MMaviza
Eshitish manzilatiTekshirilgan16 daq

29-QISM / ZIKR MANZILATI (1/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
15:48

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilen a'lamiy. Vassalotu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'iyin. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Tazkiyatun nafs silsila darsidan birodarlar, zikr manzilati haqida suhbat qilamiz. Iyaka na'budu va iyaka na sa'in. Sengagina ibodat qilamiz, sengagina suyanamiz martabasida zikr manzilat.

Auh bi'llayhi millat shaytoni rojin. Ya yuhilladina amanu dhukurulloha dikron kafiroh va sabbihuhu bukuratan vasina. Alloh taolo Qur'oni Karimda siz bilan bizga xitob qilib aytadi: ey mo'minlar, Allohni ko'p zikr qilinglar va erta yu kech U Zotni poklab tasbeh aytinglar. Mana shu oyat siz bilan bizga zikrni vojib qiladi. Zikrni farz qiladi. Ulamolar aytishadi, insonning a'zolarini, har bittasini o'zini alohida ibodati bor. Ko'zning ibodati harom narsalardan tiyilish. Ko'zning ibodati harom narsalardan tiyilish va bu borliqqa tafakkur qilgan holda osmon yerga nazar solishlik. Quloqni o'zini ibodati bor. Oyoq qo'lni o'zini ibodati bor. Qalbning ibodati birodarlar ixlos. Qalbning ibodatda zikr. Mana shu a'zolarimiz bilan qiladigan hamma ibodatlarimizni ma'lum bir vaqti bor. Namozni o'qiydigan ma'lum vaqti bor, ro'zani tutadigan ma'lum voqti bor, hajni umrani qiladigan ma'lumi vaqti bor. Vaqti o'lchovi bor.

Demak, muayyan vaqtdagina qilinadigan ibodatlar. Zikr esa, uni muayyan vaqti yo'q. Zikr qalb bilan, til bilan bo'ladi, uni muayyan aniq vaqti yo'q, vaqtincha emas. Vo aqimi isolaat ili dikri deydi Alloh Taolo Qur'onda. Meni zikr qilish uchun namozni to'kis ado qil. Qarang, namozdan ko'zlangan maqsad Allohni zikri bo'lyapti yana.

Zikr. Valiylikning eshigi. Allohni do'sti. Valiysi bo'lishini xohlagan banda zikrni o'ziga lozim tutishligi kerak bo'ladi. Kimda zikr bor bo'lsa, demak u Alloh bilan bog'lana oladi. Kimda ziker yo'q bo'lsa, Alloh'dan uziladi. Zikr, birodarlar, qalbning hayoti va quvvoti. Zikr qilgan odamning qalbi tirik bo'ladi, hayot bo'ladi va quvvatli bo'ladi. Qachon mana shu qalb, til zikrdan uziladigan bo'lsa, jasad qabrga aylanib qoladi. Zikr yurtning obodligi. Siz bilan bizni xonadonimiz faqatgina Allohni zikri bilan obod bo'ladi. Zikr mo'minning quroli. Mana shu zikr degan quroli bilan mo'min o'zini nafsini yomonligi va shaytonni vasvasasiga qarshi kurashadi. Agar shu qurol yo'q bo'lsa, nafsi va shaytoniga qul bo'ladi. Zikr bilan Allohga bo'lgan shavq o'ta o'chiriladi. Zikr bo'yicha qalblar davolanadi. Ala, bi di kirillahi tatum in nul qulub. Ogoh bo'linglar, deyapti Alloh Taolo.

Eshitib qo'yinglar, bilib qo'yinglarni, qalblar faqatgina Allohni zikri bilan orom oladi. Tushunarlimi? Dunyo matohi bilan, pul bilan, mansab bilan, obro' bilan, mashhurlik bilan xotirjam bo'lmaydi. Siz bilan biz yaratgan Parvardigorimiz aytyapti, ogoh bo'linglar, eshitib qo'yinglar, bilib olinglar, qalblar faqat Allohni zikr qilishligi bilan orom bo'ladi.

Aniq bilaylik, zikr qalbning hayoti. Qalb faqat zikr bilan tirik bo'ladi. Uylarimizda ana shu derazalarimizni gullarni terib qo'yganmiz, tuyakka ekib. Suv quyib turasiz, chiroyli o'sib turadi. Suv quymasangiz nima bo'ladi? Quriydi, o'ladi. Birodarlar, qalb ham uni suvi bor. Qalb uni hayoti bor. Mana shu zikr qalbning suvi bo'ladi, hayoti bo'ladi. Agar inson zikr qilmay qo'yar ekan Allohni, qalb kasal bo'ladi, quriydi, o'ladi. Astaytibilla, alladina a ma'nova tatima innu qulu, buhum vidikrilla. Ala vidikrillahi tatima innul qulu. Ular iymon keltirgan, qalblari Allohnı zikr qilishi bilan orom oladigan zotlardir.

Mo'minlar iymon keltirdilar va ularning qalblari Allohnı zikr qurganida orom oladi. Ogoh bo'linglar qalblar, faqat Allohnı zikri bilan orom oladi. Hasan Basriy mana ulug' tobeinlardan. U kishi aytadi, halovatni uchta narsada qidiringlar.

Mo'minoda mana shu uchta ishdan bittasida bo'lishligi kerak. Agar mana shu uchda ishdan bittasi bo'larkan, mo'min halovatda bo'ladi, qalbi oromda bo'ladi. Sakinatda bo'lardi. Namozda, zikrda va Qur'on tilovatida. Agar deydi Hasan Basriy, zikrda, namozda, Qur'onda turib, halovatni topsanglar, topdinglar, ammo namozda ham, zikrda ham, tilovatda ham uni topmasanglar, bilinglarki, sizlar uchun Allohnıng eshiklari yopiq ekan.

Birodalar, doim Allohni zikr qilib yuradigan odamni hayoti osuda, qalbi hozirda jam, sakkiziyatda ekanligiga hayron bo'lmanglar. Doim zikrda yurgan odamni hayoti, qalbi osoyishta ekanligidan hayron bo'lminglar. Buni o'rniga g'ofil insonlar, Allohni zikir qilishdan g'ofil bo'lganlar qanaqa qilib kun kechiryapti, shunga hayron bo'linglar.

Inson gohida o'zi bilan Robbisini o'rtasida bir to'siq borligini his qiladi. Samo eshiklari go'yoki yopiqdek. Qur'on tilovat qiladi, hech narsani his qilmaydi. O'tirib zikr qiladi, hechnasani his qilmayda. Qur'on tillovat qiladi. Hech narsani hech qilmaydi. Bu nima degani? Bu qanaqa holat?

Bu samo eshiklar siz uchun yopiq degani. Nima sababdan yopiq eshik? Bilasizmi? Demak amaldan u hisob bor. Namoz o'qib ham, Qur'on o'qib ham, zikr qilib ham, inson qalbini Allohga bog'langanini his qilmadimi? Demak bu inson hayotda bir chekkasida qolib ketgan inson ekan. Bunday odam uchun g'aflat ham, hushyorlik ham barobar ekan. O'zi aslida inson o'zini g'aflatda ekanligini his qilish uchun avval hushyor bo'lish qanaqa ekanligini his qilish kerak.

Siz orom olib ko'rgan bo'lsangiz zikr bilan, Qur'on bilan, keyin shu narsadan uzilib qolganingizda nimadan mahrum bo'lganingizni bilasiz, chunki totib ko'rgansiz da. Endi umuman bir marta ham Alloh bilan bog'lanib, qalbingizda sakinatni his qilmagan bo'lsangiz, doim g'aflatda bo'lgan bo'lsangiz, hushyorlikni, qalbni tirigini qayerdan tushunasiz?

Qalbing uyg'onmi desa, ha deydi. Allohga bog'langanmi qalbing desa, ha deydi. Lekin aslida chi? Inson Allohda ajralib qolganligini his qilishi uchun avval Allohga bog'lanib kelgan bo'lishligi kerak. Hasan ibrohim aytayapti, halovatni uchta narsada istaydi. Birinchisi, namozda, zikrda, Qur'on tilovatida. Mana do'ppini bu yerga qo'yib qo'yib, o'ylanib ko'ring da.

Uyda Qur'on o'qiysiz. Yoki zikr aytasiz o'tirib. Yoki namozda turasiz. O'sha halovatni his qilganmisiz biror marta? Kecha shu yerda talaba o'qiyotgan akalarimizdan bittasi aytyapti, mana shu keyingi to'rt rakatda men shu narsani topdim deyapti. Uzildim dunyodan deydi. Salom bergandan keyin qaytdim bu yerga deydi.

U xayoli bozorda qo'yiga, mashinasiga ketgan emas. Haqiqatdan dunyodan uzilgan mana halovat. Eslab ko'ring da, shu narsa bo'lganmi? Qarang, shunaqa narsa bor, totib ko'rgansizmi? Yo'q, totimagansiz, demak, muammo bor. Endi amalimizda nuqson bor. Sahobai kiromlar namoz o'qiganda dunyodan uzulishgan.

Urova ibn Zubey roziyallohu anhun oyog'ini kesish kerak bo'ladi. Oqsoqol odamni. Eslaymiz a shuni? Muskir iching deyishadi. Ana shu mast qiladigan narsaki, ozgina mana bu hislarni o'ldiradi. Narxozni o'rnida. Deganda ichmayman, muskirda deydi. Kesib yuboringlar. Chidamaysiz desa, to'xtanglar, men zikrda boshlayman deydi. Zikrga kiradi, dunyodan uziladi. Oyog'ini kesib bo'lishadi, zikrni to'xtatgan ekan, hushidan ketadi og'ridan. Ana qanaqa bo'lgan odamlar.

Ala bidekillilahi tatumayinul qulub. Ogoh bo'linglar. Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olar. Inson o'zini qalbini beparvo tashlab qo'ymasligi kerak. Naoborot aytishim mumkin, alhamdulillah, musulmonman, namoz o'qiyman, aqidam to'g'ri. To'g'ri, go'zal, juda ham go'zal. Lekin qalbingchi? Qalbing tirikmi?

Qalbing Allohga iqbol qilgan bo'lishi kerak emasmi? Qalbing Allohga muhabbatli bo'lishi keraksiz emasmi? Qolbinda Allohda bo'lgan qo'rquv bilan umid bir vaqtni o'zida jamlanishi kerak emas mi? Agar qalbimizni ishiga be'etibor bo'ladigan bo'lsak, birodarlar, hayotni bir chekkasida qolib ketamiz. Demak musulmon odamning qalbi uchta o'rinda halovat topadi. Namozda, Qur'onda, zikrda. Uchalasidan bittasida bo'lishingiz kerak bo'ladi. Agar eshiklar biz uchun yopiq bo'lganini ko'rsak, bilaylikki, amallarimizda kamchiligimiz bor. Birodarlar, shayton odam bolasini g'aflat bilan yengib qo'yadi. Shayton odam bo'lasini g'ofillik bilan, g'aflat bilani yengib qo'shadi. Endi xuddi shunga o'xshagandek banda shaytonni zikr bilan yengadi.

Demak, yo siz shaytonni yengasiz zikr bilan, yo u sizni yengadi g'aflat bilan. Demak, siz yo g'olibsiz, yo mag'lubsiz. Uchinchi variant yo'q. Odamlarda juda ko'pchiligi mag'lub, g'ofil. Zikr solih amallarning ruhidir. Zikrsiz solih amal mayyiddir. Ya'ni qalbingiz bilan turibsiz, iqbol qilib Allohga, namozda. Yoki sheriklarni uyalganingizdan turibsiz chiqib ketgani.

O'zingiz chiqib ketgingiz kelyapti. Demak qalb o'lik, chiqib ketavering nabarot degan bo'lsa. Ehson qilgingiz yo'q. Qalbingiz bilinmas bu. Sherigingizdan hijolat olgandan beryapsiz. Demak o'lik bu omil. Demak birodarlar, zikrsiz, tirik qalbsiz, solih amallar o'lik bo'ladi. Hozirgi kunda birovga yaxshilik qilib bo'lmaydi, degan gaplarni eshitib qolamiz a?

Hozir birovni yaxshiligini biladigan zamon emas. Eshitamiz a? Ehtimol o'zimizdan ham chiqib qoladi. Bilasizmi kim aytadi bu gapni? Qalbi o'ligi odam aytadi. Agar insonni qalbi o'lik bo'lsa va mana shu holatida solih amal qiladigan bo'lsa, uning bu amali ko'proq odamlarni rozi qilish tarafiga og'ib ketadi. Nifoqqa og'ib ketadi, riyoga, xo'jako'rsinga og'ib ketadi? Qaytaraman. Agar insonni qalb o'lik bo'lsin, zikr bilan tiriltirib yubormagan bo'lsa, qalbi o'ligi bo'lsa, g'ofil bo'lsa, shu holatda qilgan savob amallaridan odamlardan mukofotni kutishni boshlaydi. Odamlardan rahmatni minnatdorchilik kutishni boshlaydi. Agar uni bu yaxshiligiga minnatdorchilik bildirishmasa, uni maqtashmasa, qadrlashmasa, jazavaga tushadi. Alamlanadi, minnat qiladi. Bu amal uchun maqtoni kutadi. Qilgan amalingiz uchun maqtovni kutayotganligingiz birodar, qalbingizni o'likligiga dalolat.

Tushunarlimi? Hech kim rahmat demaydi da. Chakana ham ish qilib qo'yganingiz yo'q. Qanchadir sarlab qo'yganisiz, qanchadir yordam qildingiz, hech kim nomard deydi. Rahmat ham deb qo'ymadi ya qara deysiz. Ha, demak qalbingiz o'lik holda qildingiz bu savobni. Musulmon odam qanaqa bo'lardi, agar qalbi tirik bo'lib turib sovg'a qilsa? Yashirarmidi?

Yashirarmida yo ko'z ko'z qilarmidi? Ubaydu ka'b roziyallohu anhu kunda aytadigan zikrlari bor. Yo Rasululloh, har kuni aytadigan zikerlarimni qanchasi sizga solovat bo'lsin. Rasululloh aytdilar, qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.

Kunda aytadigan zikrlarimni uchdan biri sizni zikringiz bo'lsinmi? Masalan, bir soat zikr aytadigan bo'lsa ertalab, shundan uchdan biri sizga salovat bo'lsinmi. Qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Yarmi sizga salovat bosinmi? Qancha ko'b bo'lsa, hamma zikrim sizga salovat boladi.

Nabi sallallohu alayhi vasallam qarab turib, idan tukfa hammuka va yug'ufarudan buka dedilar. Ha unday bo'lsa, gunohlaringiz kechirilishi, g'amlaringiz hal bo'lishiga kifoya qilar ekanda deydilar. Qanday endi, domla, bir kunda bir soat salovat aytib qo'ysam. Shu bilan problema hal bo'lib qoladimi? Ha, bizniki hal bo'ladi, seniki hal bo'lmaydi.

Nima uchun seniki hal bo'lib qoldi? Sen ishonmayapsan. Seniki hal bo'lmaydi. Sen million marta aytsang ham hal bo'lmaydimi? Chunki Rasulullohni so'zini aqidaga olmayapsan iymonga. Rodalar, bizni muammoyimiz shunda. E'tiqodimiz, ishonchimiz sust. Gunohlaringni kechirilishiga kifoya qiladi, g'amlaringni yechilishiga kifoya qiladi.

Demak, birodarlar, zikr bu qalbning hayoti. Zikr bu qalbning suvi. Qalb faqatgina Allohni zikri bilan tirik bo'ladi. Qalb fa qat allohni zikiri bilan orom oladi. Zikr mo'minni shaytonga va nafsiga qarshi bo'lgan quroli. Inson zikr bilan shayton va nafsini yengadi yoki shayton uni g'aflat bilan yengib qo'yadi. Inson yo g'olib bo'ladi, yo mag'lub bo'ladi. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish