MMaviza
Sabablar manzilatiTekshirilgan15 daq

35-QISM / SABABLAR MANZILATI (2/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
14:40

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Assalotu vassalamu ala shirofil mursalil va ala alixiyos habihiy ajma'in. Ammobad, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Tazkiyatu nafs darslarimizda murodalar, sabablarni qoyim qilishlik manziliotini boshlagandik, davom etkazamiz.

Demak, biz oldimizga qo'ygan maqsadga yetishlik uchun, bizga bog'liq bo'lgan, biz qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni, sabablarni qoyim qilishimiz keraksiz. Sabablarni qoim qilganimizdan keyin alloh taologa tavakkal qilib, natijani allohdan kutishligimiz kerak. Agar inson sabablarni qovim qilmaydigan bo'lsa, bu odamni haqiqiy muvohid deb bo'lmaydi. Hech narsa qilmasdan o'tirib olish, suvni oqishiga qarab turish, bu musulmonni xulqiga yarashmaydigan narsa. Farzanding kasal bo'lib qoladigan bo'lsa nima qilasan? Tabibga olib borasan. Eng yaxshi tabibga olib vorasan. Sabab? Yozib bergan dorisini olasan. Sabab? Ko'rsatgan tavsiyasiga aytilganidek, yozilgandek qaraysan, parhez qil degan bo'lsa parhez qilasan. Shuncha ishlarni qilib qo'yib turib, Parvardigor, shifo o'zingdan deysan. Shifoni tabibdan ham kutmaysan, doridan ham kutmaysin. Shifoni Alloh'dan kutasan. Mana shu eng to'g'ri yo'l bo'ladi. Mana shu yo'l eng to'g'ri yo'l bo'ladimi? Farzandlar tarbiyasidan. Ota o'ta muloyim bo'lib olishi bor, yoki o'ta qattiqqo'l bo'lib olish bor. Ikkalasi ham oson.

Muloyim bo'lasiz, nima desa xo'p deyaverasiz. Farzand itoat qilmasa ham xo'p deyverasiz, ayolingiz gap qaytarsa ham xo'p devorasiz. Bu oson. Yoki buni aksi. Qo'pol bo'lib olasiz, dag'al bo'lib olas siz, qattiq qo'l bo'lib olas. So'kaverasiz, urishaverasiz, bu ham oson. Endi qiyini shu ikkalasini o'rtasini ushlash. Mo'tadil yo'lni ushlash. Demak, bir vaqtni o'zida ota ham yumshoq bo'lsin, ham talabchan bo'lsin. Ham oilasi uni yaxshi ko'rsin, ham haybatlanib tursin. Noto'g'ri yo'lni ushladingiz, aytilgandek, sizga bog'liq bo'lgan tarbiyani qildingiz, sababni qildingiz, shunda ham nima deysiz? Endi meni bolam aniq zo'r odam bo'ladi deysizmi? Nima deysiz, Allohda deysiz.

Sababni qilmasdan Allohni o'ziga tavakkal qilishlik, Alloh Taologa nisbatan beadablik bo'ladi. Sababni qilib turib Allohga suyanmasdan, sababni o'ziga suyanishlik shirk bo'ladi. Qaytarib aytaman. Sababni qildingiz, faqat sababga ishonib oldingiz. Shirk bo'ladi. Yoki sababni qilmasdan tavakkal qildingiz Allohga. Bu Allohga nisbatan beodoblik bo'ladi.

Bizni ummat sifatida yuksalishimiz ikkita narsaga bog'liq. Sabab va tavakkalga. Faqat sababni o'zini qilib qo'yish ham oson. Faqat tavakkal qilib, duo qilib o'tira olish ham oson. Ikkalasini qilishlik qiyin bo'ladi. Va mana shu to'g'ri yo'l bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar va alamuu anna ahadan ming kun lan yunji yahoo amaluhoo. Mana savobli amallarni qildi bir inson, o'nta machit qurdi, mingta yetimni qaramog'iga oldi. Qo'yingki, juda ko'p savob ishlarni qildi. Bo'ldimi endi? Jannatga kiradimi? Yo'q. Allohni xohishi bo'lmasa kirmaydi. Rasul aytadilar, bilinglarki, sizlardan birorta elati amalinglar, uni najotga olib bormaydi. Amalda o'ziga suyansangiz, yutkazib qo'yasiz. Sizni amallaringizchi, yo rasululloh, meni amalim ham kifoya qilmaydi jannatga kirishimga.

Illa ay yata'g'on madin yo allohu bi rohmati min hu vafad li. Men amallarni qilaman deyapti Rasululloh. Shundan keyin Alloh meni o'z rahmatiga olsa, fazl ko'rsatsa, rahmat bersa, shunda jannatga kiraman. Shuning uchun hech qaysi mo'min har qancha uni amali katta bo'lsin, jannatiyman deb xotirjam bo'lishga haqqi yo'q.

Shuning uchungi birodarlar, amal qilamiz. Bu sababi jannatni va duo qilamiz, umid qilamiz. Buyam bitta sababi. Sog'liqni saqlashligi uchun kerak bo'lgan sababni qildingiz, lekin Allohda behojat bo'ldingiz. Natija qanaqa bo'ladi? Dardingiz cho'zilib yuraveradi. Unda nima qilish kerak? Tabibda aytgani qilasiz, Allohga tavakkal qilasiz, shifoni Allohda kutasiz.

Kunlarning birida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'tirgandilar. Ali ibn Abit Talibdan bir rivoyat. Qo'lida bir kaltak bor edi. Gerni chizib o'tirdilar da, boshini ko'tarib dedilar. Ma ming kun min nafsin, illa voqodi o'lima manzilu hu minal jannati i va nar. Sizlardan biron nafs yo'qki, sizlardan biron bir nafs yo'q ki, magar uning jannatdagi va do'zaxdagi manzili ma'lumdir.

Odam bolasi borki, jannati yoki do'zaxi ekinligi ekanligi aniq. Taqdirga yozilgan. Shunda sahobalar aytishdiki, ya Rasululloh, falima na amalu afara natakin. Unda nima qilamiz amal qilib? Taqdirda yozilgan narsaga suyanib o'tira olmaymizmi deyishdi. Bir odamni Alloh Taolo do'zaxi deb yozgan bo'lsa, har qancha jannatni amalda qilsin, baribir do'zaxga tushsa. Yoki jannatiyda yozilgan bo'lsa, har qancha do'zaxiy amalda qilgan bo'lsa jannatga kiradigan bo'lsa, peshonaga yozilgan bo'lsak, nima qilamiz uni amal qilib deyishdi.

Rasululloh aytdilar la, e'malo unday emas, amal qilinglar. Fakulun muyassanun lima xoli qola. Amal qilinglar, bas, har bir kimsa u uchun yaralgan narsaga muyassar qilinadi deb ushbu oyatlarni tilovat qildilar. Fa amma man a tovattaqo va soddaqo belhusna fasano yassiruhu lili yusro.

Har bitta odam onasini qornida yuz yigirma bir kunga to'lganda farishta kelib to'rtta narsani yozadi taqdiriga. Rizqini, ajalini. Amalini va baxtli baxtsiz bo'lishini, ya'ni jannatli do'zax bo'lishini. Onasini qorinlar yozib qo'yilgan. Birinchi ikkitasi hukm bo'lib yozilgan. Keyingi ikkitasi vasf bo'lib yozilgandi. Rizqi bilan ajali hukm bo'li yozilgan. Shunday bo'lsin, dedi Alloh. Bu hukm. Menda bunga hech qanaqa o'zgartirish kirita olmaydi. Hukm bo'lib yozilgan narsalar bizni o'g'il bola bo'lishimiz, kimni farzandi bo'lishimiz, qaysi millat vakili bo'lishimiz, qaysi zamonda, qaysi makonda yashashimiz, bu hukm bo'lib yozilgan.

Rizq bilan ajal hukm bo'lib yozilgan. Bunga savob ham olmaymiz, gunoh ham olmaymiz. Endi ikkinchi qismi, qiladigan, hayotda qiladigan ishlari va baxtli baxtsiz bo'lishi. Bu vasf bo'lib yozilgandi. Qarang, Zayd musulmon bo'lsin desa, hukm bo'lib qolardi. Endi Alloh Taolo unaqa demadi. Zayd musulmon bo'ladi, dedi. Ya'ni o'zini ixtiyori bilan, o'zini qiladigan amallari bilan degani. Binobarin jannatiy do'zaxni bo'ladi dedi. Ya'n banda o'zi tollab qiladi shu ishni. Agar hayotda qiladigan ishni ishini, mana bunday amallarni qilsin, desa, unda bandada ixtiyor qolmay qolar edi. Tushundinglar a? Hayotda qiladigan ishlari bilan jannatiy do'zaxni bo'lishligi vasf bo'lib yozilgan. Ya'ni, hayotda qilayotgan ishni o'zini ixtiyori, natijasi jannatiy do'dzaxni bo'lishing ham ixtiyori.

Alloh bandasini dunyoga kirgizmasdan turib, g'ayb olamida turganda, dunyoga kirsa nima ishlarni ixtiyori bilan qilishligini oldindan bilib qo'ygan va shuni yozib qo'ygin. Shuning uchun siz birinchi ikkitasiga javobgar bo'lmaysiz, keyingi ikkitasiga jovobgar bo'lasiz, endi shuni qilish qilmaslik ixtiyoringizdan. Agar siz hadisda aytilishiga ko'ra, agar siz jannatiy bo'lsangiz, jannatga olib boradigan ishlarni qilishingiz oson bo'ladi.

Harom gunoh ma'siyat ishlarni tark qilishingiz oson bo'ladi. Hayotda qilayotgan ishlaringizga qarang. Jannatga olib borayotgan ishlarni qilishingiz osonga bo'lyaptimi? Umid qiling. Endi nima qoldi? Endi nima qildi jannatga kirishingiz uchun? Allohning rahmati qoldi. Shuning uchun hech kimning amali jannatga aniq olib kelib keta olmaydi. Faqat Allohning rahmati bo'lgandan keyin, lekin banda Allohning rahmatidan umid qilish uchun hayotda solih amallarni qilgan bo'lishi kerak.

Amal qilinglar va bilinglarki, albatta sizlar muyassar qilinasizlar. Nimaga muyassar bo'lasiz? Alloh sizni nima uchun yaratgan edi? Rahm qilish uchummi? Demak Allohning rahmatiga muyassar bo'larsiz. Toat ibodatda bajaramiz. Ilohiy maqsadni yuzaga chiqargan bo'lamiz. Endi bitta narsa qolyapti. Allohning rahmati, fazli.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so'rashdi. Aro ayta adviyatan natadavab beha, va ruhon nastarqiy beha, va to'qon nattaqiy ha. Xal taruddu min qodariy lahi shay'an. Yo Rasululloh, shifo topish uchun biz ichayotgan dori, biz o'qiyotgan ruhiya, biz himoyalanish uchun qilayotgan sabablar Allohning qadarini o'zgartiradimi?

Biz dori ichyapmiz, Alloh Taolodan taqdiriga kasal bo'lish yozilgan. Shu taqdirga yozilgan narsani qaytaradimi? Payg'ambarimiz aytdilar, xia min qodiringlar. Ana shu dori ichish ham qadrdon dedilar. Ya'ni dorini ichsang, shifo topish degan variant ham yozilgan taqdirga, ichmasang kasaling davom etadi degan variant ham yohilgan.

Tashqarida yomg'ir yog'yapti. Tashqariga chiqasiz, boshingiz ho'l bo'ladimi, bo'lmaydimi? Taqdirda yozilgan bo'lsa, ho'l bo'ladi deysiz, taqdirdayozilmagan bo'lsa,ho'l bo'lmaydi deysiz. Qaysinisi bo'ladi chiqsangiz hozir? Zontik ushlasangiz ho'l bo'lmaydi, zontik ushlamasangiz boshqa ho'l bo'ladimi? Ko'rdingizmi? Ikkala variant ham yozilgan. Faqat siz sababini qilib chiqgandingiz, ho'l bo'madi.

Otni minib keldi, baylash kerakmi, baylamaslik kerakmi? Baylasang turadi, baylamasang ketadi. Demak, kasal bo'lish ham Allohni qog'ozida bor. Shifo topish ham Allohni qozosida bor. Dori issangiz, shifo topish qozosiga o'tdingiz. Agar dorini ichmasangiz, kasal qolishlik qozosida qoldingiz.

Taqdirga sizni aziz mukarram bo'lishingiz ham yozilgan. Variant a. Sizni xor bo'lishingiz hamyozilgan. Variant b. Qaysinisini sababini qilsa, shunisi keladi. Lekin ikkala variant ham bor. Tushuntira oladimmi? Bittasi albatta bo'ladi. Mashhur qissa. Umarom xattob roziyallohu anhu xalif bo'lib turgan paytda mamlakatdan aylanib yurar ekan, shom yerlariga keldi, o'zini jamoasi bilan, karvoni bilan. Shu paytda shomda vabo kasali tarqagan edi. To'xtab qoldi, kirgani ikkilandi. Chunki vabo bor u yerda. Qaytmoqchi bo'ldi kirmasdan. Shunda Abu Bayda radiyallohu anhu va Amirali Mo'miniy: Allohni qozosidan qochasizmi? Allohni taqdiridan qochasiz mi dedi.

Kirgani qo'rqyapsizmi? Kirsam kasal yuqib qoladi deb qo'rqiyapsizmi, deganida. Deganida, e abu bayda dedi umarulloh xatto. Shu gapni boshqasi aytsa bo'lar edi. Ha, Allohni qadaridan, Allohni qadriga qochyapman, dedi. Kirsam vabo kasal yuqushi ham taqdirdan bo'ladi, kirmasam yuqmasligi ham taqdirdan bo'ladi. Allohni taqdiridan Allohni taqdiriga qochyapman dedi. Allohni qazosidan Allohni qazosi qochyapman.

A ro'parangizda ikkita vodiy turibdi. Bir to'p qo'yni haydab ketyapsiz. Bittasida qurib qaqshab ketgan hamma yoq. Ko'kat yo'q. Ikkinchisi ko'm ko'y ham yashil bo'lib turibdi. Qasinga haydaysiz qo'yingizni? Alloh bugun qo'ylarimni qornini to'yishini yozgan bo'lsa, sahroga haydasam ham bo'laveradi deb turib haydab ketasizmi?

Yo'q, bu yoqqa haydaysizmi? Demak, u ham qazo qadar, bu ham qazoyi qadar. Siz nima qilasiz? Tanlaysiz. Biz taqdirimizga nima yozilganini bilmaymiz. Ammo o'zimiz xohlagan natijaga erishishiga tushun, bizga bog'liq bo'lgan sababni qilamiz. Sababni zo'r qilamiz, sababni zo'r qulamiz, keyin xuddi sabab qilmagandaqa parvardigor o'zingga tavakkal qil deb yalinamiz.

Undan keyin nima bo'lsa, demak Alloh shuni taqdir ekan deymiz. Taqdir vasf bo'lib yozilgan qismi bor, hukm bo'lib yozilagan qismi bor. Ixtiyorimizdan tashqari bo'lgan ishlar bu hukm bo'ladi. Millatingiz, qaysi joyda yashashingiz, kimni farzandi bo'lishingiz, bu rizqingiz hukm.

Endi qiladigan ishlaringiz sizni ixtiyoringizda. Bu vasf bo'lib yozilgan. Natija ham vasf bo'lib yoyilgan. Aqlu qovli ha da vastavfirullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish