Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan alamin. Vassalotu vassalomu ala ashshirofil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Tazkiyatun nafs sinfsilar darslaridan birodarlar, zikr manzillatini o'qiyotgan edik. Bugun, bugun to'rtinchi darsimiz. Zikr qalbni g'aflat uyqusidan uyg'otadi.
Ma'rifat mevalarini beradi. Zikr mo'minni robbisiga yaqin qiladi. Zikr qul ozod qilish va nafaqalarga teng bo'lgan ibodat. Zikr shukrning boshidir. Allohni zikr qilmagan inson Allohga shukur keltirmagan inson bo'ladi. Zikr qalbdagi qasavvotni, qattiqligini ketkazadi. Qalbni yumshatadi. Zikr ne'matlarni jalb qiladi. Zikr baloyi ofatlarni daf qiladi.
Ziker aytgan bandaga Alloh Taoloning va farishtalarning salovati bo'ladi. Zakir bandaga Alloh va farishtalarni salovatini jalb qiladi, Alloh zokir bandalarini maqtaydi. Doimiy zikrda yurgan inson jannatga kulgan holida keladi. Zikr ibodat qilishdagi eng katta yordamchidir. Zikr bandadagi quvvat va g'ayratning sababidir. Jannat hovlulari zikr bilan bino qilinadi. Zokir zikrdan to'xtasa, farishtalar ham jannatdagi hovlini bino qilishni to'xtatishadi. Farishtalar zokir uchun istig'for aytishadi. Birodarlar, zikr manzillatini o'qiyapmiz. Qur'oni Karimda zikr o'n xil vajihda kelgan dedik. To'qqizinchi vajhiga keldik. To'qqunchi vajih. Zikr hamma solih amallarning qorinasidir. Ya'ni solih amallarning hammasida zikr bo'lishligi kerak deydi ulamolar. Soliha amal bor, yonida albatta zikr bo'lishlik kerak. Chunki Alloh Taolo aqimiz solat ili dikri dedi. Meni zikrim uchun namozni qoyim qiling. Kishi namoz o'qisa, lekin tilida, qalbida haqiqatan Allohni eslamaydigan bo'lsa, bu namozi komil namoz deyilmaydi.
Namoz bilan zikr birga bo'lish kerak, ro'za bilan zikrbirga bo'lish kerik, haj bilan zikrberga bo'lishlik kerik. Oycha roziyallohu anhodan duoyat qilgan hadisda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innama ju'aylat tavofu bil bayt va bi safa va al marva va romeo'l jimar li iqomati zikriillahi azza va jallam.
Albatta baytni tavof qilish, hamda safo va marvada yurish, shaytonga tosh otish, Allohning zikrini qoyim qilish uchun qilindi, dedi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Hajni boshidan oxirigacha bo'ladigan amallari dan maqsad Allohni zikrini qoim qilishlik. Ya yuha alladina ananu, ida laqiyutun fiatan fathbutu, va'dakorulloha katiron la'allakum tuflixun. Hatto jang maydonida kofirlar bilan musulmonlar jang qilar ekan, mana shu o'rinda ham zikr bo'lishligi shart. Chunki Alloh Taolo aytadi, ey mo'minlar, kofir jamoaga ro'baro' bo'lganinglarda sobit bo'linglar, sabotli bo'linglar va doim Allohni zikr qilinglar, shoyat najotga erishsanglar. Ko'ring, namozda ham, ro'zada ham, hajda ham, jihodda ham Allohni zikri talab qilinyapti.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, saboqal mufarridum. Imom Muslimda keltiradi bu hadis. Mufarridlar o'zib ketdi. Ya'ni savobga erishlikda mufarrid bandalar o'zib ketdim. Va mal mufarridun, yo Rasululloh. Mufarridilar kimlar, yo Rasulullohni? Rasululloh javob berdilar ad dhakirun alloha kafiron va dhakirot. Allohni ko'p zikr qilgan erkaklar va Allohni ko'p zikr qilgan ayollar. Mana shu bandalar savob amallarda hammadan o'zib ketishdi. Siz bilan biz bir piyola suv ichyapmiz, Bismillah deymiz. Ichib bo'lganimizdan keyin Alhamdulillah deymiz. Mana shu zikr. Farzandlarimizga ko'zimiz tushgan paytda, ko'zimizni quvonchi Alhamdulillah deyimiz. Bu ham Allohni zikri. Alloh Taolo sizga bergan nimaki ne'mat bo'lsa, ana shuni ko'rib turib, Allohni eslayapsizmi? Demak, zokirsiz. Mana shunda siz bilan biz g'ofil bo'lmagan zokir banda bo'lamiz.
Mana shu atrofimizdagi borliq bizga doimiy sur'at Alloh Taoloni eslatib turishligi kerak bo'ladi. Mana keyingi o'qiydigan hadisimiz yana zikrda qanchalar fazilati ulug' ekanligini siz bilan bizga bayon qiladi. Anavid dardor roziyallohu anhhu qoli qoli nabiyyu sollallohu alayhi vasallam ala unabbiykun bixoriy amalikum. Rostini aytyaptilar. Sizlarni qiladigan amallaringlarda eng yaxshisini aytib beraymi? Voazika hayinda malikukun. Podashohlaringiz, ya'ni robbingiz Alloh huzuridagi eng pokizasi haqida. Darajangizni oliy qiladigani haqida. Tilla va varaqni info qilishingizdan ko'ra yaxshiroq bo'lgani haqida. Dushmaningizga yo'liqib. Ular sizlarning bo'yinlaringizga urishlari va sizlar ularning bo'yinlariga urishingizdan ko'ra yaxshiroq amalni xabarini beraymi? Qarang, Allohni yuzidagi eng pokizasi, darajamizni ko'taradigani, xayr info ehson qilgandan yaxshirog'i, jihoddan ko'ra ya xor bo'lgan amalni xabarni beraymi? Ha, deyishdi sahobalar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, zikrullohi ta'ala. Alloh taoloning zikri.
Har kuni birodarlar nafl namoz, nafl ro'za tuta olmaymiz. Har kuni nafl sadaqalarni qila olmaymiz. Chunki imkoniyatimiz cheklangan, imkoniyatimiz har xil bo'ladi, kimda bor, kimda yo'q. Lekin zikr qilishlik mana shu ishlarda hammasidan ko'ra savobi ulug' bo'lgan amal deyilyapti. So'z bormi shundan keyin birodarlar? Savol bormi boshqa? Yo'q. Eng yaxshi amal nima ekan? Zikr. Chunki Alloh Taolo aytdi, vala zikrullohi akbar. Allohni zikr qilishlik eng buyuk narsa.
Rasululloh mana shu zikrni fazilatini siz bilan bizga bildirib yana aytadilar la yaqudu qovmun, ya'dikuruun alloha azza va jalla, illa haffathumul malayka. Bir toifa odamlar, bir qavm. Biror bir joyda o'tirib Alloh Taoloni zikr qilishadigan bo'lsa, ularni maloyikalar o'rab oladi.
Va g'oshiyat humur rahmat. Ularni rahmat qoplaydi. Va nazarati alayhimus sakinah. Ularni ustiga osoyishtalik, sakinah tushadi. Va fakorahumullohi fiy mana indahu. Va mana shu bandalarni Alloh o'zini huzurida zikr qiladi. Ya'ni farishtalarga maqtaydi. Nima qilsa? Nima qilsa, somonida o'tirib osh yesami? Yo o'tirib telefon ko'rsami? Nima qilsa?
Odamlar to'planadi, birodarlar. Inson ijtimoiy maxluq. To'planadi, o'tiradi, albatta bu o'tirishlarda har xil gap so'zlar bo'ladi. Foydasi bormi, yo'qmi, xullas gapirishadi. Endi mana shuni o'rniga Allohni zikr qilishsa chi? Halol haromda gapirishsa, buyruq qaytarig'ini gapirishsa, Rasulullohni hadislarini aytishsa, oxiratni eslashsa, Rasulullohning sifatlarini gapirishsa. Jannat do'zaxini eslashsa.
Birodarlar, qalblarimiz mana shunga o'xshagan majlislarga intilib turishligi kerak. Chiqib ketishlikka shoshilmaslik kerak. Rahmat qoplaydi. Qalblariga sakinat, osoyishtalik tushadi va Alloh shu bandani maloikalarga muhteydi. Alloh sizni eslashidan ko'ra kattaroq narsa bormi siz uchun? Va'da karo humullohu fiy mana endi. Ana shu majlisda o'tirganlarni Alloh o'zini huzurida maqtaydi.
Kunlarni birida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam chiqib kelsalar masjidga, bir top sahobalar, bir xalqqa bo'lib o'tirishibdi. Aytdilarki, men ajlasakun. Nimaga o'tiribsizlar? Nima sizlarni bu yerda jamladi, o'tkazdi? Sahobalar jalasna navgurulloh o'tirib Allohni zikr qilyapmiz. Unga hamd aytyapmiz, Islomga hidoyat qilganligiga va bizga qilgan in'omlariga. Rasululloh ularni so'zini eshitib turib, rostdan ham shundan boshqa narsa uchun o'tirmadinglarmi? Sizlarni faqat Allohni zikri jamladimi? Vallohi faqat shu narsa uchun turibmiz deyishdi. Payg'ambarimiz aytdilar, faqat shu narsa uchun o'tiribsizlarmi? Boshqa niyat yo'qmi? Albatta Jabroil kelib menga xabar qildiki, Alloh sizlarni maqtayapti ekan.
Alloh sizlarni maqtayaptiy ekan. Nimaga kelib o'tiribmiz bu yerda, birodarlar? Suv ichgani keldingmi? Boshqani niyat yo'g'a? Qur'onni eshitamiz, namoz o'qiymiz, ilm majlisida qatnashamiz, Allohni zikr qilamiz deb keldingmi? Boshqa niyat yo'qmi? Demak, Alloh bizni ham moqtayapti birodarlar.
Shuning uchun birodar, o'tirding birov bilan, oshnangmi, qo'shningmi, kim? Allohni gapirsang, ilmni muzokara qilsang, Allohni oyatlarini gapirsang, Muhammad alayhissalomni sunnatini gapirsang, xursand bo'l. Mana shu bashorat sen haqingda ekan. Demak, inson bir majlisga yeyish uchunmas, bir kun mazza qilib kelish uchunmas, avtoritet olish uchunmas. Biron bir dunyo maqsadi uchunmas, Allohni zikrida boradigan bo'lsa, Alloh maqtagan bandalar qatorida qo'shiladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzuriga bir to'p kishilar kelishdi da, shulardan bittasi aytdi. Ya rasululloh, innasharoy il islam qotga surat aliy. Yo rasululloh, shariat islomiyaning ishlari, buyruqlari, amallari menga ko'plik qilyapti. Fahridniy by shayin atashabbathu behiy. Menga bitta ishni o'rgating, mahkam ushlay shuni. Ko'payib ketdi, hammasini qilolmayapman, bittasini tavsiya qiling, shuni mahkam ushlay.
Rasululloh aytdilar: la yaza lulisan u karotaba min dikri la. Tiling doimo Allohning zikri bilan nam bo'lsin. Tushunarlimi? Zikrda bo'l deyapti. Shariatda amallari ko'payib ketdi desa, bittasini ayting desa, shuni aytyapti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Shuning uchun o'zimizdan chiqmasin, birodarlar. Doim zikrda bo'maylik. Alloh jonimizni olayotganidan zikrda bo'llaymiz. Chunki inson nima bilan yashagan bo'lsa, nima bilan hayotini o'tkazgan bo'lsa, Alloh shuni ustida uni jonini oladi.
Agar bir banda taqvoda, itoatda, ibodatda yashagan bo'lsa, jonini olayotganda ham shu holatda bo'ladi. Sajdada turganida jonini oladi. Tahorat qilayotganda jonini oladi. Tilovat qilayotganida jonini olad, ilm majlisida turganda jonini olad. Bir onaxonni ayb berishganida, tahorat qilib o'tirib, yetmish dan o'tgan, tahorat qilib o'tirib, shunday suyanib qolyapti deydi. Borsa, Alloh Taolo omonatni olib qo'yibdi. Tahoratni ustida ketdi.
Bir shayx minbarda o'tirib, masjidda dars beryapti da, gapirib gapirib turib, bosh aylanib ketib, og'ib ketib, to'g'rilab oldi da, ikkinchi marta gapiray ekanda, dars aytib o'tirgan joyida Alloh Taolo jonini olib qo'ydi. Kim nimani ustida yashasa, shuni ustida jon topshiradi. Shuni ustida vafot etadi. Endi kim nimani ustida vafot topgan bo'lsa, shu narsani ustida qiyomatatiriladi.
Shuning uchun zikr bilan tilimiz doim ovora bo'lsin, doim zokirlardan bo'laylik, shoyat oxirgi lahzamiz kelganda, La ilaha illalloh deganimizni Alloh jonimiz olsin. Chunki Rasululloh aytganlar, kimni oxirgi aytgan so'zi La ilaha illalloh bo'lsa, jannatga kiradi deganlar. Yana bir rivoyatda Payg'ambarimizdan so'rashdi. Odamlarning eng yaxshisi kim? Qaysi odam eng yaxshi odam? Rasululloh aytdilar: men taolo umruh va haso'na amaluhu.
Umri uzun bo'lgan va amali chiroyli bo'lgan inson odamlarning yaxshisi. Ikkinchisi so'radi. Shariatni taklifotlari ko'payib ketdi. Fababun natamas saqu bixiy jamiun. Ikkinchisi aytdiki, bizga bir bobni eshigini ko'rsating, uni mahkam ushlaylik, u hamma yaxshiliklarni jamlovchi bo'lsin.
Hamma yaxshilik bo'lsin. Bitta eshikni ko'rsating, shuni mahkam ushlaymiz. Rasululloh aytdilar: la yazalunisa anuka rotba min dikilillahi ta'ala. Tiling doim Allohnı zikri bilan nam bo'lsin. Birodarlar, namoz uchun tahorat qilish kerak. Yiqilib turish kerak. Qiblaga qarash kerak, vaqt kerak. Ro'za uchun ham ma'lum bir xatti harakatlar kerak, sharoitlar kerak. Haj uchun, umra uchun, boshqa amallar uchun. Lekin zikr uchun birodarlar bu narsalar kerak emas. Zikrni muayyan vaqti yo'q. Xohling o'tirib ayting. Xohling yurib ketyotib ayting. Xohlang yotib olib ayting.
Faqat ayting zikrni. Chunki saboqal mufarridun, mufarridlar o'zib ketishdi savobli amallarda. Kimlar edi ular? Allohni ko'p zikr qilgan erkaklar bilan, ko'p zikir qilgan. Sen birodar qilishing mumkin bo'lgan eng ulug' amal bu Allohni zikri. Sen Allohni zikr qilding, demak Allohga bog'landing. Mana shu bog'lanish, Allohga bog'lanishlik, hamma ibodatlarning cho'qqisi. O'zi hamma amallarimizdan maqsad Allohga bog' ulanish, zikrdan maqsad ham Allohga bog' lanish, namozdan maqsad Allohga bog' ulash, hajdan maqsad Allohga bog' ulresh. Ro'zadan maqsad Allohga bog'lanish. Zakotdan maqsad Allohga bog'lanish, ko'zni haromdan tiyishdan maqsad nima? Allohga bog' ulanish. Halol haromni ajratishlikdan maqsad ham Allohga bog' lanish. Hamma ishlarimizdan, hamma ibodatlarimizdan ko'zlangan yagona maqsad Allohni bog'lanish. Endi sen zikr qildingmi? Demak Allohga bog'landing.
An ibn amrin qola qultu ya rasululloh, ma g'onimatum majlisi zikr. Abdullohi amirdan u kishi aytadi yo rasululloh, zikr majlisining g'animasi nima? Zikr majlisini mukofoti nima? Rasululloh aytdilar g'onimatum najlisi zikri al jannat. Zikr majlisi ning mukofoti jannat.
Bir odam bilan muomala qilding, qarasang, oliyjanob inson ekan. Undan vafoni ko'rding. Hayoni ko'rding, omonatdorlikni ko'rding, muloyimlikni ko'rdiing, rahmatni ko'rdiying. Bir ajoyib odam ekan. Bu nimani belgisi? Bu qanaqa inson? Nima uchun unda bu suhbatlar bor? Bilasizmi? Demak, bu kishini Allohni zikri bo'ladigan ilm majlisi bor.
Zikr majlisidan ulushi bor. Ilm majlisidan ulusi bor. Uni ilm majlisi bor. Ana shu joyda u Allohga tez tez bog'lanib turadi. Halol g'ulomni taniydi. Qalbini tarbiyalaydigan suvni ichadi. Nafsini tarbiya qiladi. Alloh va Rasul rozi bo'ladigan ilm majlisida chiqqan odam muloyim bo'ladi, kechirimli bo'ladi, kichik fe'l bo'ladi, chunki Allohga bog'lanib chiqdi da u. Allohga bog'langan qalb mutakabbir bo'lmaydi.
Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.