MMaviza
Zikr manzilatiTekshirilgan18 daq

33-QISM / ZIKR MANZILATI (5/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
17:53

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamiy. Assolatu vassalomu ala ashrafil mursaliy va ala aliyhi va ashabiyhi ajma'iyn. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Tazkiyatun nafs silsilar darslaridan birodarlar zikr manzilidan o'qiyotgan edik. Bugun oxirgi darsimiz.

Tog' toshlar Allohnı zikr qiluvchilar bilan faxrlanadi. Allohnı ko'p zikr qiluvchi banda munofiqligidan omon bo'ladi. Amallar ichida zikrning o'ziga xos lazzati bor. Shuning uchun ham zikr majlislari jannat bog'lari deb atalgan. Yo'lda, uyda, safarda, hazarda, zikrni bardavom qilish bandaning qiyomat kunidagi guvohlari ko'payishiga sabab bo'ladi. Zikr yuzga bu dunyoda go'zallik va oxiratda nur ato qiladi. Bilasizmi, nurli bo'ladi bir odam. Husni o'rtacha bo'ladi, ehtimol ko'rimsiz bo'ladi. Lekin yuzida nur bo'ladi. Nima sabab desa, zikrni ko'p qilgan bu odam. Demak, zikr yuzga, bu dunyoda go'sallik va oxirata nur ato qiladi. Zikr bandaning Rob tomonidan tasdiq qilinishiga sabab bo'ladi. Zikrni bardavom qilish nafl amallar o'rniga o'tadi. Banda kengchilik vaqtida Allohni zikr qilsa, Alloh torlik, tanglik vaqtida mana shu bandani zikr qiladi. Birodarlar, zikr jasadni ham, qalbni ham shifosi va davosi.

Safarga chiqding. Allohni zikr qil. Baland tog'ga ko'tarilding, Allohni zikr qil. To'lqinlanayotgan dengizni ko'rding, subhanallohni Allohni zikr qil. Musaffo ko'mkak osmonni ko'rding. Allohni zikr qil. Yurganingda, turganingda, uyda, ko'chada, tijoratda, yurish turishda Allohni zikrsiz qil.

Allohning huzurida bandaning qadr qiymati. Allohning nazdida bandaning qadr qiymati. Har bittamiz xohlaymiz bitta narsani. Nima u? Allohni nazdida meni qadrim qanchalik ekan? Shuni bilishni har bittamizxohlaymiz. Alloh meni qadrlarmikin? Alloh meni yaxshi ko'rarmikin? Degan savol bor. Unday bo'lsa, qara birodar. Seni huzuringda Alloh Taoloning manzilati qanchalik? Seni huzuringda Allohning amri, nahiylari qanchalar qadrlik? Seni huzuringda Allohni zikri qanchalar qadrdik? Agar seni huzuringda Alloh, uning buyruq qaytariklari va zikri eng birinchi o'rinda bo'lsa, qadrli bo'lsa, xursand bo'l. Sen ham Alloh uchun qadrli ekansan. Hayotingda seni nimalar mashg'ul qilyapti? Nimalar bilan bandsan, nimalar bilan ovorasan? Nimani g'ami bilan yuribsan?

Kimdir g'ami Allohni rizosi. Uni butun borlig'ini mana shu narsa band qilgan. Mashina minayotganda ham Alloh norozi bo'ladigan unaqa haydamaydi. Tijorat qilayotganda Alloh buyurgandek bo'lishga harakat qiladi. Qo'yingki, hayotida Alloh qanday buyurgan bo'lsa, shunday bo'lishlikka va nimadan qaytargan bo'lsa shunday bo'lmaslikka harakat qiladi? Va mana shu Allohni zikr qilgan bo'ladi. Qalbini eng to'g'rini Alloh egallaganmi? Demak, Alloh uchun shu banda ham shunchalar qadrli bo'ladi. Yana kimdir? Buni aksi. G'ami pul topish. G'ami dunyo.

Yurganda ham pul, turganda ham pul, uxlaganda ham pul, tushuda ham pul. Tashvishi nima? Pul. Ajib da, birodarlar. Birinchi toifadagi odamdan bo'lsangiz ham, ikkinchi toifadagi odamdan bo'lsangiz ham, yozilgan rizqni yeysiz. Hayotini Alloh deb o'tkazayotgan odam ham yozilgan rizqini yeydi, oshiq ham emas, kam ham emas. Pul deb yashayotgan, dunyo deb yashayotgan odam ham yozilganini yeydi, oshicha emas. Faqat birinchi holatda Alloh deyotgan odamni ozgina topgan bo'lsa ham rizqida baraka bo'ladi. Ikkinchi odam, dunyo deb yurgan odamni ko'p topsa ham rizqida baraka bo'lmaydi. Birodarlar, pulni qanchaligi muhim emas. Pulni qanaqaligi muhim. Shuning uchun qaytaramiz. Alloh uchun qanchalar qadrli ekanligini bilmoqchi bo'lsang, qara, Alloh sen uchun qanchalik qadrli.

Abdulloh ibn Ma'sud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, laqiytu ibrohim alayla tausur ya bi. Isro kechasida Ibrohim alayhissalomga yo'l o'qdim. Ibrohim alayhi assalom Payg'ambarimizga aytdi, ey Muhammad, ummatingizga mendan salom ayting va xabar bering ularga. Albatta jannatning tuprog'i pokizadir, suvi shirindir va anna g'iro saxa subhanalloh va alhamdulillah va la ilaha illallohu va allohu akbar. Albatta jannatning tuprog'i pokiza, suvi shirin. Albatta jannatni ko'chatlari subhanalloh, va alhamdulillah, va la ilaha illallohu va la haqbar. Mana shu zikrni har bittasini aytarkanmiz, bizning jannatimizga bittadan ko'chatga o'chiriladi. Qancha ko'p aytasiz, jannatdagi ko'chatlaringiz shunchalik ko'p bo'ladi, bog'ingiz shunchalik keng bo'ladi.

Nima to'sadi bizni yurib ketayotganda sura an alloh, valhamdulillah, vala ilaha illallohu vallohu akbar deyishdan. Nima to'sadi? Demak, Allohnı poklash kerak, maqtash kerak, shukur keltirishlik kerak. Bu zikr. Yana Allohnı oyatlarini gapirdingiz, bu ham zikr. Koinotdagi mo'jizalarda so'zladingiz, insonni jasadidagi insonni aqlini lol qoldiradigan mo'jizalar gapirdingiz, bu ham zikr.

Bizda endi Allohni zikr qilish deganda faqatgina odamlar tasbi ushlab olib, shuni aylantirib, Subhanalloh, Alhamdulillah deyishni tushunadi zikr deb. Unaqa emas, birodarlar. Hayotingiz ertalabdan uyg'onib, uxlaguningizcha zikr bo'lishi mumkin. Aytdik ku, maqsad Allohni rizosi bo'lgandan keyin, bosgan har bitta qadamingiz ibodat o'rniga o'tadi. Allohni zikr qilish deganda faqat tasvir o'girishni tushunmaylik.

Shariat bo'yicha yurganimiz, harom narsalardan tiyilganimiz, shuni o'zi ham zikr bo'ladi. Alloh Taoloning qudratiga dalolat qiladigan, uni azamatiga dalolat qila oladigan majlis ham zikr majlisi bo'ladi. Anavi Muso roziyallohu anhu qola, qola Rasulullohi sollallohu alayhi vasallam va mafalullo di yodgoru rabbahuu va la deyla yodgoru rabbuhuu mafalul hayhi val mayyi eting. Payg'ambarimiz aytyaptilar, robbisini zikr qiladigan, eslaydigan kimsa bilan, robbisini ziki qilmaydigan, eslamaydigan kimsaning misoli tirik bilan o'likning misoli kabidir. Payg'ambarmiz aytyaptilar, ollohni zikr qilmabdimi, bu odam o'lik.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh aytadilar, masalul baytulladiy la yuzkorullohu fihiy, val baytulladiyla yuzkorullohu fihiy, masalul hayyi val mayyi'tiy. Unda Allohni zikri qilinadigan uy bilan, unda Allohni zikri qilinmaydigan uyning misoli tirik va o'likning misoli kabidir. Allohni zikr qilgan odam tirik, Allohni zikr olmagan odam o'lik deyildi birinchi hadisda. Ikkinchi hadisda uylar haqida gap ketyapti. Bir uy bor, unda Alloh zikr qilinadi. Bu tirik uy. Ikkinchi uy, unda allohzikr qilinmaydi, o'lik uy.

Endi allohzikrqilinmaydigan uyda yashayotgan g'ofillar o'lik ichidagi o'liklar. Bu as Sodiqul Mastuh bo'lgan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar bu narsani. Shuning uchun uylarimizda tilovat bo'lsin, ilm majlisi bo'lsin, zikr bo'lsin, uyimiz tirik bo'ladi. Ammo taassuf ayrim hovlilarda, ayrim xonadonlarda buni aksini ko'ramiz. Ertaga kech muzika, masxaravozlik, tomoshalar, kinolar, seriallar.

Zikr bor uy, tirik uy, zikr yo'q uy, o'lik uy. Zikr agar uni inson o'tib qo'yadigan bo'lsa, qalbini o'lishiga sabab bo'ladi. Demak, g'ofillarning qalblari g'ofil bo'lganligi uchun hali tanalari o'lmasdan turib, ularni tanalari qabr bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam robbisidan rivoyat qilgan hadis hudisida Alloh Taolo aytyapti: men zakaroniy fi nafsixi, zakartuhu fi nafsiy. Kim meni o'zini nafsida zikr qilib eslasa, men ham uni o'zimni nafsimni nima qilaman? Zikr qilaman.

Sen Allohni zikr qilishing bir narsa, Alloh seni zikr qilishi boshqa narsa. Bu taqqoslab bo'lmaydi buni. Alloh seni zikrd qilishi bu nima degani? Senga rahmati bor degani. Seni qo'llaydi degani. Seni panohida aslaydi degani. Seni inoyatiga oldi degani. Sen Allohni eslasang, Alloh seni eslasa, Alloh sen bilan birga bo'ladi degani. Endi alloh sen bilanbirga bo'lsa, senga nima kerak yana bundan boshqa?

Zikrning turlari. Birinchisi, Alloh Taoloning ismlarini va sifatlarini zikr qilishlik. Alloh Taoloning mana to'qson to'qqizta ismi bor, sifatlari bor, shuni zikr qilishing ham zikrning birinchi turi bo'ladi. Ikkinchi turi, Allohning amrini zikr qilib, farzlarini, haromlarini zikr bilish. Mana bu narsani qilishlik, farz, mana bu narsani xarom dedingizmi? U halol, bu xarom dedingizmi? Bu farz, bu vojib dedingizmi? Demak Allohni amrini zikr qildingiz. Bu ham zikr.

Zikrning uchinchi turi, Alloh Taoloning oyatlarini, mo'jizalarini, ne'matlarini, in'omlarini eslashlik. Va in tauddu ni amatullohi la tuqsuha. Agar Allohni bergan ne'matlarni sanasanglar, adog'iga yeta olmaysizlar. Barmog'ingizni izini gapirdingiz. Hech qaysi insonni barmog'ini izi ikkinchi insonga o'xshamas ekan. Demak Allohni zikr qildingiz. Ko'z issiq sovuni his qilmasligi va Alloh Taoloni bergan mo'jizasi dedingiz. Allohni zikir qildingiz.

Milliyani ichidagi mo'jizalarni, ilm fan aniqlagan mo'jizalar gapirdingiz. Allohnini zikr qild ingiz. Insonni onasini qornida nutfalikdan tug'ilib tushgungacha bu qadar bo'lgan bosqichlarni gapirdingiz. Demak Allohni zikr qildingiz. Demak, birodar, atrofingizda turgan mo'jizalarni, alomatlarni gapirishligingiz ham Allohni zikir qilishingizga kiradi.

Bir kishi ka'bani tavof qilmoqchi bo'ldi da, zikr qildi, aylandi, lekin sanoqni esdan chiqarib qo'ydi. Ka'bani aylanayotib turib, shautlarni sanog'ini unutib qo'ydi. Kelib, shayxiga aytdi, tavof qilyotudim. Necha shaut qilganim esimdan chiqib qoldi. Shayx aytdiki, Baytni Robbisini tavof qilibsan, ammo Baytni tavof qilmabsan dedi.

Haligi odam yana qaytib ka'bani oldiga keldi da, bu safar tavofni sanog'iga qattiq e'tibor qildi. Shautlarni qattiq sanadi. Yetti marta aylandi. Ammo Allohni zikr qilishni unutib qo'ydi. Kelib shayxidan so'radi. Shu ish haqida. Shayx unga, bolam, sen Baytni tavof qilibsan, ammo Baytni Robbisini tavof qilmabsan dedi. Uchinchi marta borib turib, zikrni ham mahkam ushladi, sanoqni ham aniq qildi, keyin qaytib kelganida shayx aytdiki, mana endi sen baytni ham tavof qilding, baytni robbisini ham dedi.

Imom G'azzoli aytadi, Qur'oni Karimning eng oliy darajadagi zikri, eng oliy darajadagi savobi, masjidda, namozda tik turib uni xilovat qilish. Biz shuni qilyapmiz hozir. Masjiddamiz, namozdamiz, tik turib Qur'on tilovatiga quloq tutyapmiz. Eng oliy zikr, eng oliy savob mana shu bo'lyapti.

Undan keyingi darajasi faqat qalbi bilan zikr qilishi, doim qalbida turishi. Undan keyingi darajasi faqat til bilan zikr qilishligi. Qo'lida davlati bor akalar xayrli ishlarga dunyosini sarflaydi. Alhamdulillah, Alloh qabul qilsin. Biz aytamiz, buni siz qilganingiz yo'q. Bu savobli ishni Alloh sizga qildirdi.

Alloh qalbingizga solmasa ilig'ligini, muhabbatini, siz bir so'm sarf qila olmas edingiz. Alloh qildirdi sizga. Alloh sizni esladi, qalbingizga yumshoqlik soldi, keyin qildingiz deymiz. Shuning uchun men qildim, demak, Alloh menga qildirdi deb fazilni o'ziga qaytarib turing. Alloh doim sizni shu ishda ishlatadi.

Endi diqqat qilinglar. Ulamolar aytishadi, bandaning Allohni zikr qilishligi ikkita zikrga o'ralgan bo'ladi. Bandaning allohnizikr qilishhligi ikkitazikrga o'rolgan bo'ladi'. Avvalambor, Alloh seni eslaydi. Shundan keyin sen uni eslaysan, keyin Alloh seni yana eslaydi.

Seni Alloh eslaydi. O'shaning uchun Allohni seni eslaysan. Allohni eslaganingdan keyin Alloh seni ya'ni eslaydi. Alloh seni eslagani uchun qalbingga muhabbatini soldi, shuning uchun zikr qilding. Tushundinglarmi? Boyagi boyni ham Alloh esladi, shuning uchun uni qalbiga ilig'li tushdi, savobli ishni qildi, keyin Alloh Taolo yana esladi shu bandasini.

Demak, Allohni zikr qilmasdan yurgan g'ofil bandalar, Alloh ularni eslab ham qo'ymayapti. O'shaning uchun bir marta Alloh demayapti ular. Biz Allohni zikr qilishligimiz uchun ham Alloh Taoliga hamduqsan aytishimiz kerak ekan. Parvardigor, sen meni eslamasang, men zikr qila olmas ekanman seni. Alloh sizni esladi, siz esladingiz Allohni, keyin Alloh sizni yana esladi. Demak, bandaning Allohni zikir qilishi ikkita zikrni o'rtasida turar ekan.

Alloh qalbimizni ilitganligi uchun zikr aytamiz ekan. Shuning uchun, hoy, zikrdan uzoq yurgan g'ofil birodarlar, Alloh sizlarni eslamayapti ekan. O'shaning uchun sizlar kunduzi Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu akbar deya olmayapsizlar ekan. Fadikoruniy adikorukum. Meni eslanglar, meni zikr qilinglar, men ham sizlarni zikr qilaman.

Maqtov zikri bor. Subhanallohu alhamdulillah va la ilaha illallohu va la haqbar desangiz, Allohnı maqtagan bo'lasiz. Duo zikri bor. Robbana, volamna, anfu sana, va ilam ta'g'fir lana va tarhamna lana kunannina minal hosiling desangiz, duo bilan zikr qilgan bo'lasiz. Xulosa. Zikr haqidagi bu darsimizni qiymati uning taddiqi bilan bo'ladi.

Bu darsimizning qadr qiymati uning tadbiqi bilan bo'ladi. Siz zikrni qancha ko'p qilasiz, qalbingiz bilan qilasiz, demak, bu darsdan sizga foyda bo'ladi. Banda uyquga yotishdan avval ham, keyin ham duo qilsin. Bir ishga kirishda ham, tugatganda ham duo qilsin . Oyoq kiyimini kiyib yechganda ham duo qilsin. Yeganda, ichganda, tugatganda, ham duo qilsin . Har holatda Allohga duo qilishing seni birodar zokir ekanligingni belgisi.

Bismillah deding. Alloh men bilan birga deding. Alloh mening ko'rib turibdi deding. Demak sen zokirlardansan. Qur'on o'qiding yoki eshitding. Sen zokirlardonsan. Amru ma'ruf qilding. Demak sen zakirlardansan. Ilm majlisiga kelding. Demak sen zamirzaxoderdansan. Allohni roziligini istab qimirlading va Allohni esladingmi? Demak sen zokirlardansan.

Allohni zikr qilish, Allohning zikri ibodatlarning asl maqsadidir. Obid bandalarning eng ulug' amali Alloh Taoloning zikridir. Aqlu qovli hada va astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatu.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish