Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robilen a'lamin. Vassalotu vassalomu ala shifofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba't, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libi barakatuh. Tazkiyatun nafs darslarimizdan, birodarlar, bugun yangi mavzuni boshlaymiz. Bugungi mavzuyimiz sakinat.
Yigirma birinchi asrning vabosi bu stress deyiladi. Yigirma birinchi asrning cho'masi, vabosi stress deyiladi. Odamlarni asabiy ekanligi, asablarni taring ekanligi, bir pastda bir jahli chiqib ketishligi, o'zini tutib tura olmasligi. Bitta gap kam, ikkita gap ko'p. Bir yarimta gap istash kerak. Ana shu katta shaharlarda yashaydigan odamlarning ko'pchiligida mana shu sakinat degan narsa yo'qligini ko'rasiz.
Doim nervniy. Menga tema deb turadi. Bu katta shaharlarda. Endi qishloqlarda, kichkinaroq shaharlar yoki mana shu biz aytayotgan qishloqlarda yashaydigan odamlarni qarasanglar, ularda mana shu sakinat ko'proq katta shaharlarda yashaydiganlardan ko'ra. To'g'rimi? Bu sakinat dehqonda bor. Cho'ponda bor.
Sakinat haqida Qur'oni Karimda bir qancha oyatlar nozil bo'lgan. Ularni o'qiymiz, ularni shartlarini ko'ramiz. Mana shu sakinatga hozirgi kunda odamlar naqadar muhtoj. Osoyishtalik, qalbni xotirjamligi, og'ir bosiqlik, viqor salomat. Aytiladiki, sakinat manzilati mavohibdir, makosibmas. Sakinat, mavohib, makosibmas.
Sakinat nima? Sakinat xotirjamlik. Qalbning osoyishtaligi. Og'ir bosiqlik. Munosabatlarda muloyimlik, yumshoqlik. Viqor va salomat. Banda, mo'min banda. Amal qiladi. Alloh taolo mana shu amalaga ajr savol beradi, mukofotlaydi.
Alloh tomonidan ato qilinadigan narsa, muvohib deyiladi. Sakinat ana shu muvohiblardan. Bandani o'zining kasbda amali, harakati bilan unga keladigan narsa, makosib deyiladi. Istiqoma, mustaqil bo'lishlik, kishining makosiblaridan, o'zi mehnat qiladigan, o'zi harakat qilib qo'lga kiritadigan ishlardan. Halol pul topish, bu makosiblardan, inson o'zi harakat qilib qo'lga kirita oladigan narsalardan. Havoyi nafsiga qarshi mujohada qilishlik ham makosiblardan. Agar soddaroq qilib aytsak, bandani sa'yi harakati, va mehnati ortidan qo'lga kiritadigan narsasi makosib deyiladi.
Buni misoli, ishxonada ishladingiz, shu qilgan ishingizga beriladigan maosh oylik, ish haqi makosib deyuladi. Tushundingiz a? O'zingizni harakatingiz bilan qo'lga kiritingiz. Shu ishni qildingiz, oldingiz, xizmat haqqini. Endi, Alloh tarafidan mukofot tariqasida keladigan narsa mavofiq deyiladi. Premiya.
Makosib, banda o'zini xatti harakati bilan qo'lga kiritadigan narsasi, bu oylik maoshga o'xshaydi, makosib unga berilgan mukofot, premiyaga o'xshaydi. Tushundinglar a? Mavofiq, makosib. Makosib bu oylik ish haqqiga o'xshaydi. Mavohib uni ustidan beriladigan mukofot bo'ladi.
Demak, mavohib Alloh Taoloni bir bandasini mukofotlab qo'yishi ekan. Sakinat mavohibdir. Sen Alloh tarafiga qarab yurasan, Alloh Taolo senga qalbingga tajallik qiladi, seni mukofotlaydi. Sen mustaqil bo'lishga intilasan, u senga ikrom ko'rsatadi. Bu ham mavohib mukofot. Demak, istiqoma makosib ekan. Taklif ikrom ko'rsatilishi esa mavohib ekan. Bir oy ishladingiz, oyligingiz bor va uni ustida mukofoti bor.
Ko'zni tiyish makosib, endi uni orqasidan qalbga halovatni kelishi mavohib. Mavohib boshqa narsa, makosib boshqa narsa. Xulosa, mavohid makosibning samarasi, mevasi. Biz bu darslarimizda birodarlar Qur'on Karim oyatlarini o'qib o'rganamiz. Qur'on hamma narsa. Shuning uchun biz bir mavzuga tegishli oyatlarni tanlab olamiz, ularni tafsir qilamiz. Mana, muhabbat haqidagi oyatlarni avvalgi darslarimizda o'qib o'tgandik, tafsir qildik. Ixlos haqidagi oyatlarni tanlab oldik, o'qidik, o'rgandik. Mana endi birodarlar, sakiyna haqida tushgan oyatlarni o'qiymiz, o'rganamiz. Demak, bu darslarimizni o'zgachaligi bor. Har bir mavzuga tegishli bo'lgan oyatlarni tanlab, alohida o'qib o'rganib chiqamiz. Mana endi sakiyna haqidagi oyatlar. Birinchi oyat. Astaydubillah, fimm anzal allohu sakin atahu ala rasulihi va ala al mu'minin va anzala junudan lamb tarovha va adzaba la dinah kafaru va dha lika jaza ul kafiring.
Tavba so'rasin. Keyin, deydi Alloh Taolo, keyin Alloh Payg'ambariga va mo'minlarga o'z tomonidan xotirjamlik nozil qildi. Hamda sizlar ko'rmagan bir lashkarni tushirdi. Va kofir bo'lgan kimsalarni azobga dushor qildi. Kofirlarning jazosi shudir. Demak, musulmonlarni ustiga kofirlarning qo'shini kelib, tahdid solib, qo'rqitib, xavotirga solib turgan paytda, Alloh Taolo Payg'ambariga va mo'minlarga xotirjamlikni tushirdi. Demak, xotirjamlik Alloh tomonidan beriladigan mukofot, mavohim ekan. Ala rasulix va ala mu'miniy Payg'ambariga va mo'minlarga.
Bir narsani bilib qo'yaylik, birodarlar. Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallamning o'ziga xos bo'lgan narsalar bor. Faqat Rasulullohni o'ziga xoss. Endi mo'min kishi o'zini iymoniga qarab, ixlosiga qarab, Allohga bo'lgan iqboliga qarab, Payg'ambar bizga xos bo'lagan narsalardan o'ziga yarasha nasiba ulush oladi.
Alloh Taolo Payg'ambarimizga bergan xayriyatlar bor, xos o'ziga xos. Endi banda qanchalar Allohga yaqin bo'lsa, taqvoliy bo'lsa, o'sha Rasulullohga xos bo'lgan narsalardan o'ziga ham ulush nasiba oladi. Alloh Taolo aytadi, Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamga astaydu billah vosberli hukmi robbik. Fa innaka biya yuniina. Robbingizni hukmiga sabr qiling. Fa innaka bi ayunina. Zotan siz shak shubhasiz bizning ko'z o'ngimizdasiz.
Nima degani? Robbingizni sizni ustingizga tushirgan kuniga, hukmiga rozi bo'ling. Shubhasiz sizga biz o'zimiz qarab turibmiz. Zotan siz, shak shubhasis, bizning ko'z oldimizdadirsiz. Qarang. Bu oyat Muhammad alayhissalomga aytilgan. Agar sen musulmon birodar, Allohni amrida mustaqil bo'lsang, unga iqbol qilsang, unga muxlis bo'lsang, mana shu oyatdan senga ham unish bor. Ey Muhammad alayhissalom, Alloh bergan kunga sabr qiling, hukmiga sabr qiling. Biz o'zimiz qarab turibmiz sizga. Biz ko'z o'ngimizdasiz deyapti. Endi biz ham ixlosimiz, Allohga bo'lgan istiqommamizga yarasha, Alloh Taolo bizga ham nazar solib turadi. Bizni ham kuzatib turadi.
Alloh Taolo payg'ambarlarga buyurgan narsani, mo'minlarga ham buyurgan. Nima degan? Ya ayyuha rusulu kulu minat toyibati va amalu soliha. Ey payg'ambar, halol pok taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar. Payg'ambarimiz aytadilar, Alloh Payg'ambarga buyurgan narsa mo'minlarga amr etdi. Modomiki sen musulmon sifatida ana shu Payg'ambarlarga buyurilgan narsani qilarkansan, Alloh senga ana shu ambiyolarga ato qilgan narsalardan ba'zilarini ikrom qilib, hadya qilib berib qo'yadi.
Masalan, mo'jizalar Payg'ambaralarga berilgan. Mo'jizalar bu g'ayrioddiy ishlar. Tabiat qonunlariga teskari keladigan ishlar. Allohdan boshqani hech kimni qo'lidan kelmaydigan ishlar. Bu mo'jizalar Payg'ambarlarga xos bo'lsa, endi banda taqvodor bo'lsa, Allohning valiylari qatoriga kirsa, taqvosi bilan, Alloh unga karomatni beradi. Karomat nima? Imom A'zam Fiqhul Akbarda aytadi, mo'jizalar anbiolar uchun haqdir. Karomatlar avliyolar uchun haqdir. Karomat nima?
Deb turib, qaragin da, akang keldi deydi. Kamera yo'q. Yuragi sezadi, chiqsa akasi kelgan bo'ladi. Yoki mana bu mashinani olyapman deb olib kelsa, otasi qarab turib, shu mashinang ko'nglimga o'tirmayapti da, bolam, shuni olmay qo'yaver da deydi. Olmaydi, berib yuboradi. Bir haftadan keyin erishsa, o'g'irlangan mashina ekan. Ana. Tushundingizmi?
Agar siz taqvoda, istiqomada mustahkam bo'lsangiz, Allohga yaqin bo'lsangiz Payg'ambarlarga bergan narsalardan ba'zilarini sizga ham berib qo'yadi. O'zingizga yarasha asar. Mana mo'jizalar Payg'ambaralarga edi, boshqa hech kimga mo'jiza berilmaydi. Endi avliyolarga nima bor? Karomat bor.
Ulug'lik eshiklari ochiq birodarlar. Peshqadarimdek eshiklari ham ochiq. Har zamon, har makonda Alloh Taolo, Alloh Rob, o'zgarmaydi. Aksincha, ayrim zamonlarda mustaqil bo'lishni savobi ayrim zamondagilarga qaraganda ko'proq bo'ladi. Nima degani bu? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, ishtoq tuley ahbabiy, Rasululloh habiblarimni qalbimga yaqin bo'lgan ummatlarimni ko'rishlikka mushtoq bo'ldim, dedilar. Sahobalar avvalasina axbabuk, a biz sizni habiblaringiz emasmizmi? Rasululloh aytdilar, an tum ashabi. Sizlar mening sahobalarimsizlar, ya'ni hamsuhbatlarimsizlar. Ahbabi unasun ya'utunun fi axiriz zaman. Mening habiblarim, qalbimga yaqin bo'lgan ummatlarim oxir zamonda keladi. Ularni orasida o'zining dinini mahkam ushlagan kishi xuddi cho'g'ini ushlagan kishi kabi bo'lib qoladi. Ularning ajri yetmish kishining ajri kabi bo'ladi, dedilar. Shunda sahobalar minna au minhum. Ulardan yetmish tami yo bizdan yetmish tami?
Qoli bal minhum. Sizlardan yetmish tami. Ya'ni sizlardan yetmish tilani qilgan ajringlar, ularni bittasini qilgan ajri bilan teng bo'lib qoladi. Sahobalarning yetmish tasini qilgan ishining ajri, u oxir zamonda kelgan payg'ambarimizning habiblardan bittasini qiynagan ajriga teng bo'ladi. Sahobalar nimaga unday bo'ladi deb so'rashdi. Payg'ambar biz aytdilar, li annakum tachiduna alal xoyri a'vanan va la yajidun. Chunki sizlar yaxshilik ustida yordamchini topasizlar. Ya'ni men sizlarni ichinglarda turibman, yaxshi ishlarda yordamchi bo'lib, ularda esa yo'q. Ular topmaydilar, chunki rasululloh vafot etib ketganlar. Tushunarlimi? Shuning uchun bir davrda taqvodor bo'lish boshqa bir davrdagi taqvodor bo'shishdan ko'ra ustunroq bo'ladi.
Bir davrda halol savdo qilishlik boshqa davrda halol hisob qilishdan ko'ra balandroq bo'ladi. Bir davrda ko'zni tiyishlik, boshqa bir davrdagidan ko'ra balandrog' bo'ladi. Ko'ring, oxir zamonda meni shunday ummatlarim keladi, sizlarni sahobalarim yetmish deladi savobi bitta odamni savobi bilan teng bo'lib qoladi.
Fimm anzal allohu sakin atahhu ala rasulihi va ala mu'miniy. Keyin alloh payg'ambariga va mo'minlarga o'z tomonidan xotirjamlikni nozil qildi. Sakinatni berdi. Ikkinchi oyat. Astaydu billa, fa anzal allohu sakinatahu alayhi va ayyadahuhu bejinudin lam taroha. Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va uni sizlar ko'rmagan lashkar bilan qo'llab quvvatladi. Ikkita oyatda kelyapti, alloh unga sakinatni tushirdi deyapti. Demak, sakinat inson o'zi harakat qilib qo'lga kiritadigan narsa emas ekan. Sakinat Alloh tomonidan mukofot bo'lib tushadigan narsa ekan.
Masalan, qo'lida puli yo'q odam aytadiki, men uncha dollar pul qilsam, qalbimda bir xotirjamlik bo'lib qoladi deb o'ylaydi. Xotirjamlikni tushuninglar, menda o'zi kasb qila olmas ekan. Xotirjamlik, sakinat Alloh tomonidan berilar ekan. Kimga? Mustaqil bandalariga. Masalan o'sha puli ko'p odamlar bor. Musulmon bo'lsin, musulmon bo'lmasin, katta pul egalari bor. Qarang da. Boyagi kambag'al o'ylagandaqa pul ko'p bo'lsanglar xotirjam bo'laverarmikin? So'ranglar da o'shalardan. A puldor akalar?
Sakinat, xotirjamlik paydo bo'ldimi o'sha sevib tug'ilgandan keyin pulga? Yo'q. Aksincha, xavotir yana ham ko'paydi. To'g'rimi? Kechasi uxlamaydigan akalar bor ekan, puldorlar. Uxlay olmas ekan. Masalan, inson trenajorniy zalga borib turib bir yil ishlasa, qorni kiradi, biqinlari kiradi, to'shlari chiqib, chiroyli figura egasi bo'ladi. Bu makosib. Bandi o'zi harakat qilib, qo'lga kiritgan narsasi. Bu makosib! Endi mavohir nima? Inson o'zi harakat qilib topa olmaydi buni.
Boshqa solih amallarni zo'r qilib, taqvoda mustaqim bo'ladi, Alloh tomonidan shu taqvosi uchun berilgan mukofot u. Premiya u, tushuning. Alloh tushirmasa sakinatni, hech kimda bo'lmaydi bu sakinat. Demak, sakinat bu Alloh tomonidan beriladigan in'om, hadiya. Agar bizni tilga ulgursak, priyemiya ekan. Ko'zingizni tegganingizga savob bor. Nafsingiz bilan kurashganingizga savob bor, ehson qilganingizga ajr mukofot bor. Endi mana shu ishlarda siz mustaqil bo'lsangiz, muxlis bo'lsangiz , doim bo'lsangiz alloh yaxshi ko'rsa, mukofot qilib sizni qalbingizga sakinatni ato qilar ekan.
Aqul qovli ha da, v astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatu.