aminu bi robbikum fa amanna, robbana fag'firlana zunubana va kaffiranna sayyi'atina va tavaffana ma'l abror.
Parvardigoru, albatta biz parvardigoringizga iymon keltiring. Deb iymonga chorlagan jarchi Muhammad alayhissalomning nidorlarini eshitdik u, iymon keltirdik. Parvardigorro, bizning gunohlarimizni mag'firat qil, qilgan yomonliklarimizni o'chirgin va bizlarni yaxshilar bilan birga o'ldirgin.
Musulmon odam uni manhachi bor. Hayotda programmasi bor. U nimani eshitish kerak, nimani eshitmaslik kerak yaxshi biladi. Alloh g'azablangan narsani eshitmaydi, Alloh ijozat bergan narsalarni eshitadi. Mana muzika. Alloh o'zini mo'min bandalarini mo'xtab aytyapti. Astaydu billah. Voyda samiyulloh va a'rodu anhu va qolularna amaluna valakum amalukum. Salamun alaykum la nabatag'il jahiling. Qachon u mo'minlar behuda narsalarni eshitsa, undan yuz o'giruvlar. Mana shu yerdagi lag'u, behuda narsani ulamolar musiqa deyishgan.
Muhabbat ala hanafiya lag'u g'ino. Musiqa muzika deydi. Va ladina la yashadona zuro, va ida marru bi lag'li, marru kiromi. Ular Rahmonning bandalari, suygan bandalari. Yolg'on guvohlik berishmaydi va lag'ov oldidan o'tgan vaqtida oliyjanoblik bilan undan yuz o'girgan hollarida o'tiriladi.
Masxarabozlikni essa, g'iybat shikoyati essa, johillar bularga xitob qilsa, muzikani essa, nima qiladi? Oliyjanoblik bularni yuz o'gurib ketadi. Shuning uchun fe'lan mo'min bo'lgan banda bunga o'xshagan narsalarni eshitishdan o'zi ehtiyot qiladi. Abdulloh ibn Ma'sud aytadi, g'ino qalbda nifoqni o'stiradi. Xuddi suv o'simligini o'stirganidek. Qaytaramiz. Xuddi suvo o'simligini ostirganidek, muzika g'ino insonni qalbida nifoqni ostiradi. Inson muzikani qancha ko'p eshitar ekan, shuncha qalbida nifoq ko'payib boraveradi, lekin buni sezmaydi.
Din birodarlar mustaqil bo'lishligi bilan komil bo'ladi. Din istiqomat bilan bo'ladi. Biz Alloh Taolodan karomatni, Allohni viloyatini so'rayapmizmi? Alloh taolo bizdan istiqomoni so'rayapti. Bandani qalbida Qur'on bilan muzika bir bo'lmaydi. Bir ikkinchisini surib chiqaradi. Buni misoli yorug'lik bilan zulmatni misoliga o'xshaydi. Yo yorug'lik bo'ladi, yo zulmat bo'ladi. Qarang da, masalan, bir biriga zid bo'lgan narsalar bor, bir biriga teskari narsalar bo'lgan narsa bor. Masalan, bitta doskani yarmi oq, yarmi qora bo'lishi mumkin. Bir vaqtni o'zida yarmi oq, yarmi qora bo'lishi mumkin. Demak, doska ham oq, ham qora deyishimiz mumkin. Bu bir biriga teskari narsa.
Ammo zid degan narsa, bir biri bir vaqtda bo'la olmaydigan narsalar. Masalan, odam yo o'lik o'ladi, yo tirik o'ladi. Xuddi shunga o'xshagandek, yo zulmat bo'ladi, yo yorug'lik bo'ladi. Endi Qur'on bilan muzika bir biriga zid narsa. Yo Qur'on bo'ladi, yoki muzika bo'ladi. Tushunarlimi? Qur'on bilan muzika bir biriga teskari narsa emas, bir biriga zid narsa.
Demak, qoida, birodarlar. Qur'on va musiqa bir biriga zidarsa, ularni biri ikkinchisini surib chiqaradi. Odamlar bor, imom domla Qur'onni ozgina uzoqroq o'qib qo'yadigan bo'lsa, malollanib ketadi. Biz o'shalardan emasmizmi? Bir tekshirib ko'rishimiz kerak o'zimizni birodarlar. Soatlab muzikani eshitaveradi, soatlab g'iybat, namimani eshitaverad, ammo Qur'on o'qisa nima bo'ladi? Malollanib qoladi.
Alloh aziz va jalla ana shu eshitib, tushunib, idrok qilib, qabul qiladigan bandalardan qilishligini so'raymiz. Aql qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatu.