Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan alamin. Vassalotu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Tazkiyatun nafs. Silsila darslaridan birodarlar, bugun nifoq degan mavzuni o'qiymiz. Nima uchun bu mavzuni ko'tardik?
Musulmon odamga, mo'min odamga yetishi mumkin bo'lgan judayam bir xatarli kasallik bor. Bu kasallik haqida har bitta mo'min xabardor bo'lishligi shart. Bu kasallikni nomi nifoq. Munofiqlik. Bu kasaldan hech qaysi mo'min xotirjam bo'lishi mumkin emas. Chunki tirikligida nabiy sollallohu alayhi vasallamning tillaridan eshitgan umarul muhattob o'zini jannati ekanligini.
Tirikligida jannat ekanligini Rasulullohdan eshitgan sahoba, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etib ketganlaridan keyin, Huzayfa roziyallohu anhudan so'radi. Huzayfa roziyallohu anhuga Rasululloh Madinadagi munofiqlarni nomma nom aytib tanishtirgandilar, shularni qarab yur deb buyurgandilar. Mana endi Umarddin Xattob kelib so'rayapti.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni munofiqlar qatorida sanaganlarmi, Allohni nomini o'rtaga qo'yib so'rayman. Rasululloh omonat deb aytgan. Huzayfa roziyallohu anhu omonatdor inson bo'lgan. Shuning uchun Rasululloh bu sahobasiga aytganlar. Munofiqlarni kimligini Abu Bakr Siddiqqa, Umarddin Xattobga, Ali ibn Abitorovga emas, mana shu sahobasiga aitganlar. Chunki omonatdor odam bo'lgan. Huzayfa roziyallohu anhu yo'q dedi. Endi ular haqida, munofiqlar haqida, Rasululloh aytgan so'zni sizdan boshqasiga aytmayman dedi. Allohni nomini o'rtaga qo'yib so'rovdi, javob berdi va o'zi aytyapti, Allohni nomini o'rtaga qo'yayotganman, bundan keyin hech kimga aytmayman munofiqlar haqida dedi. Umar odil, umar al foruq rodiyallohu anhu munofiqlikdan qo'rqib savol so'ragani siz bilan bizga bu kasallik, bu mavzu qanchalar muhim ekanligiga yetarli dalil bo'ladi.
Hech kim o'zini qalbida nifoq bor deb bilmaydi. Hammamiz o'zimizni bu nifoqdan omonmiz. Bizni qalbimizda unaqa munofiqlik degan narsa yo'q deb aniq ishonamiz. Lekin hasanabasrini so'ziga quloq solaylik da. Ma amina nifaqa illa munofihun. Nifoqdan faqatgina munofiq inson xotirjam bo'ladi. Va ma xofa nifaqa illam omin. Munofiqlikdan, munofiq bo'lib qolishlikdan, faqatgina mo'min odam qo'rqib turadi. Faqat mo'min xavotir olib turadi. Tushunarlimi? Menda munofiqlik yo'q, deyapsizmi, uje nifoq shu.
Munofiqlikdan qo'rqmayapsizmi, mana shuni o'zi nifoq borligiga belgi emasmi? Hasan ibn Basri aytyaptiki, faqat munofiq xotirjam bo'ladi. Men munofiq emasman deb o'ylaydi. Endi munofiqlikdan qo'rqadigan odam haqiqiy mo'min odam bo'ladi. Menda yo'qmikan shu kasal? Kelinglar, shu kasalni ko'rib chiqamiz. Bu nihoyatda bir xatarli mavzu, shuning uchun har bitta mo'min bu narsadan xabardor bo'lishligi kerak. Nifoq insonni qalbini quritadigan amal. Bu nima degani? Bu nifoq shunaqa kasallikki, bandani qalbiga kirib qolgan bo'lishi mumkin. Ammo buni sezmaydi. Qalbida, nafsida yurgan bo'ladi yu, ammo buni bilmaydi. Ehtimol, nifoqdan qo'rqmayotgan odam munofiq bo'lib bo'lgandir. Ammo buni sezmaydi. Chunki nifoq, birodarlar, odamlarga bilinmaydigan maxfiy narsa. Nifoq qalb kasalligi. Shuning uchun, ey ukalar, u munofiq deb yuborgani tilimiz polvon bo'lmasin. Chunki nifoq qalb kasali, buni birov ko'rmaydi. Ha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlar, munofiqning alomati to'rtta, yolg'on gapiradi, va'dasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi, urushib qolsa, ochiq dushmanchilikka o'tadi.
Ha, biz aytamiz, mana shu munofiqlikni alomati. Kimda shundan bitta sifat bo'lsa, to'g'ridan sifatdan, demak munofiqlikdan bir qismi bor. Biz shu hadisga tayyorlanib aytishimiz mumkin, lekin qalb bilan Alloh biladi uni. U kofir degani shoshilmanglar deyapman u. Endi munofiq deb olgani ham shoshilmaylik. Chunki qalb kasalini birodarlar siz bilan biz ko'zimiz bilan ko'ra olmaymiz. Biz aytaylik, munofiqlikni bir belgisi bor bu odamda. Ahdida turmaydi. Yolg'on gapiradi, xiyonat qiladi omonatga, deng, lekin munofiq deb hukm qilmang. U seni ishing emas uni munofiq deb huquq qilishlik. Sen belgisi bor deb aytishga haqqing bor.
Agar birodarlar biz iymonimizni salomatligi haqida, robbimizni huzuridagi makonatimiz haqida g'amimiz bor bo'lsa, agar qiyomatdan qo'rqsak, agar amallarimizni xabarda bo'lib ketishdan qo'rquvsak, o'zimizni solih deb bilsak u, ammo haqiqatda buni teskarisi bo'lib qolishidan qo'rqsak, mana shu darsga diqqat bilan quloq solaylik. Munofiqlik.
Nifoqni turlari. Nifoq ikki xil bo'ladi deydi ulamolar. Katta nifoq va kichik nifoq. Katta nifoq. Nifoqning bu turi, katta turi insonni jahannamda abadiy qolib ketishiga sabab bo'ladi. Asta deb bila, innal munofiqiy qiynafid dalkil asfali minan nar, valan tajid alahum nasiro. Albatta munofiqlar do'zaxning eng tuban joyida bo'lurlar va ular uchun biror madadkor topa olmassiz.
Munofiqlar kofirlardan ham, mushriylardan ham, majusiylardan ham, hatto ateistlardan ham pastroq joyda turadi. Jahannamning eng tubida turadi. Munofiq odam namoz o'qishi ham mumkin, ro'za tutishi ham mumkin, musulmonlarni orasida yurganda uni islomiy surati bor bo'lishi ham mumkin.
Munofiq, garchi zohirida o'zini musulmon qilib ko'rsatayotgan bo'lsa ham, Allohga, farishtalarga, kitoblarga, qiyomatga bo'lgan iymonni bor deb ko'rsataveradi. Lekin aslida qalbida bu narsaga ishonmaydi. Ichida yo'q narsani tashqarisida bor qilib ko'rsatadi. Odamlar bunaqa munofiqlardan ogoh bo'lish uchun Alloh Taolo ularni sharmanda qilib, sirlarini fosh qilib qo'ygan.
Yer yuzida yashayotgan odamlar uch xil bo'ladi biz uchun. Musulmon, kofir va munofiq. Musulmon, kofir va munofiq! Mana endi Qur'oni Karimdagi eng katta sura, Baqara surasini avvalgi yigirma oyatiga murojaat qilamiz. Birinchi yigirmata oyatini o'qisak, nimani topamiz?
Birinchi beshta oyatida Alloh Taolo mo'minlar haqida gapiradi. Undan keyingi ikkita oyatida kofirlar haqida gapiradi. Beshta oyat mo'minlar haqida, ikkita oyat kofirlar haqida. Endi undan keyingi o'n uchta oyatda munofiqlarning xabari beriladi. Tushunyapsizlarmi? Qanchalar bu mavzu xatarli. Muammolar haqida, agar aliflar mimni chiqarib yuborsangiz to'rtta oyat bo'ladi, uni qo'ysangiz beshta oyat. Ikkita oyat, kofirlar haqida, qolgan o'n uch ta oyat munofiqlar haqida. Nima uchun? Bu nifohni qanchalar xatarli ekanligini siz bilan biz his qilishimiz, bilishimiz uchun.
Avlu billahi minash shaytoni roziym, bismillahir rohmanir rohim. Alif la mim, zalikal kitab, la roiba fiy xudanlin muttaqin. Alladina yu uminuna bil g'oybi va yuqimuna solata va minma roza hunahum yunfi qum. Alif la mim. Haq ekanligiga hech qanday shubha bo'lmagan ushbu kitob g'oyibga ishonadigan, namozni to'kis ado etadigan, va biz rizq qilib bergan narsalardan infoq ehson qiladigan taqvokli kishilar uchun rahbar yo'lboshchidir. Valladina yuqminuna bima un zila ilayka va ma un zila minqoblik va bila xirotihum yuqinun. Ular sizga nozil qilingan va sizdan ilgari tushirilgan narsalarga iymon keltiradilar va oxirat kuniga aniq ishonadilar. Ulaika ala hudammi robbihim va ulaika humul muflihun. Parvardigorlari tarafidan hidoyat topganlar ana o'shalardir va najot topuvchilar ham ularning o'zidir. Birinchi beshta oyatda musulmonlar, muammolar haqida gap ketdi. Endi ikkita oyat undan keyingi, oltinchi, yettinchi oyat.
Istadvillar innalladina kafaru sava uni alayhim a an zartahum, amlam tun ziruhum la yu'minun. Kufr yo'lini tutgan kimsalar esa, xoh Allohni azobidan qo'rqiting, xoh qo'rqitmang, ularga barobardir iymon keltirmaydilar. Qotam allohu ala qulubihim va ala samahim va ala abu sorihim g'ishavotun, valahum azabun adim. Alloh ularning dillarini va quloqlarini muhrlab qo'ygan. Ko'zlarini esa parda qoplab qolgan, ular uchun buyuk azob bordir. Bo'ldi. Bu ikkita oyatda kafirlar haqida gap ketdi. Endi undan keyin kelgan o'n uchta oyatda munofiqlarni Alloh Taolo sharmandasini chiqardi. Munofiqlerni xabarini berdi. Biz hadisda aytilgan to'rtta belgisini bilyapmiz. Munofiqni. Yolg'on gapiradi, va'dasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi. I da xosana fojara. Urush bo'lsa, ochiq dushmanlik o'tadi. Lekin birodarlar o'n uch ga yaqin sifat ketadi mana shu oyatlarda. Xabarimiz bormi? Ehtimol mana shu o'n uchta sifatdan siz bilan bizda ham bordir bittasi. Hasan ibn Basri aytyapti yu, munofiq bo'lib qolishidan, nifoqdan faqat munofiq qo'rqmaydi.
Agar chinakam mo'min bo'lsa, doim xavotirda turadi. Menda ham yo'qmikan shu sifatdan deb. Mana endi munofiqlar haqidagi oyatni o'qiymiz birodarlar. Dunyodagi odamlarni uchga bo'ldik. Mo'minlar, kofirlar, munofiqlar. Mo'minni ishi oson. U mo'min, tamom. Mustaqim, aqidasi bor, amali bor, ixlosi bor, taqvosi bor.
Kofirni ishi ham oson. Kofir odam o'zini kofirligini yashirmaydi va undan uyalmaydi. Qilayotgan xatti harakatlarni berkitmaydi. Uni kofirligi aniq ravshan. Hech narsani berkitmaydi. Ichi ham tashi ham bir xil uni. Mo'min bilan kofirni tanib olishning oson ekan, birodarlar. Ammo uchinchi toifa, munofiqning ishi juda ham qiyin. Chunki u ichida, qalbida, nafsida bo'lmagan narsani tashida, bor qilib ko'rsatadi. U tashida bor qilib ko'rsatayotgan narsa qalbida bo'lmaydi. Iymonli bo'lib ko'rinadi, lekin qalbida zarracha ham iymon bo'lmaydi? Eng xatarli odam munofiq odam bo'ladi.
O'n uchta oyatda munofiqlarning zikri keldi. Nima uchun? Ularni ko'pligi uchun. Xatarini qattiqligi uchun. Fitnalarini ko'pligi uchu. Islom va musulmonlarga adovatini qattiqlig uchun. Islom uchun tashqaridan dushmanlik qilayotgan kofirlardan ko'ra, musulmonlarning ichida yurgan munofiqlarni xatari, tahdidi qattiqroq bo'ladi.
Chunki tashqarida turgan dushmanlar tashqaridan ishini qilsa, munofiqlar nima qiladi? Musulmonlarni ichidan turib, mana shu zarbani berishga harakat qiladi. Shuning uchun islom uchun va musulmonlar uchun qanchadan qancha mag'lubiyatlarga ayni mana shu munofiqlar sabab bo'lishgan. Astag'firulloh, va'ida qiyla lahum la tufsidu fil arde qolun innama nahmu muslihun. Baqara surasida Alloh aytyapti, ularga yer yuzida buzg'unchilik qilmanglar deyilsa, biz isloh qiluvchilarmiz deyishadi. Aytyapmiz ku, ko'rinishi musulmon. Isloh qilyapman deb o'ylaydi, o'zi aslida fasod tarqatay ekan bo'ladi.
Ala innahum humul mufsiyduna valakin la yash'urun. Ogoh bo'ling deydi Alloh Taolo, ular albatta buzg'unchilardir, lekin o'zlari buni sezmaydilar. Boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi, astabi billa yuriduna lutfi u nura allohi bi afuahihim. Va allohu mutim u nurixi valau karihal kafirun. Ular ana shu munofiqlar. Allohni nurini og'izlari bilan o'chirmoqchi bo'ladilar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalarda, o'z nurini, ya'ni dinini to'la har tarafga yoyguvchidir.
Ularni xatari, fitnasi kattaligi uchun o'n uch oyatda Alloh Taolo ularni bayonini keltirdi. Mana endi munofiqlarning sifatlari haqida. Biz yuqorida aytgan hadisimizda to'rtta belgisini bildik. Endi undan tashqari, qanaqa sifatlari bor? Munofiqni qanaqa belgisi bor? Qarab ko'ring, sizni ishingizda yo'qmi bu? Birinchisi, vahiydan yuz o'girishlik. Vahiy, Allohni kalomi Qur'on, musulmonlarni hayotidagi eng katta qalbini to'g'risini egallagan narsa. Munofiqlar esa Allohni kalomiga beparvoligini ko'rasiz. Ular Allohni so'ziga muvofiq yashamaydi. O'zlarining havoyi nafsiga qarab kun kechiradi. Ular shariatni ko'rsatmasiga qarab ish qilmaydi. Havoyi nafs o'zini foydasiga qarab turib ish qiladi.
Baraka qildi, sotdi mashinani. O'n ming ga. Indinga pulni olib keladi. Baraka bo'ldi. Inding bo'lmasdan ertasi kuni bittasi keladi da, ming oshiqcha beraman, menga bering shuni deydi. Mo'min odam aytadi, men baraka qildim. Harom bunday ish deydi. Kutib turing, agar indinga olib kelmasa, keyin beraman. Shu yerda shariat, Qur'on harom deyapti bu ishini, lekin havoyi narsa bo'laveradi deyapti.
Shunda nima qiladi? Haligi ikki kundan keyin pul olib kelishi kerak bo'lgan xaridorga telefon chaladi. Oshna, dadam, akam, xullas binasa deydi da, ming ko'proq foydasiga lafzini buzadi. O'sha odam soqoli bo'lishi mumkin, do'ppi kiyib yurgan bo'lishi mumkin, matishga qatnayotgan bo'lishi ham mumkin, tasvir o'girayotgan bo'lishi mumkin. Lekin shu yerda Allohni kalomidan yuzaga urib qo'ymayapsizmi? Agar shunday qilayotgan bo'lsangiz, haligi pulingiz harom bo'ldi, qalbingizda nifoqni bir belgisi bor ekan.
Bu nifoq shunaqa kasalki, qalbingingizga kirib qolgan bo'lishi mumkin, siz bilmasligingiz, sezmasligingiz mumkin. Bular munofiqlar. Allohni kalomiga parvo qilishmaydi. Halol, haromga e'tibor qilishmaydi . Alloh Taolo bular haqida aytadi. Astadibilloh. Fataqot tog'u amruhum baynahum, zuboroh. Kullu hizbin bi maladehin farixun.
So'ng odamlar ishlarini, ya'ni dinlarini bo'laklarga bo'lib yubordilar. Har bir guruh o'z oldidagi narsa bilan xursanddirlar. Kullu hizbinbi maladehin farixkun. Har bitta to'da, har bitta guruh, har bitta jamoa, har bitta oqim o'zidagi narsa bilon xursand bo'lib yuraveradi.
Bu munofiqlar o'zlarini islomdan uzoq bo'lgan fikri bilan, o'zlarini noto'g'ri e'tiqodlari bilan, o'izlarini buzuq tasavvurlar bilan yashashadi. Har bir guruh o'zidagi bor narsa bilan quvonib yashaydi. Demak, birinchi belgisi nima bo'ldi? Allohni kitobidan, vahiydan yuz o'giradi ular. Ikkinchisi, bir birlariga yaltiroq, yolg'on so'zlarni aytadilar.
Ya'ni qalbida mana shu nifohni bir ko'rinishi bo'lgan odamlarni uyiga, qizlariga sovchi olib kelsa, birinchi navbatda dunyosiga qaraydi bunaqalar. Borib uy joyini ko'rib kelinglar deydi. Kuyov bo'lmishni dini, axloqi, ta'lim tarbiyasi, ilmi, amali, u keyingi masala. Muhimi nima bo'lsin? Mahallasi chiroyli bo'lsin, uyi chiroyli bo'lsin.
Bu munofiqlarda birlashtiriladigan narsa ular Allohning kalomi bo'lgan Qur'ondan yuz o'girishi. Mana dunyosiga qaraydi dedik. Astadbulla, vala tankihul mushrika texata yu'min. To imonga kelmagunlaricha mushrika ayollarga uylanmanglar. Shubhasiz, ozod mushrika ayoldan, garchi u sizga yoqsa ham, iymonli cho'ri yaxshi. To iymonga kelmagunicha, mushrik erkaklarni qizilaringlarga uylamanglar musulmonlar. Shubhasiz ozod mushrikdan, garchi u sizga yoqsa ham, iymonli qul yaxshidir. Ular mushriklar, do'zaxga chaqiradilar. Alloh o'z izni irodasi bilan jannatga da'vat qiladi va odamlar eslatma olishlari uchun o'z oyatlarini bayon qiladi. Shuning uchun birodarlar, munofiq odam, agar uni qiziga xardor bo'lib kelsa, xardor bo'lgan tomonni dunyosiga qaraydi, uyiga qaraydi. Undan ko'radigan orzu havasiga qaraydi diniga, taqvosiga, amaliga qaramaydi. Bu ham munofiqlikni belgilaridan bittasi bo'ladi. Aqul qovli hada va astag'firullohu alayhi va alayhi valakum.
Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.