Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalamu ala shiroful mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Tazkiyatun nafs, sinflar darslaridan birodarlar. Yangi mavzuni boshlaymiz bugun. Bugungi mavzu sabablarni qo'yim qilish manziladi. Sabablarni qo'yim qilishlik.
Bugungi mavzuyimiz birodarlar, eng muhim va xatarli mavzulardan desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki hozirgi kunda musulmon ummatini mana shu narsaga bo'lgan muhtojligi avvalgi davrlarga qaraganda qattiqroq, ko'proq bo'lib qoldi. Sabablarni qo'yim qilishlik. Bu narsani ulamolar yana sabablarni rioya qilishlik deb ham nomlashadi.
Bu mavzuga kirishlikdan oldin bir muqaddima qilamiz. Hayot haqidagi tasavvur. Bir inson dunyoga kirib yashar ekan, hayotda muvaffaqiyat qozonishligi uchun, hayotda yutuqqa erishishligi uchung hayot haqidagi taassuvuri to'g'ri bo'lishligi kerak. Agar shu taassuvuri to'to'g'ri bo'sa, bu inson muvaffaqiyaatga erishadi. Agar hayot haqidigi taassuvuri noto'g'ribo'lsa, bu odam mag'lubiyatga uchraydi, yutuqqga erishmaydi.
Bir tolibi ilm o'sha yakunlovchi imtihonlarda hammasidan chiroyli baholar bilan, yaxshi baholar bilan o'tdi, diplomda oldi. Ya'ni mana shu jomiyadagi ta'limida imtihon topshirishida tasavvuri to'g'ri edi, mana shu ish haqidagi, shuning uchun uni ishi muvaffaqiyat bilan tugadi. Imtihon nima, qanaqa bo'ladi, nima, shu haqidagi tasavvuri to'g'ri edi. Vaqtini, kuchini, g'ayratini to'g'ri sarf qildi, demak muvaffaqiyatga erishdi. Endi xuddi shu imtihondan boshqa bir tolib yig'ilib yiqilgan bo'lsa, o'ta olmagan bo'lsa, demak shu imtihon haqidagi tasovvuri noto'g'ri ed. Shuning uchun kuch quvvatini, mehnatini, harakatini, energiyasini noto'g'ro yo'naltirgan edi.
Ummat islomiyaning avvalgi vakillari yer yuzidagi insonlarni hammasiga peshvo, iymon bo'lishdi. Ilm fanda, odobda, axloqda, hunarda, hayotni hamma jabhalarida ustun bo'lishdi. Yerni mag'ribi mashriqidagi hamma insonlarga peshvo bo'lishdi. Ana shu musulmonlarning kalimalari oliy bo'ldi. Bunga nima sabab bo'ldi? Endi hozirgi davrga kelib bo'lsa, ummatu mahammadiya mana shu ummatlarning oxirgisi qatorga tushib qoldi. Boshqa xalqlar u ummatni boshqaradigan bo'lib qoldi. Yo'l ko'rsatadigan bo'lib quvvoldi. Bunga nima sabab bo'ldi? Sabab nima? Albatta bu o'ta muhim va jiddiy savol. Qur'on qur'onligicha turibdi, sunnat sunnatligicha turibdi. Mana shu ikkita narsani ummatning avvalgilari, ummatning avvalgi vakillari mahkam ushlashdi, kitobi, sunnatni to'g'ri tushunishdi. Shuning uchun Alloh Taolo ularni yer yuzida aziz mukarram qildi. Ana shu musulmonlar yer yuzini obod qilishdi, xalqlarga peshvo bo'ldi. Ana shu xalqlarga rahm shafqat ko'rsatdi, imomlik qildi. Sahobalar islomni yuz foiz to'g'ri chungan.
Bunda shubha yo'q. Endi ummatni bugungi vakillari esa aksariyati islomni noto'g'ri tushunib qolganligida ham shubha yo'q. Bir odamni katta kompaniyasi bor, yuk tashiydigan mashinalardan iborat. Ya'ni yuk tashiydi. Yuz ga yaqin xurasi bor. Oxirgi vaqtga kelib, har kuni o'nta, o'n beshta mashinasini baloni otilib ketyapti. Avval unaqa bo'lmas edi.
Buni ham bitta sababi bor. Endi xuddi shu kompaniyaga o'xshagan bitta boshqa kompaniya bor. Ammo ularni balonlarini otilishi bunaqa bo'lmayapti. Mashinasi ham, tashiydigan yuki ham bir xil ikkala kompaniyada. Har safar balon otilib kelganda, ana shu kompaniyani mudiri shoperlarni malomat qilyapti. Aslida xato nimada edi? Bu kompaniyani mudiriga kelib birov aql bo'luvdi. Mashinalarni g'ildiragini damini baland qilib qo'ysa, yoqilg'i tejaladi.
Shu tasavvurdan kelib chiqib turib, balonda damini baland qildi, shuning uchun gumulabot olaverdi. Demak xato nimada ekan? Ana shu mudirni o'zini qilayotgan ishidagi fahmida, xato tasavvurida, shu ishni ilmidan bexabarligida. Hozirgi kundagi musulmonlar orasida keng tarqab ketgan muammolar bir qarab chiqsak, nimalarga guvoh bo'lamiz? Bo'linish, bir biri bilan teskari bo'lish, dunyoga berilish, hasad, gina, kudurat, qoloqlik. O'zi aslida dinni ushlasa ummat, ayni shu narsalarni yo'q qilardi din. Agar dinni to'g'ri tushunib, to'g'ri ushlab, to'g'ru amal qilinganida, biz aytgan bu kasalliklarni ayni din yo'q qilishligi kerak edi.
Demak, mana shu xatolar, mana shu kamchiliklar musulmonlarni o'rtasida bormi? Demak, musulmonlarnni dinini tushunishligida xato bor. Tasavvurida kamchilik bor. Mana shu narsa bizni ummat sifatida boshqa ummatlardan qolib ketishligimizni asosiy sababi bo'lyapti. Hammamiz xohlaymiz, bizni ummat peshvo bo'lishini, peshqadam bo'lishini, aziz bo'lishini, kuchli bo'lishini, musulmonlar hammadan ustun bo'lishini xohlaymiz. Albatta bu yaxshi niyat, yaxshi umid, tilak. Lekin shu narsani o'zi bizga kifoya qiladimi? Shu orzularni qilib qo'ysanglar yetadimi?
Xato qayerda? Mushkula qayerda? Muammo qayerda? Nima, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalari boshqachalardan yasalganmi? Yo ularni materiali boshqacha bo'lganmi? Yo'q, bizdaqa odamlar bo'lgan. Unda nima? Qur'on o'zgarib qoldimi? Yo'q, Qur'on o'sgarmaydi. Innna nahluna zanna zikro va innna lahula hafi thun deydi alloh taolo. Albatta biz bu zikrni, Qur'onni o'zimiz nozil qildik va o'zimiz uni saqlaymiz degan. Unda nma, sunnat o'zgardimi? Yo'q birodarlar.
Sunnat ham o'zgargani yo'q. Qur'on ham o'zgargani yo'q. Musulmonlarning dini haqidagi tasavvuri o'zgarib qoldi. Mana shu o'rinda siz bilan biz aytayotgan bir manzilat bor. U manzilotni nomi sabablarni qoyim qilish. Astay deb bilar? Ya yo'xalla dina amanu alaykum ampusakum. Ey mo'minlar, o'zinglarni bilinglar. O'zinglar bilan ovora bo'linglar. O'zinglarn bilan band bo'linglar. Bu nima degani?
Siz atrofingizdagi odamlarga dinni to'g'ri tushunishlik, sunnatni to'g'ribir fahmlashlik, dinga amal qilishlik to'g'risi qanaqa bo'lishligini tushuntirishga harakat qildingiz. Aytdingiz, dedingiz, misollarni keltirdingiz, dalillarni keltirdingiz, lekin odamlarni qanoatlantira olmadingiz. Unda nima bo'ladi? Unda o'zingiz bilan ovora bo'laverasiz endi. Nima deysiz? Men aytdim. Tushuntirdim, qanoatlantirdim, hujjat dalilini keltirdim. Hayotda misollarni ham keltirdim. Endi ularni to'g'ri yo'lga boshlab yuborishlik sizni zimmangizda, sizni toqatingizda emas. Sizdan yetkazib qo'yishlik xolos. Aytdingiz, xohlamadimi? Bo'pti aravasini tortaversin, zamaraviyangizni tortaverasiz.
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, o'zing bilan ovora bo'l. O'zingni iymoniy holatingni tuzat. Ilmiy holatingni tuzat, axloqiy holatingni tuzab, din senga va'da qilgan samaralardan bitta o'zing foyda olaverasan. Ammo agar biz aytgan, ya'ni dinni to'g'ri tushunishlik, dinni to'g'ri fahmlashlik va to'g'ri amal qilishlik, bu narsani odamlarga yetkaza olsak, qabul qilib amal qilsa, yaxshilik hammamizga omm bo'ladi. Aks holda, o'zimiz bilan kifoyalanishligimiz to'g'ri kerak bo'ladi.
Sohibalar nimaga peshqadam bo'lishdi? Ilmda peshqadam, axloqda peshqadami, muomalada peshqadam ibrat bo'lishdi. Nima uchun? Nima sababdan peshvo bo'lishdi? Nima uchun Alloh ularni yer yuzida o'zi va'da qilganidek mustahlafin qildi? Nima uchunda ularni kalimalari oliy bo'ldi? Nima sabab dan alloh ularni qo'lladi? Va nima sababdan biz orqada qolib ketdik, bizni kalimamiz oliy bo'lmadi?
Birodalar, javob tasavvurimizning xatoligida muammo. Buni ta'kidlab aytamiz. Mushkulamiz islom haqidagi tasavvurimizning xatoligida. Masalan, bir haydovchi uzoq yo'lni mo'ljallab, mashinasi bilan yo'lga chiqdi. Yo'lda ketayotganda, yo'lni yarmiga borganda, tabloda qizil chiroq yonib qoldi. Yog'ni chirog'i. Nima degani bu? Motorni yog'di muammo, yo oqyapti, yo yetmayapti, xullas. Endi shofyor bu chiroqni nima ekanligini bilmaydi. Bu chiroq haqidagi tasavvuri noto'g'ri. A chiroqli chiroq ekan. Bir ziynat uchun bo'lsa kerak deb ketaverdi. Natija nima bo'ladi? Motor ushlab qoladi, yarim yo'lda to'xtaydi, safardan qoladi, katta chiqimga tushadi.
Agar shu shoperni, shu chiroq haqidagi ilmi, tasavvuri to'g'ri bo'lganida, to'xtar edi, bu narsani tuzatib olgan bo'lar edi. Tushunarli mirodalar, ummatni hozirgi holati xalqlarni ichida eng oxirgi bo'lib qolganligini sababi, bizni din haqidagi, islom haqidagi tushunchamiz, tasavvurimizni noto'g'riligida.
Bizni muammoyimiz xatoni, muammoni o'ylayapmiz u, lekin nima sababdan shu muammoga kelganligimizni nima qilmayapmiz, fikr qilmayapmimiz. Nima uchun motor ushlab qoldi? Haydovchini tasavvuri, o'lchov tushunchasi noto'g'riligi sababli. Sabablarni qoyim qilish va talhid.
Allohni yakkada bilgan muvohid o'zi yetmoqchi bo'lgan maqsadga borish uchun o'ziga bog'liq bo'lgan sabablarni zo'r qilib qiladi. Keyin natijani allohga tavakkal deydi. Mana shu odam haqiqiy muvohid bo'ladi. Ammo ayrim musulmonlarni qarasang, o'zini qilayotgan ishida allohga tavakkur qildim deydi, lekin sababini qilmayotganligini ko'rasiz. Sababni qilmasdan Allohga tavakkul qilish tavakkal deyiladi.
Nima degani? Beparvo bo'lish degani. Otni baylamasdan nima qilish? Tavakkal deyish. Qalbi mushrik, qalbi zayd bilan u paytga suyanib qolgan, shularga ishonadi, lekin Allohga tavakkal qildim deydi. Allohga xos bo'lgan narsani bandaga xoslasa, banda shir keltirgan bo'ladi. Aslida qanaqa bo'lishi kerak edi? Sababini zo'r qilish kerak edi va qalbini Allohga topshirishligi kerak edi.
La robba illalloh. Allohdan boshqa rob yo'q. La xoliqa illalloh. Allohni o'ziga yaratuvchi yo'q. La mu'tiya illalloh. Allohda boshqa beradigan hech kim yo'q. Va la mania illalloh. Allohda boshqa man qiluvchi yo'q, la muizzaa illalloh. Allohda boshqa aziz qiluvchi yo'q. Vala muvila illalloh. Allohda o'ziga xor quruvchi yo'q. Birodarlar, tavhidni ikkita mustavosi bor. Qavli va nafsiy. Qavli bu Allohni yakkalash. La ilaha illalloh muhammadur rasululloh deyish. Bu oson. Ammo nafsiy tavhid qiyin.
Chunki tilida kalimani aytib turib, hayotda qilayotgan ishi bunga teskari bo'ladigan bo'lsa, bu odamning tavhidi komil deyilmaydi. Va ma yu uminu aksaruhun billahi illa vahum mushrikun. Ularning ko'plari Allohga faqat mushlik bo'lgan hollaridagina iymon keltiradilar. Tilada kalima bor, ammo qalbi boshqa narsalarga suyanadi. Qalbi bosh qa narsalarga tavakkal qiladi.
Taassuf bu xato faqat o'lchov tushunchamizda emasda. Bu xato hayotimizga, suluviyatimizga ham aralashib ketgan. Tavhid sabablarni qoyim qilishlikni talab qiladi. O'g'lingiz kasal bo'lib qoldi. Allohga tavakkal qildim deb o'tiraverasizmi? Men Allohni yakka degan muvohidman. Allohga tavakkul deb o'tiraverasanmi? Yo'q. Tavakkal deb hech narsa qilmasdan o'tirishlik, bu johillik bo'ladi.
Ahmad semirib ketdi. Vazn og'irlashib ketdi, sport bilan shug'ullanmaydi. Aytadiki, bir yilda deydi, men bir yilda bir marta Alloh Taologa qattiq duo qilib, salomat qilishini so'raganman. Inshaalloh shuni o'zi yetadi deydi. Nima bo'ladi bu? Bu ayni johillik bo'ladi. Yoki kattaroq miqdordagi savdo molingiz muzlab qolib ketdi. Buni ham nimasi bor? Sababi bor. Sen shu molni sotib olishdan oldin bozorni o'rgandingmi? Narx navoni ko'rdingmi? Aytilgan vaqt yetkazib keldingmi? Bozorni o'tkazdingmi? Sezimni hisobga oldingmi?
Modomiki musulmonlar, mana shunga o'xshagan johilliklar qolib ketar ekan, mushkulalarimiz tugamaydi. Endi bir zo'r gapimiz bor bizda. Bir muammoga kirib qolsak, aytamizki, endi Allohni taqdiri ekan. Alloh shuni xohlagan ekan. Endi qo'limizdan nima ham kelar edi. Taqdir. Axir taqdirga e'lon keltirganmiz u deydi.
Shunga o'xshagan chiroyli so'zlar bilan o'zini nuqsonini nima qilmoqchi bo'ladi? Yopmoqchi bo'lar. Sahobalar bunaqa yo'l tushmagan, birodarlar. Agar tavfitni yaxshi tushungan bo'lsangiz, bunaqa yo'lkishingiz kerak emas. Sababni zo'r qilasiz, natijani Allohga topshirasiz, xotirjam turasiz. Mana shu haqiqiy tavakkalchilik bo'ladi.
Xullas, foyda topish uchun qilishingiz kerak bo'lgan qanaqa ishlar bo'lsa, qilasiz, u yoqni Allohga tavakkal deysiz. Agar Muhammad Aliy assalomning chinakam ummatda bo'lishni xohlasak, asqoblarni yo'liga ergashishimiz kerak bo'ladi, sabablarni qoyim qilishimiz kerak bo'lladi. Mana Alloh Taoloning eng sevimli bandasi Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. Hammamizdan Allohga mag'bub. Hammamizdan Ollohni yaxshi taniydi. Hammamizdan ko'ra Allohdaan ko'proq qo'rqadi. Shu zot har qanday duosi ijobat bo'lgan zot o'zini hayotida chiqqan muammolarini duo bilan hal qilmagan.
Masalan, Badr g'azotiga chiqqanida uch yuz o'n to'rtta musulmon, mingta mushrik. Qo'lini ko'tarib Parvardigor, o'zingni tinchitib qo'ygin deb o'tiraverdilarmi? Yo menga ikkita bir farishtani tushirib qo'y, shular muammoni hal qilib qo'ysin dedilarmi? Yo'q. Duo qilsa ijobat bo'lishi aniq bo'lgan zot, oddiy odamlar qilish kerak bo'lgan ishni ko'rsatib berdilar.
Yoki xandaqda, xandaq g'azotida, uch ming kishi bo'lib xandaq qazishdi. Mushriylarning adadi katta ekanligini bilganidan keyin Rasululloh oddiy inson nima qilishi kerak? Sababini qilishi kerak. U uch kilometrga yaqin xandag'ni uch ming kishi bilan kavladilar. Agar faqatgina duo bilan ish bitadigan bo'lganida, Muhammad alayhissalomni duosi aniq ijobat edi. Yo'q, Rasululloh bunday qilmadilar. Toki ummatlar o'rgansin, sunnat nima ekanligini. Hijrat qilganini ko'rmaymizmi? Alloh azza va jala payg'ambarimizga hijrat qilishga izn berganida, o'nga yaqin sababni qildilar. Bo'lmasam bitta duoni qilib, ominparvardigor, o'zim hijratimni bexatar qilgin, saparimni alloh hikmat deb turib, shunday ko'zga ko'rinmasdan madinaga yetib qolishi mumkinmidi? Yoki ikkita farishtani qonotiga chiqib borib olishi mumkinmidi? Yo'q, unday qilmadilar. Maqsad, esalom ham Madinaga hijrat qilib borib olish. Maqsad shu. Endi bunga olib boradigan sabablarni qaraymiz. Rasululloh xabarni maxfiy qilishlik uchun Makkadeylar uyida o'tiradigan issiq paytda uydan chiqdilar, bir. Yuzini to'sib oldilar, ikki. Abubakr Siddiqni uyiga kirib turib, yonida turgan qizlarni chiqaring bularni, maxfiy xabar bor dedilar.
Hijrat qilayotganlarida, rasululloh o'zini to'shagiga alimni obid olib yotqizib qo'ydilar. Shimolga, Rishtoniga, janubga yurdilar. Savr g'origa borib, uch kun o'tirdilar. Uch kun o'tirib, keyin ketdilar. Tushunyapsizlarmi? Shuning uchun biz faqatgina duo qiliblar o'tirib, sababini qilmaydigan bo'lsak, biz haligisi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning haqiqiy ummat bo'la olmaymiz. Agar sen birodar haqiqiy muvohid bo'ladigan bo'lsang, sabablarni qilishing kerak, beparvo bo'lmagin.
Sabablarni qoyil qilishing seni muvohid ekaningni dalili bo'ladi. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati huysaluni ala nabiy. Ya ayyuha'lladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.