MMaviza
RostgoʻylikTekshirilgan16 daq

54-QISM / ROSTGOʻYLIK (7/7) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
15:49
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va as hadihi ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Tazkiyatun nafs. Nafsni poklash darslarimizdan birodarlar, rostgo'ylik manzillatini o'qiyotgan edik. Bugun oxirgi dars.

Alloh azza va jala Qur'oni Karimda konu ma's sodiqiyin, rozgo'ylar bilan birga bo'linglar deb buyurdi. Rozgo'y inson deganda, odamlarni aksariyatini tushunchasi yolg'on gapirmaydigan odam. Yolg'on gaparmaydigan odam rozgo'y deyiladi. Ha, bu ham rozgo'ylikni bir ko'rinishi, so'zdagi rozgo'ylik. Lekin rozgo'ylik deganda, bundan boshqa ma'nolar ham bor. Inson so'zida rostgo'y bo'ladi. Qilayotgan ishlarida rostgo'yni bo'ladi va holida rostgo'ys bo'ladi. Mana shu uchala turi bor bo'lsa, shu inson haqiqiy rostgo'ylardan deyiladi. So'zida rotsgo'y bo'lishi, aytayotgan gapini voqelikka to'g'ri kelishligi. Aytayotgan so'zi voqelikka to'to'g'ri kelsa, bu odam so'zida rossgo'y.

Endi qilayotgan ichlari, aytayotgan so'ziga to'g'ri kelsa, bu odam o'zining fe'lida, ishlarida rozgo'y. Endi uchinchi turi holida rozgo'y, tili va amalida bor narsa qalbida ham bo'ladi. Haqiqiy rozgo'ydan mana shu uchchala ko'rinish bo'lishligi kerak bo'ladi.

Yana shu darsimizda aytib o'tgan muhim nuqtalardan bittasi, agar Alloh bilan bo'lgan muomilangizda sodiq, rostgo'y bo'lsangiz, Alloh albatta niyatingizni yetkazadi. Ya'ni, ahlingizni, ayolingizni toatga, ibodatga chaqirishlik niyatida sodiq bo'ladigan bo'lsangiz Alloh sizga shunday bir ilhomni, shunday bir uslubni, shunday bu so'zlarni beradiki, u bilan boyagi aytayotgan maqsadingizga yetasiz.

Haq yo'lda sobit turaman deb, niyatingizda sodiq bo'lsangiz, Alloh sizga mana shu haq yo'lda bo'lgan odamlarni ro'baroq qilib qo'yadi, haqni topib olasiz. Rozgo'ylikni beshta turini gapirdik, undan tashqari. Rozgo'ylikka kirishi, rozgo'ylik chiqishi, rozgo'ylik tili, rozgo'ylikka qadami va rozgo'ylik o'rni.

Rozgo'y bo'lgan insonga nima bor? Rozgo'y bo'lgan inson hayotda xotirjam yashaydi. Rozgo'y bo'gan odam, sodiq bo'gan odam Alloh Taoloning falonxida bo'ladi. To'g'ri odamni Alloh saqlaydi. Ya'ni sodiq bo'lgan, rozgo'y bo'magan odamni Alloh Taolo saqlaydi.

Rozgo'ylikning ta'riflaridan biri ham, ayni mana shunday, so'zingga amalingni muvofiq kelishligi. Yana aytiladi, rostgo'ylik qalbingni tiling bilan bir xil bo'lishi. Birovni ko'rasiz, uyingizga kelib qoladi, uyingizga mehmon kelib qoladi yoki ko'chada uchratib qolasiz da, ha birodar bormisiz, sog'intirib yubordingiz u, ha sizni ko'rib boshim osmonga yetdi, ay bormisiz, ko'rganimdan xursandman, ketgandan keyinchi. Ketgandan keyinchi, joningiz orom oladi. Ketgandan keyin xursandsiz. Demak bu odam rostgo'y emas.

Musulmon odam bunaqa bo'lmaydi. Qalbingda yo'q narsani bor qilib ko'rsatish, bu yolg'onchilik deyiladi, kazzoblik deyiladi. Taassuf, agar qidirib ko'rsak, juda ko'pchiligimizda mana shu sifat bor. Odamlarga boshqacha yuzi bilan ko'rinamiz, o'zi aslida qalbimizda boshqa narsa bo'ladi. To'g'rimi?

Ro'zgulik haqidagi keyingi ta'rif. Siring va oshkoringni bir xil bo'lishi. Odamlar ko'rib turgan holating bilan, odamlar ko'rmayotgan maxfiy holatingni bir xil bo'shligi. Halokat o'rnida ham haq so'zni aytishing. Moling, joning, hurriyating, ustida xatar turganda ham chin so'zli bo'lishing, haqni aytishdan qo'rqmasliging, mana shu ham rostgo'lingni bir ta'rifi bo'ladi. Agar shunaqa bo'lsang, Alloh seni saqlaydi. O'zi himoya qiladi, o'zi rioya qiladi, hozir qo'llab quvvatlaydi. Ana, tarixdan misol aytadigan bo'lsak, hasan al basriy, tav biyinlarning ulug'laridan. Hajjoj ibn yusuf as saqafiy. Bu banu umayyanning amirlaridan bo'lgan, juda bir fosiq, tog'iy, zolim odam bo'lgan,juda ko'p musulmonlarda qonlarini oqizgan. Nohaq.

Hasan al-Basriy ana shu Hajjoj ibn Yusuf haqida aytgan, Hajjojga yoqmaydigan so'zlarni yetkazishdi. Hasan al-Basriy, siz haqingizda undoq dedi, bundoq dedi. Hadjojimni yusuf bu ulug' tovbeyni qatl qilmoqchi bo'lib, saroyga chaqirdi. Majlisiga jallodni hosil qilib qo'ydi.

Hozir hasan basri kiradi da, qatl qilinadi. Hasan al basri majlisiga kirdi, jallodni ko'rdi. Xonaga kirib ketyapti, bir narsalarda pichiradi. Hadjoj uni ko'rishi bilan shart o'rnidan turdi da, yugurib oldiga borib, och o'g'iz bilan kutib oldi. Salom alaykumni qo'yib qildi. O'zini oldidan joy berdi, o'tirdi.

Bu manzarani ko'rgan jallod eshikni oldida turadigan odamlarni hayoli ushdi boshidan. Chunki bu narsa uchun chaqirilmagan edi da. Hajjot bu ulug' tobein bilan suhbat qildi. Duo so'radi, bir qancha savollarni so'rab bilgandan keyin izzat ikrom bilan kuzatib qo'ydi. Hasan Basriy haq so'zni halokat o'rnida bo'lsa ham aytdi. Shuning uchun Alloh Taoloni saqladi, qo'lladi. Shuning uchunga assidqu manjat, rozgo'ylik faqat najotga boshlaydi. Bir kishidan qo'rqib turibsan.

Yoki bir kishidan bir narsani ta'ma qilib umid qilib turibsan. Birovdan qo'rqyapsan, ikkinchisidan bir narsa umid qilyapsan. Mana shularni oldida ham rost so'zni aytadigan bo'lsang, seni qadring baland bo'ladi. Mana shu ikkala odamni oldida gapirayotgan gapinga qarab turib, o'zingni kazzob yoki rostgo'yligingni bilib olsang bo'ladi. Bittasidan yomonlik yetmasin deb qo'rqib turibsan, ikkinchisida bir narsani ta'mma qilib umid qib turibsan.

Demak mana shu ikki odamni oldida, ikki toifani oldida aytayotgan so'zingdan o'zingni kengligini bilib olsang bo'ladi. Endi bittasini zararidan qutilish uchun, ikkinchisini foydasidan umid qilib, Allohni norozi qiladigan bo'lsa ham ularga yoqadigan so'zni aytasanmi? Mana shu o'rinda malomatchini malomatidan qo'rqasanmi, yo'qmi?

Foydani ham, zararni ham kim berardi? Alloh berarmidi? Bittasidan zarardan qo'rqyapsan, bittasini foydasidan umid qilyapsan. Vaholanki uni zararini, buni foydasini bera oladigan yoki qaytara oladigan kim? Alloh Subhanahu va Taoloni o'zi. Junayt rahimahulloh dedi, sodiq, rozgo'y inson bir kunda qirq marta bezovtalanib turadi. Riyokor, yolg'onchi esa qirq yil bo'lsa ham bir xil holatda turaveradi.

Qaytaramiz. Sodiq, rozgo'y inson bir kunda qirq marta bezovta bo'lib turadi. Kazzob, riokor, yolgonchi inson esa qirq yill bir xil holatida turadi. Nima degani bu? Rozgo'y insoni gunohga kirib qolmay, adashib ketmay, xatoga yo'l qo'ymaydi, doim xavotirda turadi. Shuning uchun qirq marta uni holati o'zgaradi. Hali namoz o'qiydi, hali tasbeh aytadi, hali tilovat qiladi, zikrda bo'ladi, siylay rahm qilishga shoshiladi. Yolg'onchi bo'lsa bir xil turadi. Unda bunaqa xavotir yo'q. Shuning uchungi holati o'zgarmaydi.

Shayton uni xotirjam qilib qo'ygan. Unda bunaqa iztirob yo'q. Chunki bu odam yolg'onchi odam. Shaytonni maqsadini amalga oshiryapti da. Shuning uchun shayton uni xotirjam qilib qo'ygan. Hamma yog'ing zo'r deydi. Haqiqiy rozgo'y odam Allohnin shariatidan chekkaga chiqib ketib qolmaydi, xavotirda turadi, iztirobda turadi, kazrob odam xotirjam turadi. Misol.

Bir talabadan javob me'yani yoki bir madrasani talabasidan o'qishlar qalay ketyapti desangiz, alhamdulillah hammasi yaxshi deydi. Nima degani bu? Yolg'onchi degani bu. Nima uchun hamma narsa zo'r, alhamdulillah deyapti? Chunki o'qimayapti da u. Alhamdulillah hammasini zo'r deyman. Talabalar bormi ichimizda? Hamma yog'inglar zo'rmi talabalar? A? Hamma fandan zo'r o'qiyapsizlarmi?

Agar talaba o'qishlar qalay bo'lyapti desa, hammasi zo'r desa, bilingki bu yolg'onchi. Chunki albatta bir fan bor, tushunmayapti. Qaysidir bir moddani bir nima qilmayapti, anglay olmayapti. Agar bu fe'lani darsiga e'tiborli bo'lganida, fe'lan ilmda yaxshi natijaga erishaman deb harakat qilayotgan bo'lsa, albatta bir mushkula chiqaradi.

Bitta fanni tushunmayotgan bo'lmasa, sherik kerak, biror bir fandan, bir ustozdan qo'shimcha ma'lumotga olish kerak, ma'lumot olish kerak bo'lardi. Demak, o'qishlar qalay desa, hamma yog' zo'r deyaptimi? Ishonmang. Bu odam yolg'onchi bo'ladi. Borib sinab ko'ring, borib. Mana jiyaningiz o'qiydi, katta ukangiz o'qiydimi, o'g'lingiz o'qiydi. O'qishlaring yaxshimi, ukam? Yo jiyan desangiz, nima deydi? Ha, zo'r, amaki deydi. Hammasi zo'r deydi.

Shu o'rinda yana bitta bir mulohaza borda. Bir jo'ralar bir mehmonga domlani chaqiradi. Bir ziyofatiga yo bir qandaydir to'y munosabati bilan bir xos majlisda o'tirasiz, domla biror bir mavzuda bir yarim soat, qirq minut suhbat qilib beradi. Domla darsni tugatgandan keyin savollar bormi deydi.

Qanaqa holat bo'ladi? Indamay o'tiradi hammasi. Bitta ham savol yo'q. Bunaqa holatda ikki xil baholaymiz a. Yo mana shu yarim soatlik suhbatni hamma tushundi, o'shaning uchun savol bo'lmadi. Yoki hech kim hech narsani tushunmadi, hech kimga qizig'i yo'q edi. O'shaning uchu savol bo'lmaydi. Demak, kaszob inson qirq yil bo'lsa ham holati bir xil turaveradi. Sodiq inson bo'lsa, bir kunda qirq marta holati o'zgarib, iztirobga tushib turadi.

Mana bu narsani yesa bo'ladimi, yo'qmi? Mana bu masalani javobi qanaqa bo'ladi? Falon holatda haqni kim to'laydi? Ish haqida, muomalasi haqida, zikri, namozi haqida albatta savol bo'ladi. Chunki u sodiqda u. Qilayotgan ishim xato bo'lib qolmasin degan xavotiri bor uni.

Allohni huzuridagi martabasi haqida g'ami bor uni. Ammo kazzov odamda aytdik, u doim bir xil. Demak, bunaqa inson nafas olib harakatlanib turgan bo'lsa ham, mayyit hisobida bo'ladi. Tirik insonda g'am bo'lishi kerak, savol bo'lishi keraksiz, mushkulalar bo'lishi kerakt. Chunki tirik inson harakatda bo'ladi da.

Rozgo'ylik manzilati. Bu bitta manzilat xolosmi? Yoki hamma yaxshi manzilatlarning onasimi? Qaytaraman savolni. Mana sakinat manzilati, istiqoma manzilati va bir qancha manzilatlarni o'qidik. Rostgo'ylik manzilati o'zi bitta manzilab xolosmi? Yoki hamma xayrli manzilatlarni onasimi?

Ha, birodarlar, darsimizni boshida aytdik. Inson hayotda erishaman deb, qo'lga kiritaman deb bir narsaga harakat qildi va qo'lga kirittdi. Demak, shuni orqasida rostgo'ylak turgan edi. Endi inson bir narsani qo'lga kiritaman deb harakat qildi, qo'lga kirita olmadi. Demak, shu ishda u sodiq emas edi. Agar rostgo'y bo'lganida, unga erishar erishgan bo'lardi. Agar biz hamma manzilatlarning onasi Alloh bilan rostgo'y olish desak, hech ham mubolag'a bo'lmaydi.

Shuning uchun rostgo'y odam Allohni unga bo'lgan munosabatini ila qiziqtiradi uni. Boshqalarni bir chekkaga surib qo'yadi. Alloh bilan rostgo'y bo'lsa, qolganlarni ham Alloh undan rozi qilib qo'yadi'. Abu said al hududiy roziyallohu anhudan bu ulug' sahoba aytadi, biz masixi dajjal haqida gaplashib o'tirgan edik. Oldimizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib keldilar da, aytdilar. Mening nazdimda sizlar uchun Masixi Dajjoldan ham xavfliroq narsa haqida. Xabar beringmi? Ya'ni bir narsani xabarini beringmikiy, Masixi Dajjoldan ko'ra sizlarga xavfliro'q. Biz ha dedik deydi bu sahoba. Shunda Rasululloh aytdilar, yashirin shirk. U shirk kishi namozi uchun turib dedilar. Boshqa odam unga qarab turgani uchun namozini ziynatli qilishidir.

Namoz o'qiyotganingizni ko'rib qolishuvdi, boshqacharoq turib oldingiz. Odamlar ko'zi tushgan paytda namozini chiroyliroq qilishlikka, ziynatliroq qilishingizga harakat qilish, birodarlar, maxfiy shirk deyilyapti. Birodarlar, bu mavzuda aytadigan oxirgi so'zimiz, albatta rostgo'ylik. To'g'rilikka, yaxshilikka boshlaydi. Qachon sen Alloh bilan rozgo'y bo'lsang, Alloh seni ishingni o'zini qo'liga oladi.

Qachon alloh bilan rozgo'y bo'lsang,alloh seni ishingni, o'zini qoiiga oladi. Seni bir holatdan boshqasiga o'tkazadi. Bir maqomdan yuqoriroq martabaga, maqomga ko'taradi. Bir fahmdan afzalroq fahmga boshlaydi. Mana shunday yuksalishning asosi poydevori rostgo'ylik. Alloh Subhanahu va Taolo hammalarimizni o'zi maqtagan sodiq bandalardan bo'lishimizga tavfiq bergan bo'lsin. Aqlu qovli ha'da, vositag'firullohi alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish