MMaviza
Hayo manzilatiTekshirilgan17 daq

64-QISM / HAYO MANZILATI (5/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
17:04
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalil va ala aliyhi va ashabiyhi ajma'in. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Birodarlar, tazkiyatun nafs darslaridan, nafsni poklash darslaridan, tasavvuf darslaridan, hayo manzillatini o'qiyotgan edik, davom etamiz. Ulamolar hayoning o'n turi bor deyishdi. Kechagi darsimizda beshta turini o'qidik. Oltinchi turi. Xokisorlik hayosi.

Hayoni bu turi bandani o'z robbisidan qiladigan hayosi. Banda o'zini xorligini, xokisorligini, hech narsa emasligini, ojizligini his qilib turib, hojatlarini so'rayotgandagi hayosi. Mana o'rta asrlarda islom bayrog'ini baland ko'targan, tarqoq musulmonlarni birlashtirgan, juda ko'p janglarda salbchilarni mag'lub qilgan Nuriddin Zanki hal qiluvchi jang ma'raka oldida robbisiga sajda qilib duo qildi. Nima dedi? Ey Robbim, Nuriddin kim bo'ptiki, sen unga yordam bergani? Robbim, diningga yordam ber.

Ya'ni banda o'zini ojizligini, xokisorligini, hech narsa emasligini his qilib, robbisidan hayo qilyapti, so'rayapti. Menga yordam bermagin, Parvardigor, diningga yordamp ber. Men kim bo'libman menga yordam bergan? Agar banda o'zini qulligini ojizligini, qo'lidan biror narsa kelmasligini tan olsa, Allohda albatta hayo qiladi. Mana shu birodarlar ubudiyat hayosi deyiladi. Quvchilik hayosi. O'zini ojizligini tan olib turib, robbisidan uyalishligi.

Yettinchisi, muhabbat hayosi. Bu hayo muhitning mahbubidan bo'lgan hayosi. Banda uni yodiga esiga Robbizi tushgan vaqtida qalbi hayajonga to'ladi. Mana shu narsa uni yuzidan bilinadi. Atrofida turganlar buni tushunmaydi nima bo'lay ekanini. Allohni eslasa, hayo qilib uyalib ketaveradi. Sakkizinchisi, ubodiyat hayosi. Bu hayo muhabbat, qo'rquv va mushohadaning aralashishidan paydo bo'ladigan hayo.

To'qqizinchi turi sharaf va izzat hayosi. Sharaf va izzax hayosi. Masalan, bir yoshi ulug' inson bor. Yoshi bir joyga borgan, yoshi katta. Yana jamiyatda martabasi, hurmati baland. Katta bir olim bo'lishi mumkin, yoki bir katta bir korxonani rahbari bo'lishi mumkan, yoki bir katto bir urug'ni peshvosi bo'lishi mumkun. Xullas, martabali, yoshi ulug' inson.

Agar mana shu odam o'zini yoshiga yarashmaydigan qiliqlarni qilsa, bachkana hazillarni qilsa. Yoshiga to'g'ri kelmaydigan ko'zi bilan unga bunga suqlanib qarasa, qanaqa bo'ladi bu? Undan ko'ra quyuqroq bo'lgan odamlarga bu ishlar bunchalik ayb hisoblanmasa ham, lekin bu kishiga katta ayb hisoblanadi. Chunki u o'ziga yarasha sharafi, izzati bor inson bo'ladi. Hadis hudisida aytiladi.

Va abg'odul usod va bug'zilik shayxila osiy asad. Alloh taolo aytadi men osiylarni, gunohkorlarni yomon ko'raman. Lekin osiy qariyani ko'proq yomon ko'ramman. Chunki yoshi katta bo'lib qolganda ham o'zini tiya olmayaptimi? Yoshi bir joyga borib qolganda ham o'zini bir to'xtata olmayaptimi? Haqiqatan Alloh taolo uni yomon ko'rishligiga loyiqman deb oladi.

Birodarlar, qirqqa kirganlar va uni ustidagilar. Kimni yoshi qirqqa yetgan bo'lsa, bu kishi oxirat bozoriga o'tib bo'lgan bo'ladi. Qirq yoshga to'ldingizmi? Aqlingiz to'ldi. Jismingiz to'ldi, ruhiyatingiz to'ldi. Siz komil inson bo'ldingiz. Qirqka kirguncha, o'zi shunaqa gap bor ekanda. Haligi pel atvorlar boradi yu, injiq, qaysar, baxil, sergap, shunaqa yomon pelar. Qirqka kirgucha shu odamni tuzalishi umid qilinadi. Qirqdan keyin ham shunday bo'lsa, bu endi o'zini guli deyiladi.

Chunki bu yosh birodarlar taqvo yoshi deyiladi, salohiyat yoshi deyiladir. Bunaqa yoshga kirgandan keyin, bu inson qur'onga berilishi kerak, qur'onga suyanishi kerak, amal qilishi kerak,qur'on tilovati bilan ovora bo'lishi kerak, zikr bilan ovora bo'shishi kerak tili. Mana bu zormonlarni nima qilish kerak? Qo'yish kerak.

Mana shu mana bu mana shu kalta kalta nimalar bor a? Aytib qo'yinglar, qanaqa messenger edi? O'ttiz sekundlik qilib kelaveradi, bunday qilsa chiqaveradi, nima edi? Hammasi esli bo'lib turibdi, xuddi bilmaydiganlar. Kap katta odamlar ham o'sha telefonga mana shunday moda olib yarim soatlab, bir soatlab o'tiradiganlari bor. Qaranglarda, uyat. Endi nimasi achinarli, yarim soat moda olib o'tirdi, o'lib kessin, bitta bir foydali narsani olgan bo'lsa. Yarim soat modada o'tirdi, bunday qarasa kallasa biror narsa qolmagan da. To'g'rimi?

Demak, insonni yoshi qirq dan o'tgandan keyin mana telefonga moda olishni yig'ishtirish kerak. Yarashmaydi, akalar, ukalar. Allohdan qo'rqish kerak. Bunaqa yoshga, bunaqa maqomga, martabaga yetgan inson, bunaqa ishlarni qilishingizdan hayo qilish kerak. Kimdan hayo qilishi kerak? Qirq yashargacha bu ishlarni qigan bo'lsa, bo'pti, esiz past, endi yosh bola, bo'pti endi bolada deb qo'yasiz. Qirq dan keyinchi? Uyatinglar.

O'ninchisi, inson o'zini nafsidan hayo qilishi. O'zidan uyalishi. Bu turi hayoni. Hayoning eng sharafli va oliyjanob turi bo'ladi. Bu hayo hayoning eng yuksak navi bo'ladi. Agar banda o'zini karim deb bilsa, iffatli deb bilsa, sharafli deb bilsa. Rozgo'y deb bilsa, bunaqa odam o'zini nafsidan rozi bo'lishi buni saodatli qiladi.

Bir kishi ma'siyatga qo'l uradi. Hech kim bilmaydi. Ammo o'zi biladi. Va Alloh biladi. Agar bu odam biz aytayotgandek, sharif odam bo'lsa, rozgo'y deb bilsa, karim inson bo'ladigan bo'lsa, o'zini shu holatga tushib qolganligini ko'rib turib, o'zidan o'zi uyaladi, o'zini qalbida bir alamni his qiladi, qiynaladi. Mana shu mashaqqat u uchun yetarli azob bo'ladi.

Esiga tushib ketsanglar, xijolat bo'lib ketaveradi. Kimdan? O'zidan. Shuning uchun sharif inson o'zidan, o'zini nafsidan rozi bo'lishiga intiladi. Agar o'zini nafsi dan rozi bo'lsa, albatta saodatni topadi. Ulamolar aytishadi, inson agar o'zidan hayo qilsa, endi boshqalardan hayo qilishlikka avloroq emasmi? O'zidan uyalyaptimi? Bu odam odamlardan ham uyaladi, allohdan ham uyaladi.

Mana hayoni o'nta turini aytib o'tdik. Yana nazorat, kuzatuv hayosi degan narsa bor. Bunaqa hayol insonlar qachon paydo bo'ladi? Alloh menga qarab turibdi, Alloh meni ko'rib turibdi degan e'tiqod qalbida mustahkam bo'lsa. Qaytaraman. Alloh meni ko'rib turibdi, Alloh menga qarab turibdi degan e'tiqodi mustahkam bo'lsa, bu insonda mana shu hayo bo'ladi. Alam ya alam bi anna alloha yaroh. Axir Alloh uni ko'rib turganligini bilmaydimi? Alloh Taolo shunday deyapti oyatda.

Katta bir supermarket tasavvur qiling. O'nta, o'n beshta kassa bor. Kassada o'tiradigan ishchilar bor. Ularda har bitta so'zini, har bitta harakatini yozib turadigan nima bor? Kameralar bor. Uni kuzatib turganligini xo'jayini aniq biladi. O'shaning uchun telefon olib, telefon o'ynamaydi. O'shaning ustida birovni gapga solsa, chalg'imaydi. Qanday ishlaydi bu odam? Uni kuzatib surganligini aniq bilganligi uchun bilib gapiradi, bilib ishini qiladi. Yetti soatmi, sakkiz soatmi smenasi bormi, tekkizishini qiladi.

Endi yigirma to'rt soat kuzatuv ostida ekanligini inson his qilib tursa chi? Robbimiz, birodarlar bizni albatta kuzatib turadi. Ammo buni biz his qilmaymiz. Mana kamerani qo'yib qo'ygan bo'lsa, kamera turibdi. Uni ko'rasiz, his qilasiz. O'zi noqulay his qilasiz, yoki ustida turibdi bitta odam qarab, har bitta qilayotgan xatti harakatingizga. Uni kuzatayotganligini ko'rib turibsiz, noqulay his qilasiz o'zingizni. Ammo Robbimizning kuzatuvi shunday kuzatuvki, Robbimiz o'zi latif bo'lganligi uchun, kuzatuvi ham latif.

Sezmaymiz. Yelkamiz hech narsa bosmaydi. Ko'zimizga bir narsa ko'rinib turmaydi. Bormi shu narsa? Robbimiz latif bo'lgan bo'lsa, shuning uchun kuzatishi ham, nazorat qilishi ham latif. Bizga mololat yo'q. Demak, birodarlar, bunaqa hayo bandada qachon paydo bo'larkan? Robbim meni ko'rib turibdi deb aniq ishongan paytida. Agar mana shu hayo bo'lsa unda, tabiiy amallarni hech kim yo'q bo'lganda ham qilmaydi, odamlarni oldida bo'lganda yam qilmaydi.

Birodalar, Alloh Taolo doim biz bilan birga. Vahua ma'kum, aynama kundum. Qayerda bo'lmanglar, qanday holatda bo'lmaganlar deyapti Alloh Taolo, u Alloh sizlar bilan birga. Umarun Xattob roziyallohu anhu ana shu cho'ponni nima qildi, sinadi. Xalifa ko'chada shu sahroda ketib borar ekan, yo'lda ketib borar e kan, qo'ylarda haydab ketayotgan bir sahroyni ko'rdi. Haligini sinamoqchi bo'lib, qo'ylardan bittasini menga sotmaysanmi dedi. Cho'pon aytdi, bu meniki emas qo'ylar, saidimiki. Ya'ni xizmat haqqini olib qo'y boqadi. Ha, bo'ri yeb ketdi deb qo'yasan, dedi. Yo'l ham ko'rsatyapti o'zi.

Haligi nima dedi, sahroi? Vallohi hozir menga pul juda ham zarur. Va saidim menga ishonadi. Agar qo'yni bo'ri yeb ketdi desam, ishonadi. Lekin Allohi chi dedi. Ya'ni Allohi ko'rib turganligini his qilyapti. Hech kim ko'rmayapti.

Tushunarlimi? Ha, saidim menga ishanadi, lekin Allohi chi? Alloh sen bilan birga ekanligini his qilishing. Bu ham hayoning eng oliy turi bo'ladi. Alloh taolo bandalari bilan birga. Bu birgalik ikki turli bo'ladi. Birinchisi, umumiy birgalik, ikkinchisi xos birgalik. Umumiy birgaligi nima? Ko'rib, kuzatib, bilib turishi, xos birgaligi qo'llab quvvatlashi, yo'lashi. Vaho amakum aynama kundum, vallohu bema ta'malu na basir. Sizlar qayerda bo'lsangizlar, u sizlar bilan birgadir, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.

Alloh biz bilan birga. Birgalik ikki xil bo'ladi. Kuzatib turishi bilan, ilmi bilan, ikkinchisi, yordam berishi, qo'llashi, nusrat berishi, ikrom ko'rsatishi bilan. Alloh Taolo aytadi, sizlar bilib beriladi. Innalloha ma'alladina taqov va la dinahum muhsinun. Birinchi oyatda Alloh ko'rib bilib turishi bilan, ilmi bilan birga deyildi. Ikkinchi birgaligi qo'llab quvvatlashi bilan birga dedi.

Oyatda Alloh aytyapti, zotan Alloh taqvodor bo'lgan va chiroyli amallar qilguvchi zotlar bilan birgadir. Ollohni biz bilan birga bo'lishi, agar taqvodor bo'lsak, qo'llashligi deb tushunamiz. Lekin odamlarni hammasi bilan birga bo'llishi kuzatib turishi bilan bo'ladi. Allohning yaqinligi. Allohning bandaga yaqinligi! Bu yaqinlik haqida Qur'onda shunday deyilgan. Astaydu billah voida sa'laka ibadi, anniy, fainniy, qoriybi. Ujibu da'vata da'iyda da'an. Fal yastajibuli vali uminubi la allahum yarshudun.

Bandalarim, sizdan, ey Muhammad alayhissalom, men haqimda so'rasalar, men ularga yaqinman. Men ularga ya qimmat. Menga duo qilgan paytlarida, duogo'ylarning duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo'lga yurishlari uchun ular ham mening da'vatimga javob qilsinlar va menga iymon keltirsinlar. Alloh Taolo aytyapti, bandalarim, ey Muhammad alayhissalom, sizdan bizni robbimiz Alloh qanday zot deb so'rasa, ayting, men ularga yaqinman. His qilamizmi shu yaqinligini?

Alloh sen bilan birga ekanini, senga yaqin ekanini his qilishing, mana shu narsa iymonning taqozosi. Alloh seni ko'rib turishini, senga yaqin e kanligini unutib qo'yganingda, men siyatga qo'l urasan. Alloh ko'rib turadi, u men bilan birga deydi, hayo qiladi.

Ehson martabasi qanaqa martaba edi? Anta abudalloh aka annaka tarohu, fa innam takun tarohu, fa innahoo yaroka. Ehson nima? Ehson nima desa, Payg'ambarimiz aytyaptilarki, Allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishing. Garchi Allohni ko'ra olmasang ham, Alloh seni ko'rib turibdi. Birodarlar, mana shu ehson martabasi bo'ladi. Agar kishi mana shu ehson martabasida turadigan bo'lsa, ehson martabasiga yetgan bo'lsa, hayo degan narsani eng zo'ri shu insonda bo'ladi.

Biz hayo deganda odamlarning ko'pchiligi tushunadigan, odamlarni oldida yerga qarab turish, beti qizarishi, odamlarga gapira olmasdan bunday tortinib turishligi, bunaqa narsani tushunmayapmiz biz hayo deganda. Bu hayoni eng past turi. Hayoni eng oliysi Alloh meni ko'rib turibdi deb inson ish qilishi.

Hayoni o'nta turini gaplashdik, birodarlar. Birinchisi, jinoyat hayosi. Ikkinchisi, kamchilik hayosi. Uchinchisi, ulug'lash hayosi. To'rtinchisi, karam, saxovat hayosi. Beshinchisi, odob, hurmat hayosi. Oltinchisi, o'zini past baholash, o'zini nuqsonli deb bilishlik hayosi. Yettinchisi, muhabbat hayosi. Sakkizinchisi, obodiyat, qulchilik hayosi. To'qqizinchisi, sharaf va izzat hayosi. O'ninchisi, o'zinik nafsidan hayo qilishlik.

Alloh azza va jalla hammalarimizni o'zidan hayo qiladigan bandalar qatorda qilishini so'raymiz. Aqulu qovli ha da va astag'firullohu alayhi valakum va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish