Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatu. Tashkiyatun nafs silsila darslaridan birodarlar zikr manzilatini o'qitganda, bugun uchinchi darsimiz.
Zikr qalb va ruhning quvvatiga sabab bo'ladi. Zikr qalbning poklanishiga sabab bo'ladi. Zikr xatolarning yuvilishiga sabab bo'iladi. Zikr Allohnin azobidan qutilishga sabab bo'lardi. Zikr sakinat va rahmatni kelishiga sabab bo'lar. Zikr majlislarimizga farishtalar keladi. Farishtalarni kelishligi majlislarimizda zikr sababli bo'ladi. Zikr majlislari farishtalar majlisidir. Zikr zokirni ham, uning suhbatini ham saodatli qiladi. Zikr qiyomatdagi afsus naromattan qutilishga sabab bo'ladi. Zikr sababli Alloh zokirga boshqalarga beradigan atolardan ko'ra afzalrog'ini beradi. Hadis hudusida keladi. Qaysi banda meni zikr qilishligi bilan shunday ovora bo'lsa, ki so'raydigan narsasi esdan chiqib qolsa. Allohni shunaqa ko'p zikr qiladiki, duo qilib so'rash esdan chiqib oladi. Agar shu darajada zikrda ko'p qoladigan bo'lsa, atini aytib so'rayotganlarning so'raganidan ko'ra yaxshirog'ini beraman deydi.
Zikr eng oson, eng afzal, eng ulug' ibodat. Zikr jannatning ekinzori. Zikr uchun va'da qilingan ato va fazillar boshqa amallarga va'da qilinmagan. Allohni doim zikr qilish bandani ikki dunyodagi saodatga sabab bo'ladi. Zikr mo'min uchun bu dunyoda va qabrda nur bo'ladi. Demak, birodarlar, zikr manzilatini o'qiyapmiz. Zikr Qur'onda o'n xil vajx bilan keltirilgan dedik. Uchta vajxini o'qigan edik. To'rtinchisini o'qiymiz. To'rtinchi vajx. Alloh Taolo bu toifani maqtadi. Astaydu billah.
Inn al muslimina val muslimat, val mu'minina val mu'minat, val qonitiina val qonitat, val sodiqina val sodiqod, val sobirina val sobirot. Val hoshi'iyni val hoshi'at, val mutasaddiqiyni val mutasaddiqot, val so'imiyni val so'imat, val hafiziyni furu jahun val hafidot, va zakinin alloha kathiro va zokirot, a addallohu lahum mag'firatan va ajran adiyman. Alloh Taolo aytadi, albatta, muslim va muslimalar, mo'min va mo'minalar, itoatgo'y erkaklar, itoatgo'd ayollar, rozgo'y erkaklar, rozgo'y ayollar, sabr qanoat qiluvchi erkaklar va sabr qanoat quruvchi ayollar, tavozuli erkaklar va tavozuli ayollar, xayri sadaqa qiluvchi erkaglar va xayri sadaqul qiluvchi ayollar, ro'za tutguvchi erkaklar va ro'za tutuvchi ayollar, avratlarini haromdan saqlaguvchi erkaklarva ayollar, allohni ko'p zikr qiluvchi erkaklar va allohni Ko'pzikr qiluvchiy ayollar, ular uchun Alloh mag'firat va ulug' mukofot, ya'ni jannat tayyorlab qo'ygandir. Demak, faqat zikr qilishchilar emas, ko'p zikr qilishchilar va zakiriyn allohu kafi'on va zakirod.
Faqatgina zikr emas, ko'p zikr. Chunki oyatda mutloq buyurdi. Ya ayyu halladina amanudukurulloha dikron, kafiyron. Ey mo'minlar, Allohni ko'p zikr qilinglar. Beshinchi vazifa. Alloh Taolo zikrga beparvo bo'lganlarni hasrat naromadda qolishini xabarini qildi. Zikrdan g'aflatda bo'lgan inson hasrat naromadida qoladi. Astay debillar. Ya ayyuhalladina a manu le tulhikum an valukum va la avlodukum an zikrilla, va man yaf al zalika va ulaika humul hosirun. Ey mo'minlar, na moli dunyoylar va na bola chaqanglar, sizlarni Allohni zikridan to'sib qo'ymasin. Allohni zikr qilishdan yuz o'girtirib qo'yibmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'rguvchi kimsalardir.
Biz zikrdan nima sababli to'silyapmiz? Ishimiz, tirikchiligimiz, tijoratimiz u dunyoviy ishlarimiz. Agar shu narsalarimiz zikrdan to'ssa, Alloh aytyapti, ziyon ko'ruvchi bo'larsizlar sizlarni. Agar bir odam ishim ko'p, tashvishim ko'p, dunyoyi mashg'ul qilib qo'yadigan bo'lsa, zikrga, ilm majlisiga beparvo bo'lsa, demak, mana shu oyatni ostiga kirib qoladi. Oltinchi vajh.
Banda Allohni zikr qilsa, Alloh ham bandani zikr qiladi. Banda allohni zakr qilsa,alloh ham bandani ziker qiladi. Endi siz Allohni zakr kilishingiz bilan Alloh sizni zakr kilishini farqi bor. Siz o'tirib yuz marta prezident haqida gapirdingiz. Endi prezident bir intervyusida sizni atayin bir marta aytib o'tdi.
Endi u bilan buni farqini ayting. Endi Alloh sizni zikr qilsa chi? Alloh sizni zikr qilishini xohlaysizmi? Allohni zikr qiling. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o'tirar ekanlar, shu sahobalarning o'rtasidagi bir oddiy bir odam kirib keldi. Payg'ambaringiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: ahlan beman, axbaroning jibriyu bi qudu'mixi.
Rasululloh aytdilar, kelishingizni Jabrilo menga xabar qilgan kishi, kelishingizni Jabrilo menga xabar qilgan zot, xush kelibsiz dedi. Ya'ni sizning kelishingizni Jabrilo aytib turibdi, hozir menga dedi. Shunda boyagi sahoba, menga o'xshagan odamni ham bu umarun xattob emas. Abu Bakr Siddiq emas. Xolidun valid emas. Lekin shu oddiy sahobaning kelishini Jabrilo alayhissalom Payg'ambarimizga xabarini berib turibdi. Sizning kelishingizni Jabrilo menga aytib turibdi, hozir dedi. Lekin dedi, menga o'xshagan odam deya dedi. Payg'ambarimiz aytdilar: Na miyohiy homilun fil art, alamun fissama. Ha, yerda notanish, samoda esa ma'lum mashhur insonsiz dedi.
Nima uchun Alloh Jabrualiga aytyapti, borib aytib qolamiz keladi deb. Bu banda Allohni ko'p zikr qilgan, Alloh zikr qildi, Jabr alayhissalom Payg'ambarimizga kelib aytyapti. Bitta zikr bilan. Bitta zikrt bilan. Fazakoruniy adukorukum va shukruliy va la takfuru. Bas meni eslanglar, men ham sizlarni eslayman. Menga shukur qilinglar, kufron ne'mat qilmanglar.
Maktabda o'qigansiz, sinfdoshingiz bo'lar edi. Bitirdinglar, yillar o'tdi. Haligi sinfdoshingiz bir mansabga erishdi. Xullas, prezident bo'lib ketdi, xullas. Endi prezident, sizni sinfdoshingiz. Ana shu berayotgan intervyularning bittasida sizni eslab o'tdi. Falonchi meni do'stim edi, maktabda birga o'qigan edik, manaqa manaqa odamda ikki og'iz so'z bilan eslab qo'ydi. Bilasizmi qanaqa xursand bo'lasiz? Endi sizni Jabroil eslayotgan bo'lsa chi, Alloh eslayotgan bo'sa chi, rodalar, Alloh siz bilan bizni eslasa, yutdik.
Yettinchi vajh, valadikullohi akbar. Allohning zikri eng buyuk narsa. Ut luma uhiya ilayka minal kitab. Voqeemiz sola, innah sola ta tanha anil fahshayi va al munkar, valadik rullohi akbar, vallohu ya'lamu ma tasna'u.
Ey Muhammad ali assalom, siz o'zingizga vahiy qilingan kitob, Qur'ondan bo'lgan oyatlarni tilovat qiling va namozni to'kis ado qiling. Albatta namoz buzuqlik va yomonlikdan to'sur, aniqki, Allohni zikr qilmoq barcha narsadan ulug'roqdir. Alloh qilayotgan ishlaringizni bilib turuvchidir. Valadikrullohi akbar. Allohni zikr qilish har qanaqa amaldan ulug'. Chunki namozdan maqsad ham Allohni eslash, zikr. Ro'zadan ham maqsad allohni esl ash, zikr. Jumadan ham maqsadi Allohni eslashi, zikr. Hajdan ko'zlangan maqsad hamallohni eslashni, zikr. Valadikrullahohi akbar.
Chunki Allohni zikr qilish, birodarlar, Allohni zikri hamma narsani o'z ichiga oladi. Namoz degan yolg'on narsa ham zikr, sajda rukh, qiyom degan yolg'un narsa ham zikrd, birodarlar. Mana Alloh Taolo aytadi, ro'za haqida, ro'za tutyapsiz hozir. Ramazon ro'zasini tugatganimizdan keyin hayit o'qiymiz namozini. Nimaga hayit kuni takbir aytinglar deyiladi? Nima uchun hayit kuni takbirlashlik joriy qilingan? Zikr uchun. Astaydu billah. Valituk milula iddata valituka berullohu ala ma hadakum vala allakum tashkurun. Bu sanoqni to'ldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohnı ulg'ulashingiz uchun shoyat shukur qilsangiz. Demak, takbir achishdan maqsad ham Allohnı zikr qilishlik. Yana haj amallani nasik akum, fordikuru loha kadik rukum ab akum, av ashadda vikro.
Endi marosimlarni ado qilib bo'lgach, ya'ni haj amallarini qilib bo'ldinglardan keyin, haj amallarining qilib bitirganinglardan keyin, Allohnı ajdodlaringizni, bobolaringizni eslagandek, balki undan da qattiqroq eslang. Hajdan keyin ham nima qiling deyapti Allohnı? Zikr qiling Allohnı eslang deyapti.
Namoz ham, ro'za ham, haj ham zikr bilan tomonga yetyapti. Astabi la fayda qodaytu musolata fodkurulloha qiyama va quvdin va ala junubikum. Namozni ado qilib bo'lganingizdan keyin ham, turgan, o'tirgan, yonboshlagan paytingizda doim Allohnı zikr qiling. Namozdan keyin ham zikr deyilyapti birodalar. Juma namozi. Juma namozini o'qib olamiz. Jumadan keyin ham birodalar zikr gapirilgan. Istaydi bilar? Fai da qu byati solatu fan tashiru fil ar di va bitag'u min fa'dlil la. Endi qachon? Namoz ado qilingach, qaysi namoz? Juma namozi, yerga tarqalib, Allohnı fazlant marhamatidan rizq quruz istanglar. Va duqurulloha kafirun la allakum tuflixun. Jumani o'qib bo'ldinglar. Endi rizq talab qilib tarqalinglar va Allohni ko'p zikr qilinglar, shoyat najot topsanglar.
E'tibor beryapsizlarmi? Namoz bo'lsin, ro'za bo'lsin, haj bo'lsin, juma namozi bo'lsin, hammasidan ko'zlangan maqsad Allohni zikri bo'lyapti. Agar mana shu amallarni qilib turib Allohni eslamayotgan bo'lsak, bu amallarni ichida Alloh Taoloning zikri bo'lmayotgan bo'lsa, u g'aflat bilan qilingan ibodat bo'ladi. Sakkizinchi vajih. Faqat zokir insonlargina Allohning oyatlaridan foydalanadi. G'arb odami, g'arb chizi. Bu dunyoni noz ne'matlaridan g'arib suratda foydalandi. Moddalarni xususiyatini bildi. Ana shu moddalardan o'zi xohlagancha foydalandi. Ammo ulardan mana shu ne'matlarni ato qilgan Zotga tegishlisini bermadi.
Koinotda Alloh Taoloning qo'ygan oyatlari bor. Osmon, burjlar, yulduzlar, yer, okean, nabotot, hasharot, o'simlik janobonlar. Bularni Alloh Taolo hammasini o'zi yaratgan. Allohni zikr qilgan zokir banda ularga qarab turib foyda oladi. Mana aytdik ku, ertalab chiqsangiz ko'chaga, ozondan keyin, qushlar sayraydi. Kimdir qushlarni sayraganini eshitadi. Lekin qalbi yuksaladigan inson bo'lsa, tasbehni eshitadi.
Suv tagidagi jonivorlarni ko'rsatyapti da televizorlarda, ko'rib turib, Subhanalloh deysiz. Hayvonlarni ichida bo'layotgan bir ajoyibotlarni o'rganib turib, suratga olib ko'rsatyaptimi, gapirib, tushuntirib, yoqasiz deyishyapti, Subhanalloh, deyapsiz. Allohni zikr qilgan banda bu koinotdagi mo'jizalarga alomatlarga qarab turib, foyda oladi. Aqli lol qoladi. Allohni azamatiga tan beradi, uni qudratini ko'rib turib, iymoni quvvatlanadi.
Yana ham Allohga bo'lgan muhabbatni oshadi, e'timoli kuchayadi. Demak, atrofdagi, ofoqdagi oyat mo'jizalarni alomatlarini ko'rib turip, kim ulardan foyda oladi o'ziga desa, Allohni ko'p zikr qilganman da. Dalil? Innofixol qish samavati val ard. Vaxtilar fillay li van nahar la ayatilli ul al bar.
Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun oyat alomatlar borligi shubhasizdir. Endi kim oladi mana shu oyatlardan xulosani, foydani kim oladi? Alladina yalqurun Alloh qiyama va quudan va ala jumu bihin. Bu koinotdagi narsalarga qarab kim foyda oladi?
Ular shunaqa odamlarki, turganda ham, o'tirganda ham, yotganda ham Allohni zikr qiladi. Allohni ko'p zikr qilgan odamgina kavniy oyatlarga qarab turib, ulardan foyda oladi. Birodar, sen dunyo ilmlarida katta natijalarga erishgan bo'lishing mumkin. Alloh taoloning oyatlarini ko'rgan bo'lishing ham mumkin. Tabobatni, ximiya, fizikani, astronomiyani o'rganib turib, boshqalar bilmagan narsalarni bilishing mumkin. Kosmosga chiqib turib, yer kurrasini ko'zing bilan ko'rgan bo'lishing ham mumkin. Mikroskopga qarab turib, aqlda lol qoldiradigan narsalarni ko'rgan bo'lishing mumkin. Odamlar tasavvur qila olmaydigan narsalardan xabaring bo'lishi mumkin. Ammo shu holatingda sen zokirlardan, Allohni ko'p zikr qiluvchilardan bo'lmasang, demak sen bu oyatlardan foyda olmabsan.
U oyatlardan faqatgina Allohni ko'p zikr qilgan odamlar foyda oladi. Ha tabiatni mo'jizasi deb turaveradi da. A? Tabiat shunaqa qilib yaratib qo'yibdi deydi. Ammo Allohni tanigan odam, Allohni ko'p zikr qilgan odam, har bitta shu aqlda lol qoldiradigan narsani ko'rganda, Subhanalloh deydi. Iymoniga nima qo'shiladi? Quvvat qo'shiladi.
Aqul u hovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.