MMaviza
Hayo manzilatiTekshirilgan20 daq

65-QISM / YAQIYN MANZILATI (1/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
19:48
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatun nafs. Nafsni poklash. Silsila darslarimizdan birodarlar, ishonch manzillatini o'qiymiz. Ishonch manziladi. Odamlarni ayrimlari amal qildi, mustaqil bo'ldi. Yoki fojir bo'ldi, amaldan uzoq bo'ldi. Yana ayrimlari taraddudga tushdi, ikkilandi. Shuning uchun amal qilmadi.

Nima uchun odamlarning ayrimlari shijoatli, g'ayratli bo'ladi amallarda? Nima uchun ayrimlari buni teskarisi bo'ladi? Nima uchun odamlarning ayrimlari mustaqil bo'ladi, ayrimlari esa fojir bo'ladi? Nima uchun odamlarning ayrimlarida fidoiy bo'ladi diniga? Ayrimlari bunday emas.

Bu narsalarni javobini bilmoqchi bo'lsak, birodarlar, biz yaqin nima ekanligini tushunib olishimiz kerak. Yaqin bu ishonch. Agar birodar o'zingga qarab ko'rsang nimani ko'rasan? O'zing ishongan narsalarga intilayotgan bo'lasan, harakat qilayotgan bo'tasan. Ishonmaydigan narsalaringga qadam bosmaysan, tiyilasan, to'xtaysan. Demak, qoida, seni amalga undaydigan asosiy omil yaqin, ishonch. Ishonsang amal qilasan.

Asarlarda keltiriladi. Tabarokal ladey qosamal aqla bayna ibadihi ash ta'tan. Innal rojuleyni la yastaviy amaluhuma va ber ruhuma va sovmuhuma va solatuhuma va yaxtalifani fil aql kattarotil jam biuhut. Va ma qosamal la huli ibadihi nasiban avfara minal aqliy val yaqin.

Aqlni bandalar orasida har xil qilib taqsim qilgan Alloh subhanah va taolo barakotli zotdir. Albatta, ikki kishining amallari va yaxshiliklari, namoz va ro'zalari bir xil bo'ladi. Aqllari esa turli bo'ladi. Amallar bir xil bo'laveradi, aql turli bo'lardi. Xuddi u xuddi tog' oldidagi bir zarra kabi. Endi diqqat. Alloh bandalariga aql va ishonchdan ko'ra kattaroq nasibani taqsimlamagan. Alloh Taolo qilgan taqsimotni ichidagi eng kattasi, keyingi aql va ishorch.

Arab tilida yaqin deyiladi bu narsa. Ishonchi bor odamgina o'zini qiynalib topgan pulini molini zakotini ato qila oladi. Ishonchi bor odamgina yoshligini Alloh Taoloning toatiga sarf qiladi. Ishonchi bor odamgino umrini Allohni tanishga sarf qiladi? Ishonch yo'q bo'lsa chi?

Mana shu solih amallardan ikkilangan, taraddudga tushgan, amaldan to'xtab qolganligini ko'rasiz. Alloh bor deydi. Namoz o'qish kerak deydi. Sadaqa qilsang moling kamaymaydi deydi. Deydi yu, qarasangiz amalda yo'q. Nimaga aytib turib shu narsalarni? Shuni o'zi amalga oshirmayapti, demak ishonmaydi o'zi.

Ishonchingiz komil bo'lsa, ishonsangiz keyin zakot berasiz, keyin sadaqa qilasiz, keyin gunohdan o'zingizni tiyasiz. Odamlarni amallarda turli tuman bo'lishligi, bu ularning ishonchiga bog'liq ekan. Shuning uchun bunaqa ishonchi bo'lmagan odam doim hayronlikda, zoyelikda bo'ladi.

Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi: Astaydu billah. Kalla la ta'lamu na ilmal yaqin la tarovun na l jahl. Yo'q. Agar sizlar aniq bilish bilan bilganingizda edi, agar sizlar ani' bilganinglarda, ya'ni dunyoga qul bo'lib qolishni oqibati nima ekanligini aniq bilganinglarda, aniq ishonganinglarda dunyoga qul bo'masa deylar. Lataravunnal jah'in. Qasamki, albatta sizlar do'zaxni aniq ko'rursizlar. Agar inson mana shu yaqin manzalatiga, ishonch martabasi yetsa, o'zini nafsini Allohga topshirib qo'ygan, Allohga sotgan bo'lar edi.

Odam bolasini iymoni va amali xususida qanaqa nuqsoni, taqsiri, kamchiligi bor bo'lsa, ikkilanishi, bu uning ishonchini zaifligiga borib taqaladi. Qaysi ishga kirisha olmayapsiz? Yoki qaysi ishni tasha olmayapsiz? Bittasini foyda ekanligida ishonchingiz nuqsonlik, ikkinchisini zarar ekanligida ishanchingiz nuqsonlig. Agar mustahkam e'tiqod, mustahkam ishonch egasi bo'lganingizda, boyagi birinchi ishni qilib, ikkinchisini tashlagan bo'lardingiz.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam masjidga kirsalar, Abu Muammo Boxili roziyallohu anhu masjidda namozdan tashqari vaqtda ko'p o'tirayotganligini ko'rib qoldilar da. Ey Abu Muammo, nimaga bunaqa o'tiribsiz? Ya'ni bir qayg'uga tushib qolgan, boshini egib, siqilib o'tiribdi. Yo Rasululloh, qarzlarim ko'p, uza olmayapman. G'amlarim ko'p dedi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam, ey Abu Momo, sizga shunday kalimalarni o'rgataymi? Agar ularni aytsangiz, g'amlaringiz ham ketadi, qarzlaringiz ham uziladi. O'rgating yo Rasululloh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, allohimma inniy a u bu beka minali hamma yo'li hasan duosini aytdilar. Haligi sahoba aytadiki, ana shu duoni bir muddat o'qidim, g'amlarim ham, qarzlarim ham ketdi deydi.

Payg'ambarni so'ziga ishonchi komil bo'lgan, yaqini mustahkam bo'lgan mo'min darrov haligi kalimani aytishni boshlaydi. Endi ishonchi zaif bo'lgan odam chi? Qanday endi? Uje duoni aytib qo'ysamda endi hal bo'lib qoladimi? E, bu aqlga sig'maydi. Endi seniki ijobat ham bo'lmaydi duoying. Muammoing ham hal bo'lmaydi, qarzing ham uzilmaydi. Chunki nima yo'q senda? Ishonch yo'q. Tushunyapsizlarmi endi akalar, ukalar?

Biz qilmoqchi bo'lib qila olmayotgan, tark qilmoqchi bo'lib, tark qila olmayotgan ishlardagi muvaffaqiyatga erishmayotganligimizni sababini. Nima yo'q? Ishonch yo'q. Ishonch yo'g'i. Yo'q, ishonch bor, ishonch zaif. Ishonchimiz, yaqinimiz sust, zaif. Qaytaramiz. Odam bolasini iymon, amal xususida qanaqa kamchiligi, nuqsoni, ikkilanishi bor bo'ladigan bo'lsa, bas, buning sababi uning ishonchining zaifligi. Alloh taolo siz bilan bizdan birodarlar unaqa ikkilanib, taraddudga tushib, iymon keltirishimizni xohlamadi. Iymon keltirishingiz mustahkam bo'lsin, ikkilanish bo'lmasin unda. Astaydubillah. Innomal muminunalladina, a man u billahi va rasulihi, summalam yerta bu va jahadu bi ammu alihi va unufus i himfiy sabili la, o'la aka humus sodiqun.

Haqiqiy mo'minlar faqat Alloh va uning payg'ambariga iymon keltirib, so'ngra hech qanday shak shubha qilmagan va mol u jonlari bilan Alloh yo'lida kurashgan zotlardir. Ana o'shalargina o'z iymonlarida sodiq bo'lgan zotlar. Hech qanday sha shubhasi yo'q iymonida.

Alloh sen bilan mendan, birodar, shubhalangan holimizda iymon keltirishimizni xohlamadi. Yo'q. Agar sizlar dunyoga qul bo'lib qolishni oqibati nima ekanligini aniq bilish bilan bilganingizda dunyoga qulbo'lib qolmasdinglar deyapti Alloh Takassur surasida. Qasamki, albatta sizlar do'zaxni ko'rursizlar, aniq.

Alloh Taolo siz bilan bizga zaif dalillarni keltirib qo'yib turib, menga iymon keltir demadi. Dalilni kuchligini keltirib qoydi. Borligi, birligiga, qudratiga, dalolat qiladigan kuchli dalillarni ko'rsatib, keyin iymon keltirdi. Chunki ikkilanib bo'lmaydi iymonda. Astadibilla va fil ar di aya'tun lil muqiyning hamda yerda Allohning qudratiga dalolat qiladigan oyat alomatlar bordir.

Birodarlar, ishonch mavzusi, yaqin mavzusi, o'ta ham nozik mavzu. Hozir aytdik, aniq ishonmasang bir narsaga, kirishmaysan. Bir narsadan o'zingni olib qochyapsanmi? Demak, shu narsani to'g'riligida o'zingda nima bor? Shubaha bor. Agar foyda topishga aqling yessa, pulingni tikasan shu tijoratga. Demak, yaqing, ishonch harakatlantiradi ekan.

Aniq ishonmas ekansan, ikkilanasan, shubhalanasan, harakatsiz bo'lasan. Birodarlar, bu dunyoda ishonch eshiklari uni qidirgan odam uchun ochiq. Ishonuvchilar uchun yer yuzida dalillar ochiq turibdi. U qat'iy dalillar.

Mana, haqiqiy ishonch egalarining xususiyatlari, haqiqiy o'ylangan odamlarning xususiyatilari, ahli yaqinlarning xususiyaatlari. Hidoyat va najot. Astay deb, billa. Valladina yuqminuna bima unzila ilayka va ma unzila men qoblik va bila hirotihum yuqinu.

Ular sizga nozil qilingan va sizdan ilgari tushirilgan narsalarga iymon keltiradilar va oxirat kuniga aniq ishonadilar. Haqiqatan kim ko'rib keldi jannatni do'zaxini? Haqiqatan kim o'lib tirildi? O'ylab qarasangiz, haqiqatdan mana men o'lib tirildim degan odam yo'q.

Bunaqa ikkilangan odam, uni iymoni iymon bo'lmaydi. Endi, aniq ishonadilar deyapti Alloh. Ular kimlar? Ularga nima bor? Ular aka ala hudammi robbihim va ular aka humul, muflihu. Parvardigorlari tarafidan hidoyat topganlar ana o'shalardir. Aniq ishonganlar Parvardigor tomondan hidoyat topganlardir. Va najot topguvchilar ham ularning o'zlaridir.

Aniq ishonasiz, hidoyatda bo'lasiz, aniq ishonasangiz najotga yetasiz. Chunki ular aniq ishonishda. Endi, do'zax ahllarining xususiyati qanaqa bo'ladi? Biz hozir aniq ishonch egalarining xususiyatini aytdik. Aniq ishonadi, shuning uchun hidoyatda, shuning uchunga najot topdi. Do'zax ahllarning xususiyati chi? Istarbeklar. Va izza qiyla inna va adallohi haqqun va sa'atu la ro'yba fixa qultum. Ma nadri ma sa'atu inna dunnu illa donna va ma naxlu bi mustaqilin.

Qachon sizlarga darhaqiqat Allohning va'dasi rostdir, qiyomat soati shak shubhasiz kelguncha deyilsa, sizlar biz u soat nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz xolos, biz qiyomat soati kelishiga aniq ishonguncha emasmiz dedinglar. Ana o'shaning uchun kofir bo'ldi bular.

Kim bilsin, hamma aytyapti yu, qiyomat bor shekilli. Ehtimol shundaydir, aniq bilmaymiz. Demak, bunaqa odamlarda holati kunday ravshan. Ikkilanish, zaiflik, nifoq, baxillik. Shuning uchun nifoq qila olmaydi u. Birni bersang, Alloh o'n qilib beradi qaytarib, degan Payg'ambarning va'dasiga ishonchi zaif, o'shaning uchun bera olmaydi.

O'shaning uchun u olganim foyda deb biladi, berganim foyda demaydi. Vaholanki dinimizda nima deyapti? Berganing o'zingniki, olib qolganingga javob berasan deyapti. Ishonchi yo'q, o'shaning uchunga bera olmaydi. Vaqtini Allohni yo'lida sarflashni yo'q. Chunki savobli ishga sarflasa, tijoratiga ketadigan vaqtidan ozgina qoladi da. Undan ko'ra tijoratimga sarflaganim to'g'ri deydi.

Allohni tanishga harakat yo'q, Qur'on tilovati yo'q. Bunaqa odamlarni oxiratdan ko'ra dunyo ishlari ko'proq band qiladi. Vojiblarni ado qilishlikda qosirlik shubhalanadi bular. Bu kasalliklarning sababi bitta. Bu ishonchning zaifligi. Shuning uchun bunaqa odamlar savobli amalda qilishga sukashlik qiladi.

Yana qaytaramiz. Bunaqalar olganini foyda deb biladi. Berganini emas. Berganini zarar deb biladi. Avvalgi darslarda aytdik ku, ukalar, yoshlar, mana bu aqlimizni hozirdan nastroyka qilib olaylik. Bizni olganimiz boy qilmaydi. Bizni berganimiz boy qiladi.

Har bittamiz la ilahillalloh deyishimiz bilan allohning do'stlari qatoriga kirdik. Vali bo'ldik. Ala innavliya alloh ila xavfun alayhi valahum yaxzanun. Ogoh bo'linglar deyapti alloh qur'onda. Allohning valiilari bor, do'stlari. Ularga xavfi xatar yo'q va ular mahzun bo'lmaydi. Kim ular? Alladina amanu va kamuyatta qul.

Iymon keltirgan va taqvo qilgan. Demak, iymon keltirdikmi? Biz Allohning do'stlari qatoriga kirdik. Endi taqvoyimizga yarasha Allohga yaqin bo'laveramiz. Iymon keltirding, valilar qatoriga kirding, bu birinchi qismi. Endi taqvoimiz qancha yuksak bo'lsa, komil bo'lsa, Allohga shuncha yaqinlashib boramiz.

Taqvoyingiz qancha baland bo'lib, Allohga qancha yaqin bo'lsangiz, Allohga valiligingiz qanchalar kuchli bo'lsa, yaqin bo'lsa, birdi berganingizda o'n bo'lib qaytib kelish muddati qisqaradi. Mayli edi, biz bugun ming bersak, bir yildan keyin o'n ming bo'lib kelsa ham a? Bir yilda kelsa ham mayli edi. Lekin yillar ketyapti da, to'g'rimi?

Abdurahmon imnov roziyallohu anhu mana bilasizlar juda boy sahoba bo'lgan. Nima qilay der ekan? Nima qilay ehson qilmasdan? Ertalab birni bersam, kechki payt Alloh o'ng qilib qaytarib bersa. Nima qilaya in foh qilmay der ekan? U kishining in foh'i ertalab bersa, kechki payti qaytib kelyapti. Ko'rdingizmi taqvosini? Ko'rdingiz mi valiyligini?

Endi Ali ibn Abid olib qarang. Bir dona xurmoniga yarasha ishlab, bir dona xurmonni olib Fotimaz Zohirani oldiga kelyapti. Yo'lda birov Alloh uchun bir narsa bering deyapti. Allohni nomini o'rtaga qo'ygani uchun Ali roziyallohu anhu berdi. Chunki ishonchi aniq da, Alloh uchun bersa qaytishi. Alloh uchun berilgan narsa albatta qaytishligiga ishonchi komil.

Biz ham iymonimiz komil, lekin bitta onur bo'lsa bemaslik da, to'g'rimi? Ikkita bo'lsa ham mayli da, bittasini berib, bittasini olib qolardik. Bir dona ham, yana qaytarib aytaman, yarim kilo bo'lganda menda ikkitasini berish oson. Bir dona onot berdi. Uyga qaytib keldi, onorsiz. Nima bo'ldi keyin qissani davomida?

Qani Onur Fotimov? Onur yo'q, birov so'rovdi, berdim deb turuvdi, eshigi taqalyapti. Ali ibn Abit olib eshikni ochsa, bir odam qo'lida xolta bilan turibdi. Qancha vaqt o'tdi deysizlar? Abdurahmon ibn Avv bersa ertalab, kech payt berar ekan Alloh. Ali ibn Abid olibni bitta onori qancha muddata qaytib keldi deysizlar?

Haligi eshik tagida turgan odam bu dedi, xoltani ko'rsatib. Allohdan payg'ambarga keldi. Payg'ambardan sizga keldi dedi. Shunday ochib qarasa, onor, bir xolta. To'xtab tur deb ochib sanadi. To'qqizta. Qancha deyilgan? O'nta deyilgan. Robbisini roppisini va'dasiga ishonchi shu darajada komilki, o'nta bo'lishi kerak deydi, sanadi.

So'rayapti. Allohdan bu, bu rostdan Allohdan payg'ambarga keldimi? Ha. Payg'ambardan menga keldimi? Ha, unda o'nta bo'sh kerak. Yonboshidan chiqarib berdi, sizni sinamoqchi edim deb. Ko'rdingizmi ishonchni martabasini? Yana qaytarib aytamiz, Alloh Taoloni do'stlari bor. Bularga xavf va xatar yo'q va bular mahzun bo'lmaydi. Ular iymon keltirgan va taqvo qilgan zotlar.

Sizni Allohga bo'lgan viloyatingiz, do'stligingiz qanchalar yuksak bo'lsa, taqvoyingiz qanchalar baland bo'lsa, axloqingiz qancha go'zal bo'lsa, qarg'ishmas, duo olayotgan bo'lsangiz, nazardan qolmasdan odam el yurtni xizmatini qilib, xulqingizni go'zal qilayotgan bo'lsa, g'iybat qilmayotgan bo'lsak, qalbingiz kibrga to'lmagan bo'lsa, miyyangiz aynib, taqvoyingiz shunchalar yuksak bo'ladi, Alloh Taoloni sizga beradigan mukofotini kelishi shuncha tezlaydi.

Ishonch. Siz bilan bizni amallarimizdagi nuqson kamchiligini asosiy sababi bu ishonchimizning zaifligi. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish