Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalama ala shirofil mursalil va ala alixiyos hadixiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslaridan birodarlar sabablarni qoyim qilishlik manzillatini o'qiyotgan edik. Abdulloh imenno shayton rajim. Vahvol ladiy yursilur riya ha bush rombayna yaday rahmatiy. Xatta ida aqallat sahaban fiqolon suqina huli baladiy mayyit. Fa anzamna bihil ma'a, fa axrojin abiyhi ming kunlik samarot, kadha alka yuxri jul mavta la'alla kun tazakkurun.
U alloh shunday zotki, o'z rahmatining oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborur. Allohni rahmati bu yomg'ir. Yomg'irdan avval shamol keladi. Qachonki ular vazmin bulutlarni ko'tarib kelgach, biz uni bulutni chanqoq, o'lik shaharga yog'dirurmiz. Bas unga suv yomg'ir yog'dirib, uning yordamida har turli mevalarni chiqaravermiz.
Alloh taolo o'lik shaharni ustiga yomg'irni yog'dirib, shu yomg'ir sababli xilma xil ko'katlarni mevalarini chiqarishligini aytyapti. Alloh azza va jalla biror narsani xohlasa, biroz sababni qilishi shart emas. Innallohu ala kulli shayin qodir. Alloh har narsaga qodir. Yosin surasida allohni olayotgandek, innama amruhu ida aroda shayan, an yaqul ala hu kun. Faya kun, alloh taolo bir narsani xohlasa, shu narsaga bo'l deydi, bo'ladi. Hech qanday sababni keragi yo'q. Lekin alloh bu oyatda o'lik shaharni suv yordamida, suv sababli tiriltiramiz deyapti. Ya'ni bandalari ta'lim olsin. Maqsadi yetishlari uchun o'zlariga lozim bo'lgan sabablarni qilishsin. Demak, bug'doyni yoki ko'katni chiqishiga yomg'ir sabab bo'lyapti. Yomg'irni paydo bo'lishiga birodarlar dengiz kerak, harorat kerak, quyosh kerak, osmonga ko'tarilishlik kerak, bo'lsa suvni bug'i to'planishi kerak. Xullas, ancha narsalar biri ikkinchisiga sabab bo'ladi da, bir narsa paydo bo'ladi. Agar Alloh Taolo bug'doyni paydo qilishini xohlasa, bu sabablarga muhtoj emas.
Hozir aytdik ku. Bo'ldi desa bug'doy bo'ladi. Lekin Alloh Taolo nimani xohladi? Sabablar bilan bo'lishligini. U inson, har bitta ishni qilish uchun sababini qilish kerak. Masalan, bir tishlab non yeyishligi uchun nima qiladi? Bug'doyni ekadi, yomg'irni kutadi, o'sishini kutadi, o'radi, tegirmonga olib boradi, un qiladi, tandir yopadi. Shuncha sababni qilgandan keyin non yeydi.
Alloh Taolo'ga bu narsalarda keragi yo'q sabablarni. Endi, bitta oyatda, f anzal na bihil ma'a. Ana shu. Bulutdan yong'inni tushirdi, shu yomg'ir sabablik o'ling yerni tiriltirdi dedi. Demak, Alloh Taolo sabab bilan qildi bir ishni. Ha, Yasin surasida bo'lsa, Alloh Taolo hech qanday sabab kerak emas, bo'ldi desa bo'ldi, degan ma'no bo'lyapti. Qanaqa qilib bir biriga bog'laymiz mana shu ikkita ma'noni?
Bu oyatlardagi ba harfi sababiya harfi deyiladi. Yerning tirilishi yomg'ir sababli bo'ladi. Daraxtlarni ko'katlanuvchidagi suv sababli bo'lad. Bulardagi aytilingan va harfi sababiyat ma'nosini bildiradi. Endi nimani bildiradi bu? Sabab bilan, sabab bilan, sanab bilan. Mana shu sabablarni bo'lishligi Alloh Taolo bu koinotni ustiga qo'ygan qonuni bo'ladi. Anavi onasi uchun mana bu narsa sabab, ma'no uchun anavi narsa sabab. Bu qonunlar. Bir odam tug'ilishlik uchun palonchi palonchi yuylanishi kerak. Bu odamni tug'ilishiga sabab. Hosil bo'lishligi uchun dehqon buden yerga qadash kerak, bunga sabab. Birodarlar, har bitta narsani sababi bo'ladi. Siz bilan bizni ummat sifatida yuksalishimizni ham sabablari bor. Bu ummatning avvali nimalarni mahkam ushlab, nimalarni qoyim qilgan bo'lsa, shuni qilamiz, yuksalamiz.
Birodalar, hatto Iso alayhissalomning onasi Maryam binti Imron homilador holatida qurigan xurmo daraxtni tanasiga suyanib o'tirarkan, Alloh Taolo aytdi va xuddi ileyki bijid in naxlati tusaq eta alayki rutaban janiya. Mana shu qurib qolgan xurmoni shoxini silkitgin, senga undan yangi, ya'ni xurmoni yangi mevalari tushadi.
Alloh Taolo qodir emasmi? Iso alayhissalomni onasiga shundaylar bir muhayyo qilib qo'yishdikka bu xurmoni. Qodir edi. Lekin shu yerda ham ta'lim beryaptiki, silkit deyapti. Undan tashqari bir homilador ayolni xurmoni silkitishgani qancha quvvati bor? Yana qurigan daraxt u. Qurigan daraftni silkit deyaptilar. Ya'ni sababini qil deyaptilar. Shuning uchun birodarlar olma pish, og'zimga tush deyish, bu musulmon odamga yarashmaydi.
Insonni maqsadiga olib boradigan yuz foiz ishlaydigan sabab bo'lmaydi. Inson qilishi mumkin bo'lgan sabablardan hech qaysisi yuz foiz natija bermaydi. Yuz foiz natijani kim beradi? Nima beradi? Allohni xohishi beradi. Pishloq kesmaydi. O't kuydirmaydi, suv cho'ktirmaydi. Bular bor yo'g'i, sabab.
Birodarlar, aniq bilib olaylikki, agar biz yuksalishimiz uchun qilishimiz kerak bo'lgan sabablarni beparvo tashlab qo'ysak, suvni oqishiga qarab qo'yib qo'yadigan bo'lsak, bu Alloh Taoloni qo'ygan koinotni ustidagi qonunlarga e'tiborsiz bo'ladigan bo'lsak. Albatta bu ishimiz uchun Alloh tomonidan bizga odob beriladi. Astaydu billah. Fa atay vahumullohu bima qoluv jannating tajri min tahdiha al anhar xolidiina fixa va dalika jaza ul muhsiniyn. Bir insonni jannatga kirishligiga uni so'zlari va amallari sabab bo'ladi. Bir odamni do'zaxga kirishligiga uning so'zlari, amallari sabab boradi. Ular sabab. Agar Alloh xohlasa, yana jannatga kirasiz. Sababingiz ham hech narsa bo'lmay qolishi mumkin. Alloh Taolo aytadi, bas, shu gaplari sababli, Alloh ularni ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy yashaydigan jannatlar bilan mukofotlaydi. Demak, nimasi sababli? Aytgan so'zlari sababli. Boshqa oyatda, dha leka jazayna hun bima kafaru fahal nujaaziy illal kafur.
Kofir bo'lganlari sababli, ularni mana shu jazo bilan jazoladik. Kofir bo'lganligi sababli. Uni ham sababi bor, buni ham sababi bor. Birodarlar, biz mana shu koinotni ustiga qo'yilgan qonunlarni bilsak, Alloh bilan muomala qilishimiz oson bo'ladi. Ana shu qoidalarga rioya qilsak, amal qilsak, hayotimiz osuda bo'ladi, hayotimiz saodatli bo'ladi. Ko'zlagan maqsadimizga osonlik bilan yetamiz.
Buni bir misol bilan tushuntiramiz. Katta bir zavodni direktori aytyapti ishchilariga. Mana bu qonunlar, tartiblar, yangi tartib, yangi qonun. Kim mana shu qoidalarni, qonunlarni yil davomida bir marta buzilmasa, mukofot bor. Yil davomida bir marta kech qolmasa ishga, unga alohida mukofot bor. Yil davomida ishchilar o'zini normasini kamaytirmasdan bajarsa, unga ham alohida mukofoti bor. Mana qoida aytildi. Endi bu direktor bilan xo'jayin bilan qilinadigan muomala juda oson.
Nima qilsangiz u sizdan rozi bo'ladi, nimada qilsangiz norozi bo'ladi. Nima qilsak mukofot olasiz, nima qilsak jazo olasiz. Qonun bor. Qonunni bilsangiz, ishingiz tekkis ketgandek, zavodda, bu koinotga qo'yilgan Allohnin qonunlarini bilsangiz va unga amal qilsangiz, Alloh bilan bo'ladigan muomalangiz ham birodarlar, tekkis bo'ladi.
Bu yerda qarindosh, jiyani, urug'i degan gaplar bo'lmaydi. Ish zavoddagi ishchilarni hammasini shansi bir xil bo'ladi. Nima sababli? Qonun qoida sababli. Agar shu qonun qoida bo'lmasa zavodda, direktor nima qiladi? O'ziga qarashli odamlarni singli edi, o'ziga qorashli bo'lmaganlarni nima qiladi, chekkaga surib yuboradi. Lekin Alloh bilan muomala qilishlik oson. Nima uchun?
Qonun bor. Shariat bor, din bor. Mana shu shariat degan qonun bilan, din degan qonun bo'lgan yashasangiz, Alloh bilan muovinlaringiz tekkiz bo'ladi. Mana shu dunyo maydonida, dunyo ishlarida peshqadam bo'lishlikka joriy qilib qo'yilgan sabablar bor. Shu sababni kim qilsa, Alloh shuni ko'tarib yuboradi dunyo maydonida. Musulmon ko'pligiga qaramaydi.
Yana qaytarib aytaman. Dunyo ishlari da, dunyo maydoni da yuksalish uchun qo'yiladigan sabablar bor. Allohni qo'ygan sabablari. Kim shu sababni zo'r qilsa, Alloh shuni ko'taraveradi dunyo maydonida. U musulmonmi, kofirmi muhim emas. Tushunarli bo'ldimi? Mana it sohasini olsangiz, mana yigirma birinchi asrda eng peshqadam hunarlaridan.
Hindlar birinchi o'rinda ekan. Nima uchun? Axir ular mushrik ku. O molga sig'inadi. Nima uchun? Hozirgi biz aytayotgan qonunga rioya qildi da. Texnologiya bo'ladimi, sport bo'ladimi, ilm farq bo'ladimi, agar qaysi millat, qaysi xalq vakillari shu sohada sabablarni zo'r qilsa, Alloh o'shalarga berib yuborar ekan. Garchi ular musulmon bo'lmasa ham.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hayoti siz bilan bizga ibrat. Mana u zot sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilganlarida o'nga yaqin sabab tiqildilar. Xabarni maxfiy qildilar. Abu Bakr Siddiqni uyiga xabarni aytgani borganlarida kun issiq paytida chiqdilar, chunki kun issig'ida Makkada ham uyda o'tirar edi. Yuzini to'sib oldilar. Abu Bakrdagi uyga kirib turib, qizlarni chiqaring, eshitib qolmasin dedilar. Hijrat qilinadigan paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tuyasini minib, Madina tomonga qarab, shimolga qarab yurmasdan janubga yurdilar. Bu ham bitta sabab edi. Chunki kurash istasi shu yoqdan isitilardi da shimol tomonidan. G'orga chiqib o'tirdilar, lekin bularni bittasi ham foyda qilmadi.
Chunki kur ashning ishqiborlari yuzta tuya mukofotida har tomonga yurishdi da, rasulullohni yashirinib o'tirgan savr g'origa ham chiqtishdi. Topib kelishdi. Har qancha qo'yni haydab, rasululloh mingan tuyani izini yopishga harakat qilmasin, baribir topib chiqishdi. Abu bakr siddiq roziyallohu anh bilan payg'ambarimiz g'orda o'tirar ekanlar, ular g'orda og'ziga kelishdi. Abu bakir siddiq ularni oyog'larini ko'rib turdi va yig'ladi.
Nimaga yig'layapsiz ey abu bakr? Yo rasululloh, hozir engishib oyog'ini tagiga qarasa, ko'rib qolishar edi. Shunda rasululloh robbisiga tavakkalni eng zo'rini qilgan, robbisini qo'llashiga iymoni komil bo'lgan zot, ma vannuka ya abubakr bi isnain allohu salatu ma dedilar.
Ey abubakr, uchinchi sherigi alloh bo'lgan ikkita odam haqida nima deysiz? Qanday gumondasiz? Biz ikkitamiz o'tiribmiz, uchinchi sherigimiz Alloh deyapti. Qarang da, aytdik ku, sizni dunyoda ko'zlagan maqsadingizga olib boradigan, yuz foiz sizni yutuqqa erishtiradigan, sabab yo'q siz qiladigan, sizni qilgan sababingiz yuz foiz natija bermaydi.
Yuz foiz natijani Allohni xohishi beradi. Lekin siz sababini qilishga ma'mursiz. Mana Rasululloh o'nga yaqin sababni qilsalar ham, baribir foyda qilmadi, o'shanga istab kelishdi. Endi Rasululloh orada o'tiribdilar, mushriklar gaplashib turishibdi. Rasululloh bilan abubakr siddiqni qiladigan bitta ish sababi qoldi. Bitta sabab qoldi. Nima edi u?
Jim o'tirish edi. Oxirgi sababni ham qilishdi, Allohni najot berdi. Mushriklar g'orga kirmadi ham, engishib qaramadi ham, tushib ketishdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga ixtiroat qilib borib oldilar. Demak, birodarlar, yana qaytarib aytaman. Biz maqsadimizga yetishish uchun qiladigan sabablarimizni ichida yuz foiz rezultat beradigan sabab bo'lmaydi.
Yuz foiz rezulutat Allohnin xohishi. Asarlarda keltiriladi. Men akalab to'g'ri olaman, faqat ana ala qotli nafsixiy. Kim tuproqni yesa, o'zini qatliga ko'mak beribdi. Qo'lingizdagi olmani yuvmasdan yeyishingiz ham mumkin, yuvib yeyishingiz ham ham mumkin. Yuvma yesangiz kasal bo'lish ehtimoli bor. Yuvsangiz shu ehtimol kamayadi. Demak yuvib yeymiz. Mana akalar fakihatan dunayag silaha, faqat a na ala qotli nafsixiy. Yana asarlarida keltiriladi. Kim mevani yuvmasdan yesa, tahqiq o'zini qatliga yordam beribdi.
Haqiqiy mutavakkal banda sabablarni qiladi, lekin ularga suyanmaydi. Ularga ishonmaydi. Ulardan umid qilmaydi. Umidni kimdan qiladi? Allohdan qiladi. Mana shu yerda. Bir misol aytamiz, voqea, realniy bo'lgan voqea. Ikki ming o'n yettinchi yilgi yozgi olimpiada o'yinlarida to'rtga yuz estafetasi bo'lgan. Ya'ni yuz metr masofani to'rtta odam yuguradi, birinchi odam yugurib turib yuz metriga, sherigiga tayoqchani beradi, u olib yana yuz metr yuguradi, yuz metrdan keyin ikkinchisi uchinchi soladi, to'rtinchisiga olib xullas, oxirgisi birinchi yetib kelsa, nima bo'ladi? Musobaqada yutadi.
Endi ana shu yozgi olimpiadada, ikki ming o'n yettinchi yilgi olimpiadada ana shu estafetaga Yaponiya, Turkiya, Angliya, Amerika va Yamayka jamoalari chiqishdi. Hammasi o'zini yurtidagi eng tez yuradigan odamlar. Ana shu Yamayka jamoasida Usain Bolt bor. Shuni o'zi kim ikkinchi o'rinda oladi deyishlikka sabab bo'ladi.
Tushundingizmi? Ikkinchi o'rinda kim olishligi haqiqatda gap ketadi, birinchi o'rinda yopib qo'ydi hamma. Chunki bu Usain Bolt jismonan tuzilishi, yaralishi, baquvvat, baland bo'yli juda tez yuguradi. Bir necha marta jahon nimasini rekordini yangilagan, tez yugurishi bo'yicha. Hamma ikkinchi o'rinda kim olishini kutyapti. Birinchi o'rinda masalasi hal bo'lgan. Bu odamlarni rashshoti.
Xullas, hamma o'sha Usain Bolt'ni birinchi bo'lib kelishini, yamaykani birinchi bo'lishini kutayaptilar. Hamma kameralar Usain Bolt'ga qaralgan. Bu yoqqa kelib turib, tribunaga qo'lini shunday ko'tarsa, hammasi baqiryapti xursand bo'lib. Qolgan yugurayotganlarga parvoy ham qilmayapti kameralar ham, muxlislar ham. Hammani fikri, hayoli kimda? Usain Bolt'da. Xullas boshlandi estafeta.useun bolt oxirgi yuz metrda yuguradi to'rtinchi bo'lib.
Shu yerda cholni, topir tupur yurib ketishdi. Xullas, uchalasi, haligi to'rttani uchtasi yugurdida, oxiri hammasi o'zini to'rtinchi odamiga berdi. Mana endiuseun bolt oladi da, shunaqa yuguradi, uchadi, qolganlarni qoldirib yuboradi. Undan burungi uchta sherigi qanaqa natija bilan kelganiga muhim emas. Shuni qo'liga bersa bo'ldi. Bu nima qiladi? O'zib ketadi hammadan.
Haqiqatdan uchinchi odam kelib tayoqchani berdi qo'liga. Usain Bolt oldi. Razglonda oldi da, o'n qadam tashlagandan keyin shat poy tortib qoldi yu. Endi haligi ikkinchi kelishi kerak bo'lgandan baxtiga ishonmayapti. O'n qadam tashladi, shunday shunday oqsatib to'xtab qoldi, narigilar birinchi bo'lib ketdi.
Ana, komandamizga falonchi o'yinchini olib keldik. Endi tochni nima qilamiz? Bekalarni beshtasini aytibsiz. Ana falonchi vorotamizga qo'ydik. Endi toshni nima qilamimiz? Yutamiz. Bekalarni beshdasini aytibs siz. Nima demoqchiman bu bilan birodarlar? Insonlar ko'zlagan maqsadlarini yuz foiz ularga olib kelib beradigan, yuz foizlik natija bo'lmaydi. Insonni qilgan sababi, sabab xolos. Natijani kim beradi? Hattoki o'ttiz yil, qirq yil mashina bozorida savdo qilib yurgan, mashinani ikki chikigacha bilgan odam bir kun keladi da, uylangan mashinani olib qoladi ko'z u qi. Ko'z u qiy uylangan mashina. Qanaqa qilib ko'rmading desa, kim bo'lsin, og'ayni qara, shunaqa bo'lib qolibdi da. Bo'lgan a shu narsa bir amalda? O'zingiz ogohlantirgansiz, manaqa qilma, manaqa qildi, manaqa bo'ladi degansiz, xuddi o'sha xatoda o'zingiz qilgansiz.
Shuning uchun hikmatda aytiladi, innalloha ida ahabba infarda amrin, salaba kunla lyubbin lyubbaho. Agar Alloh o'zini bir xohishini amalga oshirishni xohlasa, ana shu aql egalaridan aqllarini olib qo'yadi. Qopga tushadi, muammoga kiradi, keyin aqlini qaytarib beradi. Qarab tur shu uringan narsani olayapman deydi. Shuning uchun birodarlar la yonfa u hadarun min qadaring. Qadardan hazar foyda bermaydi.
Taqdir qilinganmi? Hazarni foydasi yo'q. Sizni qilgan harakatlaringizni foydasi bo'lmaydi. Xulosa, biz ko'zlagan maqsadimizga olib boradigan sababni qilamiz, zo'r qilib qilamiz va sababni qilib bo'lgandan keyin Parvardigor, hamma narsa seni qo'lingda deymiz va undan keyin nima bo'lsa, rozi bo'lamiz.
Mana shu rozilik, bu saodat deyiladi, birodarlar. U natija sizga yoqadimi, yoqmaydimi, nima bo'ladi u? Allohni xohishi bo'ladi. Shuning uchun, birodarlar, agar biz o'zimizni harom ishlardan to'xtatmasak, Allohni buyurgan farzandlarini bajarmasak, sabablarni qo'yim qilmasak, hargiz Alloh Taoloning nusratiga, madadiga erisha olmaymiz.
Har bitta inson o'zini ilmiga ishonadi, hunariga ishonadi, oshna g'aniysiga ishonadi. Tolib imtihonga kirib ketyapti, yaxshilab tayyorgarlik ko'rdi. Kechasi bilan uxlamadi. Bir necha kun qattiq mehnat qildi. Yaxshi baho olishiga aniq ishonadi. Yana qaytarib aytamiz, o'ziga ishonadi. Va mana shu ayni hamohqa to'ladi.
Shuning uchun birodarlar, iyakana abudova, iyakana stain deymiz. Sengagina ibodat qilamiz, sendangina so'raymiz. Birodarlar suv cho'ktirmaydi. Allohni xohishi cho'ktiradi. Pichoq kesmaydi. Allohni hohishi kesadi. O't kuydirmaydi, Allohni xohishi kuydiradi. Birodarlar, biz muvohid musulmon sifatida sabablarni qoyim qilamiz, natijani Allohga tavakkal qilamiz va undan keyin nima bo'lsa, alhamdulillahi robbil alamin deb rozi bo'lamiz.
Aqul qovli ha'da va astag'firullohi alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.