MMaviza
NifoqTekshirilgan16 daq

39-QISM / NIFOQ (2/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
15:45

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala ashrafil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Tashkiyatun nafs sinflar darslaridan birodarlar, munofiqlik haqida dars qilayotgan edik. Kechagi darsimizda munofiqlarning alomatlarini o'qiyotgan edik. Baqara surasining avvalgi beshta oyatida mo'minlar haqida so'z ketdi. Keyingi ikkita oyatida kofirlar haqida so'iz ketdi. Undan keyingi o'n uchta oyatida munofiqlar haqida so'si ketdi.

Mo'minni ishi oson. U mo'min. Ichi ham, tashi ham bir. Qilayotgan hammalari aniq, hayotdagi dasturi tayin. U bilan muomala qilish oson. Uni tanish ham oson. Kofir. U bilan muomala ham oson bo'ladi. Chunki u kofir. Kufrini yashirmaydi. Qilayotgan nimalarni yashirmaydi, ichidagi tashidan. U bilan muomala oson. Kofirni ham tanib olishiga oson. Ammo munofiq, bu katta muammo. Shuning uchun beshta oyatda muammolar haqida, ikkita oyatda kofirlar haqida, qolgan o'n uchta oyatda munofiqlar haqida so'z ketdi. Chunki munofiqlarning xatari juda ham katta va ular juda ham qattiq. Munofiqlarining sifatlaridan uchinchisi ko'r, kar va soqol. Ular haqqa qaytishmaydi. Alloh taolo aytadi, istadi bular. Summun bukumun omin fahm la yarjaun. Ular kar, soqol, ko'rdirlar. Demak, yo'llaridan qaytmaydilar. Bunaqa munofiqlarni ko'zini Allohning oyatlari quvontirmaydi. Ularni ko'zina faqatgina dunyoni zebi ziynati quvontiradi. Yaltir yultiri, hashani, boyligi chiroyi.

Allohni azamatiga dalolat qiladigan oyatlar uni ko'zini bir chetida bo'ladi. Mana shu ham uni munofiq ekanligi dalil. Ular kar, ko'r, soqol. Demak, yo'llarida qaytmaydi. Mav'zi eshitishni xohlamaydi. Ma'ruza eshitishlikni xohlamayda. Agar dindan, hadisdan, oyatdan gapiradigan bo'lsangiz, qo'y bu gaplarni deydi. Tili qulog'i faqatgina dunyo so'zlari bilan orom oladi.

Bular ko'r, kar, soqov. Haqni tinglashga qulog'i kar. Haqni ko'rishga ko'zi ko'r. Haqni zikr qilishlikka, Allohni zikr qiliklikka tili soqov. Tushunarlimi? Bunaqalar Allohga qaytmaydi. Bular qalbida shubha, shahvat, shular bilan ovora bo'ladi. Ularni majlisidagi gaplar qanaqa? Falon bankka pul qo'ysangiz, mana buncha foyda bor ekan. Mana bu bankdan oladigan bo'lsangiz, protsenti nima ekan? Ozroq ekan. Bunga nima deysiz? Shunga o'xshagan shubhali narsalar bilan band bo'lib yuradi. Alloh Taolo aytadi: fii qulu bi him marodun faza dahumullohu marobun. Ularning qalblarida maraz bor edi, kasallik bor edi, bas Alloh ularning marazlarini, kasalliklarini yana ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yomonliklari sababli alamli azob bordir. Ularni qalbidagi bu maraz amallarga ham ko'chgan. Bularni amallari ham marazi bo'ladi, birodarlar. Maraziga maraz ziyoda bo'ladi. Demak uchinchi sifati munofiqlardan kar, ko'r va soqol. To'rtinchi sifati, riyo.

Munofiqlardan alomatlardan bittasi riyo. Mana shu narsa orqali uni tanib olsa bo'ladi. Imkon boricha qilayotgan bir yaxshi ishlarini ko'z ko'z qilishlikni, maqtanishlikni xohlaydi. Xo'ja ko'rsin, ikkiyuzlamachilik. Ichi boshqa bo'lishi, tashi boshqa bo'mishi. Bunaqa munofiqlar yoki shu munofiqlikni bir belgisi bor bo'lgan odamlar, odamlarni oldida qiladigan ibodati bir turli bo'ladi. Yolg'iz qolgan paytda, uyda qolgan paytida qiladigan ibodati bir turli bo'madi. Tushunarlimi?

Mavqifi, pozitsiyasi real. Ixlos juda ham qiyin bular uchun. Alloh Taolo aytadi, astaydubulla. Innal munofiqiyina yuhodiya un alloha vahuhu vahodiyuhm. Allohni roziligini istab qilinadigan ishni bir banda qilib, odamlarni muhabbatini istayotgan bo'lsa, bu odam Allohni aldamoqchi bo'layotgan bo'ladi.

Masalan, namoz o'qishlikdan maqsad Allohni rizosi. Ro'za tushishdan maqsad Alloh Taoloning roziligi. Bu amallar Alloh uchun qilinishi kerak. Ammo munofiqlar mana shu amallarni qiladi, maqsad Alloh emas. Odamlarni ko'zi, odamlarni hurmati. Demak, bu odam Allohni aldamoqchi bo'lyapti. Robbimiz nima deyapti bunaqalar haqida? Albatta, munofiqlar Allohni aldamochi bo'ladilar. Holbuki Alloh ularni aldab qo'yuvchidir. Va ida qomu ila solati, qomu kusali. Yura'una nas, va la yotqurunna Alloha illa qolinglar. Mana shu narsaga ko'proq to'xtaymiz endi bugun. Munofiqlarning sifatlaridan mana shu oyatda uchtasi aytilinyapti. Birinchisi, namozga yalqov. I da qomu ila solati, qomu kusali. Peshin bo'ldimi?

Bomdod bo'ldimi? Boradimi? O'zingizdan istang buni. Namozga yalqovlik bilan turadi. Ikkinchisi, riyo qiladi, xo'jako'rsinga, odamlar bilsinga qiladi. Uchinchisi, Allohni kamdan kam zikr qiladi. Zikrni ko'p qilmaydi bu odam. Chunki bu amallar unga og'ir bo'ladi. Shuning uchun aytyapmiz, birodarlar, kim zikrni ko'm qilayotgan bo'lsa, doim tili zikrda bo'lsa, bu odam nifoqdan omonda bo'ladi.

Biz mana shu uchta sifatni o'zimizdan qidirib ko'raylik. Qaysilarida? Birinchisi, namozga yalqonlik bilan turadi, bir. Xo'jako'rsinga amal qiladi ikki va Allohni ko'p zikr qilmaydi. Birodarlar, zikrni ko'p qilayotganligimiz siz bilan bizni nifoqdan omon bo'lishimizga sabab bo'ladi.

Avvalgi zikr darsimizda aytib o'tdik. Seni zikring bandan. Sen Allohni zikr qilishing ikkita zikr o'rtasida turadi. Sen Allohni zikr qilding, undan avval zikr bor, undan keyin zikr bor. Bu Allohni zikri. Ya'ni, avval seni Alloh zikr qilib eslasa, keyin eslay olasan Allohni. Keyin zikr qila olasan Allohni! Endi Allohni eslaganingdan keyin, Alloh seni yana eslaydi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytyaptilar robbisidan hadis xuddi suhida, kim meni o'zini nafsida zikr qilsa, men o'zimni nafsimda zikr qilaman deyapti. Sen Allohni zikr qilishing bilan Alloh seni zikr qilishini o'rtasida bilasanmi qanaqa katta farq bor? Kim meni deydi Alloh Taolo, bir majlisda zikr qilsak, men uni bularning majlisidan ulug'roq majlisda zikr qilaman deydi. Farishtalarni ichida.

Birovga Alloh Taolo dunyo bersa, sizda yo'q bo'lsa qarab turib, ozgina alam qiladi. Insonmizda. Menga ham bersanglar. Birovga dunyo berdi, birovga mansab berdi, biroviga farzand berdi. Qo'yingki, dunyo matohidan bir narsa bersa va u narsa sizda yo'qbo'lsa, alam qiladi ba'zida. Qarshi emassiz, taqdirga norozi emassiz, lekin baribir bema'tida menga ham deb ozgina alam qilib qoladi. Endi, siz Allohni zikr qilmayotganligingiz nimani belgisi ekan? Alloh sizni eslamayotganligini belgisi ekan. Alam qilmaydimi?

Biz qachon Allohni zikr qilamiz ekan? Qachon suhannalloh, qachon astag'firulloh, qachon la ilaha illalloh deymiz ekan? Alloh bizni eslagan bo'lsa. Bu oyatda munofiqlarning alomatlaridan uchtasi aytildi. Namozga yalqov, riyo uchun ish qiladi va Allohni kamdan kam zikr qiladi. Mana endi birodarlar, ramazon keldi, ana shu osiy jinlar, shaytonlar zanjirband qilindi, bizni zikrdan to'sadigan. Endi zanjirband bo'lgandan keyin ham bu shaytonlar yana zikrga tilimiz ketmay ekanligi nimani belgisi ekan?

Birodalar nifoqni belgilaridan bittasi. Agar zikr bizni tilimizda doim bo'lmasa, zikrdan uzoq g'ofil bo'lsak, bizni ham qalbimizda munofiqlikdan bir shingil bor ekan. Munofiqlikni bitta alomati bor ekan bizni qalbimizda. Alam qilsin, zikr qilmay ekanlar. Demak, to'rtinchi sifati munofiqlar riyo uchun amal qiladi. Rio uchun amal qiladi.

Ikkita tilamchi o'tiribdi. Endi buni motivator qilib, chizib yozib qo'yibdi, surat. Ma'nosi bor surat. Hamma chap tomondagi tilamchiga pul beryapti, o'ng tomondagi tilamchi hech kim pul bermayapti. O'tiribdi deydi, ku oyam shu lafasini qo'yib. Nimaga chap tomondagiga hamma beryapti? O'sha o'tirgan tomonga qaragan kamera bor ekan. Agar bir savobli ish qilgan bo'lsak, Allohda boshqa hech kim bilmagan bo'lsa, shu amalingizdan umid qiling. Bitta shu amalingiz Allohni rahmatiga sazovor bo'lib qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Umid qiling. Hech kim bilmadi.

Unaqa katta ish qilib qo'ysangiz, hech kim bilmasa, alam qilayotgan bo'lsa, munofiqlikdan bir chimdim bor. Beshinchi sifati. Sarsonlik va hayronlik. Munofiqlar o'zlarini kimlar bilan birga ekanligini aniq bilmaydi. Ular bilanmi, bular bilanmi? Yomonlar bilanmi, yaxshilar bilanmi? Ibodatdagilar bilanmi yoki kayf safodagilar bilanmi? O'zlari ham bilmaydi.

Bir joyda qaror topmaydi. Bir odam bor, ki agar u haqiqiy mo'minlar bilan birga o'tirsa, qalbiga bularni majlisi yoqaveradi. Mo'minlarning majlisi qalbiga yoqaveradi. Endi kofirlar bilan, gunoh massiyat majlislarida o'tirib qolsa, bu majlis ham yoqaveradi. Mana shu munofiqlikni bitta belgisi. Fosiq, fojialarni suhbati ham unga yoqaveradi. Bunaqa odam kim bo'ladi? Bunaqa odam munofiq bo'ladi.

Chunki inson chinakamiga muammo bo'lsa va qalbida nifoq degan sifat bo'lmasa, his qufuzur majlislar unga yoqishi mumkin emas. Tushunarlimi? Aroq bormi, sekin turib chiqib ketadi. Erkak xotin aralashgan ma'siyat majlisimi, u yerda o'tira olmaydi u. Chunki iymoni u yerda o'tirishiga yo'l qo'ymaydi. Kofir fojillarni fe'l atvori, gap so'zlari mo'min kishiga yoqishi mumkin emas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunaqa bir joyda qaror topa olmaydigan munofaalar haqida nima deganlar? Imom muslim sahihlarda keltirgan hadisda abdulloh ibn umar radiallohu anhu shunday deydi qola, qol rasululloh i sallallohu alayhu vasallam a masalul munofiqiy kamatali sha'til airating, baynalg'onamayning. Rasululloh aytdilar, munofiqning misoli ikkita soliq qo'yni o'rtasida hayron qo'ziga o'xshaydi. Ta'iru ila hadixi marotan va ila hadixi morotan. Bir safar unisini yoniga keladi, bir safar bunisini yoniga kelardi. Bir qo'zini tasavvur qiling. Ikkita soliq qo'yni bittasini oldida qaror topmaydi. U yoqqa ham yugurib yuboradi, bu yoqqa ham yumib yuboradi. Qaysinisini oldida qolishlikni bilmasdan, sarson bo'lib ketadi.

Munofiqni Payg'ambarimiz mana shu qo'ziga o'xshatyaptilar. Istedvilla? Muzabzabin baynadalika la ilaha ula i va la ilaha ula va man yuzli lillahi falon tajid alahi sabiila. Ular munofiqlar. Na uyoqlik va na buyoqlik bo'lmay, ikki orada sarson holda qolganlar. Kimniki Alloh yo'ldan ozdirsa, siz unga biron yo'l topib bera olmasdingiz. Niso surasi. Mo'min odamni pozitsiyasi aniq. Ona kafega bormaydi. Nimaga? Uyda aroq sotiladi. Ikkilanmaydi u. Borsammi, bormasammi demaydi. U aniq pozitsiyasi, mavqefi bor. Ammo munofiq bo'lsa nima qilar ekan?

O'zini musulmon deb biladi, ammo oilasini qarasangiz, islomda asari bo'lmaydi. Bunaqa munofiq odamlar eri xotin aralashib, eri xotin qo'ltiqlashib, har qanaqa majlisga kirib ketaveradi. Agar chinakam musulmon deb bo'lsa, bunaqa joylar musulmonlar o'tiradigan joy emasligini bilishligi kerak. Demak, beshinchi alomati munofiqlar bir joyda qaror topa olmaydi. Ikkala tarafga ham o'ynayveradi.

Munofiqlarning sifatlaridan oltinchisi, musulmonlarga yomonlik yetishiga ko'z tikib turadi. O'zini musulmonlar biladi, lekin musulmonlarga zarar yetsa, shuni ko'rib quvonadi. Yaxshilik yetsa musulmonlarga, biz birodarmiz, sizlar bilan birgamiz, mo'minmiz, biz sizlarga yordamchi bo'ldik deb qasam ichishadi. Ammo vaziyat musulmonlarning zarariga yurib qoladigan bo'lsa, ana shu musulmonlarga zarar yetkazayotganlar tomonga qarab, biz sizlar bilanmiz, biz sizalarga do'stmiz deydi.

Astadibillah. Alladiyin ayyotirabbosunna biqum fainkan alakum fathun minalloh, qol u alam nakun ma'qum. Ular deydi alloh taolo, ya'ni munofiqlar. Sizlarga ko'z tikib turadilar. Agar sizlarga alloh tomonidan fath u zafar bo'lsa, biz ham sizlar bilan bir dindamiz ku deydilar. Voyinkana lil kafili ina nasibun qoluu alam nastahvi va alaykum va namna akumil al mu'miniy deyishadi. Agar g'alaba kofirlarga nasib bo'lsa, sizlardan ustun bo'lgan va sizlarni mo'minlardan himoya qilgan emasmidik deyishadi. Hozir aytyapmiz ku, shamol qaysi tomonga es oladigan bo'lsa, o'sha tomonga og'averadi. O'zini prinsipi bo'lmaydi bunaqa odamni.

Allohni ololma deydi. Allohu ya hukm u baynakum yomal qiyama, valang yash ala allohu lil kafiringna ala al mu'miningna sabiyla. Endi qiyomat kunida Alloh o'rtalaringda hakamlik qilur. Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo'minlar ustiga yo'l bermagan. Doim munofiqlar kuchlilar tarafida turadi, doim g'oliblar tarafida turib boradi. Mana shu munofiqlarning ko'zga ko'ringan sifatlaridan. Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish