Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamiy, vassalatu vassalama ala shirofil mursaliy va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatu nafs darslaridan birodarlar, sabablarni qoyim qilish manzillatini qo'yayotgan edik, davom etamiz.
Qazoyi qadar ga aloqador bo'lgan bir qancha oyatlarni o'qiymiz. Taqdir, qazoyi qadar. Alloh taolo bandalarni taqdirini hal qilgan, taqdirni bitib qo'ygan, undan oshig'i ham bo'lmaydi, kami ham bo'lmayd. Bu bizning e'tiqodimiz. Lekin bandalar o'zlariga bog'liq bo'lgan sabablarni qilishlikka mas'ul va ma'mur. Sababni qiladi, undan keyin qanaqa natija bo'lsa, alhamdulillah robbilar alamin deydi. Astabi billa?
Vo immen shay in illa indana hozainuhu vama nuna ziluhu illa bi qodari ma'lum. Har bir narsaning asli manbai bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni aniq o'lchov bilan sizlarga tushuruvmiz. Rizqimiz Alloh Taoloning huzurida, Alloh Taolo tushiradi o'lchov bilan.
Boshqa oyatda aytadi, innna kunla sha in holaqunah hu biqadar. Albatta biz har bir narsani aniq o'lchov bo'lganmiz, taqdir bilan yaratganmiz, o'lchab qo'yganmiz. Valiqomara qotdarna hu mana zelahatta a'dakal urjunil qodim. Biz oyni ham toki u eski xurmo butog'i kabi egilib hilol holiga kelib qolgunicha bir necha manzilga belgilab, tayinlab qo'yganmiz, taqdir qilib qo'yganimiz. U belgilangan, taqdir qilingan o'lchovdan tashqariga chiqa olmaydi.
Va Alloh yuqadiru layla va nahar. Kechani ham, kunduzni ham soatlarini Alloh Taolo belgilaydi. Voya rizqu hu meni hayzullohi yaxtasiydi. Va man yatavakkal alallohi fahva hasbuhu, innalloha bali g'o amrihi qotija alallohu likunli sha'in qodirog'. Kim taqvo qilsa, Alloh uni u banda o'ylamagan tomonidan rizqini yetkazib qo'yadi. Kim Allohga tavakkal qilsa, bu odamning ishi Allohni qo'lida bo'ladi. Albatta Alloh o'zi xohlagan ishiga yetguvchidir. Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor o'lchov qilib qo'ygandir. Ya'ni taqdir qilib qo'yganman har bitta narsani deydi.
Hammani bir xil qilib qo'yslikka Alloh Taolo rizqini bir xil qilib quvishlikka qodir. Alloh hammani bir xil boy qilib qo'yingizga qodir. Lekin nimaga birovni boy bo'lishini taqdir qildi? Birovni faqir bo'lishini. Alloh Taolo buni rizqini bir xil qila olmaganligidan, ojizligidan emas, xosh alaylar. Alloh saqlasin. Bir bandani rizqi keng, bir bandaniki tor. Bu imtihon uchun, adab berishlik uchun. Mana Alloh Taolo, agar hammani boy qilib qo'ysa, nima bo'lishligini aytyapti. Faraz qiling, hamma boy.
Zo'r bo'lamidi? Ha, siz zo'r bo'ladi deb o'ylaysiz, insoniy aqliy, ojiz aqlingiz bilan. Zakotni kim oladi undan? Astaydi dedilar a? Valau basatallohu rizqoli abadihi la bag'av fil ard. Va lekin yunas dilu beqodarin ma yasha'a innahudiy abadihi xobirun basir.
Agar Alloh hamma bandalarni rizqlarini keng mo'l qilsa, ya'ni hammani boy qilib qo'ysa, kambag'al bo'lmasa, muhtojlik bo'lmasa. Nima bo'lardi? Albatta ular yer yuzida zulm, tajovuzkorlik qilgan bo'lur edilar. Ana nima bo'lardi? Lekin u zot, bandalarning rizq ro'zlarini o'zi xohlaganicha o'lchov bilan tushurur, albatta u bandalaridan og'oh va ko'rib turuvchidir. Mana nima bo'lardi ekan?
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Alloh Taolo bu borliqda hamma narsani nizom bilan, tartib bilan, o'lchov bilan yaratib qo'ygan. Alloh azza va jalla bu koinot ustiga qo'ygan qonunlari bor, sabablari bor. Bu borliq sabab va natijalar qonuni ustida turadi. Sabab va natijalar. Semirib ketdingiz. Bu natija. Uni sababi bor. Nima edi u? Yaxshi bilasizlar uni nimaligini. Yeyishda tartib yo'q, ko'p ovqatlanadi, jismoniy harakat yo'q, sport bilan shug'ullanish yo'q. Shular sabab bo'ldi, keyin qarabsizki, vesiz katta yeb ketdi, qonda chiqib ketdi.
Biz o'zimizni mo'min deb da'vo qilar ekanmiz. Alloh taoloning mana shu qonunlariga beparvo bo'lishimiz yarashmaydi. U qo'yilgan qonun qoidalarga, sabablarga bepisand bo'ladigan bo'lish, siz bilan bizni birodarlar mashaqqatli holatlarga olib kelib qo'yadi. Sabablarni qoyim qilmaslik.
Qaysi muammo bandda sabablarga beparvolik qilsa, u odam Allohga nisbatan beadublik qilgan bo'ladi. Tushunarlimi? Uzoq safarga ketayotgan odam, albatta mashinasini ham yog'ini qarashligi kerak, imkon boricha tekshirishligi kerak. Mana shular sabablarni qoyim qilishlik deyiladi. Yog'ini qaradi, xadovoyini qaradi, antifrizini qaradi, khullas karobkasini qaradi, balonini qaradi. Hamma yoqda ko'rib chiqdi.
Shunda ham mashinasi buzilib yo'lda qolib ketgan bo'lsa, endi Allohning taqdiri. Endi u gunohkor emas. Chunki nima qildi? Sababini qildi. Biroq qiz ko'rmayapti. Qiz farzandli bo'la olmayapti. Hamma yoqda qildi, bo'lmayapti. A demak, yo'q ekan taqdirda. I yoki aksincha, o'g'il ko'ra olmayapti. Hammani sababini qild. Bo'lmadimi? Endi nima qilish kerak bular? Endi rozi bo'lib qabul qilish kerak.
Bizni taqdirga roziligimiz birodarlar qalbimizga xotirjamlik beradi. Chunki siz hamma sababni qo'l u desam bo'lmadimi? Demak, Alloh shuni xohlamagan ekan deysiz da, xotirjam bo'lasiz. Tushunarlimi? Nimaga pul topmayapsan? Nimaga onalarda ishlab kelmayapsan? Deb otalar bolalarni malomat qilmasin. Agar ishlayotgan bo'lsa bolalar. Demak hozir emas ekanda. Kelajakda bo'lar ekanda.
Agar biz sababni qilmasak, alloh bilan bir odob bilan muomala qilmasak,alloh taoloni hargiz nusratiga haqli bo'lmaymiz, qo'llashiga loyiq bo'lmaymimiz. Masalan, o'zingizni bir xususiy chastniy maktabingiz bor. O'ziga yarasha tartibi bor. Soat sakkizda o'quvchilar kelishi kerak. Kim kech qolsa, kirmaydi. Endi yaqin guruh do'stingizni, o'rtog'ingizni, bolasi sizni maktabingizda o'qiydi, doim to'qqizda keladi. Nima qilasiz? Kiritavorasizmi? Yo'q. Tartib bor, intizom bor. O'rtog'ingiz xafa bo'lsa chi? Xafa bo'lmasa ham mayli. Agar u o'rtog'i sizni hurmat qilsa, bolasini kirgizmasangiz, xafa bo'lmalar kerak. Chunki nima bor? Tartib, intizom bor! Shuning uchun Alloh Taolo qo'ygan tartib, intizomnini sababdi, mo'minlar qilmasa, mo'minlarga ham ta'sir beriladi.
Biz oldimizga qo'ygan maqsadga yetishlik uchun bizga bog'liq bo'lgan sabablar bor. Maqsadimizga yetishlik uchu qilishimiz kerak bo'lgan sabablarni gaplashyapmiz. Biz birovga sababni mukammal qil deya olmaymiz. Sababi, inson o'zi ojiz bo'lgandan keyin sabablari ham mukammal bo'lmaydi. Hech kim mukammal qila olmaydi. Garchi mukammal qilib yuborish qo'lidan kelsa ham, Alloh xohlamasa bo'lmaydi u ish. Ma'qulmi?
To'qson minut yugurasan, bitta rekashet bilan gol yutkazding da. Chiqib olib bir birimizni yoqamizdan olmaymiz biz. Chunki bor kuchimizni sarfladik. Uni nima qilish kerak? Endi qabul qilib rozi bo'lishlik kerak. Masalan, Alloh Taolo mana shu koinotga qo'ygan qonunlar. Siz uni tan olasizmi, tan olmaysizmi, u qonun ishlaydi. Qaytarib yotaman. Haligi qonunni bilmasdan buzib qo'ysangiz, men bilmagan ekanman qonun borligini desa, qonunni bilmaganligi sizni javobgarlikdan ozod qilmaydi yu.
Xuddi shunga o'xshagandek, Alloh Taolo bu bu koinotga qo'ygan qonunlari bor. Siz uni bilasizmi, bilmaysizmi, tan olasizmi, olmaysizmi, ishlaydi ustingizda. Masalan, osmonda uchib ketayotgan samolyotdan irg'ib yuborgan odamni tirik qolishi mahol. Siz uni biluvdingizmi, bilmovdingizmi, irg'isangiz o'lasiz.
Yana qaytarib aytaman, bu qonunlar siz bilsangiz, bilmasangiz, tan olsangiz, olmasangiz nima bo'ladi? Ustingizda ishlaydi. Hozirgi kundagi musulmonlarni ahvoli ham ana shu azizlikka sabab bo'ladigan ishlarni qilishmadi. Xorlikka sabab bo'ladigan ishlarni qildi, garchi musulmon bo'lsa ham ummatni oxirgisi bo'lib qoldik siz bilan biz.
Hozirgi kundagi musulmonlarni ahvoli mana shu Alloh tomonidan berilayotgan odob bo'ladi, birodarlar. Sabaviyat qonuni. Birodarlar, barcha mavjudotlar Alloh Taoloning irodasi bilan vujudga keladi. Allohni xohishisiz hech narsa bo'lmaydi. Alloh xohlagan narsa bo'ladi, Alloh xohlamagan narsa bo'lavermaydi. Endi, sababiyat qonuni haqida bizni e'tiqodimiz qanaqa bo'lishi kerak? Banda qilish kerak bo'lgan sabablar.
Demak, oldimizda ikkita narsa turibdi. Allohni xohishi va bandalarni qilish kerakbo'lgan ishi. Asliy sabab, tayin qilingan sabab deyiladi. Oldimizda ikkita sabab bor. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Asliy sababi nima? Allohni xohishi. Tayin qilingan safar bandalarni qilish kerak bo'lgan ishi. Tushunarli bo'ldi a? Asliy sabab allohni xohish, tayin qilingani sabab bandalarni qish kerak bo'gan ishi.
Masalan, yomg'ir yog'ishi o'simliklarni o'sishiga sabab. Olov qog'ozni yonib ketishiga sabab. Suv chanqog'ning qolishiga sabab. O't kuydirmaydi o'zi, agar alloh xohlamasa. Suv chanquqni qoldirmaydi, agar Alloh oxlamasa.
Ko'katni suv o'stirmaydi, Allohni xohish o'stiradi. Qog'ozni o't kuydirmaydimi, Allohni xosh kuydiradi. Suv chanqiqni qoldirmaydimi, Allohni xohish qondiradi. Tushunarlimi? Bu suv, o't, yomg'ir, bu bor yo'g'i sabablar. Farzand dunyoga kelishiga ham erkak ayolni birga bo'lishligi sabab. U tayin qilingan sabab xolos. Agar Alloh xohlamagan bo'lsa, farzand bo'lmaydi. Tushunarlimi?
Mana shu bandalar qiladigan sabablarning hech narsa emasligini Alloh Taolo ba'zida ko'rsatib qo'yadi bizga. Nima deymiz? Masalan, Ibrohim alayhissalomni qavmi kuydirib o'ldirishlik uchun judayam katta miqdorda o'tin yig'ishdi. Ikki qavatli imoratchalik keladigan o'tinni yig'ishdi, o'tni yaqishdi.
O't shunday baland yondiki, yoniga kelishni iloji bo'lmay qoldi. Mana sabab bor. Odamlar o'zlariga bog'liq bo'lgan sababni qilishdi. O'tni gulxanni judayam katta qilib yoqdi. Ibrohim alayhissalomni manjaniqqa o'tkazib otishdi. O'tni ichiga tushdi. Endi nima bo'lishi kerak? Odamlarni tasavvurida? Kuyib ketishi kerakmi? Xo'p, kuydimi? Kuymadi. Demak o't kuydirmas ekan. O't kuyishlikka bor yo'g'i nima ekan? Sabab ekan. O't kuydirmasa ekan, nima kuydirar ekan? Allohni xohishi kuydirar ekan.
Demak, bandalarni qilayotgan ishi hech narsa emas. Allohni xohishi eng asosiy narsa ekanligini ko'rsatish uchun Alloh ba'zida mana shu narsalarni ko'rsatib qo'yyapti. Ikkinchi misol. Tushundinglarmi nima haqida gap ketyapti? Seni yugurganing hech narsa emass. Natija Allohni qo'lida. Ismoil alayhissalomni otasi Ibrohim alayhissalom yerga yotqizdi, oyoq qo'lini bog'ladi, pichoqni tomog'iga qo'ydi, tortdi.
Ismoil alayhissalomni so'yilishiga, qoni oqishiga sabab qilindi. Kesdimi pichoq? Nima uchun kesmadi? Chunki Alloh kesilishigina xohlamadi. Demak, pichoq kesmaydi. Nima kesadi? Allohni xohishi. Yana bir misol. Yunus alayhissalomni qavm kemadan dengizga uloqtirdi. Cho'kib o'lishi uchun. Kamiga yetmagandek katta kit yutib dengiz tagiga olib tushib ketdi. Kitni qornida, dengizni tubida qirq kun qolib ketdi. Yunus alayhissalom o'lishi uchun sabablar qilindi. Lekin o'ldimi?
Nima uchun o'lmadi? Alloh xohlamagan edi. Demak, suv cho'ktirmaydi. Havosizlik o'ldirmaydi. Allohning xohishi o'ldiradi. Assalomu alaykum alaykum, kechagi qori akalarimiz o'qidi. Mingta xotinim bor edi. Bir kechada aylanib chiqaman dedi. Hammasi bittadan o'g'il tug'adi dedi. Sababini qildi, aylanib chiqdi.
Nima bo'ldi? Yarimta bola tug'ildi. Men qilaman o'ttiz, Xudoyim qiladi to'qqiz. Demak, to'qqizda u. Tayin qilingan sabab, inson qilishi kerak bo'lgan ishlar, lekin baribir kimni xohishi bo'ladi? Allohni xohishi bo'ladimi. Yana misol.
Bir odam boy bo'lmoqchi. Endi bu yerda ikkita sabab kerak. Bandani qiladigan ishi va Allohnin xohish. Alloh sizni boy bo'lishingizni xohlagan, xohlamaganni bilasizmi siz? Bilmaysizmi? Taqdiringizni bilmaysiz. Demak, buni qo'yasiz. Allohning xohishi nima ekanligini bilmaysiz. Buni qo'yasiz da, o'zingizga bog'liq bo'lgan sabablarni qilasiz. Endi menga aytinglar, boy bo'lish uchun nima qilish kerak?
Ana shu sababi qaysi? Ishlash kerak. Ishlash kerak? Ishlash kerak. Qaminglar boymisizlar? Hammanglar ishlayapsizlar, hammanglar boymisizlar? Yo'q. Yema, ichma, bo'l baxil. Boy bo'lmasang, men kafil. Bekorlarni beshtasini aytibsiz.
Agar insonni qilgan sababi albatta natijani olib keladigan bo'lsa, hammamiz ishlayapmiz, birodarlar. Demak, sizni boy qiladigan nima ekan? Allohni xohishi. Endi uni bilmaysiz da siz. Lekin insoniy sababni qilyapsiz. Endi bo'lmayapsizmi boy? Demak Alloh xohlamagan ekanda endi, demak Alloh xohlagan ekanda rozi bo'ling. Mana shu rozi bo'lishi sizni boyligingiz.
Endi domla nima bo'ldi? Umid tuzamizmi endi boy bo'lishdan? Qayerdan bilasiz? Bir yil bermas, keyingi yil berar. O'n yildan keyin berar. Siz sababni qilishingiz kerak. Xo'p, bir odam unaqa qildi. Ishladi, ishladi, yana ishladi, baholanib bo'ldi, boy bo'ldimi? Yo'q. Har qancha sababni zo'r qilmang. Agar Allohni xohishi bo'lmasa, siz boy bo'lmaysiz. Chunki ishlayotgan hamma odam boy emas da. Va ishlamayotgan hamma odam kambag'al ham emas da. To'g'rimi? Ishlamagan ham katta katta tishlab yuribdimi? Nima uchun?
Alloh xohlagan ekan. Yoki biror farzandli bo'lishni maqsad qildi. Maqsadga tushishni nima qilish kerak? Uylanish kerak va harakat qilish kerak. Endi, shu ikkala ishni qilgan hamma farzandli bo'llayaptimi? Yo'q, demak Allohni xohishi. Xo'p, eng asosiy narsa Allohni xohish ekan. Nima? Unda sababni qilmaslik kerakmi? Yo'q, sababni qilasan. Sababni qilsan, va asosiy narsa sababmas. Allohni xohishi deysan.
Bu uni qilsin, uni qilish kerak. O'sha tabiblar aytyaptimi? Mana buni qilish kerak, qilish kerak! Lekin eng muhimi, qanaqa natija bo'lsa ham rozi bo'lishingiz kerak. Shunisi bilan musulmon odam boy bo'ladi, shunisi bilan odam musulmon odam baxtli bo'ladi. Nimasi bilan? Taqdirga roziligi bilan. Sizni qilgan ishingiz yuz foiz maqsadga yetkaza olgan sabab bo'lmaydi.
Demak, suv ko'katni o'sishiga sabab xolos. Suv o'stirmaydi. Allohni xohishi o'stiradi. Olov, qog'ozni kuyishiga sabab xolis. Qog'ozni olov kuydirmaydi, Allohni xohish kuydiradi. Pichoq kesmaydi, Allohni khushi kesadi. Balandlikdan qulash odamni o'ldirmaydi. Balandlik sabab xolos. Insonni Allohni xohishi o'ldiradi. Dalil o'sha avia katastrofa bo'lib turib, ikki yuzta odamdan ikkita odam tirik qolibdi deydi.
Yuz to'qson sakkizta odam o'ldi tushib. Objagi chiqib ketdi. Lekin ikkita odam tibbiy qoldi. Demak Alloh xohlamagan ekanda. Agar balandlik o'ldirsa, hammasi o'lishi kerak edi. Haligi kreslasi bilan qorga sanchilib qoldi deydi, daraxt kelishib qoldi, xullas, binasa bo'ldi, tirik qoldi da. Endi oldimizga qo'ygan maqsadga yetish uchun ikkita narsa kerak ekan, ikkita sabab. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Asli sabab Allohni xohishi ekan, tayin qilingani sabab, bandani qilish kerak bo'lgan ish ekan. Buni hal qildik a? Endi tayin qilingan sabab ham ikkiga bo'linadi. Qaysi sabab edi bu?
Inson qilishi kerak bo'lgan sabab. Inson his qila oladigan sabab bor va inson his qila olmaydigan sabab bor. Siz qila oladigan ishlarni sabablarini ikkiga bo'lamiz. Siz his qila olasiz, tushuna oladigan sabablar bor va siz tushunmaydigan sabab bor bor. Masalan, bir odam bekam u ko'st, boy badavlat, keyinchilikda xotirjam, sog'liq yashamoqchi. Sog'lom yashamoqchi, uzoq umr ko'rmoqchi. Endi, bu maqsadiga olib boradigan ishlar uchun sabab kerak. Aqlga keladigan birinchi sabab qaysi?
Mana siz bilan biz his qiladigan sabablar. Nima qilish kerak? Yema ishlash kerak. Ishlash kerak, ishlash kerak mana shu xullas, endi boy bo'lamiz deyapsiz. Va bu mehnat qilish kerak degan gapni kopir ham aytyapti, musulmon ham aytyapti. Va hamma shu ishni qilyapti. Chunki nima qilyapti bu sababni? His qilyapti, tushunyapti, anglayapti. Shuning uchun hamma ishlayapti. Endi, siz badavlat bo'lishingiz uchun, mo'lko'l yashashligingiz uchun, qilish kerak bo'lgan ikkinchi sabab bor. Siz his qilmaydiganingiz. Nima u?
Singling rahim. To'ppa to'g'ri. Ehson, xaloyiqqa yaxshilik qilish, duo olish. Ehson qil. Rizqing keng bo'ladi desa, iymon e'tiqoddan uzoq odam, iye deydi, pulini bersam deydi. Qanaqa qilib bu vo'tkul yashayman deydi. Tushunmaydi, ko'rdingizmi?
His qilmaydi deyotganda shuni aytyapmiz. Xohlang banissi degan ko'rib qo'y desa, vaqtim yo'q deysiz. Nimaga desangiz, ishdan qolasiz da. Ishlashdan maqsad boy bo'lishidan. Endi ammeni, xolangni xabar olgani borsang, risqing keng bo'ladi, cda rahmda qilsang zo'r bo'ladi desa, meni boy bo'lishimga nima aloqasi bor buni deydi. O'shaning uchun aytyapmiz da, his qilmaydigan deb.
Endi tushundinglarmi his qilmaydigon sababni? Yana boshidan boshlaymiz. Maqsadga yetish uchun ikkita sabab bor. Allohni xohishi va bandani qiladigan ishi. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Biz asliy sababni nima ekanligini bilmaymiz. Allohni xohlashini bilmaymiz, buni qo'yamiz. Bizga nima qoladi? O'zimizga bog'liq bo'lgan sabablar qoladi. U sabablar ikki xil bo'ladi. Siz his qila oladigan, tushunadigan va siz his qilmaydigan. Siz tushunmaydigan. Xo'p, endi biz qilishimiz kerak bo'lgan, tayin qilingan sababni ikkalasini ham qildik. His qilinadiganda ham, his qilinmaydiganda ham.
Endi aniq boy bo'lamiz deymizmi? Baribir shunga borib taqaldimi? Siz his qilinadigan sababni ham, his qilinmaydigan sababni ham zo'r qilib qildingiz. O'shandan keyin nima deysiz? Alloh xohlagan bo'lsa bo'ladi deysiz boylikda. Odamlarni juda ko'p qismi, xususan musulmon birodarlarimizni ham juda ko'pqismi mana shu tayin qilingan sababni ikkinchisi, his qilinmadigan sabablarga juda e'tiborsiz.
O'shaning uchun ishlayveradi, ishlayveradi. Ishlayveradi barakasi bo'lmaydi. Payg'ambarimiz aytganlaridek, kim umrini uzun, rizqini keng bo'lishini xohlasa, siylay rahmni o'ngiga qo'ysin deydi. Alloh yo'lida qilgan ehsoninglarni alloh taolo o'n barobar, yetti yuz barobar undan ham ko'proq qilib qaytarib beradi deydi.
Siz ikkala sababni ham qildingiz, tavakkalni ham qildingz, eng asosiysi, o'sha sababni qilganingizdan keyin, allohga tavakkal qilganingiz dan keyin, nima bo'lsa ham, qanaqa natija kelsa ham, rozi bo'lib qabul qilsangiz, demak siz saodatli bo'lasiz. Aquli qovli ha'da, va astag'firullohu alayhi valakum, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu.