Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala asrofil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libu barakatu. Bismillahir rohmatir rohim. Tazkiyatun nafs, nafsni poklash darslaridan birodarlar, ishonch manzilatini o'qiyotgan edik, davom etamiz.
Oxir zamonning alomatlaridan. Odamlarni orasida ishonchi zaiflar ko'payib ketadi. Masjidlar ko'p, namozxonlar ko'p. Ana shu masjidga kelib, namoz o'qiyotgan odamlarni uyiga kirsangiz, nimalarga guvoh bo'lasiz? Seriallar, tomoshalar, masxarabozlarni konsertlari, millionlagan prosmotrlar, mazza bemaza narsalar youtubeda. Do'konlarga qarasangiz, muomalalarda odamlarni riboyga yoki shunga o'xshagan ishlardan ishlarga beparvoligini ko'rasiz. Yig'inlarga keladigan bo'lsangiz, ma'siyatlar, erkak xotinni aralashi, odamlar o'zlarini xohish istaklarini diniy vojiblardan ustun qo'yayotganligini ko'rasiz, bularni barini sababi ishonchni, yaqinning zaifligi. Dinimiz bizga birodarlar aytyapti hayotingda qanaqa muammo bo'lsa, bu o'zingni qilgan gunoh ma'siyatlaring sababli. Agar shunga ishonchingiz aniq bo'lsa, aniq ishonadigan bo'lsangiz, gunoh ma'siyatga kirmaysiz.
Endi kim shu gunoh ma'siyadan chiqa olmayapti? Eshityapti. Hamma muammoni sababi gunoh deyapti. Desa ham shu gunohdan chiqmayaptimi? Bilib turib chiqmayaptimi, demak ishonchi zaif. Shunaqa bo'lsa kerak, shunaqa bo'sha bo'larmikin? Yo'q. Bu bilan ish bitmaydi, birodarlar. Aniq, shunaqa bolishi aniq desang, keyin nima qilasan? Gunohdan tiyilasan.
Endi gunohlardan tiyilmayapsanmi? Ishonching zaifmi? Ustunga keladigan qator, qator musibatlarni kutaver, muammo, mushkulalarni sanover. Chunki dinimizda aniq ravchan ochiq aytib qo'yibdi. Ma asobakum min musiba oyati. Nima musibatga san, o'zingni qilgan gunohing sabab.
Dinimiz yana aytib qo'syilibdiki, iymon, solih amal, taqvo, hamma yaxshiliklarning asosi. Agar ishonching komil bo'lsa, mana shu narsalarga mahkam yopishasan. Endi kimnidir bunga ishonchi mustahkam, kimnikidir zaif. Biz birodarlar bu hayotda ustimizga kelishi mumkin bo'lgan muammo, musibatlardan omon bo'lishimiz yagona yo'li taqvo, iymon. Agar e'tiqoding zaifmi, sustmi, muammoni kutover. Shuning uchun ulamolar aytishadi. Yaqin ishonch. A'zolar amalining ruhi bo'lgan qalb amalining ruhi.
Ixlos bo'lishi kerak. Ixlos bilan qilinsa, qalbda ixlos bilan qurilinsa, qilingan amal qabul bo'ladi. Endi qalbdagi ixlosni ruhi bu ishonch bo'lyapti. Qaytaraman. Ishonch yaqin. A'zolar amalining ruhi bo'lgan, qalb amalining ruhi.
Mana shu narsa siddiqiya deyiladi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhun nimaga siddiq deb laqablandi? Rasululloh nima desalar, hech qachon ikkilanmagan. To'g'ri aytdingiz, yo Rasululloh deb turgan. Biron lahza nima qilmagan? Shubha qilmagan. Shunaqamikin? Shunaqa bo'larmikin? Demagan.
Buni biz bir misol bilan tushuntiramiz, ishonchda nimaligini. Ko'chadan meva cheva sabzavot olib kelamiz uyga. Oddiy bir odam ko'p ham uni bir yuvishlikka, tozalashlikka e'tibor qilmaydi. Olmani olib kelsa, shunday paketdan oladi da, bunday artib artib qachon g'achirg'ichir qilib yeb qo'yaveradi. To'g'rimi? Olma bo'lsin, nok bo'lsin, shofdor bo'lsin, shunday oladi, shap shap yeydi. Endi xuddi shunaqa meva chevani bir vrach uyga olib kirsin.
Oshqozon ichiga kasalliklar bo'yicha mutaxassis. Mana shunaqa bir yuqumli kasalliklar bo'tsha mutaxassis. U uyga olib kiradi da, bolalarni birontasini qo'liga olmani ushatmaydi. Yuv deydi. Yaxshilab yuv deydi. Nimaga birinchi odam shart olib yeyaveryapti? Ikkinchi odam yuvishlikka qattiq e'tibor beryapti. Chunki biz aytayotgan tabib mana shu mevani yuvmasdan yeb, kasal bo'lganlarni kunda ko'ryapti da banissasida, beshta, o'nta kelganini. Atravleniya bo'lib qoldi, yana bir narsa bo'lib qoldu. Uni ko'rgandan keyin, yuvib yeyishlik zarur ekanligiga ishonchi qat'iy bo'ldi.
Demak, tabibni shu mevani, yuvmasdan yeyishlik, xatarga, kasalga sabab bo'lishiga ishonchi komil bo'lgani uchun yuvdiryapti qattiq qattiq qilib, makkan turib, ammo siz bilan bizga o'xshagan oddiy tabib bo'lmagan odamlar, e'tibor bermay nima qilyapmiz? Yeyapmiz.
Agar birodar ishonching quvvatli bo'lsa, agar haqiqatdan ishonching quvvatli bo'ladigan bo'lsa, Allohni g'azablantiradigan ishlar bilan odamlarni rozi qilaman dema. Allohni senga bergan fazli uchun boshqalarni maqtama. Senga bermagan narsa uchun odamlarni hasad qilma. Chunki birodar, hasad Allohni rizqini senga haydab kelmaydi.
Seni birov yomon ko'rishi sendan Allohni rizquni nima qilmaydi? Nari qilmaydi. Qoida. Alloh azza va jalla o'zining adolati bilan, adli bilan xotirjamlikni va rohatni ishonch va rozilikka bog'lab qo'ydi. Inson ishonsa qat'iy va kunidan rozi bo'lsa, xotirjam bo'ladi, rohatda yashaydi hayotini. Puli qancha bo'lishidan qat'iy nazar.
G'am va qayg'uni esa, norozilik va shubhaga joylab qo'ydi. Hayotingdan norozimisan? Ishonching yo'q, shubhadamisan? Doim qayg'uda, doim g'amda yashaysan. Diqqat qilinglar, o'zini o'qib beraman qoidani. Alloh taolo o'zining adolati bilan xotirjamlikni va rohatni ishonch va rozilikka bog'lab qo'ydi, g'am va qayg'uni esa norozilik va shubhaga joylab qo'ydi.
Ishonchi zaif bo'lgan odamgina odamlarni rozi qilaman deb Allohni g'azablantiradigan ishni qiladi. Ishonchi za if bo'lgan odammgina alloh bergan fazilni allohga qaytarish to'niga odamlarni moqta edi. Ishonchi zaif bo'lgan odamsgina unga bir narsani Alloh bermagan bo'lsa, nima qiladi? Hasad qiladi.
Senga biror bir yaxshilik qildi. Agar sen shu yaxshilik Alloh tomonidan kelganligiga aniq ishonsang, Alhamdulillah, robbila alamin deb Allohni maqtaysan. Agar bu yaxshilikni Allohdan degan ishonching zaif bo'lsa, haligi yaxshilik qilgan odamni maqtovorasan da. Ha, unga rahmat deymiz, minnatdorchilik bildiramiz, lekin yaxshilik kimdan keldi? Allohdan.
Endi ishonching zaif bo'lsa, bu odamda maqtaysan da, o'zing bilmagan holda shirkka yaqinlashib qolasan. Shuning uchun, agar ishonching quvvatli bo'lsa, odamlarni rozi qilaman deb, Allohni g'azablantirma. Allohni fazlini uchun bandani maqtama. Senga bermagan narsasi uchun Alloh Taoloni bir narsani bandalarga hasad qilma.
Ishonch qat'iy bo'lsa, ishonch kuchli bo'lsa, inson saodatli bo'ladi. Nimaga ishonchi kuchli bo'lsin? Allohga bo'lgan ishonch kuchlik bo'lsa. Bir kambag'al odamni tasavvur qiling. Sakkizta, o'nta bolasi bor. Boshiga tortsa, oyog'i yetmaydi. Daromadi kam. Sarf xarajatini qoplamaydi. Doim qiyinchilikda, doim yetishmovchilikda, sabr qilib kuniga yashab kelyapti.
Shu odamni bir amakisi bor. Befarzand, lekin juda katta boy odam. Ana shu ellik million dollarga yaqin kapitali bor. Birdan xabar keldi. Shu amakisi vafot etibdi. Ellik millionlik mana shu sostoyaniyasini shu kishiga vasiyat qilib ketibdi. O'sha vafot etgan boyni advokati kelib shu xabarni berdi.
Dafn marosimlari tugagandan keyin, shu pul sizni hisobingizga o'tadi deb ketdi. Hali kelgani yo'q pul qo'liga. Hali pul kelgani yo'q qo'liga. Baxtli bo'lib bo'ldi bu. Nima baxtli qildi uni? Hali pul kelmadi yu, nima baxtli qiladi uni? Ishonchi. Qarang, ehtimol xato bo'lib qolishi mumkin.
Unaqa vasiyatdan ikkita yozilgan bo'lishi mumkin. Ehtimol qo'liga kelmay qolishi mumkin, ehtimol odamni qandaydir qarzlari bo'lishi mumkina. Lekin shu ellik million sega keladi degan xabar keldi, ishondi, nima bo'ldi, baxtli bo'ldi. Ollohni va'dasiga ishonsa baxtli bo'ladi. Ishonchi qancha kuchli bo'lsa, shuncha saodatli bo'ladi! Ya'ni sen, alloh seni yaxshi ko'rishiga aniq ishonsin. Oxiratga borganingda, inshaalloh seni rahmatiga olishiga ishonsin. Jannatga kirishingga ishonsin. Albatta shu dunyoni o'zida saodat topasan. To'g'rimi?
Ozgina sabr qilib turing, inshaalloh jannatga kiraman. Ha, bir hadis bor. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar. Bir bandani iymoni bor banda gunohlari ko'p, tavba qilib urimagan, jahannamga hukm qildi. Hadisni mazmuni. Malakalar jahannamga sirdirib olib kirib ketyapsa, haligi banda jahannam beshiga yetganda to'xtab, orqaga bir qarab qo'yar ekan. Xuddi birovni kutgandek, birovni to'xtatib qoladi degandek. Alloh taolo to'xtatinglar. Nima uchun orqaga qarading, ey banda, deydi. Desa, Parvardigor, ha, men seni bunaqa muomala qiladi deb gumon qilmaganman. Menga bunaqa muomila qiladi deb o'ylagan emasman. Ha, nima deb gumon qilgansan men haqimda? Ha, meni gunohimni kechiradi, hammasini, jannatga kirgizib yuboradi deb ishonganman. Ishonganman.
To'xtatinglar, kiringizilar buni jannatimga, deydi. Ha, buni eshitganingizdan keyin, ha, Robbim meni ham kechiradi deb ishonasizmi? Ishonganingizdan keyin saodat topasizmi? Demak birodarlar, siz bilan bizni bu dunyodagi saodat topa olmayotganligimizni asosiy sababi ishonchimizni zaifligi ekan.
Robbimga duo qildim, duo qildim, ijobat qilmadi. Ha, bandi Allohga ishonib duo qilarkan, to'rtta narsadan bittasi albatta bo'ladi. Alloh uni, birinchisi, Alloh u so'ragan narsani beradi. Ikkinchisi, u so'raganidan ko'ra ko'paytirib beradi. Uchinchisi, so'ragan narsa chalik balodan, musibatdan saqlab qo'yadi. To'rtinchisi, so'ralganini, so'ragani shaxsan ko'paytirib, bundan bir necha balon ko'proq qilib, oxiratga olib qo'yadi, siz duo qilganda yutqazyapsizmi birontasida?
Mana shu ishonch har qanaqa mashaqqatni yengishingga senga quvvat beradi, yordam beradi. Har qanaqa muammo, qayg'uni osonlik bilan ko'tarishingga nima bo'ladi? Sabab bo'ladi. Ha bunisi ham o'tib ketadi. Bunisi ham o'tilib ketadi deysan. Ana shu ishonch seni bu dunyoda Rabboni va'daga ishongan holingda baxtli hayot kechirishingga sabab bo'ladi.
Astaydu billah, afaman va adinah, hu va adan hasanam fahualaqiy, kamammatta'na hu matal hayati dunya, summa hu va yomal qiyamati minal muxtoriy. Sizlarga berilgan narsalar faqat hayotot dunyoning mato va ziynatlaridir. Alloh huzuridagi ajru mukofot esa yaxshiroq va boqiyroqdir, aql yurgizmay chiziladimi?
Boshqa oyatda aytadi Alloh Taolo, istagi bela. Va ma o'ti tun min shay infamataul hayati dunya va zina tuha, va ma indallohi xoyrun va abuqo afalata aqilun. Axir biz go'zal va'da, jannat va'da qilgan, bas unga erishgan kishi, biz hayotda dunyo matosidan ozgina foydalantirib, so'ngra qiyomat kunida mangu azobga duchor qilinguvchilardan bo'lgan kimsa kabi bo'lurmi?
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam baqiy qabristoni ziyoratiga chiqdilar, umrni oxirlarida. Va mana shu joyda yonidagi xizmatchi yigiti Abul Muvaihibalon bilan turar edi. Payg'ambarimiz sollallohu vessalloh mana shu joydan o'lim kasaliga chalinib qaytib keldilar uyiga. Aytdiki, ey Abu Muvohiba, menga ixtiyor berildi. Qiyomatgacha yashash, keyin jannatga kirasiz. Yoki robbingizni huzurini tanlaysiz, oxiratni deb, o'limni.
Abu Muvohiboy o'g'li Rasululloh bizni tanladingizmi? Bizni tanladingzmi? Deydi. Agar Rasululloh tirik bo'lsalar, bilasizlarmi qanaqa hayot bo'lar edi? Endi bu Abu Muvohiba biz bilan qolasizmi yo Rasululloh? Bizni tanladingizmi deganida, payg'ambarlarga shu taklif aytilganda, birontasi dunyoni tanlamagan deganlar.
Agar dunyoda tanlasa chi, o'zi bergan ta'limotga teskari ish qilib qo'ygan bo'lmasmidi? Val a xirotu xoyru u abu qodir dedi Alloh. Oxirat ham yaxshiroq, ham oxirroq. Valal axiratu hayrun lakaminal, ula, ey Muhammad alayhissalom, sizga bu dunyodan ko'ra oxirat yaxshiroq dedi.
Oxirat yaxshi desa, payg'ambarimiz ishonchni eng kattasi bo'lgan, egasi bo'lgan zon. Rasulullohni ishonchi eng katta ishonch. Alloh aytyapti, dunyodan senga oxirat yaxshe. Rasululloh dunyoda tanlarmidi? Shuning uchun aytyapti da. Ikkita odam bir xil bo'ladimi deyapti Alloh. Bittasiga ozgina dunyo matosini berdik, keyin do'zaxga kirgizamiz. Ikkinchisi chi, biz unga jannat va'dasini qildik. Hayotda ja hayoti mo'l ko'l bo'lmasa ham, iymon e'tiqod bilan yashadi, jannatga kiradi. Ikkalasi teng bo'ladimi?
Ana shu Allohni va'dasiga bo'lgan ishonchi zaif bo'lgan inson dunyo hayoti uchun quvonadi. Agar bu dunyoni haqiqatini nimaligini tushunganida dunyo uchun quvonmagan bo'lar edi. Bu dunyo birodarlar tekislik emas, egriliklar hovlisi. Xursandchilik emas, qayg'ular hovlisi. Bu dunyoni nimaligini tashungan odam, haqiqatini bilgan odam dunyoni rohatiga quvonib, tashvishiga qayg'urmaydi.
Alloh bu dunyoni imtihonlar, sinovlar xolis qildi. Oxiratni esa mukofotlar xolis qildi. Dunyodagi balolarni, sinovlarni oxiratdagi atolar uchun sabab qildi. Oxiratda beriladigan ne'matlarni dunyoning mashaqqatlariga evaz qildi. Shuning uchun Alloh Taolo ato qilish uchun avval olib qo'yadi.
Ato qilishlik uchun avval op qo'yadi, olib qo'yiqsin edi. Shukur keltirib o'tsangiz imtihondan keyin ato qiladi. Mukofotlash uchun esa, avval balolab qo'yadi. Biz mana shu dunyoni haqiqati nima ekanligini oyatdan, hadisdan, dinimizdan eshitdik. Mana shu eshitganlarimizga ishonchimiz qanchalar kuchli bo'lsa, hayotimiz shunga yarasha bo'ladi.
Misol. Bir baland tog'ni ustida qasr bor. Ana shu qasrga yetaman deb ikkita odam harakat qilib chiqib ketyapti. Bittasi piyoda ketyapti, bittasi mashinada ketyapti. Juda qimmat mashinada. Endi ana shu qasriga yetmasdan, yo'lda shunaqa bir qismi borki, yo'ldan. Mashinada kelayotgan odam shu yerga kelsa, yo'l surilib, mashinasi bilan pastga qulab, halok bo'ladi. Piyoda ketayotgan odam o'shaga yetib borsa, u og'ir emas, bitta odam o'tib ketadi. Ha, balandlikka yuradi. Qiynaladi, terlaydi, charchaydi, ammo yetib boradi.
Endi bu ikkalasi yo'lda ketyapti. Ikkalasi bir birini ko'rib qoldi. Bir birini ko'rganda, nima degan xayol o'tadi ikkalasini kallasidan? Haligi mashina mingan, piyoda ketayotganga qarab turib, ha, shurin qursin deydi. Ahvolingni qara deydi. Qiynalib piyoda ketyapsan a deydi.
Piyoda ketayotgan, u mashina minganni ko'rib turib, nima deydi kallasida? Qaniydi menda ham shunaqa mashina bo'lsa, ha, deydi. Men ham nima qilardim, yumshoqqina o'tirib tvga qarab chiqib ketardim deydi. Ha, ikkalasi ham shunaqa deydi. Biri, ha, shoring qursin deydi. Ikkinchisi qarab turib, qaniydi menda shunaqa bo'lsa deydi.
Biri ikkinchisini mensimayapti, ikkinchisi birinchisini havas qilyapti. Shundaymi? Lekin ozgina yurgandan keyin nima ma'lum bo'ladi? Xulosa. Mo'min, banda, ma'siyat ahllarini holatini havas qilmaydi. Garchi bu gunohga botgan odamlar dunyoni eng katta huzur halovatida bo'lsa ham, maishatida turgan bo'lsa ham iymoni bor odam ularni havas qilmaydi.
Nima uchun? Chunki aniq ishonadi u. Uni ishonchi qat'iy. Nimaga aniq ishonadi? Harom bilan inson baxtsiz bo'ladi. Bunga aniq ishonadi. Birovni haqqi albatta teshib chiqadi. Bunga ham aniq ishonadi, Alloh va Payg'ambarini aytgani haq. Bunga aniq ishonadi.
Iymonsiz, solih, amalsiz, taqvo, ibodatsiz banda, albatta bu dunyoda xor bo'lishiga ishonadi. Shuning uchun ishonchi qattiq bo'lgan odam, ishonchi kuchli bo'lgan odams yerda turgan pulni olmasdan oqlab o'tib ketaveradi. Hali odamlarga hiyla nayrang qilib, odamlarni haqlarini noxorondan olayotganlaridaqa emas, yerga tushib qolgan birovni pulini ham olmaydi. Chunki menga halolmas deydi. Albatta nima qiladi? Teshib chiqadi deydi. Sababi, ishonchi qat'iy uni.
Aquli hovli haqida va astag'firullohu alayhi va alayhi va barakatu.